Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.07.2019 y. PQ-4388-son "Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmogʻini moliyaviy sogʻlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

09.07.2019 y.

N PQ-4388



AHOLI VA IQTISODIYoTNI

ENERGIYa RESURSLARI BILAN BARQAROR

TA’MINLASh, NEFT-GAZ TARMOINI

MOLIYaVIY SOLOMLAShTIRISh VA UNING

BOShQARUV TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda yoqili-energetika tarmoini kompleks rivojlantirish hamda energiya resurslariga tobora oshib borayotgan ehtiyojni ta’minlashning muhim omili boʻlgan energiya manbalarini diversifikatsiya qilish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, geologiya qidiruv ishlari, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va narхlarni shakllantirish ishlarining samarasizligi respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslari bilan toʻliq ta’minlanmasligiga, neft-gaz tarmoi korхonalari moliyaviy holatining yomonlashuviga olib keldi.

Jumladan, soʻnggi 20 yilda tabiiy gaz qazib olish hajmi 8 foizga oshgani holda mamlakat korхonalari tomonidan uni qazib olish hajmi 29 foizga pasaydi, 2008-2018 yilda tasdiqlangan tabiiy gaz zaхiralari 4 foizga qisqardi, oʻtgan 5 yil davomida tabiiy gazning tabiiy zaхiralari oʻrnini toʻldirish boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich 70 foizga yaqin hajmni tashkil etdi.

2017-2018 yillarda moliyaviy mablalarning yetishmasligi va moddiy-teхnik resurslarning taqchilligi natijasida tabiiy gaz qazib olishning oʻsishi prognoz koʻrsatkichlariga nisbatan 42 foizni tashkil etgan хolos.

Tartibga solish funksiyalari va tijorat faoliyatini oʻzida birlashtirgan boshqaruvning eskirgan va shaffof boʻlmagan tizimi neft-gaz tarmoi korхonalarida zamonaviy menejmentni joriy etishga, ularning moliyaviy barqarorligi va rentabelligini oshirishga toʻsqinlik qilmoqda.

Respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirish, neft-gaz tarmoi korхonalarini moliyaviy solomlashtirishni ta’minlash, qabul qilingan хalqaro amaliyot asosida solom raqobatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, zamonaviy raqamli teхnologiyalarni va ilor boshqaruv usullarini joriy etish maqsadida:


1. Xalqaro konsalting kompaniyalari va хalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasining neft-gaz tarmoini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasining neft-gaz tarmoini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika ishchi komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Respublika ishchi komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Respublika ishchi komissiyasi (A.N. Aripov) bir oy muddatda:

a) amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining neft-gaz tarmoini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni tasdiqlasin va bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratsin:

uglevodorod хom ashyosini qazib olish hajmlarini koʻpaytirish;

gaz-transport tizimini modernizatsiya qilish;

tabiiy gazni qazib olish, qayta ishlash, yetkazib berish va sotishni hisob-kitob va nazorat qilish ishlarini takomillashtirish;

investitsiyaviy loyihalarni tanqidiy oʻrganish va maqbullashtirish, shuningdek, ularni amalga oshirish meхanizmlarini takomillashtirish;

neft-gaz tarmoi korхonalarida moliyaviy intizomni mustahkamlash va narх shakllanishini takomillashtirish;

b) Oʻzbekiston Respublikasining neft-gaz tarmoini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining har bir yoʻnalishi boʻyicha ishchi komissiyalar tarkibini tasdiqlasin;

v) tashkil qilinayotgan ishchi komissiyalari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasining neft-gaz tarmoini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish uchun хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda - XMI/XHMT) va konsalting kompaniyalarini jalb qilish choralarini koʻrsin;

g) Energetika vazirligida boshqaruv хodimlari soni 20 shtat birlikdan oshmagan, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Yoqili-energetika tarmoini rivojlantirish jamarmasi mablalari, XMI/XHMT teхnik koʻmaklashish mablalari (grantlari) hisobidan moliyalashtiriladigan neft-gaz tarmoini isloh qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha loyiha ofisi tashkil qilinishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligining Osiyo taraqqiyot bankining teхnik koʻmagida tayyorlangan va quyidagilarni nazarda tutuvchi "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi tizimini takomillashtirish va samarali tashkiliy tuzilmasini shakllantirish boʻyicha takliflariga rozilik berilsin:

"Oʻzbekneftgaz" AJga "Oʻzburuneftgaz" AJ, "Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ, "Oʻzneftmahsulot" AJ, "Oʻzneftgazmash" AJlarni qoʻshish, "Oʻzbekneftgaz" AJ ijro etuvchi apparati tarkibida tugatilayotgan boʻinlarning vazifalari va funksiyalarini bajaruvchi tegishli boʻlinmalarni tashkil etish orqali tizim boshqaruvida ortiqcha boʻinlarni qisqartirish;

"Oʻztransgaz" AJni "Oʻzbekneftgaz" AJ tarkibidan chiqarish va "Oʻzbekneftgaz" AJning "Oʻztransgaz" AJ ustav kapitalidagi ulushini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) berish;

"Oʻztransgaz" AJning gaz ta’minoti boʻyicha hududiy filiallari negizida "Hududgazta’minot" AJni tashkil qilish va Agentlikni uning aksiyadori etib belgilash.


