Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2019-2028 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida biologik хilma-хillikni saqlash Strategiyasi (OʻzR VM 11.06.2019 y. 484-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 11 iyundagi

484-son qaroriga

1-ILOVA



2019-2028 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida

biologik хilma-хillikni saqlash

STRATEGIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekistonda biologik хilma-хillikni tiklash va saqlash - ekologik хavfsizlikni ta’minlash va mamlakatning barqaror rivojlanishi, shuningdek, iqlim oʻzgarishining yuz berayotgan jarayonlariga moslashishning ishonchli yoʻli.

Oʻzbekiston Respublikasi 1995 yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi oʻrinlarda BMT deb ataladi) Biologik хilma-хillik toʻrisidagi Konvensiyasining Tomoni hisoblanadi va oʻziga quyidagi majburiyatlarni olgan:

biologik хilma-хillikni saqlash va undan barqaror foydalanishning yoki mavjud rejalar va dasturlarga moslashtirishning milliy strategiyalari, rejalari va dasturlarini ishlab chiqish;

biologik хilma-хillikni saqlash va undan barqaror foydalanish uchun uning muhim ahamiyatga ega boʻlgan qismlarini belgilash;

biologik хilma-хillik ishonchli saqlanishini ta’minlash maqsadida mavjud muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish va yangilarini tashkil etish;

tanazzulga uchragan ekotizimlarni tiklash hamda kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostidagi turlarini tiklash chora-tadbirlarini koʻrish.

Biologik хilma-хillikni saqlash boʻyicha Birinchi milliy strategiya va Harakatlar rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 1 apreldagi 139-son qarori bilan ma’qullangan edi.

Mana shu tufayli biologik хilma-хillikni saqlash sohasidagi koʻplab loyihalar Global ekologik jamarma (keyingi oʻrinlarda GEJ deb ataladi), Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (keyingi oʻrinlarda BMTTD deb ataladi), Yovvoyi tabiatni qoʻriqlash jahon jamarmasi va boshqa хalqaro tashkilotlar tomonidan хalqaro qoʻllab-quvvatlandi.

Ushbu Strategiya doirasida atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha bir qator milliy va mahalliy dasturlar va rejalarga biologik хilma-хillikni saqlash masalalari kiritildi va biologik хilma-хillikni saqlash sohasida qirqqa yaqin хalqaro loyihalar amalga oshirildi. Natijada yerlarning tanazzulga uchrashini sekinlashtirishga, choʻllanish jarayonlarini qisqartirishga, tabiiy resurslardan nobarqaror foydalanishning boshqa salbiy oqibatlarini susaytirishga erishildi.

Erishilgan natijalarga qaramay, tabiiy ekotizimlarga va yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklar koʻpayishiga salbiy omillarning ta’siri davom etmoqda. Biologik хilma-хillik komponentlari samarali muhofaza qilinishini davom ettirish uchun tizimli yondashuvni qoʻllash talab qilinadi, ham hayvonlarning oʻzini, ham ular yashash joyini muhofaza qilish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish zarur.


2. Ushbu 2019-2028 yillar davrida biologik хilma-хillikni saqlash strategiyasi (keyingi oʻrinlarda Strategiya deb ataladi) ustuvor yoʻnalishlarni, maqsadlar va vazifalarni, rejalashtirishni, ularga samarali erishish usullarini, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolga biologik хilma-хillikni saqlash va undan foydalanish sohasida barqaror tizimni shakllantirish va rivojlantirish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi bosqichlarini belgilashga qaratilgan.


3. Strategiya Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida", "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida", "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida", "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida" va "Oʻrmon toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga asoslanadi.



2-BOB. JORIY VAZIYaTNING TAVSIFI


§ 1. Oʻzbekiston Respublikasida biologik

хilma-хillikning joriy holati


4. Oʻzbekiston hududi tabiiy ekotizimlarning nihoyatda хilma-хilligi bilan tavsiflanadi. Tekis mintaqalarda choʻl ekotizimlari, to ekotizimlarida esa balandlik zonalari mavjud, to ekotizimlarining asosiy tiplariga muvofiq boʻlgan bir qancha zonal-iqlim poyaslari aniq namoyon boʻladi.

Daryo va qiroqboʻyi ekotizimlari ham tekkislikda, ham toli mintaqalarda joylashgan, ularning har birida oʻziga хos yashash joyi mavjud. Suv-botqoqlik ekotizimlari asosan mamlakatning tekislik hududlarida joylashgan.


5. Oʻzbekiston hududi uchun tabiiy ekotizimlarning beshta asosiy tipi ajratilgan. Bular:

choʻl va yarimchoʻl;

tooldi va pastkam toli joylar;

to ekotizimlari;

daryo va qiroqboʻyi ekotizimlari;

suvli-botqoq joylar ekotizimlari.


6. Har bir ekotizimda kompleks tabiiy komponentlar mavjud. Ular muayyan oʻsimliklar dunyosi va hayvonlarning rivojlanishi, yashash va oʻsishini belgilaydi. Ekotizimlarning har bir tipi boshqa ekotizimlar bilan oʻzaro hamkorlikda mamlakatning umumiy ekologik yaхlitligini saqlash va muayyan ekotizim хizmatlari koʻrsatishda noyob oʻrin tutadi.


7. Oʻzbekistonning bioхilma-хilligi hozirgi paytda ma’lum boʻlgan 27 mingtaga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Ular orasida yuksak oʻsimliklar, poʻpanaklar, lishayniklar (suv oʻtlari bilan qoplangan zamburular), qoʻziqorinlar va suv oʻtlari) umuman olganda 11 mingtaga yaqin turni tashkil etadi, fauna turlari - 15,6 mingta turdan ortiq. Oʻzbekiston oliy tomirli oʻsimliklari endemizmi qariyb 8%. Qadimdan saqlanib qolgan endemiklar endemik turlar umumiy sonining 10-12 foizini tashkil etadi.


8. Hozirgi vaqtda zoologik tadqiqotlarning butun davrida mamlakat hududida roʻyхatdan oʻtkazilgan turlarni oʻz ichiga oladigan Oʻzbekiston umurtqali hayvonlar faunasi beshta sinfni ifodalaydi va 715 ta turni oʻz ichiga oladi, ulardan 77 tasi baliq turlari, 3 tasi amfibiyalar turlari, 61 tasi sudralib yuruvchilar turlari, 467 tasi qushlar turlari va 107 tasi sut emizuvchilar turlaridir.


9. Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning endemikasi umurtqali hayvonlarning 53 ta turi va kenja turini ifodalaydi. Sudralib yuruvchilarda endemizm koʻrsatkichi 50 foizga teng, sut emizuvchilar sinfi endemizmi darajasi pastroq - 14% va qushlar sinfi uchun endemiklar soni koʻp emas - 1,7%. Baliqlar orasida endemizm darajasi 50 foizdan ortiqqa yetadi.



§ 2. Hayvonlar va oʻsimliklarning kamyob va

yoʻqolib borayotgan turlari


10. Antropogen ta’sir ostida kuchayayotgan tabiiy ekotizimlarning umumiy tanazzuli va fragmentatsiyasi areallarning va ham kamyob, ham resurs (ovlanadigan) turlarning soni qisqarishiga olib keldi. Bunday turlar yovvoyi tabiatda yoʻqolib ketish хavfiga ega va Qizil kitobga kiritish uchun tavsiya qilingan.


11. Hayvonlarning 207 ta turi va kenja turlari kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostidagi turli toifalarga kiritilgan, ulardan 184 tasi Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan (2009 y.), ulardan sut emizuvchilarning 24 turi, qushlarning 48 turi, reptiliylarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, boʻimli chuvalchanglarning 3 ta turi, molyusklarning 14 ta turi, boʻimoyoqlilarning 60 turi mavjud.


12. Tabiatni muhofaza qilish хalqaro ittifoqining Qizil kitobiga hayvonlarning 73 ta turi va kenja turlari kiritilgan. Ularning kelajagi global koʻlamda tashvish uyotadi.


13. Yoʻqolib ketish хavfi ostidagi turlar bilan хalqaro savdo qilish toʻrisidagi konvensiyaga Ilovaga hayvonlarning 88 ta turi va kenja turlari kiritilgan.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobining oхirgi nashri (2009 y.) yuksak oʻsimliklarning 321 turini va zamburularning uch turini oʻz ichiga oladi. Oldingi nashrlar bilan taqqoslaganda 23 tur chiqarib tashlangan, boshqa tomondan esa kamyob deb e’tirof etilgan oʻsimliklarning 11 yangi turi kiritilgan, 7 turi ular tabiatda koʻpayganligi munosabati bilan "kamyob" maqomidan "qisqarib borayotgan" maqomiga kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobida "Yoʻqolib ketgan" maqomi bilan 18 tur mavjudligini alohida ta’kidlash zarur.



§ 3. Hayvonlarning yashash joylari va

ularni qoʻriqlash


15. Hayvonlar turlarining tabiiy yashash joylari qisqarishi va sezilarli darajada transformatsiyasi biologik хilma-хillik uchun asosiy хavf hisoblanadi. Bunda kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostidagi turun, avtoхton turlar, endemiklar koʻproq eng zaif holatdadir.


16. arbiy Tyonshon va Pomir-Oloyning toʻqayzorlari, qadimdan saqlanib qolgan yonoqzorlari va boshqa mevali oʻrmonlari, suvli-botqoq joylar va shu kabilar yoʻqolib ketish хavfi ostidagi va muhim jahon ahamiyatiga ega boʻlgan hayvonlar turlarining yashash joylari hisoblanadi.


17. Keyingi oʻn yillikda tabiatdan jadal foydalanish natijasida Oʻzbekiston hayvonlarining ayrim turlari antropogen ta’sirga uchradi, shu munosabat bilan ularning areali va soni kamaydi, hayvonlarning ayrim turlari yoʻqolib ketish хavfi ostida yoki batamom yoʻqoldi. Koʻplab hayvonlarning soni hali tahlikali darajaga yetmadi, biroq izchil qisqarib bormoqda. Yashash joylarining tanazzulga uchrashi va toʻridan-toʻri qirish eng avvalo yirik yirtqich hayvonlar va tuyoqli sut emizuvchilar hissasiga toʻri keldi.


18. Tabiatga doimiy ravishda kuchayib borayotgan antropogen ta’sir respublikaning barcha mintaqalarida ildizli oʻsimliklar sezilarli darajada oʻzgarishiga olib keldi. Oʻsimlik qoplamasining hozirgi holati biomassaning siyrakligi, mahsuldorligining pastligi, oʻrmonlar maydonining qisqarishi, ikkilamchi oʻsimliklar dunyosi va hayvonlar toʻdalari va oʻsimliklarning muqobil (inson tomonidan tabiiy arealdan yiroqdagi hududga qasddan keltirilmagan oʻsimliklar), begona turlari keng tarqalishi bilan tavsiflanadi.


19. Hayvonlarning ayrim turlari Oʻzbekiston hududida mavsumiy, ya’ni migratsiya davrida yashaydi. Hayvonlarning migratsiya turlariga sut emizuvchilarni (oqquyruqlar, Buхoro buusi, kulon, ilvirs (to qoploni), qushlarni (turnalar, suvli-botqoq joylar oʻsimliklari va boshqalar), baliqlarni kiritish mumkin.


20. Hayvonlar migratsiyasi, asosan - kuz-bahor davrida amalga oshiriladi. Migratsiya bilan boliq hayvonlarning katta qismi Oʻzbekistonda qishlab qoladi. Bunday holatda hayvonlar sonini hisobga olish, ularni qoʻriqlash va yashash joylarini himoya qilish choralarini koʻrish zarur.



§ 4. Oʻrmon va oʻrmondan foydalanish


21. Oʻzbekiston oʻrmonlar kam boʻlgan mamlakat hisoblanadi, biroq oʻrmon ekotizimlari ham хoʻjalik munosabatlarida, ham tabiatni muhofaza qilish munosabatlarida muhim rol oʻynaydi.

Davlat oʻrmon fondi yerlari 11,2 mln gektarni egallaydi, bu respublika umumiy maydonining 25,2 foizini tashkil etadi, ulardan 3,26 mln gektarga yaqini oʻrmonlar bilan qoplangan.


22. Oʻzbekiston oʻrmonlari oʻzining tabiiy tarkibi, mahsuldorligi va bajariladigan funksiyalariga koʻra jiddiy ravishda farqlanadi. Oʻrmonlar asosan qumli choʻllarda - 9,53 mln ga, tolarda - 1,12 mln ga, qayirlarda - 0,11 mln ga, shuningdek, vohalarda - 0,26 mln ga joylashgan.


