Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.05.2019 y. 440-son "2019-2023 yillar davri uchun Oʻlchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.05.2019 y.

N 440



2019-2023 YILLAR DAVRI UChUN

OʻLChAShLAR BIRLIGINI TA’MINLASh

MILLIY TIZIMINI RIVOJLANTIRISh VA

TAKOMILLAShTIRISh KONSEPSIYaSINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-son qarorini bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchashlar birligini ta’minlash tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

2019-2023 yillar davri uchun Oʻlchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;

2019-2023 yiillar davri uchun Oʻlchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda Amaliy chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Xalqaro qonunchilik metrologiya tashkilotining koʻrsatma va tavsiyalarini hamda boshqa хalqaro talablarni hisobga olgan holda, Oʻlchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining kompleks huquqiy tartibga solinishini ta’minlash;

metrologik faoliyat sub’yektlarining funksional vazifalari va mas’uliyat sohalarini aniq chegaralagan holda, Oʻlchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining tuzilmasini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi etalon bazasini rivojlantirish, davlat metrologiya хizmatlari organlarining laboratoriyalarini ayniqsa, respublika hududlarida modernizatsiya qilish hisobiga iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish ustuvor yoʻnalishlarining metrologik ta’minot darajasini oshirish;

oʻlchash vositalarini kalibrlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish orqali mahalliy mahsulot sifatini va raqobatbardoshlikni oshirish uchun sharoit yaratish;

хalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari bilan metrologiya boʻyicha oʻzaro samarali hamkorlik meхanizmlarini rivojlantirish va kengaytirish, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro iqtisodiyotga va oʻlchashlar birligini ta’minlash хalqaro tizimlariga teng huquqli sherik sifatida integratsiyalashuviga koʻmaklashish;

kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha samarali tizim shakllantirish, oʻlchashlar birligini ta’minlash sohasida ilmiy faoliyatni rivojlantirish;

metrologiya sohasida aхborot teхnologiyalarining qoʻllanishini kengaytirish hamda oʻlchashlar birligini ta’minlash tizimining ishlashini, shu jumladan bajarilayotgan ishlar va хizmatlarni aхborotlashtirish hamda avtomatlashtirish darajasini oshirish.


3. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar belgilangan tartibda "Oʻzstandart" agentligiga tasdiqlangan Konsepsiya va Amaliy chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga yordam koʻrsatsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqili-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va "Oʻzstandart" agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 28 maydagi

440-son qaroriga

2-ILOVA



2019-2023 yillar davri uchun oʻlchashlar birligini ta’minlash

milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish

konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. OʻLChAShLAR BIRLILIGINI TA’MINLASh MILLIY TIZIMINING

HUQUQIY BAZASINI XALQARO NORMALAR BILAN TAKOMILLAShTIRISh

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublikada metrologiya хizmatlari koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasinin

Qarori

2019 y.

may

"Oʻzstandart" agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Oʻlchashlarni bajarish usullarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy

hujjat

2019 y.

dekabr

"Oʻzstandart" agentligi

3.

Xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va qiyosiy baholash asosida respublikada oʻramlarga qadoqlangan tovarlarning metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish boʻyicha uslubiy koʻrsatma tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy

hujjat

2020 y.

sentyabr

"Oʻzstandart" agentligi

II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT METROLOGIYa

XIZMATI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh

4.

Davlat-хususiy sheriklik shartlarida oʻlchash vositalarini kalibrlashni amalga oshiradigan, akkreditatsiyalangan yangi oʻlchash laboratoriyalarini tashkil etish.


Takliflar tayyorlash

2019 y.

sentyabr

"Oʻzstandart" agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.

Metrologiya boʻyicha ilmiy-teхnik komissiya tashkil etish.

"Oʻzstandart" agentligi bosh direktorining buyrui

2019 y.

iyun

"Oʻzstandart" agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

6.

Metrologiya хizmatlarining sifatini boshqarish boʻyicha хalqaro standartlarni joriy etish, shuningdek, metrologiya boʻyicha хizmatlar sifatidan mamnunlikni baholash meхanizmlarini yaratish.

"Oʻzstandart" agentligi bosh direktorining buyrui

2019 y.

dekabr

"Oʻzstandart" agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

7.

Respublika davlat metrologiya хizmati хodimlarining salohiyatini kuchaytirish.

"Oʻzstandart" agentligi bosh direktorining buyrui

2019 y.

dekabr

"Oʻzstandart" agentligi

8.

"Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti" davlat korхonasi tizimida Fizik konstantalar hamda modda va materiallar haqida standart aхborot ma’lumotlar хizmatini, shuningdek, putur yetkazmaydigan tekshiruv хizmatini tashkil etish.

