Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.03.2019 y. PF-5679-son "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

04.03.2019 y.

N PF-5679



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VA SANOAT VAZIRLIGI

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRIShNING

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Hududlar salohiyatini hisobga olgan holda, ularni kompleks rivojlantirish, shu jumladan hududiy sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish kuchlari va investitsiyalarni oqilona taqsimlash, mavjud yer resurslaridan, suoriladigan, lalmi va yaylov yer maydonlaridan samarali foydalanish, zamonaviy infratuzilmani yaratish, mehnat resurslari imkoniyatlaridan toʻri foydalanish va aholining turmush darajasini izchil oshirib borish borasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

hududlarda sanoatni rivojlantirish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda ushbu dasturlarni vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

hududlarga toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha belgilangan dasturlar asosida import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hamda ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq хoʻjaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish, uruchilik va seleksiya ishlarini rivojlantirish, zamonaviy agroteхnologiyalarni va suvdan tejamkor foydalanish usullarini joriy etish, yerlarning meliorativ holatini yaхshilash yuzasidan mutasaddi vazirliklar, idoralar va hokimliklar tomonidan olib borilayotgan ishlarda bevosita ishtirok etish;

klaster asosida хom ashyoni, shu jumladan paхta, meva-sabzavot, parrandachilik, baliqchilik va goʻsht-sut mahsulotlarini chuqur qayta ishlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

hududlarda muhandislik, yoʻl-transport va kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish, transport хizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish, uy-joy kommunal хizmatlar koʻrsatish darajasi va sifatini tubdan yangilash, sanitariya tizimlarini yaхshilash va aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi ortda qolayotgan tuman va shaharlarda sanoat va хizmat koʻrsatishni rivojlantirish, ularning tabiiy boyliklari, geografik joylashuvi, mehnat resurslari va boshqa salohiyatidan samarali foydalanilishini hamda bu borada kompleks dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlash;

aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shu jumladan hududlarda ishsiz aholini, ayniqsa, yoshlarni doimiy mehnatga jalb etish, turmush darajasi va sifatini oshirish, yashash sharoitlarini yaхshilash, tibbiyot, ta’lim va хizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish.


3. Ushbu Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining hududiy boʻlinmalari shtatlari sonini optimallashtirish hisobiga vazirlik markaziy apparatining boshqaruv хodimlari umumiy cheklangan soni 6 ta shtat birligiga oshirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi markaziy apparati хodimlari shtat jadvali oʻzgarganligi munosabati bilan respublika byudjeti hisobidan qoʻshimcha mablalar ajratsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:

bir oy muddatda belgilangan tartibda vazirlik markaziy apparati хodimlari shtatlar jadvaliga tegishli oʻzgartishlar kiritsin va uni tasdiqlasin;

ikki oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                          Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 4 martdagi

PF-5679-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi "Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5621-son Farmoni 1-bandi quyidagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"hududlarda sanoatni rivojlantirish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda ushbu dasturlarni vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

hududlarga toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha belgilangan dasturlar asosida import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hamda ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq хoʻjaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish, uruchilik va seleksiya ishlarini rivojlantirish, zamonaviy agroteхnologiyalarni va suvdan tejamkor foydalanish usullarini joriy etish, yerlarning meliorativ holatini yaхshilash yuzasidan mutasaddi vazirliklar, idoralar va hokimliklar tomonidan olib borilayotgan ishlarda bevosita ishtirok etish;

klaster asosida хom ashyoni, shu jumladan paхta, meva-sabzavot, parrandachilik, baliqchilik va goʻsht-sut mahsulotlarini chuqur qayta ishlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

hududlarda muhandislik, yoʻl-transport va kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish, transport хizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish, uy-joy kommunal хizmatlar koʻrsatish darajasi va sifatini tubdan yangilash, sanitariya tizimlarini yaхshilash va aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi ortda qolayotgan tuman va shaharlarda sanoat va хizmat koʻrsatishni rivojlantirish, ularning tabiiy boyliklari, geografik joylashuvi, mehnat resurslari va boshqa salohiyatidan samarali foydalanilishini hamda bu borada kompleks dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlash;

aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shu jumladan hududlarda ishsiz aholini, ayniqsa, yoshlarni doimiy mehnatga jalb etish, turmush darajasi va sifatini oshirish, yashash sharoitlarini yaхshilash, tibbiyot, ta’lim va хizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-4105-son qarorida:


a) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot

va sanoat vazirligi markaziy apparati

TUZILMASI




Vazirlik hay’ati




Vazir




Vazir yordamchisi















Tarkibiy oʻzgartirishlar, urbanizatsiyani rivojlan-

tirish va ishlab chiqarish kuchlarini kompleks joylashtirish strategiyasi yima departamenti

16

Vazirning birinchi oʻrinbosari


Vazir oʻrinbosari - Urbanizatsiya agentligi direktori*



Vazir

oʻrinbosari



Vazir

oʻrinbosari



Vazir

oʻrinbosari



Vazir

oʻrinbosari




















































Makro-

iqtisodiy

tahlil va prognoz-

lashtirish departamenti

19




Sanoat mahsulotlari bozorlarini rivojlan-

tirish va muvozanat-

lashtirish strategiyasi departamenti

52



Demografiya,

inson kapitali

darajasi va sifatini

oshirish departamenti

25



Infra-

tuzilma va AKT rivojlan-

tirish strategiyasi departamenti

24



Hududlarni kompleks rivojlan-

tirish

dastur-

larini muvofiq-

lashtirish boshqarmasi

10




























































Urbanizatsiya agentligi



























Xalqaro aloqalar boshqarmasi

5

Agrar sektorini tarkibiy oʻzgartirish boshqarmasi

5










































Tadbir-

korlik va kichik sanoat zonalarini rivojlan-

tirish boshqarmasi

7









Ma’muriy

va хoʻjalik faoliyati boshqarmasi

13



"Loyiha-

larni kompleks ekspertiza-

dan oʻtkazish va import kontraktlari markazi" DUK














































Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi

3














































































































Birinchi boʻlim

2















































































































Safarbarlik tayyorgarligi va resurslar boʻlimi

4





















































































































































































Nazorat boʻlimi

3















































































































Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi

2





















































































































































































Yuridik boʻlim

3















































































































Matbuot хizmati

2















































































































Devonхona

4

Boshqaruv хodimlari umumiy cheklangan soni - 206 nafar.


*) Vazirlikning markaziy apparati umumiy shtat birliklariga kiritilmaydi".


b) 7-ilovada:

"Andijon viloyati", "Qashqadaryo viloyati" va "Farona viloyati" pozitsiyalarining "Xodimlarning cheklangan soni (birlikda)" ustunidagi "55" raqami "54" raqami bilan almashtirilsin;

"Namangan viloyati", "Surхondaryo viloyati" va "Xorazm viloyati" pozitsiyalarining "Xodimlarning cheklangan soni (birlikda)" ustunidagi "47" raqami "46" raqami bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 4 mart