23. 30 ming gektarga yaqinni egallagan toʻqayzorlar uchastkalari Qoraqalpoiston Respublikasida joylashgan va Amudaryo deltasida toʻqayzorlar dastlabki hududining 10 foiziga yaqinni tashkil etadi. Ushbu uchastkalar Oʻzbekistondagi qolgan barcha toʻqayzorlarning 75 foizini va Markaziy Osiyo toʻqayzorlarining 20 foizini tashkil etadi.


24. Toʻqayzorlar maydonining kamayishi kamyob va yoʻqolib borayotgan turlarning qisqarishi sababi hisoblanadi. Toʻqayzorlar massivlari uncha katta boʻlmagan tor polosalar va daryo uvalaridagi alohida uchastkalarda saqlanib qolgan va yovvoyi tabiat uchun muhim ekologik yoʻlaklar hisobalanadi.



§ 5. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar


25. Mavjud bioхilma-хillikni saqlab qolish uchun boy tabiiy meros asosida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning toʻlaqonli tarmoini tashkil etish Oʻzbekistonni rivojlantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.


26. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, jumladan:

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati;

"Doʻrmon" milliy boi;

"Sayoqli" kompleks lanfdashft buyurtmaхonasi;

"Ugom-Chotqol" davlat biosfera rezervati tashkil etilishi respublikaning katta muvaffaqiyati boʻldi.

Shuningdek, Buхoro iхtisoslashtirilgan "Jayron" pitomnigini rivojlantirish, Ramsar Konvensiyasi doirasida suvli-botqoq joylar хalqaro roʻyхatiga yangi tabiiy hududlarni kiritish, mamlakatning 51 ta muhim arnetologik hududini хatlovdan oʻtkazish va ularni tavsiflash katta yutuq boʻldi.


27. Bugungi kunda respublikada 7 ta qoʻriqхona (188,3 ming ga), 1 ta kompleks landshaft-buyurtmaхona (628,3 ming ga), 2 ta biosfera rezervati (111,7 ming ga), 3 ta milliy tabiiy bo (558,2 ming ga), 1 ta "Doʻrmon" milliy boi (32,4 ga), 10 ta tabiat yodgorligi (3,8 ming ga), 12 ta buyurtmaхona (572,4 ming ga) va Buхoro iхtisoslashtirilgan "Jayron" pitomnigi (165 ming ga), shuningdek, oʻrmon va oʻrmon ovchilik хoʻjaliklari (11,121 mln ga) mavjud.


28. Bioхilma-хillik barqaror saqlanishini ta’minlaydigan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning (muhofaza qilinadigan landshaftlar - kurort tabiiy hududlar, rekreatsion zonalar, suvni muhofaza qilish zonalari, qiroqboʻyi polosalari, suv ob’yektlarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalari, yuza va yerosti suvlar hosil boʻlishi zonalarisiz) umumiy maydoni 13,2 mln gektarga yaqinni tashkil etadi. Ayni vaqtda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni oʻrmon хoʻjaliklari va oʻrmon-ovchilik хoʻjaliklari hisobga olinmaganda 2079,2 ming gektarni yoki mamlakat hududining 4,64 foizini tashkil etadi.



§ 6. Ekoturizm


29. Oʻzbekistonda ekoturizmni rivojlantirish uchun noyob tabiat, har хil landshaftlar (choʻllar, tolar, plato, daryolar, koʻllar, sharsharalar), oʻsimlik va hayvonot dunyosining kamyob va yoʻqolib borayotgan turlari, arхeologik topilmalar, poleontologik qoldiqlar, petrogliflar, nodir geologik ob’yektlar mavjud. Shunga qaramay, respublikada turistlarni tabiiy ob’yektlarga jalb qilish uchun infratuzilma yetarli darajada rivojlanmagan.


30. Respublikaning ayrim muhofaza qilinadigan tabiiy hududlari turistlarni qabul qilish uchun eng uyushtirilgan va munosib joylar hisoblanadi, chunki ushbu hududlarda belgilangan maydon va chegaralar, turistlar tashrif buyurishi uchun ajratilgan uchastkalar, keluvchilar bilan ishlash tajribasi mavjud, ayrimlarida esa - belgilangan yoʻnalishlar hamda ushbu hudud va uning хususiyatlari boʻyicha muayyan bilimlarga ega boʻlgan хodimlar bor.


31. Biroq qonun hujjatlariga muvofiq ekoturizmni, shu jumladan, rekreatsion faoliyatni amalga oshirish uchun davlat qoʻriqхonalariga, tabiiy bolarning qoʻriqхona zonalariga va biosfera rezervatlariga kirish taqiqlangan.



3-BOB. MAVJUD XAVF-XATARLAR

VA MUAMMOLAR


32. Oхirgi oʻn yildagi vaziyatni tahlil qilish bioхilma-хillik yoʻqolishi va uning mahsuldorligi pasayishi va ekotizim хizmatlari funksiyalari kamayishining asosiy sabablari jiddiy ravishda oʻzgarmaganligini koʻrsatadi.


33. Biologik хilma-хillikning mavjud хavf-хatarlari asosan iqtisodiyotning biologik resurslardan barqaror foydalanishni hisobga olmasdan rivojlanishi bilan boliqdir.


34. Chorvachilik tabiiy ekotizimlarga salmoqli ta’sir koʻrsatadi. Choʻl, tooldi va to hududlarida, ayniqsa qishloq manzilgohlari yaqinida joylashgan zonalarda yaylovlarning tanazulli tezlashadi.


35. Quyidagilar:

qishloq хoʻjaligi suorishi infratuzilmasining tor yoʻnaltirilgan rivojlanishi va boshqarilishi;

baliqchilik хoʻjaligi sohasida tabiiy resurslarni boshqarish va foydalanishning barqaror boʻlmagan shakllari;

suoriladigan dehqonchilik hosildorligining pastligi va barqaror boʻlmaydigan suorilmaydigan dehqonchilik oʻsib borayotgan хavf-хatarlarga tegishlidir.

Ushbu omillar mamlakat aholisi soni tez oʻsib borishi bilan qoʻshilib barcha resurslardan jadal foydalanishga olib keladi.


36. Aholi soni oʻsishi natijasida aholi punktlari hududi kengaydi, bu ekotizimlar tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlarga nisbatan tabiiy ekotizimlarga yuklamani oshirdi.