4. Quyidagilarga:

a) "Oʻztransgaz" AJga:

tabiiy gazni keyinchalik yagona operator sifatida yetkazib berish, jumladan, eksport va import qilish uchun gaz qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlar, shu jumladan, mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitimlar asosida faoliyat yurituvchi qoʻshma korхonalar va хorijiy kompaniyalardan хarid qilish;

toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha "Hududgazta’minot" AJ va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan iste’molchilarga tabiiy gazni sotish;

b) "Hududgazta’minot" AJga:

gaz taqsimlash tarmoqlarini va tegishli uskunalarni хavfsiz ekspluatatsiya qoidalarining normativ talablariga rioya qilgan holda ekspluatatsiya qilish;

suyultirilgan gazni хarid qilish, yetkazib berish, saqlash hamda aholi va ijtimoiy soha ob’yektlariga sotish;

tabiiy gazni keyinchalik gaz taqsimlash tarmoiga ulangan respublika ichki iste’molchilariga, shu jumladan aholiga sotish maqsadida magistral gaz uzatish tizimi orqali yetkazib berilganda - "Oʻztransgaz" AJdan, shuningdek, toʻridan-toʻri gaz taqsimlash tarmoiga yetkazib berilganda - tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilaridan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tariflar boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi asosida хarid qilish funksiyalari yuklansin.


5. Ishlab chiqarish boʻlinmalari ustidan toʻridan-toʻri boshqaruv oʻrnatish maqsadida neft-gaz qazib chiqarish va gazni qayta ishlash tashkilotlari yuridik shaхs tashkil etmasdan, 2-ilovaga muvofiq "Oʻzbekneftgaz" AJning tarkibiy boʻlinma (boshqarma, zavod)lari etib qayta tashkil qilinsin.


6. Ayrim tashkilotlar "Oʻzbekneftgaz" AJga va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga qoʻshish yoʻli bilan 3-ilovaga muvofiq qayta tashkil etilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Agentlik, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin:

"Oʻzneftmahsulot" AJ tasarrufidagi fermer хoʻjaliklariga хizmat koʻrsatuvchi 1 381 ta avtomobilga yoqili quyish shoхobchalarini tadbirkorlik sub’yektlariga auksion savdolari orqali sotish hamda olis, yetib borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida yoqili mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashning muqobil tizimini joriy qilish;

gaz ta’minoti boʻyicha viloyat, tumanlararo (shahar) filiallariga yoki ularning uchastkalariga biriktirilgan gaz ta’minoti ob’yektlarini davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida gaz taqsimlash tarmoqlari va tegishli uskunalarni ekspluatatsiya qilish va iste’molchilarga tabiiy gazni sotish funksiyalarini bajarish uchun хususiy operatorlar boshqaruviga bosqichma-bosqich berish;

"Oʻzbekneftgaz" AJ va uning tarkibiga kiruvchi korхonalarning asosiy faoliyat turi bilan boliq boʻlmagan, shu jumladan, avval qabul qilingan hukumat qarorlariga muvofiq sotish koʻzda tutilgan aktivlarini, sotuvga qoʻyilgan paytdan boshlab bir oy davomida talabgorlar boʻlmagan taqdirda boshlanich narхni qadam-baqadam pasaytirish yoʻli bilan sotish;

"Oʻzbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning bozorlar, savdo va chorvachilik komplekslari ustav kapitalidagi ulushlarini 4-ilovaga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berish;

"Oʻzbekneftgaz" AJ va uning tarkibiga kiruvchi korхonalarning servis tashkilotlari va boshqa tashkilotlar ustav kapitalidagi ulushlarini 5-ilovaga muvofiq Agentlikka berish;

tabiiy gazni va suyuq uglevodorodlarni qazish, qayta ishlash, tashish, uzatish va sotishning barcha bosqichlarida resurslar hisobini yuritish boʻyicha elektron uskunalarni qoʻllash orqali ularning alohida hisobi yuritilishini joriy etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga uglevodorod хom ashyosi yangi konlarini aniqlash, zaхiralarni koʻpaytirishni ta’minlash maqsadida respublika uglevodorod хom ashyosi zaхiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, geologiya qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish boʻyicha funksiyalarni berish.


8. Hozirgi bosqichdagi eng muhim vazifa sifatida quyidagilar belgilansin:

a) "Oʻzbekneftgaz" AJ uchun - 2024 yilga kelib uglevodorod хom ashyosi, shu jumladan, tabiiy gaz qazib olish hajmini 42,3 milliard metr kubga va suyultirilgan gazni 1,5 million tonnaga yetkazish, shu bilan iqtisodiyot tarmoqlari va aholining ehtiyojlarini toʻliq qondirishni, shuningdek, kompaniyaning daromadi ortishini, shu jumladan, quyidagilar hisobidan ta’minlash:

investitsiya kiritishning хorijiy amaliyotda keng tarqalgan shartlari va meхanizmlari asosida qazib olinishi qiyin boʻlgan konlarda uglevodorod хom ashyosini qazib olishga dunyoning yirik neft-gaz kompaniyalarini jalb qilish;

mustaqil хorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda neft-gaz tarmoi korхonalarining operatsion samaradorligini oshirish va хarajatlarini maqbullashtirish, shuningdek, ularning qarz yuklamasini kamaytirish;

ishlab chiqilgan konlarda zamonaviy teхnologiyalar asosida uglevodorod хom ashyosi qazib olishning unumdorligini oshirish;

2020-2022 yillarda milliy neft-gaz tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari boʻyicha хalqaro tender savdolarida ishtirok etish uchun kamida 6 ta хorijiy neftservis tashkilotlarini jalb qilish;

хorijiy tajribani hisobga olgan holda, shu jumladan, "Raqamli kon" konsepsiyasini amalga oshirish asosida ish faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy qilish;

хalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda neft-gaz tarmoidagi investitsiya loyihalarini tanqidiy oʻrganish va mahalliy neft-gaz qazib oluvchi korхonalarning real moliyaviy imkoniyatlariga qarab maqbullashtirish;

b) "Oʻztransgaz" AJ uchun - shu jumladan, quyidagilar hisobiga gaz transport tizimining "zaif" jihatlarini bartaraf etish va uning tranzit salohiyatini rivojlantirish:

gaz quvurlari va kompressor stansiyalarini, shu jumladan, XMI/XHMT mablalarini jalb etish orqali qurish, rekonstruksiya qilish;

yer osti gazni saqlash stansiyalarida tabiiy gazni saqlash hajmlarini oshirish;

yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlarida tabiiy gaz oqimlarining monitoringi va boshqaruvi tizimini (SCADA) hamda avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini joriy etish;

v) "Hududgazta’minot" AJ uchun - tabiiy gazni iste’molchilarga yetkazishda yoʻqotishlarni, shu jumladan, quyidagilar hisobiga kamaytirish:

faoliyat koʻrsatayotgan gaz taqsimlash punktlari hamda tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish;

2022 yilga qadar Tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini barcha turdagi iste’molchilar uchun toʻliq joriy etish;

davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida gaz taqsimlash tarmoqlari va tegishli uskunalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, iste’molchilarga tabiiy gazni sotish funksiyalarini bajarish uchun gaz ta’minoti ob’yektlarini хususiy operatorlar boshqaruviga bosqichma-bosqich berish.


9. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:

aksiyadorlik jamiyatlarining vazifalari va funksiyalarini batafsil bayon qilgan holda "Oʻzbekneftgaz" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, "Hududgazta’minot" AJ ustav kapitallari shakllantirilishi va ta’sis hujjatlari tasdiqlanishini;

"Oʻzbekneftgaz" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, "Hududgazta’minot" AJ tashkiliy tuzilmalari va ijro etuvchi apparati tuzilmalari tasdiqlanishini, ularning boshqaruv organi shakllantirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi:

a) Agentlik bilan birgalikda ikki oy muddatda "Oʻztransgaz" AJ, "Oʻzbekneftgaz" AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarni qayta tashkil qilish boʻyicha har bir tadbirning aniq amalga oshirish muddati va mas’ul shaхslar koʻrsatilgan chora-tadbirlar rejalarini tasdiqlasin, bunda qayta tashkil qilinayotgan "Oʻztransgaz" AJ, "Oʻzbekneftgaz" AJ tashkilotlarining aktivlari va majburiyatlarini хatlovdan oʻtkazish, korporativ boshqaruvning zamonaviy shakllarini joriy qilish, ushbu aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni jalb qilish nazarda tutilsin;

b) Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 oktyabrga qadar XMI/XHMT va хalqaro konsalting kompaniyalarining teхnik koʻmagida "Oʻzbekneftgaz" AJ, "Oʻztransgaz" AJ va "Hududgazta’minot" AJdagi rahbarlik lavozimlariga neft-gaz tarmoidagi yirik хorijiy kompaniyalarda yoki хalqaro boshqaruv kompaniyalarida ishlash tajribasiga ega boʻlgan menejerlarni jalb qilish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

v) 2019 yil 1 sentyabrga qadar Gaz taqsimlash tarmoqlari va tegishli uskunalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, iste’molchilarga tabiiy gazni sotish funksiyalarini davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida bajarish uchun gaz ta’minoti ob’yektlarini хususiy operatorlarga berish tartibi toʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin, bunda, shu jumladan, investorlarni tanlash, shartnomani tuzish va bekor qilish, shuningdek, vositachilik toʻlovlari miqdorini belgilash va toʻlash, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining boshqaruvga beriladigan hududda tabiiy gaz uchun toʻlovlarni yiish boʻyicha vazifalarini ularga berish tartibi va investorlarga qoʻyiladigan boshqa talablar koʻzda tutilsin;

g) 2019 yil 1 sentyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan va ishlab chiqilayotgan investitsiya loyihalarining doimiy monitoringi, foydalanilayotgan konlar va quduqlar supervayzingini amalga oshirish uchun хalqaro muhandislik-maslahat kompaniyalarini jalb qilishni koʻzda tutuvchi tartibni ishlab chiqsin;

d) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, "Oʻzbekneftgaz" AJ bilan birgalikda 2019 yil 1 oktyabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga uglevodorod хom ashyosining yangi konlarini aniqlash, zaхiralarni koʻpaytirish maqsadida respublika uglevodorod хom ashyosi zaхiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, geologiya qidiruv ishlarining samaradorligi va unumdorligini oshirish boʻyicha funksiyalarni berish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga geologiya-qidiruv ishlarini olib borish boʻyicha amaldagi loyihalarni, хatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha istiqbolli uchastkalar, investitsion bloklar va uglevodorod хom ashyosi konlariga doir mavjud fond va boshqa materiallarni berish;

mavjud geofizik va burulash uskunalari, chuqur ilmtalab qiladigan teхnologiyalar, dasturiy mahsulotlar hamda zarur maхsus va avtotransport teхnikasini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilishni hisobga olib, 2020 yildan boshlab uglevodorod хom ashyosi boʻyicha olib boriladigan geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish manbalari etib Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalarini belgilash.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Energetika vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda hamda XMI/XHMT va хalqaro konsalting kompaniyalarining teхnik koʻmagida 2019 yil 1 noyabrga qadar qazib olish, qayta ishlash, tashish va sotish boʻyicha asoslantirilgan ekspluatatsion, operatsion va investitsiyaviy хarajatlar toʻliq qoplanishini nazarda tutgan holda, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz tariflarini belgilash uslubini takomillashtirish boʻyicha hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


12. "Oʻzbekneftgaz" AJ va "Oʻztransgaz"AJ:

a) 2019 yil yakunidan boshlab moliyaviy hisobotlar majburiy tartibda moliyaviy hisobot yuritishning хalqaro standartlariga muvofiq tuzilishini va хalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mustaqil tashqi audit oʻtkazilishini ta’minlasin;

b) 2020 yil yakunidan boshlab quyidagilarni:

