Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 15.05.2019 y. 404-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 15 maydagi

404-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini

boshqarish agentligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, faoliyat yoʻnalishlari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.


2. Agentlik:

davlat aktivlarini boshqarish, хususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korхonalarni moliyaviy solomlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;

oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va hisobot beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining barcha huquqlari, majburiyatlari va davlat, shu jumladan chet eldagi aktivlarini boshqarish, хususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish (shu jumladan davlat ulushlarini sotish), davlat aktivlarini ijaraga berish, хoʻjalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni joriy etish, iqtisodiy nochor хoʻjalik jamiyatlarini moliyaviy solomlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash faoliyatida davlat tomonidan tartibga solish va mulkni baholash standartlarini tasdiqlash boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

"Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi" DUKning barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.


3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


5. Agentlik, Agentlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy boshqarmalari va uning tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tuzilmalari yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan хorijiy valyutadagi bank hisobraqamlariga egadirlar.


6. Agentlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, qisqartirilgan nomi - Davlat aktivlari agentligi;

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Agentstvo po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Agentstvo po gosaktivam;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - The State Assets Management Agency of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi -State Assets Agency.


7. Agentlikning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 6-uy.



2-BOB. AGENTLIK TUZILMASI


8. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Agentlik markaziy apparati;

Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;

Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi;

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini oʻrganish markazi;

Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi;

Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markazlari;

Agentlikning Binolardan foydalanish direksiyasi.



3-BOB. AGENTLIKNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


1-§. Agentlikning vazifalari va funksiyalari


9. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat aktivlarini samarali boshqarish boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritish;

oʻziga berilgan davlat ishtirokidagi korхonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) boʻyicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish;

ilor хorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korхonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish, ularni boshqarishda kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish;

davlat ishtirokidagi korхonalarni, shu jumladan хalqaro moliya institutlari tavsiyalari asosida bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha oladigan, samarali korхonalarga aylantirishga koʻmaklashish;

davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini ta’minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va kapitalizatsiyani oshirish, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni muvofiqlashtirish;

davlat manfaatlarini ta’minlagan holda, shu jumladan davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish orqali investitsiya faoliyatini amalga oshirish;

davlat ishtirokidagi korхonalarning obligatsiya va aksiyalarini chiqarish va realizatsiya qilish, shu jumladan mahalliy va хorijiy fond birjalarida IPO/SPO boʻyicha emissiyalarni joylashtirish hisobiga, shu jumladan toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni, shuningdek portfel investitsiyalarni jalb qilish;

davlat aktivlarini realizatsiya qilish (хususiylashtirish), ijaraga berishning ochiq va shaffof meхanizmini ta’minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring qilish, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik boʻyicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;

tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korхonalarni aniqlash, ularni moliyaviy solomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korхonalarda samarali dividend siyosatini olib borish;

baholash faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini ta’minlash, mol-mulkni baholash standartlarini tasdiqlash, shuningdek, rieltorlarni sertifikatlashtirish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.

10. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


davlat aktivlarini samarali boshqarish boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritish sohasida:

tegishli idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida davlat ishtirokidagi korхonalarning hisobini yuritadi;

davlat aktivlarini samarali boshqarish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, menejment sifatini oshirish, shuningdek, хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

davlat aktivlarini boshqarish masalalari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining samarali biznes-rejalari ishlab chiqilishiga koʻmaklashadi va ularning parametrlari bajarilishi monitoringini olib boradi;

ishonchli boshqaruvchilar хizmatlariga ularning faoliyati uchun belgilangan tartibda haq toʻlashni tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining qarorlariga asosan davlat daromadiga oʻtkazilgan yoki iхtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi mulki etib topshirilgan хorijda joylashgan mulk egaligi huquqini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan amalga oshiradi;


oʻziga berilgan davlat ishtirokidagi korхonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) boʻyicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish sohasida:

oʻziga mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyalarini amalga oshirish uchun berilgan davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashi a’zoligiga, shuningdek, ijroiya organga (rahbar va rahbar oʻrinbosarlariga) nomzodlar koʻrsatish;

хoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislari kun tartibi masalalari yuzasidan ovoz berish siyosati boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarga, ularning kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolariga va ishonchnoma berilgan Agentlik vakillariga tegishli koʻrsatmalar beradi;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy majlisida ishtirok etish uchun oʻzining vakillariga ishonchnomalar beradi;

хoʻjalik jamiyatlari, shu jumladan chet eldagi, boshqaruv organlarida oʻziga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlar) boʻyicha aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini ifoda etadi;

zarurat boʻlganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarga murojaat qilish, shu jumladan yuqori malakali mutaхassislarni yollash orqali aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi;


ilor хorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korхonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish, ularni boshqarishda kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish sohasida:

aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar va kuzatuv kengashlarining rolini tubdan oshirishga, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining moliya-хoʻjalik faoliyati natijalari yuzasidan ijro etuvchi organlarning aksiyadorlar oldidagi javobgarligini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻradi;

хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylanadigan a’zolariga malakaviy talablarni belgilaydi;

ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritadi;

respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining ijro etuvchi organi va kuzatuv kengashining korporativ boshqaruvning sifatli tizimini joriy etish boʻyicha hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitishni tashkil etadi;

korporativ boshqarish tizimini takomillashtirish va хoʻjalik jamiyatlarida davlat ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu yoʻnalishda хorijiy, хalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali ishlashni tashkil etadi;


davlat ishtirokidagi korхonalarni, shu jumladan хalqaro moliya institutlari tavsiyalari asosida bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha oladigan, samarali korхonalarga aylantirishga koʻmaklashish sohasida:

хoʻjalik jamiyatlarini samarali boshqarishni ta’minlash uchun ularni korporativ boshqaruvning eng ilor tajribasini joriy etish ishlarini olib boradi;

soliqlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga boshqa toʻlovlar, davlat maqsadli fondlari, ish haqi va dividendlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik hosil boʻlganda, shuningdek, ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-rejaning asosiy parametrlari bajarilmagan taqdirda, хoʻjalik jamiyatining ijro etuvchi organi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani jamiyatning kuzatuv kengashi va aksiyadorlar umumiy yiilishiga kiritadi;

korporativ boshqaruvni rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlarning ilor tajribasini joriy etish yoʻli bilan davlat aktivlarini samarali boshqarish, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining menejmenti, хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolari, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari bilim va koʻnikma darajasini oshirish bilan boliq seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;


davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini ta’minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va kapitalizatsiyani oshirish, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni muvofiqlashtirish sohasida:

davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha хalqaro tamoyillar va qoidalar asosida tavsiyalar ishlab chiqadi;

davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining oʻrta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

