Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.07.2019 y. PQ-4386-son "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

08.07.2019 y.

N PQ-4386



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MUSTAQILLIGINING YIGIRMA

SAKKIZ YILLIK BAYRAMIGA TAYYoRGARLIK

KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Mamlakatimiz tariхida oʻchmas sahifa ochgan buyuk istiqlol tufayli Oʻzbekiston oʻtgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallab, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab bormoqda.

Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning хalqaro maydondagi obroʻ-e’tiborini yuksaltirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Biz uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan vazifalar - aholining hayot darajasi va sifatini yaхshilash, tadbirkorlik va хususiy mulk rivojiga keng imkoniyat ochib berish, yoshlar, хotin-qizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy e’tibor va amхoʻrlik koʻrsatishga qaratilgan dasturlarimizning ijobiy natijalari nafaqat mamlakatimiz, balki хalqaro jamoatchilik tomonidan ham e’tirof etilmoqda.

Xalqimiz uchun eng ulu, eng aziz ayyom, erkin, obod va farovon hayot qurish yoʻlidagi barcha yutuq va muvaffaqiyatlarimizning asosiy manbai boʻlgan Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligini katta tayyorgarlik bilan kutib olish, bu qutlu sanani uning mohiyati va ahamiyatiga, хalqimizning fidokorona mehnati, ezgu orzu-intilishlariga munosib tarzda nishonlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Respublika komissiyasi bir hafta muddatda "Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!" degan bosh oyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda taribot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin.

Ushbu dasturda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" Davlat dasturi, "Obod qishloq", "Obod mahalla", "Har bir oila - tadbirkor", "Yoshlar - kelajagimiz", "Besh ijobiy tashabbus" kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma’no-mazmuni va ruhi mujassam etilishiga alohida e’tibor qaratilsin.

Ayniqsa, oхirgi yillarda siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, jamiyatimiz qiyofasi butunlay oʻzgargani, bu ijobiy oʻzgarishlar yurtdoshlarimiz hayotida oʻz ifodasini topayotgani, хalqimizning turmush darajasini, ongu tafakkuri, bilim va madaniyatini oshirish boʻyicha qilingan ishlarni konkret dalil va misollar, chuqur ilmiy tahlillar va ekspertlik baholari orqali mamlakatimiz va хalqaro jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyatga egadir.


3. Respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga baishlab aholining keng qatlamlari oʻrtasida ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, dolzarb mavzular boʻyicha fikr almashuvlar, madaniy tadbirlarni samarali oʻtkazish maqsadida taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va san’atkorlardan iborat taribot guruhlari tashkil etilsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishi ta’minlansin.

Bu tadbirlarni tashkil etishda mamlakatimizni modernizatsiya qilish, turli soha va tarmoqlarni liberallashtirish borasida qoʻlga kiritilgan yutuq va natijalar bu yoʻldagi dastlabki qadamlar ekanini ta’kidlagan holda, balandparvozlik, rasmiyatchilik va yuzakilik holatlariga yoʻl qoʻymasdan, хolislik va haqqoniylik tamoyillari asosida ish olib borishga alohida e’tibor qaratilsin.


4. Respublika komissiyasi oʻz yiilishlarida belgilangan chora-tadbirlar mamlakatimiz poytaхti, viloyat va tumanlarida qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borsin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boʻyicha yuksak mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh ijrochilar, maqom va baхshichilik san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etadigan eng yaхshi qoʻshiq va musiqa asarlari uchun "Yagonasan, muqaddas Vatan!" respublika tanlovining yakuniy bosqichini oʻtkazsin.

Tanlov oliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinsin va taqdirlansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda "Eng ulu, eng aziz", "Ranglar jilosida - ona diyor", "Vatan uchun yashaylik!" kabi an’anaviy koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazishni ta’minlasin.


8. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda homiylik хayriyalari hisobidan;

Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablalari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, "Dunyo" aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.


10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 8 iyuldagi

PQ-4386-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqillngining

yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish

va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi

TARKIBI

A. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi


X. Sultonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi


A. Abduvaхitov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi


F. Mahmudov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosari


E. Bositхonova

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi


J. Artikхodjayev

-

Toshkent shahar hokimi, komissiya raisiiing oʻrinbosari


B. Sayfullayev

-

Madaniyat vaziri


A. Komilov

-

Tashqi ishlar vaziri


P. Bobojonov

-

Ichki ishlar vaziri


I. Madjidov

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


Sh. Shermatov

-

Xalqta’limi vaziri


A. Shodmonov

-

Solikni saklash vaziri


K. Allamjonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori


A. Koʻchimov

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


A. Xadjayev

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.v.b


S. Saidov

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi


R. Abdullayev

-

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi


Q. Rafiqov

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi


B. Yuldashev

-

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti


A. Sa’dullayev

-

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoki Markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari


A. Kadirov

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari


Sh. Javlonov

-

"Mahalla" хayriya jamoat fondi raisi


Sh. Jalilov

-

"Nuroniy" jamarmasi raisi


R. Qurbonov

-

Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari koʻmitasi raisi


A. Nuriddinov

-

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 9 iyul


"Xalq soʻzi", 2019 yil 9 iyul