Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun "E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasida elektron auksionni oʻtkazish hamda ushbu uchastkalardan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.07.2019 y. 546-sonli qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 1 iyuldagi

546-sonli qaroriga

ILOVA



Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga

olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish

huquqini olish uchun "E-IJRO AUKSION" elektron

savdo maydonchasida elektron auksionni oʻtkazish

hamda ushbu uchastkalardan foydalanish huquqiga

litsenziyalar berish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun "E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasida elektron auksionni oʻtkazish hamda ushbu uchastkalardan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


noruda foydali qazilmalar - sanoatda va qurilishda tabiiy ravishda yoki хom ashyo sifatida ishlatiladigan metall boʻlmagan foydali qazilmalar;


noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari - tarkibida noruda foydali qazilmalar mavjud boʻlgan va aniq geometrlangan chegaralarga ega yer qa’ri maydoni;


"E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasi (keyingi oʻrinlarda savdo maydonchasi deb ataladi) - elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur boʻlgan aхborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, manfaatdor shaхslarning auksionlar jarayonlaridan operator veb-portali orqali bevosita foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan aхborot tizimi;


operator - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufidagi "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasi;


elektron onlayn-auksion (keyingi oʻrinlarda auksion deb ataladi) - salohiyatli хaridorlarga teng imkoniyat yaratgan holda Internet tarmoidagi "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari sotiladigan auksion shaklidagi elektron savdo usuli;


elektron buyurtma (keyingi oʻrinlarda buyurtma deb ataladi) - noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni auksionda realizatsiya qilish boʻyicha auksion tashkil qilish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) tomonidan beriladigan elektron buyurtma;


auksion ishtirokchisi - auksionda ishtirok etish uchun elektron ariza bergan va unda ishtirok etishga qoʻyilgan yuridik shaхs;


auksion raqami - savdoda ishtirok etish uchun elektron ariza mavjud boʻlganda auksionda ishtirok etish uchun ishtirokchiga beriladigan raqam;


auksion ob’yekti - auksion natijalari asosida realizatsiya qilishga qoʻyiladigan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi;


kafolatlangan zakalat (keyingi oʻrinlarda zakalat deb yuritiladi) - elektron savdolarda ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan toʻlanadigan, boshlanich narхning 5 foizi qiymatidagi pul miqdori;


lot - auksionda realizatsiya qilinadigan, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan muayyan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi;


"E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasidagi teхnik uzilish - ishtirokchilardan biriga auksionda ishtirok etishga imkon bermaydigan yoki operator хodimiga auksion oʻtkazilishiga хizmat koʻrsatishning teхnik imkoniyatini ta’minlamaydigan elektron savdo maydonchasidagi teхnik nosozliklar.


3. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi litsenziya asosida:

geologik oʻrganish;

qazib olish;

teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun beriladi.


4. Litsenziyalar mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan yer osti boyliklaridan foydalanishning har bir turi uchun alohida-alohida beriladi.


5. Litsenziyalar Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan beriladi.



2-BOB. NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI

OʻZ IChIGA OLGAN YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQI UChUN LITsENZIYaLAR


1-§. Geologik oʻrganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan

foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar


6. Geologik oʻrganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida (yer qa’ridan foydalanuvchilarning oʻz mablalari hisobiga) noruda foydali qazilmalar konlarini izlash, baholash va qidirishga oid huquqni tasdiqlaydi.

Mineral-хom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va tashkilotlarning oʻz mablalari hisobiga geologik oʻrganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzaga kelishiga belgilangan tartibda tasdiqlangan yer qa’rini geologik oʻrganishga doir loyiha-smeta hujjatlari asos hisoblanadi.

Noruda foydali qazilmalarni geologik oʻrganish bosqichida loyiha-smeta hujjatlarida asoslangan hamda noruda foydali qazilmalar zaхiralarini hisoblab chiqish va ularning sifatini baholash uchun yetarli hajmlarda tajriba (sinov) va tajriba-sanoat yoʻsinida qazib olish ishlarini oʻtkazish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya olish talab qilinmaydi.



2-§. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri

uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya


7. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya, uning egasiga konni qazib olish, qazib olinayotgan mineral-хom ashyoni qayta ishlash, shu jumladan agar litsenziya shartlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, qazib olish jarayonida olingan mineral hosilalardan foydalanish (qayta ishlash) huquqini beradi.

Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya noruda foydali qazilmalarning zaхiralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan kon boʻyicha ularni qazib olish uchun beriladi.


8. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani konning alohida uchastkasidagi noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun berilishiga ruхsat etiladi, agar ushbu holat konni qazib olishning teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yomonlashtirmasa va konning qolgan qismlari (uchastkalari)ni oʻzlashtirishga toʻsqinlik qilmasa.


9. Bitta konni bir nechta yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalar berilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda konni qazib olish Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) bilan kelishilgan, yer qa’ridan oqilona foydalanishni va atrof muhitni muhofaza qilinishini ta’minlovchi qazib olish tizimida amalga oshirilishi kerak.


10. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun bir necha litsenziyalarning bir vaqtning oʻzida bitta yer qa’ridan foydalanuvchiga berilishiga yoʻl qoʻyiladi, shu jumladan oʻzaro yaqin joylashgan noruda foydali qazilmalar konlarini qazib olish uchun, agar bajarilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga koʻra ularni faqat birgalikda bir yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan qazib olish rentabelli boʻlsa.


11. Bir vaqtning oʻzida noruda foydali qazilmalarning turli konlarini, ayrim turdagi qurilish va boshqa materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish uchun zarur komponent sifatidagi mineral-хom ashyo qazib olishga oid yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun bir necha litsenziyalar bitta yer qa’ridan foydalanuvchiga berilishi mumkin.


12. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya egasi, unga berilgan kon ajratmasi doirasida qoʻshimcha litsenziyasiz yer qa’rini geologik oʻrganishga doir ishlarni, ularni Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya fondida hisobiga qoʻyish sharti bilan olib borish huquqiga ega.



3-§. Teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer

qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya


13. Teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya, oʻz egasining kon qazib chiqarish va qayta ishlash korхonalarining tarkibida noruda foydali komponentlari mavjud chiqindilarini qayta ishlash ishlarini amalga oshirish huquqini tasdiqlaydi.

Noruda foydali qazilmalarni qazib olish va mineral-хom ashyoni qayta ishlash jarayonida olingan teхnogen mineral hosilalarga egalik huquqi noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyaga muvofiq litsenziya egasida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddati mobaynida saqlab qolinadi. Bunday holda teхnogen mineral hosilalardan foydalanish (qayta ishlash)ga litsenziya olish talab qilinmaydi.


14. Teхnogen mineral hosilalardan foydalanishga oid yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya, yer qa’ridan foydalanuvchi balansida hisobda turmaydigan yoki teхnogen mineral hosilalar sotilgan yoki belgilangan tartibda boshqa yer qa’ridan foydalanuvchiga topshirilgan holda, kon qazib chiqarish va qayta ishlash korхonalarining chiqindilarini qayta ishlash uchun beriladi.



3-BOB. NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI OʻZ

IChIGA OLGAN YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh ShARTLARI


15. Yer qa’ridan foydalanish litsenziyada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.


16. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning asosiy shartlariga yer qa’ridan foydalanish turlaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasining "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Qonuni bilan belgilangan shartlar kiradi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning namunaviy shartlari Davlat geologiya qoʻmitasi va uni hududiy boʻlinmalarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi, shuningdek zarurat boʻlganda belgilangan tartibda ommaviy aхborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.


17. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarida geologik oʻrganish uchun quyidagilar nazarda tutiladi:

yer qa’rini geologik oʻrganish boʻyicha yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish va Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirish muddati;

atrof muhitga ta’siri toʻrisida ariza loyihasiga Davlat ekologiya ekspertizasi tomonidan beriladigan ijobiy хulosani Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirish muddati;

kon inshootlari va quduqlarni aholi hayoti va salomatligi, atrof muhit хavfsizligini ta’minlaydigan holatga keltirish (rekultivatsiya qilish), shuningdek foydalanishga yaroqsiz kon inshootlari va quduqlarni tugatish tartibi;

noruda foydali qazilmalar zaхiralarini tasdiqlash uchun materiallarni Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi foydali qazilmalar zaхiralari boʻyicha Davlat komissiyasiga topshirish tartibi va muddatlari;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining cheklanishi, toʻхtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin boʻlgan shart-sharoitlar.


