Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.06.2019 y. 524-son "Namangan va Sirdaryo viloyatlarida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.06.2019 y.

N 524




NAMANGAN VA SIRDARYo

VILOYaTLARIDA KIChIK SANOAT

ZONALARINI KENGAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aholining bandligini ta’minlash va farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Namangan viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 2 iyuldagi PQ-3826-son qaroriga asosan Namangan viloyatida 6 ta hamda Vazirlar Mahkamasining "Sirdaryo viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korхonalar faoliyatini tiklash, shuningdek, davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 4 avgustdagi 589-son qaroriga asosan Sirdaryo viloyatida 2 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklarining Namangan va Sirdaryo viloyatlarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini va yer uchastkalarini 1-ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha Namangan va Sirdaryo viloyatlari kichik sanoat zonalari tarkibiga (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) kiritish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki oy muddatda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda:

ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq Namangan viloyatining Mingbuloq tumani va Namangan shahridagi foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki ob’yektlari Namangan viloyati hokimligiga belgilangan tartibda topshirilishini;

"Oʻztransgaz" AJ boshqaruv organlarining majlislarida ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq Sirdaryo viloyati Xovos tumani "Bunyodkor" MFY hududidagi "Oʻztransgaz" AJga qarashli omborхona bino va inshootlarini "Oʻztransgaz" AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini tegishli ravishda oʻtkazilayotgan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga kamaytirgan holda Sirdaryo viloyati hokimligiga topshirish masalasi koʻrib chiqilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga 1-ilovada qayd etilgan KSZlar chegaralarini bir oy muddatda aniqlashtirsinlar.


5. Namangan va Sirdaryo viloyatlari erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda belgilangan tartibda:

Namangan va Sirdaryo viloyatlari iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-хom ashyo, qishloq хoʻjaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda Namangan va Sirdaryo viloyatlari KSZlari hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korхonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar - "yoʻl хaritalari" ikki oy muddatda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini;

Namangan va Sirdaryo viloyatlari KSZlari hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻrisidagi ma’lumotlar tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilishini;

KSZlar hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, Namangan va Sirdaryo viloyatlari KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalari sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini;

Namangan va Sirdaryo viloyatlari KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik sub’yektlariga koʻmaklashishni ta’minlasinlar.


6. 2019-2020 yillarda Namangan va Sirdaryo viloyatlari kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarining manzilli roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq Namangan va Sirdaryo viloyatlari KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlari tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va ularning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlasinlar.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xoʻjayev, Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov va Sirdaryo viloyati hokimi .. Mirzayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 25 iyundagi

524-son qaroriga

1-ILOVA



Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi kichik

sanoat zonalari tarkibiga kiritiladigan

foydalanilmayotgan ishlab chiqarish

maydonlari va yer uchastkalari

ROʻYXATI

T/r

KSZ nomi

KSZ tarkibiga

kiritilayotgan

ob’yektlarning nomi


Ob’yekt joylashgan

manzil


Hududi

(ga)*


Bino-

inshootlar

maydoni

(kv.m)*


NAMANGAN VILOYaTI

1

Namangan shahar KSZ

Akademik M. Mirzayev nomidagi respublika ilmiy tadqiqot institutining Namangan viloyati filialiga qarashli bino va inshootlar


Namangan shahar, Dashboq MFY, Amir Temur koʻchasi 4 uy


3,8

3 000,0

2

Namangan tumani KSZ


Foydalanilmayotgan yer uchastkasi


Namangan tumani, Katta Toshbuloq MFY


4,5

-

3

Pop tumani KSZ


Foydalanilmayotgan yer uchastkasi


Pop tumani, Mirishkor MFY


2,0

-

4

Mingbuloq tumani KSZ


Sobiq "Gulbo" qishloq uchastka shifoхonasi bino- inshootlari


Mingbuloq tumani, Yoshlik MFY


1,5

1 051,5

5

Yangiqoʻron tumani KSZ


Foydalanilmayotgan yer uchastkasi


Yangiqoʻron tumani, Bunyodkor MFY


10,0

-

SIRDARYo VILOYaTI

6

Xovos tumani KSZ


"Oʻztransgaz" AJga qarashli boʻsh turgan omborхona bino va inshootlari**


Xovos tumani, "Bunyodkor" MFY


3,5

3 736,0


               

*) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.

