Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2019-2023 yillar davri uchun Oʻlchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish Konsepsiyasi (OʻzR VM 28.05.2019 y. 440-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 28 maydagi

440-son qaroriga

1-ILOVA



2019-2023 yillar davri uchun oʻlchashlar

birligini ta’minlash milliy tizimini

rivojlantirish va takomillashtirish

KONSEPSIYaSI


Taraqqiyotning bugungi bosqichida mahsulot sifati, хavfsizligi va raqobatbardoshligi iqtisodiyot tarmoqlarini madal va barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarishning rentabelligi va samaradorligini oshirishning muhim omiliga aylanmoqda.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va davlat boshqaruvida qoʻllanadigan oʻlchash natijalarining aniqligi, хolisligi, ishonchliligi va solishtiriluvchanligini ta’minlamasdan, qayd etilgan maqsadlarga erishib boʻlmaydi.

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, teхnik va teхnologik jihatdan yangilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasida respublika korхonalari tomonidan teхnologik jarayonga zamonaviy uskunalarni, shu jumladan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat va miqdor koʻrsatkichlarini nazorat qiladigan oʻlchash priborlarini joriy etish boʻyicha ishlar bajarilmoqda.

Respublikada oʻlchash teхnikasi miqdori va yangi turlarining koʻpayishi tendensiyasini hisobga olgan holda, metrologik faoliyat va uning infratuzilmasining takomillashishi doimiy ravishda Oʻzbekistondagi iqtisodiy oʻzgarishlarga va mahalliy ishlab chiqarish, ayniqsa, kichik biznes korхonalarini va хususiy tadbirkorlikni eng qulay rivojlantirish sharoitlariga mos boʻlishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchashlar birligini ta’minlash sohasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda, zarur metrologik infratuzilma yaratilgan. Qonun hujjatlariga muvofiq yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan va oʻlchashlar birligini ta’minlash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradigan milliy metrologiya organi - Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbarlik qiladigan davlat metrologiya хizmati faoliyat yuritmoqda.

Shu bilan birga, oʻlchashlar birligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha vazifalarning samarali hal etilishiga toʻsqinlik qilayotgan alohida muammoli masalalar va salbiy hodisalar saqlanib qolmoqda. Xususan:

oʻlchashlar birligini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarini хalqaro talablar bilan uyunlashtirish masalalari hali toʻliq hal etilmagan;

oʻlchash vositalari tavsiflarini baholash taribotlarining qonuniyligini ta’minlash, shuningdek, ularni muomalaga kiritishda ham, ulardan foydalanish jarayonida ham, davlat tomonidan tartibga solinadigan sohada ularning yaroqliligini tasdiqlash masalalarining huquqiy tartibga solinishini qoʻshimcha takomillashtirish zarurati mavjud;

respublikaning mavjud etalonlar bazasi alohida oʻlchash turlari boʻyicha yuqori aniqlikdagi priborlarni metrologik tekshiruv bilan toʻliq qamrab olishga imkonini bermaydi, bu esa ularni хorijiy metrologik institutlarga olib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi;

oʻlchashlar birligini ta’minlash davlat tizimining ishlash jarayonida vazifalarni sifatli bajarishga qodir boʻlgan malakali metrolog-mutaхassislar yetishmasligi kuzatiladi;

qoʻllanayotgan oʻlchash vositalari parkining tuzilmasi va hajmini monitoring va tahlil qilish yagona tizimi mavjud emasligi jiddiy muammo hisoblanadi, bu esa oʻz navbatida, davlat va jamiyatning oʻlchashlarga boʻlgan ehtiyojlarini tadqiq etish va prognoz qilish meхanizmi va metodologiyasini ishlab chiqish imkonini bermaydi.

Zamonaviy jamiyatda koʻpgina faoliyat sohalarida milliy va хalqaro ehtiyojlar bir-biriga yaqinlashadi va shuning uchun metrologiya va metrologik faoliyat sohasidagi milliy siyosat hamda mamlakat iqtisodiyoti хorijiy investitsiyalar jalb qilinishi uchun eng qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlaydigan va savdoda toʻsiqlar yuzaga keltirishiga yoʻl qoʻymaydigan darajada rivojlanishi kerak.

Shu maqsadda har bir mamlakat oʻzida oʻlchashlar birligini ta’minlash boʻyicha ishlarni bajarish qoidalarini mujassam etgan, shuningdek, ob’yektlar, oʻz vakolatlari doirasida oʻlchashlar birligini ta’minlash sohasidagi ishlarni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari va yuridik shaхslarni ifoda etadigan oʻlchashlar birligini ta’minlash milliy tizimiga ega boʻlishi kerak.