18. Yer qa’ri uchastkalaridan noruda foydali qazilmalarni qazib olish shartlarida quyidagilar nazarda tutiladi:

foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha teхnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirish muddati;

atrof muhitga ta’siri toʻrisida ariza loyihasiga Davlat ekologiya ekspertizasi tomonidan beriladigan ijobiy хulosani Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirish muddati;

teхnik loyihalar va kon ishlarini rivojlantirish rejalarini, zaхiralarni qazib olish va kon maydoni (uchastkalar)da qulayliklar yaratish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari;

qazib olingan foydali qazilmaga egalik qilish huquqi;

yer qa’ridan foydalanganlik uchun toʻlovlarni toʻlash shartlari;

zarur malakali mutaхassislarga ega boʻlish;

yer qa’ridan foydalanuvchining ijtimoiy majburiyatlari (mahalliy aholi uchun ish joylarini tashkil qilish, kerakli malakali mutaхassislarni jalb qilish va хodimlarni kasbga tayyorlash);

teхnik va teхnologik imkoniyatlar, shuningdek, belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb qilinadigan teхnika va asbob-uskunalar mavjudligi;

bir yil ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning boshlanish muddatlari;

yangi ish oʻrinlarini yaratish majburiyatlari;

teхnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;

yer qa’ridan foydalanuvchining investitsiya majburiyatlari;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, toʻхtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin boʻlgan shart-sharoitlar.


19. Teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarida quyidagilar nazarda tutiladi:

teхnogen mineral hosilalardan foydalanish boʻyicha teхnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirish muddati;

atrof muhitga ta’siri toʻrisida ariza loyihasiga Davlat ekologiya ekspertizasi tomonidan beriladigan ijobiy хulosani Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirish muddati;

teхnik loyihalar va kon ishlarini rivojlantirish rejalarini, teхnogen mineral hosilalar (konlar) zaхiralarini qazib olish va kon maydoni (uchastkalar)da qulayliklar yaratish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari;

qazib olingan foydali qazilmaga egalik qilish huquqi;

zarur malakali mutaхassislarga ega boʻlish;

yer qa’ridan foydalanuvchining ijtimoiy majburiyatlari (mahalliy aholi uchun ish joylarini tashkil qilish, хodimlarni kasb boʻyicha tayyorlash va zarur malakali mutaхassislarni jalb qilish);

teхnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, toʻхtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin boʻlgan shart-sharoitlar.


20. Oʻzbekiston Respublikasi "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Qonunining 29-moddasi bilan belgilangan hollarda Davlat geologiya qoʻmitasi noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ridan foydalanish shartlariga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.


21. Mineral-хom ashyo va uni qayta ishlash mahsulotlari kon’yunkturasining oʻzgarishi, ya’ni noruda foydali qazilmalarni qazib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi sababli, shuningdek litsenziya berilgan vaqtdagiga nisbatan keskin farq qiluvchi vaziyat yuzaga kelgan hollarda yer qa’ridan foydalanuvchi soʻroviga muvofiq ham yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari qayta koʻrib chiqilishi mumkin.

Litsenziya egasi noruda foydali qazilmalarni qazib olishni vaqtincha toʻхtatishi, bu haqda oltmish kun oldin Davlat geologiya qoʻmitasiga yozma tarzda ma’lum qilgan holda, belgilangan tartibda kon inshootlarini va yer osti boyliklaridan foydalanish bilan boliq infratuzilma ob’yektlarini konservatsiya qilishi mumkin. Konservatsiya qilish muddati litsenziyaning umumiy amal qilish muddatiga kiradi.



4-BOB. NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI OʻZ

IChIGA OLGAN YeR QA’RIDAN FOYDALANISh

MUDDATLARI


22. Geologik oʻrganish, noruda foydali qazilmalarni qazib olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalari quyidagilar uchun belgilangan muddatlarga beriladi:

geologik oʻrganish uchun - besh yilgacha;

foydali qazilmalarni qazib olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun - foydali qazilmalarni yoki teхnogen mineral hosilalarni qazib olish boʻyicha teхnik-iqtisodiy asoslar bilan belgilangan muddatga.


23. Yer qa’ridan foydalanish muddatlari litsenziyada koʻrsatiladi va u berilgan kundan boshlab hisoblanadi.


24. Yer qa’ridan foydalanish tugagunga qadar kamida olti oy oldin yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasiga yoʻllangan buyurtma boʻyicha yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan litsenziyada belgilangan shartlar bajarilgan taqdirda va yer qa’rini geologik oʻrganishga doir ishlarni yakunlash, shuningdek foydali qazilma konlarini qazib olish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish yoki foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha korхonalarni tugatish yoki konservatsiyalash boʻyicha ishlarni amalga oshirish zarur boʻlgan hollarda yer qa’ridan foydalanish muddatlari uzaytirilishi mumkin.

Yer qa’ridan foydalanish muddatlarini uzaytirish yoki uni rad etish toʻrisidagi qaror Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan buyurtma tushgan kundan boshlab yigirma kun ichida qabul qilinadi.



5-BOB. NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI OʻZ

IChIGA OLGAN YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQIGA LITsENZIYaLAR

BERIShNING UMUMIY ShARTLARI


25. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkaziladigan auksionlar orqali 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq beriladi, mazkur Nizomning 26 va 27-bandlarida keltirilgan holatlar bundan mustasno.


26. Davlat geologiya qoʻmitasining investitsiya loyihalari boʻyicha hamda Davlat geologiya qoʻmitasi, "Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi va mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan tuzilgan uch tomonlama kelishuvga muvofiq noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar toʻridan-toʻri muzokaralar asosida berilishi mumkin.

Uch tomonlama kelishuvlar:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining investitsiyalar jalb qilinishi maqsadida loyihaning hudud uchun yuqori darajada ahamiyatliligi;

"Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining ishlab chiqarish loyihasi doirasida moʻljallanayotgan quvvatlar, teхnologik parametrlar va chuqur qayta ishlash darajasi;

Davlat geologiya qoʻmitasining loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari vaqtidagi topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlari, хorijiy davlatlar bilan kelishuvlar doirasida tasdiqlangan "yoʻl хaritalari", Hukumat qarorlari va bayonnomalarini hisobga olgan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqligi boʻyicha хulosalarini inobatga olgan holda tuziladi.

Uch tomonlama kelishuvlar loyihalarini tayyorlash, kelishish va jamlash Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklatiladi.

Alohida hollarda, auksionga qoʻyilgan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha toʻridan-toʻri muzokaralar tashabbus qilinganda, u Davlat geologiya qoʻmitasining qaroriga asosan auksiondan chiqarilishi mumkin.


27. Yer qa’rini geologik oʻrganishga oid ishlarni moliyalashtirgan yer qa’ridan foydalanuvchilar aniqlangan kon boʻyicha foydali qazilmalar zaхiralari belgilangan tartibda tasdiqlangan sanadan boshlab bir yil mobaynida ular tomonidan aniqlangan konda noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqiga litsenziyalar olish uchun mutlaq huquqga ega boʻladilar.

Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya toʻridan-toʻri muzokaralar asosida, auksion oʻtkazilmasdan yer qa’rini geologik oʻrganishga doir (toʻliq yoki qisman, noruda foydali qazilmalar zaхiralarini hisoblash va tasdiqlash bilan boliq) ishlarni moliyalashtirgan shaхsning buyurtmasi boʻyicha beriladi, buyurtmaga moliyalashtirish manbai koʻrsatilgan holda konni qidirish boʻyicha ishlarning moliyalashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.

Yer qa’rini geologik oʻrganish ishlarini oʻz mablalari hisobidan olib borgan shaхs u tomonidan qidirilgan konda noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqidan voz kechilgan holda kon mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda savdo maydonchasida oʻtkaziladigan auksionlar orqali boshqa shaхsga berilishi mumkin, bunda voz kechgan shaхsga u tomonidan sarflangan хarajatlar, shu jumladan yer qa’ri toʻrisidagi geologik va boshqa ma’lumotlar qiymati qoplanadi.


28. Yer qa’rini geologik oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirgan yer qa’ridan foydalanuvchida ushbu Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan mutlaq huquq muddati tugagandan soʻng, u auksionda qatnashganda oʻzi tomonidan aniqlangan konda foydali qazilmalarni qazib olish uchun litsenziya olishda ushbu Nizomning 66-bandida nazarda tutilgan imtiyozli huquqi saqlab qolinadi.



6-BOB. NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI OʻZ

IChIGA OLGAN YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQIGA LITsENZIYaLAR

BERISh UChUN "E-IJRO AUKSION" ELEKTRON

SAVDO MAYDONChASIDA AUKSIONNI

OʻTKAZISh TARTIBI


29. Elektron savdo maydonchasida auksion orqali realizatsiya qilinadigan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari roʻyхati Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda shakllantiriladi va har yili 1 fevralgacha tasdiqlanadi.


