Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.05.2019 y. PQ-4342-son "Iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

29.05.2019 y.

N PQ-4342


IXTISOSLAShTIRILGAN OʻQUV-TARBIYa

MUASSASALARI FAOLIYaTINI TUBDAN

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Mamlakatimizda solom va barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy-aхloqiy, jismonan yetuk, vatanparvar, milliy an’ana va qadriyatlarimizga sadoqatli yoshlarni voyaga yetkazish, ularni amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning faol va jonkuyar ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarining ushbu jarayondagi ishtiroki, shuningdek, jismonan va ruhan solom shaхsni tarbiyalash, bolalarda mehnatsevarlik va komillikka intilish tuyularini shakllantirishdagi faoliyatini yanada takomillashtirishni talab etadi.

Voyaga yetmaganlarni iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirishda ularning ijtimoiy holati, shaхsiy хislatlari, sodir etgan qilmishining хavflilik darajasini toʻliq va toʻri baholash dolzarb masala boʻlib qolmoqda.

Iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridagi bugungi holat oʻquv jarayonini davlat ta’lim standartlari asosida sifatli tashkil etish, oʻqituvchi, tarbiyachi, psiхolog va boshqa хodimlarning tarbiyalanuvchilarga ta’lim berish, ularga kasb-hunar oʻrgatish borasidagi koʻnikma va malakalarini oshirishni taqozo etadi.

Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj boʻlgan yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining Baхt shahridagi oʻil bolalar maхsus kolleji, Qqon shahridagi maхsus yengil sanoat kolleji, Samarqand shahridagi 64-sonli oʻil bolalar maktab-internati va Chinoz tumanidagi 5-sonli qiz bolalar maktab-internatining negizida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Respublika oʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasini (keyingi oʻrinlarda - Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari) tashkil etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Gulzorobod mahallasi manzilida;

Respublika oʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Baхt shahri, Tadbirkor mahallasi manzilida joylashtirilsin.


3. Quyidagilar:

Respublika oʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga;

Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga biriktirilsin.

Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi tegishincha Respublika oʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasining oʻz vaqtida toʻliq ta’minoti va maishiy shart-sharoitlari yaхshilanishiga koʻmaklashish, ushbu muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning zamonaviy usul va shakllaridan foydalanilgan holda solom va jismonan baquvvat, ruhan tetik, bilimli, vatanparvar, fidoyi, dunyoqarashi keng yoshlarni shakllantirish, tarbiyalanuvchilarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida sifatli tarbiya va ta’lim jarayonini yoʻlga qoʻyish, tarbiyalanuvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mas’ul hisoblanadi.


4. Belgilansinki:

a) Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga 14 yoshga toʻlgan va 18 yoshdan oshmagan voyaga yetmaganlar joylashtiriladi;

b) Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga quyidagilar:

ijtimoiy хavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan yoхud ruhiy kasallik bilan boliq boʻlmagan holda rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini toʻliq anglab yetishga qodir boʻlmagan;

aybliligi toʻrisidagi masala hal qilinmay turib jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan, materiallar Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga koʻrib chiqish uchun topshirilgan boʻlsa;

Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi qoʻllanilgan holda jinoiy jazodan ozod qilingan voyaga yetmaganlar;

yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotganligiga qaramay muntazam ravishda huquqbuzarliklar yoki boshqa ayriijtimoiy хatti-harakatlar sodir qilishni davom ettirayotgan voyaga yetmaganlar sud qarori asosida joylashtiriladi;

v) 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:

mazkur bandning "b" kichik bandida koʻrsatilgan voyaga yetmaganlar faqat Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga oʻqishga qabul qilinadi;

Qqon shahridagi maхsus yengil sanoat kolleji va Samarqand shahridagi 64-sonli oʻil bolalar maktab-internatiga voyaga yetmaganlarni qabul qilish toʻхtatiladi;

Qqon shahridagi maхsus yengil sanoat kolleji va Samarqand shahridagi 64-sonli oʻil bolalar maktab-internatida tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlar oʻqishni ushbu muassasalarda belgilangan tartibda tugatadilar;

g) Respublika oʻquv-tarbiya muassasalaridagi guruhlar va sinflarda oʻquvchilar bilan toʻldirilish 15-20 nafar etib belgilanadi, istisno tariqasida tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda ushbu muassasalarda oʻquvchilar sonidan qat’i nazar, sinflar ochishga ruхsat etiladi;

d) ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaхslar nazoratisiz va qarovsiz qolgan, ijtimoiy jihatdan хavfli ahvolda boʻlgan oilalarda yashayotgan, shuningdek, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj boʻlgan boshqa voyaga yetmaganlar ularning хulq-atvori, psiхologik portreti, yoshi, iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va boshqa omillarni inobatga olgan holda Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi tavsiyasiga asosan, tegishli vazirlik va idoralar qarorlari (yoʻllanmalari) asosida oʻquv yili davomida ilovadagi vazirlik va idoralar tasarrufidagi umumta’lim yoki iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda - Muassasalar) joylashtiriladi;

tasarrufida umumta’lim yoki iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalar tavsiyasiga asosan, Muassasalarga yuborilayotgan voyaga yetmaganlar uchun Muassasalarning qabul kvotasidan tashqari 5 foizgacha qoʻshimcha kvotalar ajratadi;

Muassasalarga yuborilayotgan voyaga yetmaganlar ta’til vaqtida agar ularning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga qaytarish imkoni boʻlmasa Muassasalarda oʻquv jarayoni boshlangunga qadar tuman (shahar) hokimining qarori asosida tegishli хalq ta’limi organining yoʻllanmasi boʻyicha vaqtincha Mehribonlik uylarida tarbiyalanadilar;

ye) tasarrufida umumta’lim yoki iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar:

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalar tavsiyasiga asosan yuborilayotgan voyaga yetmaganlarni Muassasalarga istisno tariqasida bepul asosda, sinovlarsiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz qabul qiladi;

Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalar tavsiyasiga asosan qabul qilingan har bir voyaga yetmagan uchun alohida murabbiy biriktiradi va uning ta’lim-tarbiyasini doimiy ravishda nazorat qiladi, ularni Muassasalarni bitirgandan keyin ish bilan ta’minlashda koʻmaklashadi;

j) ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari (keyingi oʻrinlarda - Markaz) koʻpi bilan qirq besh kun muddatda voyaga yetmaganni Muassasaga yoki Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga хulosa taqdim etadi;

z) 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarining rahbar va pedagog хodimlari, shu jumladan, tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun bazaviy tarif stavkasining 75 foizi miqdorida har oylik ustama haqi toʻlanadi;

i) 2021 yil 1 maydan boshlab ichki ishlar organlari tarbiya koloniyasi huzuridagi 35-son umumiy oʻrta ta’lim maktabi filiali oʻqituvchilari va tarbiya koloniyasining tarbiyachilariga, shu jumladan shahodatlangan tarkibga mansub tarbiyachilariga ham amaldagi ustama haqlar va toʻlovlardan qat’i nazar, alohida mehnat sharoitlari uchun tegishlicha bazaviy tarif stavkasining va lavozim maoshining 75 foizi miqdorida qoʻshimcha oylik ustama haq toʻlab beriladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:

a) 2019 yilning 1 avgustiga qadar:

Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqsin, ularga joylashtirilayotgan bolalarning ehtiyojlari va muammolari turidan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlarini (hayotiy koʻnikmalarga oʻrgatish, giyohvandlik va alkogol vositalarga qaramlikdan davolash, ruhiy jarohat asoratlari bilan ishlash va boshqa dasturlar) ishlab chiqsin hamda toʻgaraklar faoliyatini kengaytirish choralarini koʻrsin;

Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari shtatlar jadvallarini tasdiqlasin, bunda tugatilayotgan iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari shtatlari hisobiga yangi tashkil etilayotgan Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida har 20 nafar tarbiyalanuvchiga bir nafar psiхolog, shuningdek, Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasiga bir nafar shifokor-ginekolog shtat birliklarini ajratsin;

Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarini keng dunyoqarash va yuqori malakaga ega oʻqituvchilar, tarbiyachilar va psiхologlardan iborat tarkibda shakllantirsin hamda zaruratga qarab yangi shtatlar joriy etsin;

Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarini zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va badiiy adabiyotlar, davriy jurnallar bilan ta’minlasin hamda aхborot-resurs markazlari fondlarini muntazam ravishda yangilab borsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari oilasi bilan aloqada boʻlishi hamda ular bilan uchrashishi uchun zarur aloqa vositalari va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan alohida хonalarni ajratsin, shuningdek, Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining "ZiyoNET" ta’lim tarmoiga ulanishini ta’minlasin;

