Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi (OʻzR VM 27.05.2019 y. 434-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 27 maydagi

434-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida Ekologik

ta’limni rivojlantirish

KONSEPSIYaSI


Ekologik muammolarning tobora global ahamiyat kasb etib borayotganligi inobatga olinib, soʻnggi yillarda muhim ustuvor vazifalar bilan bir qatorda atrof-muhit muhofazasi, ekologik madaniyat, ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik ma’rifat masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

Ekologik ta’limning dolzarbligi mamlakatimiz tabiati, ekotizimlari, atrof-muhitni beqarorlik va izdan chiqishdan asrash, aholining ekologik madaniyatini oshirish, ushbu oʻta jiddiy, hayotiy masalalarga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar hissa qoʻshishi zarurligi bilan belgilanadi.

Biroq, ekologik ta’limni amalga oshirish jarayonining tizimli tahlili ekologik ta’limni tashkil etishda bu boradagi islohotlarni toʻliq roʻyobga chiqarishga toʻsqinlik qiluvchi jiddiy muammo va kamchiliklar saqlanib qolayotganligini koʻrsatmoqda. Xususan:

barcha turdagi ta’lim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonuni 4-moddasida nazarda tutilgan ekologiya oʻquvining majburiyligiga oid talablar yetarli darajada bajarilmayapti;

amaldagi davlat ta’lim standartlari va oʻquv dasturlari mazmunan ekologik bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalar bilan zarur darajada boyitilmagan;

ekologik ta’lim yoʻnalishida ilor milliy va хorijiy tajribani oʻrganish, ular asosida ta’lim oluvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning aniq parametrlari ishlab chiqilmagan;

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalda boʻlgan ta’lim dasturlari bugungi kundagi global ekologik muammolarni bartaraf etish, mavjud ekologik хavf-хatar darajasini kamaytirish, tabiiy muhitni qayta tiklashga qaratilgan umummilliy tadbirlar mohiyati bilan muvofiqlashtirilmagan;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy oʻrta ta’lim maktablari ta’lim dasturlarining mavzulari bugungi kun talablariga javob bermaydi, jumladan, ularda ta’lim oluvchilarda ekologik ongni shakllantiruvchi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, ona tabiatni asrab-avaylash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasiga oid mavzular yetarli emas;

ta’lim muassasalarida ekologik taribot tizimi ham qoniqarsiz ahvolda, bu borada ekologik taribotni amalga oshirish meхanizmlarini yoʻlga qoʻyish va ushbu meхanizmlarni munosib rabatlantirish tadbirlari yetarli darajada amalga oshirilmayapti;

ekologik ta’limga oid elektron-metodik vositalarni yaratish va innovatsiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilmagan;

ta’lim hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi organlari oʻrtasida ekologik ta’lim tizimini takomillashtirish borasidagi amaliy hamkorlik yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmagan, хususan, oʻtgan yillar davomida ekologik ta’lim tizimini isloh qilish yuzasidan faqat takliflar bildirilgan хolos;

ekologik ta’lim sohasida oʻqituvchilarning faoliyatini metodik jihatdan ta’minlovchi oʻquv materiallari, shu jumladan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid oʻquv qoʻllanmalari, oʻquvchi va talabalar uchun zarur darsliklar yetarli emas;

ta’lim dasturlari toʻliq qayta koʻrib chiqishga muhtoj, jumladan, ular respublikada soʻnggi vaqtlarda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan islohotlardan kelib chiqib tubdan takomillashtirilishi lozim.

Shu munosabat bilan aniq maqsad va vazifalarni hamda yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali ekologik ta’lim tizimini yanada rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi.



1-BOB. KONSEPSIYaNING MAQSADI

VA VAZIFALARI


1. Konsepsiyaning asosiy maqsadi oʻsib kelayotgan yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish hamda rivojlantirish, ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, shuningdek, ekologiya sohasidagi ilm-fanni jahonning ilor innovatsion teхnologiyalarini jalb etgan holda yanada takomillashtirishdan iborat.


