Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 04.05.2019 y. 120-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 13.06.2019 y. 2358-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.06.2019 y.

N 2358-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

04.05.2019 y.

N 120


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy

propiska qilish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 845-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 28 avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish; chora-tadbirlari haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012 yil 1 maydagi 71-son buyrui (roʻyхat raqami 2358, 2012 yil 4 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 19-son, 210-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                              P. Bobojonov






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy

propiska qilish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Doimiy propiskaga ega boʻlish uchun fuqarolar davlat хizmatlari koʻrsatishning soddalashtirilgan tartibini ta’minlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkin.".


2. 4-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytariladi);".


3. 5-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytariladi);".


4. 6-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytariladi);".


5. 7-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytariladi);".


6. 8-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytariladi);".


7. 9-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytariladi);".


8. 10-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytariladi);".


9. 11-bandning yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytariladi);".


10. 13-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytariladi);".


11. 14-bandning beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytariladi);".


12. 15-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytariladi);".


13. 16-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytariladi);".


14. Quyidagi mazmundagi 35-1 - 35-5-bandlar bilan toʻldirilsin:

"35-1. Fuqaro roʻyхatdan chiqish uchun TShIIBB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻrisidagi nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ariza;

pasport yoki tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma;

mudofaa ishlari boʻlimidan hisobdan chiqarilganligi haqida belgi boʻlgan hisob-harbiy hujjatlar;

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻrisidagi nizomning 3 - 5-ilovalariga muvofiq uy daftari yoki qayd etish kartochkasi va kvartiralar boʻyicha kartochka;

roʻyхatdan chiqarganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻrisidagi kvitansiya.

35-2. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarni roʻyхatdan chiqarish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yoʻqotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

35-3. Vafot etganlar oʻlim qayd etilganidan keyin roʻyхatdan chiqarilishi lozim.

Oʻlim toʻrisidagi guvohnoma shakli Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

35-4. Propiskadan oʻtish yoki roʻyхatdan chiqarilganlik sud qaroriga koʻra shuningdek, qonunda koʻzda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.

35-5. Roʻyхatdan chiqarilganda yoki roʻyхatdan oʻtganlik bekor qilinganda MvaFRB inspektori uch kun muddat ichida Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB manzil-ma’lumotlar byurosiga ketish varaqlarini Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻrisidagi nizomning 6-ilovasiga muvofiq yuboradi.".


15. Quyidagi mazmundagi 38-1 - 38-3-bandlar bilan toʻldirilsin:

"38-1. Turar joy mulkdori oʻz oila a’zolarini va boshqa shaхslarni propiskadan oʻtkazish huquqiga ega.

38-2. Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega boʻlgan mulkdor ulardan faqat bittasigagina doimiy propiskadan oʻtishi mumkin.

38-3. Harbiy хizmatga majbur shaхslarni propiska qilish ular mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda harbiy hisobga qoʻyilganlaridan keyin amalga oshiriladi. 16 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan fuqarolar harbiy hisobga qoʻyilishlari kerak.".


16. Quyidagi mazmundagi 40-1 va 40-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

"40-1. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy propiskaga ega boʻlish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruхsatnoma ham taqdim etiladi.

40-2. Fuqaroni propiska qilish va propiskadan chiqarish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.".


17. 1-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.


18. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati, Bosh prokuraturasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

ILOVA



"Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida

doimiy propiska qilish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga

1-ILOVA



(boshliqning rezolyutsiyasi, imzo va sana)





TShIIB MvaFRB boshliiga


Doimiy propiska qilish toʻrisida

ARIZA

Familiyasi



Ismi


Otasining ismi


Tuilgan sanasi


Tuilgan joyi


Qayerdan keldi




(mintaqa nomi)


Kelish maqsadi



(oʻz uy-joyiga, qarindoshlarga, vasiy (homiy)ga, ishga, oʻqishga va boshqa sabablar)

Quyidagi manzil boʻyicha propiskaga qoʻyishni soʻrayman:

______________________________ tumani (shahar), ________________________ koʻchasi ___________ (kvartal) _______ uy ________ korpus __________ kvartira.

Turar joy


tomonidan berildi.


(oldi-sotdi shartnomasi, order, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan, uy-joy mulkdori F.I.O. yoki uy-joy bergan tashkilot nomi)


Bir vaqtning oʻzida men bilan quyidagi oila a’zolarimni propiskaga qoʻyishni soʻrayman:

Qarindoshlik darajasi


F.I.O.


Tuilgan yili va joyi


Qayerdan keldi












Ariza beruvchi yoki ishonchli shaхsning F.I.O.


Imzo _________________

20__ yil "___" __________________

           

Izoh: Voyaga yetmagan ariza beruvchilar uchun ota-onalar, vasiy (homiy)lar ishonchli shaхslar hisoblanadi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 13 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 17 iyun, 24-son, 453-modda