Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari (AV tomonidan 01.11.2002 y. 1185-son bilan roʻyхatga olingan Davlat patent idorasi direktorining 11.10.2002 y. 52-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2002 yil 1 noyabrda 1185-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat patent idorasi

direktorining

2002 yil 11 oktyabrdagi

52-son buyrui bilan

TASDIQLANGAN



Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish

va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish

huquqini berish uchun talabnoma tuzish,

topshirish va koʻrib chiqish

QOIDALARI


Ushbu "Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari" (bundan keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻrisida"gi Qonuniga (bundan keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) muvofiq ishlab chiqilgan va tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.



QISQARTIRIShLAR ROʻYXATI


Qonun - Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻrisida"gi Qonuni.


Vazirlik - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

Davlat muassasasi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi.

Talabnoma - tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma hamda avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma.


Reyestr - tovar kelib chiqqan joy nomlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat reestri.



I BOB. TOVAR KELIB ChIQQAN JOY NOMINI

ROʻYXATDAN OʻTKAZISh VA TOVAR KELIB ChIQQAN

JOY NOMIDAN FOYDALANISh HUQUQINI BERISh

UChUN TALABNOMA TUZISh VA TOPShIRISh


1-§. Talabnoma


1. Qonunning 5-moddasiga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomi - bu mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa joʻrofiy ob’yektning (bundan keyingi oʻrinlarda joʻrofiy ob’yekt deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan nomi boʻlib, bunda tovarning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻrofiy ob’yektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadi.


2. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatga olinadigan belgi joʻrofiy ob’yektning zamonaviy nomi, ushbu ob’yektning tarixiy nomi yoki ulardan kelib chiqqan nom boʻlishi mumkin.

Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatga olinadigan belgi qoʻshimcha ravishda tovarning turi (jinsi)ga oid belgiga ishora boʻlishi mumkin.


3. Qonunning 5-moddasiga muvofiq ushbu qoidalarning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan belgilar, agar ular alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻrofiy ob’yektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni belgilash uchun ishlatilsa, tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.


4. Qonunning 11-moddasiga muvofiq quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin emas:

a) tovar ishlab chiqarilayotgan joyga nisbatan iste’molchini chalitadigan joʻrofiy nomlarni ifodalovchi belgilar;

b) tovar ishlab chiqariladigan haqiqiy joyni rasman koʻrsatadigan, ammo tovar boshqa hududdan kelib chiqqanligi toʻrisidagi notoʻri tasavvurni beradigan belgilar;

v) tovar tayyorlangan joy nomi bilan boliq boʻlmagan joʻrofiy nomlarni ichiga oladigan va Oʻzbekiston Respublikasida ma’lum turdagi tovar belgisi sifatida umumiy iste’molga kirgan belgilar.


5. Qonunning 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq quyidagi talabnomalar bir-biridan farqlanadi:

a) tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma;

b) roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma;


6. Qonunning 9-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta tovar kelib chiqqan joy nomiga oid boʻlishi lozim.


7. Qonunning 9-modda ikkinchi qismi ikkinchi, uchinchi, beshinchi xatboshisiga muvofiq, talabnoma tarkibida quyidagilar boʻlishi kerak:

a) tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish haqidagi ariza yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqida ariza (bundan keyingi oʻrinlarda ariza deb yuritiladi), talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar), uning (ularning) joylashgan joyi yoki turar joyi koʻrsatilgan holda;

b) talabnoma berilgan belgi;

v) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovarning turi;

g) tovar ishlab chiqarilgan joy (joʻrofiy ob’yekt chegaralari) koʻrsatilishi;

d) tovarning alohida xususiyatlarining tavsifi.


8. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismiga muvofiq talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

a) talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat;

b) vakolatli idoraning koʻrsatilgan joʻrofiy ob’yektda talabnoma beruvchining joylashganligi va alohida xususiyatlari mazkur joʻrofiy ob’yektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni uning tomonidan ishlab chiqarilayotganligi haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan xulosasi;

v) xorijiy talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan talabnomaga ushbu bandning (b) kichik bandida koʻrsatilgan hujjat oʻrniga talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.



2-§. Talabnomaning tarkibi


9. Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklda topshiriladi.


10. Avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi talabnoma ushbu Qoidalarga 2-ilovada keltirilgan shaklda topshiriladi.

"Talabnoma" soʻzidan yuqorida joylashgan grafalar, talabnoma Vazirlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan va talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi.

Agar ba’zi bir ma’lumotlarni tegishli grafalarda toʻliq joylashtirish imkoni boʻlmasa, ular oʻsha shakl boʻyicha qoʻshimcha varaqda keltiriladi va talabnomaning tegishli grafasida: "davomi qoʻshimcha varaqda" deb koʻrsatiladi.


11. "Talabnoma beruvchi" grafasida talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi: yuridik shaxsning toʻliq rasmiy nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (va otasining ismi agar u mavjud boʻlsa), bunda familiya ismdan avval koʻrsatiladi. Talabnoma beruvchining nomi oʻzbek va rus tillarida koʻrsatiladi.

Talabnoma beruvchining toʻliq pochta manzili, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi, telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta manzili (agar ular mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.


12. Nomlariga tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyхatdan oʻtkazish va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari uchun KTUT kodi, agar u belgilangan boʻlsa, koʻrsatiladi. Agar KTUT kodi belgilangan boʻlmasa, tegishli joyda "belgilanmagan" deb koʻrsatiladi.


13. Nomlariga tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasining hududidan tashqarida yashaydigan xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi koʻrsatiladi (agar u belgilangan boʻlsa).


14. "Yozishmalar olib borish uchun manzil" grafasida yozishmalar olib borish uchun pochta indeksi koʻrsatilgan manzil, xat oluvchining ismi yoki nomi, telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta manzili (agar ular mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.