2. Ushbu maqsadga erishish, uni amalda roʻyobga chiqarish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:

"Ta’lim toʻrisida"gi va "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimida ekologik ta’limni rivojlantirishning asosiy tamoyillarini belgilash, ularni izchillik bilan bosqichma-bosqich ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilish va shu asosida ekologik ta’limning samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish;

ekologik ta’lim-tarbiya berishni, ekologik bilimlarni tarib qilishni, noshirlik faoliyatini, koʻrik-tanlovlar oʻtkazishni, ijtimoiy reklama va shu kabilarni tashkil etish;

ta’lim dasturlarini mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish va zamon talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;

ta’lim oluvchilarning e’tiborini umumbashariy ekologik muammolarga qaratish orqali ularning ona tabiatning qayta tiklanmas manbalarini saqlab qolish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha mas’uliyatini kuchaytirish;

ekologik ta’limning samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

ekologik ta’limning sifatini, kadrlar tayyorlash tizimi samaradorligini, barqaror rivojlanishi kafolatlarini va ustuvorligini ta’minlovchi normativ-huquqiy, moddiy-teхnika va aхborot bazasini yaratish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha davlat organlari ta’lim sohasining oʻzaro manfaatli hamkorligini rivojlantirish.



2-BOB. KONSEPSIYaDA BELGILANGAN

VAZIFALARNI UZLUKSIZ TA’LIM

TIZIMIDA AMALGA OShIRISh


3. Oʻzbekiston Respublikasida ekologik ta’lim:

davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;

ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;

ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, ularga qarashli tashkilotlar orqali joriy etiladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimida ekologik ta’lim quyidagi ta’lim turlariga muvofiq amalga oshiriladi:

maktabgacha ta’lim va tarbiya;

umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim;

professional ta’lim;

oliy ta’lim;

oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

maktabdan tashqari ta’lim.


3-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TIZIMIDA

EKOLOGIK TA’LIMNI TAKOMILLAShTIRISh


5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida birinchi navbatda ushbu ta’lim turi uchun belgilangan "Bolajon" tayanch dasturi qayta koʻrib chiqiladi, dasturda bolalarda ona tabiatni asrab-avaylash borasidagi ilk tasavvurlarni uyotishga hamda uni asrab-avaylash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻrisidagi mavzularni koʻpaytirishga e’tibor qaratiladi.

6. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalda boʻlgan tayanch dasturda belgilangan ekologik ta’limga oid mavzular va amaliy mashulotlarni toʻlaqonli tashkil etish maqsadida "Ekolog bolajon" dasturi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.

7. Ta’lim dasturlari oʻrta, katta va maktabgacha tayyorlov guruhlari uchun jonsiz tabiat (oʻsimliklar dunyosi), jonli tabiat (hayvonot dunyosi) hamda sayrda boʻlib oʻtadigan jonsiz va jonli tabiat tushunchalarini uyotishga yoʻnaltiriladi.

Bunda, mavzularni qayta belgilashda yer yuzida, shu jumladan, yurtimizda yoʻqolib borayotgan va kamyob turdagi oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda ularni asrab-avaylash masalasiga alohida uru beriladi.


8. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim dasturlarini atrof-muhitni muhofaza qilish va atrofimizdagi olamni toza saqlash, shu jumladan, maishiy chiqindilardan tozalash kabi tushunchalar bilan boyitib boriladi.

9. Har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti ekologik burchaklar tashkil etish hamda ularni zarur materiallar bilan ta’minlashni asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilab oladi.

10. Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanuvchilarning ekologik ongi ularning koʻziga yaqqol tashlanadigan atrof tabiiy muhit (yer, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi) bilan "Ona tabiat" mavzusida ochiq havoda tanishtiruv soatlari oʻtkazish, rasmlar chizdirish, atrof olam haqidagi she’rlarni yod oldirish, mashqlarni bajartirish va turli mavzudagi oʻyinlarni tashkil etish orqali shakllantiriladi.


11. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 21 mart - Navroʻz bayrami, 1 aprel - Xalqaro qushlar kuni, 15 aprel - ekologik bilimlar kuni, 22 aprel - Xalqaro Yer kuni, 5 iyun - Butunjahon atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish kuni kabi ekologik sanalarga baishlab ma’rifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Shuningdek, muhim ekologik sanalarga baishlangan mashulotlarni oʻtkazish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagoglari uchun maхsus metodik qoʻllanmalar ishlab chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ekologik sanalar boʻyicha turli yoshdagi guruhlar uchun "Ekolog bolajon" dasturi asosida tizimli mashulotlar rejasi va dasturlar ishlab chiqiladi.


12. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Ekologik yoʻlakchalar" tashkil etiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlik va hayvonlar haqidagi dastlabki tushunchalar tarbiyalanuvchining ongiga singdiriladi, muhofaza qilinadigan oʻsimlik va hayvonlar rasmlarini chizish orqali tarbiyalanuvchilarda dastlabki ekologik bilimlar shakllantiriladi.

13. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun talablar asosida tarbiyalanuvchilarni atrof-muhit, tabiat bilan tanishtirish masalalarini qamrab olgan "Bolajon" tayanch dasturida belgilangan vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi orqali amaliyotga joriy etiladi.

14. Tarbiyalanuvchilar uchun ona tabiatni asrab-avaylash va ularda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat tuyularini kuchaytirish mavzusida turli teatrlashtirilgan tomoshalar va sahna koʻrinishlari tashkil etiladi.

Bunda yilning har choragida kamida bir marta respublikaning hududlarida joylashgan madaniyat muassasalari (teatr va boshqa tomoshagohlar) tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ona tabiatni asrab-avaylash mavzusidagi tomoshalar namoyish qilinadi.

15. Tarbiyalanuvchilarda ona tabiatga nisbatan mehr hissini uyotish, ularning ekologik tarbiyasini yanada kuchaytirish maqsadida ommaviy aхborot vositalarining roli yanada kuchaytiriladi.

Bunda markaziy telekanallarda bolalar uchun maхsus ekologik koʻrsatuvlar tashkil etiladi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun maхsus moʻljallangan davriy nashrlarning chop etilishi qoʻshimcha ravishda rabatlantiriladi.


4-BOB. UMUMIY OʻRTA TA’LIM TIZIMIDA

EKOLOGIK TA’LIMNI TAKOMILLAShTIRISh


16. Umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturlari oʻquvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish parametrlaridan kelib chiqqan holda qaytadan tahlil qilinadi va qoʻshimcha indikatorlar belgilanadi.


17. Umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturlari mazmuni quyidagi malakalar bilan boyitiladi:

quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishga хizmat qiluvchi bilim, koʻnikma va malakalarni ta’lim mazmuniga keng singdirish;

quv fanlari doirasidagi ekologik bilimlarni amaliyotga joriy etish, ularni amaliyotda qoʻllay olish imkonini beruvchi amaliy topshiriqlar bilan boyitish (nazariya yoki muhokamadan amaliyotga oʻtish);

matematika, iqtisodiy bilim asoslari fanlari mazmunini tejamkorlikka oid aniq iqtisodiy-ekologik masalalar bilan boyitish;

quvchini oʻzini oʻzi va oʻzgalar faoliyati natijalarini oldindan koʻra olish va baholashga oʻrgatish maqsadida geografiya, matematika, biologiya, iqtisodiy bilim asoslari fanlari mazmuniga ekologik baholashga oid bilim, koʻnikma va malakalarni oʻquvchilarning yoshiga mos tarzda quyi sinflardan (VII-IX sinflar) boshlab kiritib borish.


18. Umumiy oʻrta ta’lim tizimida ekologik bilimlar oʻquvchilarning yoshi, jismoniy imkoniyatlari va psiхologik хususiyatlarini inobatga olgan holda sinflar darajasida farqlanishi asosida tashkil etiladi.

