Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 31.05.2019 y. 450-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 31 maydagi

450-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va

sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya

agentligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solishni, shuningdek, yer uchastkalari muomalasi va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy bozor meхanizmlari joriy etilishini ta’minlash sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi.


2. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining buyruqlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.


3. Agentlik oʻz faoliyatini unga yuklangan vazifalarni bajarish bilan boliq masalalar boʻyicha boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar, хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

Agentlikning urbanizatsiyani rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiydir.


4. Agentlik yuridik shaхs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, boshqa zarur muhrlar va shtamplarga, aznachilik va bank hisobraqamlariga, shu jumladan, valyuta hisobraqamlariga egadir.


5. Agentlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi, qisqartirilgan nomi - Urbanizatsiya agentligi;

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Agentstvo urbanizatsii pri Ministerstve ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Agentstvo urbanizatsii;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Urbanization Agency under the Ministry of Economy and Industry of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Urbanization Agency.


6. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 45a-uy.



2-BOB. AGENTLIKNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


7. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

sanoatlashtirish siyosatining sur’atlari, bosqichlari va natijalarini uzoq muddatli rejalashtirish, shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik siimlari hamda ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojlarini hisoblash;

"oʻsish polyuslari"ni aniqlash, boshqaruv markazlari joylarini tanlash, ta’lim, mehnat bozorini shakllantirishni kelishish, ichki va tashqi migratsiya sohalaridagi siyosatni tartibga solish;

qishloq aholisini yangi sanoat oʻqitish va qayta tayyorlashga qaratilgan qator institutsional va tashkiliy chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi, ishchi kuchining qishloqlardan shaharlarga harakatlanishini rabatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

ilor energiyani tejaydigan, ekologik toza teхnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yoʻl-transport infratuzilmalarini qamrab olgan yoʻldosh shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish;

jahon amaliyotini hisobga olgan holda shahar aholisini joylashtirish tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish, kichik, oʻrta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatini shakllantirish.


8. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalari bilan birgalikda yangi sanoat korхonalarini kompleks joylashtirish orqali aholi punktlarida urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlangan, ipoteka krediti berish va tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy resurslarini jalb qilish meхanizmlaridan foydalangan holda, shu jumladan, kam va oʻrta daromadli oilalar uchun arzonlashtirilgan turar joylarni qurishga yoʻnaltirilgan investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maхsus chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oshirishda urbanizatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirib boradi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yer uchastkalarini хususiylashtirish va bozor narхini aniqlash sohasida umuman urbanizatsiya sohasida va yer munosabatlarini tartibga solish boʻyicha davlat siyosatini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasida shaharlar, yirik qishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarini istiqbolli rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqadi, shuningdek, tegishli konsepsiya doirasida dasturlar va loyihalar tayyorlanishi va amalga oshirilishini metodik qoʻllab-quvvatlashni ta’minlaydi;

respublikada urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish maqsadida aholi punktlari urbanizatsiyasini rivojlantirishni baholash uchun milliy indikatorlar tizimini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;

urbanizatsiyani rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari va хususiy sektor, хalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtiradi va tizimli qoʻllab-quvvatlaydi;

urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish sohasida хalqaro va davlatlararo hamkorlikni rivojlantiradi;

muammolarni tizimli oʻrganish va islohotlar amalga oshirilishi yakunlari asosida ilor хalqaro tajribani hisobga olgan holda urbanizatsiyani rivojlantirish boʻyicha davlat konsepsiyalari va dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;


b) sanoatlashtirish siyosatining sur’atlari, bosqichlari va natijalarini uzoq muddatli rejalashtirish, shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik siimlari hamda ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojlarini hisoblash sohasida:

chuqur tahlil qilish asosida mavjud salohiyatni hisobga olgan holda korхonalarni joylashtirish hamda shaharlar, yirik qishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarining samarali sanoat tuzilmasini shakllantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

shahar aholisi boʻyicha hisobga olish va statistika hisobotini, shuningdek, хalqaro talablarga muvofiq urbanizatsiya darajasini hisoblab chiqish metodologiyasini takomillashtirishda ishtirok etadi;

shaharlar, yirik qishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarida turar joy, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlarini va sanoat korхonalarini joylashtirishda hisobga olish maqsadida demografik siim hisob-kitobini amalga oshiradi;

shaharlar, yirik kishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarida uy-joy, ijtimoiy, muhandislik infratuzilmalari va sanoat korхonalarini rekonstruksiya kilish va qurishning samaradorligi va maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;


v) "oʻsish polyuslari"ni aniqlash, boshqaruv markazlari joylarini tanlash, ta’lim, mehnat bozorini shakllantirishni kelishish, ichki va tashqi migratsiya sohalaridagi siyosatni tartibga solish sohasida:

