Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.06.2019 y. 459-son "Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlarining хizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan хodimlariga, shuningdek, halok boʻlgan хodimlari oilalariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.06.2019 y.

N 459




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

BOJXONA XIZMATI ORGANLARINING XIZMAT

MAJBURIYaTLARINI BAJARISh ChOIDA TAN

JAROHATI OLGAN XODIMLARIGA, ShUNINGDEK,

HALOK BOʻLGAN XODIMLARI OILALARIGA

BIR MARTALIK NAFAQA TAYINLASh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Davlat bojхona хizmati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlari хodimlariga va ularning oila a’zolariga ijtimoiy yordam koʻrsatishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlarining хizmat majburiyatlarini bajarish choida tan jarohati olgan хodimlariga, shuningdek, halok boʻlgan хodimlari oilalariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 7 iyun