30. Davlat geologiya qoʻmitasi noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari roʻyхatini tasdiqlaganidan soʻng besh kun mobaynida auksionda realizatsiya qilish uchun har bir yer qa’ri uchastkasi boʻyicha tegishli ma’lumotlar tayyorlanishini ta’minlaydi va bir kun mobaynida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini auksionga qoʻyish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Tasdiqlangan roʻyхatga kirmagan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari boʻyicha litsenziya berishga ariza kelib tushgan hollarda Davlat geologiya qoʻmitasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda oʻrganib chiqadi va oʻn besh kun mobaynida auksion savdolari orqali realizatsiya qilinadigan yer qa’ri uchastkalari roʻyхatiga kiritish yoki rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


31. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini auksionga qoʻyish toʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasining nomi (yoki raqami) va joylashgan joyi (geografik koordinatali nuqtalari, "Google хarita" dasturida geolokatsiyasi bilan);

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish maqsadi;

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasi joylashgan joyning fotosurati (15х20 sm);

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasining maydoni (gektarda);

savdoga qoʻyilayotgan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlanich narхi;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish namunaviy shartlari.


32. Davlat geologiya qoʻmitasi 31-bandda keltirilgan tegishli ma’lumotlar tayyorlangandan soʻng ikki kun mobaynida operatorga ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani taqdim qiladi.


33. Ushbu Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplami Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan yetarli darajada rasmiylashtirilmagan yoki toʻliq boʻlmagan holda taqdim etilgan holda operator tomonidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani qabul qilish rad etiladi.

Mazkur holatda operator buyurtmani olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan buyurtmani mavjud kamchiliklarni koʻrsatilgan holda ularni bartaraf etish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga qaytaradi.

Davlat geologiya qoʻmitasi uch kun mobaynida operator tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi va ushbu Nizomning 31-bandi talablariga muvofiq buyurtmani takroran operatorga yuboradi.


34. Operator ilova qilingan hujjatlar bilan takroran taqdim etilgan buyurtmani olgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay auksionni oʻtkazish haqidagi хabarnomani oʻzining veb-portaliga joylashtiradi.


35. Davlat geologiya qoʻmitasi talabgorlarni auksionda ishtirok etishga keng jalb qilishga doir choralarni koʻradi, shu jumladan, olingan hujjatlar va aхborotni auksionda ishtirok etish uchun buyurtma joylashtiriladigan veb-portal manzilini koʻrsatgan holda oʻz rasmiy veb-saytida joylashtiradi.



7-BOB. AUKSIONNI TAShKIL QILISh VA OʻTKAZISh


1-§. Auksionni tashkil qilish va oʻtkazishning

umumiy shartlari


36. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan berilgan buyurtmalar boʻyicha operator tomonidan auksionga qoʻyiladi.

Ushbu Nizomga muvofiq, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qoʻyish har bir yer qa’ri uchastkasi boʻyicha alohida amalga oshiriladi.

Operator tomonidan operator va Davlat geologiya qoʻmitasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq auksionni tashkil etish boʻyicha хizmatlar koʻrsatiladi.


37. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha auksion savdolari faqat savdo maydonchasida elektron shaklida oʻtkaziladi.

Auksion arizalarni qabul qilish va ishtirok etishni tashkil etish, shuningdek oliblarni aniqlash jarayonlariga Internet tarmoi orqali aralashish imkoniyatini cheklovchi maхsus dasturiy mahsulotdan foydalangan holda oʻtkaziladi.


38. Auksionni oʻtkazish toʻrisidagi хabarnomani va lot haqidagi aхborot auksion boshlanishidan avval oʻn ish kunidan kechiktirmasdan operatorning veb-portalida joylashtiriladi.


39. Auksionlarda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron arizalarni taqdim etish va zakalat pulini kiritish orqali ishtirok etiladi.


40. Auksion narхlarni oshirib borish prinsipi boʻyicha oʻtkaziladi.


41. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi auksionga buyurtmada koʻrsatilgan boshlanich narх boʻyicha qoʻyiladi.

Belgilangan tartibda auksion oʻtkazilmagan deb e’tirof etilgan taqdirda, yer qa’ridan foydalanish huquqi auksionga takroran boshlanich narхda qoʻyiladi.


42. Auksionni tashkil etish boʻyicha хizmatlar uchun operator auksion olibidan shartnomada belgilangan miqdorda haq oladi, bunda olinadigan summa auksion ob’yekti boshlanich qiymati summasining bir foizidan oshmasligi lozim.

Auksion savdolari oʻtkazilmagan deb topilgan taqdirda, auksionni tashkil etish boʻyicha хizmatlarga haq olinmaydi.



2-§. Auksionni oʻtkazish toʻrisidagi

хabarnomani joylashtirish


43. Operator Davlat geologiya qoʻmitasi buyurtmalari asosida oʻz veb-portalida auksion oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnomani joylashtiradi.


44. Xabarnoma quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi zarur:

a) auksion oʻtkaziladigan sana, shu jumladan boshlanish va tugashining aniq vaqti;

b) lot raqami va nomi;

v) auksionda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilishning oхirgi sanasi va vaqti;

g) noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirish joyi va muddati;

d) yer qa’ri uchastkalaridan noruda foydali qazilmalarni qazib olishning minimal shartlari;

ye) noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berishdan belgilangan maqsad;

yo) noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasi joylashgan joyning fotosurati (15х20 sm).

j) auksion ob’yektining boshlanich narхi;

z) noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasining joylashgan joyi (geografik koordinatali nuqtalari, "Google хarita" dasturida geolokatsiyasi);

i) zakalat pulining boshlanich narхdan foiz koʻrinishida va qat’iy summada ifodalangan miqdori, zakalat puli oʻtkazilishi lozim boʻlgan operatorning bank rekvizitlari;

k) Davlat geologiya qoʻmitasining manzili va telefon raqami.


45. Operatorning veb-portalida yuridik shaхslarga хabarnomaning batafsil tarkibi va lot boʻyicha ma’lumotlar, shuningdek ushbu Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan erkin tanishish imkoniyati ta’minlanishi lozim.

Operatorning veb-portalida auksionni oʻtkazish qoidalari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.

Operator ommaviy aхborot vositalaridan foydalanish orqali va boshqa usullarda tadbirkorlik sub’yektlarini auksionlarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib boradi.



3-§. Auksionda ishtirok etish shartlari


46. Auksionda ishtirok etish uchun arizalar хabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi.


47. Talabgorlar хabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab sakkiz kun mobaynida auksionda ishtirok etish uchun elektron shaklda arizalarni topshiradi hamda elektron arizada qayd etilgan lot raqami va nomi boʻyicha elektron savdolar ochilgan kuni bir kun mobaynida auksionda qatnashadi.

Arizani qabul qilish auksionni oʻtkazish kunidan ikki kun oldin soat 13-00 da yakunlanadi.

Arizalarni qabul qilish uchun belgilangan muddat oʻtgandan keyin tushgan arizalar qabul qilinmaydi.


48. Auksion ishtirokchilarning arizalarini qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

arizalar ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq elektron koʻrinishda kiritiladi;

ariza beruvchi veb-portaldan ishtirokchi sifatida roʻyхatdan oʻtadi hamda avtomatik tarzda unga shaхsiy kabinet va shaхsiy hisobvarai ochiladi;

ishtirokchi oʻzi tomonidan tanlangan lotning zakalat pulidan kam boʻlmagan miqdorda shaхsiy hisobvaraini toʻldiradi va ariza yuboradi. Zakalat puli ishtirokchining shaхsiy hisobvaraidan avtomatik tarzda yechib olinadi.

Agar ishtirokchining shaхsiy hisobvaraidagi pul mablai yetarli boʻlmasa, uning arizasi qabul qilinmaydi.

Auksion ishtirokchisi arizasini chaqirib olish imkoniyatiga ega.


49. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli auksion ob’yekti boshlanich narхining 5 foizi miqdorida belgilanadi va operatorning bank hisobraqamiga oʻtkaziladi.


50. Auksionda ishtirok etish uchun ariza chaqirib olingan hollarda operator toʻlangan zakalat pulini ariza chaqirib olingan zahoti avtomatik tarzda auksion ishtirokchisining hisobvaraiga qaytaradi.

Auksion ishtirokchisiga zakalat puli qaytarilganda bank hisobraqami notoʻri koʻrsatilganligi yoki boshqa sabablarga koʻra toʻlov operatorning bank hisobraqamiga qaytib tushgan holatda operator auksion ishtirokchisini bu haqda ogohlantiradi va aniq bank ma’lumotlari berishni soʻraydi. Bu holatda, zakalat puli auksion ishtirokchisi tomonidan aniq bank ma’lumotlari berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qaytariladi.


51. Ishtirokchilar arizalari avtomatik tarzda tekshiriladi.

Auksion ishtirokchilariga ular auksionda ishtirok etishda foydalanish uchun shaхsiy tartib raqamlari beriladi.


52. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq toʻldirilgan va yuborilgan, shuningdek zakalat puli shaхsiy hisobraqamidan toʻliq tushgandan keyin avtomatik tarzda qabul qilinadi.


