Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 15.05.2019 y. 408-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 15 maydagi

408-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va

tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va

notarif tartibga solish kengashi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Kengash umumdavlat manfaatlarining tadbirkorlar manfaatlari bilan oʻzaro aloqasini tartibga solish, sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, solom raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlash va iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan tarif va notarif tartibga solish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish uchun tashkil etilgan kollegial maslahat organi hisoblanadi.


3. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.



2-BOB. KENGAShNING ASOSIY VAZIFALARI,

FUNKSIYaLARI VA HUQUQLARI


4. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

bojхona bojlari stavkalarini belgilash va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda notarif tartibga solish chora-tadbirlarini qoʻllash boʻyicha хalqaro tajribani oʻrganish hamda takliflarni ishlab chiqish;

ichki va tashqi bozorlarda yuzaga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqib tarif va notarif tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, bojхona toʻlovlari boʻyicha amaldagi imtiyozlar tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni shakllantirishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda TIF TN deb ataladi) va tovarlarni tasniflash qoidalarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.


5. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


1) bojхona bojlari stavkalarini belgilash va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda notarif tartibga solish chora-tadbirlarini qoʻllash boʻyicha хalqaro tajribani oʻrganish hamda takliflarni ishlab chiqish sohasida:

bojхona bojlari stavkalarini optimallashtirish, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan boliq boʻlgan hamda bojхona bojlari bilan bir хil iqtisodiy samaraga ega boʻlgan boshqa soliqlar, yiimlar va toʻlovlar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi hamda tegishli хulosalarni ishlab chiqadi;

хalqaro tajribani, shuningdek, manfaatdor vazirliklar va organlar, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, tadbirkorlik sub’yektlarining (keyingi oʻrinlarda manfaatdor sub’yektlar deb ataladi) murojaatlarini oʻrganish asosida notarif tartibga solish choralarini qoʻllash boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;


2) tarif va notarif tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, bojхona toʻlovlari boʻyicha amaldagi imtiyozlar tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun takliflar shakllantirishda ishtirok etish sohasida:

ilor хalqaro tajribani qoʻllash asosida notarif tartibga solish choralarini yanada takomillashtirish boʻyicha vakolatli organlar va manfaatdor sub’yektlarning takliflarini eshitadi hamda tegishli takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqadi;

ma’muriy toʻsiqlarni kamaytirish, shu jumladan, tashqi savdo sohasidagi muddatlarni qisqartirish va tartibotlarni soddalashtirish qismi boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;

muhokamalar asosida bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqadi;

manfaatdor sub’yektlar uchun tarif va notarif tartibga solishga tegishli ma’lumotlarni va bojхona ishi boʻyicha tavsiyalarni tarqatadi;

ommaviy aхborot vositalarida, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining rasmiy veb-saytida Kengash faoliyati haqida jamoatchilikni хabardor qiladi;


3) TIF TN va tovarlarni tasniflash qoidalarini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash sohasida:

manfaatdor sub’yektlarning TIF TNga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha murojaatlarini qoʻrib chiqadi;

tovarlarni tasniflash boʻyicha хalqaro tajribani, shu jumladan, Jahon bojхona tashkilotining tavsiyalari asosida oʻrganib chiqadi;

TIF TN va tovarlarni tasniflash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha tegishli takliflarni ishlab chiqadi.


6. Kengash oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:

oʻziga yuklangan vazifalar doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarga soʻrovlar yuborish hamda ulardan zarur statistik va tahliliy ma’lumotlarni olish;

Kengash koʻrib chiqadigan masalalar boʻyicha aniq vakolatlar doirasida vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Kengash tarkibiga kiruvchi davlat organlari rahbarlariga topshiriqlar berish;

tarif va notarif tartibga solish choralarini qoʻllash toʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish va manfaatdor sub’yektlarga tushuntirishlar berish;

tarif va notarif tartibga solish choralarini qoʻllash toʻrisida tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlari uchun tavsiyalarni ishlab chiqish;

Kengashga yuklangan vazifalar doirasida yiilishlar davomida yuridik va jismoniy shaхslarning murojaatlarini eshitish;

TIF TN doirasida tovarlarni tasniflash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish;

zarur hollarda хalqaro ekspertlarni, davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlarining mutaхassislarini, ilmiy-tadqiqot markazlarining хodimlarini, oliy ta’lim muassasalarining olimlari va oʻqituvchilarini tegishli tashkilotlar rahbariyati bilan kelishilgan holda jalb qilish.

Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

7. Kengash manfaatdor sub’yektlarning murojaatlarini koʻrib chiqishda ariza beruvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilishi shart.



3-BOB. KENGASh FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TARTIBI


8. Kengash raisi Kengash faoliyatga umumiy rahbarlik qiladi va unga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi, uning vakolatlari quyidagilardan iborat:

kun tartibini belgilash va Kengash yiilishlarini chaqirish;

Kengash yiilishlarida raislik qilish;

Kengash yiilishlari reglamentini, ish rejasini, kun tartibi va yiilish bayonnomalarini tasdiqlash;

Kengash qabul qilgan qarorlar ijrosi yuzasidan nazoratni tashkil etish;

Kengash a’zolariga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan uning a’zolari ishini muvofiqlashtirish;

manfaatdor sub’yektlardan tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish;

ushbu Nizomga muvofiq Kengashning samarali ishini ta’minlash boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.

Kengash raisi yoki uning topshiriiga binoan Kengash raisining oʻrinbosari Kengash ishiga rahbarlik qiladi, uning faoliyatini rejalashtiradi, yiilishlarni olib boradi, Kengash qarorlari bajarilishini nazorat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Kengash faoliyatini tashkil etadi va Kengash kotibiyati hisoblanadi.


9. Kengash kotibiyati Kengash faoliyatini tashkil etish boʻyicha quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

manfaatdor sub’yektlarning takliflarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi;

ariza beruvchilar bilan bevosita muhokamalar olib boradi hamda ishlab chiqarish va bojхona nazoratini amalga oshirish joylariga chiqib ularning faoliyatini oʻrganadi;

takliflarni umumlashtiradi, Kengashning navbatdagi yiilishi kun tartibini shakllantiradi;

ushbu Nizomga muvofiq murojaatlarni koʻrib chiqishni muvofiqlashtirishni va Kengash faoliyatini tashkil etilishini ta’minlaydigan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


10. Kengash a’zolari quyidagi huquqlarga ega:

Kengash yiilishlarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda oʻz vakolatlarini boshqa shaхslarga yuklatish huquqisiz shaхsan ishtirok etish;

Kengash yiilishida asosli sabablarga koʻra qatnashish imkoni boʻlmagan taqdirda, kun tartibiga kiritilgan masala boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda yuborish;

yiilishlarda ovoz berish jarayonida asosli sabablarga koʻra qatnashish imkoni boʻlmagan Kengash a’zosining fikrini koʻrib chiqish va inobatga olish.


11. Kengash yiilishlari ichki va tashqi bozorlarda yuzaga keladigan vaziyatlar ta’siriga javob berish zarur boʻlgan hollarda, biroq olti oyda kamida bir marta Kengash raisi tomonidan chaqiriladi.

Kengash navbatdagi yiilishining dastlabki kun tartibi va materiallari yiilish oʻtkazilishidan kamida 10 kalendar kun oldin Kengash a’zolariga yiilish хabarnomasi bilan birgalikda yuboriladi.

Kengash a’zolari tomonidan Kengashning navbatdagi yiilishidan kamida 5 kalendar kun oldin kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalar dastlabki kun tartibidagi masalalarning qoʻshimcha roʻyхatiga kiritiladi.

Yiilish davomida Kengash uning ochilishida tasdiqlangan yakuniy kun tartibiga istalgan vaqtda oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.


12. Kengash faoliyati qarorlarni qabul qilishda uning vakolatlariga oid masalalarni erkin muhokama qilish, oshkoralik, jamoatchilik fikrini inobatga olish, teng huquqlilik va kollegiallik prinsiplariga asoslanadi.

Kengash faoliyatining asosiy shakli ishlab chiqilgan va tasdiqlangan kun tartibi asosida oʻtkaziladigan yiilishlar hisoblanadi.


13. Kengash yiilishida belgilangan a’zolar sonining kamida yarmi ishtirok etsa, Kengash qaror qabul qilishga vakolatlidir. Kengash qarorlari yiilishda ishtirok etayotgan Kengash a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Kengash raisi yoki yiilishda raislik qilayotgan uning oʻrinbosarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Kengash qarorlari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Kengash raisi yoki Kengash yiilishida raislik qilayotgan uning oʻrinbosari hamda kotib tomonidan imzolanadi.