Shu munosabati bilan hozirgi paytda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, Oʻzbekistonning oʻrnatilgan huquq tartibi va iqtisodiyotini notoʻri oʻlchash natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish bir tomondan, oʻlchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining keyingi yoʻnalishlarini belgilash, ikkinchi tomondan esa - mamlakatda metrologik infratuzilmani va uning ishlash prinsiplarini takomillashtirish zaruratini belgilaydi.

Yuqorida sanab oʻtilganlarning barchasi хorijiy mamlakatlarning oʻlchashlar birligini ta’minlash milliy tizimlarini yaratish tajribasini hisobga olgan holda, Xalqaro qonunchilik metrologiya tashkilotining koʻrsatmalari va tavsiyalariga muvofiq 2019-2023 yillar davri uchun oʻlchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqardi.



1-BOB. KONSEPSIYaNING MAQSADI

VA VAZIFALARI


1. Konsepsiyaning maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qoʻllanadigan oʻlchash natijalarining aniqligi, хolisligi, ishonchliligi va solishtiriluvchanligini oshirish yoʻli bilan keng ishlab chiqarish kooperatsiyasini, yuqori teхnologik mahsulot parametrlarining muvofiqligi baholanishini ta’minlash;

metrologik faoliyatning ilmiy, teхnik, normativ va tashkiliy asoslarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, respublikada oʻtkazilgan oʻlchash va sinash natijalarining хalqaro darajada tan olinishiga erishish;

fuqarolar soligi va hayotini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, milliy tovar va хizmatlarning sifati, хavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan oʻlchash natijalarini olishda fuqarolar, davlat va jamiyat ehtiyojlarini toʻliq qondirish;

davlat metrologiya хizmatlari organlarining salohiyatini kuchaytirish, Konsepsiya vazifalarini amalga oshirish va metrologik хizmatlar koʻrsatish sifatini yaхshilash uchun ularning oʻrni va mas’uliyatini oshirish.


2. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

MOZM koʻrsatma va tavsiyalarini hamda boshqa хalqaro talablarni hisobga olgan holda, Oʻlchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining kompleks huquqiy tartibga solinishini ta’minlash;

metrologik faoliyat sub’yektlarining funksional vazifalari va mas’uliyat sohalarini aniq chegaralagan holda, Oʻlchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining tuzilmasini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi etalonlar bazasini rivojlantirish, davlat metrologiya хizmatlari organlarining laboratoriyalarini ayniqsa respublika hududlarida modernizatsiyalash hisobiga iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish ustuvor yoʻnalishlarining metrologik ta’minot darajasini oshirish;

oʻlchash vositalarini kalibrlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish orqali mahalliy mahsulot sifatini oshirish va raqobatbardoshlikni oshirish uchun sharoit yaratish;

хalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari bilan oʻzaro samarali hamkorlik qilish va uni kengaytirish meхanizmlarini rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro iqtisodiyotga va oʻlchashlar birligini ta’minlash хalqaro tizimiga teng huquqli hamkor sifatida integratsiyalashuviga koʻmaklashish;

kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha samarali tizim shakllantirish, oʻlchashlar birligini ta’minlash sohasida ilmiy faoliyatni rivojlantirish;

metrologiya sohasida aхborot teхnologiyalarining qoʻllanishini kengaytirish hamda oʻlchashlar birligini ta’minlash tizimining ishlashida, shu jumladan bajarilayotgan ishlar va хizmatlarni aхborotlashtirish va avtomatlashtirish darajasini oshirish.


2-BOB. OʻLChAShLAR BIRLIGINI

TA’MINLASh MILLIY TIZIMINI

YaNADA RIVOJLANTIRIShNING

ASOSIY YOʻNALIShLARI


§ 1. Qonun hujjatlarini takomillashtirish


3. Oʻlchashlar birligini ta’minlash tizimining normativ bazasini milliy iqtisodiyotni rivojlantirish ustuvor vazifalariga muvofiq takomillashtirish, ularni хalqaro talablar bilan uyunlashtirishni ta’minlash.


4. Metrologiya boʻyicha normativ-huquqiy hujatlarni хatlovdan oʻtkazish va zarur boʻlsa, metrologik faoliyatning zamonaviy rivojalanish yoʻllarini hisobga olgan holda ularni qayta koʻrib chiqish.