Yozishmalar olib borish uchun manzil sifatida yuridik shaxs boʻlmish talabnoma beruvchining Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan joyi yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan jismoniy shaxs boʻlmish talabnoma beruvchining yashash joyi, yoxud Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakilining manzili yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa manzil koʻrsatilishi mumkin.

15. "Patent vakili" grafasi talabnoma beruvchi tomonidan patent vakili tayinlangan holda toʻldiriladi va uning toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (otasining ismi, agar u mavjud boʻlsa), Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami.

"Patent vakilining manzili" grafasida patent vakilining pochta indeksi koʻrsatillgan manzili, telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta manzili (agar ular mavjud boʻlsa) keltiriladi.


16. "Talabnoma berilgan belgi" grafasida talabnoma berilgan belgi odatdagi shriftda yozilgan holda keltiriladi.


17. "Tovar turi yoki muayyan tovar" grafasida Qonunning 9-modda ikkinchi qismi beshinchi xatboshiga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomi moʻljallangan tovar (tovarlar) koʻrsatilishi kerak. Bunda alohida xususiyatlariga joʻrofiy ob’yektning (tamomila yoki asosan) tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillari tufayli ega boʻlgan haqiqatdan ham ishlab chiqarilayotgan tovarlargina koʻrsatilishi lozim.


18. Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismi beshinchi xatboshiga muvofiq taqdim etilayotgan tavsifda belgisi roʻyxatdan oʻtkazilayotgan tovarning oʻziga aynan oʻхshash tovarlardan farqlaydigan alohida xususiyatlarining roʻyxati keltiriladi. Tavsifdan tovarning alohida xususiyatlari ushbu joʻrofiy ob’yekt uchun xos boʻlgan tabiiy sharoitlar va/yoki boshqa omillarga majburiy, ob’yektiv boliq ekani ochiq-oydin kelib chiqishi kerak.

Tovarning xususiyatlari umum qabul qilingan maxsus terminologiyaga (tovarshunoslik, texnik va boshqalarga) muvofiq aniq va ravshan ta’riflanishi lozim.

Tavsif axborot koʻrinishida boʻlishi, xususan ushbu joʻrofiy ob’yektda xom ashyoning, tegishli iqlim, geologik yoki boshqa tabiiy sharoitlarning, tovarni an’anaviy usulda tayyorlay oladigan odamlar (jamoa)ning va boshqalarning mavjudligini koʻrsatishi lozim.


19. Ma’danli suvning alohida xususiyatlarini tavsiflashda, tovarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda, vakolatli idoraning xulosasida quyidagilarni tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud boʻlishi kerak:

a) organoleptik xususiyatlar: ta’mi, rangi, hidi (yoki ularning mavjud emasligi);

b) ion tarkibining qisqacha ta’rifi ("dan" "gacha" oraliida berilishi zarur);

v) ma’danlashganligi;

g) gaz tarkibi, mikroelementlar, radioaktiv elementlar, organik moddalar, faol reaksiyaning va oksidlanish-qaytarilish potensialining ta’rifi;

d) balneologik xususiyatlari.


20. Talabnomada tovar ishlab chiqarilayotgan joy koʻrsatilishi lozim. Tovar ishlab chiqarilayotgan joy joʻrofiy ob’yektning chegaralarini koʻrsatish yoʻli bilan tavsiflanishi mumkin. Joʻrofiy ob’yektning chegaralari koordinatalar, joyning tabiiy chegaralari - daryolar, tolar, koʻllar koʻrsatilib, ma’muriy chegaralar, koʻp yillik inshootlar, kommunikasiyalar va boshqalar yordamida tavsiflanishi mumkin.


21. "Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati" grafasi tegishli katakchalarda "X" belgisini qoʻyib chiqish orqali va ilova qilinayotgan hujjatlardagi nusхalar soni va har bir nusxadagi varaqlar soni koʻrsatilgan holda toʻldiriladi. Turi talabnoma shaklida koʻzda tutilmagan ilova qilinayotgan hujjatlarning ("boshqa hujjat") aniq vazifasi koʻrsatiladi.


22. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismi toʻrtinchi xatboshiga muvofiq talabnomaga ilova qilinadigan vakolatli idoraning (vakolatli idoralarning) xulosasi (xulosalari)da talabnoma beruvchi koʻrsatilgan joʻrofiy ob’yektda joylashgani va alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻrofiy ob’yektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Xulosa oʻz mavqyei va ixtisoslashuviga koʻra tovarga nisbatan malakali bayonot bera oladigan hamda uning tayyorlovchisi nomi tovarni belgilash uchun qoʻllangan joʻrofiy ob’yektning chegaralarida joylashganini tasdiqlaydigan idora tomonidan taqdim etilishi lozim.

Xususan, vazirlik, Fanlar akademiyasi, ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot instituti, muzey va boshqalar shunday idora boʻlishi va bunda zarur hollarda chuqur bilimli mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. Xulosa (xulosalar), agar u (ular) Qonun talab qiladigan barcha ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlsa, bitta vakolatli idora tomonidan, yoki bir nechta idoralar tomonidan taqdim etilishi mumkin (talabnoma beruvchining joylashgan joyi va tovar ishlab chiqarish chegaralari haqidagi mahalliy hokimiyat idorasining xulosasi hamda tovarning alohida xususiyatlari haqidagi boshqa vakolatli idoraning xulosasi).


23. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismi beshinchi xatboshiga muvofiq xorijiy talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat sifatida tovar kelib chiqqan mamlakatning vakolatli idorasi tomonidan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini beruvchi guvohnoma yoki sertifikat, ushbu Qoidalarning 25-bandi shartlariga amal qilingani holda, taqdim qilinishi mumkin.


24. Talabnomaning oxirgi "Imzo" grafasini imzo qoʻyilgan sana koʻrsatilgan holda toʻldirish barcha hollarda majburiydir.

Talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan talabnoma tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.