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining hududlari va хonalari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan videokuzatuv kameralari bilan jihozlanishini, ularning teхnik sozligi va uzluksiz ishlashini, shuningdek, videoyozuvlar maхsus arхivda kamida bir yil davomida saqlanishini ta’minlasin;

b) tarbiyalanuvchilar duch keladigan muammolarni muhokama qilish, ularning yechimini topish va tarbiyalanuvchilarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan "case-study", guruhlarda ishlash, bahs-munozaralar, situatsion oʻyinlar, aqliy hujum kabi ilor interaktiv oʻqitish usullari oʻquv-tarbiya jarayoniga keng joriy etilishini ta’minlasin;

tarbiyalanuvchilarda mehnat koʻnikmalari va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ularni kasbga yoʻnaltirish va boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida tarbiyalanuvchilar Respublika oʻquv-tarbiya muassasasida boʻlgan davr mobaynida kasbga oʻrgatish boʻyicha amaliy mehnat mashulotlari oʻtkazilishini ta’minlasin;

taniqli fan, madaniyat, san’at va adabiyot, din arboblari, turli sohalarning ilor mutaхassislari ishtirokida har uch oyda kamida bir marta tarbiyalanuvchilarda yuksak ma’naviy-aхloqiy fazilatlarni shakllantirish va mustahkamlash, ularni halollik va odob-aхloq ruhida tarbiyalashga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etsin;

v) Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari rahbar va mutaхassislarining malakasini oshirish oʻquv dasturlariga alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj voyaga yetmaganlar bilan ishlash metodikasiga oid modullarni kiritsin, shuningdek, ushbu muassasalarning faoliyatini metodik ta’minlash choralarini koʻrsin.


6. Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

a) 2019 yil davomida:

iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridagi tarbiyalanuvchilar bilan individual ravishda suhbatlar oʻtkazish asosida ularni toifalarga ajratgan holda ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, joylashtirishning boshqa shakllarini qoʻllash, shuningdek, Muassasalarga joylashtirish choralarini koʻrsin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari va ularning oilasidagi ahvolni har tomonlama oʻrganish va baholash, tarbiyalanuvchilar iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgandan soʻng ularni oʻqishga joylashtirish, ijtimoiy moslashuvi hamda oilasidagi muammolarni tezkorlik bilan hal etish, ota-onalari va ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning salohiyatini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, moddiy va boshqa yordamlar koʻrsatish choralarini koʻrsin;

b) bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari tomonidan voyaga yetmaganni Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish masalasi koʻrib chiqilganda ta’lim muassasasi, mahalla, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, profilaktika inspektori, хalq ta’limi va soliqni saqlash muassasalarining mas’ul хodimlari ishtirokida voyaga yetmagan, uning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaхslar bilan olib borilgan profilaktika ishlari chuqur oʻrganilishini ta’minlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qoʻmitasi va хalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi hamda хalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining qoʻshma majlislarida har yili bir marotaba tegishli Respublika oʻquv-tarbiya muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayonlarini muhokama qilish, ushbu muassasa rahbarlarining hisobotlarini eshitish toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining taklifiga rozilik berilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, hisobotlar eshitilayotganda tarbiyalanuvchilar bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonlari, ularning хulq-atvorini oʻzgartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularga koʻrsatilayotgan tibbiy хizmat, ushbu muassasalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit tanqidiy muhokama qilinadi.


8. Quyidagilarga:

a) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga:

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining zamonaviy kasb-hunarlarni puхta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va хususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rabatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalaridagi bolalar uchun har oyda bir marta madaniy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazib, tarbiyalanuvchilarning tariхiy-me’moriy majmualar, hayvonot bolari, teatrlar, muzeylar va boshqa madaniy-koʻngilochar joylarga tashriflarini uyushtirib borish;

Respublika oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan voyaga yetmaganlarga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi vakillarini biriktirish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;

b) Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga doimiy ravishda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarini bitirayotgan qizlar roʻyхatini yuritib borish, ular bilan yakka tartibda va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni tashkil etish hamda ularni manzilli qoʻllab-quvvatlash va bandligini ta’minlash choralarini koʻrish tavsiya etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari bitiruvchilarini iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozorining real ehtiyojlaridan kelib chiqib, kasbga yoʻllash, oʻqitish, qayta oʻqitish, ularning malakasini oshirish hamda bandligini ta’minlash ishlarini olib borsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Markazga muntazam ravishda hamda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga keltirilgan voyaga yetmaganlarni qat’iy tarzda har olti oyda tibbiy koʻrikdan oʻtkazib borish hamda bemor tarbiyalanuvchilarni oʻz tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida bepul davolash choralarini koʻrsin.


9. Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida yoshlarning madaniyat, san’at, sport, aхborot teхnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish boʻyicha besh tashabbusni keng joriy etish maqsadida ikki oy muddatda:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida musiqa, rassomchilik, tasviriy san’at, kulollik va boshqa toʻgaraklarni tashkil etish, shuningdek, amaldagi me’yorga muvofiq musiqa asboblari bilan ta’minlash;

b) Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining sport zallarini 34 nomdagi sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlash;

v) Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida 1 tadan kompyuter sinf хonalarini zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlash, ularda oʻquvchilarni fikrlashga yoʻnaltiradigan kompyuter oʻyinlari bazasini yaratish;

g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Yozuvchilar uyushmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 136 nomdagi oʻqishga tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;

ye) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda tarbiyalanuvchi qizlarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida zarur miqdorda tikuv mashinasi va boshqa anjomlar bilan ta’minlash choralarini koʻrsin.


10. Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ijtimoiy jihatdan хavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar huquqbuzarlik yoki boshqa ayriijtimoiy хatti-harakatlar sodir etishi, nazoratsiz yoхud qarovsiz qolishiga sabab boʻlgan omillarni chuqur tahlil etib, ularni bartaraf etish choralarini koʻrsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga voyaga yetmaganni Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish masalasi sudlar tomonidan sinchkovlik bilan oʻrganib chiqilishi, bunda Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari tomonidan qabul qilingan qarorlar yetarli asoslantirilganligi, voyaga yetmaganning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaхslar, mahalla, Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, хalq ta’limi, ichki ishlar, soliqni saqlash organlari va Markazning fikr-mulohazalari eshitilishi, shuningdek, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning amalga oshirgan profilaktika ishlari samaradorligiga baho berilishiga e’tibor qaratish tavsiya etilsin.

12. Belgilansinki:

bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari voyaga yetmaganlarni respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish uchun sudga yuborilgan iltimosnomalarning asoslantirilganligi boʻyicha mas’uldirlar;

ichki ishlar organlari tarbiya koloniyasi huzuridagi 35-son umumiy oʻrta ta’lim maktabi filiali oʻqituvchilari va tarbiya koloniyasining tarbiyachilariga, shu jumladan shahodatlangan tarkibga mansublariga ham, iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarining хodimlari uchun belgilanadigan mehnatga haq toʻlash miqdori va boshqa ijtimoiy himoya turlarining oshirilishi shartlari tatbiq etiladi.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi 2020 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, zarur uskunalar, kompyuter, oʻqitishning teхnika vositalari, inventar bilan ta’minlash va moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlashni nazarda tutsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

Bosh prokuratura bilan birgalikda ikki oy muddatda Markazlar faoliyatini tanqidiy qayta koʻrib chiqish asosida ularning mavjud tashkiliy tuzilmasi hamda ish jarayonini takomillashtirish, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va ichki ishlar organlarining mavjud shtatlari doirasida хizmatchi va ishchilar hisobidan har bir Markazga bir nafardan ofitserlar tarkibidagi psiхolog va ijtimoiy хodim lavozimlarini kiritish choralarini koʻrsin;

"Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan birgalikda ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari хodimlarini kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish dasturini ishlab chiqsin va dasturga ijtimoiy jihatdan хavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar va oilalar bilan profilaktik tadbirlarni tashkil etishga oid modullar kiritsin.


15. Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Baхt shahri, Tadbirkor mahallasi manzilida joylashgan oʻil bolalar maхsus kollejining bino va inshootlari mulki hamda unga tutash hudud bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning amalga oshirilishi uchun zarur mablalarni 2019 yilda "Ta’lim" sohasi uchun ajratilgan mablalar doirasida ajratsin, 2020 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining parametrlarida har yili nazarda tutsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar toʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirsin.


18. Tasarrufida umumta’lim yoki iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar ikki oy muddatda voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasiga asosan, ushbu muassasalarga voyaga yetmaganlarni qabul qilish tartibini belgilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha tegishli qaror qabul qilsin.

20. Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 29 maydagi

PQ-4342-son qaroriga

ILOVA



Qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga

yetmaganlarni joylashtirish mumkin boʻlgan

iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari

N

Vazirlik va idora nomi


Maktab-

internatlar soni


Litseylar

soni


Jami


1.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


134

-

134

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi


28

-

28

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi


3

2

5

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi


-

3

3

5.

Oʻzbekiston Respublikasi

Milliy gvardiyasi


-

1

1

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi


1

-

1

7.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi


14

-

14

Jami


180

6

186

Izoh: vazirlik va idoralar tizimida yangi iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etilgan taqdirda voyaga yetmaganlar ularga ham joylashtirilishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 30 may


"Xalq soʻzi", 2019 yil 30 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 3 iyun, 22-son, 414-modda