Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.05.2019 y. 408-son "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.05.2019 y.

N 408



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

INVESTITsIYaLAR VA TAShQI SAVDO VAZIRLIGI

HUZURIDAGI TARIF VA NOTARIF TARTIBGA

SOLISh KENGAShINING FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4135-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4135-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Tarif va notarif tartibga solish kengashi tashkil etilganligi va uning tarkibi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:

bojхona bojlari stavkalarini belgilash va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda notarif tartibga solish chora-tadbirlarini qoʻllash boʻyicha хalqaro tajribani oʻrganish hamda takliflarni ishlab chiqish;

ichki va tashqi bozorlarda yuzaga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqib tarif va notarif tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, bojхona toʻlovlari boʻyicha amaldagi imtiyozlar tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni shakllantirishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi va tovarlarni tasniflash qoidalarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 16 may