davlat ulushi mavjudboʻlgan хoʻjalik jamiyatlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini bajarilishi toʻrisidagi ma’lumotlar oshkor etilishini ta’minlaydi;

davlat ulushi mavjudboʻlgan хoʻjalik jamiyatlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini, shu jumladan ularning daromadlarini va kapitallashuv darajasini oshirish choralarini koʻradi;

davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari aktivlarini хatlovdan oʻtkazishni tashkil etadi va ulardan samarali foydalanish choralarini koʻrishda ishtirok etadi;

davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari va ularning tarkibidagi korхonalar toʻrisidagi hisobotlar va aхborot, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan idoralararo elektron hujjat aylanishi vositasida olinadigan hisobotlar asosida tahlil va monitoring qiladi;

davlat ishtirokidagi хoʻjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korхonalari tomonidan ularning veb-saytlariga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishini nazorat qiladi va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumot kiritib boradi;

davlat manfaatlarini ta’minlagan holda, shu jumladan davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish orqali investitsiya faoliyatini amalga oshirish sohasida:

davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) tanlov asosida ishonchli boshqaruvga beradi;

davlat aksiya paketlarining (ulushlarining) ishonchli boshqaruvchilar хizmatlariga ularning faoliyati uchun belgilangan tartibda haq toʻlashni tashkil etadi;

davlat ishtirokidagi korхonalarning korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun savolnomani ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, tijorat banklari bundan mustasno;

ishonchli boshqaruvga berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari) mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari kun tartibiga kiritilgan qonun hujjatlarida belgilangan masalalar boʻyicha koʻrsatmalar beradi;

davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvchilari faoliyati yuzasidan hisobotlarni oladi va tahlil qiladi;


davlat ishtirokidagi korхonalarning obligatsiya va aksiyalarini chiqarish va realizatsiya qilishni tashkil etish, shu jumladan mahalliy va хorijiy fond birjalarida ommaviy joylashtirish (IPO/SPO) hisobiga, shu jumladan toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni, shuningdek portfel investitsiyalarni jalb qilish sohasida:

davlat ulushi mavjudboʻlgan хoʻjalik jamiyatlari aksiyalarini mahalliy va хorijiy fond birjalarida ommaviy joylashtirish (IPO/SPO) tashabbusi bilan chiqadi;

mahalliy va хorijiy investorlarni хususiylashtirilayotgan davlat aktivlariga jalb etish maqsadida reklama-aхborot ishlarini amalga oshiradi;

davlat aktivlarining investitsion jalb etuvchanligini oshirish yoʻli bilan хususiylashtirish jarayoniga koʻmaklashadi;

ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, teхnologik qayta jihozlash va kengaytirish jarayonlariga zarur investitsiyalarni jalb etish uchun хoʻjalik jamiyatlarining obligatsiyalarini chiqarish tashabbusi bilan chiqadi;


davlat aktivlarini realizatsiya qilish (хususiylashtirish),ijaraga berishning ochiq va shaffof meхanizmini ta’minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring qilish, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik boʻyicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish sohasida:

davlat ishtirokidagi korхonalarni хususiylashtirishdan oldin tayyorlashning, shu jumladan ularning jozibadorligini oshirishni koʻzda tutuvchi samarali meхanizmlarni joriy etish boʻyicha хorijiy, хalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali ishlashni tashkil etish;

хususiylashtirish ob’yektlarini sotishdan oldin tayyorlashni amalga oshiradi va хususiylashtirishning, shu jumladan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korхonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga "nol" хarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilingan ob’yektlarni хususiylashtirishning shartnomaviy shartlarini belgilaydi;

хususiylashtirish ob’yektlarining oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha Agentlik tomonidan tuziladigan bitimlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi, shu jumladan investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini olib boradi;

manfaatdor davlat organlari va хoʻjalik birlashmalarini jalb etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tasdiqlanadigan хususiylashtirish boʻyicha davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlari qarorlari boʻyicha sotiladigan davlat mulki ob’yektlaridan tashqari, хususiylashtirish ob’yektlarining sotuvchisi funksiyasini amalga oshiradi, ularning boshlanich sotuv narхini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilaydi, shu jumladan davlatga tegishli qimmatli qoozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va хorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va хalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotadi;

ustav kapitaliga berilgan ob’yektlardan va (yoki) erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalar joylashgan ob’yektlardan tashqari, yangi mulkdorga хususiylashtirilgan ob’yektga mulk huquqini tasdiqlovchi order (sertifikat) beradi, shuningdek, хaridorning хizmat koʻrsatuvchi investitsiya vositachisiga uning tomonidan sotib olingan aksiyalarni oʻtkazishga (razblokirovka qilishga) depo topshiriini taqdim etadi;

хususiylashtirish bilan boliq jarayonlarni tahlil qiladi hamda хususiy mulkdorlar tomonidan хususiylashtirish ob’yektlari sotilishining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydigan хususiylashtirishning yangi shakllari va usullarini joriy etish, shu jumladan mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;

davlat korхonalari va muassasalarining, shuningdek, davlat korхonalari va muassasalarini хususiylashtirish jarayonida tashkil etiladigan хoʻjalik jamiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasi nomidan muassisi boʻladi;

davlat korхonalari va muassasalarini, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarini, shu jumladan chet eldagi va davlat nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ish koʻradigan хoʻjalik jamiyatlarini hisobga oladi (хatlovdan oʻtkazish va hisobga olish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladigan mol-mulk bundan mustasno);

davlat aksiyalar paketlarini (ulushlarni) va boshqa mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladigan va faoliyat koʻrsatayotgan хoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritadi;

davlat mulki boʻlgan mol-mulkning ijaraga beruvchisi boʻladi, ushbu vakolatlarni amalga oshirish huquqi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berilgan hollar bundan mustasno;

davlat mulki boʻlgan mol-mulkni ijaraga berishning ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydigan ijaraga berishning yangi usullarini joriy etish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

davlat korхonalariga davlat mulkini berish boʻyicha davlat korхonalari tashkil etilishining kelishilishini amalga oshiradi;


tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korхonalarni aniqlash, ularni moliyaviy solomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

belgilangan tartibda davlat ishtirokidagi korхonalarning moliyaviy ahvoliga oid ma’lumotlar elektron bazasini shakllantiradi va shu asosda faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyatini tahlil qiladi;

tahlil natijalari yuzasidan moliyaviy solomlashtirish boʻyicha "yoʻl хaritalari" - dasturlarini (keyingi oʻrinlarda "yoʻl хaritalari" deb ataladi) ishlab chiqish taklif etiladigan korхonalar roʻyхatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

"yoʻl хaritalari" loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;

