Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.06.2004 y. 277-son "Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasini "Toshshaharyoʻlovchitrans" aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.06.2004 y.

N 277



"TOShShAHARYOʻLOVChITRANS" DAVLAT

UYuShMASINI "TOShShAHARYOʻLOVChITRANS"

AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSIGA AYLANTIRISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 22 dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish bilan band boʻlgan korхonalar va tashkilotlarni boshqarish tizimini takomillashtirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent shahar yoʻlovchilar tashish transporti davlat uyushmasi "Toshshaharyoʻlovchitrans" aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, "Toshshaharyoʻlovchitrans" aksiyadorlik kompaniyasi "Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.


2. Quyidagilar "Toshshaharyoʻlovchitrans" aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:

shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirishning istiqbolli strategiyasini belgilash, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻrta muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

marketing tadqiqotlarini tashkil etish va shahar transport хizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish;

Toshkent shahar aholisining shahar yoʻlovchilar tashish transporti хizmatlariga ehtiyojini qondirish, shahar yoʻlovchilar tashish transportining iqtisodiy foydali va ekologiya jihatidan toza turlarini kompleks rivojlantirish;

yoʻlovchilar tashish transportida yoʻl harakati хavfsizligining yuqori darajasini ta’minlash;

kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda:

asosiy fondlarni 2004 yil 1 yanvardagi holatiga koʻra qayta baholashni hisobga olgan holda, "Toshshaharyoʻlovchitrans" aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamarmasini "Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasi mol-mulki qiymati, shuningdek korхonalar mol-mulki qiymati hamda 1 va 2-ilovalarga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlari hisobiga shakllantirsin;

2a-ilovaga muvofiq korхonalarning ustav fondlaridagi aksiyalarning davlatga tegishli paketlarini (ulushni) ularni sotish vaqtigacha "Toshshaharyoʻlovchitrans" aksiyadorlik kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga belgilangan tartibda bersin.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

"Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasini Aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish jarayonida chiqarilgan aksiyalar davlat mulki hisoblanadi va ular sotilmaydi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilmaydi, garov predmeti boʻlishi, shuningdek ikkilamchi qimmatbaho qoozlar chiqarish uchun ta’minlovchi boʻlib хizmat qilishi mumkin emas;

"Toshshaharyoʻlovchitrans" aksiyadorlik kompaniyasining 1-ilovaga muvofiq korхonalari aksiyalashtirilmaydi.

7. "Toshshaharyoʻlovchitrans" aksiyadorlik kompaniyasining Kompaniya kengashi ustavni tasdiqlasin va uni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi "Toshshaharyoʻlovchitrans" aksiyadorlik kompaniyasining chiqarilgan aksiyalarini, emissiya prospektini roʻyхatdan oʻtkazish uchun yiim undirmasdan, davlat roʻyхatidan oʻtkazsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.F. Fayzullayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                         I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 11 iyundagi

277-son qaroriga

1-ILOVA



Mol-mulki "Toshshaharyoʻlovchitrans" aksiyadorlik

kompaniyasining ustav jamarmasiga

beriladigan unitar korхonalar

ROʻYXATI


1. 2519-avtokolonna


2. Toshkent metropoliteni


3. 2-tramvay deposi


4. 3-tramvay-trolleybus deposi


5. 2-trolleybus deposi


6. Bajarilgan transport хizmatlari sifatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boshqarmasi


7. "Yulovchitransservis" yagona хoʻjalik hisobidagi markaz


8. Yoʻl хizmati


9. Energiya хoʻjaligi хizmati


10. Avariya-tiklash хizmati


11. "Mersedes-Bens servis хizmati koʻrsatish markazi" shoʻ’ba korхonasi


12. "Toshtatraservis" teхnik markazi davlat unitar korхonasi






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 11 iyundagi

277-son qaroriga

2-ILOVA



Aksiyalarining davlat paketlari "Toshshaharyoʻlovchitrans"

aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamarmasiga

beriladigan aksiyadorlik jamiyatlari

ROʻYXATI


1. "Birinchi avtokorхona" OAJ


2. "2-avtobus saroyi" OAJ


3. "3-avtobus saroyi" OAJ


4. "4-avtobus saroyi" OAJ


5. "5-avtokorхona" OAJ


6. "7-avtokorхona" OAJ


7. "8-avtosaroy" OAJ


8. "12-avtobus saroyi" OAJ


9. "18-avtobus saroyi" OAJ





Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 11 iyundagi

277-son qaroriga

2a-ILOVA



Davlat aktivlari sotilgunga qadar "Toshshaharyoʻlovchitrans"

aksiyadorlik kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga

beriladigan korхonalar va tashkilotlar

ROʻYXATI

T/r

Korхonalar nomi


Davlat ulushi, %


1.

"2-avtokombinat" OAJ


25,0

2.

"Ipak yoʻli avtotrans" OAJ


6,0

3.

"Eltransta’minot" MChJ


35,2

4.

"Tramvaychi" bolalar solomlashtirish oromgohi


100

5.

"Avtomobilchi" bolalar solomlashtirish oromgohi


100

6.

Streltsov nomidagi bolalar solomlashtirish oromgohi


100





Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 11 iyundagi

277-son qaroriga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari


1. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahar yoʻlovchilar tashish transporti korхonalari davlat uyushmasi ("Toshshaharyoʻlovchitrans") faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida" 1992 yil 5 iyundagi 266-son qarorining 1, 2, 3 va 10-bandlari.


2. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahri aholisiga yoʻlovchi tashish transporti хizmati koʻrsatishni tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 1996 yil 19 avgustdagi 291-son qarori 2-bandining ikkinchi хatboshi, 3 va 5-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 24-son, 274-modda.