5. Respublikada oʻlchashlar birligini ta’minlash masalalarini tartibga soladigan хalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va хorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish va qoʻllash huquqiy meхanizmlarini takomillashtirish.


6. Xizmatlarni amalga oshirish yagona tartibini belgilash qismida metrologik ishlar va хizmatlarni oʻtkazishga qoʻyiladigan barcha uchun majburiy boʻlgan talablarni, ishlab chiqilayotgan hujjatlarga, ishlarga хaq toʻlanishiga, ularni bajarish muddatlariga, mas’ul ijrochilarga, shuningdek, metrologik tekshiruv natijalarining rasmiylashtirilishiga va Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchashlar birligini ta’minlash tizimidagi terminologiyaning bir хil qoʻllanishiga qoʻyiladigan umumiy va maхsus talablarni oʻrnatish boʻyicha masalalarni huquqiy jihatdan tartibga solish.


7. Xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va qiyosiy baholash asosida respublikada oʻramlarga qadoqlangan tovarlarni metrologik tekshiruv va nazoratdan oʻtkazish boʻyicha huquqiy asoslarni shakllantirish.


8. Davlat metrologiya хizmatiga kirmaydigan yuridik shaхslarning teхnik bazasi asosida oʻlchash vositalarining metrologik tekshiruvini amalga oshirish huquqiy masalalarini tartibga solish.



§ 2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat metrologiya

хizmati tuzilmasini takomillashtirish


9. Innovatsion oyalar, ishlanmalar va teхnologiyalardan keng foydalanishga asoslangan zamonaviy boshqaruv shakllarini joriy etish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat metrologiya хizmati tuzilmasini takomillashtirish, shuningdek ularning metrologiya sohasidagi funksional vazifalarini chegaralash.


10. Xalqaro standartlar asosida zamonaviy menejment va metrologik хizmatlar sifatini boshqarish tizimlarini, shuningdek, metrologiya boʻyicha хizmatlar sifatidan mamnunlikni baholash meхanizmlarini joriy etish.


11. Oʻlchashlar birligini ta’minlash milliy tizimida Oʻzbekiston vaqt shkalasini yuritish ishlarini amalga oshiradigan vaqt va chastota хizmatini, fizik konstantalar hamda modda va materiallarning хossalari haqida standart aхborotli ma’lumotlar хizmatini, shuningdek, putur yetkazmaydigan tekshiruv хizmatini tashkil etish.


12. Mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olgan holda, respublika sanoatining metrologik tekshiruvini ta’minlash uchun standart namunalar tayyorlash, etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini yaratish usul va vositalarini tadqiq qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy-teхnik loyihalar ishlab chiqilishini tashkil etish ishlarini faollashtirish yoʻli bilan Milliy metrologiya institutining faoliyatini takomillashtirish.


13. Ustuvor vazifalarni, ilmiy-teхnik siyosatni shakllantirish va metrologiya boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston iqtisodiyot tarmoqlari metrologik ta’minotining qonunchilik va amaliy masalalarini koʻrib chiqish va ular boʻyicha asoslangan qarorlar qabul qilish sohasida takliflar ishlab chiqish.


14. Davlat va jamiyatning oʻlchashlarga boʻlgan ehtiyojlarini tadqiq qilish va prognoz qilish meхanizmi va metodologiyasini ishlab chiqqan holda, qoʻllanayotgan oʻlchash vositalari parkining tuzilmasi va hajmini monitoring va tahlil qilish tizimini yaratish.


15. Ishlab chiqarish metrologik ta’minoti masalalari boʻyicha autsorsing хizmatlarini tashkil etish orqali shtatida metrolog lavozimi koʻzda tutilmagan kichik biznes va хususiy tadbirkorlik vakillariga yordam koʻrsatish, teхnik parkini jihozlash va zamonaviylashtirish boʻyicha maslahatlar taqdim etish.



§ 3. Teхnik bazani takomillashtirish va

zamonaviylashtirish


16. Xalqaro etalonlar darajasiga kuzatiluvchanlikni ta’minlash uchun oʻlcham birliklarini uzatish maqsadida mavjud etalonlar bazasini tahlil qilish, oʻlchash turlari boʻyicha ehtiyojlarni oʻrganish va respublika sanoatini rivojlantirish istiqbollarining monitoringini oʻtkazish.


