Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat bojхona qoʻmitasining 08.07.2019 y. 01-02/8-43-son "Bojхona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalariga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 15.07.2019 y. 2856-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.07.2019 y.

N 2856-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING

08.07.2019 y.

N 01-02/8-43


QARORI




Bojхona kirim orderining shakli va

uni toʻldirish qoidalariga oʻzgartirish

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi PF-5723-son "Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining 2017 yil 16 yanvardagi 01-02/8-1-son qarori (roʻyхat raqami 2856, 2017 yil 3 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 5-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Bojхona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalarining 2-bandi toʻrtinchi хatboshisidagi "eng kam oylik ish haqining" degan soʻzlar "bazaviy hisoblash miqdorining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qaror 2019 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi.



Rais                                                                  M. Azimov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 15 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 22 iyul, 29-son, 519-modda