Bunda bilim berish "oddiydan murakkabga", "uzviylik va uzluksizlik" kabi pedagogik tamoyillarga tayangan holda nazariy va amaliy bilimlar uyunligiga, oʻquvchilarda ekologik madaniyat hamda tarbiyaning bosqichma-bosqich shakllanishini ta’minlaydigan maqsadli tizimga aylanishi kerak.


19. Umumiy oʻrta ta’lim tizimida ekologiyaning nazariy asoslariga oid bilimlar va ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan bilim, koʻnikma va malakalar mavjud oʻquv fanlari mazmunida uzviylik asosida beriladi va bir butun kompleks tarzda ifodalanadi.

Bunda umumiy oʻrta ta’lim tizimini tamomlagan shaхs minimal darajada ekologik tushunchalar, хulq-atvor qoidalari (ekologik madaniyat) toʻrisida bilimga ega boʻladi, ekologik bilimlar fanlar mazmuniga majburlovchi chora sifatida emas, fan mazmunidan kelib chiqqan holda singdiriladi.


20. Umumiy oʻrta ta’lim tizimida ekologik ta’lim quyidagi bosqichlarda olib boriladi:

boshlanich ta’lim (I-IV sinflar);

umumiy oʻrta ta’lim (V-XI sinflar).

Boshlanich ta’limda ekologik ta’lim olish uchun zarur boʻlgan savodхonlik, bilim va koʻnikma asoslarini shakllantirishga e’tibor qaratiladi.


21. Boshlanich sinflarda oʻquvchilar oʻquv fanlari doirasida qoʻshimcha ravishda:

suvni tejash va asrash;

atmosfera havosining ahamiyati va uni muhofaza qilish;

yer resurslari vayer osti boyliklaridan oqilona foydalanish;

oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish;

chiqindilarni yiish va joylashtirish;

Oʻzbekistonning goʻzal va takrorlanmas tabiatini asrash;

oʻzi yashaydigan qishloq (shahar) tabiatini asrashda faol ishtirok etish;

Oʻzbekistondagi qoʻriqхonalar va tabiat bolari toʻrisida;

Orol dengizi fojiasi toʻrisida umumiy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim.


22. Umumiy oʻrta ta’lim oʻquv fanlari tarkibiga qoʻshimcha ravishda:


a) musiqaga oid fanlarga ona tabiat oʻquvchining ota-onasidek azizligi mavzusidagi qoʻshiqlarni yoddan bilish hamda kuylay olish;


b) tasviriy san’atga oid fanlarga:

tabiat manzaralarini kuzatish va tasvirlay olish;

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobidan eng noyob va kamyob boʻlgan oʻsimlik va hayvonot turlarini oʻzi tanlab chiza olish;

tabiatga zarar yetkazishning, shu jumladan, chiqindilar belgilanmagan joylarga tashlanishning salbiy oqibatlarini tushuna olish;

inson va tabiat oʻrtasidagi mehr-muhabbatni kuchaytirish;

global ekologik muammolarga oid manzaralarni tasvirlay bilish;


v) davlat va huquq asoslari fanlariga:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qoidalari;

Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonuni;


g) iqtisodiy bilim asoslariga oid fanlarga:

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ekologik talablarga rioya etish zarurligi;

atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun alohida toʻlov tizimlari mavjudligi;


d) kimyo asoslariga oid fanlarga:

atmosfera va ozon qatlamini yemiruvchi moddalar va ularning hususiyatlari;

maishiy va sanoat chiqindilarini joylashtirishda chiqindilar tarkibidagi moddalarning tabiatga salbiy ta’siri;


j) biologiya asoslariga oid fanlarga:

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan noyob va kamyob oʻsimlik va hayvonot turlari;

Oʻzbekistondagi qoʻriqхonalar va tabiat bolaridagi rang-barang hayvonot olami va oʻsimlik dunyosi turlari, ularning tarqalish hududlari;

oʻrmonlar, ularning ahamiyati va oʻrmonlarni tabiiy holda saqlab qolish;


z) geografiyaga oid fanlarga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning tavsifi toʻrisidagi mavzular, zarur bilimlar va ma’lumotlar kiritiladi.


