Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.05.2019 y. 404-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.05.2019 y.

N 404




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT AKTIVLARINI BOShQARISh

AGENTLIGI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

BOʻYIChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi 2019 yil 14 yanvardagi PQ-4112-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamarmasi mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi хodimlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy ta’minlashga ham sarflanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi хodimlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy ta’minlashga oid normalar mazkur Agentlik tashkil etilgan sanadan boshlab tatbiq etiladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. aniyev, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.Ya. Xaydarov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 15 maydagi

404-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish jamarmasi mablalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2017 yil 19 iyundagi 391-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 106-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2017 yil 23 iyundagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 118-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-son Farmoni)" 2017 yil 9 oktyabrdagi 810-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 10-son, 229-modda) 1-ilovaning 36-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son qarori)" 2018 yil 22 maydagi 384-son qaroriga 1-ilovaning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 5-son, 121-modda) 13-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Fermer, dehkon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2018 yil 7 iyundagi 433-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 6-son, 143-modda) 5-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 15 may