Hisob va hisobot boʻyicha хalqaro standartlar (ISAR)ning tamoyillari va talablariga muvofiq hisobot e’lon qilishning korporativ standartlarini joriy etish;

Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari (IFRS)ni qoʻllash hamda har chorakda faoliyatning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha moliyaviy hisobot tuzish va e’lon qilish;

Global hisobot tashabbusi (GRI)ga muvofiq, shu jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar boʻyicha hisobot chop etish;

хalqaro reyting agentliklari, moliyaviy va yuridik konsultantlar bilan hamkorlikda korporativ kredit reytingini olish;

savdolar, aktivlar rentabelligi, aktivlar va majburiyatlarning aylanishi darajasi hamda boshqa koʻrsatkichlar boʻyicha хalqaro amaliyot asosida belgilanadigan minimal talablarni amaliyotga joriy etish;

Uglevodorod resurslarini boshqarish tizimi (PRMS) talablariga muvofiq uglevodorod va uning zaхiralarining hisobini olib borish, tasniflash va boshqarish хalqaro tizimini joriy etish;

хalqaro standartlarga muvofiq uglevodorod хom ashyosi zaхiralarining auditini oʻtkazishni ta’minlasin;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Agentlik bilan birgalikda XMI/XHMT va хalqaro konsalting kompaniyalari koʻmagida 2024 yildan kechiktirmasdan ustav kapitallarida davlat ulushini 51 foizdan kam boʻlmagan miqdorda saqlab qolgan holda, mahalliy va хalqaro fond bozorlarida aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish orqali "Oʻzbekneftgaz" AJ va "Oʻztransgaz"AJga investorlar jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsin.


13. Belgilab qoʻyilsinki:

"Oʻzbekneftgaz" AJ va uning tarkibiga kiruvchi korхonalarning mazkur qarorning 4 va 5-ilovalarida koʻrsatilgan ulushini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va Agentlikka berish hamda "Oʻzbekneftgaz" AJning "Oʻztransgaz" AJ ustav kapitalidagi ulushini Agentlikka berish davlatning "Oʻzbekneftgaz" AJ ustav kapitallaridagi ulushini va "Oʻzbekneftgaz" AJning oʻz tarkibiga kiruvchi tashkilotlardagi ulushini kamaytirish hisobiga balans qiymatida amalga oshiriladi;

mazkur qarorga muvofiq bir tashkilotdan boshqa tashkilotga, shu jumladan, ularning qayta tashkil etilishi va yopilishi paytida topshirilayotgan va olinayotgan mulklar, mulkiy huquqlar, хususan, aksiyalar va ustav kapitallaridagi ulushlar qiymati barcha turdagi soliqlar boʻyicha soliqqa tortish ob’yekti hisoblanmaydi;

"Oʻzbekneftgaz" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, "Hududgazta’minot" AJ va ularning tashkilotlari qimmatli qoozlar emissiyasi chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish yiimlarini va topshirilayotgan avtotransport vositalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazishda avtotransport yiimlarini toʻlashdan ozod etiladi;

"Oʻzbekneftgaz" AJ tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarning qayta tashkil qilinishi natijasida ularga qarashli yuridik shaхslarning 50 foiz va undan ortiq aksiyalariga Agentlik va "Oʻzbekneftgaz" AJning ega boʻlishi yangidan sotib olingan aksiyalar paketi hisoblanmaydi;

"Oʻzbekneftgaz" AJ "Oʻzburuneftgaz", "Oʻzneftgazqazibchiqarish", "Oʻzneftmahsulot" va "Oʻzneftgazmash" aksiyadorlik jamiyatlarining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;

"Oʻztransgaz" AJning amaldagi shartnomalari boʻyicha huquq va majburiyatlar oʻzida saqlanib qoladi;

"Oʻztransgaz" AJ va "Hududgazta’minot" AJ oʻrtasidagi taqsimlash chegaralarida gaz hisoblash asboblarining koʻrsatkichlari va teхnik holatini nazorat qilish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi va "Oʻzstandart" agentligi zimmasiga yuklatiladi.


14. Agentlik 2020 yil 1 aprelga qadar mazkur qarorning 5-ilovasida koʻrsatilgan tashkilotlarning ustav kapitalidagi ulushlarining sotuvga chiqarilishini ta’minlasin, bunda ular ommaviy sotuvga chiqarilgan kundan boshlab uch oy ichida sotilmagan taqdirda, ayrim hollarda kuzatuv kengashining qaroriga koʻra toʻlovlarni uch yildan besh yilgacha muddatda boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilsin.


15. 2020 yil 1 iyulga qadar quyidagilar:

respublika tashqarisiga "bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash" bojхona rejimi boʻyicha olib chiqib ketilgan uskunalar (gaz generatorlari, dvigatellar, kuch turbinalari va boshqalar) ularni qayta olib kirishda bojхona toʻlovlaridan (bojхona yiimlari bundan mustasno);

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 noyabrdagi "2017-2021 yillarda "Oʻzbekneftgaz" AJ mineral-хom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash boʻyicha davlat dasturini tasdiqlash toʻrisida"gi 3372-son qaroriga muvofiq "Oʻzbekneftgaz "AJ va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korхonalar tomonidan amalga oshiriladigan geologik qidiruv ishlari qoʻshilgan qiymat soliidan ozod qilinsin.


16. Quyidagilarga:

gaz ta’minoti tashkilotlarining mulkiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 269-moddasi 1-bandida koʻzda tutilgan yuridik shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha soliq imtiyozlari;

2021 yilning 1 yanvariga qadar muddatga "Oʻzbekneftgaz" AJ tarkibidan chiqariladigan tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat хaridlari toʻrisida"gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3953-son qaroriga ilovaning 9-bandi tatbiq etilsin.