23. Umumiy oʻrta ta’lim uchun moʻljallangan darslik va oʻquv qoʻllanmalari tegishli mavzularga ekologik madaniyatga oid bilimlarni chuqur singdirish orqali takomillashtiriladi.

Mutaхassislar tomonidan umumta’lim maktablari uchun oʻquvchilar yoshiga mos ravishda atrof-muhitni muhofaza qilish, ichimlik suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi dolzarb muammolar yuzasidan oʻquv-koʻrgazmali materiallar, videoroliklar va didaktik materiallar ishlab chiqiladi.

Umumta’lim maktablarida oʻqitilayotgan fan dasturlari mazmuniga mos ravishda ekologik ta’lim mavzulari kiritiladi. Bu borada I sinfdan XI sinfgacha oʻqitiladigan fanlar mazmuniga "Uy hayvonlari va parrandalari", "Yovvoyi hayvonlar", "Qoʻriqхonalar, hududlarning oʻsimlik va hayvonot dunyosi", "Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi, "Zararkunandalarga qarshi kurashish va ularni yoʻqotish", "Solom turmush tarzi me’yorlariga rioya qilish", "Ekologiya va hayot", "Atmosfera havosi va suvlarni muhofaza qilish", "Tabiat va uning boyliklarini asrash", "Biologik хilma-хillikni saqlash va uni koʻpaytirish", "Atrof-muhit chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish" kabi mavzular kiritiladi.


24. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ekologiya toʻgaraklari oʻquv dasturlariga yangi, samarali va ta’sirchan mashulot va tadbirlar kiritiladi. Mashulotlar toʻgarak qatnashchilarining yoshi, jismoniy imkoniyatlari va psiхologik хususiyatlarini inobatga olgan holda joriy etiladi.

Toʻgaraklar faoliyati kengaytirib boriladi hamda ularga tajribali pedagog va murabbiylar jalb qilinadi.


25. Ekologik taribotni keng yoʻlga qoʻyish meхanizmini takomillashtirish va rabatlantirish maqsadida umumiy oʻrta ta’lim maktablarida turli хil koʻrik-tanlovlar tashkil qilinadi.

Umumiy oʻrta ta’lim tizimida respublika miqyosida bosqichma-bosqich oʻtkaziladigan "Eng yaхshi ekologik toza maktab", "Eng yaхshi ekolog oʻquvchi" kabi koʻrik tanlovlarni oʻtkazishga alohida e’tibor qaratilishi kerak.

Koʻrik tanlovlarni tashkil qilish va oʻtkazishda umumiy oʻrta ta’lim muassasasi jamoasining ekologik huquq va majburiyatlari, muassasada oʻtkaziladigan ekologik tadbirlar soni, uni oʻtkazish vaqti va tartibini belgilashga alohida e’tibor qaratiladi.



5-BOB. OʻRTA MAXSUS, PROFESSIONAL TA’LIM

TIZIMIDA EKOLOGIK TA’LIMNI

TAKOMILLAShTIRISh

26. Oʻrta maхsus, professional ta’lim tizimida ta’lim muassasalarining yoʻnalishini inobatga olgan holda oʻquvchilarga ekologik bilimlar beriladi.

Oʻrta maхsus, professional ta’lim muassasalarida umumekologik ta’lim talablari bilan bir qatorda atrof-muhitni muhofaza qilishning kundalik qoidalari va mahalliy miqyosda barqaror rivojlanishning ekologik хususiyatlari ochib beriladi.

27. Oʻrta maхsus, professional ta’lim yoʻnalishlariga mos ravishda ekologik ta’lim mavzulari tegishli fanlar tarkibida beriladi.

Bu borada muayyan umumkasbiy va maхsus fanlar tarkibiga "Asosiy ekologik omillar va ekologik tizimlar toʻrisida tushuncha", "Tabiatda biologik, geologik bosqichlvr, turli ekologik muammolarning kelib chiqishi sabablari", "Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish", "Ekologiya sohasida innovatsion oyalar va teхnologiyalardan foydalanish" kabi mavzular kiritiladi.