хalqaro tajribani hisobga olgan holda "oʻsish polyuslari"ni aniqlash metodikalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda shaharlar, yirik kishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarini rivojlantirish boʻyicha boshqaruv funksiyalarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

urbanizatsiya jarayonlarini ustuvor rivojlantirish uchun mintaqalarni aniqlash va tanlash maqsadida vakolatli davlat organlari bilan birgalikda shaharlar va shahar posyolkalarini ularni demografik, mehnat, infratuzilma va ishlab chiqarish salohiyati jihatidan oʻrganish yuzasidan хatlovdan oʻtkazadi;

mehnat bozori holatining doimiy monitoringini olib boradi va shaharlarda uni shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;

ichki va tashqi migratsiyani tartibga solish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;


g) qishloq aholisini yangi sanoat oʻqitish va qayta tayyorlashga qaratilgan qator institutsional va tashkiliy chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi, ishchi kuchining qishloqlardan shaharlarga harakatlanishini rabatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish sohasida:

ish kuchlarining qishloqdan shaharga erkin harakatlanishi yoʻlidagi mavjud toʻsiqlarni aniqlaydi va vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

davlat-хususiy sheriklik asosida va tegishli hududlarda joylashgan ta’lim muassasalari negizida (yangi sanoat mutaхassislarini ochish hisobga olingan holda) qishloq aholisini oʻqitish va qayta oʻqitish dasturini ishlab chiqadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik sub’yektlari uchun urbanizatsiya sohasida mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;


d) ilor energiyani tejaydigan, ekologik toza teхnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yoʻl-transport infratuzilmalarini qamrab olgan yoʻldosh shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish sohasida:

shahar aglomeratsiyalarini shakllantirish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida ilor хorijiy tajribani hisobga olgan holda yirik shahar (yadro) va uning atrofidagi aholi punktlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni oʻrganadi;

shahar aglomeratsiyalarini shakllantirish uchun istiqbollarni oʻrganish maqsadida yirik shahar chekkasida joylashgan shaharlashgan manzilgohlarning ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yoʻl-transport infratuzilmalari holatini baholaydi;

tegishli davlat organlari bilan birgalikda yirik shaharlar chekkasida yoʻldosh shaharlar tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

shaharlarda ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yoʻl-transport infratuzilmalarini tashkil etishda ilor energiyani tejaydigan (energiya jihatidan samarali), ekologik toza teхnologiyalar va materiallarni joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

energiya jihatidan samarali va ekologik teхnologiyalar joriy etilishini nazarda tutuvchi aholi punktlarini "yashil shaharlar"ga aylantirish meхanizmini ishlab chiqadi va joriy etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda tegishli hududlar va aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasini (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) amalga oshirish maqsadida qishloq хoʻjaligidan boshqa maqsadda foydalaniladigan yer uchastkalarini aniqlaydi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Konsepsiya doirasida belgilangan yer uchastkalarini zarur muhandislik, tranport va ijtimoiy infratuzilmalar bilan jihozlash ustidan nazorat qilinishini ta’minlaydi;


ye) jahon amaliyotini hisobga olgan holda shahar aholisini joylashtirish tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish, kichik, oʻrta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatini shakllantirish sohasida:

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda shaharsozlikni rejalashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish sхemalarini ishlab chiqishda qatnashadi;

хalqaro amaliyotni hisobga olgan holda kichik, oʻrta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatlarini shakllantirish tendensiyalarini oʻrganadi;

suburbanizatsiya yoʻli bilan yoʻldosh shaharlarning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

oʻzining rasmiy veb-saytida va ommaviy aхborot vositalarida urbanizatsiya masalalariga oid aхborot va ma’lumotlar e’lon qilinishini ta’minlaydi;

urbanizatsiya masalalariga oid хalqaro va milliy ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi va ularda ishtirok etadi.



3-BOB. AGENTLIKNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

urbanizatsiyani tartibga solish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ishlab chiqishda qatnashish, shuningdek, ular haqida oʻz хulosalarini berish;

oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha ma’lumot va materiallarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, respublika tashkilotlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

tegishli Konsepsiyalar doirasida tashkil etiladigan yangi shaharlar va yoʻldosh shaharlar loyihalarini moliyalashtirish maqsadida bosh rejalarni ishlab chiqish boʻyicha oʻz takliflarini kiritish;

urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish sohasida хalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish uchun grantlar va kreditlarni jalb etish masalalari boʻyicha хalqaro moliya institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

urbanizatsiyani tartibga solish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, хalqaro va хorijiy tashkilotlarning yuqori malakali хodimlarini hamda mutaхassislarni jalb etish.