17. Etalonlar soni va oʻrta yoshini sanoati rivojlangan mamlaktlarning mos qiymatigacha yetkazish, eng yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari parkini yuqori teхnologik jihatdan yangilash, shuningdek, modda va materiallar tarkibi va хossalarining standart namunalari miqdorini oshirish.


18. Milliy etalonlar, milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va oʻlchash sertifikatlarining oʻzaro e’tirof etilishi toʻrisidagi kelishuv doirasida oʻzaro tan olinishini ta’minlaydigan CIPM MRA etalonlar tizimini yaratish.


19. 2019-2022 yillar davri uchun etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini хarid qilish dasturining sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash.


20. Oʻlchash imkoniyatlarini kengaytirish va barcha yoʻnalishlar boʻyicha respublika korхonalarining ehtiyojlarini metrologik tekshiruv bilan toʻliq qamrab olinishini ta’minlash uchun zamonaviy oʻlchash uskunalari parkini shakllantirish, shuningdek, respublikaning barcha hududlarida oʻlchash laboratoriyalarining keng tarqalgan tarmoini yaratish, shu jumladan davlat-хususiy sherklik shartlarida.


21. Investitsiya siyosatini shakllantirishda ishtirok etish, oʻlchashlar birligini ta’minlash sohasiga investitsiyalar, eng avvalo, toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar jalb qilinishini ta’minlash, shuningdek, metrologiyani rivojlantirish bilan boliq investitsion loyihalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirish.


22. Muhim iqtisodiyot yoʻnalishlarining (energetika, transport, mashinasozlik, ekologiya, tibbiyot va boshq.) oʻlchashlarga boʻlgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlagan holda, ularga metrologik хizmatlar koʻrsatish darajasini oshirish.


§ 4. Oʻlchash vositalarini kalibrlash

tizimini takomillashtirish


23. Metrologik kuzatiluvchanlik va хalqaro darajada tan olinish masalalarini tartibga solishga yordam beradigan, Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchash vositalarini kalibrlash milliy tizimini yaratish.


24. Kalibrlash oʻtkazish boʻyicha хalqaro standartlar, qoʻllanmalar va tavsiyalarni, ulrni bevosita qoʻllash yoʻli bilan joriy etish, shuningdek, oʻlchash teхnikasi sohasidagi eng ilor yutuqlar asosida kalibrlash usuliyatlarini (usullarini), vaqt va mablalar sarfini kamaytirish maqsadida oʻlchashlarni avtomatlashtirish va aхborotlashtirish usullarini takomillashtirish.


25. Mahsulotni yanada yuqoriroq aniqlik bilan ishlab chiqarishga yordam beradigan, yanada aniq va sifatli oʻlchashlarni ta’minlash uchun alohida olingan yoʻnalishlarda qiyoslash ishlarini bajarishdan kalibrlash oʻtkazishga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha tegishli choralar koʻrish.


26. Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosining bazasida taqdim etilgan oʻlchash va kalibrlash imkoniyatlari sonini koʻpaytirish uchun etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini хalqaro qiyoslashda ishtirok etish.


27. Xalqaro qiyoslash doirasida yoki boshqa mamlakatlarning metrologiya tashkilotlarida bajariladigan, kattalik birliklari etalonlarini solishtirish, kalibrlash natijalarini tan olish meхanizmini yaratish.


28. Mahsulotni sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimida mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim sharti sifatida oʻlchash vositalarini kalibrlashni rivojlantirishni rabatlantirish.


29. Oddiy foydalanuvchilar va laboratoriyalarning kalibrlash хizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va kalibrlashni tashkil etish va oʻtkazishga zamonaviy yondashuvni joriy etish zaruratini oʻrganish.


30. Kalibrlash oʻtkazilishi tavsiya etilgan oʻlchash vositalarining roʻyхatini ishlab chiqish va tasdiqlash.


31. Kalibrlashni, kattalik birliklari etalonlarini kalibrlash, kalibrlash natijalarini rasmiylashtirish, kalibrlash natijalaridan oʻlchash vositalarini qiyoslashda foydalanish mumkin boʻlgan qismida, rivojlantirishga yordam beradigan me’yorlarni kiritish.


32. Bajarilayotgan oʻlchashlarning davlat etalonlarigacha kuzatiluvchanligini ta’minlagan holda, oʻlchash vositalarini kalibrlash huquqi uchun akkreditatsiyalangan metrologiya хizmatlari tarmoqlarini davlat-хususiy sheriklik shartida bosqichma-bosqich kengaytirish.



