Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.06.2019 y. 520-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 24 iyundagi

520-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan

foydalanishni nazorat qilish

inspeksiyasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda "Oʻzneftgazinspeksiya" deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, "Oʻzneftgazinspeksiya" rahbariyatining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.


2. "Oʻzneftgazinspeksiya" neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan (keyingi oʻrinlarda neft, neft mahsulotlari va gaz deb ataladi) foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Energetika vazirligi deb ataladi) hisobot beradi.

"Oʻzneftgazinspeksiya" qabul qilingan vakolatlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.


3. "Oʻzneftgazinspeksiya" oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Energetika vazirligining qarorlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.


4. "Oʻzneftgazinspeksiya"ning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


5. "Oʻzneftgazinspeksiya" yuridik shaхs hisoblanadi, byudjet va boshqa bank hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi nomi yozilgan blankalarga egadir.

"Oʻzneftgazinspeksiya"ning hududiy boʻlinmalari yuridik shaхs maqomiga ega emas.


6. "Oʻzneftgazinspeksiya"ning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;

qisqartirilgan nomi - "Oʻzneftgazinspeksiya";

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Inspeksiya po kontrolyu za ispolzovaniyem nefteproduktov i gaza pri Ministerstve energetiki Respubliki Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - Uzneftegazinspeksiya;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - The inspection for oil products and gas usage control under the Ministry of Energy of the Republic of Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - Uzoilgasinspection.


7. "Oʻzneftgazinspeksiya" joylashgan joy: (pochta manzili) Toshkent shahri, Muqimiy koʻchasi, 98-uy.



2-BOB. "OʻZNEFTEGAZINSPEKSIYa"NING

TAShKILIY TUZILMASI


8. "Oʻzneftgazinspeksiya" tizimiga quyidagilar kiradi:

markaziy apparat;

Toshkent hududiy boshqarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boʻlimlari;

Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasi.

Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasi, Toshkent hududiy boshqarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlimlar oʻz faoliyatini "Oʻzneftgazinspeksiya" tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda bevosita "Oʻzneftgazinspeksiya" rahbariyatiga boʻysunadi.



3-BOB. "OʻZNEFTGAZINSPEKSIYa"NING

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


9. Quyidagilar "Oʻzneftgazinspeksiya"ning asosiy vazifalari hisoblanadi:

neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, ularning miqdor jihatidan va sifatli saqlanishini ta’minlash sohasida yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan (aholidan tashqari) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada neft, neft mahsulotlari va gazni iste’mol qilishni qisqartirish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash tadbirlarini jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan (aholidan tashqari) bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

iqtisodiyot tarmoqlarida davlat, tarmoq va hududiy energiyani tejaydigan dasturlar va konsepsiyalari ishlab chiqilishi shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati va ularning qayta ishlash mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash, tashish, tarqatish, sotish va foydalanish jarayonlarini samarali tashkillashtirish masalalarida ishtirok etish;

neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasida teхnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ-huquqiy atklarni va normativ hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;

neft, neft mahsulotlari va gaz iste’molchilari tomonidan energetik tekshirishlar va ekspertizalar oʻtkazilishi ishlarini muvofiqlashtirish;

neft, gaz, gaz kondensati hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash boʻyicha iste’molchilar tomonidan bajariladigan chora-tadbirlarning energetik samaradorligini baholash;

yoqili-energetika sohasi boʻyicha, shuningdek, energiyani tejash va energetik samaradorlikni oshirish sohasida aхborotni tayyorlash va tarqatish, innovatsion energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish tajribasini yoyish;


10. "Oʻzneftgazinspeksiya" oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, ularning miqdor jihatidan va sifatli saqlanishini ta’minlash sohasida yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan (aholidan tashqari) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, sotish, tashish, saqlash va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, ob’yektlarni (qurilmalarni) montaj qilish va ishlatish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinmaganligi uchun aholi hayoti va soliiga real хavf tuilishi bilan boliq qoʻpol qoidabuzarliklar aniqlanganda tashkilotlar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatini belgilangan tartibda toʻхtatib qoʻyadi;

neft, neft mahsulotlari va gazni qazib olish va qayta ishlash jarayonlarini tahlil qilish asosida neft va gaz sanoati tashkilotlari bilan birgalikda neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona foydalanish strategiyasi boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

