Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.05.2019 y. 402-son "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.05.2019 y.

N 402



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MONOPOLIYaGA QARShI KURAShISh

QOʻMITASI FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 14yanvardagi PF-5630-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 24yanvardagi PQ-4126-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 24 yanvardagi PQ-4126-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamarmasi mablalari, shu jumladan, qoʻmita хodimlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy ta’minlashga ham sarflanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻrisidagi nizomda belgilangan qoʻmita хodimlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy ta’minlashni nazarda tutuvchi normalar qoʻmita tashkil etilgan sanadan boshlab tatbiq etiladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi bir oy muddatda:

markaziy apparat va hududiy boshqarmalarni qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni yuqori professional darajada bajara oladigan, zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassislar bilan toʻldirishni;

markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari toʻrisidagi nizomlar tasdiqlanishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. aniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 16 may