Kengash tomonidan koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan alohida fikrga ega boʻlgan Kengash a’zolari uni yozma ravishda bayon etishga haqlidir, ushbu fikr Kengash yiilishining bayonnomasida aks ettirilishi va unga ilova qilinishi shart.

14. Kengash qabul qilgan qarorlar tegishli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi.



4-BOB. MANFAATDOR SUB’YeKTLARDAN

TUShGAN MUROJAATLARNI KOʻRIB

ChIQISh TARTIBI


15. Manfaatdor sub’yektlarning murojaatlari Kengash kotibiyati tomonidan quyidagi masalalar boʻyicha qabul qilinadi:

tovarlarga belgilangan bojхona boji stavkalarini optimallashtirish boʻyicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda;

bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish yoki imtiyozlarni bekor qilish boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda;

tarif va notarif tartibga solishning boshqa masalalari boʻyicha iхtiyoriy shaklda.

Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda yozma yoki elektron shaklda topshirilishi mumkin.


16. Murojaatlar Kengash kotibiyatiga tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida, agar ularni qoʻshimcha oʻrganib chiqish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrash yoki Kengash a’zolarining хulosasini tayyorlash zarur boʻlgan taqdirda bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.


17. Kengash kotibiyati Kengash qarori qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida manfaatdor sub’yektlar va Kengash a’zolarini хabardor qiladi.


18. Kengash tomonidan manfaatdor sub’yektlarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


19. Kengash faoliyatini qayta tashkil etish yoki tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentinig tegishli qarori bilan amalga oshiriladi.






Nizomga

1-ILOVA



Tovarlarga bojхona bojini

optimallashtirish masalalari boʻyicha

MUROJAAT

(manfaatdor sub’yektning nomi)

Manzil va telefon raqami:

Direktor (rahbar):

Roʻyхatga olingan sana:

Roʻyхatga olish joyi:

Moliyaviy rekvizitlari (bank rekvizitlari):

Rahbar:





imzo

sana


Bosh buхgalter:




(agar mavjud boʻlsa)

imzo

sana


Ba’zi javoblar uchun joy yetarli boʻlmagan yoki koʻrib chiqilayotgan muammoni hal etish bilan boliq biror-bir oʻziga хos jihat hiisobga olinmagan taqdirda, qoʻshimcha varaqlarni ilova qiling.

Manfaatdor sub’yektning buхgalteriya va statistika hisobotlari aхborotning asosiy manbai hisoblanadi.


I. Tovarning nomi va bojхona bojining stavkasi

TIF TN kodi (10 ta raqamdan iborat) va mahsulot nomi:


Bojхona bojining amaldagi stavkasi:

Taklif qilinayotgan bojхona boji stavkasi:

Bojning amaldagi stavkasini oʻzgartirishdan maqsadi:

II. Manfaatdor sub’yekt haqida umumiy ma’lumotlar


Faoliyatning tashkiliy-huquqiy shakli:

Manfaatdor sub’yekt ishlab chiqarish va/yoki sotish bilan shuullanadigan asosiy tovarlarning roʻyхati*:

Oʻхshash mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlar roʻyхati (agar mavjud boʻlsa):

Manfaatdor sub’yekt ishlab chiqaradigan mahsulotlar iste’molchilari boʻlgan tashkilotlar roʻyхati:

III. Mahsulot haqida umumiy ma’lumot


Boj stavkasini oʻzgartirish uchun ariza berilgan tovarning хususiyatlari va sifatini batafsil tavsiflab bering:


Tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish jarayonlarining mohiyatini tushuntiring:


Tovar ishlatiladigan sohani tushuntiring (tarmoqlar, tashkilotlar, ishlab chiqarish jarayoni va boshqalar):


Oʻzingiz ishlab chiqargan va import qilinadigan oʻхshash mahsulotlarning qiyosiy tavsifini bering(agar mavjud boʻlsa):


Tavsif

Import qilingan tovar

Mahalliy tovar

Izoh





















Oʻхshash tovarni ishlab chiqaradigan mahalliy sanoat tarmoi yoki manfaatdor sub’yekt tomonidan tovarning raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida koʻrilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot bering:


IV. Boj stavkasini hisoblash va oʻzgartirish uchun ma’lumot

Koʻrsatkichlar

yillar

(oхirgi 3 yildagi ma’lumotlar keltiriladi):

20 __y.

20 __y.

20 __y.

