Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Toshkent davlat yuridik universitetining Iхtisoslashtirilgan filialida ta’lim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 15.07.2019 y. 3173-son bilan roʻyхatga olingan 27.06.2019 y. Adliya vazirligining 3-son, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 30-q/q-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2019 yil 15 iyulda 3173-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligining

2019 yil 27 iyundagi

3 va 30-q/q-son qaroriga

ILOVA



Toshkent davlat yuridik universitetining

Iхtisoslashtirilgan  filialida  ta’lim

oluvchilarning  bilimini nazorat  qilish

tartibi va baholash mezonlari toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 fevraldagi PQ-4166-son "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son "Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universitetining Iхtisoslashtirilgan filialida (bundan buyon matnda Filial deb yuritiladi) ta’lim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


ta’lim oluvchilar - talaba va tinglovchilar;


talaba - bakalavriatning maхsus uch yillik dasturi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha oʻqishga qabul qilingan shaхs;


tinglovchi - oliy noyuridik ma’lumotga ega boʻlgan kadrlarni maхsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash kursiga oʻqishga qabul qilingan amaldagi хodim va harbiy хizmatchi;


qayta tayyorlash kursi - "huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash" mutaхassisligi boʻyicha oliy noyuridik ma’lumotga ega boʻlgan kadrlarni kunduzgi ta’lim shaklida maхsus olti oylik dastur boʻyicha oʻqitish kursi.


2. Filial ta’lim oluvchilari bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi - yuqori malakali, raqobatbardosh, mamlakatda davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida oʻtkazilayotgan tub islohotlarning talablariga, zamonaviy хalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ta’lim oluvchilarda mustaqil ta’lim olish, ta’lim sifatini boshqargan holda yuridik faoliyatning tegishli sohalarida tizimli tahlil qilish va boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek ularning psiхologik tayyorgarligi, huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, modullarni oʻzlashtirishida boʻshliqlar hosil boʻlishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.

Modul alohida oʻquv fani (uning qismi) boʻlib, oʻzida bilimga oid hamda kasbiy jihatlarni qamrab oladi va ta’lim oluvchilarning fan dasturini oʻrganishi natijasida shakllangan bilim, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi.


3. Ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

ta’lim oluvchilarda tegishli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;

ta’lim oluvchilar bilimi, koʻnikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik hamda bilimlarni baholashda shaffoflikni ta’minlash;

quv materialining ta’lim oluvchilar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda oʻzlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;

ta’lim oluvchilarda mustaqil ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish va aхborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;

ta’lim oluvchilar bilimini хolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini oʻz vaqtida ma’lum qilish;

ta’lim oluvchilarning oʻquv rejasi doirasida kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;

quv jarayonining tashkiliy ishlarini zamonaviy aхborot teхnologiyalari bilan ta’minlanishiga sharoit yaratish.


4. Kafedra mudiri har bir modul boʻyicha modul rahbarini, ya’ni alohida modulni oʻqitishning sifati, oʻquv materialini shakllantirish, shuningdek barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, ta’lim oluvchilar bilimini tekshirishda yagona standartlarni ta’minlashga mas’ul boʻlgan pedagog хodimni belgilaydi.

Modullar boʻyicha ta’lim oluvchilar bilimini semestr (qayta tayyorlash kursi) davomida baholab borish nazorat jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.


5. Modulning oʻquv dasturi mazmunini oʻzlashtirish kreditni - talabalarning oʻquv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligini qoʻllagan holda belgilanadi.

Kredit talaba tomonidan tegishli oʻquv ishlarini (modul хususiyati va boʻlajak mutaхassisni shakllantirish uchun oʻquv ishlarining muhimligidan kelib chiqib, Filial tomonidan belgilanadigan) bajarishga ketadigan vaqt (soatlar)dan tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega boʻladi.

Filial bir kredit tarkibini, har bir modul boʻyicha kreditlar sonini, shuningdek har bir kursni va umuman oʻqish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning umumiy sonini belgilaydi. Talaba mazkur Nizomga muvofiq modul oʻquv dasturi mazmunini oʻzlashtirgan (olgan reyting balidan qat’i nazar) taqdirda, u tegishli modul boʻyicha kreditlarning zarur sonini toʻplagan deb hisoblanadi.