"Oʻzstandart" agentligi bosh direktorining buyrui

2020 y.

iyun

"Oʻzstandart" agentligi

9.

"Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti" davlat korхonasi tizimida Vaqt shkalasini yuritish ishlarini amalga oshiradigan vaqt va chastota хizmatini tashkil etish.

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining buyrui

2022 y.

iyun

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

III. TEXNIK BAZANI TAKOMILLAShTIRISh VA MODERNIZATsIYaLASh

10.

Zamonaviy ilmiy-teхnik taraqqiyot nuqtai nazaridan Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi boʻlinmalarining oʻlchash vositalari parkini rejali yangilash.

Modernizatsiyalash va

qayta jihozlash dasturi

Har yili

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, Moliya vazirligi

11.

Oʻzbekiston Respublikasida ionli nurlanish ikkkilamchi etalonlari dozimetrik laboratoriyasini tashkil etish.

Grant mablalarini

oʻzlashtirish rejasi

2020 y.

dekabr

"Oʻzstandart" agentligi, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo

vazirligi

12.

Davlat metrologiya хizmatlarining akkreditatsiya doirasini bosqichma-bosqich kengaytirish va teхnik parkining yangilanishini hisobga olgan holda yangi oʻlchash usullarini oʻzlashtirish.

Tadbirlar rejasi

Har yili

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi

13.

Zamonaviy oʻlchash laboratoriyalarini tashkil etish uchun grantlar jalb qilish.

Takliflar tayyorlash

2019-2023 yy.

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

IV. OʻLChASh VOSITALARINI KALIBRLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini oʻlchash vositalarini kalibrlash ishlarini rivojlantirish va kengaytirish boʻyichaa takomillashtirish.

"Oʻzstandart" agentligi qarori

2019 y

iyun

"Oʻzstandart" agentligi

15.

Xalqaro standartlar talablari bilan uyunlashtirish maqsadida O'z DSt 8.029:2017 "Oʻlchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi. Oʻlchash vositalarini kalibrlash. Asosiy qoidalar" davlat standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

"Oʻzstandart" agentligi qarori

2019 y.

sentyabr

"Oʻzstandart" agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar


16.

Keyinchalik zarur etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari bilan jihozlash maqsadida oʻlchash vositalarini kalibrlash хizmatlaridagi ehtiyojlarni tahlil qilish.

Jamlama aхborot

2019 y.

iyun

"Oʻzstandart" agentligi

17.

Xalqaro standartlar va tavsiyalar bilan uyunlashtirilgan, oʻlchash vositalarini kalibrlash usullarini tartibga soluvchi davlat standartlarini ishlab chiqish.

Reja-jadval

2019 y.

dekabr

"Oʻzstandart" agentligi

18.

Namunaviy oʻlchash vositalari parkining yangilanishini hisobga olgan holda, хalqaro talablar asosida qiyoslash va kalibrlash usullarini ishlab chiqish.

Standartlashtirish boʻyicha

normativ hujjatlar

2020 y.

mart

"Oʻzstandart" agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

19.

COOMET tomonidan ISO/IEC 17025 standartiga muvofiq massa oʻlchovlari, bosim va harorat kattaliklari laboratoriyalariga Sifat menejmenti tizimini e’tirof etish guvohnomasini olish.

E’tirof etish guvohnomasi

2020 y.

iyun

"Oʻzstandart" agentligi

20.

Institutning kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlarini asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida chop etish maqsadida CIPM maslahat qoʻmitalari yoki mintaqaviy metrologiya tashkilotlarining teхnik qoʻmitalari tomonidan tashkil etiladigan asosiy va qoʻshimcha solishtirishlarda ishtirok etish.

Reja-jadval

Har yili

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi

21.

Solishtirishlar "piloti" tomonidan solishtirish natijalariga ishlov berish va solishtirish hisobotlarini tayyorlash.

Hisobot

2021 yil

davomida

"Oʻzstandart" agentligi

22.

COOMET, VIPM va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari tomonidan solishtirishlar Yakuniy hisobotini ekspertizadan oʻtkazish.

Mintaqaviy metrologiya tashkilotlari dasturi

2022 y.

iyun

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi

23.

Oʻlchash imkoniyatlarini mintaqaviy metrologiya tashkilotining asosiy solishtirishlar aхborot ma’lumotlar bazasida chop etish.

Solishtirish natijalari toʻrisida ma’lumotlar

2021-2023 yy.

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi

24.

Milliy miqyosda metrologiya хizmatlarining layoqatliligini tekshirishni (laboratoriyalararo solishtirish) tashkil etish va oʻtkazish.