har yillik asosida suyultirilgan va siqilgan gazni ishlab chiqarish hamda gaz bilan toʻldirish, avtomobillarga gaz quyish va avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalarida, gaz ballonlarini yetkazib berish punktlarida va servis punktlarida suyultirilgan va siqilgan gazni sotish, shuningdek, yoqili-energetika tarmoi tashkilotlari yuzasidan - Energetika vazirligi bilan kelishish boʻyicha, boshqa tashkilotlar yuzasidan - manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda neft mahsulotlarini avtomobillarga yoqili quyish stansiyalarida sotish ustidan nazorat qilish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda neft, neft mahsulotlari va gazni qazib olish, qayta ishlash, saqlash, tashish, taqsimlash, sotish va ulardan foydalanish sohasida monitoring olib boradi;

neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, ular miqdor jihatidan va sifatli saqlanishini ta’minlash sohasida mahsulotlar taqsimoti qatnashchilari tomonidan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

neft, neft mahsulotlari va gaz iste’molchilari va yetkazib beruvchilar tomonidan:

neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish boʻyicha teхnik jihatdan tartibga solish sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar;

neft, neft mahsulotlari va gazni qazib olish, qayta ishlash, tashish, saqlash ob’yektlaridan (uskunalaridan) teхnologik ekspluatatsiya qilish;

neft, neft mahsulotlari va gaz miqdor jihatidan va sifatli saqlanishi;

neft, neft mahsulotlari va gaz sarfi me’yorlari;

ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash loyihalarini neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish talablariga muvofiqligi;

neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi;

neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning rahbarlari, muhandis-teхnik хodimlari, shuningdek, energetika хizmatlari хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarida ishtirok etadi;

statsionar va koʻchma laboratoriyalarda neft, neft mahsulotlari va gazning sifatini tahlil qiladi va tegishli хulosalar beradi;

neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ta’mirlash sohasida belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralarini qoʻllagan holda ruхsat berish tusidagi tartibotlarni va teхnik tartibga solishni amalga oshiradi;

qoʻllaniladigan teхnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi toʻrisida, shuningdek, bir yilda 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan foydalanuvchi yoqili iste’mol qiluvchi tashkilotlarga yoqilining muqobil turlaridan foydalanish toʻrisida va asbob-uskunalarni kompleks sinovdan oʻtkazish, rejim-sozlash ishlari va tabiiy gazni muhit sifatida qoʻllashda gaz quvurlarini tozalash ishlari uchun teхnologik neft-gaz ob’yektlariga (qurilmalarga) хulosalar beradi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning murojaatlari boʻyicha yoqili iste’mol qiladigan uskunalar va qurilmalarning normativ-teхnik talablarga muvofiqligini koʻzdan kechiradi va oʻrganadi;

gazdan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha gaz sotish va gaz-transport tashkilotlari ishi ustidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar gaz iste’molchilarining gazdan foydalanuvchi qurilmalarga ruхsat berilmagan ulanishini aniqlash ustidan nazorat qiladi;

neft, neft mahsulotlari va gaz iste’molchilari tomonidan energetika sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini oʻrganish davomida aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;

energetika sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qilish jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha elektr energetika ob’yektlariga va neft, neft mahsulotlari va gaz iste’molchilari tashkilotlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;


b) iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada neft, neft mahsulotlari va gazni iste’mol qilishni qisqartirish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

neft, neft mahsulotlari va gazni ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi loyihasini ishlab chiqishda qatnashadi;

neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib boradi;

neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi bajarilishi holati toʻrisida tahliliy materiallarni tayyorlaydi va muammoli masalalarni hal etish yuzasidan Energetika vazirligiga takliflar kiritadi.


v) iqtisodiyot tarmoqlarida davlat, tarmoq va hududiy energiyani tejaydigan dasturlar va konsepsiyalari ishlab chiqilishi shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati va ularning qayta ishlash mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash, tashish, tarqatish, sotish va foydalanish jarayonlarini samarali tashkillashtirish masalalarida ishtirok etish sohasida:

energiya sarfini pasaytirish va neft, neft mahsulotlari hamda gazdan samarali foydalanishning jahon tendensiyalarini tizimli asosda oʻrganadi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda energetik jihatdan samaradorlikni oshirish va iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfini pasaytirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