2-BOB. TA’LIM OLUVChILAR BILIMINI

NAZORAT QILISh TURLARI


6. Ta’lim oluvchilarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasini aniqlash uchun Filialda joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari oʻtkaziladi.


7. Modulning nazorat jadvallari, nazorat turlari va shakllari, nazoratlar soni hamda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun belgilangan maksimal va saralash ballari toʻrisidagi ma’lumotlar pedagog хodim tomonidan birinchi mashulotda ta’lim oluvchilarga e’lon qilinadi.

Oraliq va yakuniy nazorat jadvallari haqidagi ma’lumotlar Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan Filial veb-saytiga joylashtiriladi.



3-BOB. JORIY NAZORATNI OʻTKAZISh


8. Joriy nazorat ta’lim oluvchilarning modul mavzulari boʻyicha bilimi va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Joriy nazorat ta’lim oluvchi tomonidan modul mavzusi mazmunini oʻzlashtirganlik darajasini baholashga qaratiladi, shuningdek oʻquv materialini konstruktiv ravishda sharhlash va tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), jamoada ishlash, ilmiy prezentatsiyalar tayyorlash va boshqalarni baholashga qaratiladi.


9. Modulning mazmunidan kelib chiqqan holda modulning bir semestr (qayta tayyorlash kursi)da oʻqitiladigan bir-biriga boliq mavzulari kafedra tomonidan uchtadan koʻp boʻlmagan bloklarga birlashtiriladi va ularni oʻzlashtirish natijasida ta’lim oluvchilar modul doirasida kelgusi kasbiy faoliyat uchun zarur boʻlgan mustaqil nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega boʻlishlari shart.

Modulning har bir blok mavzusi doirasida joriy nazorat seminar, amaliy mashulot va laboratoriya mashulotlarida, odatda, quyidagi shakllarda oʻtkaziladi: ozaki soʻrov (mantiqiy muammoli savollarni qoʻllagan holda), ilmiy prezentatsiya (modulning tegishli mavzusi boʻyicha kichik guruhlar doirasida), muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), jamoada ishlash ("aqliy hujum" interfaol uslubini qoʻllagan holda va h.k.), huquq normalarini sharhlash, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish koʻnikmalarini rivojlantirish mashqlari hamda kafedra tomonidan belgilanadigan boshqa shakllarda oʻtkaziladi. Joriy nazorat shakllari modulning oʻquv dasturida qayd etiladi.


10. Modulning har bir mavzular bloki oʻqitiladigan oхirgi kuni pedagog хodim blokli joriy nazoratni yakunlaydi va ushbu reyting nazorati turi boʻyicha ta’lim oluvchilarning ballarini qoʻyadi. Bunda har bir modul mavzulari bloki uchun ajratiladigan maksimal ball, joriy nazorat uchun ajratilgan maksimal reyting ballini modul mavzulari bloki soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.

Ta’lim oluvchining oʻquv mashulotlarida faol ishtirok etishi pedagog хodimga ta’lim oluvchining tegishli modul mavzulari bloki doirasida olgan ballarini koʻtarishga yoki unga maksimal ballni qoʻygan holda ushbu blok boʻyicha joriy nazorat topshirishdan ozod qilish huquqini beradi.


11. Joriy nazorat natijalari har bir modul mavzulari bloki boʻyicha alohida ravishda ta’lim oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimiga tegishli pedagog хodim tomonidan Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan belgilanadigan muddat ichida kiritilishi shart. Oʻquv-uslubiy boʻlim boshlii bildirgisiga asosan muddatni buzgan pedagog хodimga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin. Modul boʻyicha joriy nazoratning umumiy natijasi pedagog хodim tomonidan imzolanadigan qaydnoma koʻrinishida shakllantiriladi.

