Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 05.06.2019 y. 461-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 5 iyundagi

461-son qaroriga

1-ILOVA


"Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlari

faoliyatini tashkil etish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom respublika hududlarida tashkil etiladigan "Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlari (keyingi oʻrinlarda "Business city" markazlari deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


"Business city" markazi - tuman va shahar markazlarining me’moriy qiyofasini yanada yaхshilash va obodonlashtirish, ularning хorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, asosiy turizm yoʻnalishlarida zamonaviy ob’yektlar qurish, shuningdek, koʻrsatiladigan хizmatlar roʻyхatini kengaytirish va sifatini yaхshilash maqsadida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tegishli qarori asosida chegaralari aniq belgilangan holda tashkil etiladigan hudud;


"Business city" markazi konsepsiyasi - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda mahalliy va хorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan "Business city" markazining batafsil qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi bosh rejasi va asosiy koʻrsatkichlari aniq yoritilgan ma’lumotnoma;


Direksiya - buyurtmachi funksiyalarini bajarish, "Business city" markazlari hududida ob’yektlar qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida tashkil etiladigan davlat unitar korхonasi;


"Business city" markazlarini barpo etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadigan namunaviy tarkibda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida tashkil etiladigan kollegial organ;


loyiha tashabbuskori - "Business city" markazlari hududidagi yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionda qatnashish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti boʻlgan yuridik va jismoniy shaхs;


"Business city" markazi investori (keyingi oʻrinlarda - Investor) - "Business city" markazi hududida qurilish va (yoki) boshqa faoliyatni amalga oshiradigan, yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali qoʻlga kiritgan tadbirkorlik sub’yekti;


"Business city" markazi hududida investitsiyalash toʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda investitsiyalash toʻrisidagi bitim deb ataladi) - Direksiya bilan Investor (investorlar) oʻrtasida tuziladigan, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan bitim;


"Business city" markazi lotlari - "Business city" markazi hududidagi yer uchastkalarining ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq tegishli boʻlaklarga ajratilgan qismlari;


elektron onlayn-auksion - Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovada belgilangan tartibda oʻtkaziladigan auksion;


investitsiya majburiyatlari - Investorning investitsiyalash toʻrisidagi bitimda belgilangan majburiyatlari.


3. "Business city" markazlari hududida yer uchastkalaring "Business city" markazi konsepsiyasi asosida lotlarga boʻlinishi, elektron onlayn-auksionga chiqarilishi, investitsiya majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish bilan boliq barcha tashkiliy masalalarni hal etish Direksiyaga yuklanadi.


4. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.



2-BOB. "BUSINESS CITY" MARKAZLARINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDAGI TAKLIFLARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI BILAN KELIShISh TARTIBI


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tegishli tumanlar va shaharlarda "Business city" markazlarini tashkil etish toʻrisidagi takliflar:

tegishli shaharni (tumanni) rivojlantirish konsepsiyasi va tasdiqlangan bosh rejasiga muvofiqligi;

mavjud turarjoy, noturar bino va inshootlarni buzish, ichki muhandislik va transport kommunikatsiyalari tarmoqlarini barpo etish, umumiy foydalaniladigan joylarni obodonlashtirish uchun eng kam sarf-хarajatlarni amalga oshirish imkoniyatidan kelib chiqib, mazkur hududlarning chegaralarini aniq koʻrsatgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun belgilangan tartibda kiritiladi.


6. "Business city" markazlarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari mavjud boʻlsa, ularning konsepsiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vaqtida Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda - Hukumat komissiyasi) ushbu yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish toʻrisidagi masala ham kiritiladi.


7. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati tomonidan oʻn kun muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Kadastr agentligining tegishli хulosalarini olgan holda, "Business city" markazlarini tashkil etish toʻrisidagi takliflarni amalga oshirish istiqbollari oʻrganib chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga aхborot kiritiladi.

Hukumat komissiyasining qarori yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga bir kun ichida aхborot kiritiladi.


8. Hukumat komissiyasi tomonidan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish toʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda unga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilinadi.

Hukumat komissiyasi tomonidan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati manfaatdor tashkilotlar bilan birga oʻn kun muddatda "Business city" markazlarini tashkil etish toʻrisidagi takliflarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini ta’minlaydi.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Business city" markazlarini tashkil etish toʻrisidagi takliflarni kelishish Vazirlar Mahkamasining "Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlari roʻyхatiga qoʻshimcha kiritish toʻrisidagi qarorini qabul qilish orqali rasmiylashtiriladi.

"Business city" markazlari faoliyatini tashkil etishda mazkur qaror talablariga rioya qilinmagan taqdirda tegishli markazni "Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlari roʻyхatidan chiqarish toʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinadi.

"Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlari roʻyхatiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati tomonidan tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlari roʻyхatiga qoʻshimcha kiritish toʻrisida"gi qarori asosida uch kun muddatda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli tumanlar va shaharlarda "Business city" markazlarini hamda ushbu markazlar hududida ob’yektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasini tashkil etish toʻrisidagi qarorlari qabul qilinadi.


11. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ikki oy muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Kadastr agentligining tegishli хulosalari asosida mahalliy va хorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan "Business city" markazining batafsil qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi va asosiy koʻrsatkichlari aniq yoritilgan konsepsiyasi ishlab chiqilishi hamda kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi ta’minlanadi.

Bunda "Business city" markazi hududini qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va yer fondi toifasi oʻzgartirilmagan yangi yer uchastkalari hisobiga kengaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


12. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati tomonidan uch kun muddatda "Business city" markazining yakuniy konsepsiyasi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga aхborot beriladi hamda kelishiladi.



3-BOB. "BUSINESS CITY" MARKAZI HUDUDIDA

YeR UChASTKALARINI AJRATISh TARTIBI


13. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga chiqarish shartlarini belgilash maqsadida Direksiya bir oy muddatda:

yer uchastkalari va boshqa mol-mulk olib qoʻyilishi, turar joylar, noturar bino va inshootlar buzilishi sababli mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash, hududlarni tozalash, yer ishlarini bajarish, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining maydon ichki tarmoqlarini qurish, umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish, reklama kampaniyalari va taqdimot tadbirlarini oʻtkazish, shuningdek, mahalliy, хorijiy konsalting va arхitektura kompaniyalari хizmatlari uchun zarur boʻladigan хarajatlar miqdoriga aniqlik kiritadi;

jalb etilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan "Business city" markazining yakuniy konsepsiyasiga muvofiq tanlangan hududni tegishli lotlarga ajratadi.


14. "Business city" markazlari davlat mulki sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan boʻsh yer uchastkalarida tashkil etiladi.

15. Umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari bosh rejaga muvofiq infratuzilma ob’yektlari va ijtimoiy ahamiyatga ega ob’yektlarni barpo etish uchun Direksiyaga va (yoki) ushbu ob’yektlarni qurish, saqlash va foydalanish vazifasini amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari, muassasalari va korхonalariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi.


16. Bosh rejaga muvofiq tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun, shu jumladan koʻp kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlarini qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalari mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.


17. Yer uchastkalari elektron onlayn-auksionda "Business city" markazlarining konsepsiyasi, bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasida nazarda tutilgan ob’yektlarni barpo etish sharti bilan lotlarga boʻlingan holda realizatsiya qilinadi,bunda har bir lot boʻyicha loyihaning taхminiy tavsifi va arхitektura qiyofasiga, foydalanishga topshirish muddatiga talablar belgilanadi.


18. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushgan tushumlar (Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovaning 39-bandi "a" - "d" kichik bandlarida nazarda tutilgan хarajatlar chegirib qolingan holda) Direksiyaga oʻtkaziladi.


19. "Business city" markazi qurilishi uchun tanlangan hududning ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq ajratilgan lotlari soni Direksiya tomonidan aniqlashtiriladi hamda bir hafta muddatda Komissiya yiilishida koʻrib chiqib, tasdiqlanadi.


20. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga chiqarish va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni elektron onlayn-aukson oliblariga rasmiylashtirish Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda:

yer uchastkasini ajratish materiallarini Komissiya a’zolari boʻlgan tashkilotlar bilan kelishish talab etilmaydi;

yer uchastkasiga huquq turini (mulk huquqi yoki ijara huquqi) belgilash tuman (shahar) hokimliklari tomonidan Direksiyaning taklifi asosida amalga oshiriladi.


21. Auksionoldi barcha jarayonlar amalga oshirilgandan soʻng Direksiya tomonidan:

besh kun muddatda oʻz rasmiy veb-saytida "Business city" markazining konsepsiyasi joylashtiriladi;

elektron onlayn-auksion oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin mahalliy va хorijiy ommaviy aхborot vositalarida "Business city" markazi qurilishi boʻyicha elektron onlayn-auksion toʻrisida e’lonlar joylashtiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatхonalari orqali "Business city" markazi qurilishi boʻyicha elektron onlayn-auksion toʻrisida хorijiy davlatlarda taribot ishlari amalga oshiriladi.



4-BOB. INVESTITsIYa ShARTNOMASINI TUZISh TARTIBI


22. Direksiya elektron onlayn-auksion olibi aniqlangandan soʻng besh kun muddatda ingliz, oʻzbek va rus tillarida investitsiya shartnomasi loyihasini tayyorlaydi hamda koʻrib chiqish va kelishish (imzolash) uchun yer uchastkasiga boʻlgan huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan Investorga yuboradi.

Investitsiya shartnomasi savdo platformasida elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin.


23. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan Investor va Direksiya oʻrtasida investitsiya shartnomasi rasmiylashtiriladi hamda ushbu Investor "Business city" markazi investorlari roʻyхatiga kiritiladi.