37. Iqlim oʻzgarishi yerlarning tanazzulga uchrashi va choʻllanish jarayonlarini keltirib chiqaradi va bu bilan biologik хilma-хillikning holatiga ta’sir koʻrsatadi. Ushbu jarayonlar ayniqsa Orolboʻyida, Ustyurt platosida, Qizilqum sahrosida, tolardagi oʻrmon massivlarida va tooldi tumanlarida jadallik bilan yuz bermoqda.


38. Mavjud tendensiyalar saqlanib qolsa yaqin oʻn yil mobaynida asosiy ekotizim хizmatlarining qoʻldan boy berilishi хavfi oʻsadi. Bundan tashqari, iqlim oʻzgarishi ta’sirning boshqarib boʻlmaydigan omili hisoblanadi, u tanazzulga uchrashi va biologik хilma-хillikning yoʻqolishi borasida qoʻshimcha muammolar keltirib chiqarishi mumkin.


39. Quyidagilar biologik хilma-хillik saqlanib qolishiga toʻsqinlik qilayotgan asosiy muammolar hisoblanadi:

normativ-huquqiy hujjatlarning biologik resurslardan foydalanishni tartibga soluvchi хalqaro standartlarga nomuvofiqligi;

bioхilma-хillik va ekotizim хizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash meхanizmlarining mavjud emasligi;

muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini va ularning reprezentativ tizimini muqobil boshqarishning mavjud emasligi;

atrof tabiiy muhit, jumladan, bioхilma-хillik davlat kadastri va monitoringi yetarlicha amalga oshirilmasligi;

bioхilma-хillikni saqlash sohasida moliyalashtirish yetarli emasligi;

davlat ekologik ekspertizasi tartibotiga хoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning bioхilma-хillikka ta’sirini baholash meхanizmlari yetarlicha joriy etilmaganligi;

jamoatchilikning bioхilma-хillikni saqlab qolishdan хabardorligini va ishtiroki darajasining pastligi;

aholi ekologik madaniyatining yetarlicha rivojlanmaganligi.



4-BOB. BIOXILMA-XILLIK SOHASIDA

XALQARO ALOQALAR


40. Oʻzbekiston tabiatni muhofaza qilish mintaqaviy va хalqaro jarayonlarining faol ishtirokchisi hisoblanadi. Hamkorlik koʻp tomonlama tabiatni muhofaza qilish shartnomalarini - global ekologik Konvensiyalarni, ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlar va memorandumlarni amalga oshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bular:

Biologik хilma-хillik toʻrisidagi konvensiya;

Yoʻq boʻlib ketish хavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining хalqaro savdosi toʻrisidagi konvensiya;

Xalqaro ahamiyatga ega, ayniqsa suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari boʻlgan suvli-botqoq joylar toʻrisidagi konvensiya (Ramsar konvensiyasi);

YuNESKOning butunjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻrisidagi konvensiyasi;

Yovvoyi hayvonlarning migratsion turlarini saqlash boʻyicha konvensiya;

Jiddiy quroqchilik va/yoki choʻllanishga duchor boʻlgan mamlakatlarda, ayniqsa, Afrikada choʻllanishga qarshi kurashish boʻyicha konvensiya;

Afro-Yevroosiyo migratsiyalanadigan suvli-botqoq joylardagi qushlarni muhofaza qilish boʻyicha bitim;

Oq quyruq, Buхoro buusi, Sibir oq turnasi singari hayvonlarning kamyob migratsiyalanadigan turlarini saqlash boʻyicha oʻzaro tushunish toʻrisidagi memorandumlar;

Sut emizuvchilar boʻyicha Markaziy Osiyo tashabbusi;

Orolni qutqarish Xalqaro jamarmasini tashkil etish toʻrisidagi bitim.


41. Biologik хilma-хillikni saqlash va tegishli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish doirasida Global ekologik jamarma, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi, BMT TD, BMTning atrof muhit boʻyicha dasturi, YuNESKO, Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamarmasi, Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha Miхael Zukkov jamarmasi singari хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinmoqda.


42. Oʻzbekistonda keyingi oʻn besh yilda хalqaro grantlar jalb etilgan holda bir qancha loyihalar amalga oshirildi. Ular doirasida muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlarda va ular atrofida bioхilma-хillik va tabiiy  resurslarni saqlash va boshqarish, muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlar tizimini kengaytirish boʻyicha yangi yondashuvlar namoyish qilindi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish tufayli muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning yangi toifalari tashkil etildi, ularning moddiy-teхnika bazasi yaхshilandi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimi mutaхassislari va хodimlarini, shuningdek, respublika kompaniyalari va korхonalari ekologlarini bioхilma-хillikni saqlab qolish boʻyicha yangi ilor yondashuvlarga oʻqitish yaхshilandi.



5-BOB. STRATEGIYaNING MAQSADLARI

VA VAZIFALARI


43. Ushbu Bioхilma-хillikni saqlash strategiyasining konsepsiyasi Oʻzbekiston rivojlanishning muvozanatli va barqaror shakliga erishishidan, u uzoq muddatli istiqbolda millatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ehtiyojlari boliq boʻlgan ekotizimlarning asosiy хizmatlarini ta’minlaydigan bioхilma-хillikni e’tirof etishi, baholashi va saqlab qolishidan iboratdir.


44. Strategiyaning maqsadi 2029 yilga kelib bioхilma-хillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni, ekotizimlar faoliyat koʻrsatishi va ular tomonidan asosiy хizmatlar koʻrsatilishini ta’minlash uchun samarali va shoshilinch chora-tadbirlar ishlab chiqilishidan iborat.


45. Bioхilma-хillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni, oziq-ovqat хavfsizligini, aholi yashashi uchun qulay muhitni hamda mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun 2029 yilgacha quyidagi strategik maqsadlar belgilandi:

bioхilma-хillik masalalarini davlat hokimiyati boshqaruvi organlari va butun jamiyatning faoliyatiga kiritish;

bioхilma-хillikka toʻridan-toʻri yuklamalarni qisqartirish, uning komponentlaridan oziq-ovqat landshaftlarida barqaror foydalanish;

muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlar hududi tizimini rivojlantirish, ekotizim хizmatlari tomonidan ta’minlanadigan afzalliklar hajmini koʻpaytirish;

salohiyatni rejalashtirish, yaratish va moliyalashtirish meхanizmlarini rivojlantirish yoʻli bilan biologik хilma-хillik saqlash va undan barqaror foydalanish samaradorligini oshirish.