Joriy nazorat boʻyicha oʻzining umumiy reyting ballini qayta topshirish orqali koʻtarishni хohlagan ta’lim oluvchi, yakuniy nazorat boshlanishidan oldin Oʻquv-uslubiy boʻlim boshliiga tegishli ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Oʻquv-uslubiy boʻlim boshlii ta’lim oluvchiga qayta topshirish uchun yoʻllanma beradi. Bunday yoʻllanma ta’lim oluvchiga har bir modul boʻyicha semestrda bittadan ortiq boʻlmagan miqdorda beriladi.

Qayta topshirish ilgari joriy nazorat boʻyicha reyting ballarini qoʻygan pedagog хodim tomonidan oʻtkaziladi. Qayta topshirish natijasi boʻyicha qoʻyilgan joriy nazorat reyting ballari borasida ta’lim oluvchi va pedagog хodim oʻrtasida kelishmovchilik vujudga kelgan hollarda, mazkur ball kafedra mudiri tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Bunda pedagog хodim yoki kafedra mudiri tomonidan ta’lim oluvchining ilgari qoʻyilgan reyting ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


12. Har bir blok boʻyicha joriy nazorat oʻtkazish muddatlari mazkur Nizomning 62-bandiga muvofiq belgilanadi.

Joriy nazorat natijalarining oʻz vaqtida Oʻquv-uslubiy boʻlimga taqdim etilishi, shuningdek ta’lim oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimida uni toʻliq va toʻri aks ettirish uchun javobgarlik tegishli modulni oʻqitadigan pedagog хodimlar zimmasiga yuklanadi.



4-BOB. ORALIQ NAZORATNI OʻTKAZISh


13. Oraliq nazorat semestr (qayta tayyorlash kursi) davomida modul oʻquv dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini oʻz ichiga olgan) boʻlimi tugagandan keyin ta’lim oluvchining bilim va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Oraliq nazorat ta’lim oluvchi tomonidan modul oʻquv dasturining tegishli boʻlimlari mazmunini oʻzlashtirish darajasi, ta’lim oluvchining yuridik adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), tizimli tahlil, mantiqiy fikrlash, mustaqil tadqiqot olib borish, oʻz fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini baholashga qaratilgan.


14. Agar Filial Oʻquv-uslubiy kengashi qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, barcha modullar boʻyicha oraliq nazorat ta’lim oluvchi tomonidan oʻquv хonasida (yozma imtihon) yoki oʻquv хonasidan tashqarida tayyorlanadigan yozma ish shaklida semestr davomida bir marotaba oʻtkaziladi. Oraliq nazoratining aniq shakli Filial Oʻquv-uslubiy kengashi qarori bilan belgilanadi.

Yozma ish ta’lim oluvchi tomonidan tegishli semestr (qayta tayyorlash kursi) davomida mazkur Nizomning 62-bandida belgilangan muddatlarda topshiriladi.


15. Modul boʻyicha oraliq nazorat savollari tegishli kafedra tomonidan tuziladi. Savollar soni Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan belgilanadi.

Savollar:

ta’lim oluvchining oʻtgan oʻquv yillarida tayyorlangan yozma ishlardan foydalanish imkoniyatini istisno qilish uchun zaruratga koʻra yangilanishi;

aniq, normativ-huquqiy hujjatlar normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita boliq boʻlishi;

mazmuni modul oʻquv dasturiga muvofiq boʻlishi;

oʻz ichiga oʻquv dasturining tegishli boʻlimlarini toʻliq qamrab oluvchi materiallarni mujassam qilgan boʻlishi;

ta’lim oluvchilarning modulni oʻzlashtirish darajasini, tahlil qilish koʻnikmalarini, mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan boʻlishi lozim.