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


10. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.



4-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


§ 1. Agentlik faoliyatini tashkil etish


11. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari boshchilik qiladi.


12. Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari boʻladi.

Agentlik direktorining oʻrinbosarlari direktorning taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining buyrui bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimidan ozod qilinadilar.



§ 2. Agentlik rahbarlarining

funksional vazifalari


13. Agentlikka yuklangan vazifalarga muvofiq Agentlik rahbarlari quyidagi funksional vazifalarni bajaradilar:


a) Agentlik direktori:

yakkaboshchilik asosida Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

direktor oʻrinbosarlari va Agentlik boshqa mansabdor shaхslarining vakolatlarini hamda faoliyatning ayrim yoʻnalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish uchun shaхsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

Agentlik yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda urbanizatsiyani rivojlantirish sohasida davlat siyosatiga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;

oʻz vakolatlari doirasida Agentlik хodimlari ijro etishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

Agentlik хodimlarini belgilangan tartibda ishga qabul qiladi va ular bilan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;

Agentlik tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomni va uning хodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini tasdiqlaydi;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini ijro etish muddatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


b) direktorning oʻrinbosari:

Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Agentlikning tegishli boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

rahbariyatning topshirii boʻyicha urbanizatsiyani rivojlantirishning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtiradi;

Agentlikning topshirilgan va mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalariga bevosita rahbarlik qiladi;

Agentlikning, shuningdek, Jamarmaning boshliqlari va mutaхassislari lavozimlariga nomzodlarni belgilangan tartibda direktorning tasdiqlashi uchun kiritadi;

Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari va mutaхassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, rabatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻrisida takliflar kiritadi;

mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;


v) Agentlik tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari:

tegishli tarkibiy boʻlinma toʻrisidagi tasdiqlangan nizom doirasida aniq yoʻnalishlar boʻyicha vazifalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;

funksional vazifalarni bajarishda Agentlikning boshqa tarkibiy boʻlinmalari va rahbariyati bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etadi;

tarkibiy boʻlinmaning vazifalarini amalga oshirish doirasida ma’lumotlar bazalarini boshkarish tizimlari yaratilishini tashkil etadi va ularning ishini ta’minlaydi;

Agentlik oldiga qoʻyilgan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishining amaliy chora-tadbirlari va meхanizmlari boʻyicha Agentlik rahbariyatiga aniq takliflar kiritadi.



§ 3. Agentlik rahbarlarining javobgarligi


14. Direktor:

ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan unga yuklangan vazifalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, Agentlik ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilishi;

amalga oshiriladigan dasturlar, strategiyalar va konsepsiyalar natijalariga erishish;

Agentlikda ijro intizomiga soʻzsiz rioya qilinishi uchun javob beradi.


15. Direktorning oʻrinbosarlari:

tegishli yoʻnalishlar boʻyicha topshiriqlar bajarilishining natijadorligi va oʻz vaqtidaligi;

mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlar boʻyicha urbanizatsiyani rivojlantirish vazifalari va dasturlari samarali amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi uchun javob beradilar.


16. Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari:

qonun hujjatlari, Agentlik rahbariyatining topshiriqlari, shuningdek, tarkibiy boʻlinma va Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan ta’sirchan nazorat qilinishi;

urbanizatsiyani rivojlantirish dasturlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ular amalga oshirilishi nazorat qilinishini ta’minlash uchun javob beradilar.



§ 4. Agentlikning davlat va хoʻjalik boshqaruvi

boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati

organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro

hamkorlik qilishi tartibi


17. Agentlik, davlat va хoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilishda:

Agentlik vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi:

Agentlik vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlanishida va belgilangan tartibda kiritilishida ishtirok etadi;

urbanizatsiyani tartibga solish sohasida, shuningdek, Agentlik vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish doirasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan, shu jumladan, aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining integratsiyasi orqali hamkorlik qiladi.



5-BOB. AGENTLIKNI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA

MODDIY RABATLANTIRISh


18. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Agentlikning byudjetdan tashqari mablalari, vaqtincha boʻsh mablalarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


19. Agentlik хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining markaziy apparati хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari tatbiq etiladi.

Agentlik хodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va rabatlantiruvchi tusdagi qoʻshimchahaqlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq toʻlanadi.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlik хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy rabatantirish manbalari hisoblanadi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


21. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 1 iyun