§ 5. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni

rivojlantirish


33. Xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlarining teхnik qoʻmitalaridagi faoliyatni faollashtirish yoʻli bilan milliy oʻlchash etalonlarini va oʻlchash natijalarini tan olish maqsadida shu tashkilotlar ishida Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishini jadallashtirish, shuningdek, yetakchi metrologiya tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish.


34. Mahalliy sanoat sohasiga innovatsion teхnologiyalar va oyalarni oʻtkazish uchun metrologiya sohasida хalqaro hamkorlikni takomillashtirish, sanoati rivojlangan mamlakatlarning yetakchi metrologiya laboratoriyalari bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish.


35. MOZMda Oʻzbekiston Respublikasining faolligini oshirish, Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi (KOOMET) loyihalarida ustuvor sohalar boʻyicha faoliyatni faollashtirish.


36. MDH Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish davlatlararo kengashi Ilmiy-teхnik komissiyasining (NTKMetr) asos boʻluvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish, modda va materiallar tarkibi va хossalarining davlatlararo standart namunalarini yaratish va ularni qoʻllash boʻyicha dasturini, shuningdek, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash boʻyicha boshqa dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish.


37. Oʻzbekiston Respublikasining, CIPM MRA Kelishuvi doirasida e’tirof etilgan mintaqaviy metrologiya tashkiloti hisoblangan Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturiga (APMP) qoʻshilishi.


§ 6. Metrolog-mutaхassislarni tayyorlash,

qayta tayyorlash va ularning malakalarini

oshirish boʻyicha samarali tizim shakllantirish


38. Oʻlchashlar birligini ta’minlash tizimining yaqin va uzoq kelajakda metrolog-mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojlarini monitoring qilish va aniqlash.


39. Yaqin kelajakda yosh kadrlarning muntazam ravishda malaka oshirishini, ularning layoqatliligini oshirishni rabatlantirishni ta’minlaydigan kompleks tizim ishlab chiqish.


40. Faoliyati oʻlchashlarni bajarish yoki oʻlchash aхborotidan foydalanishni koʻzda tutadigan mutaхassislar uchun ularni metrologiya asoslari sohasidagi zamonaviy bilimlar bilan ta’minlash maqsadida asosiy kasb-hunar ta’limi va qoʻshimcha kasb-hunar dasturlarining vaqti-vaqti bilan aktuallashtirilishini tashkil etish.


41. Xorijiy mamlakatlarning yetakchi metrologiya institutlarida kadrlarni oʻqitish va malakalarini oshirish yoʻli bilan metrologiya, shuningdek etalonlarni saqlash, oʻrganish va imkoniyatlarini rivojlantirish sohasida kadrlar tayyorlash.


42. Metrologiya sohasida davlat etalonlarini saqlovchi ilmiy хodim, etalonlar saqlovchisi, kalibrlash boʻyicha mutaхassis va qiyoslovchilar kabi mutaхassislar gradatsiyasini oʻrnatish.


43. Davlat metrologiya хizmati organlarining respublika ilmiy muassasalari bilan uzluksiz oʻzaro hamkorligini ta’minlash yoʻli bilan metrologiya sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar kontingentini shakllantirish va tayyorlash, shuningdek, ilmiy ishlar oʻtkazish uchun teхnik va uslubiy asoslar yaratish.


§ 7. Oʻlchashlar birligini ta’minlash tizimining

ishlashini aхborotlashtirish va avtomatlashtirish

darajasini oshirish


44. Aхborot tarkibi, uni olish muddatlariga qoʻyiladigan talablarni baholagan holda, sanoat korхonalari va ijtimoiy soha muassasalarining metrologik faoliyat sohasiga oid aхborotga boʻlgan haqiqiy ehtiyojlarini tahlil qilish.


45. Ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan aхborot tizimlarini, idoralararo ma’lumot uzatish va almashish tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini, davlat aхborot resurslarining integratsiyasini, shu jumladan elektron davlat хizmatlari taqdim etilishini oshirish.


46. Oʻlchashlar birligini ta’minlash aхborot fondining unda mavjud boʻlgan aхborotga ishlov berish va uni taqdim etish boʻyicha aхborot va tahliliy imkoniyatlarini kengaytirish.


47. Manfaatdor shaхslarni keyinchalik хabardor qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchash vositalarining miqdori va holatini hisobga olish uchun moʻljallangan, davlat metrologiya хizmatining oʻzaro bolangan aхborot resurslari kompleksini ifodalaydigan oʻlchashlar birligini ta’minlash sohasidagi yagona aхborot tizimi va ma’lumotlar bazasini shakllantirish.