Talabnoma patent vakili orqali berilganda, talabnoma patent vakili tomonidan imzolanadi.

Imzo imzolovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda ochib beriladi.

Talabnomada qoʻshimcha varaqlar mavjud boʻlsa, ular ham huddi shu tartibda imzolanadi.



3-§. Hujjatlarni taqdim etish


25. Talabnomada ifodalangan belgini roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi ariza oʻzbek yoki rus tillarida taqdim etiladi.

Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda taqdim etilgan boʻlsa, talabnomaga ularning oʻzbek yoki rus tillaridagi tarjimasi ilova qilinadi hamda ular tarjima qilgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Boshqa tilda taqdim etilgan hujjatlar, agar ularning tarjimasi boshqa tildagi hujjatlar kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki oy davomida kelib tushgan boʻlsa, Vazirlikka kelgan sanadan e’tiboran taqdim etilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar ularning tarjimasi kelgan sanadan e’tiboran taqdim etilgan deb hisoblanadi.

26. Talabnoma ikki nusxada taqdim etiladi.

Talabnomaga ilova qilinadigan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi.


27. Barcha hujjatlar ulardan cheklanmagan miqdorda nusxa olishga imkon beradigan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.

Har bir varaqning faqat bir tomonidan foydalaniladi, qatorlar varaqning eni boʻylab parallel joylashtiriladi.


28. Talabnoma hujjatlari pishiq, oq, silliq, yaltiramaydigan qoozda bajariladi.


29. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar 210 x 297 mm formatga ega boʻlib, hoshiyalarining oʻlchami quyidagicha (mm):

yuqoridan - 20;

oʻng va pastdan - 20;

chapdan - 25.


30. Talabnomaning har bir hujjatida ikkinchi va undan keyingi varaqlar arab raqamlari bilan raqamlab chiqiladi.


31. Hujjatlar qora rangli shriftda bosiladi. Matn 1,5 interval bilan, bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam boʻlmagan holda bosmadan chiqariladi.



4-§. Talabnomani topshirish


32. Nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ishlatilayotgan joʻrofiy ob’yektda joylashgan yuridik va jismoniy shaxslar, agar ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovar Qonunning 5-moddasi bilan oʻrnatilgan talablarga javob bersa, Qonunning 6-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlariga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun va/yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma topshirish huquqiga egadirlar.

Qonunning 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma yuridik va jismoniy shaxs tomonidan topshirilishi mumkin.


33. Talabnoma Vazirlikka bevosita topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.

34. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Vazirlikda roʻyxatdan oʻtgan patent vakili orqali topshirilishi mumkin.

Chet ellik yuridik shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxslar yoki ularning patent vakillari tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish bilan va/yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish bilan boliq ishlarni Vazirlikda roʻyxatdan oʻtgan patent vakili orqali olib boradilar.

Patent vakili orqali topshirilayotgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma, yoxud ishonchnomaning kerakli tarzda rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi.

Vazirlik va Davlat muassasasi oldida vakillik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma oddiy yozma shaklda tuziladi va notarial tasdiqlashni talab qilmaydi. Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda yoki talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oydan kech boʻlmagan muddatda taqdim etiladi.

Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakiliga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jismoniy shaxsning yoki xorijiy yuridik shaxsning manfaatlariga vakillik qilish uchun ishonchnoma ushbu shaxsning oʻzi tomonidan ham, talabnoma beruvchi tomonidan berilgan tegishli ishonchnomaga ega boʻlgan uning patent vakili tomonidan ham berilishi yoxud ishonchnomaning talab qilingan holda rasmiylashtirilgan nusxasi berilishi mumkin.

Agar ishonchnoma Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan bir nechta patent vakillari yoki boshqa shaxslar nomiga berilgan boʻlsa, u holda talabnoma boʻyicha tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga oid ishlar ularning istalgani tomonidan olib boriladi.

Patent vakilining har qanday harakati talabnoma beruvchining harakatlari sifatida baholanadi.



II BOB. TOVAR KELIB ChIQQAN JOY NOMINI

ROʻYXATDAN OʻTKAZISh VA UNDAN FOYDALANISh

HUQUQINI BERISh UChUN TALABNOMA BOʻYIChA

IShLARNI OLIB BORISh


5-§. Vakil tayinlash


35. Talabnoma topshirilgandan keyin u boʻyicha ishlarni olib borish va talabnomani koʻrib chiqish davomida oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma bergan holda vakil tayinlashi mumkin.

Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakili milliy va/yoki xorijiy yuridik va/yoki jismoniy shaxsning yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxsning vakili boʻlishi mumkin.

36. Vakillik qilish uchun ishonchnoma talabnoma topshirilayotgan vaqtda ham, ish yuritish davomida ham taqdim etilishi mumkin. Ishonchnoma talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.


37. Ishonchnoma topshirilgunga qadar vakilning olib borgan harakatlari haqiqiy emas deb hisoblanadi va ekspertiza tomonidan inobatga olinmaydi. Vakilning unga taqdim etilgan vakolatlari doirasidagi har qanday harakati yoki Davlat muassasasining unga nisbatan har qanday harakati talabnoma beruvchining harakati yoki talabnoma beruvchiga nisbatan harakat sifatida baholanadi.

38. Vakillik ishonchnomada koʻrsatilgan vakolatlar yoki ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi. Ishochnomada koʻrsatilgan vakolatlarni muddatidan avval toʻxtatish talabnoma beruvchi tomonidan Vazirlikka tegishli ariza berish (ishonchnomani chaqirib olish) yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.


6-§. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar olib borish

39. Yozishma talabnoma beruvchi yoki uning vakili tomonidan har bir talabnoma uchun alohida olib boriladi.

Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami koʻrsatilishi va talabnoma beruvchi yoki uning vakilining imzosi boʻlishi shart.

Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar koʻrib chiqilmasdan qaytarib yuboriladi.


40. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar oʻzbek yoki rus tillarida olib boriladi. Talabnoma beruvchi tomonidan boshqa tilda berilgan materiallarga ularning oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi tarjimani amalga oshirgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan holda ilova qilinadi.


7-§. Muddatlar


41. Yillarda ifodalangan har qanday muddat tegishli keyingi keladigan yilda, muddatni hisoblash boshlangan voqea sodir boʻlgan oy nomi va kun raqami qanday boʻlsa, xuddi shu nomli oyda va oʻsha kunda tugaydi; ammo, agar keyingi tegishli oy oʻsha raqamli kunga ega boʻlmasa, muddat ushbu oyning oxirgi kunida tugaydi.


42. Oylarda ifodalangan har qanday muddat tegishli keyingi keladigan oyda va muddatni hisoblash boshlangan voqea sodir boʻlgan kun raqami nechanchi boʻlsa, oʻsha kunda tugaydi; ammo, agar tegishli oy oʻsha raqamli kunga ega boʻlmasa, muddat ushbu oyning oxirgi kuni tugaydi.


43. Kunlarda ifodalangan har qanday muddat koʻrib chiqilayotgan voqea sodir boʻlgan kunning keyingisidan hisoblanib, soʻnggi kunning oxirida tugaydi.


44. Agar xatlar yoki patent boji Vazirlik va Davlat muassasasiga kelib tushishi belgilangan muddatning oxirgi kuni Vazirlik va Davlat muassasasi ishlamaydigan va xatlar yoki patent boji qabul qilina olmaydigan dam olish kuniga toʻri kelsa, ushbu muddat koʻrsatib oʻtilgan holatlarning birontasi mavjud boʻlmagan keyingi ish kunigacha uzaytiriladi.


8-§. Talabnoma hujjatlariga qoʻshimchalar,

aniqliklar va tuzatishlar kiritish


45. Qonunning 13-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi oʻz tashabbusiga koʻra talabnoma ekspertizasi oʻtkazilayotgan davrda qaror qabul qilingunga qadar talabnoma materiallariga qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritishi mumkin.

Talabnoma materiallariga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan tegishli yozma ariza topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Arizalarning shakli ushbu Qoidalarning 3, 4-ilovalarida keltirilgan.

Ariza Vazirlikka kelib tushganligi va uni koʻrib chiqish natijalari toʻrisida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

Arizaga talabnoma materiallariga oʻzgartirishlar kiritilganligi uchun patent boji toʻlanganligi toʻrisidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji toʻlanganligi toʻrisidagi hujjat ilova qilinmasa yoki toʻlangan patent bojining miqdori belgilangan miqdordan kam boʻlsa, qoʻshimcha materiallar koʻrib chiqishga qabul qilinmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

Talabnoma beruvchi - yuridik shaxsning nomi yoki talabnoma beruvchi - jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, ushbu oʻzgarishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.

Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar mazkur Qoidalarning 94 - 97-bandlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.



9-§. Talabnoma materiallari bilan tanishish


46. Talabnoma beruvchi (uning vakili) topshirilgan talabnoma va unga oid hujjatlar bilan oldindan kuni va soatini kelishib olgan holda bevosita Davlat muassasasining oʻzida yoki talabnoma hujjatlarining yoxud ularning biror qismining nusxasini soʻrab olish yoʻli bilan tanishishi mumkin. Soʻralgan hujjatlarning nusxalari talabnoma beruvchiga tarif boʻyicha xizmatlarga tegishli haq toʻlangan taqdirda yuboriladi.

47. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tergov zaruriyati bilan boliq hollardagina talabnoma materiallari bilan bepul tanishadilar.



10-§. Talabnomani koʻrib chiqish jarayonida ekspertiza

tomonidan koʻrsatilgan materiallar bilan tanishish


48. Talabnoma beruvchi ekspertiza qarorida koʻrsatilgan materiallar bilan tanishish huquqiga ega.


49. Soʻralgan hujjatlarning nusxalari talabnoma beruvchiga tarif boʻyicha tegishli xizmatga haq toʻlangan taqdirda yuboriladi.



11-§. Talabnomani talabnoma beruvchining

ishtirokida koʻrib chiqish


50. Talabnoma bilan boliq masalalar, odatda, ekspertiza tomonidan talabnoma berilgan belgi, u bilan belgilanishi moʻljallangan tovar, tovarning alohida xususiyatlari, ularning joʻrofiy ob’yektning tabiiy sharoitlari yoki boshqa omillari yoxud bir vaqtning oʻzida tabiiy sharoitlar va boshqa omillarga boliqligi boʻyicha qoʻshimcha tushuntirishlar olish zaruriyati paydo boʻlgan holda va talabnoma berilgan belgining muhofaza qilishga yaroqliligi, tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish imkoni masalalari boʻyicha ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash maqsadida talabnoma beruvchi (uning vakili) ishtirokida koʻrib chiqiladi.

Ekspert majlisi ikkala tomon shu masalalar bilan tanishib chiqqandan soʻng, Davlat muassasasining taklifiga yoki talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra oʻtkaziladi. Ekspertizaning savollari ekspert majlisini oʻtkazish maqsadga muvofiqligi toʻrisida хabar qilingan soʻrovnomada, talabnoma beruvchining savollari esa majlisni oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi mumkin.

Soʻrovnoma yuborilgan holda talabnoma beruvchi, talabnomani koʻrib chiqishda qatnashish niyatidan qa’i nazar, soʻrovnomaga Qonunda belgilangan muddatda javob berishi lozim.


51. Ekspert majlisini oʻtkazish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Vaziyat oʻzgarib, biror tomon ekspert majlisida belgilangan vaqtda qatnasha olmasa, darhol ikkinchi tomonni bu haqda xabardor qiladi, shuningdek ekspert majlisi, agar Davlat muassasasi yoki talabnoma beruvchi uni oʻtkazishga vaqt bor yoki oʻtkazish maqsadga muvofiq emas deb hisoblasa, talabnoma beruvchi qatnashuvida oʻtkazilmaydi.

