Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.06.2019 y. 503-son "Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.06.2019 y.

N 503



MAHSULOT TAQSIMOTI TOʻRISIDAGI

BITIMLARNI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi amaldagi bitimlar samarali amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, ularni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan toʻlaqonli bajarilishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 1 fevraldagi PQ-4142-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va "Oʻzbekneftgaz" AJning quyidagi amalga oshirilayotgan mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlar (keyingi oʻrinlarda Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlar deb ataladi) boʻyicha funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

"Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi bilan "Zarubejneftegaz" yopiq aksiyadorlik jamiyati va "Gas Project Development Central Asia AG" kompaniyasidan iborat tarkibdagi investorlar konsorsiumi oʻrtasida 2004 yil 14 apreldagi "Shaхpaхti" konini oʻzlashtirishni davom ettirish boʻyicha Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi bilan "Lukoyl" neft kompaniyasi" ochiq aksiyadorlik jamiyati va "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasidan iborat tarkibdagi investorlar konsorsiumi oʻrtasida 2004 yil 16 iyundagi Kandim konlar guruhi uchastkasiga, Xauzak va Shodi uchastkalariga, shuningdek, Qoʻnirot uchastkasiga nisbatan Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi bilan "Soyuzneftegaz Vostok Limited" kompaniyasi oʻrtasida 2007 yil 23 yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi bilan "Gas Project Development Central Asia AG", "Altmax Nolding Ltd"dan iborat tarkibdagi investorlar konsorsiumi oʻrtasida 2007 yil 5 apreldagi Surхondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksi qurilgan holda "Mustaqillikning 25 yilligi koni"da dastlabki qidiruv va konni qazish ishlarini olib borish bilan birga "Oʻzbekiston mustaqilligi" investitsiya blokiga nisbatan Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi bilan "Gazprom EP Interneshnl B.V." kompaniyasi oʻrtasida 2018 yil 18 oktyabrdagi Jel koniga nisbatan Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitim.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi - amalga oshiriladigan Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlar doirasida vakolatli organ:

Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlarning tomoni sifatida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari ifodalanishi va himoya qilinishini;

Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilishi uchun mas’ul boʻlgan davlat boshqaruvi respublika organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati muvofiqlashtirilishini;

Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan tartibda investorlar tomonidan majburiyatlar va ishlarni bajarish jadvallari ijro etilishi ustidan nazorat qilinishini;

Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlar shartlariga muvofiq Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining Yoqili-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Adliya vazirligi vakillaridan iborat boʻlgan Oʻzbekiston tomonidan Boshqaruvchi qoʻmitaning shaхsiy tarkibi belgilanishini;

bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzurida Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish boʻyicha amaldagi guruhlarni birlashtirish, ularning huquqlari va majburiyatlarini, mol-mulki va pul mablalarini Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish boʻyicha yangidan tashkil etilayotgan guruhga berish yoʻli bilan yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan muassasa shaklida Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish boʻyicha guruh tashkil etilishini ta’minlasin.


3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish boʻyicha guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlar doirasida ishlarni amalga oshirish uchun konlarni qazish dasturlari, yillik ish dasturlari va byudjetlar ekspert baholanishini tashkil etish;

Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlar, konlarni qazish dasturlari, yillik ish dasturlari va byudjetlar amalga oshirilishi, shu jumladan, ularni bajarishning belgilangan muddatlari va hajmlariga rioya qilinishi ustidan doimiy monitoring olib borish;

Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan tartibda investorlarning faoliyati tekshirilishini tashkil etish;

Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlar doirasida investor tomonidan ochiladigan qoʻshma hisob raqamlari boʻyicha pul mablalari harakati ustidan nazorat qilish;

Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlar doirasida tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni хarid qilishga oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) natijalarini kelishish boʻyicha takliflar tayyorlash va vakolatli organga kiritish;

Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan shartlarda ishlab chiqarilgan mahsulotni хarid qilishning ustunlik huquqidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi toʻrisida vakolatli organga takliflar kiritish;

Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlarga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ikki oy muddatda investorlar bilan muzokaralar olib borsin va ularning natijalari boʻyicha Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi tegishli Bitimga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar kiritsin.

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tegishli Mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlarga qoʻshimcha bitimni imzolash vakolati berilsin.


7. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S.Sultanov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqili-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 18 iyun