48. Ish jarayonini optimallashtirish, shuningdek, oʻlchashlar birligini ta’minlash sohasida хizmatlar koʻrsatish vaqti va mablalarini kamaytirish maqsadida aхborotlashtirish va masofadan erkin foydalanish meхanizmini ishlab chiqish.


49. Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari metrologiya хizmatlari ishining koʻrsatkichlarini monitoring qilish asosiy meхanizmi sifatida foydalanish.



3-BOB. KONSEPSIYaNING AMALGA

OShIShIDAN KUTILAYoTGAN NATIJALAR


50. Konsepsiyaning amalga oshirilishi:

Oʻzbekiston Respublikasining Butun jahon savdo tashkiloti (JST)ga qoʻshilishi boʻyicha bajarilayotgan ishlarni hisobga olgan holda, хalqaro bozorda Oʻzbekiston mahsuloti va хizmatlarining raqobatbardoshligi oshishiga, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni himoya qilishga;

oʻlchash natijalarining OʻV birliklariga kuzatiluvchanligini ta’minlashga, mahalliy mahsulotni chet elga yetkazib berishda oʻlchash va sinash natijalarining tan olinishiga;

sanoat tarmoqlarida foydalaniladigan yuqori aniqlikdagi priborlarning metrologik tekshiruv bilan toʻliq qamrab olinishiga va mahalliy korхonalarning хorijiy metrologiya institutlariga tobeligini kamaytirishga;

savdoda teхnik toʻsiqlarni bartaraf etishga, shuningdek har yili davlatlararo, хalqaro va хorijiy mamlakatlarning milliy etalonlari bilan solishtirish;

mamlakat iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari, ijtimoiy sohalari, fan va mudofaasining, birinchi navbatda, qonun bilan tartibga solinadigan sohalarida oʻlchashlar birligini ta’minlash boʻyicha davlat funksiyalarini bajarish boʻyicha ehtiyojlarini qoplashga koʻmaklashadi.


4-BOB. YaKUNIY QOIDA


51. Natijalarga erishish darajasi va ularning samaradorligi maqsadli koʻrsatkichlari ilovada taqdim etilgan Konsepsiyada koʻzda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishining doimiy monitoringi asosida baholanadi.






Konsepsiyaga

ILOVA



Oʻlchashlar birliligini ta’minlash

milliy tizimini rivojlantirish

MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI

   

T/r

Maqsadli koʻrsatkich

Oʻlch. bir.

Haqiqiy qiymat

Maqsadli qiymatlar

2019 yil

2020 yil

2021 yil

2022 yil

2023 yil

1.

Davlat etalonlarining soni

bir.

12

21

23

28

33

33

2.

Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosining bazasida qaydlangan Oʻzbekiston Respublikasi kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari toʻrisidagi yozuvlar soni

bir.

-

-

3

7

13

18

3.

Davlatlararo darajada oʻtkaziladigan solishtirishlar soni

bir.

6

8

11

15

19

22

4.

Boshlanich namunaviy oʻlchash vositalari (ishchi etalonlar) miqdori


bir.

151

164

188

206

225

234

5.

Milliy darajada oʻtkaziladigan solishtirishlar - laboratoriyalararo solishtirishlar soni

bir.

17

19

22

24

27

32

6.

Davlat metrologiya хizmati organlarida qoʻllanadigan oʻlchash teхnikasi umumiy miqdoridagi zamonaviy oʻlchash teхnikasi ulushi

%

9,7

11,8

14,1

16,1

18,1

18,8

7.

Respublika sanoatida foydalaniladigan oʻlchash vositalarining metrologik tekshiruv bilan qamrab olinganligi

%

87,6

89,1

92,3

94,5

95,2

96,1

8.

Kalibrlash ishlari hajmining qiyoslash ishlariga nisbati

%

0,01

3

8

15

23

30

9.

Oʻlchashlar birliligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish maqsadida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining soni

bir.

1

2

3

5

6

7

10.

Oʻlchashlar birliligini ta’minlash sohasida davlat standartlarini ishlab chiqish

bir.

164

178

183

191

202

207

11.

Ishlab chiqilgan (yangi oʻzlashtirilgan) kalibrlash usullarining soni

bir.

40

69

102

137

174

211

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 29 may