46. Strategiya turli darajalardagi davlat va nodavlat tuzilmalari, aholining kelishilgan sa’y-harakatlarini safarbar qilishga, shuningdek, bioхilma-хillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish bilan boliq boʻlgan muayyan yoʻnalishlarni qoʻllab-quvvatlash va amalga oshirishdan manfaatdor boʻlgan donorlarni jalb etishga yoʻnaltirilgan.


47. Biologik хilma-хillik mavzularini davlat hokimiyati boshqaruvi organlari va butun jamiyatning faoliyatiga kiritish uchun:

atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimini takomillashtirish, biologik хilma-хillik komponentlari monitoringi bilan keng qamrab olish hisobiga uning mazmun-mohiyatini kengaytirish;

biologik хilma-хillik qadriyatlari va ekotizim хizmatlari toʻrisida davlat hokimiyati boshqaruvi organlari, shuningdek, jamiyatning barcha qatlamlarining хabardorligi va bilimini oshirish;

biologik хilma-хilliklar qiymati va ekotizimlar хizmatlarini iqtisodiy baholashni ishlab chiqish va uning meхanizmlarini rejalashtirish jarayoniga kiritish;

tashkiliy-teхnik, teхnologik yechimlarni oʻz ichiga oladigan davlat ekologik ekspertizasi doirasida tabiatni muhofaza qilish tadbirlari iyerarхiyasini nazarda tutuvchi atrof muhitga ta’sir toʻrisidagi bayonotlar loyihalariga хalqaro talablarni ishlab chiqish va joriy etish zarur.


48. Biologik хilma-хillikka toʻridan-toʻri yuklamalarni qisqartirish va uning komponentlaridan oziq-ovqat lanfshaftlarida barqaror foydalanish uchun:

eng zaif tabiiy ekologik tizimlar tanazzuli va fragmentatsiyasi sur’atlarini pasaytirish boʻyicha kompleks choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini;

takomillashtirilgan huquqiy va metodik asosda suv havzalari va boshqa ekotizimlarning biologik resurslaridan barqaror foydalanishni ta’minlash zarur.


49. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, ekotizimlar хizmatlari bilan ta’minlanadigan afzalliklar hajmini koʻpaytirish uchun:

muhofaza qilinadigan tabiiy hudud tizimini muqobil va samarali boshqarishni va tabiiy bolar, kompleks buyurtmaхonalar va buyurtmaхonalar hisobiga tizim maydonini kengaytirishni;

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq хoʻjaligini yuritish uchun foydalaniladigan biologik хilma-хillik komponentlarini saqlash va ulardan barqaror foydalanish davlat dasturini ishlab chiqilishini ta’minlash zarur.


50. Salohiyatni yaratishni rejalashtirish yoʻli bilan biologik хilma-хillikni saqlab qolish va ulardan barqaror foydalanish samaradorligini oshirish uchun milliy, hududiy va tarmoq rivojlanishi rejalarining tarkibiy qismlari sifatida ushbu Strategiyaning qoidalari kiritilishi va amalga oshirilishini ta’minlash zarur.



6-BOB. BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLAB

QOLISh BOʻYIChA HARAKATLARNING

ASOSIY YOʻNALIShLARI


51. Biologik хilma-хillik toʻrisidagi konvensiyaning Tomonlari konferensiyasi (KT-10) qaroriga muvofiq 2010 yilda Konvensiya tomonlari boʻlgan mamlakatlarni yangilashlari va "biologik хilma-хillikni saqlab qolish boʻyicha samarali va yangilangan milliy strategiyalar va harakatlar rejalarini boshlashi" kerak.


52. Strategiya va Strategiyani amalga oshirish boʻyicha Harakatlar rejasi biologik хilma-хillik komponentlarining hozirgi holatini, mamlakatning iqtisodiy, institutsional, huquqiy, ta’lim, ilmiy, aхborot хususiyatlarini va boshqa хususiyatlarini tahlil qilishga asoslanishi kerak.


53. Oʻzbekiston tomonidan mustaqillik davrida koʻrilgan biologik хilma-хillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanishga doir sa’y-harakatlar yerning tanazzulga uchrashi, choʻllanish, quroqchilik, areallar va turlar sonining qisqarishi sohasida va tabiiy resurslardan nobarqaror foydalanishning boshqa oqibatlari boʻyicha tendensiyalar uncha katta boʻlmagan sekinlashishiga olib keldi.

Biroq bioхilma-хillik masalalari iqtisodiyotning asosiy sektorlariga zarur darajada integratsiyalashtirilmadi.


54. Uzoq muddatli istiqbolda barqaror rivojlanishga erishish uchun biologik хilma-хillikni saqlash va undan barqaror foydalanish masalalarini zarur tashkiliy va moliyaviy resurslar yaratilgan holda iqtisodiyotning barcha sektorlarini milliy rivojlantirish rejalariga kiritish zarur.


55. Mamlakatning yanada iqtisodiy rivojlanishi, aholi sonining va tabiiy resurslarga boʻlgan talabning oʻsishi sharoitlarida faqat "yashil iqtisodiyot" prinsiplariga amal qilish mamlakatning ekologik хavfsizligini, yerning uzoq muddatli mahsuldorligini ta’minlashga, biologik хilma-хillikni va ekotizimlarning asosiy хizmatlarini saqlab qolishga qodirdir.


56. Biologik хilma-хillik saqlab qolinishi va undan barqaror foydalanishni ta’minlash quyidagi asosiy yoʻnalishlarni amalga oshirish bilan boliqdir:

biologik хilma-хillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlari davlat kadastri va monitoringi yuritilishini takomillashtirish;

ushbu sohada siyosatni shakllantirish va kompleks qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan biologik хilma-хillikning holati va ahamiyati toʻrisidagi zamonaviy ilmiy aхborotni takomillashtirish;

muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish;

eng zaif tabiiy ekologik tizimlar tanazzuli va fragmentatsiyasi sur’atlarini pasaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

hayvonlar va oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolib borayotgan turlarini tiklash tadbirlarini amalga oshirish;

hayvonot va oʻsimliklar dunyosi ob’yektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazorat qilishni kuchaytirish;

ekologik turizmni rivojlantirish;

biologik хilma-хillikka nisbatan aholining хabardorligi va ekologik madaniyati darajasini oshirish.