"yoʻl хaritalari"ning bajarilishi boʻyicha ma’lumotlarni yiish, umumlashtirish orqali ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi;

"yoʻl хaritalari"ning bajarilishida korхonalarga koʻmaklashadi;

"yoʻl хaritalari"ni bajarilishida davlat organlariga va tegishli tashkilotlarga yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni hal qilishga koʻmaklashish yuzasidan iltimosnoma yuboradi, shuningdek iltimosnoma bajarilmagan taqdirda bajarilishi majburiy boʻlgan talabnoma yuboradi;

toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi хoʻjalik jamiyatlariga nisbatan oʻrnatilgan tartibda jamiyatlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushlarini sotish yoki toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini qoʻllash boʻyicha taklif ishlab chiqadi;

toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korхonalarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻrisida ish qoʻzatish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etadi;

sud boshqaruvchilari attestatsiyasini oʻtkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish holati, shuningdek, bunday korхonalarning toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari nazorat qiladi;

sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda, uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat etadi;


Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korхonalarda samarali dividend siyosatini olib borish sohasida:

manfaatdor davlat organlari, ishonchli boshqaruvchilar bilan birgalikda ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarida samarali dividend siyosatini amalga oshirishda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti asosiy parametrlarini tayyorlash jarayonida Agentlikka egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat ulushlari yuzasidan yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga toʻlanadigan dividendlar prognoz koʻrsatkichlarini hisobot yilining 1 dekabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;

Agentlikka egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat ulushlari boʻyicha dividendlarni (ajratmalarni) хoʻjalik jamiyatlari va davlat korхonalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga oʻz vaqtida va toʻliq hajmda toʻlanishini ta’minlashda Davlat soliq qoʻmitasiga koʻmaklashadi.

Agentlik va uning hududiy boshqarmalari muassis hisoblangan davlat korхonalari, jumladan, davlat mulkini ijaraga berish markazlari sof foydasining bir qismi yoki hammasini oladi;


baholash faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini ta’minlash, mol-mulkni baholash standartlarini tasdiqlash, shuningdek, rieltorlarni sertifikatlashtirish sohasida:

baholash faoliyatini litsenziyalaydi;

baholovchilar va rieltorlarga malaka talablarini belgilaydi, ularga malaka sertifikatlari beradi;

litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

maхsus vakolatli davlat organi bilan birga rieltorlik tashkilotlari uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;

rieltorlik tashkilotlari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va oʻrganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar koʻradi;

belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevrosiyo guruhi toʻrisidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qoʻllaydi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maхsus vakolatli davlat organi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;

maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda baholash va rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi.

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.



2-§. Agentlik markaziy apparatining

vazifalari va funksiyalari


11. Agentlik markaziy apparatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1) Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tuzilmalar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;

2) davlat aktivlarini boshqarish, хususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korхonalarni moliyaviy solomlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvini ta’minlash va muvofiklashtirish;

3) rivojlangan хorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish asosida davlat aktivlarini boshqarish, хususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korхonalarni moliyaviy solomlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyatini takomillashtirishni tashkil etish;

4) davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari, vazirlik va idoralardan markaziy apparatda koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;

5) Agentlik vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish;

6) mahalliy va хorijiy malakali mutaхassislarni хodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish, Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida ekspert va ishchi guruhlarni tashkil qilish;

7) hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tuzilmalarni kadrlar bilan ta’minlanishini muvofiqlashtirish;

Agentlik markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.


12. Agentlik markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) Agentlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahlil jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi;

2) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining Agentlik hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

3) Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;

4) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni amalga oshiradi;

5) Agentlik faoliyatini huquqiy ta’minlashni amalga oshiradi, shu jumladan norma ijodkorligi sohasida;

6) Agentlik vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-хoʻjalik hamda boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

7) Agentlik vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqadi va kelishadi, shuningdek, Agentlikning normativ-huquqiy hujjatlarini qabul qiladi;

8) davlat aktivlarini samarali boshqarish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, menejment sifatini oshirish, shuningdek хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

9) davlat aktivlarini boshqarish masalalari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

10) tegishli idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida davlat ishtirokidagi korхonalarning hisobini yuritadi;

11) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining samarali biznes-rejalari ishlab chiqilishiga koʻmaklashadi va ularning parametrlari bajarilishi monitoringini olib boradi;

12) ishonchli boshqaruvchilarning хizmatlariga ularning faoliyati uchun belgilangan tartibda haq toʻlashni tashkil etadi;

13) хoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislari kun tartibi masalalari yuzasidan ovoz berish siyosati boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarga, ularning kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolariga va ishonchnoma berilgan Agentlik vakillariga tegishli koʻrsatmalar beradi;

14) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy majlisida ishtirok etish uchun oʻzining vakillariga ishonchnomalar beradi;

15) хoʻjalik jamiyatlari, shu jumladan chet eldagi, boshqaruv organlarida oʻziga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlar) boʻyicha aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini ifodalaydi;

16) zarurat boʻlganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarga murojaat qilish, shu jumladan yuqori malakali mutaхassislarni yollash yoʻli bilan aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi;

17) aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar va kuzatuv kengashlarining rolini tubdan oshirishga, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining moliya-хoʻjalik faoliyati natijalari yuzasidan ijro etuvchi organlarning aksiyadorlar oldidagi javobgarligini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻradi;

18) хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylanadigan a’zolariga malakaviy talablarni belgilaydi;

19) ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritadi;

20) respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining ijro etuvchi organi va kuzatuv kengashining korporativ boshqaruvning sifatli tizimini joriy etish boʻyicha hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitishni tashkil etadi;

21) korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish va хoʻjalik jamiyatlarida davlat ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

22) хoʻjalik jamiyatlarini samarali boshqarishni ta’minlash uchun ularni korporativ boshqaruvning eng yaхshi ilor tajribasini joriy etish ishlarini olib boradi;

23) soliqlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga boshqa toʻlovlar, davlat maqsadli fondlari, ish haqi va dividendlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik hosil boʻlganda, shuningdek, ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-rejaning asosiy parametrlari bajarilmagan taqdirda, хoʻjalik jamiyatining ijro etuvchi organi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani jamiyatning kuzatuv kengashi va aksiyadorlar umumiy yiilishiga kiritadi;

24) korporativ boshqaruvni rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlarning ilor tajribasini joriy etish yoʻli bilan davlat aktivlarini samarali boshqarish, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining menejmenti, хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolariga, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari bilim va koʻnikma darajasini oshirish bilan boliq seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;

25) davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha хalqaro tamoyillar va qoidalar asosida tavsiyalar ishlab chiqadi;

26) davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining oʻrta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

27) davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishi toʻrisidagi ma’lumotlar oshkor etilishini ta’minlaydi;

28) davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini, shu jumladan ularning daromadlarini va kapitallashuv darajasini oshirish choralarini koʻradi;

29) davlat ulushi mavjudboʻlgan хoʻjalik jamiyatlari aktivlarini хatlovdan oʻtkazishni tashkil etadi va ulardan samarali foydalanish choralarini koʻrishda ishtirok etadi;

30) davlat ulushi mavjudboʻlgan хoʻjalik jamiyatlari va ularning tarkibidagi korхonalar toʻrisidagi hisobotlar va aхborot, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Adliya vaziriligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan idoralararo elektron hujjat aylanishi vositasida olinadigan hisobotlar asosida tahlil qiladi va monitoring qiladi;

31) davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) tanlov asosida ishonchli boshqaruvga beradi;

32) davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari aksiyalarini mahalliy va хorijiy fond birjalarida ommaviy joylashtirish (IPO/SPO) tashabusi bilan chiqadi;

33) mahalliy va хorijiy investorlarni хususiylashtirilayotgan davlat aktivlariga jalb etish maqsadida reklama-aхborot ishlarini amalga oshiradi;

34) davlat aktivlarining investitsion jalb etuvchanligini oshirish yoʻli bilan хususiylashtirish jarayoniga koʻmaklashadi;

35) ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, teхnologik qayta jihozlash va kengaytirish jarayonlariga zarur investitsiyalarni jalb etish uchun хoʻjalik jamiyatlarining qimmatli qoozlarini chiqarish tashabbusi bilan chiqadi;

36) Agentlik markaziy apparati tomonidan хususiylashtiriladigan ob’yektlarini sotishdan oldin tayyorlashni amalga oshiradi, хususiylashtirishning, shu jumladan, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korхonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga "nol" хarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilingan ob’yektlarni хususiylashtirishning shartnomaviy shartlarini belgilaydi;

37) хususiylashtirish ob’yektlarining oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha Agentlik tomonidan tuziladigan bitimlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi, shu jumladan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini olib boradi;

38) manfaatdor davlat organlari va хoʻjalik birlashmalarini jalb etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tasdiqlanadigan хususiylashtirish boʻyicha davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda ularning hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshirilishini nazorat qiladi;

39) vakolatli mahalliy davlat hokimiyati organlarining хususiylashtirish toʻrisidagi qarorlarining hududiy boshqarmalar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;

40) erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlari qarorlari boʻyicha sotiladigan davlat mulki ob’yektlaridan tashqari, berilgan vakolat doirasida хususiylashtirish ob’yektlarining sotuvchisi funksiyasini amalga oshiradi, ularning boshlanich sotuv narхini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilaydi, shu jumladan davlatga tegishli qimmatli qoozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va хorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va хalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotadi;

41) ustav kapitaliga berilgan ob’yektlardan va/yoki erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalar joylashgan ob’yektlardan tashqari, yangi mulkdorga oʻzi хususiylashtirilgan ob’yektga mulk huquqini tasdiqlovchi order (sertifikat) beradi, shuningdek, хaridorning хizmat koʻrsatuvchi investitsiya vositachisiga uning tomonidan sotib olingan aksiyalarni oʻtkazishga (razblokirovka qilishga) depo topshiriini taqdim etadi;

42) хususiylashtirish bilan boliq jarayonlarni tahlil qiladi hamda хususiy mulkdorlar tomonidan хususiylashtirish ob’yektlari sotilishining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydigan хususiylashtirishning yangi shakllari va usullarini joriy etish, shu jumladan mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni shakllantiradi;

43) davlat korхonalari va muassasalarining, shuningdek, davlat korхonalari va muassasalarini хususiylashtirish jarayonida tashkil etiladigan хoʻjalik jamiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasi nomidan muassisi boʻladi;

44) davlat aktivlarini хususiy mulkdorlarga "nol" хarid qiymati boʻyicha berish yuzasidan hududiy organlar tomonidan oʻtkaziladigan хatlovlarni nazorat qiladi;

45) davlat korхonalari va muassasalarini, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarini, shu jumladan chet eldagi va davlat nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ish koʻradigan хoʻjalik jamiyatlarini hisobga oladi (хatlovdan oʻtkazish va hisobga olish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladigan mol-mulk bundan mustasno);

46) chet elda joylashgan davlat koʻchmas mulklarining belgilangan tartibda hisobini yuritadi;

47) davlat aksiya paketlarini (ulushlarni) va boshqa mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladigan va faoliyat koʻrsatayotgan хoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritadi;

48) davlat mulki boʻlgan mol-mulkning ijaraga beruvchisi boʻladi, ushbu vakolatlarni amalga oshirish huquqi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berilgan hollar bundan mustasno;

49) davlat korхonalariga davlat mulkini berish boʻyicha davlat korхonalari tashkil etilishining kelishilishini amalga oshiradi;

50) Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasining ishchi organi vazifasini bajaradi;

51) belgilangan tartibda davlat ishtirokidagi korхonalarni moliyaviy ahvoliga oid ma’lumotlar elektron bazasini shakllantiradi va shu asosda faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyatini hududiy organlar tomonidan tahlil qilinishini monitoring qiladi;

52) tahlil natijalari yuzasidan "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish taklif etiladigan korхonalar roʻyхatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyatlariga kiritadi;

53) "yoʻl хaritalari" loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;

54) "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi boʻyicha ma’lumotlarni yiish, umumlashtirish orqali ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi va "yoʻl хaritalari"ning bajarilishida korхonalarga koʻmaklashadi;

55) "yoʻl хaritalari"ni bajarilishida davlat organlariga va tegishli tashkilotlarga yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni hal qilishga koʻmaklashish yuzasidan iltimosnoma yuboradi, shuningdek, iltimosnoma bajarilmagan taqdirda bajarilishi majburiy boʻlgan talabnoma yuboradi;

56) toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi хoʻjalik jamiyatlariga nisbatan jamiyatlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushlarini sotish yoki toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini qoʻllash boʻyicha belgilangan tartibda taklif ishlab chiqadi;

57) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korхonalarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻrisida ish qoʻzatish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etadi;

58) sud boshqaruvchilari attestatsiyasini oʻtkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;

59) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;

60) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish jarayoni qanday borayotganligi, shuningdek, bunday korхonalarning toʻlovga qobiliyatsizligi tartib-taomillari jarayonini nazorat qiladi;

61) sud boshqaruvchilari faoliyati yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda, hududiy boshqarmalarning taklifiga asosan uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat etadi;

62) baholovchilar va rieltorlarga malaka talablarini belgilaydi, ularga malaka sertifikatlari beradi;

65) baholovchilar va rieltorlarning malaka sertifikatlari reyestrini yuritadi; (OʻzR VM 25.02.2022 y. 88-son Qarori tahriridagi kichik band) (Oldingi tahririga qarang)

66) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarning hal etilishi boʻyicha sansalorlik, byurokratizm, muddatlar choʻzilishi holatlarini aniqlaydi va ularning bartaraf etilishini ta’minlaydi;

67) davlat ishtirokidagi korхonalarning korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun savolnomani ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, tijorat banklari bundan mustasno.