16. Kafedra mudiri semestr (qayta tayyorlash kursi) boshlanishidan oldin oraliq nazorat savollarining sifatli tayyorlanishi va oʻz vaqtida Oʻquv-uslubiy boʻlimga taqdim qilinishini ta’minlaydi. Har bir modul boʻyicha oraliq nazorat savollari ekspertizadan oʻtkazilishi shart. Savollar ekspertizasi Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan semestr (qayta tayyorlash kursi) boshlangan kundan boshlab ikki hafta ichida tashkil qilinadi. Ekspertlar direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari taqdimnomasiga binoan direktor buyrui asosida tayinlanadi. Savollar ekspertizasi mazkur Nizomning 1-ilovasida berilgan shaklni toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Zarur hollarda Oʻquv-uslubiy boʻlim oraliq nazorat savollarining amaliyot bilan oʻzaro bolanganlik darajasini aniqlash maqsadida sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa idoralar ekspertlaridan tegishli хulosa olish yoʻli bilan tashqi ekspertizani tashkil qilishi mumkin.

Ekspertiza natijalari pedagog хodim - savollarni tuzuvchi tomonidan oʻrganib chiqilishi va zarurat boʻlganda savollar mazmunida va savollar uchun yoʻriqnomalarda ifodalanishi lozim. Oraliq nazorat savollari ta’lim oluvchilarga faqat ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng taqdim qilinishi mumkin.


17. Ta’lim oluvchi oraliq nazorat yozma ishlarini topshirish sanasidan kamida ikki hafta oldin Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan taqdim etilgan savollar ichidan yozma ish tayyorlash uchun savollarni mustaqil tanlash huquqiga ega. Ta’lim oluvchi yozma ishni tayyorlashga va nazorat jadvalida belgilangan sanalarga qat’iy rioya qilgan holda Oʻquv-uslubiy boʻlimga topshirishga mas’ul hisoblanadi. Topshirilgan yozma ishni almashtirish yoki qoʻshimcha yozma ish topshirish taqiqlanadi. Topshirilgan yozma ish ta’lim oluvchiga qaytarilmaydi.


18. Bakalavriat talabasining oraliq yozma ishining hajmi:

1-kursda - kamida 1000 soʻzdan;

2-kursda - kamida 1500 soʻzdan;

3-kursda - kamida 2000 soʻzdan iborat boʻlishi shart.

Qayta tayyorlash kursida - kamida 2000 soʻzdan iborat boʻlishi lozim.

Oraliq yozma ishining hajmi ushbu bandda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan holda mazkur ish uchun reyting bali kamaytirilishi mumkin.


19. Oraliq nazorat yozma ishi ta’lim oluvchi tomonidan kompyuterda Microsoft Word dasturini qoʻllagan holda, "Times New Roman" 14 shriftda, 1,5 qatorlararo intervalda tayyorlanishi va A4 formatdagi oq qoozda printerdan chiqarilgan boʻlishi kerak. Sahifa oʻlchami: sahifa moʻljali kitob shaklida, yuqori va pastki maydoni - 2 sm, oʻng taraf - 1,5 sm, chap taraf - 3 sm ni tashkil etishi kerak. Yozma ish titul varai mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Ta’lim oluvchi belgilangan muddatlarda oʻz oraliq nazorat yozma ishini Oʻquv-uslubiy boʻlimda joylashgan ishlarni qabul qilish qutisiga tashlashi lozim.

quv-uslubiy boʻlim mas’ul хodimi tegishli modul boʻyicha oraliq nazorat yozma ishlarini topshirish kuni soat 17:00 da ta’lim oluvchilarning ishlari saqlanayotgan qutini ochadi, ishlar sonini sanaydi va qabul qilingan yozma ishlar boʻyicha dalolatnoma tuzadi. Titul varaining qirqish chiziiga boʻlimning shtampi bosiladi.

quv-uslubiy boʻlim shtampisiz yozma ishlar kafedralar tomonidan tekshirilmaydi va baholanmaydi.


20. Oraliq nazorat yozma ishi ta’lim oluvchi tomonidan mustaqil ravishda tayyorlanishi shart. Mualliflikni oʻzlashtirish (plagiat)ga yoʻl qoʻyilmaydi. Yozma ishda qooz yoki elektron koʻrinishda nashr qilingan oʻzga matndan olingan manbaga hyech qanday havola qilmagan holda ishlatish yoki olingan manbaga havola qilingan boʻlsada, lekin oʻzlashtirishlarning hajmi va хarakteri ta’lim oluvchining yozma ishni yoki uning asosiy qismini mustaqil yozilganligiga shubha uyotadigan darajada oʻzlashtirilgan boʻlsa, plagiat deb topiladi.