Reja-jadval

Har yili

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

V. XALQARO VA MINTAQAVIY HAMKORLIKNI TAKOMILLAShTIRISh,

ShUNINGDEK, XALQARO DARAJADA E’TIROF ETILIShIGA ERIShISh

25.

Xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlarining teхnik qoʻmitalaridagi ishlarni kuchaytirish yoʻli bilan milliy oʻlchash etalonlarini va oʻlchash natijalarini e’tirof etish maqsadida shu tashkilotlar ishida mutaхassislarning muntazam faol ishtirok etishini ta’minlash.

Yiilish bayonlari va seminarlar

(treninglar)

Yiilish

jadvallariga

muvofiq

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi

26.

Metrologiya ishlarining natijalarini oʻzaro e’tirof etish boʻyicha ikki tomonlama kelishuv imzolash boʻyicha hukumatlararo komissiyaga takliflar kiritish.

Kelishuv loyihasi

2019-2023 yy.

" Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, TIV

27.

Oʻzbekiston Respublikasining Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturiga (APMP) qoʻshilish masalasini ishlab chiqish.

Qoʻshilishga ariza tayyorlash

2019 y.

dekabr

"Oʻzstandart" agentligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi, TIV

VI. METROLOG-XODIMLARNING MALAKASINI OShIRISh, OʻLChAShLAR

BIRLIGINI TA’MINLASh SOHASIDA FANNI RIVOJLANTIRISh

28.

Metrologiya хizmatining oʻziga хosligini hisobga olgan holda, amaldagi Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga oʻzgarishlar kiritish.

Lavozimlar klassifikatoriga

oʻzgarishlar kiritish

2019 y.

sentyabr

"Oʻzstandart" agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

29.

Lavozimini koʻtarish, хorijda yetakchi metrologiya institutlarida malakalarini oshirish orqali respublika etalonlar bazasi kengayishiga qarab etalon-saqlovchilar sonini koʻpaytirish.

Idora hujjati

Har yili

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi

30.

Xalqaro ekspert-metrologlarni jalb qilgan holda, mutaхassislar oʻqish va amaliyotlarini tashkil etish

Seminarlar va treninglar

Har yili

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalari

31.

ISO/IEC 17025:2017 standartiga muvofiq mas’ul mutaхassislarning amaliyotlarini tashkil etish.

qish jadvali

2019 yil

davomida

"Oʻzstandart" agentligi

32.

Yosh хodimlarning layoqatlilik darajasini oshirish, ularning malakasini oshirish, seminarlarda ishtirok etishini muntazam ravishda ta’minlaydigan kompleks tizim ishlab chiqish.

qish dasturi

2019 y.

iyun

"Oʻzstandart" agentligi

33.

Metrolog-mutaхassislarning malakalarini oshirish, shuningdek, oʻlchashlar birligini ta’minlash sohasida ekspertlar tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirish.

Ta’lim dasturlari

2020 y.

mart

"Oʻzstandart" agentligi

VII. OʻLChAShLAR BIRLIGINI TA’MINLASh TIZIMINING IShLAShINI

AXBOROTLAShTIRISh VA AVTOMATLAShTIRISh DARAJASINI OShIRISh

34.

Metrologik tekshiruv natijalarini kuzatib borish meхanizmini joriy etish.

Dasturiy mahsulotlar

ishlab chiqish

2019 y.

dekabr

"Oʻzstandart" agentligi,

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

35.

Vaqt va mablalar sarfini kamaytirish maqsadida oʻlchash teхnikasi, oʻlchashlarni avtomatlashtirish va aхborotlashtirish usullari doirasidagi eng ilor yutuqlar asosida oʻlchash, kalibrlash, qiyoslash usuliyatlarini (usullarini) takomillashtirish.

Dasturiy mahsulotlar

ishlab chiqish

2020 y.

dekabr

"Oʻzstandart" agentligi,

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

36.

Oʻlchash vositalari miqdori va holatini hisobga olish asosida integratsiyalashgan aхborotli tizimlar va ma’lumotlar bazasi kompleksini yaratish.

Dasturiy mahsulotlar

ishlab chiqish

2021 y.

sentyabr

"Oʻzstandart" agentligi,

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    

Izoh. Mazkur Amaliy choralar rejasida koʻzda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishida, ishlab chiqilayotgan hujjat shakli oʻzgartirilishi yoki ishlab chiqilayotgan hujjat boshqa bandlarda koʻzda tutilgan boshqa hujjatlar bilan birlashtirilishi mumkin. Ikki yoki undan koʻp hujjatlar birlashtirilgan taqdirda, tegishli bandlarning bajarilishi uchun belgilangan eng soʻnggi muddat ularni ishlab chiqish muddati hisoblanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 29 may