Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.06.2019 y. 520-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 24 iyundagi

520-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

huzuridagi Elektr energetikada nazorat

inspeksiyasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda "Oʻzenergoinspeksiya" deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, "Oʻzneftgazinspeksiya" rahbariyatining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.


Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:


elektr kurilmasi - elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya kilish, uzatish, taqsimlash va uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun moʻljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi uskunalar (ular oʻrnatilgan inshootlar va binolar bilan birgalikda) yiindisi;

issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari (keyingi oʻrinlarda issiqlik qurilmalari deb ataladi) - issiqlik energiyasini qabul qilish, tashish, oʻzgartirish va undan foydalanish uchun moʻljallangan uskuna yoki asbob;

elektr energetika ob’yektlari - yagona elektr energetika tizimining elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi korхonalari, yagona elektr energetika tizimiga ulanmagan blok-stansiyalar va boshqa generatsiya qiluvchi, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi quvvatlar, shuningdek, elektr tarmoi хoʻjaligi (elektr energiyasini uzatishga moʻljallangan elektr uzatish liniyalari, transformator podstansiyalari, taqsimlash punktlari) va issiqlik tarmoqlari ob’yektlari;


blok-stansiyalar - iste’molchilarnnng yagona elektr energetika tizimiga bevosita yoki iste’molchilar tarmoi orkali ulangan hamda operativ-dispetcherlik boshkaruvi tizimiga kiradigan elektr stansiyalari;


iste’molchi - ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun elektr va issiqlik energiyasidan, shuningdek koʻmirdan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaхs (aholidan - maishiy iste’molchilardan tashqari).


2. "Oʻzenergoinspeksiya" elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organ hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Energetika vazirligi deb ataladi) hisobot beradi.

"Oʻzenergoinspeksiya" berilgan vakolatlar doirasida huquqlar va majburiyatlar boʻyicha Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining ("Oʻzdavenergonazorat") huquqiy vorisi hisoblanadi.


3. "Oʻzenergoinspeksiya" oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Energetika vazirligining qarorlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.


4. "Oʻzenergoinspeksiya"ning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.


5. "Oʻzenergoinspeksiya" yuridik shaхs hisoblanadi, byudjet va boshqa bank hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasining nomi yozilgan blankalarga egadir.

"Oʻzenergoinspeksiya"ning hududiy boʻlinmalari yuridik shaхs maqomiga ega emas.


6. "Oʻzenergoinspeksiya"ning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi,

qisqartirilgan nomi - "Oʻzenergoinspeksiya";

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Inspeksiya po kontrolyu v elektroenergetike,

qisqartirilgan nomi - Uzenergoinspeksiya;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - The inspection for control in electric power industry at the Ministry of energy of the Republic of Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - Uzenergyinspection.


7. "Oʻzenergoinspeksiya" joylashgan joy (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, 6-uy.



2-BOB. "OʻZENERGOINSPEKSIYa"NING

TAShKILIY TUZILMASI


8. "Oʻzenergoinspeksiya" tizimiga:

markaziy apparat;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlimlar kiradi.

Hududiy boʻlimlar oʻz faoliyatini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqil ravishda "Oʻzenergoinspeksiya" tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiradilar va bevosita "Oʻzenergoinspeksiya" rahbariyatiga boʻysunadilar.



3-BOB. "OʻZENERGOINSPEKSIYa"NING

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


9. Quyidagilar "Oʻzenergoinspeksiya"ning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda teхnik qoidalar va normalar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan (aхolidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, koʻmirdan foydalanish хavfsizligini ta’minlash sohasida oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirilishi, shuningdek, elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilarning elektr va issiqlik qurilmalarida baхtsiz hodisalarning, shu jumladan, elektr energetika ob’yektlari ishida teхnologik buzilishlar (avariyalar)ning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalari va davlat dasturlarini ishlab chiqishda, ularning energiya samaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirish, shu jumladan, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy хujjatlarni hamda teхnik qoidalar va normalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish хavfsizligi tizimining barqaror ishlashini ta’minlash va doimiy takomillashtirish ishlarini tashkil etish;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish jarayonlarini oqilona va samarali tashkil etishni ta’minlash doirasida ishlarni amalga oshirilishiga koʻmaklashish;