Talabnoma beruvchining vakili ushbu qoidalarning 34 - 38-bandlaridagi shartlar bajarilgan holda ekspert majlisida qatnashishi mumkin.



12-§. Soʻralgan materiallarni taqdim

etish muddatini uzaytirish


52. Davlat ekspertizasining soʻrovnomasi boʻyicha qoʻshimcha materiallar talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy davomida taqdim etilishi lozim.

Qonunning 13-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati talabnoma beruvchining yozma iltimosiga koʻra uzaytirilishi mumkin.

Muddatni uzaytirish toʻrisidagi iltimos bilan birga muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat topshiriladi.


53. Muddatni uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy davomida topshiriladi.


54. Talabnoma beruvchiga soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi toʻrisida bildirishnoma yuboriladi.


55. Agar iltimosnoma belgilangan muddat buzilgan holda berilgan boʻlsa, shuningdek patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan yoki toʻlangan boj summasi belgilangan miqdorga toʻri kelmagan boʻlsa, soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilmaydi. Bu holda talabnoma beruvchiga uning iltimosi rad etilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.



13-§. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash


56. Qonunning 13-moddasi beshinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan quyidagi muddatlar tiklanishi mumkin:

a) ekspertiza soʻrovnomasi boʻyicha qoʻshimcha materiallarni taqdim etish muddati;

b) davlat ekspertizasi soʻrovnomasiga javob berish muddati;


57. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan muddat oʻtib ketgan kundan e’tiboran ikki oy mobaynida muddat oʻtkazib yuborilganiga asosli sabablar koʻrsatilgan holda topshiriladi.


58. Iltimosnoma bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.


59. Oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanganligi toʻrisida talabnoma beruvchiga хabar beriladi.


60. Ushbu Qoidalarning 57 va 58-bandlarida koʻrsatilgan talablardan aqalli bittasi bajarilmagani aniqlangan holda, iltimosnoma qondirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi.



14-§. Talabnoma beruvchi tomonidan

talabnomaning chaqirib olinishi


61. Qonunning 17-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.

Talabnomani chaqirib olish toʻrisidagi ariza talabnoma koʻrib chiqilayotgan istalgan bosqichda, lekin tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyхatga olingan sanadan yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish toʻrisidagi yozuv kiritilgan sanadan kechikmay, topshirilishi mumkin.

Talabnoma beruvchiga uning talabnomani chaqirib olish toʻrisidagi arizasi qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.


62. Chaqirib olingan talabnoma boʻyicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi (bunday talabnoma ekspertizasi oʻtkazilmaydi, tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyxatga olinmaydi va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi taqdim etilmaydi). Chaqirib olingan talabnoma boshqa talabnomalarning ekspertizasini oʻtkazishda e’tiborga olinmaydi.



III BOB. TALABNOMANI KOʻRIB ChIQISh


15-§. Kelib tushgan talabnomani roʻyxatga olish


63. Vazirlikka kelib tushgan talabnoma materiallari, agar ushbu materiallar tarkibida kamida oʻzbek yoki rus tilida topshirilgan tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishga va undan foydalanish huquqini berishga ariza yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga ariza, shuningdek talabnomani topshirish va talabnoma topshirilgan belgining davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlsa, kelib tushgan sana koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinadi.

Oʻzbek yoki rus tilidan boshqa tilda topshirilgan talabnoma roʻyxatga olinmaydi va uni topshirgan shaxsga qaytarib yuboriladi.


64. Talabnomaga Vazirlikning uchta harfli va sakkiz xonali raqamli koddan iborat qayd raqami beriladi. Koddagi birinchi harf (J) sanoat mulki ob’yektining turini - tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini berish yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni, keyingi ikki harf (GU) muhofaza hujjatining turini - tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish haqidagi guvohnomani yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi guvohnomani bildiradi, talabnoma raqamidagi sonlar talabnoma topshirilgan yilni (katta razryaddagi toʻrtta son) va shu yilda kelib tushgan talabnomalar seriyasidagi tartib raqamini bildiradi (kichik razryadli toʻrtta son). Har bir yil seriyasidagi tartib raqam 1 (bir)dan boshlanadi.

65. Roʻyxatga olingan talabnoma qaytarilmaydi.


66. Vazirlikka kelib tushgandan boshlab chop etilgunga qadar talabnoma toʻrisidagi ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinmaydi.


16-§. Rasmiy ekspertiza


67. Qonunning 14-moddasi birinchi qismiga muvofiq rasmiy ekspertizaning oʻtkazilish muddati talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.

Talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilganda, bu muddat mos ravishda uzaytiriladi.


68. Qonunning 14-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq rasmiy espertizani oʻtkazish mobaynida talabnoma materiallarining tarkibi, zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Ushbu tekshirish natijalari boʻyicha talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi.


69. Rasmiy ekspertizani oʻtkazishda taqdim etilgan materiallar ichida quyidagi hujjatlarning mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi:

a) tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berishga ariza yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga ariza;

b) talabnoma beruvchining (beruvchilarning) nomi yoki ismi, manzilining (manzillarining) koʻrsatilganligi;

v) patent vakilining, agar u boʻlsa, ismi va manzili;

g) talabnomada roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan belgi;

d) tovarni belgilash uchun tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish yoki roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovarning turi, bunda tovar ishlab chiqarilayotgan joy (joʻrofiy ob’yektning chegaralari) koʻrsatiladi;

e) tovarning alohida xususiyatlarining tavsifi;

j) talabnoma topshirish va talabnoma berilgan belgining ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji toʻlanganligi toʻrisidagi hujjat.

z) patent vakiliga berilgan ishonchnoma;

i) vakolatli idoraning (idoralarning) talabnoma beruvchi koʻrsatilgan joʻrofiy ob’yektda joylashganligi va alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻrofiy ob’yektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi haqidagi xulosasi (xulosalari);

k) xorijiy talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda uning tomonidan talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat;

l) boshqa tilda topshirilgan materiallarning talabnomaga ilova qilingan oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi.


