Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.06.2019 y. 544-son "Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat korхonalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.06.2019 y.

N 544



VAZIRLAR MAHKAMASINING

2006 YIL 16 OKTYaBRDAGI 215-SON QARORI

BILAN TASDIQLANGAN DAVLAT KORXONALARI

TOʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA

QOʻShIMChA KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi" ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QXT, 2016 y., 42-son, 417-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korхonalari toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 30 iyundagi

544-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi

215-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat korхonalari

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimcha


13-bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"davlat unitar korхonalarining yillik yiilishi yil tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay oʻtkazilishi va davlat byudjetiga ajratmalarni sof foydani taqsimlash toʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan 60 kundan kechiktirmay toʻlash.".


14-bandning uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"davlat korхonasining oʻz faoliyatidan olingan daromadlari, shuningdek, davlat korхonalarining boshqa jamiyat ustav fondidagi ulushi boʻyicha dividend".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 4 iyul