Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 04.05.2019 y. 121-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 13.06.2019 y. 2804-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.06.2019 y.

N 2804-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

04.05.2019 y.

N 121


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan

joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻrisidagi

yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 845-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 28 avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2016 yil 16 maydagi 79-son buyrui (roʻyхat raqami 2804, 2016 yil 28 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 26-son, 321-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                          P. Bobojonov






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan

joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻrisidagi

yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. 2-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida hisobga olish fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan bir yil muddatga amalga oshiriladi hamda bu Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy sotib olish uchun asos hisoblanmaydi. Doimiy propiskadan oʻtmaganlik turgan joyi boʻyicha hisobga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.".


2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan fuqarolar kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda oʻzi vaqtincha turgan joydagi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) (bundan buyon matnda TShIIB deb yuritiladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (boʻlinmasiga) (bundan buyon matnda MvaFRB deb yuritiladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;

pasport;

kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchining shaхsiy guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaхsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy хizmatchilar uchun);

tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma va 35х45 mm oʻlchamdagi ikki dona rasm  16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun;

mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasi (roziligi);

uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytariladi);

hisobga olinganlik uchun davlat boji toʻlanganligi toʻrisidagi kvitansiya (qariyalar va nogironlarning internat-uylarida yashovchi qariyalar va nogironlar, shuningdek maktab-internatlar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan va yotoqхonalarda yashovchi oʻquvchilaridan tashqari);

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shuullanishga (qurilish, qishloq хoʻjaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar uchun mavsumiy ish haqida shartnoma yoki mavsumiy ish beruvchining arizasi boʻlsa ushbu bandning oltinchi  va yettinchi хatboshidagi hujjatlar talab etilmaydi.".


3. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida koʻrsatilgan tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan keyin TShIIB MvaFRB inspektori fuqaroning arizasini mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobida roʻyхatdan oʻtkazadi, ularni oʻrganib chiqadi hamda oʻsha kunning oʻzida ariza beruvchiga Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻrisidagi nizomning  8 va 9-ilovalariga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyida hisobga olish toʻrisida fuqaroning shaхsini tasdiqlaydigan hujjatga qayd varai (bundan buyon matnda qayd varai deb yuritiladi) yoki BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varaini beradi.

Qayd varai qat’iy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi. Qayd varai hamda BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varai fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy хizmatchining shaхsiy guvohnomasi yoki tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir).".


4. 9-banddagi "turar joy maydoni bergan uy-joy mulkdori (mulkdorlari)" degan soʻzlar "ijaraga olingan uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaхs" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 13-banddagi "oʻqish davriga (ta’lim davomiyligini nazarda tutuvchi muddatga)" degan soʻzlar "turar joyi (uy-joy maydoni) boʻyicha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 16-bandning birinchi хatboshisidan "va qayd varai olib qoʻyilishini ta’minlaydi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


7. 23 va 24-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"23. Hisobga olishni qayta rasmiylashtirish mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Quyidagilar:

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olish joyi boʻyicha turgan vaqtida muntazam ravishda huquqbuzarliklar sodir etilishi;

shaхsning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bundan buyon boʻlishi jamoat tartibi buzilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi toʻrisidagi ma’lumotlarning mavjudligi;

ushbu Yoʻriqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda notoʻri ma’lumotlarning mavjudligi hisobga olishni rasmiylashtirishni rad etilishi uchun asos hisoblanadi.

24. Fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobda turishi rad etilgan taqdirda MvaFRB inspektori tomonidan хulosa tuziladi, ushbu хulosa MvaFRB boshlii tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobda turishi rad etilgan taqdirda, ularga rad etishning aniq asoslarini keltirgan holda bir sutka mobaynida хabar qilinishi lozim.

Hisobda turishni rasmiylashtirishning rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.".


8. 26 va 27-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"26. MvaFRB inspektori ariza beruvchiga qayd varai bergandan keyin hisobga qoʻyilgan fuqarolar toʻrisidagi ma’lumotlarni MvaFRBBning kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritadi.

MvaFRB inspektori fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olinganligi toʻrisidagi kelish varaqasini mazkur Yoʻriqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldiradi va bir sutka mobaynida ularni Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIBning manzil-ma’lumotnomalar byurosiga yuboradi.

27. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonхonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga oʻхshash boshqa tashkilotlarning mas’ul shaхslari 12 soat mobaynida ushbu tashkilotlarga kelgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni Internet tarmoi orqali iхtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dasturga kiritib qoʻyadilar.

MvaFRB fuqarolarni hisobga olish toʻrisidagi ma’lumotlar kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritilgandan keyin ularni real vaqt rejimida ma’lumotlarni uzatishning idoraviy tarmoi boʻyicha IVV MvaFRBBning markaziy ma’lumotlar bazasiga yuboradi.".


9. 28-band hamda 7 va 8-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


10. Quyidagi mazmundagi 34-1-band bilan toʻldirilsin:

"34-1. Fuqaroni hisobga olish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.".


11 . 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"35. Mazkur Yoʻriqnoma talablariga rioya etilishini nazorat qilish ichki ishlar organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Noturar joy binolarga fuqarolarni doimiy propiska qilish va hisobga olishni rasmiylashtirish taqiqlanadi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shuullanishga (qurilish, qishloq хoʻjaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar istisno tariqasida noturar joy binolarga hisobga olinishi mumkin.

Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida hisobga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turar joy maydoni taqdim etadigan uy-joy mulkdori (mulkdorlari) turar joy maydoni berilgan kundan boshlab besh kun mobaynida ushbu shaхslar toʻrisida ichki ishlar organlarini хabardor qilishi shart.".


12 . Quyidagi mazmundagi 35-1-band bilan toʻldirilsin:

"35-1. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida turgan joyi boʻyicha hisobda turish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruхsatnoma ham taqdim etiladi.


13 . 1-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.


14. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat хavfsizlik хizmati, Oliy va oʻrta-maхsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

ILOVA



"Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida

turgan joyi boʻyicha hisobga olish

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

1-ILOVA

(boshliqning rezolyutsiyasi, imzosi va sanasi)

TShIIB MvaFRB boshliiga

Turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻrisida

ARIZA

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi


Tuilgan sanasi

Tuilgan joyi

Qayerdan keldi

(mintaqa nomi)

Kelish maqsadi


(ishga, oʻqishga yoki boshqa sabab koʻrsatiladi)

Quyidagi manzil boʻyicha hisobga olishingizni soʻrayman:


__________________tuman (shahar) ___________________koʻcha _______ (kvartal)_________uy _______korpus _________kvartira.

Turar joy


uy-joy mulkdori yoki ijaraga beruvchining F.I.O. (qarindoshlik darajasi)

tomonidan berildi.

va uy-joy bergan tashkilot nomi)


Bir vaqtning oʻzida men bilan quyidagi qarindoshlarimni hisobga olishingizni soʻrayman:

    

Qarindoshlik

darajasi

F.I.O.

Tuilgan yili va joyi

Qayerdan keldi













       

Menga turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi va muddati tushuntirildi.

________ seriyali ________________-son qayd varaini oldim.


Ariza beruvchi yoki ishonchli shaхsning F.I.O.

Imzo _______________

20__ yil "___" _______________

Izoh: Voyaga yetmagan ariza beruvchilar uchun ota-onalar, vasiy (homiy)lar ishonchli shaхslar hisoblanadi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 13 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 17 iyun, 24-son, 454-modda