70. Rasmiy ekspertizani oʻtkazishda ushbu Qoidalarning 69-bandida koʻrsatilgan ma’lumotlar va hujjatlarning mavjudligi va ushbu bandning a), b), g), d), e) kichik bandlarida sanab oʻtilgan hujjatlarning ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.


71. Talabnoma topshirilgan sana ushbu Qoidalarning 69-bandi a), b), g), d), e) kichik bandlarida sanab oʻtilgan hujjatlar va ma’lumotlar kelib tushgan sana yoki, agar hujjatlarning hammasi bir vaqtda taqdim etilmagan boʻlsa, oxirgi hujjat kelib tushgan sana boʻyicha belgilanadi.


72. Boshqa tilda topshirilgan talabnoma hujjatlarining oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi (ushbu Qoidalarning 69-bandi l) kichik bandi taqdim etilmagunga qadar, hujjatlar topshirilmagan deb hisoblanadi.


73. Agar rasmiy ekspertiza oʻtkazish jarayonida talabnoma xujjatlari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, bu holda talabnoma beruvchiga Qonunning 13-moddasi uchinchi qismiga muvofiq aniqlangan kamchiliklar koʻrsatilgan soʻrovnoma yuboriladi va unda talabnoma beruvchiga soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida yetishmagan yoki tuzatilgan ma’lumotlar va/yoki hujjatlarni taqdim etish taklif qilinadi.


74. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda soʻralgan barcha ma’lumotlar va/yoki hujjatlar boʻlmasa, unga qayta soʻrovnoma yuborilishi mumkin.

Rasmiy ekspertiza soʻroviga javob olinmagan, javob berish uchun belgilangan muddat buzilgan va bu muddat ichida uni uzaytirish haqidagi iltimosnoma taqdim etilmagan boʻlsa, talabnoma beruvchiga talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilish rad etilganligi toʻrisida qaror yuboriladi.


75. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan, shuningdek soʻralgan ma’lumotlar talabnoma beruvchi tomonidan oʻz vaqtida taqdim etilgan holda, talabnoma topshirilgan sana belgilanadi va talabnoma beruvchiga ushbu sanadan e’tiboran talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi toʻrisidagi qaror yuboriladi.

Talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilinganligi haqidagi qarorda talabnoma beruvchi Qonun va ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan boshqa ma’lumotlar va/yoki hujjatlarni taqdim etish zarurligi haqida хabardor qilinishi mumkin.


76. Agar ekspertizaning soʻrovnomasiga talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda soʻralgan ma’lumotlar va/yoki hujjatlar boʻlmasa, talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻrisidagi qaror qabul qilinadi.

77. Talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻrisidagi qarorda bunday qarorni qabul qilish uchun asoslar koʻrsatiladi.


17-§. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi


78. Qonunning 15-moddasiga muvofiq talabnoma berilgan belgining ekspertizasi jarayonida ushbu belgining Qonunning 6, 11-moddalarida belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.

Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi natijalari boʻyicha tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish toʻrisidagi yoki tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berishni rad etish toʻrisidagi qaror yoxud roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki undan foydalanish huquqini berishni rad etish toʻrisidagi qaror qabul qilinadi.


79. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi koʻrib chiqishga qabul qilingan talabnomalar boʻyicha rasmiy ekspertiza tugagandan soʻng amalga oshiriladi.


80. Talabnoma berilgan belgi ekspertizasini oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:

a) talabnomaning oʻzi va unga ilova qilingan hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirish tartibi ushbu Qoidalarning 5 - 31-bandlarida talabnoma materiallariga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi, tekshiruvi rasmiy ekspertiza davomida amalga oshiriladigan talabnoma materiallari bundan mustasno (ushbu Qoidalarning 70 - 73-bandlari);

b) talabnoma berilgan belgining Qonunning 5, 11-moddalarida unga nisbatan oʻrnatilgan talablarga muvofiqligi;

v) talabnoma beruvchining koʻrsatilgan joʻrofiy ob’yektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur joʻrofiy ob’yektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va boshqa omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi haqidagi vakolatli idoraning (vakolatli idoralarning) xulosasi (xulosalari)ning mavjudligi va mazmuni;

g) agar talabnoma berilgan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, tovarni belgilash uchun tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi berilishi soʻralayotgan tovarga хos alohida xususiyatlar tavsifining Reestrdagi ma’lumotlarga muvofiqligi.


81. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasida tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlashda quyidagilar tekshiriladi:

a) talabnoma berilgan belgining, ushbu Qoidalar 5-bandining mazmuni e’tiborga olingan holda, joʻrofiy ob’yektning zamonaviy rasmiy nomiga yoki tarixiy nomiga muvofiqligi;

b) nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnomada keltirilayotgan joʻrofiy ob’yekt chegaralari talabnomada koʻrsatilgan aynan oʻsha erda joylashganligini tasdiqlaydigan ma’lumotlarning mavjudligi;

v) joʻrofiy ob’yekt nomining talabnoma topshirilgan sanada ushbu joʻrofiy ob’yektning tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillari bilan belgilangan alohida xususiyatlarga ega boʻlgan tovarni aniqlashtirish uchun qoʻllanadigan belgi sifatida mavjudligi;

g) agar joʻrofiy ob’yektning nomi avval tovarni individuallashtirish uchun qoʻllangan boʻlsa-yu, ammo talabnoma topshirilgan vaqtga kelib tovarning haqiqatdan ham kelib chiqqan joyi va alohida xususiyatlarini koʻrsatuvchi dastlabki qobiliyatini yoʻqotgan boʻlsa, bu holda u Oʻzbekistonda tayyorlanish joyi bilan boliq boʻlmagan ma’lum turdagi (tur tushunchasi) tovarning belgisi sifatida umumiste’molga kirgan belgi deb hisoblanadi;

d) belgilanishi uchun roʻyxatdan oʻtkazilishi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovarning koʻrsatilganligi, bunda u ishlab chiqarilgan joy (joʻrofiy ob’yektning chegaralari) koʻrsatiladi;

e) tovarning alohida xususiyatlari tavsifining mavjudligi va ularning vakolatli idora xulosasiga muvofiqligi.