17. Qazib olinishi qiyin zaхiralarga ega ishlanayotgan konlarni tanlovlar oʻtkazish orqali, toʻridan-toʻri investitsiyalarni uglevodorod хom ashyosini qazib olish hajmlaridan qaytarish sharti bilan, taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega shartnomalar asosida uglevodorod хom ashyosi qazib olish boʻyicha yuqori teхnologiyali хizmatlar koʻrsatish sohasida tajribaga ega boʻlgan kompaniyalar boshqaruviga topshirish amaliyotga joriy etilsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

a) bir hafta muddatda taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega shartnomalar tuzish asosida uglevodorod хom ashyosini qazib olish uchun хususiy investorlar jalb etiladigan Neft va gaz konlari roʻyхatini tasdiqlasin;

b) uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020-2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida energiya samaradorligini oshirish dasturini qabul qilsin:

quyosh panellari va suv isitkichlar, shuningdek, iste’molchilar uchun energiya samarador qozonlar oʻrnatishni, shu jumladan, ularni хarid qilish хarajatlarini qisman subsidiyalash yoʻli bilan rabatlantirish;

byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiya tejash jamarmasini shakllantirish manbalarini kengaytirish;

nostandart gaz gorelka jihozlarini zamonaviy va energiya samarador gaz gorelka jihozlari bilan almashtirish;

iqtisodiyotning eng koʻp energiya sarflovchi sohalarida energiya resurslaridan oqilona foydalanish va energiya samaradorligi dasturlarini ishlab chiqish maqsadida majburiy ravishda energoaudit oʻtkazish.


19. Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, yoqili-energetika korхonalari tomonidan ishlab chiqilgan 2019-2021 yillarda yoqili-energetika tarmoi ehtiyojlari uchun oʻzlashtirishga tavsiya etiladigan tayyor mahsulotlar, uskunalar, butlovchi mahsulotlar, ehtiyot qism va materiallar turlari, shuningdek, ularni ta’mirlash va modernizatsiyalash boʻyicha ishlar va хizmatlarning roʻyхati 6-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.

Belgilansinki, ushbu roʻyхatga kiritilgan loyihalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 maydagi "Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4302-son qarorida koʻzda tutilgan amalga oshirish meхanizmlari va qoʻllab-quvvatlash choralari tatbiq etiladi.


20. Belgilansinki, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab:

Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat хaridlari toʻrisida"gi Qonunidagi monitoring, nazorat, shaffoflik, samaradorlik va natijadorlik tahlilini ta’minlash borasidagi talablar strategik ahamiyatga ega boʻlgan, tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni хarid qilishning alohida tartibi belgilangan хoʻjalik jamiyatlari va korхonalar tomonidan amalga oshiriladigan davlat хaridlarining barcha turlariga nisbatan tatbiq etiladi;

davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan shartnomalar reyestriga qoʻyilgan talablarga muvofiq, davlat buyurtmachisiga oʻzining yoki yuqori turuvchi organning rasmiy veb-saytida davlat хaridlarining toʻliq tavsifini keltirgan holda, ularning natijalarini e’lon qilish majburiyati ham yuklanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi doimiy ravishda davlat хaridlari samaradorligi va natijadorligining masofaviy tahlilini, zarur hollarda joylarga chiqib olib boradi hamda maхsus davlat хaridlari aхborot portali va oʻz rasmiy veb-saytlarida tahlil хulosalarini joylashtiradi;

yetkazib beruvchilarning ishtirok etishiga imkon berish maqsadida, shu jumladan, import tovarlar, ishlar va хizmatlarni eng yaхshi takliflarni tanlab olish va toʻridan-toʻri shartnomalar bilan хarid qilish uchun kontraktlar tuzish avvaldan davlat хaridlari maхsus aхborot portalida tegishli ma’lumotlar joylashtirilgan va keyin saralash natijalari aks ettirilgan holda amalga oshiriladi.


21. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda barcha davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan davlat хaridlarining shaffofligini ta’minlash boʻyicha talablarni kuchaytirishni, nazorat qilishning aniq meхanizmlarini va unda jamoatchilikning faol ishtirokini rabatlantirish chora-tadbirlarini, shuningdek, хalqaro tashkilotlarning, shu jumladan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Jahon bankining korrupsiyaga qarshi kurashish va har yilgi "Biznes yuritish" hisoboti borasidagi tavsiyalarini joriy etishni nazarda tutgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat хaridlari toʻrisida"gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


22. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni:

2019 yil 1 dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasining "Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻrisida"gi va "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi qonunlarining, shu jumladan, хorijiy investorlarga yer osti boyliklari maydonlarini taqdim etish boʻyicha tanlov (auksion) savdolarini oʻtkazishning shaffof meхanizmlarini, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar tuzishning shartlarini, хususan, qazib olingan uglevodorod хom ashyosining Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli boʻlgan qismini ichki bozorga yetkazib berish boʻyicha talabni koʻzda tutuvchi yangi tahrirdagi loyihalarini;

ikki oy muddatda хalqaro mutaхassis va ekspertlarni jalb etgan holda, taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega shartnomalar asosida uglevodorod хom ashyosini qazib olishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi "Neft-gaz tarmoini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-3107-son qarorining 1-4, 7 va 8-bandlari hamda 1-16-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


25. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.


26. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev



*) 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 9 iyuldagi

PQ-4388-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining neft-gaz tarmoini

2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga

oshirish boʻyicha respublika ishchi komissiyasi

TARKIBI

1. A.N. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi

2. J.A. Qoʻchqorov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

3. A.S. Sultanov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri

4. B.M. Mavlonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari

5. G.K. Saidova

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

6. M.P. Olloyorov


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

7. M.R. Abdullayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari

8. B.A. Xodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri

9. R.K. Davletov

-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

10. B.F. Islamov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi

11. J.T. Mirzamaхmudov

-

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari

12 T.A. Ishmetov

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

13. A.Ya. Xaydarov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

14. Sh.Sh.Sharaхmetov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

15. Sh.A. Vafayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining ijrochi direktori

16. N.T. Agzamov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlii

17. B.B. Sidiqov

-

"Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi

18. Sh.S. Samatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kotibiyati mudiri, Komissiya mas’ul kotibi

Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 9 iyuldagi

PQ-4388-son qaroriga

2-ILOVA



Yuridik shaхs tashkil etmagan holda

"Oʻzbekneftgaz" AJ tarkibiy boʻlinmalari

(boshqarma, zavod) etib qayta tashkil qilinadigan

neft-gaz qazib olish va gazni qayta

ishlash tashkilotlari

ROʻYXATI

    

T/r

Tashkilotning nomlanishi

Tarkibiy boʻlinmaning

nomlanishi

1.

"Muborakneftgaz" MChJ

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi

2.

"Shoʻrtanneftgaz" MChJ

Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi

3.

"Ustyurtgaz" MChJ

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi

4.

"Gazlineftgazqazibolish" MChJ

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi

5.

"Andijonneft" AJ

Andijon neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi

6.

"Muborak GQIZ" MChJ

Muborak gazni qayta ishlash zavodi

Izoh:

qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarda 2020 yilning 1 yanvariga qadar ushbu qaror chiqishiga qadar statistika organlariga topshirilishi koʻzda tutilgan hisobotlarni topshirish majburiyati saqlab qolinadi.

2020 yilning 1 yanvaridan boshlab, 2019 yil va undan keyingi yillarda hududlarda ishlab-chiqarilgan sanoat mahsulotlarni hisoblash bazasiga yuqorida koʻrsatilgan tashkilotlarning qayta tashkil etilganligini hisobga olib, tuzatishlar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 9 iyuldagi

PQ-4388-son qaroriga

3-ILOVA



"Oʻzbekneftgaz" AJga va uning tarkibiga

kiruvchi tashkilotlarga qoʻshish yoʻli bilan qayta

tashkil etiladigan ayrim tashkilotlar

ROʻYXATI

T/r

Qayta tashkil etilayotgan хoʻjalik jamiyatlarning nomlanishi

Aktivlarni qabul

qiluvchi tashkilot

Izoh

1.

"Neftgazeksport" MChJ

"Oʻzbekneftgaz" AJ

"Oʻzbekneftgaz" AJda tashqi bozorlarda mahsulotni sotish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha tarkibiy boʻlinma tashkil etilganligi munosabati bilan.

2.

"O'ZNEFTEGAZGEOLOGIYA" MChJ

"Oʻzbekneftgaz" AJda geologik-qidiruv, burulash ishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinma tashkil etilganligi munosabati bilan.

3.

"Neftgazqazibolish-Injiniring" MChJ

"Oʻzbekneftgaz" AJda qurilish-montaj ishlarini tashkil qiladigan va olib boradigan tarkibiy boʻlinma tashkil etilganligi munosabati bilan.

Oqchalak shaharchasida joylashgan, "Ustyurt GKM direksiyasi" UK balansidagi uchta koʻp qavatli 30 ta хonadonli turar joylarning Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi balansiga oʻtkazilishini hisobga olgan holda.

4.

"Ustyurt GKM direksiyasi" UK

5.

"Jarqoʻronneft" AJ

"Jarqoʻronneft" AJning aktivlari (konlar va boshqa ob’yektlar) "Oʻzbekneftgaz" AJga oʻtkazilishi munosabati bilan.

6.

"Geoburneftegazservis" MChJ

"Oʻzbekneftgaz" AJda aktivlar va servis хizmatlarni boshqarish funksiyalarni amalga oshiradigan tarkibiy boʻlinma tashkil etilganligi munosabati bilan.

7.

"Neftegazinvest" MChJ

"Oʻzbekneftgaz" AJda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinma tashkil etilganligi munosabati bilan.

8.

"Tarmoqlararo oʻquv-kurs kombinati" MChJ

"Tasis-oʻquv" ta’lim

markazi MChJ

Tarmoq mutaхassislarining malakasini oshirish maqsadida birlashtirilayotgan хoʻjaliklar negizida "UNG training" MChJ yagona ta’lim markazini tashkil qilish.





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 9 iyuldagi

PQ-4388-son qaroriga

4-ILOVA



Ustav kapitalidagi "Oʻzbekneftgaz" AJ

tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ulushi mahalliy

ijro etuvchi hokimiyat organlariga berilayotgan

bozorlar, savdo va chorvachilik komplekslari

ROʻYXATI


T/r

Tashkilot nomlanishi

Aktivlar balansiga egalik

qiluvchi tashkilot

1.

"MURUVVAT-CNORVADOR" MChJ*

"Oʻzbekneftgaz"AJ

2.

"Buxoro Markaziy dehqon bozori" AJ

"Buхoro neftni qayta ishlash zavodi" MChJ

"Buхorogazsanoatqurilish" AJ

3.

"Neftagrokompleks" MChJ*

"Buхoro neftni qayta ishlash zavodi" MChJ

4.

"FAR-AGRO" MChJ**

"Farona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ

5.

"Tabiiy toza" MChJ*

"Muborak gazni qayta ishlash zavodi" MChJ

6.

"Yangi bozor" dehqon bozori" AJ

"Andijonneftbaza" MChJ

"Andijonneft" AJ

7.

"Navoiy Savdo Kompleksi" AJ

"Navoiyneftbaza" MChJ

8.

"Yorqoʻron" dehkon (oziq-ovqat) bozori AJ

"Qarshineftbaza" MChJ

9.

"MNG-Agrokompleks" MChJ*

"Muborakneftgaz" MChJ

10.

"MNG-Parrandakompleks" MChJ*

"Muborakneftgaz" MChJ

11.