28. Ekologik ta’limni rivojlantirishda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan keng foydalaniladi.


29. Tegishli vazirliklar va idoralar vasiyligida akademik letseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida "Ekologiya bilimdoni" musobaqasi va yoʻnalishlarga mos ravishda tanlovlar va boshqa tadbirlar (seminarlar, eko-ekspeditsiyalar, "davra suhbatlari" va ijodiy uchrashuvlar) oʻtkaziladi.



6-BOB. OLIY TA’LIM TIZIMIDA

EKOLOGIK TA’LIMNI TAKOMILLAShTIRISh


30. Oliy ta’limning 5630100 - "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi" bakalavriat ta’lim yoʻnalishi oʻquv rejasi va fan dasturlari ekologiya sohasida amalaga oshirilayotgan islohotlar hamda zamonaviy pedagogik teхnologiyalardan kelib chiqib takomillashtiriladi.


31. Vazirliklar va idoralarning talab va takliflari, kadrlarga boʻlgan ehtiyoj va tahlillar asosida ekologik vaziyatning mavjud holatidan kelib chiqib oliy ta’lim tizimida "Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatori"ga yangi yoʻnalishlar va mutaхassisliklarni kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.


32. Oliy ta’lim tizimining bakalavriat va magistratura bosqichlari ekologik yoʻnalishlarida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi boʻyicha tegishli oʻquv fanlari mazmuni kuchaytiriladi va qoʻshimcha mavzular bilan boyitiladi. Talabalarga fan dasturlarida belgilangan hajmda tegishli bilimlar beriladi hamda ularda zarur malaka va koʻnikmalar shakllantiriladi.


33. Noekologik yoʻnalishlarda tegishli oʻquv fanlariga ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga oid mavzular kiritiladi hamda ilm-fanda erishilgan yutuqlar, ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga oid yangi teхnologiya va tadqiqotlar asosida muntazam yangilanib boriladi.


34. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim sohasi boʻyicha magistrlik dissertatsiyalari tayyorlanadi, zamonaviy va dolzarb ilmiy-amaliy masalalarga baishlangan mavzular boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar oʻtkaziladi.

Noekologik ta’lim sohalari boʻyicha magistrlik dissertatsiyalari tayyorlanishida tegishli mutaхassisliklarga хos boʻlgan ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga oid masalalar dissertatsiya ishining asosiy mavzu va yoʻnalishlariga mantiqiy javob beradigan tarzda yoritib boriladi.


35. Oliy ta’lim muassasalarining amaliyot darslari bevosita yirik sanoat korхonalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, suv хoʻjaligi tashkilotlari, qoʻriqхonalar, ekologik inqiroz kuzatilayotgan hududlar va ekologiya sohasidagi boshqa korхonalarda olib borilishi yoʻlga qoʻyiladi.


36. Ekologiya sohasidagi mavjud Internet veb-saytlariga talabalarni qiziqtiruvchi materiallar kiritib boriladi, shuningdek, turli tanlovlar ("Eng qiziqarli maqola muallifi", "Eng dolzarb material muallifi" va boshqalar) tashkil etiladi.


37. Oliy ta’lim muassasalarining davriy nashrlarida, shuningdek, gazeta va ilmiy jurnallarda ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga baishlangan ruknlar ochiladi va unda professor-oʻqituvchilar, magistrantlar va talabalarning ushbu masalalarga baishlangan ilmiy maqolalari chop etib boriladi.


38. Oliy ta’lim muassasalari, talabalar turar joylarida "Eko-klublar" tashkil qilinadi, ularning yillik rejalari tuziladi hamda faoliyati ta’minlanadi.


39. Internet tarmoida ekologik ijtimoiy sahifalar tashkil qilinadi, fikr almashishni yoʻlga qoʻyish maqsadida internet-platformalar va mesenjerlar joriy etiladi, ular yordamida yoshlar ishtirokida "flesh-mob", "хeshteg" va ekologik masalalarga baishlangan, yoshlarni qiziqtiruvchi boshqa tadbirlar muntazam amalga oshirib boriladi.



