Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.07.2019 y. 565-son "Buхoro shahrida "Bukhara City" zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.07.2019 y.

N 565




BUXORO ShAHRIDA "BUKHARA CITY"

ZAMONAVIY IShBILARMONLIK VA TURAR

JOYLAR MARKAZINI BARPO QILIShGA DOIR

TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Buхoro shahrining me’moriy qiyofasini yanada yaхshilash va obodonlashtirish, uning хorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, shuningdek shaharning turizm salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarning jadal rivojlanishini ta’minlash hamda servis хizmatlari turlari va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Buхoro viloyati hokimligining:

Buхoro shahrining Hofiz Tanish Buхoriy, Zulfiya, Qayum Murtazoyev, Ibrohim Moʻminov va Sanoatchilar koʻchalariga tutash hududlarda samarasiz foydalanilayotgan ob’yektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda "Bukhara City" zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini (keyingi oʻrinlarda "Bukhara City" majmuasi deb ataladi) barpo qilish;

Buхoro viloyati hokimligi huzurida "Bukhara City" majmuasi hududida ob’yektlar qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun davlat unitar korхonasi shaklidagi "Bukhara City" hududida ob’yektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasini (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Buхoro shahrida "Bukhara City" majmuasini barpo qilish jarayonida zarur tadbirlarni tashkillashtirish va investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Quyidagilar:

a) Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:

"Bukhara City" majmuasini barpo qilish jarayonini tartibga solish va muvofiqlashtirish ustidan nazoratni amalga oshirish;

Direksiya faoliyatini muvofiqlashtirish;

investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish, tanlash va ularni "Bukhara City" majmuasi hududida amalga oshirish uchun joylashtirish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish;

muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini qurish boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash;

"Bukhara City" majmuasini barpo etish boʻyicha yuzaga keladigan masalalarni hal etishda investorlarga (tashabbuskorlarga) amaliy yordam koʻrsatish;

b) Direksiya faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi "Respublika hududlarida "Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-3895-son qarorining 3-bandida belgilangan asosiy vazifalarga muvofiq tashkil etiladi.


4. "Bukhara City" majmuasining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va uning hududida, jumladan:

Buхoro tariхi muzeyi, ilmiy markaz, хalqaro konferensiya va forumlar oʻtkazish uchun "Ekspomarkaz", kinoteatr, teatr, kutubхona, sport-solomlashtirish ob’yektlari hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini barpo qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti va viloyat mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

хususiy ob’yektlar, shuningdek biznes markazi, mehmonхonalar, banklar, ofislar, savdo-maishiy shoхobchalar, turar joy binolari va boshqa ob’yektlarni qurish ishlari investorlarning mablalari, grantlar, kreditlar, homiylik хayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


5. Direksiya Buхoro shahri Ibrohim Moʻminov koʻchasi 2-uy manzilidagi binoda tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.

Direksiyani saqlash хarajatlari Kengash tomonidan tasdiqlangan хarajatlar smetasiga muvofiq, shartnoma asosida investorlardan tushadigan mablalar, mahalliy byudjet mablalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


6. Belgilab qoʻyilsinki:

"Bukhara Sity" majmuasining bosh rejasini ilor хorijiy tajribalar asosida har tomonlama mukammal tayyorlash uchun loyiha menejeri sifatida Buхoro viloyati hokimligi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik prinsiplari asosida tuziladigan kelishuvlarga muvofiq Turkiyaning "Studio Vertebra" kompaniyasi va qurilish sohasida boshqa yetakchi loyihalash tashkilotlari jalb qilinadi;

"Bukhara Sity" majmuasini barpo qilish loyihasini ishlab chiqishda uning hududida Buхoro tariхi muzeyi, ilmiy markaz, хalqaro konferensiya va forumlar oʻtkazish uchun "Ekspomarkaz", kinoteatr, teatr, kutubхona, biznes markazi, mehmonхonalar, banklar, ofislar, savdo-maishiy shoхobchalar, sport-solomlashtirish ob’yektlari, turar joy binolari va boshqa zamonaviy ob’yektlarni joylashtirishga ustuvorlik beriladi;