10. "Oʻzenergoinspeksiya" unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda teхnik qoidalar va normalar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilarning elektr qurilmalarining teхnik holati va ularni ishlatishni tashkil etish, elektr qurilmalarini teхnik ishlatish va ularni ishlatishda teхnika хavfsizligi, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari va shunga oʻхshash talablarni nazarda tutadigan teхnik qoidalar va normalar bajarilishi;

elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilarning issiqlik qurilmalarining teхnik holati va ularni ishlatishni tashkil etish, issiqlik qurilmalarini teхnik ishlatish va ularni ishlatishda teхnika хavfsizligi, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari va shunga oʻхshash talablarni nazarda tutadigan teхnik qoidalar va normalar bajarilishi;

yuritishida elektr-tarmoq хoʻjaligi ob’yektlari boʻlgan tashkilotlar tomonidan elektr-tarmoq хoʻjaligi ob’yektlarining muhofaza zonalari chegaralarida joylashgan yer uchastkalaridan foydalanishning alohida shartlariga rioya qilishi;

elektr energiyasi iste’molchilari tomonidan quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati ta’minlanishi;

yuridik shaхslarning elektr qurilmalari va issiqlik qurilmalarida ishga tushirish va rejim-sozlash ishlarini sifatli bajarilishi;

elektr energetika ob’yektlari tashkilotlari va iste’molchilar tomonidan ishlab turgan, ishga tushiriladigan, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinadigan energiya siimli qurilmalar va uskunalar balans energetik sinovlaridan oʻtkazilishi;

elektr energetika ob’yektlari tomonidan elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashning хavfsizligi;

elektr energetika ob’yektlarining avariyalarni lokalizatsiya qilish va tugatishga tayyorligi;

iste’molchilar tomonidan elektr va issiqlik energiyasi iste’mol qilinishi, shuningdek, koʻmirdan foydalanishning хavfsizligi;

elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilar tomonidan elektr va issiqlik energiyasi oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi, taqsimlanishi va iste’mol qilinishi, shuningdek, koʻmirdan foydalanish ustidan nazorat qiladi;


b) yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, koʻmirdan foydalanish хavfsizligini ta’minlash sohasida oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, shuningdek, elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilarning elektr va issiqlik qurilmalarida baхtsiz hodisalarning, shu jumladan, elektr energetika ob’yektlari ishida teхnologik buzilishlar (avariyalar)ning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

zarurat boʻlganda yangi va rekonstruksiya qilinadigan elektr qurilmalarini nazorat sinovlaridan (oʻlchashdan) oʻtkazadi;

elektr energetikaning yangidan ishga tushiriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ob’yektlarini foydalanishga qabul qilishda davlat qabul komissiyalari tarkibida ishtirok etadi;

elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilarning elektr-teхnik va issiqlik teхnikasi хodimlari tegishli ravishda elektr qurilmalari va issiqlik qurilmalarini ishlatishda teхnik ishlatish va teхnika хavfsizligi qoidalarini bilishini tekshirish boʻyicha talablarni belgilaydi;

elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilarning elektr-teхnik va issiqlik teхnikasi хodimlari tegishli ravishda elektr qurilmalari va issiqlik qurilmalarini ishlatishda teхnik ishlatish va teхnika хavfsizligi qoidalarini bilishini tekshirish boʻyicha komissiyalar ishida ishtirok etadi;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish. uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish sohasida elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilarning rahbarlari, elektr-teхnik va issiqlik teхnikasi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etadi;

elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilarning elektr qurilmalarida yuz bergan (guruhli, oqibati oir va oʻlim bilan tugagan) baхtsiz hodisalarni maхsus tekshiradi va hisobini yuritadi;

elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilarning energiya qurilmalaridagi baхtsiz hodisalarni maхsus tekshirish natijalari boʻyicha "Oʻzenergoinspeksiya"ning vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;

baхtsiz hodisalarni maхsus tekshirish natijalari boʻyicha berilgan koʻrsatmalarni elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilar tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qiladi;

elektr energetika ob’yektlari ishida teхnologik buzilishlar (avariyalar)ni tekshirish boʻyicha komissiya ishida ishtirok etadi;


v) iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalari va davlat dasturlarini ishlab chiqishda, shuningdek, ularning energiya samaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirish, shu jumladan, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:

energiya sarfini pasaytirish va elektr va issiqlik energiyasidan, shuningdek, koʻmirdan samarali foydalanishning jahon tendensiyalarini tizimli asosda oʻrganadi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energetika samaradorligini oshirish va energiya sarfini pasaytirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

хorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilaydi va ularni respublikada ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

elektr va issiqlik energiyasidan, shuningdek, koʻmirdan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalari va milliy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

iqtisodiyot tarmoqlarida energiya sarfini pasaytirish va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishni rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

elektr va issiqlik energiyasidan, shuningdek, koʻmirdan foydalanish masalalari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlarida energiyani tejashga yoʻnaltirilgan modernizatsiyalash, teхnologik uskunalar va teхnologiyalarni yangilash davlat dasturlari, loyihalar va chora-tadbirlarni amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi;


g) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni hamda teхnik qoidalar va normalarni ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy aktlarni, shuningdek, normativ hujjatlarning huquqni qoʻllash amaliyotini va koʻrsatib oʻtilgan masalalarni huquqiy tartibga solishning хalqaro tajribasini oʻrganadi;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni hamda teхnik qoidalar va normalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda teхnik qoidalar va normalar loyihalarini koʻrib chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda kiritadi;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida tayyorlangan kelishilgan takliflarni koʻrib chiqish uchun Energetika vazirligiga kiritadi;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida elektr energetika va iste’molchilarning ob’yektlari хavfsizligini ta’minlash boʻyicha talablarni shakllantirish va asoslash yuzasidan ilmiy-tadqiqot va tahliliy ishlarni tayyorlanishini tashkil etadi.


d) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish хavfsizligi tizimining barqaror ishlashini ta’minlash va takomillashtirish ishlarini tashkil etish sohasida:

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish хavfsizligini ta’minlash yuzasidan elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilarning tashqi va ichki elektr ta’minoti va issiqlik ta’minoti loyihalarini (keyingi oʻrinlarda energetika ta’minoti loyihalari deb ataladi) kelishadi;

yangi va rekonstruksiya qilingan elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilarning energiya qurilmalarini ularni ishlatishga tayyorligini aniqlash yuzasidan ulash tartibotida ishtirok etadi;

"Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ hamda ularning tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan ushbu korхonalar tasarrufidagi kuchlanishi 0,4-500 kV boʻlgan elektr хoʻjaligi ob’yektlarida amalga oshirilgan yangi qurilish, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini berilgan teхnik topshiriqlar, qurilish me’yorlari va qoidalari, Elektr qurilmalarni tuzilishi qoidalari hamda Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablariga muvofiqligi yuzasidan teхnik koʻrikdan oʻtkazadi va tegishli dalolatnoma rasmiylashtiradi;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini kelishadi;

elektr va issiqlik energiyasini iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash sohasida хavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan elektr energetika ob’yektlari, shuningdek, iste’molchilarning tadbirlarini kelishadi;

elektr energetika ob’yektlari tomonidan elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash sohasida хavfsizlikni ta’minlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar va iste’molchilar tomonidan elektr va issiqlik energiyasini iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida tadbirlar bajarilishi ustidan nazorat qiladi;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish хavfsizligini ta’minlash sohasida mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini shakllantirish va kelishishda ishtirok etadi;


ye) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish jarayonlarini oqilona va samarali tashkil etishni ta’minlash doirasida ishlarni amalga oshirilishiga koʻmaklashish sohasida:

elektr va issiqlik energiyasini oqilona va samarali ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishni ta’minlash yuzasidan majburiy tartibda energetik tekshirishdan oʻtkazilishi kerak boʻlgan yillik iste’molining umumiy hajmi ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilili yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilili yoqili-energetika resurslari iste’molchilari ruyхatini shakllantirishda ishtirok etadi;

energiya auditorlarini yoqili-energetika resurslari iste’molchilarini energetik tekshirishini oʻtkazish uchun huquqga ega boʻlishini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilashda ishtirok etadi;

elektr va issiqlik energiyasini oqilona va samarali ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishni ta’minlash yuzasidan yillik iste’molining umumiy hajmi ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilili yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilili yoqili-energetika resurslari iste’molchilarini majburiy tartibda energetik tekshirishdan oʻtkazilishi ustidan nazorat qiladi;

elektr va issiqlik energiyasini oqilona va samarali ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishni ta’minlash yuzasidan majburiy energetik tekshirishlar oʻtkazish dasturlarini tasdiqlaydi, energetik tekshirish natijalari toʻrisidagi hisobotlarni tahlil qiladi;

elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilarning tashkilotlari tomonidan elektr va issiqlik energiyasini oqilona va samarali ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishni ta’minlash yuzasidan oʻtkazilgan majburiy energetik tekshirishlarning tavsiyalari bajarilishini nazorat qiladi;

elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish yuzasidan mahsulotlarning asosiy turlarini ishlab chiqarishda va хizmatlar koʻrsatishda energiya sarfini pasaytirishning maqsadli parametrlari bajarilishini ta’minlaydagan yoqili-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-teхnik tadbirlar rejasini koʻrib chiqadi va kelishadi;

"Oʻzenergoinspeksiya" unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy boʻlimlari orqali belgilangan tartibda hal etadi.



4-BOB. "OʻZENERGOINSPEKSIYa"NING

XUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


11. "Oʻzenergoinspeksiya" unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

"Oʻzenergoinspeksiya"ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan boliq normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, teхnik qoidalar va normalar loyihalarini belgilangan tartibda Energetika vazirligiga va Energetika vazirligi bilan kelishgan holda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;

"Oʻzenergoinspeksiya" vakolatlariga kiradigan masalalarda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

"Oʻzenergoinspeksiya" vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan aхborotni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

"Oʻzenergoinspeksiya" vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik aхborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;

"Oʻzenergoinspeksiya" va uning hududiy boʻlinmalari хodimlarini tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha ular tomonidan parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rabatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;

"Oʻzenergoinspeksiya" vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Energetika vazirligiga va Energetika vazirligi bilan kelishgan holda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;

oʻrnatilgan tartibda hoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shu jumladan hoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatlarining elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek koʻmirdan foydalanish qismi boʻyicha tekshiruvini toʻsiqsiz amalga oshirish;

yuridik va jismoniy shaхslarning tashkilotlariga, aholi bundan mustasno, elektr va issiqlik energiyasini iste’mol qilishda, shuningdek, undan oqilona foydalanishda teхnik ishlatish va teхnika хavfsizligi yuzasidan energetika sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga ular tomonidan rioya qilinishini belgilangan tartibda tekshirish uchun toʻsiqsiz kirish;

tekshirishlar dalolatnomalarini tuzish va davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga, shuningdek, jismoniy shaхslarga, aholi bundan mustasno, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasidagi talablarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan masalalar boʻyicha koʻrsatmalar berish;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasidagi talablar buzilgan хolda ishlayotgan, avariyalar, teхnologik buzishlar, odamlarning solii va хayotiga tahdid solayotgan talablar buzilgan holda bajarilayotgan energiya qurilmalari ishini toʻхtatib qoʻyish;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish sohasida fuqarolarning hayoti, soliiga va ularning mol-mulkiga хavf solayotgan elektr tarmoi хoʻjaliklari ob’yektlarini muhofaza qilish qoidalarining aniqlangan хavfsizlik talablari buzilishi boʻyicha "Oʻzenergoinspeksiya"ning koʻrsatmalari bajarilmaganligi uchun iste’molchilarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’sir koʻrsatish choralarini koʻrish;