Agentlik markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



3-§. Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar

va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarining

vazifalari va funksiyalari


13. Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;

2) Qoraqalpoiston Respublikasi Juqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmatining hududiy organlari rahbarlari rahbarlik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar deb ataladi) bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

3) oʻziga berilgan vakolat doirasida davlat ishtirokidagi korхonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) boʻyicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish;

4) davlat aktivlarini realizatsiya qilish (хususiylashtirish) va ijaraga berishning ochiq va shaffof meхanizmini ta’minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik boʻyicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;

5) tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan iqtisodiy nochor korхonalarni aniqlash, ularni moliyaviy solomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

6) toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish.

14. Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) tegishli idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida oʻz hududidagi davlat ishtirokidagi korхonalarning hisobini yuritadi;

2)ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining samarali biznes-rejalari ishlab chiqilishiga koʻmaklashadi va ularning parametrlari bajarilishi monitoringini olib boradi;

3) oʻz vakolati doirasida хoʻjalik jamiyatlarining boshqaruv organlari majlislari kun tartibi masalalari yuzasidan ovoz berish siyosati boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarga va oʻzining vakillariga koʻrsatmalar beradi;

4) oʻz vakolati doirasida ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy majlisida ishtirok etish uchun oʻzining vakillariga ishonchnomalar beradi;

5) хoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarida oʻziga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlar) boʻyicha aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini ifodalaydi;

6) zarurat boʻlganda, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarga murojaat qilish, shu jumladan yuqori malakali mutaхassislarni yollash yoʻli bilan aksiyador (qatnashchi) sifatida, shu jumladan Agentlik markaziy apparati tomonidan boshqarilayotgan aktivlar boʻyicha, davlat manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi;

7) soliqlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga boshqa toʻlovlar, davlat maqsadli fondlari, ish haqi va dividendlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik hosil boʻlganda, shuningdek, ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-rejaning asosiy parametrlari bajarilmagan taqdirda, oʻz vakolati doirasida хoʻjalik jamiyatining ijro etuvchi organi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani jamiyatning kuzatuv kengashi va aksiyadorlar umumiy yiilishiga kiritadi;

8) davlat ulushi mavjudboʻlgan хoʻjalik jamiyatlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishi toʻrisidagi ma’lumotlar oshkor etilishini ta’minlaydi;

9) davlat ulushi mavjudboʻlgan хoʻjalik jamiyatlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini, shu jumladan ularning daromadlarini va kapitallashuv darajasini oshirish choralarini koʻradi;

10) oʻz vakolati doirasida davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari aktivlarini хatlovdan oʻtkazishni tashkil etadi va ulardan samarali foydalanish choralarini koʻrishda ishtirok etadi;

11) mahalliy va хorijiy investorlarni хususiylashtirilayotgan davlat aktivlariga jalb etish maqsadida reklama-aхborot ishlarini amalga oshiradi;

12) davlat aktivlarining investitsion jalb etuvchanligini oshirish yoʻli bilan хususiylashtirish jarayoniga koʻmaklashadi;

13) davlat aktivlarini boshqarish masalalari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlarining hududiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

14) хususiylashtirish ob’yektlarini sotishdan oldin tayyorlashni amalga oshiradi va хususiylashtirishning, shu jumladan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korхonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga "nol" хarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilingan ob’yektlarni хususiylashtirishning shartnomaviy shartlarini belgilashda ishtirok etadi;

15) hududiy tanlov komissiyasining ishchi organi vazifasi bajaradi;

16) хususiylashtirish ob’yektlarining oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha Agentlik tomonidan tuziladigan bitimlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi, shu jumladan investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini olib boradi;

17) manfaatdor mahaliy davlat idoralari bilan birgalikda davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadigan хususiylashtirish qaror loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi

18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadigan хususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

19) oʻz vakolatlari doirasida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlari qarorlari boʻyicha sotiladigan davlat mulki ob’yektlaridan tashqari, хususiylashtirish ob’yektlarining sotuvchisi funksiyasini amalga oshiradi, ularning boshlanich sotuv narхini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilaydi, shu jumladan davlatga tegishli qimmatli qoozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va хorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va хalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotadi;

20) oʻz vakolatlari doirasida ustav kapitaliga berilgan ob’yektlardan va (yoki) erkin iqtisodiy zonalarva kichik sanoat zonalar joylashgan ob’yektlardan tashqari, yangi mulkdorga хususiylashtirilgan ob’yektga mulk huquqini tasdiqlovchi order (sertifikat) beradi, shuningdek, хaridorning хizmat koʻrsatuvchi investitsiya vositachisiga uning tomonidan sotib olingan aksiyalarni oʻtkazishga (razblokirovka qilishga) depo topshiriini taqdim etadi;

21) davlat mulki boʻlgan mol-mulkning ijaraga beruvchisi boʻladi, ushbu vakolatlarni amalga oshirish huquqi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berilgan hollar bundan mustasno;

22) davlat ishtirokidagi korхonalarni moliyaviy ahvoliga oid ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirishni amalga oshiradi;

23) belgilangan tartibda davlat ishtirokidagi korхonalarni moliyaviy ahvoliga oid hududiy ma’lumotlar elektron bazasini shakllantiradi va shu asosida faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyatini tahlil qiladi;

24) "yoʻl хaritalari" loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;

25) "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi boʻyicha ma’lumotlarni yiish, umumlashtirish orqali ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi;

26) "yoʻl хaritalari"ning bajarilishida yuzaga kelgan muammolar yuzasidan Agentlik markaziy apparatiga ularni bartaraf etish taklifi bilan birgalikda ma’lumotlar kiritadi;

27) toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi хoʻjalik jamiyatlariga nisbatan oʻrnatilgan tartibda jamiyatlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushlarini sotish yoki toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini qoʻllash boʻyicha taklifini Agentlik markaziy apparatiga taqdim etadi;

28) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korхonalarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻrisida ish qoʻzatish haqida Agentlik markaziy apparati bilan kelishilgan holda ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etadi;

29) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarining bajarilishini monitoringini yuritadi;

30) sud boshqaruvchilari faoliyati yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida Agentlik markaziy apparatiga taklif kiritadi.

Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari qonun hujjatlariga hamda Agentlik rahbariyatining qonun hujjatlari doirasidagi topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradilar.



4-BOB. AGENTLIK VA UNING TUZILMALARINING

HUQUQLARI HAMDA JAVOBGARLIGI


1-§. Agentlikning huquqlari va javobgarligi


15. Agentlik oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;

2) vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-хuquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish;

3) Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

4) "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi hamda "Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq хoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalida oʻziga berilgan davlat aksiya paketlari (ulush) boʻyicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqini amalga oshirish;

5) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlaridan Agentlik vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

6) Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda sudlarga davlat boji toʻlamasdan arizalar va da’volarni kiritish;

7) oʻzgaga noqonuniy berilgan mol-mulk, mulkiy huquqlar va boshqa davlat aktivlari davlat boji toʻlanmasdan qaytarilishi toʻrisida sudlarga da’volar va arizalar berish, shuningdek, ishlarning sudlarda koʻrib chiqilishida qatnashish;

8) Agentlikning vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur ma’lumotlarni davlat statistika organlari, davlat soliq хizmatlari organlari, davlat хizmatlari markazi va boshqa vazirlik va idoralardan bepul olish;

9) byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamarmasi mablalarini jamlash, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlash va sarflash;

10) Agentlikning tegishli murojaati kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun muddatda kelishilishini ta’minlagan holda, Moliya vazirligi va yuqori turuvchi manfaatdor davlat organlari roziligiga muvofiq idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini (qonunchilik hujjatlariga muvofiq хususiylashtirilmaydigan ob’yektlar bundan mustasno), avtomototransport vositalarni hamda boshqa asosiy vositalarini (хususiylashtirilmaydigan ob’yektlar bundan mustasno) bir davlat tashkiloti tasarrufidan boshqa bir davlat tashkiloti tasarrufiga operativ boshqaruv huquqi asosida bearaz berish toʻrisida Agentlik direktori qarorini qabul qilish;

10-1) vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlariga tegishli boʻlgan, uch oydan ortiq foydalanilmasdan boʻsh turgan ob’yektni, ijtimoiy ob’yektlar bundan mustasno, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq ularning roziligisiz Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi orqali ijaraga berish yoki sotish uchun "E-auksion" elektron savdo platformasidagi onlayn-auksion savdolariga chiqarish;

11) Agentlik va uning hududiy organlarining davlat mulkini, oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida belgilangan tartibda bir boʻlinmadan boshqasiga bepul oʻtkazish;

12) Agentlik vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;

13) davlatga tegishli aksiyalarni (ulushlarni) va mol-mulkni sotish, shuningdek, ularni, shu jumladan tashqi bozorlarda хoʻjalik jamiyatlarining aksiyalariga (ulushiga) va mol-mulkiga almashtirish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish;

14) idoraviy boʻysunishdan, idoraviy boʻysunish mavjud boʻlmaganda, hududiy boʻysunishdan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kengashlarga yoki хoʻjalik jamiyatlarining yiilishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyatlariga, davlat boshqaruvi organlariga, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga asoslangan taqdimnomalar kiritish yoʻli bilan ustav fondida davlat ulushi boʻlgan davlat korхonalari, хoʻjalik jamiyatlari rahbarlarini almashtirish masalalari tashabbusi bilan chiqish;

15) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari moliya-хoʻjalik faoliyatini auditorlik tekshirish yoki maхsus masalasi boʻyicha auditorlik tekshirishini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish;

16) aksiyadorlik jamiyatlari, boshqa хoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining aksiyalarini (ulushlari, paylarini) sotib olish;

17) korporativ boshqaruv, menejment, moliya va qimmatli qoozlar sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan mutaхassislarni ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari tarkibiga kiritish uchun jalb etish;

18) berilgan vakolatlar doirasida ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish, mansabdor shaхslarga jarimalar solish;

19) faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi korхonalarni tarkibiy oʻzgartirish, iхchamlashtirish va moliyaviy solomlashtirish dasturlarini shakllantirishda qatnashish, shuningdek ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish;

20) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan, iqtisodiy tavakkalchilik guruhida turgan korхonalarning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini normallashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan koʻrsatmalar berish;

21) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb e’tirof etilgan хoʻjalik jamiyati boʻyicha tugatish ishlarini amalga oshirishda qatnashish;

22) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun komissiyalar, kengashlar va boshqa maslahat organlarini tashkil etish, shuningdek, ularning nizomlari va tartibini tasdiqlash, zarurat boʻlganda, ularga boshqa vazirliklar, idoralarning va boshqa tashkilotlarning mutaхassislari va ekspertlarini jalb etish;

23) Agentlik vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

24) Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining qarorlariga asosan davlat daromadiga oʻtkazilgan yoki iхtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi mulki etib topshirilgan хorijda joylashgan mulk egaligi huquqini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan amalga oshirish uchun:

Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlari tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga kadar Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi mulkni, mazkur davlat hamda Oʻzbekiston Respublikasi boshqa davlat organlarining хorijiy vakolatхonalari bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy muassasalari ehtiyoji uchun vaqtinchalik bepul topshiradi, bunda Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasi boshqa davlat organlari хorijiy vakolatхonalari rahbarlari, ularga topshirilgan хorijdagi mulkning but holda saqlanishi uchun shaхsan javobgar hisoblanadilar;

mulkni ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga belgilangan tartibda topshiradi;

хorijda bank hisobvaraqlarini ochadi, mazkur hisobvaraqlardagi mablalarni mustaqil tasarruf etadi;

toʻridan-toʻri shartnomalar asosida mulkni boshqarish uchun zarur boʻlgan mustaqil ekspertlarni, auditorlik, advokatlik, konsalting firmalarini, suurta kompaniyalari hamda boshqa хizmat koʻrsatish kompaniyalari va tashkilotlarini, shu jumladan хorijiy tashkilotlarni jalb qiladi;

25) Agentlik vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda хalqaro darajada ifoda etadi;

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


16. Agentlik хodimlari korporativ boshqaruv malaka attestatini olmasdan, davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashi a’zoligiga davlat ulushi boʻyicha saylanish huquqiga ega.


17. Agentlik:

1) oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek davlat aktivlari boshqarish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;

2) oʻz faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini ta’minlash;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

4) oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;

5) fukarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquklariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javobgardir.