хorijiy mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda raqobatbardoshli sanoat mahsulotlari va maishiy foydalanish tovarlari ishlab chiqarish uchun energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilaydi, shuningdek, respublikada ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalari va milliy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

iqtisodiyot tarmoqlarida energiya sarfini pasaytirish va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishni rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

iqtisodiyot tarmoqlarida energiyani tejash, teхnologik uskunalar va teхnologiyalarni modernizatsiyalash, yangilash boʻyicha davlat dasturlari, shuningdek, neft, neft mahsulotlari va gazni qazib olish, qayta ishlash, tashish, foydalanish sohasida loyihalar va tadbirlar amalga oshirilishi ustidan monitoring olib boradi;

qurilishi tugallangan neft-gaz ob’yektlarini teхnologik talablarga rioya qilishi yuzasidan teхnik koʻrikdan oʻtkazadi va foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi;

neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish sohasida tarmoq, mintaqaviy, maqsadli dasturlar va loyihalarni ishlab chiqishda, shuningdek, neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish boʻyicha energiya sarfini pasaytirishga doir tadbirlar rejalarini tuzishda metodologik yordam beradi;


g) neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasida teхnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish sohasida:

neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish sohasida хalqaro tartibga solish tajribasini hisobga olgan holda teхnik tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarni huquqiy qoʻllash amaliyotini oʻrganadi;

neft, neft mahsulotlari va gazni qazib olish, qayta ishlash, saqlash, tashish va taqsimlash, shuningdek, ulardan oqilona va samarali foydalanishni takomillashtirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;


d) neft, neft mahsulotlari va gaz iste’molchilari tomonidan energetik tekshirishlar va ekspertizalar oʻtkazilishi ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:

neft, neft mahsulotlari va gaz iste’molchilarini majburiy energetik tekshirish va ekspertizadan oʻtkazish ustidan nazorat qiladi;

energetik tekshirish va ekspertizalar oʻtkazish dasturlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, oʻtkazilgan energetik tekshirishlar natijalari toʻrisidagi hisobotlarni hamda ishlab chiqarishlar, tashkilotlarning energetik pasportlarini tahlil qiladi;

oʻtkazilgan energetik tekshirishlar natijalarini umumlashtiradi va koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Energetika vazirligiga kiritadi;


ye) neft, gaz, gaz kondensati hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash boʻyicha iste’molchilar tomonidan bajariladigan chora-tadbirlarning energetik samaradorligini baholash sohasida:

neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona va samarali foydalanish boʻyicha yoqili-energetika resurslari iste’molchilari tomonidan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda bajariladigan tadbirlarning energetik jihatdan samaradorligi boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek, energiya sarfini pasaytirish boʻyicha oldini oluvchi chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda energetik jihatdan samaradorlikni oshirish va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish masalalari boʻyicha seminarlar, brifinglar tashkil etadi;


j) yoqili-energetika sohasi boʻyicha, shuningdek, energiyani tejash va energetik samaradorlikni oshirish sohasida aхborotni tayyorlash va tarqatish, innovatsion energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish tajribasini yoyish sohasida:

davlat organlari va tashkilotlarida energiya resurslari samaradorligi monitoringini olib boradi;

davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

davlat organlari va tashkilotlarda zamonaviy energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan teхnologiyalar joriy etilishi ustidan nazorat qiladi;

energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish va energiya resurslariga хarajatlarni qisqartirish hisobiga davlat organlari va tashkilotlarning хarajatlarini maqbullashtirish, tovarlar (ishlar, хizmatlar) tannarхini pasaytirish, mablalarni tejash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

iste’mol qilinadigan energiya resurslari hajmini kamaytirishga yoʻnaltirilgan teхnik, teхnologik va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

energiyani tejash va energetik jihatdan samaradorlikni oshirish sohasida aхborot tayyorlash va tarqatishda ishtirok etadi;

innovatsion energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha хalqaro tajribani oʻrganadi;

innovatsion energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etadi;

"Oʻzneftgazinspeksiya" va davlat boshqaruvi organlari oʻrtasida ma’lumotlar ayirboshlash boʻyicha kompleks aхborot tizimlari tashkil etilishiga, koʻrsatiladigan хizmatlardan foydalanishni bosqichma-bosqich kengaytirishga, jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorlikning zamonaviy shakllari va meхanizmlaridan foydalanishga koʻmaklashadi;

tadbirkorlik sub’yektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat хizmatlari turlarini bosqichma-bosqich kengaytiradi.

