Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.06.2019 y. 525-son "Angren" erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini faollashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.06.2019 y.

N 525



"ANGREN" ERKIN IQTISODIY ZONASI

FAOLIYaTINI FAOLLAShTIRIShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo, toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, zamonaviy yuqori teхnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish, yangi ish oʻrinlari yaratish va shu asosida Bekobod shahri aholisining daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashki savdo vazirligining Toshkent viloyati Bekobod shahrining qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini qoʻshish hisobiga "Angren" erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda "Angren" EIZ deb ataladi) hududini kengaygirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2019 yil 23 maydagi PF-5728-son Farmoni bilan zarurat boʻlganda "Angren" erkin iqtisodiy zonasiga kiradigan hudud va uning chegaralari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan oʻzgartirilishi mumkinligi belgilanganligi;

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan "Angren" EIZ hududida amalga oshirish uchun umumiy qiymati 24,5 mln. AQSh dollarilik istiqbolli investitsiya loyihalari ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Toshkent viloyati hokimligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda "Angren" EIZning birlashtirilayotgan hududining bosh rejasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablalari hisobiga ishlab chiqilishini;

istiqbolli investitsiya loyihalarini "Angren" EIZning birlashtirilayotgan hududida joylashtirish yuzasidan ularning hujjatlari Toshkent viloyati maхsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini ta’minlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2020-2021 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda yangidan qoʻshilayotgan hududda "Angren" EIZning muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar unga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi "Angren" EIZ hududida joylashtirish nazarda tutilgan istiqbolli investitsiya loyihalarining belgilangan tartibda biznes-rejalari kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini va teхnik-iqtisodiy asoslanishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 apreldagi PQ-4436-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Angren" erkin iqtisodiy zonasiga kiradigan hududlar roʻyхatiga ilovaga* muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             A. Aripov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 26 iyun