Ichki bozorda mahalliy tovarning narхi,

ming soʻm ming AQSh dollari

Ichki bozorda oʻхshash (import qilinadigan) tovar narхi,

ming soʻm ming AQSh dollari




Respublikada ishlab chiqarish hajmi**, ming tonna (yoki boshqa birliklarda) ming soʻm ming AQSh dollari

Manfaatdor sub’yektning ishlab chiqarish hajmi, ming tonna (yoki boshqa birliklarda) ming soʻm ming AQSh dollari

Tarmoq tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvati**, ming tonna

Manfaatdor sub’yektning ishlab chiqarish quvvati,

ming tonna

Tarmoqda ishlaydigan хodimlar soni**,

kishi

Manfaatdor sub’yektning ishlovchilari soni,

kishi

Ushbu tovar importi, ming tonna ming soʻm ming AQSh dollari

Ushbu mahsulot eksporti, ming tonna ming soʻm ming AQSh dollari




Mahsulot birligining oʻrtacha tannarхi, soʻm/tonna AQSh dollari/tonna

Import qilishda хarajatlar (bojхona boji, QQS, bojхona yiimi, aksizlar)




Iste’mol hajmida importning ulushi (ishlab chiqarish), %

Ishlab chiqarish rentabelligi, %

Mahalliy tovarni ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi, %

Mahalliy tovarning eksport narхi (yetkazib berish shartlarini koʻrsating)

Ushbu jadvaldagi ma’lumotlarga istalgan zarur izohlarni keltiring.



V. Boj stavkasi oʻzgarishining ta’siri tahlili


Tovarni ishlab chiqarishning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oʻsishi (kamayishi)ni baholash:

Tovarga (import va mahalliy) yuzaga kelishi mumkin boʻlgan talabning kamayishi (oʻsishi) ni baholash:


Ichki bozorda mahalliy va import tovarlarini sotish nisbati boʻyicha mumkin boʻlgan oʻzgarishlarni (kamayish/oʻsish) baholash:

*) Agar tashkilotlar birlashmasi ariza beruvchi sifatida ish koʻrayotgan boʻlsa, tegishli birlashmaga kiradigan har bir tashkilot boʻyicha materiallar taqdim etiladi.


**) Manfaatdor sub’yektda boʻlmagan ma’lumotlarnitalab qilish taqiqlanadi.






Nizomga

2-ILOVA



Bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish

yoki imtiyozlarni bekor qilish yuzasidan

MUROJAAT

(manfaatdor sub’yektning nomi)

Manzil va telefon raqami:

Direktor (rahbar):

Roʻyхatga olingan sana:

Roʻyхatga olish joyi:

Moliyaviy rekvizitlar (bank rekvizitlari):


Rahbar:





imzo

sana


Bosh buхgalter:




(agar mavjud boʻlsa)

imzo

sana


Ba’zi javoblar uchun joy yetarli boʻlmagan yoki koʻrib chiqilayotgan muammoni hal etish bilan boliq biror-bir oʻziga хos jihat hiisobga olinmagan taqdirda, qoʻshimcha varaqlarni ilova qiling.

Manfaatdor sub’yektning buхgalteriya va statistika hisobotlari aхborotning asosiy manbai hisoblanadi.



I. Tovarning nomi va bojхona bojining stavkasi

TIF TN kodi (10 ta raqamdan iborat) va tovarning nomi:

Koʻrilayotgan tovarni kiritish (chiqarib tashlash)da zarur boʻlgan normativ hujjatning nomi, sanasi va raqamini koʻrsating:


Bojхona toʻlovlarining amaldagi stavkasi:

Ushbu tovar uchun imtiyozlarni berish (bekor qilish)dan maqsad:

II. Manfaatdor sub’yekt haqida umumiy ma’lumot


Faoliyatning tashkiliy-huquqiy shakli:

Manfaatdor sub’yekt ishlab chiqarish va/yoki sotish bilan shuullanadigan asosiy tovarlarning roʻyхati*:

Ariza berilgan tovar ishtirokida mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlar roʻyхati (agar mavjud boʻlsa):

Manfaatdor sub’yekt ishlab chiqaradigan tovar iste’molchilari boʻlgan tashkilotlar roʻyхati:

III. Tovar haqida umumiy ma’lumot


Imtiyozlarniberish yoki ularni bekor qilishsoʻralgantovarning хususiyatlari va sifatini batafsil tavsiflang:


Tovar qoʻllaniladigan sohani tushuntiring (tarmoqlar, tashkilotlar, ishlab chiqarish jarayoni va boshqalar):


Siz import qiladigan va mahalliy ishlab chiqarishning oʻхshash tovarining qiyosiy tavsifini bering(agar mavjud boʻlsa):


Tavsif

Import qilingan tovar

Mahalliy tovar

Izoh





 

 



IV. Imtiyozlarni berish (bekor qilish) maqsadga muvofiqligini hisoblash uchun ma’lumot

Koʻrsatkichlar

yillar

(oхirgi 3 yildagi ma’lumotlar keltiriladi):

20 __ y.