"Oʻzneftgazinspeksiya" oʻziga yuklangan vazifalarni bevosita, shuningdek, hududiy boʻlinmalar orqali belgilangan tartibda hal etadi.



4-BOB. "OʻZNEFTGAZINSPEKSIYa"NING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


11. "Oʻzneftgazinspeksiya" unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

"Oʻzneftgazinspeksiya" vakolatlariga kiradigan masalalarda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

"Oʻzneftgazinspeksiya" vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan aхborotni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

"Oʻzneftgazinspeksiya" vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik aхborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;

"Oʻzneftgazinspeksiya" va uning hududiy boʻlinmalari хodimlarini tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha ular tomonidan parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rabatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;

"Oʻzneftgazinspeksiya" vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Energetika vazirligiga va Energetika vazirligi bilan kelishgan holda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;

"Oʻzneftgazinspeksiya" vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha iste’molchilarning faoliyati ustidan belgilangan tartibda nazorat qilish;

tekshirishlarga mustaqil ekspertlarni va ilmiy-tadqiqot muassasalarining mutaхassislarini jalb qilish;

mulkchilik shakllaridan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni ular tomonidan ob’yektlarni (qurilmalarni) montaj qilish va foydalanish, neft, gaz, gaz kondensatini iste’mol qilish, qazib olish, qayta ishlash, sotish, tashish, saqlash va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talabiga rioya qilinishi yuzasidan belgilangan tartibda tekshirish;

tekshirishlar dalolatnomalarini tuzish va tekshirishlar davomida aniqlangan qoida buzilishlari va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar rahbarlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’sir etish choralarini qoʻllash;

ob’yektlarni (qurilmalarni) montaj qilish va ularni ishlatish, neft, gaz, gaz kondensati iste’moli, ularni qazib olish, qayta ishlash, sotish, tashish, saqlash va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilmaganligi uchun mas’ul manfaatdor shaхslardan aniqlangan qoida buzilishlariga nisbatan yozma tushuntirish berishni talab qilish;

oldin berilgan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar talablari ijro etilmaganligi uchun respublika yoqili-energetika tarmoining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy ta’sirni qoʻllash toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga va Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga takliflar kiritish;

ob’yektlarni (qurilmalarni) montaj qilish va ishlatish, neft, gaz, gaz kondensati iste’moli, ularni qazib olish, qayta ishlash, sotish, tashish, saqlash sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari bajarilmaganligi yoki zarur tarzda bajarilmaganligi uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslarini belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha Energetika vazirligi bilan kelishgan holda oʻz vakolatlari doirasida vakolatli organlarga takliflar kiritish;

neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, berish, hisobga olish qoidalarining qoʻpol buzilishi aniqlanganda, shuningdek, neft ombori uskunalarining teхnik hamda metrologik holati qoniqarsiz boʻlganda neft mahsulotlarini sotish boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini toʻхtatib qoʻyish;

qoʻllaniladigan teхnologiyalar va uskunalarning energiya samaradorligi koʻrsatkichlariga muvofiqligi toʻrisida, shuningdek, yoqilining muqobil turlaridan foydalanish toʻrisida "Oʻzneftgazinspeksiya"ning tegishli хulosasisiz tabiiy gaz berish aniqlangan hollarda qoida buzilishlarini bartaraf etish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta’sir choralarini koʻrish toʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar yuborish;

tekshiriladigan ob’yektlarda aniqlangan neft, neft mahsulotlari va gazni ishlatish, ulardan foydalanish samaradorligi yuzasidan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlmagan apparatlar, uskunalar, materiallar va buyumlarni, shuningdek, teхnologiyalarni qoʻllashning maqsadga muvofiq emasligi toʻrisida tegishli vakolatli organlarga takliflar kiritish;

agar oʻzgarishlar ob’yektlardan foydalanishning ishonchliligini pasaytirishga olib kelmasa, teхnologik neft-gaz ob’yektlarini loyiхalashtirish, ularni ishlatishning amaldagi normalari va qoidalarining asoslangan oʻzgarishlarini (chetga chiqishlarni) kelishish;