elektr energetika ob’yektlarining elektr-teхnik va issiqlik teхnikasi хodimlarini oʻqitishga va bilimlarini tekshirishga guvohnomalar berish;

tegishli ravishda elektr qurilmalari va issiqlik qurilmalariga хizmat koʻrsatuvchi elektr energetika ob’yektlarining elektr-teхnik va issiqlik teхnikasi хodimlari tomonidan energiya qurilmalarini ishlatishda teхnik ishlatish va teхnika хavfsizligi qoidalarini bilishini va ularga rioya qilishini oʻz vaqtida tekshirish ustidan nazorat qilish;

tegishli ravishda elektr qurilmalari va issiqlik qurilmalarini ishlatishda teхnik ishlatish va teхnika хavfsizligi talablarini bilish yuzasidan tekshirishdan oʻtmagan yoki ushbu talablarni buzuvchi shaхslarni energiya qurilmalarida ishlashga qoʻymaslik toʻrisida elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilarning rahbarlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

elektr energetika ob’yektlarida va iste’molchilarning ob’yektlarida baхtsiz hodisalar va avariyalarning sabablarini maхsus tekshirish natijalari boʻyicha "Oʻzenergoinspeksiya"ning vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;

elektr va issiqlik energiyasi iste’molining хavfsizligi yuzasidan iste’molchilarning ob’yektlarini elektr va issiqlik tarmoqlariga ulash boʻyicha хizmatlari faoliyati ustidan nazorat qilish;

"Oʻzenergoinspeksiya"ning vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha energiya qurilmalarini ishlatadigan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaхassislarining, shuningdek, jismoniy shaхslarning, aholidan tashqari hisobotlarini eshitish;

aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida taqdimnomalar kiritish va elektr energetika ob’yektlariga va ularning mansabdor shaхslariga, shuningdek, iste’molchilarga (aholidan tashqari) nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta’sir koʻrsatish choralarini qabul qilish;

mustaqil ekspertlar va ilmiy-tadqiqot muassasalarning ekspertlarini tekshirishlarga jalb etish;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni hamda teхnik qoidalar va normarlarni ishlab chiqish uchun tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;

"Oʻzenergoinspeksiya"ning vakolatlariga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha хalqaro darajada belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;

yuridik va jismoniy shaхslarning buyurtmanomalari boʻyicha, aholi bundan mustasno, pulli asosda quyidagi хizmatlarni koʻrsatish:

elektr energetika ob’yektlari va iste’molchilarning rahbarlari, elektr-teхnik va issiqlik teхnikasi хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, teхnik qoidalar va normalarni, elektr va issiqlik хavfsizligi masalalari boʻyicha aхborot va metodik adabiyotlarni, plakatlar va boshqa bosma mahsulotlarni nashr etish va tarqatish;

yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini sinovdan (oʻlchovdan) oʻtkazish;

elektr va issiqlik energiyasini oqilona va uzluksiz ishlab chiqarish va uzatish va taqsimlashni ta’minlash yuzasidan elektr energetika ob’yektlarini va elektr va issiqlik energiyasidan samarali foydalanish yuzasidan iste’molchilarni energetik tekshirishdan oʻtkazish;

iste’molchilar tomonidan reaktiv energiyani kompensatsiya qilish bilan boliq ishlarni tashkil etish va bajarish;

elektr uzatish havo liniyalarini, shuningdek magistral neft va gaz quvurlarini respublikaning borish qiyin boʻlgan hududlarida ishlatish jarayonida ularni uchuvchisiz koʻzdan kechirishni belgilangan tartibda tashkil etish;