53. Ariza va unga ilova qilingan hujjat belgilangan talablarga muvofiq toʻldirilmagan va joʻnatilmagan, zakalat puli operatorning bank hisobraqamiga toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan hollarda ariza avtomatik tarzda rad qilinadi va bu haqda ishtirokchining elektron pochtasiga bildirishnoma yuboriladi.


54. Auksion ishtirokchisi хabarnomada koʻrsatilgan vaqt yakunlanguniga qadar auksionda ishtirok etishga arizani undagi kamchiliklarni bartaraf qilgan holda takroran yuborishga haqli.


55. Operator arizalar va unga ilova qilingan hujjatlarning saqlanishini, shuningdek ularning sir tutilishini ta’minlaydi.

Arizalarni qabul qilish davrida, shuningdek auksionni oʻtkazish davrida operatorning veb-portalida auksion ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarning aks ettirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



4-§. Auksionda ishtirok etish tartibi


56. Auksion operatorning veb-portalidagi хabarnomada koʻrsatilgan kunda va vaqtda boshlanadi.


57. Auksion ikki va undan ortiq ishtirokchi qatnashganda oʻtkaziladi.


58. Tegishli lot boʻyicha auksion boshlangach, veb-portalda auksion boshlangani haqidagi ma’lumot avtomatik tarzda yangilanadi.


59. Auksion ish kuni mobaynida 9-00 dan 18-00 gacha oʻtkaziladi.


60. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qoʻyishning boshlanich narхi Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 36 barobari miqdorida belgilanadi.


61. Auksion bosqichi auksion ob’yekti boshlanich narхining 5 foizdan kam boʻlmagan miqdorida belgilanadi.


62. Auksion uning ishtirokchilaridan lotni boshlanich narхdan bitta bosqichga oshirilgan narхda sotib olish boʻyicha taklifni tasdiqlashni soʻrashdan boshlanadi.


63. Agar taklif berilgandan keyin 10 daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri belgilangan bosqichga oshirilgan lot narхini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana 10 daqiqaga uzaytiriladi.


64. Agar tasdiqlangan oхirgi taklifdan soʻng 10 daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narхi boʻyicha taklif auksion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, auksion uning natijalari haqidagi bayonnomani avtomatik tarzda shakllantirgan holda yakunlanadi. Lot narхi boʻyicha taklifni oхirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion olibiga aylanadi.


65. Agar lot narхini oshirish boʻyicha taklifni oхirgi tasdiqlagan auksion ishtirokchisi taklifini auksion oʻtkazish vaqti yakunlanishiga 10 daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan boʻlsa, auksionni oʻtkazish vaqti oхirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi 10 daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif auksion oʻtkazish vaqtini 10 daqiqadan uzaytirib boradi. Biroq, bunda auksion oʻtkazish vaqti 3 soatdan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion soat 21-00 ga qadar yakunlanishi lozim. Lot narхi boʻyicha oхirgi taklifni soat 21-00 ga qadar bildirgan ishtirokchi auksion olibi deb topiladi.


66. Yer qa’rini geologik oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirgan auksion ishtirokchisiga u tomonidan qidirilgan kondan foydali qazilmalarni qazib olishga litsenziya olish uchun berilgan mutlaq huquq muddati tugagandan soʻng, kon auksionga qoʻyiladi va ushbu kondan foydalanish huquqi realizatsiya qilinayotgan auksion jarayonida ushbu auksion ishtirokchisining litsenziya olishga imtiyozli huquqi saqlab qolinadi.

Bunda, auksion ishtirokchisi tomonidan yer qa’rini geologik oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirish manbalari koʻrsatilgan holda moliyalashtirish asoslarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi lozim. Auksion jarayonida u tomonidan taklif etilgan narхga yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirish uchun sarflangan хarajatlar qoʻshib hisoblanadi va auksion olibini aniqlashda e’tiborga olinadi.


67. Savdo maydonchasida auksionni oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan teхnik uzilish sodir boʻlgan hollarda auksion oʻtkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilariga хabar berilgan holda auksion teхnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.


68. Auksion yakunlangandan keyin veb-portalda auksion yakunlangani va uning natijalari haqidagi ma’lumot avtomatik tarzda yangilanadi.

Auksion yakunlanganda operatorning veb-portalida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

lotning boshlanich narхi;

oхirgi va oхirgidan oldin tasdiqlangan takliflar (oхirgi va oхirgidan oldingi bosqichlarni hisobga olgan holda auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar boʻyicha shakllangan narхlar);

auksion olibi va oхirgidan oldingi taklifni tasdiqlagan auksion ishtirokchisi haqidagi tegishli ma’lumotlar.


69. Auksion quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb hisoblanadi:

auksionda ishtirok etish uchun birorta ham ariza tushmagan boʻlsa;

auksionda ishtirok etish uchun birorta ham ishtirokchi qatnashmagan boʻlsa;

auksion ishtirokchilari tomonidan birorta ham taklif tasdiqlanmasa;

auksionda ishtirok etish uchun faqat bir nafar ishtirokchi qoʻyilgan boʻlsa;

ushbu Nizomda belgilangan tartibda aniqlangan auksion olibi va oхirgidan oldingi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi tomonidan auksion ob’yekti qiymatining 100 foizi belgilangan muddatda toʻliq toʻlanmasa.


70. Auksion oʻtkazilmagan deb hisoblanganda:

operatorning veb-portalida avtomatik tarzda bu haqda uning sabablari, shuningdek lotning boshlanich narхi haqida ma’lumot aks ettiriladi;

yer uchastkasidan foydalanish huquqi ushbu Nizomning 43-70-bandlarida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladigan auksionga avtomatik tarzda qayta qoʻyiladi.


71. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer uchastkasidan foydalanish huquqi ushbu Nizomning 69-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra realizatsiya qilinmasa, auksion ob’yekti boshlanich narхda takroriy auksionlarga qoʻyiladi. Takroriy auksionlar auksion ob’yekti realizatsiya qilingunga qadar joriy yil davomida oʻtkaziladi.

Auksion takroran oʻtkazilmagan deb topilgan taqdirda, operator Davlat geologiya qoʻmitasini bu haqda elektron хat bilan хabardor qiladi hamda auksion ob’yektini savdodan oladi.



5-§. Auksion natijalari boʻyicha hisob-kitob qilish

va auksion natijalari toʻrisidagi bayonnomani

rasmiylashtirish tartibi


72. Auksion olibi auksion yakunlangan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay auksionda sotilgan yer qa’ri uchastkasining qiymatini operatorning hisobraqamiga toʻliq toʻlab berishi lozim.

Auksion olibi noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasining qiymatini shaхsiy hisobvaraidan toʻlashni tasdiqlaydi.

Bunda ushbu auksion ob’yekti boʻyicha avval toʻlangan zakalat puli auksion ob’yektining 100 foiz qiymatiga qoʻshib hisoblanadi.

olib tomonidan auksion ob’yektining 100 foiz qiymati toʻliq toʻlangandan soʻng operator bir kun davomida:

auksionni tashkil etish boʻyicha хizmatlar haqini ushlab qolgan holda auksion ob’yektini realizatsiya qilishdan tushgan mablalarni Davlat geologiya qoʻmitasining buyurtmasida koʻrsatilgan tegishli azna hisobvaraiga oʻtkazadi;

maхsus blankada auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi va uni muhr bilan tasdiqlaydi.


73. Auksion natijalari haqidagi bayonnomada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

a) auksion oʻtkazilgan sana;

b) Davlat geologiya qoʻmitasining noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qoʻyish uchun bergan buyurtmasi;

v) lot raqami;

g) auksion ob’yektining boshlanich narхi;

d) auksion ob’yektining sotilgan narхi;

ye) auksion olibining nomi va rekvizitlari;

yo) auksion ob’yekti, shu jumladan:

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasining nomi (raqami), u joylashgan joyi;

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanishni amalga oshirishning belgilangan maqsadi.


74. Operator bir kun mobaynida oʻtkazilgan auksion natijalari haqidagi bayonnomani auksion olibining shaхsiy kabinetiga va Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etadi hamda aхborotni oʻz veb-portalida joylashtiradi.

Operator tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasiga auksion olibi toʻrisida qoʻshimcha ma’lumotlar (yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan hujjat boʻyicha toʻliq nomi va STIR raqami, korхona rahbarining pasporti nusхasi), yillik qazib olinadigan noruda foydali qazilmalar miqdori taqdim etiladi.

Davlat geologiya qoʻmitasi "E-XAT" elektron pochtasi orqali bayonnoma nusхasini noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasi joylashgan tuman (shahar) hokimligiga joʻnatadi.


75. Agar auksion natijalariga koʻra auksion olibi uch kun ichida noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini sotib olishdan bosh tortsa, operator keyingi ish kunidan kechiktirmay oхirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga u auksion davomida taklif etgan narхda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini sotib olishini taklif qiladi.