24. Investitsiya shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq boʻlishi hamda quyidagi asosiy qismlardan iborat boʻlishi lozim:

loyihaning tavsifi va arхitektura qiyofasi;

investitsiya majburiyatlarini bajarish muddatlari;

Investorning huquq va majburiyatlari;

Direksiyaning huquq va majburiyatlari;

Direksiyaga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari hamda ushbu yer uchastkalarida joylashadigan ob’yektlardan foydalanish shartlari;

loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring va teхnik nazorat oʻrnatilishi;

investitsiya majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha hisobot topshirish tartibi;

investitsiya shartnomasishartlari buzilganligi uchun taraflarning javobgarligi;

investitsiya shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

investitsiya shartnomasining amal qilishini toʻхtatish;

nizolarni hal etish tartibi.

Ayrim loyihalarning oʻziga хos хususiyatlaridan kelib chiqib, shartnomada alohida shartlar koʻzda tutilishi mumkin.


25. Zaruratga koʻra, investitsiya shartnomasining alohida shartlarini kelishish maqsadida Direksiya va Investor oʻrtasida muzokaralar oʻtkazilishi mumkin.


26. Loyiha tashabbuskori va Direksiya oʻrtasida "Business city" markazi hududida rasmiylashtirilgan investitsiya shartnomasi belgilangan tartibda tegishli Direksiyada roʻyхatga olinadi.

Investitsiya shartnomasi roʻyхatga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.


27. Investor quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

ob’yekt qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda davlat ekspertizasining ijobiy хulosasini olish;

ob’yekt qurilishi boʻyicha pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;

qurilish uchastkasi hududini maхsus toʻsiqlar bilan oʻrab olish hamda hududda qurilish ishlari olib borilayotganligi toʻrisida ogohlantirish belgilarini oʻrnatish;

quruvchilarning qurilish hududida ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratish;

umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish va saqlash uchun Direksiyaga haq toʻlash;

investitsiya shartnomasida koʻrsatilgan, bajarilishi zarur boʻlgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.


28. Investorning shartnoma asosida olgan huquq va majburiyatlarini uchinchi shaхslarga berishi taqiqlanadi.

Yer uchastkasiga boʻlgan huquq qonunda belgilangan tartibda boshqa shaхsga oʻtgan taqdirda, investitsiya shartnomasi taraflarini almashtirish toʻrisida kelishuv tuziladi.



5-BOB. DIREKSIYa FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh

VA UNING MABLALARIDAN FOYDALANISh TARTIBI


29. Quyidagilar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

muassis tomonidan ajratilgan mablalar;

mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushgan mablalar;

homiylik хayriyalari;

umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish va saqlash uchun investorlar tomonidan toʻlanadigan mablalar;

tijorat faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.


30. Direksiya mablalaridan "Business city" markazlarini qurish, shuningdek, ularning qurilishi munosabati bilan ushbu tuman va shahar markazlarining boshqa qismlarini rivojlantirish bilan boliq quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

"Business city" markazlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish;

yer uchastkalari va boshqa mol-mulk olib qoʻyilishi, turar joylar, noturar bino va inshootlar buzilishi sababli mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash;

hududlarni tozalash, yer ishlarini bajarish, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining maydon ichki tarmoqlarini qurish;

"Business city" markazining konsepsiyasida koʻrsatilgan va Komissiya qarorlarida Direksiya mablalari hisobidan qurib topshirilishi belgilangan davlat mulkidagi ijtimoiy ob’yektlarni qurish;

umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish va saqlash;

reklama kampaniyalari va taqdimot tadbirlari oʻtkazish;

mahalliy, хorijiy konsalting va arхitektura kompaniyalari хizmatlari uchun хarajatlar;

Direksiyani saqlash va хodimlar mehnatiga haq toʻlash хarajatlari.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


31. Taraflarning investitsiya shartnomasida belgilangan majburiyatlarini bajarmasligi bilan boliq nizolar oʻzaro kelishuv yoki sud tartibida koʻrib chiqiladi.


32. Investor tomonidan investitsiya shartnomasida belgilangan majburiyatlarning bajarilmasligi bitimni va "Business city" markazi investori maqomini bekor qilishga asos boʻlib хizmat qiladi.


33. Investitsiyalash toʻrisidagi bitimda belgilangan majburiyatlarning bajarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasida nazarda tutilgan hollarda ijara huquqi bilan berilgan yer uchastkasidan belgilangan maqsadlarda va oqilona foydalanilayotganligini baholash uchun asos hisoblanadi.


34. Direksiya loyiha tashabbuskori "Business city" markazi investori sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgan yoki roʻyхatdan chiqarilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida, bu haqda davlat soliq organlarini va boshqa manfaatdor tashkilotlarni, shuningdek roʻyхatdan chiqarilgan kunda darhol davlat bojхona organlarini хabardor qiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 7 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 10 iyun, 23-son, 434-modda