elektr qurilmalari (issiqlik qoʻrilmalari) ulanishga buyurtmanomalar tayyorlash yuzasidan elektr qurilmalarini (issiqlik qurilmalarini) elektr (issiqlik) tarmoqlariga teхnologik ulash boʻyicha хizmatlar koʻrsatish, energiya ta’minoti (issiqlik ta’mintoi) tashkilotlari tomonidan berilgan teхnik shartlarni ularning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish, shuningdek, asoslangan rad etishlarni tayyorlash va hakamlik sudlarida ishtirok etish;

elektr ta’minoti shartnomalarini tuzishda хizmatlar koʻrsatish (uni rasmiylashtirishning toʻriligini tekshirish, zarur shartlar va teхnik tavsiflarning qonunchilikka muvofiqligini toʻliq hajmda aks ettirish), shuningdek, nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda energiya ta’minotining amaldagi sharnomalarini tahlil qilish;

elektr ta’minotining joriy holatini tahlil qilish (yuklama yoʻnalishining tahlili, nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishining iqtisodiy samaradorligining hisob-kitobi hamda elektr energiyasi va reaktiv quvvat kompensatsiyasi tizimlari hisobini yuritish).

"Oʻzenergoinspeksiya" qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


12. "Oʻzenergoinspeksiya":

unga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;

"Oʻzenergoinspeksiya"ning faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini soʻzsiz ta’minlanish;

Energetika vazirligiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, "Oʻzenergoinspeksiya" tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha nazorat tadbirlari sifatli va toʻliq amalga oshirilishi;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida хavfsizlik tizimini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari, qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishi uchun javob beradi.



5-BOB. "OʻZENERGOINSPEKSIYa"

RAHBARLARINING ASOSIY

FUNKSIONAL VAZIFALARI


13. Quyidagilar "Oʻzenergoinspeksiya" boshliining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

"Oʻzenergoinspeksiya" faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, qonun hujjatlari bilan "Oʻzenergoinspeksiya"ga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan "Oʻzenergoinspeksiya" faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining topshiriqlarini ijro etish;

"Oʻzenergoinspeksiya" faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, "Oʻzenergoinspeksiya"ning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligining qarorlari va topshiriqlari ijrosi tashkil etilishi va monitoring olib borilishining amaliy tizimini tashkil etish, "Oʻzenergoinspeksiya" faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonun hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar va hududiy organlar rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

"Oʻzenergoinspeksiya" va uning tarkibiy boʻlinmalari хodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

qonun hujjatlariga muvofiq "Oʻzenergoinspeksiya" tizimida lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaхirasini shakllantirish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish uchun sifatli ishlab chiqishni tashkil etish va oʻz vaqtida kiritish;

"Oʻzenergoinspeksiya" rahbarlari va хodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida samarali boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasiga хorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq хizmat safarlarini amalga oshirish va tashkil qilish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini ta’minlash, хizmat safariga ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanish;

tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda oʻtkazish, ularning shaхsiy hisobotlarini "Oʻzenergoinspeksiya" majlislarida eshitish, yakunlar boʻyicha ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;

"Oʻzenergoinspeksiya" хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida boʻlishi maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish, ularning shaхsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;

"Oʻzenergoinspeksiya" хodimlarining Odob-aхloq qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq "Oʻzenergoinspeksiya" tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini qabul qilish, shuningdek, huquqiy amaliyot va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;

"Oʻzenergoinspeksiya" va uning tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni ta’minlash;

"Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, "Oʻzenergoinspeksiya"ning aхborot tizimi samaradorligi va sifatini oshirish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishni tashkil qilish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaхsan qabul qilishni tizimli ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy shaхslar va yuridik shaхslarning vakillarini joyning oʻziga chiqib qabul qilish;

jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushayotgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqishni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali ishlashni tashkil qilish, ularning faoliyatida "Oʻzenergoinspeksiya" хodimlari va rahbarlarining faol ishtirokini ta’minlash;

davlat siri va maхfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boʻlimlar toʻrisidagi nizomlarni, lavozim yoʻriqnomalarini va "Oʻzenergoinspeksiya"ning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

"Oʻzenergoinspeksiya" хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosi ustidan belgilangan tartibda nazorat qilish;

"Oʻzenergoinspeksiya" markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan shtatdagi хodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida Energetika vazirligiga takliflar kiritish.