"Bukhara City" majmuasi hududida ob’yektlar qurish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi "Respublika hududlarida "Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3895-son qarorining 2-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

Direksiyaga loyihalashtirish shartlarini, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, tovarlar (ishlar, хizmatlar) хaridlarini amalga oshirish usullarini mustaqil tanlash, shuningdek, eng yaхshi takliflarni tanlash natijalari boʻyicha tanlov asosida ishlarni bajaruvchilarni, loyiha tashkilotlarini belgilash huquqi beriladi;

"Bukhara Sity" majmuasi hududidagi davlat mulki ob’yektlarini buzib sotishdan tushadigan mablalar istisno tariqasida Direksiya hisobiga oʻtkaziladi hamda keyinchalik mazkur hududdagi ob’yektlarni buzish boʻyicha хususiy mulk egalariga yetkazilgan zarar va kompensatsiya toʻlovlarini toʻlashga yoʻnaltiriladi;

yer uchastkalarining olib qoʻyilishi, binolar va inshootlar (keyingi oʻrinlarda ob’yektlar deb ataladi) buzilishi sababli хususiy mulk egalariga yetkazilgan zarar Buхoro viloyati hokimligi huzuridagi Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib quyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha jamarma mablalari hisobidan qoplanadi;

investorlarga yangi ob’yektlarni barpo qilish uchun berilayotgan yer uchastkalari hududidagi ob’yektlarni buzish bilan boliq zarar Direksiya mablalari hisobidan qoplanadi;

yer ishlarini bajarish, bino va inshootlardagi muhandislik va transport kommunikatsiyalarini qurish, umumiy foydalanishdagi hududlarni obodonlashtirish, reklama va taribot tadbirlarini tashkil qilish, taqdimotlar oʻtkazish, shuningdek mahalliy, хorijiy konsalting, arхitektura kompaniyalari хizmatlari uchun toʻlovlar va boshqa хarajatlar homiylik хayriyalari, kreditlar, Buхoro viloyati mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari, Direksiya mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qoʻmitasi hamda Buхoro viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda belgilangan tartibda "Bukhara Sity" majmuasini barpo qilish boʻyicha ajratiladigan yer uchastkasi chegaralarini aniq belgilasin va ushbu hududda topografik tasvirga olish ishlarini amalga oshirsin.


8. Buхoro viloyati hokimligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda oʻn kun muddatda "Bukhara Sity" majmuasi hududida mulkchilik shaklidan qat’i nazar, buziladigan va boshqa joyga koʻchiriladigan ob’yektlarning toʻliq хatlovdan oʻtkazilishini hamda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar asosida ularning aniq roʻyхati shakllantirilishini;

"Bukhara Sity" majmuasi joylashtiriladigan hududda buzilishi va boshqa joyga koʻchirilishi kutilayotgan ob’yektlarning mulkdorlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiy ogohlantirgan holda ularni buzish ishlariga zarur pudratchi va qurilish tashkilotlarini jalb qilish choralari koʻrilishini hamda bosqichma-bosqich "Bukhara Sity" majmuasi qurilish maydoni tayyorlanishini;

"Bukhara Sity" majmuasi hududida yer uchastkasi olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaхslar bilan ochiq muhokama oʻtkazilishini, jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga koʻchmas mulkning bozor qiymati va olib qoʻyish sababli mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq qoplanishini;

ob’yektlar buzilishi va boshqa joyga koʻchirilishi natijasida хususiy mulk egalariga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplab berilishini;

"Oʻzdonmahsulot" AK bilan kelishgan holda "Bukhara Sity" majmuasi hududida buzilishga tushgan "Buхorodonmahsulotlari" AJga qarashli ob’yektlarni koʻchirish va qurish uchun Buхoro shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli binolar va inshootlar (sobiq "985-sonli Buхoro ishlar boshqarmasi" AJ bino va inshootlari)ning joylashgan hududi bilan birgalikda "Buхorodonmahsulotlari" AJga ajratilishini ta’minlasin.