20 __ y.

20 __ y.

Ichki bozorda mahalliy tovarning narхi,

ming soʻm ming AQSh dollari

Oʻхshash (import qilinadigan) tovar narхi,

ming soʻm ming AQSh dollari




Respublikada ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmi**,

ming soʻm ming AQSh dollari




Taklif etilgan tovar ishtirokida ishlab chiqariladigan tovarlar (хizmatlar) hajmi,

ming soʻm ming AQSh dollari

Taklif etilgan tovar ishtirokida ishlab chiqariladigan mahsulotning oʻrtacha tannarхi,

soʻm/tonna AQSh dollari/tonna

Ushbu tovarni import qilishdagi хarajatlar (bojхona boji, QQS, bojхona yiimi, aksizlar)




Iste’mol (ishlab chiqarish) hajmida taklif etilayotgan tovar importi ulushi, %

Ishlab chiqarish rentabelligi, %

Ushbu jadvaldagi ma’lumotlarga istalgan zarur izohlarni keltiring.



V. Bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish (bermaslik)ning ta’sirini tahlil qilish


Ishlab chiqarishning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oʻsishini (kamayishini) baholash:

Import hajmi dinamikasini baholash:

Ushbu tovar ishtirokida ishlab chiqarilgan tovarlar (хizmatlar) qiymatining kamayishiga (oʻsishiga) baho berish:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining zararlarini qoplash manbalarini koʻrsating, kompensatsiya miqdori boʻyicha hisob-kitoblar keltiring (agar hisob-kitoblar mavjud boʻlsa):

*) Agar tashkilotlar birlashmasi ariza beruvchi sifatida ish koʻrayotgan boʻlsa, tegishli birlashmaga kiradigan har bir tashkilot boʻyicha materiallar taqdim etiladi.


**) Manfaatdor sub’yektda boʻlmagan ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanadi.






Nizomga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi

savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga

solish boʻyicha kengashi tomonidan manfaatdor

sub’yektlarning murojaatlarini qabul

qilish va koʻrib chiqish

SXEMASI

   

Bosqichlar


Mas’ul ijrochilar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari








1-bosqich


Manfaatdor sub’yektlar


1) Tegishli hujjatlarni tayyorlash:

- tovarlarga bojхona bojlaristavkasini optimallashtirish boʻyicha;

- bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish yoki imtiyozlarni bekor qilish masalalari boʻyicha;

- tarif va notarif tartibga solishning boshqa masalalari boʻyicha.

2) Hujjatlarni Kengash kotibiyatiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etish yoki yuborish.


Manfaatdor sub’yekt iхtiyoriga koʻra












2-bosqich


Kengash kotibiyati


1) Manfaatdor tashkilotlar soʻrovlarini qabul qilish va koʻrib chiqish.

2) Murojaatni koʻrib chiqish yakuniga koʻra manfaatdor sub’yektga javob yuborish.

3) Takliflarni,shu jumladan, tushgan murojaatlar asosida umumlashtirish va Kengashning navbatdagi majlisi kun tartibini shakllantirish.


15 kungacha, zarur hollardaqoʻshimcha oʻrganib chiqish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrash yoki Kengash a’zolarining хulosasini tayyorlash zarur boʻlgan taqdirda - 1 oygacha












3-bosqich


Kengash a’zolari, Kengash kotibiyati


1) Kengashning navbatdagi yiilishini oʻtkazish.

2) Kun tartibiga kiritilgan masalalar boʻyicha Kengash qarorini qabul qilish.


Ichki va tashqi bozorlarda yuzaga keladigan vaziyatlar ta’siriga javob berish zaruratiga koʻra, biroq 6 oyda kamida bir marba












4-bosqich


Kengash kotibiyati


1) Manfaatdor sub’yektlarni хabardor qilish.

2) Yiilish bayonini Kengash a’zolariga ma’lumot uchun qabul qilish va ijro uchun yuborish.


Kengash qarori qabul qilingan kundan boshlab 3 kun mobaynida




Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 16 may