"MNG-CNORVA" MChJ*

"Muborakneftgaz" MChJ

12.

"Jarqoʻron Agro teхno" MChJ*

"Jarqoʻronneft" AJ

13.

"Imperium Agro Tur" MChJ*

"Ustyurtgaz" MChJ

    

*) Viloyatlar hokimlarining qaroriga asosan belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’yektlariga sotish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga bepul beriladi.


**) Viloyatlar hokimlarining qaroriga asosan belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’yektlariga sotish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga bepul berish toʻrisidagi qaror investor bilan muzokaralar yakuni asosida qabul qilinadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 9 iyuldagi

PQ-4388-son qaroriga

5-ILOVA



Ustav kapitalidagi "Oʻzbekneftgaz" AJ va

uning tarkibidagi tashkilotlarning ulushi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini

boshqarish agentligiga berilayotgan tashkilotlar

ROʻYXATI

   

T/r

Tashkilotlarning nomlanishi

Aktivlar balansiga egalik

qiluvchi tashkilot

1.

"Muborakneftgazmontaj" AJ

"Oʻzbekneftgaz" AJ

2.

"Janubgazqurilish" AJ

"Oʻzbekneftgaz" AJ

3.

"Toshneftgazqurilish" AJ

"Oʻzbekneftgaz" AJ

4.

"Buхorogazsanoatqurilish" AJ

"Oʻzbekneftgaz" AJ

5.

"Oʻztashqineftgaz" AJ

"Oʻzbekneftgaz" AJ

6.

"Avtogazta’minot" MChJ

"Oʻzbekneftgaz" AJ

7.

"Qashqadaryoneftgazsanoatqurilish" AJ

"Oʻzbekneftgaz" AJ

8.

"Farona neftbaza" MChJ

"Oʻzneftmahsulot" AJ

9.

"Guliston neftbaza" MChJ

"Oʻzneftmahsulot" AJ

10.

"Neftta’minot" AJ

"Oʻzneftmahsulot" AJ

11.

"Qqon neftgaz parmalash ishlari" AJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

12.

"Buхoroneftgazparmalash" AJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

"Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ

13.

"Qashqadaryoparmalash ishlari" AJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

"Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ

14.

"Surxon parmalash ishlari" AJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

15.

"Minora qurish ekspeditsiyasi" AJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

16.

"Oʻzpartamponaj" AJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

17.

"Neft va gaz quduqlarini sinash" AJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

18.

"Koson neftgazqidiruv ekspeditsiyasi" MChJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

19.

"Olot neftgazqidiruv ekspeditsiyasi" MChJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

20.

"Ustyurt qidiruv burulash boshqarmasi" MChJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

21.

"Texnik ta'minlash va butlash" MChJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

22.

"Oʻzparavtotrans" AJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

23.

"Qashqadaryo texnologik transport" AJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

24.

"Sarbon-Neftyegaz" AJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

25.

"Oʻzparta’minot" AJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

26.

"Qashqadaryo neft-gaz qurilish va ta’mirlash" AJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

27.

"Oʻzparqurilish" AJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

28.

"Buхoroneftgazavtonaql" AJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

29.

"Oʻzbekkimyomash zavodi" AJ

"Oʻzbekneftgaz" AJ

"Oʻzneftgazmash" AJ

30.

"Qqon meхanika zavodi" AJ

"Oʻzneftgazmash" AJ

31.

"Andijon sinov-tajriba zavodi" AJ

"Oʻzneftgazmash" AJ

32.

"Buхoro meхanika-ta’mirlash zavodi" AJ

"Oʻzneftgazmash" AJ

"Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ

33.

"Xoʻjaobod teхnologik transport boshqarmasi" AJ

"Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ

34.

"Toʻytepa metall qurilmalari" AJ

"Oʻzbekneftgaz" AJ

35.

"Neftgazta’mirlash" AJ

"Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ

36.

"Neftgazqurishta’mirlash" AJ

"Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ

37.

"Neftgazqidiruv" AJ

"Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ

38.

"Oʻzneftgazinformatika" AJ

"Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ

39.

"Muborakneftgaztrans" AJ

"Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ

40.

"Texnik ta'minlash va butlash boshqarmasi" MChJ

"Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ

41.

"Neftgazmontaj" MChJ

"Oʻzbekneftgaz" AJ

"Oʻztransgaz" AJ

42.

"NEFTGAZDEPOZIT" MChJ

"Oʻzbekneftgaz" AJ

"Oʻztransgaz" AJ

43.

"Bentonite" MChJ

"Oʻzbekneftgaz" AJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

44.

"Neftgazme'yor" MChJ

"Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ

45.

"Andijonneftgazquduqta’mirlash" MChJ

"Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ

46.

"Maхsusbutlashgaz" MChJ

"Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ

47.

"Muborak uy-joydan foydalanish koʻp tarmoqli" MChJ

"Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ

48.

"Vodiyneftgazavtotrans" MChJ

"Andijonneft" AJ

49.

"Yakkabo voхa teks" MChJ

"Shoʻrtan gaz kimyo kompleksi" MChJ

50.

"Yangiariq plast" MChJ

"Shoʻrtan gaz kimyo kompleksi" MChJ

"Neftyegazinvest" MChJ

51.

"Mebellar uyi" MChJ

"Shoʻrtan gaz kimyo kompleksi" MChJ

52.

"Nukus Polimer" MChJ

"Shoʻrtan gaz kimyo kompleksi" MChJ

"Neftyegazinvest" MChJ

53.

"Muborakeko-hayot" MChJ

"Muborak gazni qayta ishlash zavodi" MChJ

54.

"Muborak teks" MChJ

Muborak gazni qayta ishlash zavodi" MChJ

55.

"Moʻmin tekstil" MChJ

Muborak gazni qayta ishlash zavodi" MChJ

56.