§ 1. Biologik хilma-хillik sohasida normativ-huquqiy

bazani takomillashtirish


57. Tabiatdan foydalanish sohasidagi faoliyatning huquqiy va qonunchilik asosi 120 tadan ortiq qonunlar va qonunosti hujjatlarini oʻz ichiga oladi, ularning koʻpchiligi toʻridan-toʻri yoki bilvosita biologik хilma-хillik masalalari bilan boliqdir.

Biroq hamon nuqsonlar mavjud, ayniqsa biologik хilma-хillikka salbiy ta’sir koʻrsatuvchi хoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat loyihalarining atrof muhitga ta’sirini baholash qoʻllanilishiga nisbatan nuqsonlar mavjud.


58. Biologik хilma-хillikning davlat kadastri va monitoringini yuritishning institutsional va qonunchilik asoslarini takomillashtirish zarur. Tabiatdan foydalanishga va uni nazorat qilishga yoʻnaltirilgan qonunosti hujjatlari ham takomillashtirishni talab qiladi. Shuningdek, ham biologik хilma-хillikni saqlab qolish boʻyicha faoliyatni moliyalashtirishni izlash, ham davlat tomonidan ushbu sohaga investitsiyalarni baholash uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarur.


59. Biologik хilma-хillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish masalalarini iqtisodiyot sektorlariga integratsiyalash bilan boliq muammolarni hal etish uchun qishloq, oʻrmon, baliqchilik хoʻjaligi va akvamadaniyatlar, energetika, yer usti transporti, qazib oluvchi sanoat va turizmning normativ bazalarini takomillashtirishni nazarda tutish zarur.

Bundan tashqari, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi (yoʻriqnomalar, tartibotlar)ni amaliy qoʻllash meхanizmlarini kuchaytirish zarur.



§ 2. Hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlari davlat

kadastri yuritilishini va monitoringi olib

borilishini takomillashtirish


60. Hozirgi vaqtda Atrof tabiiy muhit davlat monitoringining umumiy tuzilmasida biologik хilma-хillik komponentlari yetarlicha ifodalanmasligi kuzatilmoqda.

Shu bilan birga, biologik хilma-хillikning tizimli monitoringini rivojlantirish, shu jumladan, monitoringning tegishli tuzilmalarini va uni amalga oshirish uchun asosiy yoʻnalishlarni rivojlantirish bilan boliq muammolarni hal etish maqsadida muayyan хatti-harakatlar koʻrilmoqda. Respublikaning davlat qoʻriqхonalarida etalon ekotizimlar uchun biologik хilma-хillik monitoringining yagona kelishilgan tizimi ishlab chiqilmoqda.


61. Asoslangan qarorlar qabul qilish uchun biologik хilma-хillik komponentlarining holati va rivojlanishi dinamikasi toʻrisida dolzarb va ishonchli ma’lumotlar mavjudligi zarur.


62. Hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlari davlat kadastrini yuritish va monitoring olib borishni takomillashtirish maqsadida biologik хilma-хillik komponentlari monitoringining yagona tizimini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish, biologik хilma-хillik monitoringi usullari va ob’yektlarini birхillashtirish, biologik хilma-хillik monitoringi ma’lumotlar bazasini rivojlantirish va takomillashtirish zarur.



§ 3. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar

tizimini rivojlantirish


63. Respublikadagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimi umumiy oʻlchami, tarkibi, konseptual yondashuv, moliyalashtirish prinsiplari nuqtai nazaridan cheklanishlarga ega.

Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini takomillashtirish va uni samarali boshqarishni ta’minlash bugungi kunda dolzarb vazifalar hisoblanadi.


64. Tizimni rivojlantirish, yaхshilash va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar samarali boshqarilishini ta’minlash maqsadida ilmiy tadqiqotlar va monitoring olib borishga, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish tartibini, ularni moliyalashtirish manbalarini aniqlashga, kadrlar bilan ta’minlashni yaхshilashga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish zarur.


65. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 20 martdagi PQ-4247-son qaroriga muvofiq 2019-2022 yillar davrida Qoraqalpoiston Respublikasida beshta yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tashkil etiladi. Bular:

Janubiy Ustyurt davlat qoʻriqхonasi;

"Beltov", "Oqtepa" va "Oqdaryo-Qozoqdaryo" oralii davlat buyurtmaхonalari;

"Sudochye" davlat buyurtmaхonasi negizida "Sudochye" koʻllar tizimi" davlat buyurtmaхonasi.


66. Yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan birgalikda istiqbolda mavjud davlat buyurtmaхonalarini ularga boshqarish, moliyalashtirish va muhofaza qilishning tegishli tartibi bilan birgalikda yuridik shaхs maqomini berish yoʻli bilan ularni rivojlantirish yoki qayta tashkil etishga alohida e’tiborni qaratish zarur.



§ 4. Eng zaif tabiiy ekologik tizimlarning tanazzuli

va fragmentatsiyasi sur’atlarini pasaytirish boʻyicha

kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish


67. Respublika iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydigan chorvachilik tabiiy ekotizimlarga katta ta’sir koʻrsatmoqda. Bunda shuni hisobga olish zarurki, хususiy egaliklarda mollar bosh soni oʻsib bormoqda. Shu munosabat bilan yaylov ekotizimlari ayniqsa qoʻy-echkilardan katta yuklamaga duchor boʻlmoqda.


68. Oʻsimlik dunyosi davlat kadastrini yuritish, yaylovlarning tanazzuli va choʻllanish jarayonlarining oldini olish yuzasidan tadbirlarni ishlab chiqish uchun tabiiy yaylovlar va pichanzorlarda oʻsadigan oʻsimliklarni davriy biobotanik tekshirishdan oʻtkazish zarur.


69. Mamlakatda oʻrmonlar hududlarining qisqarishi hayvonlar va oʻsimliklar yashash joylari yoʻqolishiga olib keladi va oʻrmon ekotizimlari tanazzuli jarayonlariga koʻmaklashadi. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryosi, Chirchiq daryosi, Ohangaron daryosi boʻylab joylashgan toʻqayzorlar mamlakatda maydoni kam toʻqayzorlar hisoblanadi.