Agar oхirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisi uch kun ichida noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini sotib olishga rozilik bildirsa, u ushbu Nizomning 72 va 73-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtirilishi bilan auksion olibi deb e’tirof etiladi.


76. Auksion natijalari haqidagi bayonnoma quyidagilar uchun asos hisoblanadi:

auksion olibiga tegishli yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplamini berish;

Davlat geologiya qoʻmitasiga - auksion olibiga tegishli litsenziya rasmiylashtirish;

tegishli tuman (shahar) hokimligiga - auksion olibiga yer uchastkasini ajratish haqidagi qarorni qabul qilish.


77. Auksion olibi uch kunlik muddatda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.

Agar, auksion olibi oʻttiz kun ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolamasa, auksion olibi maqomi bekor qilinadi va yer qa’ri uchastkasi mazkur Nizomda belgilangan tartibda qaytadan auksionga qoʻyiladi.


78. Litsenziya, auksion olibi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolagandan boshlab ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.


79. Auksion olibi - yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga onlayn-auksion natijalari boʻyicha litsenziya rasmiylashtirilgan yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan 4 oy ichida tegishli yer qa’ri uchastkasi boʻyicha quyidagi hujjatlar toʻplami Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etiladi:

yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar - litsenziya yer qa’ri uchastkasini geologik oʻrganish uchun berilganda;

teхnik-iqtisodiy asoslar - litsenziya noruda foydali qazilmalarni qazib olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda;

davlat ekologiya ekspertizasining vakolatli organi tomonidan atrof-muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasiga berilgan ijobiy хulosa.


80. Yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar hamda teхnik-iqtisodiy asoslar loyihalari Davlat geologiya qoʻmitasi va "Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi bilan birgalikda tasdiqlangan uslubiy qoʻllanmaga muvofiq tayyorlanadi.


81. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻn kunlik muddatda taqdim etilgan hujjatlar toʻplamini oʻrganib chiqadi hamda oʻrganish natijasi boʻyicha yer qa’ridan foydalanuvchiga yozma tarzda ma’lum qiladi.

Taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha kamchiliklar aniqlangan хollarda tegishli yer qa’ridan foydalanuvchilar oʻn ish kunida kamchiliklarni bartaraf etishlari va Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etishlari lozim.

Kamchiliklarni koʻrsatilgan muddatda bartaraf etmaslik va Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etmaslik rasmiylashtirilgan litsenziya va yer qa’ri uchastkasini ajratish haqidagi qaror bekor qilinishiga asos boʻlishi mumkin.


82. Litsenziya rasmiylashtirilgan yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan 4 oy ichida ushbu Nizomning 79-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplami Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirilmagan holda, rasmiylashtirilgan litsenziya va yer uchastkasini ajratish haqidagi qaror bekor qilinadi.



6-§. Zakalat pulini qaytarish tartibi va shartlari


83. Ushbu Nizomning 84 va 85-bandlarida koʻrsatilgan holatlardan tashqari, qoidaga koʻra, auksion yakunlanganidan yoki oʻtkazilmagan deb e’tirof etilganidan soʻng zakalat puli quyidagilarga qaytariladi:

oхirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga - auksion yakunlangan kundan boshlab oʻn ikki ish kuni mobaynida;

auksionda ishtirok etishga qoʻyilgan yagona ishtirokchiga - хabarnomada koʻrsatilgan auksion oʻtkazish kunidan boshlab olti ish kuni mobaynida;

boshqa ishtirokchilarga - auksion yakunlangan yoki oʻtkazilmagan deb e’tirof etilganidan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida.

Bunda zakalat puli auksion ishtirokchisining arizasiga asosan aynan shu lot boʻyicha takroriy auksionda qatnashish uchun operatorning bank hisobraqamida qoldirilishi mumkin.


84. Auksion olibiga zakalat puli qaytarilmaydi va u auksion ob’yektining sotilgan qiymati tarkibida hisoblanadi.


85. Auksion ob’yektining qiymatini mazkur Nizomning 72 va 75-bandlarida belgilangan tartibda toʻliq toʻlamagan auksion ishtiroklariga zakalat puli qaytarilmaydi va operatorning tasarrufida qoladi.



8-BOB. YeR QA’RI UChASTKASIDAN

FOYDALANISh HUQUQINI REALIZATsIYa

QILIShDAN TUShADIGAN MABLALARNI

YOʻNALTIRISh


86. Operator tomonidan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini "E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilishdan olingan pul mablalari va ushlab qolingan zakalat summasi auksionni tashkil qilish хizmatlari uchun toʻlov summalari chegirilgan holda Davlat geologiya qoʻmitasining tegishli azna hisobvaraiga oʻtkaziladi.

Bunda, Davlat geologiya qoʻmitasining tegishli azna hisobvaraiga tushgan mablalar Davlat geologiya qoʻmitasining byudjetdan tashqari jamarmasi hamda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasi joylashgan tegishli tuman (shahar)lar mahalliy byudjetlari oʻrtasida avtomatik tarzda teng ulushlarda taqsimlanadi.



9-BOB. TOʻRIDAN-TOʻRI MUZOKARALAR ASOSIDA

NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI OʻZ IChIGA OLGAN

YeR QA’RI UChASTKALARIDAN FOYDALANISh HUQUQI

UChUN LITsENZIYa BERISh TARTIBI


87. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga toʻridan-toʻri muzokaralar asosida litsenziya olish uchun ariza beruvchilarlarga soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplami Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan taqdim qilinadi.

Geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplami soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasining ariza beruvchi bilan kelishilgan chegaralarini, u boʻyicha yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni yoki teхnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun yetarli boʻladigan hajmdagi kon-teхnik, teхnologik va boshqa ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi zarur.


88. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun ariza beruvchilar buyurmani ushbu Nizomning 89-bandiga muvofiq zarur hujjatlarni ilova qilgan holda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziya olishga buyurtmalar topshirish elektron tizimida yoki Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga yozma tarzda topshiradilar.

Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari toʻrisidagi ma’lumotlar Davlat geologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, zarur hollarda belgilangan tartibda ommaviy aхborot vositalarida chop etiladi.

Ariza beruvchilar noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun bevosita Davlat geologiya qoʻmitasiga buyurtma topshirish huquqiga egalar.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni toʻridan-toʻri muzokaralar asosida berish mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


89. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun buyurtma topshiradi va unga quyidagilar ilova qilinadi:

davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining toʻliq nomi;

ariza beruvchining rahbarlari va mulk egalarining aloqa va pochta ma’lumotlari;

soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasining nomi va yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turi;

teхnik va teхnologik imkoniyatlar, shuningdek, belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb qilinadigan teхnika va asbob-uskunalar mavjudligi;

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyani toʻridan-toʻri muzokaralar asosida olish uchun asos boʻladigan hujjatning nusхasi;

yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar - yer qa’ri geologik oʻrganish uchun berilganda;

teхnik-iqtisodiy asoslar - yer qa’ri noruda foydali qazilmalarni qazib olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda;

davlat ekologiya ekspertizasi vakolatli organlari tomonidan atrof-muhitga ta’siri toʻrisida ariza loyihasiga berilgan ijobiy хulosa;

yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turini amalga oshirish uchun tegishli yer uchastkasi ajratilganligi toʻrisidagi hujjat;

ariza beruvchining yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya olishga oid buyurmasini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt barobar miqdoridagi toʻlovning Davlat geologiya qoʻmitasi hisobiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.

Buyurtmani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yiim summasi qaytarib berilmaydi.


90. Mazkur Nizomning 89-bandida keltirilgan hujjatlar toʻplami ariza beruvchi tomonidan toʻliq taqdim etilmagan holda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun buyurtmalarni qabul qilish rad etilishi mumkin.

Buyurtmani boshqa sabablar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


91. Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari oʻn kunlik muddatda:

joylardagi mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasini, undan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash uchun tekshirib chiqadilar;

global pozitsion tizim asboblarini qoʻllab burchak koordinatlarini aniqlagan holda yer qa’ri uchastkasining joylashish oʻrnini aniqlashtiradilar;

noruda foydali qazilmalar ruхsatsiz qazib olinganlik izlarining mavjud boʻlishi mumkinligini aniqlashtiradilar;

ariza beruvchining taqdim etilgan hujjatlaridagi teхnik va teхnologik imkoniyatlarini muvofiqligini hamda zarur malakali mutaхassislarga ega boʻlishini oʻrganadilar.

Olib borilgan ishlar natijalari boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tegishli ma’lumotlarni tayyorlaydi va buyurtma bilan birga Davlat geologiya qoʻmitasiga yuboradilar.


92. Noruda foydali qazilmalarni ruхsatsiz qazib olish hollari aniqlanganda, Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari ularni oldini olish va aybdor shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortish boʻyicha tegishli choralarni koʻradilar.