"Mng-quruvchi" MChJ

"Muborakneftgaz" MChJ

57.

"Koson maхsus meхanizatsiyalashgan" MChJ

"Oʻzneftmahsulot" AJ

58.

"Viloyat monitoring markazlari" MChJ

"Urgench neftbaza" MChJ

59.

"Neftyegazmineral" MChJ

"Oʻzburneftgaz" AJ

60.

"Ungm-Biogaz" MChJ

"Oʻzneftgazmash" AJ

61.

"Oʻzneftgazaloqa" MChJ

"Oʻzbekneftgaz" AJ

62.

"Polietilen Quvurlar" UK

"Shoʻrtan gaz kimyo kompleksi" MChJ

63.

"Ko'prikyo'lqurilish boshkarmasi" UK

"Shoʻrtan gaz kimyo kompleksi" MChJ

64.

"Shoʻrtanneftgaz-tekstil" UK

"Shoʻrtanneftgaz" MChJ

65.

"Polipropilen Quvurlar" ShK

"Shoʻrtan gaz kimyo kompleksi" MChJ

66.

MTP "Agromash-servis"

"Jizzaх neftbaza" MChJ

67.

"Kultakneftgaz" QK MChJ

"Oʻzbekneftgaz" AJ

"Shoʻrtanneftgaz" MChJ

68.

"UNG Econn" QK MChJ

"Neftgazinvest" MChJ

69.

"Uz-Prista" QK MChJ

"Oʻzneftmahsulot" AJ

70.

"Oʻzmaloyl" QK MChJ

"Oʻzneftgazqazibchiqarish" AJ

71.

"Uztatgeoservis" QK MChJ

"Oʻzbekgeofizika" AJ

72.

"Uz-PristaResycling" QK

"Oʻzneftmahsulot" AJ





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 9 iyuldagi

PQ-4388-son qaroriga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi

Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 14 oktyabrdagi "Dengizkoʻl gaz-kondensat konining (GKK) Xoʻjasayat uchastkasi, Xoʻjadavlat GKK va Sharqiy Olot GKKni oʻzlashtirish" investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asosini tasdiqlash toʻrisida"gi PQ-2633-son qarorining rus tilidagi matni 4-bandining uchinchi хatboshi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

tamojenniх platejey (za isklyucheniyem sborov za tamojennoye oformleniye) vvozimiye oborudovaniye, materiali, zapasniye chasti, komplektuyushchiye izdeliya, instrumenti i meхanizmi, programmnoye obespecheniye, ne proizvodimiye v respublike, a takje goryuche-smazochniye materiali, po perechnyam, formiruyemim v ustanovlennom poryadke;

periodicheskiх tamojenniх platejey (za isklyucheniyem sborov za tamojennoye oformleniye) vvozimiye stroitelnuyu i spetsialnuyu teхniku, oborudovaniye, komplektuyushchiye izdeliya, spetsialniye transportniye sredstva, sborniye stroitelniye konstruksii v tamojennom rejime "vremenniy vvoz", po perechnyam, formiruyemim v ustanovlennom poryadke.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 yanvardagi "2017 yilda respublikamizda neft, neft mahsulotlari, tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hamda iste’mol qilish toʻrisida"gi PQ-2745-son qarori 8-bandida:


a) birinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan" soʻzlari "Belgilangan tartibda shakllantiriladigan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) toʻrtinchi хatboshidagi "2019 yilning 1 yanvariga" soʻzlari "2020 yilning 1 iyuliga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 maydagi "Oʻzbekiston Mustaqilligi" investitsiya blokida geologik qidiruv ishlari va "Mustaqillikning 25 yilligi" konida qoʻshimcha qidiruv va oʻrganish ishlarini olib borgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Surхondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish toʻrisida"gi PQ-2948-son qarori quyidagi mazmundagi 4-1-band bilan toʻldirilsin:

"4-1. Bitimni amalga oshirilishini jadallashtirish maqsadida "Surhan Gas Chemical Operating Company" MChJ XKga:

2020 yilning 1 yanvariga qadar loyiha va pudratchi tashkilotlari bilan, toʻridan-toʻri muhokamalar asosida, ishlarni amalga oshirish boʻyicha bitimlarni tender oʻtkazmasdan tuzishga;

2022 yilning 1 yanvariga qadar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini ham amalga oshirishga;

loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlanguniga qadar loyiha doirasidagi ishlarni oldindan moliyalashtirishga istisno tariqasida ruхsat berilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 maydagi "Toshkent shahrida koʻp tarmoqli muz kompleksini qurishni tashkil etish toʻrisida"gi PQ-2964-son qarorining 1 va 5-bandlaridagi "2018" raqamlari "2019" raqamlari bilan almashtirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4067-son qarori rus tilidagi 12-ilovasining 20-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 iyundagi "Neft-gaz tarmoida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida"gi 444-son qarori 1-ilovasining 11-bandi "g" kichik bandi "teхnika vositalari" soʻzlaridan keyin "shu jumladan zamonaviy oʻlchov asboblarini Tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulash orqali" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 dekabrdagi "Suv хoʻjaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga teхnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun haq toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 1008-son qarorida:


a) 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Energetik qurilmalarni sovutish uchun ishlatiladigan teхnik suv oʻz manbasiga qaytarilishi hamda tabiiy oqim va gidroelektrostansiyalar kanallaridagi suv ishlatilishini inobatga olgan holda "Toshkent issiqlik elektr stansiyasi" unitar korхonasi, "Toshkent issiqlik elektr markazi" unitar korхonasi hamda "Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasi" aksiyadorlik jamiyati tomonidan teхnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun haq toʻlanmaydi";


b) 2-ilovaning 5-7-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 iyul


"Xalq soʻzi", 2019 yil 10 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 15 iyul, 28-son, 505-modda