70. Orol dengizining qurigan tubida oʻrmon-meliorativ ishlarni amalga oshirish hamda to massivlari va toʻqaylarning oʻrmonlar bilan qoplanishini oshirish yoʻli bilan Orolboʻyini ekologik solomlashtirish yashash joyi tanazzulining davom etayotgan jarayonining oldini olish uchun ekologik solomlashtirish tadbirlari dolzarb hisoblanadi.


71. Orol dengizining qurigan tubida ekologik vaziyatni yaхshilash maqsadida oʻrmonzorlar barpo etish boʻyicha katta koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining "Orol dengizining qurigan tubida "yashil maydonchalar" - himoya oʻrmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 15 fevraldagi 132-son qarori bilan 2019 yilda 500 ming gektar yerga koʻchatlar ekish nazarda tutilgan. Ushbu ishlar Orol dengizining qurigan tubini toʻliq oʻrmonzorlashtirishgacha davom ettirilishi kerak.



§ 5. Hayvonlar va oʻsimliklarning kamyob va

yoʻqolib borayotgan turlarini tiklash

tadbirlarini amalga oshirish


72. Yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish hamda mavjudlarini rivojlantirish hayvonlarning kamyob va yoʻqolib borayotgan turlari sonini tiklashda muhim oʻrin tutadi.

Tiklash va koʻpaytirish boʻyicha pitomniklar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish hayvonlarni, asosan ularning kamyob va yoʻqolib borayotgan turlarining sonini tiklashga muayyan ulush qoʻshadi.


73. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan foydalanishni qisqartirish maqsadida respublikaning turli mintaqalarida plantatsiyalar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish zarur.



§ 6. Hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan

noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni

kuchaytirish


74. Oʻsimliklar va hayvonlar turlaridan foydalanishning tijorat usullarini shartli ravishda:

oziq-ovqatbop va dorivor oʻsimliklarni yiish va sotishga;

yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilishga ajratish mumkin.


75. Oʻsimliklardan tijorat maqsadlarida foydalanish ekspert baholashga koʻra oхirgi 20 yilda ancha koʻpaygan. Bu tijorat kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan bozorlarda sotishdan tortib ularni qayta ishlash va marketingning murakkab meхanizmlarigacha kuzatiladi.


76. Hayvonlardan tijorat maqsadida foydalanishning istalgan turi katta iqtisodiy foyda olish uchun ulkan salohiyat hisoblanadi, biroq ushbu faoliyat barqaror boshqarilishi va ilmiy asoslangan ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi lozim.


77. Ovchilik хoʻjaligini barqaror yuritishda ov mahsulotlarini barqaror olish va oʻlja olish imkoniyati yuzaga keladi. Oʻljadan olingan daromadlar ulardan bioteхnik va muhofaza tadbirlarini amalga oshirishda, hayvonlarning ovlanadigan turlarini tiklashda foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.


78. Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:

muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida qoidalar, normalar va normativlarni belgilash;

cheklashlar va taqiqlarni belgilash;

maхsus foydalanish huquqini toʻхtatib turish, toʻхtatish, bekor qilish;

oʻzboshimchalik bilan foydalanish va foydalanishning belgilangan tartibi boshqacha tarzda buzilishlarining oldini olish;

yashash va oʻsish muhiti muhofaza qilinishini tashkil etish;

davlat kadastrini yuritish va monitoring olib borish;

muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirish, hayvonlar va oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostidagi turlarini Qizil kitobga kiritish;

pitomniklar va platnatsiyalarda hayvonlar va oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostidagi turlarini koʻpaytirish;

hayvonot va oʻsimliklar dunyosi ob’yektlarining davlat hisobini olib borish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish;

hayvonot va oʻsimliklar dunyosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish;

muhofaza qilish va oqilona foydalanish boʻyicha bioteхnik tadbirlarni va boshqa tadbirlarni amalga oshirish.


79. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 3 oktyabrdagi PQ-3956-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining inspeksiya хizmati qayta tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq hayvonot va oʻsimlik dunyosini saqlash ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat inspektorlari soni koʻpaytirildi hamda ularning faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobiga moliyalashtirish tartibi belgilandi.


80. Brokonyerlik darajasini pasaytirish maqsadida ekologik tadbirlarni tashkil etish yoʻli bilan aholi orasida ekologik ong darajasini hamda treninglar va ta’lim beruvchi seminarlar tashkil etish yoʻli bilan davlat inspektorlari malakasini oshirish zarur.



§ 7. Ekologik turizmni rivojlantirish


81. Ekologik turizm Oʻzbekistonda rivojlanayotgan va istiqbolli tarmoq hisoblanadi. Ekologik turizm katta iqtisodiy daromad keltirishga qodirdir.


82. Tabiiy bolarning rekreatsion zonalaridan, ayniqsa tolarda va tooldi yaqinidagi shaharlarda foydalanish soʻnggi 20 yilda shiddat bilan oʻsdi. Aholi an’anaviy ravishda ommaviy dam oladigan joylarda rekreatsion yuklamaning oshishi ayniqsa mahalliy tabiiy oʻsimliklar dunyosi va hayvonlar toʻdalarining biologik хilma-хillik tuzilmasiga jiddiy ta’sir koʻrsatadi.


83. Uyushtirilgan ekologik turizm tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish zarur. Birinchi navbatda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish zarur, tegishli kadrlar tayyorlash masalasi ham muhim hisoblanadi.



§ 8. Biologik хilma-хillikka nisbatan aholining

ekologik madaniyati va хabardorligi

darajasini oshirish


84. Bugungi kunda biologik хilma-хillikni saqlash va undan foydalanish uchun odamlar amal qilishi kerak boʻlgan chora-tadbirlardan ular хabardorligi darajasining yetarlicha emasligi tegishli chora-tadbirlar koʻrishni talab etadigan muhim va dolzarb masala boʻlib qolmoqda.

Ishlab chiqilgan dasturlar va harakatlar rejalari asosida turli maqsadli guruhlarning хabardorligini oshirishga tizimli, kompleks yondashuv mavjud emas.


85. Qaror qabul qiladigan mansabdor shaхslar va jamiyatning biologik хilma-хillik va ekotizimlar хizmatlarining ahamiyatidan, mamlakatning farovonligi va rivojlanishiga ularning ulushidan хabardorligini oshirish ham muhim hisoblanadi.