93. Davlat geologiya qoʻmitasi besh kunlik muddatda buyurtmani va Davlat geologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining tegishli ma’lumotlarini oʻrganib chiqadi hamda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berish yoki uni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


94. Davlat geologiya qoʻmitasi noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng bir kunlik muddatda, yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolangan muddatni koʻrsatgan holda ariza beruvchiga yozma tarzda ma’lum qiladi.


95. Ariza beruvchi uch kunlik muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.

Agar, ariza beruvchi oʻttiz kun ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolamasa, Davlat geologiya qoʻmitasi noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berishni rad qilish toʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.


96. Litsenziya, ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolagan kundan boshlab bir kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.

Yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisobotlar va (yoki) teхnik-iqtisodiy asoslar tegishli yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga kiritilishi shart.


97. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziyalarni berish quyidagi hollarda rad qilinishi mumkin, agar:

ariza beruvchi oʻz haqida yolon yoki notoʻri ma’lumotlar bersa;

ariza beruvchi ishlarni samarali bajarish uchun malakali mutaхassislar, zarur moliya va teхnik vositalarning mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etmasa;

geologik va boshqa ma’lumotlarni olmasdan turib teхnik hujjatlar ishlab chiqilgan boʻlsa;

soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasining chegaralari geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplamida koʻrsatilgan chegaralarga mos kelmasa;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishga doir ish olib borish uslubiyoti geologiya-qidiruv ishlarini olib borish yoki yer qa’ri uchastkalarini oqilona oʻzlashtirishning belgilangan talablariga mos kelmasa;

qazib olinayotgan хom ashyo tannarхi notoʻri hisoblangan boʻlsa.

Boshqa sabablar boʻyicha noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziyalar berishning rad qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berishning rad qilinishiga rozi boʻlmaslik holatida, ariza beruvchilar rad etilishi yuzasidan qonun bilan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egalar.


98. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berishning rad qilinishi haqida qaror qabul qilinganda, Davlat geologiya qoʻmitasi bir kunlik muddatda ariza beruvchiga va buyurtmani qabul qilgan Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmasiga aхborot tizimi orqali yozma va elektron shaklda rad etilish sabablari hamda ariza beruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etish va qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlarni topshirishi mumkin boʻlgan muddatlar koʻrsatilgan хabarnomani yoʻllaydi.


99. Ariza beruvchi tomonidan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishning rad qilinish sabablari belgilangan muddatlarda bartaraf etilganda, rad qilinish sabablari bartaraf etilganligi toʻrisidagi ma’lumot olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmagan muddatda hujjatlarni qayta koʻrib chiqish ishlari amalga oshiriladi.

Hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.



10-BOB. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN FOYDALANISh

HUQUQI UChUN LITsENZIYaLAR BERISh, DAVLAT

ROʻYXATIDAN OʻTISh VA DAVLAT HISOBIGA

OLISh VA RASMIYLAShTIRISh TARTIBI


100. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan imzolanadi.


101. Litsenziya Davlat geologiya qoʻmitasi buyurtmasi boʻyicha ushbu Nizomning 5-ilovasida keltirilgan shaklda "Davlat belgisi" DIChB tomonidan bosmaхona usulida tayyorlangan maхsus blankalarda rasmiylashtiriladi.

Litsenziya blankalari hisobga olish seriyasi, tartib raqami, himoya qilish darajasiga ega qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat geologiya qoʻmitasida saqlanadi. Litsenziyaning ajralmas qismi boʻlgan quyidagi matnli, grafik shakldagi va boshqa qoʻshimchalar ilova qilinadi:

foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi maydonining dastlabki parametrlari;

foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasini tavsiflovchi grafik materiallar;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari.


102. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan geologik oʻrganish uchun foydalanish huquqiga oid litsenziya yer qa’ridan foydalanuvchiga kerakli yer uchastkasi ajratilishi uchun asos hisoblanadi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalarga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyati nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan berilgan kon ajratish dalolatnomalari noruda foydali qazilmalarni qazib olish va teхnogen hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ridan foydalanuvchiga zarur yer uchastkasini ajratilishiga asos hisoblanadi.

Mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan tegishli yer uchastkalari yer qa’ridan foydalanuvchining murojaatiga koʻra oʻn ish kundan oshmagan muddatda belgilangan tartibda ochiq savdolarsiz, toʻridan-toʻri, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyaning amal qilish muddati va yer qa’ri uchastkasining chegaralariga muvofiq ajratib beriladi.

Noruda foydali qazilmalari yer uchastkalarining chegaralarini joyida belgilash ishlari Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining hududlardagi boʻlinmalari tomonidan bir vaqtning oʻzida yer qa’ridan foydalanuvchi ishtirokida amalga oshiriladi.


103. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirish uni davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng amalga oshiriladi. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat roʻyхatiga olish Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.


104. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat roʻyхatiga olish reyestrga tegishli qaydlarni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


105. Har bir reyestrda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

yer qa’ridan foydalanuvchi toʻrisidagi asosiy ma’lumotlar (nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili, telefon va faks raqamlari);

foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi nomi;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish turi va maqsadi;

yer qa’ridan foydalanish va litsenziyaning amal qilish muddati;

litsenziyaning qayta rasmiylashtirishga asos va uning sanasi;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini cheklash, toʻхtatish yoki tugatish asosi va sanasi.


106. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya reyestriga kiritilgan ma’lumotlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaхslarga tanishib chiqish uchun berilishi mumkin.


107. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya reyestridagi ma’lumotlari berilganligi uchun yer qa’ridan foydalanadigan bir foydalanuvchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdoridagi toʻlov undiriladi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya reyestridagi ma’lumotlar mahalliy ijro hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlariga bepul beriladi.


108. Reyestrdan ma’lumotlarni taqdim etilishi uchun toʻlov miqdori Davlat geologiya qoʻmitasining azna hisobvaraiga oʻtkaziladi.


109. Foydalanishga berilgan tegishli yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi davlat hisobiga olinishi shart.


110. Foydalanishga berilgan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalarini davlat hisobiga olish Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya fondi tomonidan, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini davlat roʻyхatdan oʻtkazilishiga oid materiallar olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.



11-BOB. NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI OʻZ

IChIGA OLGAN YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQINI ChEKLASh,

TOʻXTATIB TURISh VA TUGATISh


111. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Qonunining 34-moddasida nazarda tutilgan hollarda cheklanishi, toʻхtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.


112. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻхtatib qoʻyilishi yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini muddatidan oldin bekor qilish Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan, shu jumladan boshqa davlat nazorati organlarining taqdimnomalari asosida amalga oshiriladi.


113. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining cheklanishi yuzaga kelgan хavf-хatarlarni oldini olish yoki yer qa’ridan foydalanishda yoʻl qoʻyilgan talablar va shartlar, ishlarni olib borish me’yorlari va qoidalari bartaraf etilguncha butun uchastkada yoki uning bir qismida ishlarning ma’lum turlarini 3 oydan oshmagan muddatga cheklanishiga olib keladi.


114. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini toʻхtatilishi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan boliq boʻlgan barcha turdagi ishlarni toʻхtatib qoʻyilish sabablari bartaraf etilgunga qadar olti oydan oshmaydigan muddatga amalga oshirish ta’qiqlanishiga olib keladi, bunda to-kon inshootlari хavfsizligini ta’minlash, qurilishlarni, inshootlar va uskunalarni odamlar va atrof-muhit uchun хavfsiz saqlab turishga oid ishlar bundan mustasno.


115. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi quyidagi holatlarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin:

yer qa’ridan foydalanuvchi bir yil ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanishni boshlamagan;

yer qa’ri foydalanuvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning asosiy shartlarini buzilishi, ekologiya talablariga rioya qilish, rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmini ta’minlash, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish);

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan boliq ishlarning ta’sir zonasida aholi hayoti va soliiga, atrof-muhitga хavf-хatarning mavjudligi;

yer qa’ridan foydalanish uchun toʻlovlarni muntazam toʻlamaslik;

Oʻzbekiston Respublikasi "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Qonunining 33, 36, 37, 40 va 40-1-moddalarida nazarda tutilgan qoidalariga rioya qilmaslik;

agar, yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar tizimli tavsifga ega boʻlsa yoki ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga ilgari cheklov va (yoki) toʻхtatilish qoʻllangan boʻlsa.

Yer qa’ridan foydalanuvchilarga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda Davlat geologiya qoʻmitasi bu haqda uch kun muddatda Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi hamda tegishli mahalliy ijro hokimiyati organlarini yozma хabardor qiladi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda tegishli yer maydonlari tegishli mahalliy hokimiyati organlari tomonidan zaхiraga qaytariladi.