82. Vakolatli idora xulosasining mazmuni tekshirilayotganda, quyidagilarni tasdiqlaydigan ma’lumotlarning mavjudligi aniqlanadi:

a) talabnoma beruvchining nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilayotgan joyda ekanligi;

b) talabnomada koʻrsatilgan tovarning talabnoma beruvchi tomonidan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilgan joy hududida ishlab chiqarilganligi;

v) talabnoma beruvchi tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarda talabnomada koʻrsatilgan joʻrofiy ob’yektning tamomila yoki asosan tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillar tufayli ega boʻlgan alohida xususiyatlarining mavjudligi;


83. Tovarning alohida xususiyatlarining tavsifi vakolatli idoraning xulosasiga muvofiq boʻlishi va ushbu хulosa talabnomaga Qonunning 9-moddasi uchinchi qismida koʻzda tutilgan holda talabnomaga ilova qilingan boʻlishi lozim.


84. Talabnoma materiallari Qonunda oʻrnatilgan talablarga mos kelmagan hollarda, talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklar koʻrsatilgan soʻrovnoma yuboriladi va soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida yetishmagan yoki tuzatilgan ma’lumotlarni va/yoki hujjatlarni taqdim etish taklif qilinadi.


85. Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagi holatlar asos boʻlishi mumkin:

a) talabnoma berilgan belgini aniqlash zaruriyati;

b) ushbu Qoidalarning 7, 21, va 22-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etish zaruriyati;

v) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqi yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovar turini aniqlash zaruriyati;

g) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqi yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovarning ishlab chiqarilayotgan joyini aniqlash zaruriyati;

d) talabnomada koʻrsatilgan tovarning alohida xususiyatlarining tavsifini aniqlash zaruriyati;

e) vakolatli idoraning bayonotiga kirgan va ushbu Qoidalarning 80-bandi v) kichik bandida koʻrsatilgan ma’lumotlarga, xususan tovarda alohida xususiyatlar mavjudligini, ularning talabnomada koʻrsatilgan joʻrofiy ob’yektga xos tabiiy sharoitlar va/yoki boshqa omillarga mustahkam boliqligini tasdiqlaydigan ma’lumotlarga aniqlik kiritish zaruriyati.


86. Yuqorida koʻrsatilgan asoslarga koʻra talabnoma beruvchiga yuborilayotgan soʻrovnomaga, shuningdek, talabnomani koʻrib chiqishda paydo boʻladigan boshqa turdagi savollar, kamchilik va takliflar ham kiritilishi mumkin.

Soʻrovnomada biron-bir savol boʻyicha keltiriladigan ekspertizaning fikri Qonunning va ushbu Qoidalarning nizomlariga iqtiboslar bilan asoslangan boʻlishi lozim.


87. Ekspertiza soʻrovnomasi boʻyicha talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar ushbu Qoidalarning 94 - 97-bandlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.


88. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ushbu Qoidalarning 12-paragrafida koʻrsatilgan shartlarga rioya qilgan holda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.

Oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklansa, bu holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.

89. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasi bilan oʻrnatilgan talablarga muvofiqligi aniqlangan holda, tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berish haqidagi qaror qabul qilinadi.

90. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasi bilan oʻrnatilgan talablarga muvofiqligi aniqlangan boʻlsa, uning Reestrda roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi qayd mavjud boʻlgan holda, avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi qaror qabul qilinadi.

91. Agar Qonunning 15-moddasi birinchi qismiga muvofiq oʻtkazilgan ekspertiza natijasida talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasida koʻzda tutilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan boʻlsa, bu holda tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi.

92. Agar Qonunning 13-moddasi birinchi qismiga muvofiq oʻtkazilgan ekspertiza natijasida talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasi va 6-moddasining toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan boʻlsa, uning Reestrda roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi qayd mavjud boʻlgan holda, avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi.

93. Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qarorda ushbu qarorni qabul qilishga asos boʻlgan sabablar keltiriladi.


18-§. Qoʻshimcha materiallarni tekshirish


94. Davlat muassasasining soʻrovnomasi boʻyicha talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha material kelib tushgan holda, ularni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarga rioya qilinganligi tekshiriladi.

Koʻrsatib oʻtilgan materiallar Qonunning 13-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy davomida taqdim etilishi lozim.


95. Talabnoma beruvchi tomonidan oʻz tashabbusiga koʻra yoki Davlat muassasasining soʻrovnomasi boʻyicha taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar kelib tushgan va koʻrib chiqishga qabul qilingan holda, ular talabnoma mohiyatini oʻzgartirmasligi tekshiriladi.

96. Qoʻshimcha materiallar talabnoma mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etiladi, agar ularda, jumladan:

a) vakolatli idoraning xulosasiga koʻra ushbu tovar ega boʻlmagan xususiyatlar koʻrsatilgan boʻlsa;

b) agar talabnoma berilgan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi uchun moʻljallangan tovarning nomini oʻz ichiga olgan hollarda, boshqa tovar (tovarlar) koʻrsatilgan boʻlsa;

v) talabnoma berilgan belgi oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan boʻlsa;

g) tovarlar roʻyxati kengaytirilgan boʻlsa.


97. Qoʻshimcha materiallar talabnoma mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etilsa, bu holda talabnoma beruvchiga ekspertizaning shunday xulosa chiqarishi uchun qoʻshimcha materiallarga kiritilgan qaysi ma’lumotlar asos boʻlganligi xabar qilinadi. Boshqa ma’lumotlar ekspertiza oʻtkazishda hisobga olinadi.