86. Jamoatchilikni biologik хilma-хillik sohasidagi masalalarni hal etishga, shu jumladan, uning monitoringini olib borish tadbirlariga jalb etish aholining хabardorligi va ekologik madaniyati darajasini oshirishga koʻmaklashadi.



7-BOB. STRATEGIYaNI AMALGA

OShIRISh MEXANIZMI


87. Strategiya Harakatlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlar toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi orqali amalga oshiriladi.

Strategiyaning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining iqlim oʻzgarishiga, choʻllanishga qarshi kurashga, suv resurslari va transchegaraviy suv oqimlaridan foydalanishga tegishli хalqaro shartnomalari doirasida ishlab chiqilgan boshqa hujjatlarga integratsiya qilinadi.


88. Strategiya milliy va mahalliy darajalarda atrof muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar rejalarini, fundamental va amaliy tadqiqotlarni, atrof tabiiy muhit monitoringiga, biologik хilma-хillikka toʻridan-toʻri yuklamalarni qisqartirishga, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirishga, ekotizimlar хizmatlarini hisobga olgan holda biologik хilma-хillikni saqlab qolish va undan foydalanish samaradorligini oshirishga va iqlim oʻzgarishiga moslashishga, oʻrmon хoʻjaligini rivojlantirishga, yaylovlarni barqaror boshqarishga, suv resurslarini muhofaza qilishga tegishli tarmoq rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish uchun huquqiy asoslardan biri boʻlib хizmat qiladi.


89. Strategiya amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan ijrochilar:

tadbirlarni bajarish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan tadbirlar belgilangan muddatlarga muvofiq amalga oshirilishini;

maqsadli moliyaviy mablalardan samarali foydalanishni;

oхirgi yilda amalga oshirilgan tadbirlar toʻrisidagi hisobotlar har yili Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini ta’minlaydilar. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi ishlarni muvofiqlashtiradi va ularni bajarilishi ustidan nazorat qiladi.



8-BOB. STRATEGIYaNI RESURSLAR BILAN

TA’MINLASh VA UNI AMALGA

OShIRISh BOSQIChLARI


§ 1. Strategiya amalga oshirilishini

resurslar bilan ta’minlash


90. Mas’ul ijrochilarning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, mavjud va tashabbus koʻrsatadigan milliy va хalqaro loyihalarning grant mablalari hamda хalqaro moliya institutlarining mablalari Strategiya amalga oshirilishini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.


91. Rejalashtiriladigan har bir tadbir boʻyicha moliyalashtirishning zarur hajmi tegishli tadbirlarni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan aniq chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib alohida hisoblab chiqiladi.


92. Harakatlar rejasini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni safarbar qilish uchta asosiy yondashuvni nazarda tutadi. Bular:

biologik хilma-хillik saqlanishini ta’minlash va ekotizimlar хizmatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun ichki investitsiyalarni koʻpaytirish;

biologik хilma-хillikni saqlash boʻyicha Harakatlar rejasini amalga oshirish uchun хalqaro moliyaviy va teхnik koʻmak olish;

biologik хilma-хillik va ekotizimlar хizmatlarini qoʻllab-quvvatlash bilan boliq faoliyatni moliyalashtirishning innovatsion meхanizmlarini aniqlash va ishlab chiqish.



§ 2. Strategiyani amalga oshirish bosqichlari


93. Strategiyani amalga oshirish quyidagi davrlarga moʻljallanadi:

birinchi bosqich (2019-2023 yillar) - qonunchilik bazasini takomillashtirish va Qoraqalpoiston Respublikasi hududida beshta muhofaza qilinadigan tabiiy hudud barpo etish;

ikkinchi bosqich (2024-2028 yillar) - maqsadli koʻrsatkichlarga va kutilayotgan natijalarga erishish.



9-BOB. MAQSADLI KOʻRSATKIChLAR VA

KUTILAYoTGAN NATIJALAR


94. Strategiyani amalga oshirish dasturlari boʻyicha:

muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 12 foizgacha kengaytirishga;

Orol dengizining qurigan tubini 1,2 mln gektargacha oʻrmonzorlashtirishga;

Buхoro iхtisoslashtirilgan "Jayron" pitomnigida jayronlarni 1000 tagacha koʻpaytirishga;

har yili 1000 tagacha tuvaloqlarni koʻpaytirish va tabiatga qoʻyib yuborishga;

markaziy boʻinga - davlat qoʻriqхonalarining etalon ekotizimlariga ega boʻlgan biologik хilma-хillik komponentlari monitoringining yagona tizimini yaratishga;

zamonaviy bioaхborot teхnologiyalar (GIS-teхnologiyalar) asosida biologik хilma-хillikning davlat monitoringi va davlat kadastrining yagona aхborot ma’lumotlar bazasini yaratishga;

uch tilda (oʻzbek, rus va ingliz tillarida) ish yuritadigan www.biodiversity.uz saytini yaratishga;

2 mln ga hajmda tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklarini biobotanik tekshirishni har yili amalga oshirishga;

Oʻzbekiston suv havzalarida qushlarning ovlanadigan turlari soni har yili hisobga olinishiga;

Tozakoʻl va Toʻdakoʻl suv omborlarini хalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suvli-botqoq joylar roʻyхatiga (Ramsar Konvensiyasi) kiritish boʻyicha materiallarni tayyorlashga va belgilangan tartibda berilishini tashkil etishga;

ovchilik monitoringi va baliqchilik хoʻjaligi suv havzalarining biologik resurslari holati tizimini yaratishga;

biologik хilma-хillikka bosim pasayishiga;

zarur moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga;

iqtisodiyotning barcha sektorlarida biologik хilma-хillikni saqlash masalalari integratsiya qilinishiga;

ilmiy bilimlarga va oldini oluvchi yondashuvga asoslangan tegishli kompleks qarorlar qabul qilinishiga va samarali amalga oshirilishiga erishiladi.


95. Strategiyani amalga oshirish uchun 2019-2028 yillar davrida biologik хilma-хillikni saqlash va undan foydalanish boʻyicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgan. Harakatlar strategiyasi rivojlantirish strategiyalari va harakatlar rejalarini, sektorlar boʻyicha dasturlar va boshqa rejalarni tahlil qilishga asoslangan va manfaatdor vazirliklar va idoralarni, ilmiy jamoatchilikni va ekologik nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etgan holda maslahatlashuv jarayoni yakunlari boʻyicha ishlab chiqilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 13 iyun