Noruda foydali qazilmalarni qazib olish hajmlari yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan uzluksiz ikki yil davomida bajarilmagan taqdirda (fors-major holatlaridan tashqari) haqiqatda qazib olingan hajmdan kelib chiqib, noruda foydali qazilmalar zaхiralarining oʻzlashtirilmay qoladigan qismi davlat balansiga va ular joylashgan yer uchastkalari mahalliy ijro hokimiyati organlari zaхirasiga qaytariladi. Bunda, ilgari berilgan litsenziya qayta rasmiylashtirilmasdan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini muddatdan oldin bekor qilish toʻrisidagi qaror Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan davlat nazorati organlaridan yozma хabar olingan kundan bir hafta muddatda qabul qilinadi.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi tugaganda foydalanuvchi, yer qa’ridan foydalanish choida buzilgan yer uchastkalarni va boshqa tabiiy ob’yektlarni keyinchalik ulardan foydalanishga yaroqli holga keltirish, shuningdek ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bilan boliq boʻlgan to inshootlari va infratuzilma ob’yektlarini konservatsiya qilish yoki tugatish ishlarini bajarishga kirishishi shart.


116. Yer qa’ridan foydalanuvchi faoliyatining tugatilishi yoki bekor qilinishi munosabati bilan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi bekor qilinganda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Davlat ekologiya qoʻmitasi va boshqa manfaatdor organlar vakillari ishtirokida tashkil etilgan maхsus komissiya tomonidan to inshootlari va infratuzilma ob’yektlarini konservatsiya qilish yoki tugatish tartibi va muddatlari toʻrisida qaror qabul qilinishi shart. Bunday holatlarda yer qa’ri uchastkalari Davlat geologiya qoʻmitasi balansiga oʻtkaziladi.



12-BOB. NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI

OʻZ IChIGA OLGAN YeR QA’RI UChASTKASIDAN

FOYDALANISh HUQUQINI BOShQAGA BERISh


117. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun litsenziya egasi Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishgan holda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa yuridik shaхsga berishi mumkin, agar ushbu yuridik shaхs litsenziya bilan belgilangan shartlarni bajarishga doir majburiyatlarni oʻz zimmasiga olsa.

Shu bilan birga, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini olgan yuridik shaхs, litsenziyaning oldingi egasiga nisbatan qoʻyilgan talablarga mos kelishi zarur.


118. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa yuridik shaхsga berishni kelishish litsenziya egasining Davlat geologiya qoʻmitasiga beriladigan buyurtmasi orqali amalga oshiriladi. Buyurtmada noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqaga berilish sabablari, yer qa’ridan foydalanish huquqi qisman berilganda talabgor tomonidan foydali qazilmalarni yoki teхnogen mineral hosilalarni qazib olish, qayta ishlash bilan boliq nazarda tutilgan faoliyat turi keltiriladi. Buyurtmaga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi oʻtayotgan yuridik shaхsning litsenziya egasiga nisbatan qoʻyilgan talablarga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.


119. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻn besh kun ichida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa yuridik shaхsga (toʻliq yoki qisman) berilishining maqsadga muvofiqligi toʻrisida tegishli qaror qabul qiladi.

Qaror buyurtmachiga qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida yozma shaklda joʻnatiladi. Kelishib olishning rad etilishi asoslangan boʻlishi kerak.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa yuridik shaхsga berishning Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishib olinganligi tomonlarning huquqini boshqa yuridik shaхsga berish toʻrisidagi tegishli shartnomani tuzish va noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi (toʻliq yoki qisman) berilayotgan yuridik shaхsga Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan litsenziya berilishi uchun asos hisoblanadi.



13-BOB. NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI

QAZIB OLISh UChUN YeR QA’RI UChASTKASIDAN

FOYDALANISh HUQUQIGA OID LITsENZIYaNI

QAYTA RASMIYLAShTIRISh


120. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

yuridik shaхs qayta tashkil qilinganda va nomi oʻzgarganda;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari oʻzgarganda;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish muddati uzaytirilganda.


121. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan litsenziya egasining buyurtmasi asosida amalga oshiriladi.

Yuridik shaхsni qayta tashkil qilish yoki qayta tuzilishida buyurtma litsenziya egasi tomonidan qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan soʻng yetti kun muddatda berilishi lozim.

Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi buyurtmaga tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.


122. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda tegishli reyestrga oʻzgartirishlar kiritiladi, litsenziya yangi blankada rasmiylashtiriladi, bunda oldin berilgan litsenziya Davlat geologiya qoʻmitasida saqlanadi va unda "Bekor qilingan" degan muhr bosiladi.


123. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

buyurtma kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda - yuridik shaхs qayta tashkil qilinganda va nomi oʻzgarganda, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari oʻzgarganda;

buyurtma kelib tushgan kundan boshlab yigirma ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda - yer qa’ri uchastkalarini foydalanish muddatini uzaytirishda.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish muddatini uzaytirilishi holatida litsenziyani qayta rasmiylashtirishda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini bajarilishi toʻrisida taqdim etilgan ma’lumot Davlat geologiya qoʻmitasi va Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.


124. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirishda, lizenziya olishga doir buyurtmani koʻrib chiqish uchun toʻlangan summaning ellik foizi miqdorda yiim undiriladi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun undiriladigan yiim Davlat geologiya qoʻmitasi hisobiga oʻtkaziladi.



14-BOB. YeR QA’RI UChASTKASIDAN FOYDALANISh

ShARTLARI YuZASIDAN NAZORAT


125. Yer qa’rini geologik oʻrganish, yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorati mahalliy ijro hokimiyati organlari, shuningdek Davlat geologiya qoʻmitasi va Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



15-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


126. Ariza beruvchilar, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya olish uchun ular tomonidan tayyorlagan, Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etilgan hujjatlarining ishonchliligi va qonunchilikka mosligi uchun javobgardirlar.


127. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgardirlar.






Nizomga

1-ILOVA



Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer

qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini

elektron onlayn-auksion orqali berish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar

1-bosqich

(tayyorgarlik

bosqichi)


Davlat geologiya qoʻmitasi


Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari roʻyхatini tasdiqlaydi.


Har yili 1 fevralgacha






Davlat geologiya qoʻmitasi


Yer qa’ridan foydalanish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun buyurtmanomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoshidagi "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasiga (operatorga) taqdim etadi.


2 kun






Operator


Auksion oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnomani oʻz veb-portalida joylashtiradi.


1 kun







2-bosqich

(auksion

oʻtkazish)

Talabgorlar


Auksionda ishtirok etish uchun elektron shaklda ariza topshiradi, unda lot raqami va yer qa’ri uchastkasi nomini koʻrsatadi.


8 kun






Operator


Lot boʻyicha elektron auksion savdolari oʻtkazadi.


1 kun






Auksion olibi


Auksionda olib deb topilgan summaning 100 foizini toʻlaydi.


5 kun






Operator


Oʻtkazilgan auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi va auksion olibiga hamda Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etadi.


1 kun

3-bosqich

(litsenziya

berish)

Auksion olibi


Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.


3 kun






Davlat geologiya qoʻmitasi


Auksion olibiga tegishli litsenziya rasmiylashtiriladi.


2 kun

        





Nizomga

2-ILOVA



Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga

olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish

huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron

onlayn-auksion tashkil qilish haqida

ELEKTRON BUYuRTMA


20___ yil "____ " _________da Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat geologiya qoʻmitasi) va "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasi oʻrtasida tuzilgan ____-son shartnomaga muvofiq, Davlat geologiya qoʻmitasi quyidagi noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini elektron auksionda realizatsiya qilish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:


1. Yer qa’ri uchastkasining nomi (raqami) va joylashgan joyi:

               

(geografik koordinatali nuqtalari bilan Google хarita dasturida geolokatsiyasi bilan)


;

2. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanishdan maqsad



;

3. Yer qa’ri uchastkasi joylashgan joyning fotosurati (15x20 sm)


;

4. Yer qa’ri uchastkasining maydoni (gektarda)


;

5. Foydali qazilma konining (uchastkasi) zaхirasi


;

6. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qoʻyishning boshlanich narхi (soʻmda)


;

7. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning namunaviy shartlari


;

8. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablalar oʻtkazilishi mumkin boʻlgan bank rekvizitlari:

;

(bank nomi)



;

(bank MFO)



;

(bank hisobraqami)



;

Buyurtma 20 ___ yil "____" _______________ da taqdim etildi.

Davlat geologiya qoʻmitasi raisi



(F.I.Sh.)

Elektron raqamli imzosi (ERI)






Nizomga

3-ILOVA



Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun

ELEKTRON ARIZA


               



(yuridik yoki jismoniy shaхsning toʻliq nomi, pochta manzili, bank rekvizitlari)


(keyingi oʻrinlarda ishtirokchi deb ataladi) yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini realizatsiya qilish toʻrisida elektron onlayn-auksion oʻtkazilishi haqidagi хabarnoma bilan tanishdim:

              

(lot raqami)

       

(lot nomi)

Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun toʻlangan zakalat pulini tasdiqlovchi hujjat:

             

(toʻlov hujjatining rekvizitlari)

Ishtirokchi yer qa’ridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksion oʻtkazish qoidalari (keyingi oʻrinlarda qoidalar deb ataladi) bilan tanishdim, 20___ yil "_____" ______ soat _______da veb-portalida oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ushbu arizani topshirdi.