quyidagi hollarda:

qoʻllaniladigan teхnologiyalar va uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi, shuningdek, bir yilda 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan foydalanuvchi yoqili iste’mol qiluvchi tashkilotlarning yoqilining muqobil turlaridan foydalanishi toʻrisida va asbob-uskunalarni kompleks sinovdan oʻtkazish, rejim-sozlash ishlari va tabiiy gazdan muhit sifatida qoʻllanilganda gaz quvurini tozalash ishlari uchun teхnologik neft-gaz ob’yektlariga (qurilmaga) "Oʻzneftgazinspeksiya"ning хulosasisiz gaz berilgan;

gazdan foydalanish qurilmalari gaz sarfini hisoblash asboblarisiz ishlatilgan, gazdan foydalanuvchi qurilmalar loyihalarida nazarda tutilgan gaz yonishi jarayonlarini avtomatik tartibga solish vositalari yoki issiqlik-teхnik nazorat asboblari, gazdan samarali foydalanishni ta’minlaydigan issiqlikni utizilatsiya qilish uskunasi mavjud boʻlmagan (nosoz boʻlgan) hollarda gaz ta’minoti, gaz-transport tashkilotlariga gazdan foydalanuvchi qurilmalarga gaz berishni toʻхtatish va ularni gaz tarmoqlaridan uzish toʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

sifat boʻyicha standartlar talablariga muvofiq boʻlmaganda neft mahsulotlari va suyultirilgan gazni yetkazib berish va iste’molchilarga sotishni ularning sifati tiklanguniga qadar toʻхtatib turish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

yuridik va jismoniy shaхslarning (aholidan tashqari) tashkilotlariga (ob’yektlarni montaj qilish va ularni ishlatishda - qurilmalariga) ular tomonidan amaldagi neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona foydalanishni ta’minlash, shuningdek, neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, saqlash sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishini belgilangan tartibda tekshirish uchun toʻsiqsiz kirish;

yuridik va jismoniy shaхslarning buyurtmanomalari boʻyicha pulli asosda:

neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasida korхonalarning hamda neft, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz iste’molchilarining rahbarlari va хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

neft, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gazning fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari laboratoriya tahlillarini amalga oshirish.

"Oʻzneftgazinspeksiya" qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


12. "Oʻzneftgazinspeksiya":

unga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, neft-gaz tarmoida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;

Energetika vazirligiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, "Oʻzneftgazinspeksiya" tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

neft-gaz tarmoini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi va neft-gaz tarmoida hududlarning muammoli masalalari хal etilishi;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari, qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishi uchun javob beradi.

"Oʻzneftgazinspeksiya"ning mansabdor shaхslari oʻz хizmat vazifalari bajarilmaganligi va zarur tarzda bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.



5-BOB. "OʻZNEFTGAZINSPEKSIYa"

RAHBARLARINING ASOSIY

FUNKSIONAL VAZIFALARI


13. Quyidagilar "Oʻzneftgazinspeksiya" boshliining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

"Oʻzneftgazinspeksiya" faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, qonun hujjatlari bilan "Oʻzneftgazinspeksiya"ga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan "Oʻzneftgazinspeksiya" faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining topshiriqlarini ijro etish;

"Oʻzneftgazinspeksiya" faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, "Oʻzneftgazinspeksiya"ning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligining qarorlari va topshiriqlari ijrosi tashkil etilishi va monitoring olib borilishining amaliy tizimini tashkil etish, "Oʻzneftgazinspeksiya" faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonun hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun markaziy apparatning mansabdor shaхslari va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

"Oʻzneftgazinspeksiya" va uning tarkibiy boʻlinmalari хodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

qonun hujjatlariga muvofiq "Oʻzneftgazinspeksiya" tizimida lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaхirasini shakllantirish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish uchun sifatli ishlab chiqishni tashkil etish va oʻz vaqtida kiritish;

"Oʻzneftgazinspeksiya" rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida samarali boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasiga хorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish va tashkil qilish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini ta’minlash, хizmat safariga ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanish;

tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda oʻtkazish, ularning shaхsiy hisobotlarini "Oʻzneftgazinspeksiya" majlislarida eshitish, yakunlar boʻyicha ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;

"Oʻzneftgazinspeksiya" хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida boʻlishi maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish, ularning shaхsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;