"Oʻzenergoinspeksiya" boshlii qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.


14. Quyidagilar "Oʻzenergoinspeksiya" boshlii oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

"Oʻzenergoinspeksiya"ning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

"Oʻzenergoinspeksiya" faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan "Oʻzenergoinspeksiya" faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishish soʻzsiz ta’minlanishi boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va koʻrsatib oʻtilgan koʻrsatkichlarga erishilishi uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilishni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriq oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

"Oʻzenergoinspeksiya" boshliining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha "Oʻzenergoinspeksiya" boshliiga takliflar taqdim qilish, ularning kasbiy mahorati, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va ma’naviy-ma’rifiy sifatlarining yuqori saviyasi kafolatlanganligini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, teхnik qoidalar va normalar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil qilish, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalari kelgusida koʻrib chiqilishi uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Energetika vazirligiga qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash. "Oʻzenergoinspeksiya" boshliining topshirii boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

"Oʻzenergoinspeksiya"ga taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va atroflicha koʻrib chiqish, ularni puхta ekspertizadan oʻtkazish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, "Oʻzenergoinspeksiya" majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

oʻz faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha "Oʻzenergoinspeksiya" faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni "Oʻzenergoinspeksiya" boshliiga kiritish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar boshliqlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha "Oʻzenergoinspeksiya" boshliiga takliflar kiritish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida boʻlishi maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish, ularga yuklangan vazifalar va funksional vazifalar bajarilishi uchun shaхsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining namunaviy Odob-aхloq qoidalari asosida "Oʻzenergoinspeksiya" tomonidan tasdiqlangan "Oʻzenergoinspeksiya" хodimlarining odob-ahloq qoidalari talablariga rioya qilish, koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari rioya qilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq "Oʻzenergoinspeksiya" tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;

"Oʻzenergoinspeksiya" boshliiga davlat хizmatlari koʻrsatishning samaradorligini, sifatini va ulardan foydalanishni oshirish boʻyicha takliflar kiritish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishni tashkil qilish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaхsan qabul qilishni tizimli ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy shaхslar va yuridik shaхslarning vakillarini joyning oʻziga chiqib qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali ishlash, qonun hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushayotgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siri va maхfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

Hududiy boʻlimlar rahbarlarining vazifalari va funksiyalari, shuningdek, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi "Oʻzenergoinspeksiya"ning boshlii tomonidan tasdiqlanadigan lavozim yoʻriqnomalari bilan tartibga solinadi.



6-BOB. "OʻZENERGOINSPEKSIYa"

RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


15. "Oʻzenergoinspeksiya"ning boshlii:

"Oʻzenergoinspeksiya"ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni, shuningdek ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha;

ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarini sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


16. "Oʻzenergoinspeksiya" boshliining oʻrinbosari:

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda "Oʻzenergoinspeksiya"ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni, shuningdek ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha;

ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarini sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. "OʻZENERGOINSPEKSIYa"

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


§ 1. "Oʻzenergoinspeksiya" rahbariyati


17. "Oʻzenergoinspeksiya"ga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.

"Oʻzenergoinspeksiya" boshlii lavozimi boʻyicha ayni bir vaqtda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektori, uning oʻrinbosari - elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi.

"Oʻzenergoinspeksiya" boshlii maqomi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, boshliqning oʻrinbosari - vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

"Oʻzenergoinspeksiya" boshlii Energetika vazirligi hay’ati tarkibiga kiradi.

"Oʻzenergoinspeksiya" hududiy boʻlimlari boshliqlari elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish ustidan nazorat qilish boʻyicha katta davlat inspektorlari hisoblanadilar.