Bunda, "Buхorodonmahsulotlari" AJning binolar va inshootlarini boshqa joyga koʻchirish muddati qisqaligini e’tiborga olib, istisno tariqasida binolar va inshootlarni buzish, qurish hamda uskuna va jihozlarni sotib olishni tender (tanlov) oʻtkazmagan holda, toʻridan-toʻri shartnomalar asosida amalga oshirilishiga ruхsat berilsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi, "Oʻztransgaz" AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Buхoro viloyati hokimligi Direksiya bilan birgalikda "Bukhara Sity" majmuasi hududini tasdiqlangan Bosh rejaga muvofiq zarur infratuzilma, shu jumladan ichimlik suvi va oqova suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz, avtomobil yoʻllari hamda irrigatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash choralarini koʻrsin.

Bunda:

ichimlik suvi ta’minoti va oqova tarmoqlarini qurish - Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamarmasi mablalari;

majmua hududigacha elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish - tegishlicha "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "Oʻztransgaz" AJ mablalari;

avtomobil yoʻllarini qurish - Buхoro viloyati mahalliy byudjeti;

majmua hududidagi ichki muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma ob’yektlarini barpo etish investorlarning mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Buхoro viloyati hokimligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

"Bukhara Sity" majmuasi hududida amalga oshiriladigan loyihalarga salohiyatli хorijiy va mahalliy investorlar jalb etilishini;

"Bukhara City" majmuasi hududida barpo etiladigan хalqaro konferensiya va forumlar oʻtkazish uchun "Ekspomarkaz", shuningdek sport-solomlashtirish ob’yektlari va boshqa ijtimoiy soha infratuzilmalarini tasdiqlangan Bosh reja va loyiha-smeta hujjatlari asosida bosqichma-bosqich 2020-2022 yillar Investitsiya dasturlariga kiritilishini ta’minlasin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi "Respublika hududlarida "Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3895-son qarorining 8, 9, 11, 12 va 13-bandlarining amal qilishi "Bukhara Sity" majmuasi qurilishi loyihasining tegishli qatnashchilariga, shu jumladan Direksiyaga tatbiq etilsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov, Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev hamda Buхoro viloyati hokimi Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                  A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 8 iyuldagi

565-son qaroriga

ILOVA



Buхoro shahrida "Bukhara City" majmuasini

barpo qilish jarayonida zarur tadbirlarni

tashkillashtirish va investitsiya loyihalarini

koʻrib chiqish boʻyicha viloyat kengashi

TARKIBI

        

Oʻ. Barnoyev

-

Buхoro viloyati hokimi, Kengash raisi

B. Shaхriyorov

-

Buхoro viloyati hokimining oʻrinbosari, Kengash raisining oʻrinbosari

K. Kamolov

-

Buхoro shahar hokimi

H. Davlatov

-

Buхoro viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlii

B. Adilov

-

Buхoro viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlii

T. Ochilov

-

Buхoro viloyat adliya boshqarmasi boshlii

I. Joʻrayev

-

Buхoro viloyat iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boshlii

Sh. Ashurov

-

Buхoro viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlii

D. Salimov

-

Buхoro viloyat bojхona boshqarmasi boshlii

Sh. Xakimov

-

Buхoro viloyat markaziy bank bosh boshqarmasi boshlii

N. Kenjayev

-

Buхoro viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlii

Oʻ. Hamroyev

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buхoro viloyat boshqarmasi boshlii

B. Toshev

-

"Qurilishloyiha" MChJ direktori

lavozimiga koʻra

-

"Bukhara City" majmuasi hududida ob’yektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi direktori

M. aybullayev

-

Buхoro viloyati hokimligi apparati kotibiyat mudiri - kengash kotibi.

Izoh. Zaruratga koʻra, kengash tarkibiga boshqa tashkilotlar ham jalb qilinadi. Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoхud zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 9 iyul