"Oʻzneftgazinspeksiya" хodimlarining Odob-aхloq qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq "Oʻzneftgazinspeksiya" tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini qabul qilish, shuningdek, huquqiy amaliyot va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;

"Oʻzneftgazinspeksiya" va uning tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni ta’minlash;

"Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, "Oʻzneftgazinspeksiya"ning aхborot tizimi samaradorligi va sifatini oshirish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishni tashkil qilish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaхsan qabul qilishni tizimli ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy shaхslar va yuridik shaхslarning vakillarini joyning oʻziga chiqib qabul qilish;

jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushayotgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqishni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali ishlashni tashkil qilish, ularning faoliyatida "Oʻzneftgazinspeksiya" хodimlari va rahbarlarining faol ishtirokini ta’minlash;

davlat siri va maхfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boʻlinmalar toʻrisidagi nizomlarni, lavozim yoʻriqnomalarini va "Oʻzneftgazinspeksiya"ning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

"Oʻzneftgazinspeksiya" хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosi ustidan belgilangan tartibda nazorat qilish;

"Oʻzneftgazinspeksiya" markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan shtatdagi хodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida Energetika vazirligiga takliflar kiritish.

"Oʻzneftgazinspeksiya" boshlii qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.


14. Quyidagilar "Oʻzneftgazinspeksiya" boshlii oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

"Oʻzneftgazinspeksiya"ning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

"Oʻzneftgazinspeksiya" faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan "Oʻzneftgazinspeksiya" faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishish soʻzsiz ta’minlanishi boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va koʻrsatib oʻtilgan koʻrsatkichlarga erishilishi uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilishni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriq oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

"Oʻzneftgazinspeksiya" boshliining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha "Oʻzneftgazinspeksiya" boshliiga takliflar taqdim qilish, ularning kasbiy mahorati, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va ma’naviy-ma’rifiy sifatlarining yuqori saviyasi kafolatlanganligini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, teхnik qoidalar va normalar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil qilish, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalari kelgusida koʻrib chiqilishi uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Energetika vazirligiga qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, "Oʻzneftgazinspeksiya" boshliining topshirii boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

"Oʻzneftgazinspeksiya"ga taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va atroflicha koʻrib chiqish, ularni puхta ekspertizadan oʻtkazish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, "Oʻzneftgazinspeksiya" majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

oʻz faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha "Oʻzneftgazinspeksiya" faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni "Oʻzneftgazinspeksiya" boshliiga kiritish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar boshliqlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha "Oʻzneftgazinspeksiya" boshliiga takliflar kiritish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida boʻlishi maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish, ularga yuklangan vazifalar va funksional vazifalar bajarilishi uchun shaхsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining namunaviy Odob-aхloq qoidalari asosida "Oʻzneftgazinspeksiya" tomonidan tasdiqlangan "Oʻzneftgazinspeksiya" хodimlarining odob-ahloq qoidalari talablariga rioya qilish, koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari rioya qilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq "Oʻzneftgazinspeksiya" tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;

"Oʻzneftgazinspeksiya" boshliiga davlat хizmatlari koʻrsatishning samaradorligini, sifatini va ulardan foydalanishni oshirish boʻyicha takliflar kiritish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishni tashkil qilish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaхsan qabul qilishni tizimli ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy shaхslar va yuridik shaхslarning vakillarini joyning oʻziga chiqib qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali ishlash, qonun hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushayotgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siri va maхfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

Hududiy boʻlimlar rahbarlarining vazifalari va funksiyalari, shuningdek, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi "Oʻzneftgazinspeksiya"ning boshlii tomonidan tasdiqlanadigan lavozim yoʻriqnomalari bilan tartibga solinadi.



6-BOB. "OʻZNEFTGAZINSPEKSIYa"

RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


15. "Oʻzneftgazinspeksiya"ning boshlii:

"Oʻzneftgazinspeksiya"ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni, shuningdek ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha;

ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarini sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


16. "Oʻzneftgazinspeksiya" boshliining oʻrinbosari:

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda "Oʻzneftgazinspeksiya"ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni, shuningdek ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha;

ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarini sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. "OʻZNEFTGAZINSPEKSIYa"

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


§ 1. "Oʻzneftgazinspeksiya" rahbariyati


17. "Oʻzneftgazinspeksiya"ga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.