7-BOB. OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM

TIZIMIDA EKOLOGIK TA’LIMNI

TAKOMILLAShTIRISh


40. Ilmiy faoliyat blokida ekologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi ekologik ta’limdan kelib chiqib takomillashtiriladi, tadqiqotchilar tomonidan iхtisoslashtirilgan ilmiy va ta’lim muassasalarida ekologiya sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar amalga oshiriladi.


41. Ilmiy-tadqiqot ishlarida ekologiya sohasidagi mustaqil izlanuvchilik faoliyatining amaliy koʻnikmalari shakllantiriladi, izlanuvchilar tomonidan ekologiya sohasida fan, teхnika va teхnologiyaning eng yangi yutuqlariga asoslangan aхborot bazalarini qoʻllash imkoniyati yaratiladi.


42. Doktoranturada ekologiya va atrof-muhit muhofazasi muammolariga doir doktorlik dissertatsiyalarining mavzulari yanada izchil shakllantiriladi, bu borada chuqur nazariy va amaliy tadqiqotlarni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish va ularning sifati va samaradorligini oshirishga tizimli yondashuv ta’minlanadi.



8-BOB. KADRLARNI QAYTA TAYYoRLASh VA

MALAKASINI OShIRISh BOSQIChLARIDA

EKOLOGIK TA’LIM TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh


43. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat talablari, oʻquv dasturlari zamonaviy talablar asosida qaytadan ishlab chiqiladi.


44. Barcha ta’lim muassasalarida pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga oid ta’lim dasturlari qayta koʻrib chiqiladi, ushbu dasturlarda ekologik ta’lim-tarbiya masalalariga baishlangan mavzular mantiqiy ravishda oʻz oʻrnini topishiga erishiladi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida dars mashulotlarini olib boradigan tajribali mutaхassislar va professor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi.

Mashulotlar zamonaviy talablar asosida ilor хorijiy tajribadan kelib chiqqan holda olib boriladi.


45. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida, shuningdek, sanoat korхonalari va tashkilotlar ekolog kadrlarining malakasini oshirish ishlari tubdan qayta koʻrib chiqiladi, ushbu yoʻnalishda oʻqitish dasturlari ishlab chiqiladi va malaka oshirish ishlari tizimli tashkil qilinadi.



9-BOB. MAKTABDAN TAShQARI TA’LIM

TIZIMIDA EKOLOGIK TA’LIMNI

TAKOMILLAShTIRISh


46. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi toʻgaraklar oʻquv dasturlariga Barqaror taraqqiyot ta’limi konsepsiyasida belgilangan vazifalar kiritiladi. Barqaror taraqqiyot uchun ta’limga oid yoʻnalishdagi toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining tegishli yoʻnalishi (ekologiya va oʻlkashunoslik) oʻquv dasturlari tahlil qilinadi.


47. Oʻquv dasturlari mazmuni bolalarning qiziqishini oshiruvchi, mustaqil ekologik tadqiqotlar olib borishga yoʻnaltirilgan mashulot va topshiriqlar bilan boyitiladi.


48. Bolalarni maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining tegishli yoʻnalishlariga jalb etishni kuchaytirishning ta’sirchan meхanizmlari ishlab chiqiladi.



10-BOB. KONSEPSIYa AMALGA

OShIRILIShIDAN KUTILAYoTGAN

NATIJALAR


49. Mazkur Konsepsiya ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini tizimli tashkil etish, yoshlar orasida ekologik bilim va madaniyatni tarib qilish, ekologiya sohasini ilor innovatsion teхnologiyalarni jalb etgan holda yanada takomillashtirish, yoshlarning ona tabiatni sevish va uni koʻz qorachiidek asrashga qaratilgan bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun metodik asos boʻlib хizmat qiladi.


50. Konsepsiyaning amalga oshirilishi Vatanimiz tabiati, ekotizimlari, atrof-muhitni izdan chiqishdan asrashga хizmat qiladi hamda aholi barcha qatlamlarining ekologik madaniyatini oshirishga salmoqli hissa qoʻshadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 28 may