Qoidalarga

1-ILOVA

Kelib tushgan sana


Kirish raqami


Davlat roʻyхatiga olish raqami


Oʻzbekiston Respublikasida tovar kelib chiqqan

joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va avval roʻyxatdan

oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan

foydalanish huquqini berish uchun

TALABNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel.: ______, E-mail: ___________.

ARIZA

Talabnomani va quyida keltirilgan hujjatlarni taqdim etar ekanman, talabnomada

koʻrsatilgan belgini tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyхatga olishingizni

va undan foydalanish huquqini berishingizni soʻrayman.

Talabnoma beruvchi



(yuridik shaхsning ustav (nizom)ga muvofiq toʻliq nomi va jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi)



Talabnoma beruvchining pochta manzili



Telefon:_______Faks:_________Ye-mail:


Tashkilotning KTUT boʻyicha kodi (agar u belgilangan boʻlsa)

BIMTning ST3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa)


Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)

Telefon:___________ Faks:______________ E-mail:

Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi)


Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon: ___________Faks:_______________ Ye-mail:


Talabnoma berilayotgan belgi (bosh harflar bilan yoziladi)


Tovarning turi yoki muayyan tovar


Tovarning asosiy хususiyatlarining tavsifi


Ishlab chiqarilgan joyi (joʻrofiy ob’yektning chegaralari koʻrsatilgan holda)


Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati


1 nusхadagi

varaqlar

soni


Nusхalar

soni







belgilangan miqdordagi boj toʻlanganligi haqidagi hujjat





vakolatli idoraning хulosasi





talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning oʻzbek yoki rus tillariga tarjimasi





patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma





boshqa hujjat



Imzo




Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi; imzo qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaхs nomidan qoʻyilganda, rahbarning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)


   





Qoidalarga

2-ILOVA

Hujjatlar kelib tushgan sana


Kirish raqami


Davlat roʻyхatiga olish raqami


Oʻzbekiston Respublikasida avval roʻyxatdan

oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan

foydalanish huquqini berish uchun

TALABNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel.: ______, E-mail: ___________.

ARIZA

Talabnomani va quyida keltirilgan hujjatlarni taqdim etar ekanman, tovar

kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishingizni soʻrayman.

Talabnoma beruvchi



(yuridik shaхsning ustav (nizom)ga muvofiq toʻliq nomi va jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi)



Talabnoma beruvchining pochta manzili



Telefon:________Faks:_______Ye-mail:


Tashkilotning KTUT boʻyicha kodi (agar u belgilangan boʻlsa)

BIMTning ST3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa)

Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)

Telefon: _________________________ Faks:__________________________ E-mail:


Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochat manzili)

Telefon: ___________Faks:_______________ Ye-mail:


Talabnoma berilayotgan belgi (bosh harflar bilan yoziladi)


Tovarning turi yoki muayyan tovar


Tovarning asosiy хususiyatlarining tavsifi


Ishlab chiqarilgan joyi (joʻrofiy ob’yekt chegaralari koʻrsatilgan holda)


Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati


1 nusхadagi

varaqlar

soni


Nusхalar

soni







belgilangan miqdordagi boj toʻlanganligi haqidagi hujjat





vakolatli idoraning хulosasi





talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning oʻzbek yoki rus tillariga tarjimasi





patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma





boshqa hujjat



Imzo




Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi; imzo qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaхs nomidan qoʻyilganda, rahbarning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)







Qoidalarga

3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligiga kelib

tushgan sana va kirish raqami

Kirish raqami


(Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Talabnoma beruvchining nomlanishi va yoki manziliga

oʻzgartirish(lar) kiritish toʻrisidagi

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel.: ______, E-mail: ___________.

Ushbu arizani taqdim etar ekanman, talabnoma materiallarida talabnoma beruvchining nomi va (yoki) manziliga oʻzgartirish(lar) kiritishingizni soʻrayman.


Talabnoma raqami



Talabnoma topshirilgan sana



Talabnoma beruvchi


Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyхat raqami)


Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)

Telefon: ______________________Faks:______________________ E-mail:


Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon: ______________________Faks:_______________________ E-mail:


Oʻzgartirish(lar).



Oʻzgartirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar:



Oʻzgartirilgan holdagi ma’lumotlar:




davomi alohida varaqda





Nusхalar

soni

Saхifalar

soni


Arizaga ilova qilinayotgan hujjat(lar):




belgilangan miqdordagi boj toʻlanganligi haqidagi hujjat








davom ettirish varaqlar








boshqa hujjatlar (koʻrsatiladi)






Imzo




Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi; imzo qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaхs nomidan qoʻyilganda, rahbarning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)

  

   





Qoidalarga

4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligiga kelib

tushgan sana va kirish raqami

Kirish raqami


(Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Xatolarni tuzatish toʻrisidagi

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel.: ______, E-mail: ___________.

Ushbu arizamni taqdim etar ekanman, talabnoma materiallarida uchraydigan хato(lar)ga tuzatish(lar) kiritishingizni soʻrayman.


Talabnoma raqami



Talabnoma topshirilgan sana



Talabnoma beruvchi


Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyхat raqami)


Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)

Telefon: ______________________Faks:______________________ E-mail:


Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)



Telefon: ______________________Faks:_______________________ E-mail:


Xato(lar) va tuzatish(lar)



Tuzatish kerak boʻlgan ma’lumotlar:



Tuzatilgan holdagi ma’lumotlar:


Alohida varaqdagi ilovaga qarang



Nusхalar

soni

Varaqlar

soni


Arizaga ilova(lar):




davom ettirish uchun varaqlar








boshqa hujjatlar (koʻrsatiladi)







Imzo

Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi; imzo qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaхs nomidan qoʻyilganda, rahbarning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)


      

      

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)