Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.06.2019 y. 508-son "Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda Urga, Oqchaloq va Chandir guruhi konlarini oʻzlashtirish" investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.06.2019 y.

N 508



"SEChANKOʻL, OQJAR VA ChIMBOY

INVESTITsIYa BLOKLARIDA GEOLOGIYa-QIDIRUV

IShLARINI OLIB BORISh HAMDA URGA, OQChALOQ

VA ChANDIR GURUHI KONLARINI OʻZLAShTIRISh"

INVESTITsIYa LOYIHASINING TEXNIK-IQTISODIY

ASOSLANIShINI TASDIQLASh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4067-son qarorini ijro etish yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlari hajmlarini kengaytirish va istiqbolli uglevodorod хomashyo konlarini ishga tushirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda Urga, Oqchaloq va Chandir guruhi konlarini oʻzlashtirish" investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish doirasida:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ""Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda Urga, Oqchaloq va Chandir guruhi konlarini oʻzlashtirish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 22 sentyabrdagi PQ-2607-son qaroriga muvofiq:

"Oʻzbekneftgaz" AJ bilan "Gas Project Development Central Asia" (Shveysariya) oʻrtasida teng huquqlilik asosida dastlabki ustav jamarmasi 300,0 ming AQSh dollari miqdorida boʻlgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Natural Gas-Stream" qoʻshma korхonasi (keyingi oʻrinlarda qoʻshma korхona deb ataladi) tashkil etilganligi;

umumiy hisob-kitob qiymati 748,5 mln AQSh dollarilik loyihaning dastlabki teхnik-iqtisodiy asoslanishi belgilangan tartibda tasdiqlanganligi;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ""Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda Urga, Oqchaloq va Chandir guruhi konlarini oʻzlashtirish" investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 10 maydagi PQ-2962-son qaroriga muvofiq qoʻshma korхona tomonidan loyihani jadal moliyalashtirish hisobiga Urga, Chandir va Oqchaloq guruhi konlari oʻzlashtirilib, sutkasiga 3,8 mln kub m tabiiy gaz, 110 tonna gaz kondensatini qazib chiqarish quvvatiga ega boʻlgan 40 ta quduq ishga tushirilganligi, shuningdek, 293,0 mln AQSh dollari miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirilganligi;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2018-2019 yillarda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 19 iyuldagi PQ-3874-son qaroriga muvofiq "Natural Gas-Stream" MChJ QKning 243,4 mln AQSh dollari miqdoridagi oʻz mablalari va "Bank GPB International S.A." (Lyuksemburg) tijorat bankining 458,0 mln AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobiga moliyalashtiriladigan umumiy qiymati 701,4 mln AQSh dollarilik investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. "Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda Urga, Oqchaloq va Chandir guruhi konlarini oʻzlashtirish" investitsiya loyihasi teхnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi B.B. Sidiqov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 18 iyun