**) Bino va inshootlar, shuningdek, ularga tutash hududlar хoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning tegishli boshqaruv organlari yiilishlarida koʻrib chiqish natijalariga koʻra aniqlanadi.






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 25 iyundagi

524-son qaroriga

2-ILOVA



2019-2020 yillarda Namangan va Sirdaryo viloyatlari

kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya

va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash

ishlarining manzilli

ROʻYXATI

Chora-tadbirlar

nomi


Oʻlchov

birligi


Miqdor/

Quvvat


Xarajatlar

miqdori*

(mln soʻm)


Moliyalashtirish

manbalari


Mas’ul ijrochilar


NAMANGAN VILOYaTI

NAMANGAN TUMANI KIChIK SANOAT ZONASI

Elektr tarmoi va ob’yektini qurish


km ob’yekt

1,5

1

365,0

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mablalari


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ


Gaz oʻtkazish tarmoini qurish


km

3,5

980,0

"Oʻztransgaz" AJ

mablalari


"Oʻztransgaz" AJ


Ichimlik suvi oʻtkazish tarmoini qurish


km

2,0

593,2

Namangan viloyati mahalliy byudjeti mablalari


Namangan viloyati hokimligi, "Suvoqava" DUK


Oqava suvi oʻtkazish tarmoini qurish


km

1,5

600,0

Namangan viloyati hokimligi, "Suvoqava" DUK


Avtomobil yoʻllarini qurish

km

1,2

3 875,0

Namangan viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi


Jami:


6 413,2


POP TUMANI KIChIK SANOAT ZONASI

Elektr tarmoi va ob’yektini qurish


km ob’yekt


0,3 1

87,0

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mablalari


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ


Gaz oʻtkazish tarmoini qurish


km

0,3

98,0

"Oʻztransgaz" AJ

mablalari


"Oʻztransgaz" AJ


Ichimlik suvi oʻtkazish tarmoini qurish


km

0,2

59,0

Namangan viloyati mahalliy byudjeti mablalari


Namangan viloyati hokimligi, "Suvoqava" DUK


Avtomobil yoʻllarini qurish


km

0,5

650,0

Namangan viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi


Jami:


894,0


MINGBULOQ TUMANI KIChIK SANOAT ZONASI

Ichimlik suvi oʻtkazish tarmoini qurish


km

1,0

296,6

Namangan viloyati mahalliy byudjeti mablalari


Namangan viloyati hokimligi, "Suvoqava" DUK


Oqava suvi oʻtkazish tarmoini qurish


km

2,0

2 800,0

Namangan viloyati mahalliy byudjeti mablalari


Namangan viloyati hokimligi, "Suvoqava" DUK


Avtomobil yoʻllarini qurish


km

1,0

3 151,0

Namangan viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi


Jami:


6 247,6


YaNGIQOʻRON TUMANI KIChIK SANOAT ZONASI

Elektr tarmoi va ob’yektini qurish


km ob’yekt

2,4

1

152,0

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mablalari


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ


Ichimlik suvi oʻtkazish tarmoini qurish


km

2,5

741,4

Namangan viloyati mahalliy byudjeti mablalari

Namangan viloyati hokimligi, "Suvoqava" DUK


Oqava suvi oʻtkazish tarmoini qurish


km ob’yekt

2,0

1

2 800,0

Namangan viloyati hokimligi, "Suvoqava" DUK


Avtomobil yoʻllarini qurish

km

1,2

3 565,0

Namangan viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi


Jami:


7 258,4


Namangan viloyati boʻyicha jami:


20 813,2

SIRDARYo VILOYaTI

XOVOS TUMANI KIChIK SANOAT ZONASI

Gaz oʻtkazish tarmoini qurish


km


1,1


110,0

"Oʻztransgaz" AJ

mablalari


"Oʻztransgaz" AJ


Jami:


110,0


Sirdaryo viloyati boʻyicha jami:


110,0

           

*) Xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 26 iyun