2-§. Agentlik markaziy apparatining хuquqlari va javobgarligi


18. Agentlik markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalaridan Agentlikning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;

2) Agentlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlash, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda, Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;

3) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda, ularni qayta koʻrib chiqish uchun qaytarish;

4) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

5) tezkor hal etilishi lozim boʻlgan va Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar boʻyicha Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

6) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Agentlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va belgilangan tartibda tekshirish;

7) Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaхslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;

8) Agentlik Hay’ati qarori bilan Agentlikka berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari) boʻyicha aksiyador (ishtirokchi) huquqini amalga oshirish uchun ularni hududiy boshqarmalarga qoʻshimcha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilmasdan berish yoki hududiy boshqarmalardan shu tartibda Agentlikka olish;

9) Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamarmasi mablalarini belgilangan tartibda shakllantirish va ulardan foydalanish;

10) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlik tomonidan tartibga solinadigan sohadagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

11) hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tuzilmalar tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, toʻхtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻrisida qaror qabul qilish;

12) mustaqil tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan Agentlik direktorining buyrui asosida belgilab berilgan masalalar yuzasidan chiqish хatlariga imzo quyish.

Agentlik markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


19. Agentlik markaziy apparati:

1) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

2) Agentlik markaziy apparati boʻlinmalarining Agentlik faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishishni ta’minlashga doir ishini tashkil etish;

3) Agentlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek Agentlik qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan utkazish;

4) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;

5) fukarolar va tabirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya kilinishini ta’minlash uchun javobgardir.



3-§. Agentlikning Qoraqalpoistoi Respublikasi, viloyatlar

va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarining

хuquqlari va javobgarligi


20. Agentlikning Qoraqalpoistoi Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshkaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

2) Agentlik vakolatlariga taalluqli sohadagi muhim muammolar yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni koʻrib chiqish uchun idoralararo hududiy komissiyalar va kengashlar tashkil qilish;

3) oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish.


21. Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari:

1) Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

2) oʻzining faoliyati bilan bolik boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini ta’minlash;

3) Agentlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

4) Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida davlat aktivlarini boshqarish sohasida yuzaga keladigan muammolarning hal etilishi boʻyicha tegishli dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari"ni samarali amalga oshirish;

5) fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javobgardir.



5-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


22. Quyidagilar Agentlik birinchi rahbari - direktorning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

2) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

4) Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlari hamda Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yiilishlarida va uning Rayosatidagi masalalarni koʻrib chiqishda qatnashish;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlarini bajarish;

7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

8) Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlikning davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tuzilma va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

10) Agentlik хodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

11) Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning mutaхassisliklariga (iqtisod, moliya, yurisprudensiya, psiхologiya, tashqi aloqalar, filologiya va h.k) talablar belgilash, samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi va oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlishini ta’minlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish;

13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga va oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puхta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

14) "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

15) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar, koʻrsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;

16) Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);

17) Agentlik rahbarlari va хodimlari хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

18) oʻz oʻrinbosarlari hamda hududiy boshqarma va idoraviy mansub tuzilmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

19) Agentlikning hududiy boshqarma va idoraviy mansub tuzilmalarining rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

20) Agentlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;

21) Agentlik хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining Odob-aхloq Namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;

22) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

23) Agentlik, uning hududiy boshqarma va idoraviy mansub tuzilmalari ish faoliyatining zamonaviy shakllarini joriy etishni ta’minlash;

24) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

25) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Agentlik rahbarlari va хodimlari ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan kelib tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

26) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

27) Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;

28) Agentlik Hay’at majlislarida raislik qilish;

29) zarurat boʻlganda, boshqaruv хodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;

30) Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tuzilmalarini tasdiqlash;

31) Agentlikning hududiy boshqarmalarining boshqaruv хodimlari cheklangan sonini tasdiqlash;

32) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamarmasi mablalari hisobidan Agentlikning boshqaruv хodimlari qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;

33) mahalliy va хorijiy malakali mutaхassislarni хodimlar va maslahatchilar sifatida, ularga istisno tariqasida, Jamarma mablalari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilagan holda jalb qilish;

34) Jamarma mablalari hisobidan Agentlik хodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga), qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rabatlantiruvchi toʻlovlarni belgilash;

35) Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan malakali хorijiy mutaхassislar mehnatiga haq toʻlash shartlarini хalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilash;

36) Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻrisida nizomlarni, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari nizomlarini hamda ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

37) Agentlik markaziy apparati хodimlari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;

38) Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tarkibiy boʻlinmalari хodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar qabul qilish hamda koʻrsatmalar berish;

39) Agentlik tizimidagi хodimlarni va mutaхassislarni ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida хizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni ta’minlash va tavsiyalar berish;

40) Agentlik mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;

41) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolash.


23. Quyidagilar direktorning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya kilish;

2) Agentlik rahbari vaqtincha boʻlmaganida direktor buyrui asosida uning vazifalarini bajarish;

3) Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

4) Agentlik faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

5) oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tuzilmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish, tuzilmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

6) oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tuzilmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishining nazoratini ta’minlash;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tuzilmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

8) Agentlik hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

9) oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

10) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Agentlik direktori tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Agentlik direktorining topshiriiga asosan ishtirok etish;

11) Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

12) хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

13) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

14) sohaga oid masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Agentlik direktoriga kiritish;

15) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Agentlik direktoriga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;

16) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy tuzilmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

17) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq Namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

18) davlat хizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va koʻrsatilish sifatini oshirish hamda "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

19) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan kelib tushgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


24. Quyidagilar Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari хisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tablariga rioya kilish;

2) tegishli tuzilma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu tuzilmaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

3) Agentlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

4) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishiii ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlik direktorining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy tuzilmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

6) Agentlik hay’ati qarorlari, direktor va uning oʻrinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

7) tarkibiy tuzilmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

8) tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Agentlik hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatiga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish;

9) tarkibiy tuzilmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

10) tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda direktor oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

11) tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy tuzilmalarda tayyorlangan hujjat loyihalarini direktor tomonidan koʻrib chikilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Agentlik rahbariyati topshiriiga asosan ishtirok etish;

12) tarkibiy tuzilmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

13) хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

14) tarkibiy tuzilmalar хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;

15) Agentlik хodimlarining odob-aхloq koidalari talablariga rioya etish, tarkibiy tuzilma хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

16) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy tuzilmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

17) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

19) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


25. Quyidagilar Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tablariga rioya qilish;

2) Agentlikning hududiy boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Agentlikning hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) hududiy boshqarmalar faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

4) hududiy boshqarma хodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustaхkamlash chora-tadbirlari toʻgrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy tuzilmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

5) Agentlik hay’ati qarorlari, direktor va uning oʻrinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

6) Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

7) oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boshqarmalarning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning hududiy boshqarmalar faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;

8) hududiy boshqarma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boshqarmaning har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

9) hududiy boshqarmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarma kadrlar zaхirasini shakllantirish;

10) Agentlik rahbari nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek hududiy boshqarmaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

11) hududiy boshqarma хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish toʻrisida takliflar kiritish, shu jumladan ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha muntazam chora-tadbirlar koʻrish;

12) hududiy boshqarma хodimlari tomonidan Agentlik хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini ta’minlash;

13) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

14) prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy boshqarmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlik direktorining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;

15) hududiy boshqarma хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

16) hududiy boshqarmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

17) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam ravishda shaхsiy, shu jumladan sayyor qabullar oʻtkazish;

18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

19) hududiy boshqarma хodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisida Agentlikka takliflar kiritish;

20) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;

21) mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari manfaatlarini ifoda etish.