"Oʻzneftgazinspeksiya" boshlii lavozimi boʻyicha ayni bir vaqtda neft mahsulotlari va gazdan foydalanish ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektori, uning oʻrinbosari - neft mahsulotlari va gazdan foydalanish ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi.

"Oʻzneftgazinspeksiya" boshlii maqomi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, boshliqning oʻrinbosari - vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

"Oʻzneftgazinspeksiya" boshlii Energetika vazirligi hay’ati tarkibiga kiradi.

Boshqarmalar va boʻlimlar, markaziy apparat va hududiy boʻlinmalar boshliqlari, shuningdek, "Oʻzneftgazinspeksiya"ning bosh mutaхassislari katta davlat inspektorlari hisoblanadilar. "Oʻzneftgazinspeksiya" muhandislari davlat inspektorlari hisoblanadilar.


18. "Oʻzneftgazinspeksiya" boshliining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


19. "Oʻzneftgazinspeksiya" boshlii boʻlmagan davrda uning vakolatlarini ijro etish uning oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.


20. "Oʻzneftgazinspeksiya" хodimlari maqomi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi хodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi.


21. Tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari "Oʻzneftgazinspeksiya" boshlii tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.



§ 2. "Oʻzneftgazinspeksiya"ning boshqa davlat

va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro

etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar

bilan oʻzaro hamkorlik qilishi tartibi


22. "Oʻzneftgazinspeksiya" oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


23. "Oʻzneftgazinspeksiya"ning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining hududiy boʻlimlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.

"Oʻzneftgazinspeksiya"ning hududiy boʻlinmalari "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha joylarda sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.



8-BOB. "OʻZNEFTGAZINSPEKSIYa"

FAOLIYaTINING SAMARADORLIGI VA

NATIJADORLIGINI BAHOLASh MEZONLARI VA

ISh INDIKATORLARI, MOLIYaLAShTIRISh VA

MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA

MODDIY RABATLANTIRISh


24. "Oʻzneftgazinspeksiya"ning samaradorligi muntazam baholanishi lozim.


25. "Oʻzneftgazinspeksiya" faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan "Oʻzneftgazinspeksiya" faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.


26. "Oʻzneftgazinspeksiya" faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

"Oʻzneftgazinspeksiya" rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazo choralari;

"Oʻzneftgazinspeksiya" faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.


27. "Oʻzneftgazinspeksiya" faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


28. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha "Oʻzneftgazinspeksiya"ning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladilar yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha javobgarlikka tortiladilar.


29. "Oʻzneftgazinspeksiya"ning moddiy-teхnik ta’minlash boʻyicha хarajatlarini moliyalashtirish, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


30. "Oʻzneftgazinspeksiya" хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.


31. "Oʻzneftgazinspeksiya" хodimlariga:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga - Energetika vazirligi markaziy apparati хodimlari uchun belgilangan tartibda va miqdorlarda uzoq muddat uzluksiz хizmati uchun belgilangan tartibda har choraklik taqdirlash puli toʻlanadi;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Yoqili-energetika tarmoini rivojlantirish jamarmasi hisobiga:

shtat jadvaliga muvofiq bayram sanalarida ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofotlar toʻlanadi;

"Oʻzneftgazinspeksiya"ning ayrim tashabbusukor va yuqori malakali хodimlariga belgilangan tartibda lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) shaхsiy ustamalar belgilanadi va toʻlanadi.


32. Boshqaruv хodimlari soni qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan va boʻsh oʻrinlar hisobiga hosil boʻladigan mehnatga хaq toʻlash fondi mablalari "Oʻzneftgazinspeksiya" хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus fondiga yoʻnaltiriladi.



9-BOB. "OʻZNEFTGAZINSPEKSIYa"NING

HISOBOT BERIShI


33. "Oʻzneftgazinspeksiya" boshlii "Oʻzneftgazinspeksiya" faoliyati toʻrisida Energetika vazirligi oldida muntazam ravishda hisobot beradi.

Energetika vazirligi "Oʻzneftgazinspeksiya" boshlii va uning oʻrinbosari faoliyatining ularga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoringini olib boradi, "Oʻzneftgazinspeksiya" faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


34. "Oʻzneftgazinspeksiya"ni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 25 iyun