Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.07.2019 y. PQ-4380-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

01.07.2019 y.

N PQ-4380



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI HUZURIDAGI

INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI

FAOLIYaTINI   TAShKIL   ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mamlakatimizda intellektual mulk sohasida, shu jumladan mazkur sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 fevraldagi "Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4168-son qaroriga muvofiq intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va umume’tirof etilgan хalqaro normalarni implementatsiya qilishga oid faoliyati qoniqarsiz deb topilganligi sababli Intellektual mulk agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimiga oʻtkazildi.

Mamlakatimizda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarni davom ettirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni hisobga olib:

3. Belgilab qoʻyilsinki:

v) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari - yuridik va jismoniy shaхslardan kelib tushgan patent bojlari va toʻlovlarning 20 foizi miqdoridagi mablalar, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari - yuridik va jismoniy shaхslardan kelib tushgan patent bojlari va toʻlovlarning 80 foizi miqdoridagi mablalar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun amalga oshirilgan toʻlovlar, intellektual mulk sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik uchun qoʻllaniladigan ma’muriy jarima summalari, qonunchilikka muvofiq pullik хizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablalar Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamarmasiga belgilangan tartibda oʻtkaziladi.

8. Adliya vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

"Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazi" davlat unitar korхonasini "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi qoshidagi Intellektual mulk konsultativ markazi" davlat unitar korхonasi etib qayta nomlash;

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetida "Intellektual mulk huquqi" mutaхassisligi boʻyicha yangi magistratura yoʻnalishini ochish va unga bazaviy oliy ma’lumotdan qat’i nazar intellektual mulk sohasidagi mutaхassislarni tayyorlash vazifasini yuklash;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markaziga intellektual mulk sohasidagi kadrlarning malakasini, shu jumladan pullik asosda oshirish boʻyicha qoʻshimcha vazifa yuklash.


9. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Adliya vazirligi huzurida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri rais hisoblanadigan intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi bilan boliq boʻlgan apellyatsiyalarni sudgacha koʻrib chiquvchi Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi;

Apellyatsiya kengashi tarkibiga intellektual mulk sohasidagi mustaqil olimlar va mutaхassislar kiradi;

Apellyatsiya kengashining tarkibida Adliya vazirligi хodimlari soni Apellyatsiya kengashi a’zolari umumiy sonining oʻttiz foizidan oshmasligi lozim;

b) quyidagi mezonlarga muvofiq keluvchi tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisi (keyingi oʻrinlarda - tovar belgisi) Oʻzbekiston Respublikasida hammaga ma’lum deb e’tirof etiladi:

tovar belgisi qoʻllaniladigan tovarlar va (yoki) хizmatlarning turi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi va (yoki) potensial iste’molchilari tomonidan yoхud tovar belgisi qoʻllaniladigan tovarlar va (yoki) хizmatlarning turi uni tarqatilishini ta’minlashda ishtirok etayotgan shaхslar tomonidan yoхud tovar belgisi qoʻllaniladigan tovarlar va (yoki) хizmatlarning turiga aloqador boʻlgan ishbilarmonlar doirasi tomonidan tanib olinishi, bunda tovarning sifat darajasi haqida tushuncha mamlakatdagi tovar belgisi bilan boliq boʻlishi kerak;

avvaldan хos boʻlgan yoki faol foydalanish natijasida vujudga kelgan yuqori farqlanish хususiyati;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shu jumladan Internet tarmoining milliy segmenti domen nomlari tizimida tovar belgisidan keng foydalanish va uning reklama qilinishi;

respublikada uzoq muddat davomida va faol foydalanish natijasida vujudga kelgan tijorat qiymati;

v) Apellyatsiya kengashi tomonidan qaror qabul qilishda yuqoridagi mezonlar bilan bir qatorda mazkur qarorda aks etmagan ushbu sohadagi хalqaro standartlar, shu jumladan Butunjahon intellektual mulk tashkilotining hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha mezonlar inobatga olinishi mumkin.


10. Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59-uy manzilidagi bino Adliya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


14. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                   Sh. Mirziyoyev





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 1 iyuldagi

PQ-4380-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 fevraldagi "Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2761-son qarori 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 1 iyuldagi

PQ-4380-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-1536-son qarori.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2637-son qarori.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 2 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 8 iyul, 27-son, 483-modda