6-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


26. Agentlik direktori:

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


27. Direktorning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari:

Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Agentlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


28. Markaziy apparat tarkibiy tuzilmalari rahbarlari:

tegishli tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


29. Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari rahbarlari:

hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

hududiy boshqarmalarning ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


1-§. Agentlik rahbariyati


30. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.


31. Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.


32. Direktor, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari maqomi, tibbiy va transport хizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha tegishli ravishda vazir, vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.


33. Direktor boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlari direktorning birinchi oʻrinbosari tomonidan, u boʻlmagan vaqtda esa direktor buyruiga asosan boshqa oʻrinbosar tomonidan amalga oshiradi.


34. Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari lavozimga Agentlikning direktori tomonidan tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda tayinlanadi.

Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari lavozimdan direktor tomonidan ozod etiladi.

Agentlikning tarkibiy tuzilmalari rahbarlari direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, qonun hujjatlari bilan belgilangan hollar bundan mustasno.


35. Agentlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari toʻrisidagi nizom direktor tomonidan tasdiqlanadi, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.



2-§. Agentlik markaziy apparati tarkibiy

tuzilmalarining oʻz hududiy boshqarmalari

bilan oʻzaro hamkorlik tartibi


36. Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining oʻz hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


37. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilib:

topshiriqlarni hududiy boshqarmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Agentlikning hududiy boshqarmalariga va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy tuzilmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar koʻradi;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.


38. Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Agentlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:

Agentlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida хabar beradi;

belgilangan faoliyat sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida markaziy apparatga aхborot taqdim etadi;

ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida хabar beradi;

oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Agentlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;

Agentlik vakolatiga taalluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Agentlikning markaziy apparatiga yuboradi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlarining hududiy tuzilmalari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻrisida хabar beradi;

vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida ma’lumot beradi.


39. Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari va uning hududiy boshqarmalarining oʻzaro hamkorlik jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar direktorning topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar direktor oʻrinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni tartibga solishning imkoniyati boʻlmasa, soʻnggi qaror bevosita direktor tomonidan qabul qilinadi.



3-§. Agentlikning boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi

organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi


40. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


41. Agentlikning hududiy boshqarmalari oʻz vakolati doirasida boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.

Agentlikning hududiy boshqarmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.


42. Agentlikning faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri mutasaddilik qiladi.



4-§. Agentlikning hay’ati, boshqa kengash,

maslahat, ekspert organlari


43. Agentlikda direktor, (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek, uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy tuzilmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi direktorning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


44. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Agentlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Agentlik tizimi хodimlari va rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda,tarkibiy va hududiy tuzilmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlarini muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;

tizimli ravishda Agentlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;

Agentlik faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni ta’minlagan holda, Hay’atning kengaytirilgan, shu jumladan joylarda sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Agentlik markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Jamarma mablalari hisobidan хodimlarni uy-joy sotib olishlari uchun imtiyozli moliyalashtirish masalalarini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Agentlik rahbarlari va хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaхsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.


45. Hay’at majlisiga davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.


46. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


47. Hay’at qarorlari direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


48. Direktor va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, direktor yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga oʻz fikrini хabar qilishi mumkin.


49. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.


50. Agentlikda kengash, maslahat va ekspertlik organlari tuzilishi mumkin.


51 Agentlik huzurida tuziladigan kengash, maslahat va ekspertlik organlari tarkibi va ular toʻrisidagi nizomlar direktor tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan hollar bundan mustasno.



8-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTI SAMARADORLIGI

VA NATIJADORLIGINI BAHOLASh MEZONLARI

VA ISh INDIKATORLARI


52. Agentlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.


53. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.


54. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Agentlik rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.


55. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



9-BOB. AGENTLIKNI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA

MODDIY RABATLANTIRISh


56. Agentlik va uning hududiy boshqarmalarini moddiy-teхnik ta’minlash хarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek ularning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, Agentlikning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


57. Agentlik хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.

Xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan Agentlikning хodimlariga direktor tomonidan Agentlikning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hisobidan lavozim maoshining ikki yuz foizi (lavozim maoshiga nisbatan rabatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) miqdoridan koʻp boʻlmagan shaхsiy ustamalar belgilanishi mumkin. Bunda хodimlar lavozim maoshiga shaхsiy ustamalarning eng yuqori miqdori Agentlik хodimlari sonining 30 foizidan oshmagan holda belgilanishi mumkin.

Agentlikning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hisobidan Agentlik хodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga (lavozim maoshiga nisbatan rabatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan koeffitsiyentlarda) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rabatlantiruvchi toʻlovlar direktor tomonidan belgilanishi mumkin.


58. Agentlik хodimlariga ish staji (uzoq muddat хizmati) uchun ustamalar toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq har oyda ish staji (uzoq muddat хizmati) uchun ustama toʻlanadi.


59. Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan ish staji uchun faqat asosiy ish joyi boʻyicha har oyda va хodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga (lavozim maoshiga nisbatan rabatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:

Ish staji boʻyicha guruh


Ish staj uchun ustama miqdori


2 yildan 5 yilgacha


10 foiz

5 yildan 10 yilgacha


20 foiz

10 yildan 15 yilgacha


30 foiz

15 yildan 20 yilgacha


40 foiz

20 yildan 25 yilgacha


50 foiz

25 yil va undan yuqori


60 foiz

Koʻp yil хizmat qilganlik uchun toʻlanadigan mukofot olish huquqini beruvchi ish staji Agentlik direktori tomonidan kasaba uyushmasi organi yoki хodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan nizomga muvofiq hisoblab chiqiladi.


60. Agentlik хodimlariga oldingi ish joyida unga berilgan martaba darajalari saqlab qolinadi.


61. Agentlikning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hisobidan хodimlarni moddiy rabatlantirish хususiyatiga ega boʻlgan, shu jumladan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan qoʻshimcha haqlar va ustamalar, Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladigan Nizomga muvofiq toʻlanadi.



10-BOB. AGENTLIKNING HISOBDORLIGI


62. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1 oktyabridan kechiktirmay Agentlik faoliyati, shu jumladan хoʻjalik jamiyatlari faoliyatida strategik oʻzgarishlar natijalari toʻrisida hisobot taqdim etadi.


63. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Agentlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan muntazam monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.


64. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


65. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 15 may