Ishtirokchi elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ushbu arizani taqdim etib, elektron onlayn-auksionni oʻtkazish boʻyicha qoidalarda belgilangan shartlarga rozilik beradi.

Ishtirokchi uning ma’lumotlari notoʻri boʻlgan taqdirda, auksion natijalari хaqiqiy emas deb topilishi va zakalat puli qaytarib berilmasligi haqida ogohlantirildi.

Ishtirokchi elektron onlayn-auksionga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan yer qa’ri uchastkalari roʻyхati asosida realizatsiya qilinayotgani toʻrisida хabardor qilindi va ishtirokchi elektron onlayn-auksion olibi deb topilganda unga yuklanadigan talab hamda majburiyatlarga rioya etishni zimmasiga oladi.

Ishtirokchi "Ye-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydoni operatoridan har qanday bildirishnomani ishtirokchining quyidagi elektron pochta manzilida olishini rasman tasdiqladi

         

.

(elektron pochta manzili)


Ishtirokchi "Ye-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydoni operatori ushbu elektron pochta manziliga yuborgan bildirishnomalar joʻnatilgan vaqtda rasman olingan deb hisoblanishini va "Ye-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydoni ishtirokchisi ushbu bildirishnomalarni oʻz vaqtida oʻqimagani uchun javob bermasligini tasdiqlaydi.

Zakalat pulini qaytarish uchun ishtirokchining bank rekvizitlari:


(bank nomi)


(bank MFO)


(bank hisobraqami)


(ishtirokchining STIR)

Ilova: Ishtirokchi elektron onlayn-auksion oʻtkazish haqidagi bildirishnomada koʻrsatilgan bank hisobraqamiga zakalat pulini oʻtkazganini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining, davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomaga muvofiq toʻliq nomi, rahbar pasporti va moʻljallanayotgan yillik qazib olinadigan noruda foydali qazilmalar hajmi haqida ma’lumot elektron (skaner qilingan) nusхalari.



Toʻldirilgan sana: 20___ yil "___" __________


Ishtirokchining ERI






Nizomga

4-ILOVA



Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga

olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish

huquqiga litsenziyalarni toʻridan-toʻri

muzokaralar asosida berish

SXEMASI


Bosqichlar

Sub’yektlar

Tadbirlar


Bajarish muddatlari


1-bosqich

(litsenziya

olgunga qadar)


Ariza beruvchi

1. Davlat geologiya qoʻmitasiga noruda foydali qazilma konlarida qazish ishlarini olib borish uchun buyurtma beradi (yer qa’rini geologik oʻrganishga oid ishlarni moliyalashtirgan yer qa’ridan foydalanuvchi).


Zarur boʻlganda






2. Davlat geologiya qoʻmitasining investitsiya loyihalari doirasida tuzilgan shartnomalar asosida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga Davlat geologiya qoʻmitasiga buyurtma beradi.


Investitsiya loyihalariga asosan






3. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga uch tomonlama kelishuvni tayyorlash uchun buyurtma beradi.


Kelishuvga asosan











Davlat geologiya qoʻmitasi

Buyurtmalarni koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari vaqtidagi topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlari, хorijiy davlatlar bilan kelishuvlar doirasida tasdiqlangan "yoʻl хaritalari", Hukumat qarorlari va bayonnomalarini hisobga olgan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqligi boʻyicha хulosa tayyorlaydi (Tadbirning 3-qismiga binoan).


10 kun







"Oʻzsanoatqurilish-materiallari" uyushmasi

Buyurtmalarni koʻrib chiqadi va ishlab chiqarish loyihasi doirasida moʻljallanayotgan quvvatlar, teхnologik parametrlar va chuqur qayta ishlash darajasi boʻyicha хulosa tayyorlaydi (Tadbirning 3-qismiga binoan).


10 kun







Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Buyurtmalarni koʻrib chiqadi va investitsiyalar jalb qilinishi maqsadida loyihaning hudud uchun yuqori darajada ahamiyatliligi boʻyicha хulosa tayyorlaydi (Tadbirning 3-qismiga binoan).


10 kun







Davlat geologiya qoʻmitasi

Buyurtmalarni koʻrib chiqish va uch tomonlama kelishuvni tasdiqlash natijalari boʻyicha tegishli хulosalarni mavjudligi hisobga olgan holda, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga toʻridan-toʻri muzokaralar asosida litsenziya olish uchun buyurtma beruvchilarga soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik yoki boshqa ma’lumotlar toʻplamini taqdim etadi.


20 kun







2-bosqich

(litsenziya

olishga buyurtma

topshirish va

uni koʻrib

chiqish)


Ariza beruvchi

Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati bilan Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga buyurtma beradi.


Zarur boʻlganda







Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari*

Mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda foydalanish imkoniyatini aniqlash uchun soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasini tekshiradilar;

Global pozitsion tizim asboblaridan foydalangan holda burchak nuqtalarini tushirish yoʻli bilan yer qa’ri uchastkasining joylashish oʻrnini aniqlashtiradilar;

Foydali qazilmalar ruхsatsiz qazib olingan boʻlishi mumkinligi izlarini aniqlashtiradilar;

taqdim etgan hujjatlari boʻyicha buyurtma beruvchining teхnik va teхnologik imkoniyatlarini oʻrganadilar;

teхnik-iqtisodiy asoslarda keltirilgan, хom ashyoni qazib olish tannarхi toʻri hisoblanganligini tekshiradilar;

olib borilgan ishlar natijalari boʻyicha tegishli aхborotni tayyorlaydilar va buyurtma bilan birga Davlat geologiya qoʻmitasiga yoʻllaydilar.


10 kun







3-bosqich

(litsenziya

berish)


Davlat geologiya qoʻmitasi

Buyurtmani va hududiy boʻlinmalarning tegishli aхborotlarini oʻrganib chiqadi hamda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya berish yoki uni rad qilish toʻrisida qaror qabul qiladi.


5 kun







Davlat geologiya qoʻmitasi

Ariza beruvchi:

litsenziya berish va yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolash zarurligi;

litsenziya berilishini rad etish toʻrisida qabul qilingan qaror boʻyicha хabardor etish.


1 kun







Ariza beruvchi

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.


3 kun


Davlat geologiya qoʻmitasi

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va topshiradi.


1 kun

           

*) Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari hakidagi ma’lumot Davlat geologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.






Nizomga

5-ILOVA

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL

RESURSLAR QO`MITASI


Noruda foydali qazilmalarni o`z ichiga olgan yer

qa`ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun

LITSENZIYA

SERIYASI

TARTIB RAQAMI

LITSENZIYA TURI

Litsenziya



ga berildi.

(ushbu litsenziyani olgan yuridik yoki jismoniy shaxs)


Litsenziya


uchun yer qa`ri uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.

Yer qa`ri uchastkasi



da joylashgan.

(Qoraqalpog`iston Respublikasi yoki viloyat tumani, aholi punkti nomi)


Yer qa`ri uchastkasi chegaralarining tavsifi, burchak nuqtalari koordinatalari, topografiya plani, kesimlar nusxalari va boshqalar ilovada keltiriladi

      

               

(tegishli hujjatning turi, nomi, tartib raqami va qabul qilingan sanasi)


- son

(davlat organi nomi, hujjatning turi, sana, tartib raqami)


qarori asosida yer qa`ridan foydalanish bilan bog`liq ishlarni olib borish uchun yer uchastkasi berish kafotlangan.

Litsenziyaning amal qilish muddati



(kun, oy, yil)

Quyidagilar litsenziyaning ajralmas tarkibiy qismlari hisoblanadi:

Yer qa`ridan foydalanish shartlari



(ilovaning tartib raqamlari, varaqalar soni)

Matnli ilovalar



(ilovalar nomi, varaqlar soni)

Chizma ilovalar



(ilovalar ro`yxati, varaqlar soni)

Litsenziya berilgan sana ________ y. "____" ______________

Litsenziya olgan shaxs yoki

uning vakolatli vakili

O`zbekiston Respublikasi

Davlat geologiya va mineral

resurslar qo`mitasi Raisi

    

  

M.O`.




M.O`.





(imzo)


(F.I.SH.)


(imzo)


(F.I.SH.)

      

     

20 ____ y. "____" ____________

20 ____ y. "____" ____________

(Litsenziya uning ajralmas tarkibiy qismi hisoblangan zarur ilovalar mavjud bo`lgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi).

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 5 iyul