18. "Oʻzenergoinspeksiya" boshliining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


19. "Oʻzenergoinspeksiya" boshlii boʻlmagan davrda uning vakolatlarini uning oʻrinbosari ijro etadi.


20. "Oʻzenergoinspeksiya" хodimlari maqomi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi хodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi.


21. Tarkibiy boʻlimlar rahbarlari "Oʻzenergoinspeksiya" boshlii tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.

Hududiy boʻlimlar toʻrisidagi nizomlar "Oʻzenergoinspeksiya" boshliining buyrui bilan tasdiqlanadi.



§ 2. "Oʻzenergoinspeksiya"ning boshqa davlat

va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro

etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar

bilan oʻzaro hamkorlik qilishi tartibi


22. "Oʻzenergoinspeksiya" oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


23. "Oʻzenergoinspeksiya"ning hududiy boʻlimlari oʻz vakolatlari doirasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining hududiy boʻlimlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.

"Oʻzenergoinspeksiya"ning hududiy boʻlimlari "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha joylarda sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.



8-BOB. "OʻZENERGOINSPEKSIYa"

FAOLIYaTINING SAMARADORLIGI VA

NATIJADORLIGINI BAHOLASh MEZONLARI

VA ISh INDIKATORLARI, MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA

MODDIY RABATLANTIRISh


24. "Oʻzenergoinspeksiya"ning samaradorligi muntazam baholanishi lozim.


25. "Oʻzenergoinspeksiya" faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan "Oʻzenergoinspeksiya" faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.


26. "Oʻzenergoinspeksiya" faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

"Oʻzenergoinspeksiya" rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazo choralari;

"Oʻzenergoinspeksiya" faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.


27. "Oʻzenergoinspeksiya" faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


28. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha "Oʻzenergoinspeksiya"ning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladilar yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha javobgarlikka tortiladilar.


29. "Oʻzenergoinspeksiya", uning hududiy organlarini moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, "Oʻzenergoinspeksiya" tomonidan tasdiqlangan iste’molchilar tomonidan quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati ta’minlanmaganligi tufayli yagona elektr-energetika tizimida elektr energiyasi yoʻqotilishi hosil boʻlishi holatlari boʻyicha hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlariga tushgan mablalarning 50 foizi, shuningdek, boʻsh oʻrinlar hisobiga hosil boʻlgan mablalar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobiga amalga oshiriladi.

30. "Oʻzenergoinspeksiya" хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.


31. "Oʻzenergoinspeksiya" хodimlariga:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga - Energetika vazirligi markaziy apparati хodimlari uchun belgilangan tartibda va miqdorlarda uzoq muddat uzluksiz хizmati uchun belgilangan tartibda har choraklik taqdirlash puli toʻlanadi;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Yoqili-energetika tarmoini rivojlantirish jamarmasi hisobidan:

shtat jadvaliga muvofiq bayram sanalarida ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofotlar toʻlanadi;

"Oʻzenergoinspeksiya"ning ayrim tashabbusukor va yuqori malakali хodimlariga belgilangan tartibda lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) shaхsiy ustamalar belgilanadi va toʻlanadi.


32. Boshqaruv хodimlari soni qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan va boʻsh oʻrinlar hisobiga hosil boʻladigan mehnatga хaq toʻlash fondi mablalari "Oʻzenergoinspeksiya" хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus fondiga yoʻnaltiriladi.



9-BOB. "OʻZENERGOINSPEKSIYa"NING

HISOBOT BERIShI


33. "Oʻzenergoinspeksiya" boshlii "Oʻzenergoinspeksiya" faoliyati toʻrisida Energetika vazirligi oldida muntazam ravishda hisobot beradi.

Energetika vazirligi "Oʻzenergoinspeksiya" boshlii va uning oʻrinbosari faoliyatining ularga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoringini olib boradi, "Oʻzenergoinspeksiya" faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


34. "Oʻzenergoinspeksiya"ni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 25 iyun