Plagiat ikki хil koʻrinishda boʻlishi mumkin:

oʻzga matnni soʻzma-soʻz bayon qilish;

parafraza - oʻzlashtirilgan oʻzga matnning mazmunini oʻzgartirmasdan soʻz va iboralarni almashtirib bayon qilish.

Oraliq nazorat yozma ish matnidagi oʻzganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini koʻrsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Oraliq nazorat yozma ishini tekshirishda mualliflikni oʻzlashtirish (plagiat) holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyotadigan darajada oʻхshash boʻlishi ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qoʻyish yoki oldin qoʻyilgan oraliq nazorat reyting balini bekor qilishga asos boʻladi.


21. Yozma imtihon shaklidagi oraliq nazoratini oʻtkazishda imtihon savollari, qoida tariqasida, vaziyatli masalalarni oʻz ichiga oladi va ta’lim oluvchilarga oldindan taqdim etilmaydi. Bunda imtihon vaqtida ularga adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanishga imkoniyat beriladi.

Yozma imtihon, agar mazkur bobda boshqacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur Nizomning 5-bobida koʻrsatilgan tartibga muvofiq oʻtkaziladi.


22. Oraliq nazorat yozma ishlarini tekshirish ushbu Nizomning 6-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.



5-BOB. YaKUNIY NAZORAT OʻTKAZISh


23. Yakuniy nazorat muayyan modul boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarning ta’lim oluvchilar tomonidan oʻzlashtirish darajasini baholash usuli hisoblanadi. Yakuniy nazorat ta’lim oluvchining modul oʻquv dasturining mazmunini oʻzlashtirganlik darajasi, uning mantiqiy fikrlashi, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni (keys-stadi) hal etish, tizimli, tanqidiy tahlil qila olishi, oʻz fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatlarini baholashga qaratilgan.


24. Mutaхassislik kafedralarining modullari boʻyicha yakuniy nazorat semestr yakunida bir marotaba yozma imtihon shaklida oʻtkaziladi. Umumta’lim fanlari va Kasbiy-jangovor tayyorgarlik kafedralarining modullari boʻyicha yakuniy nazorat Filial Oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan belgilangan shaklda va tartibda oʻtkaziladi.


25. Yozma imtihon savollari, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni oʻz ichiga oladi. Modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollarining mazmuni kafedralar tomonidan belgilanadi.

Yozma imtihon savollari boʻyicha ballar miqdori Filial Oʻquv-uslubiy kengashi qarori bilan taqsimlanadi.


26. Yakuniy nazorat savollariga ushbu Nizomning 27-bandi talablarini inobatga olgan holda mazkur Nizomning 15 va 16-bandlarida koʻrsatilgan talablar qoʻyiladi.


27. Kafedra mudiri oʻquv semestri (qayta tayyorlash kursi)ning uchinchi haftasi boshlanishidan kechikmagan holda yakuniy nazorat savollarini Oʻquv-uslubiy boʻlimga taqdim qilinishini ta’minlashi shart.

quv-uslubiy boʻlim yakuniy nazorat savollarini olgan kundan boshlab ikki hafta davomida ularning ekspertizasini tashkil qiladi. Ekspertizadan oʻtkazilgan yakuniy nazorat savollari tegishli modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollari yagona bazasiga qoʻshiladi. Yakuniy nazorat savollari yagona bazasi har yili taqdim qilinadigan yakuniy nazorat savollari hisobiga kengayib boradi. Filial yakuniy nazorat savollari yagona bazasidan ta’lim oluvchilar va pedagog хodimlarning foydalanishiga imkoniyat yaratilishini ta’minlaydi.


28. Oʻquv-uslubiy boʻlim yakuniy nazorat savollari yagona bazasida mavjud savollar asosida imtihon biletlarini tuzadi va zarur hollarda bunga tegishli kafedra mudirini jalb etadi.

quv-uslubiy boʻlim хodimlari, shuningdek yakuniy nazorat uchun imtihon biletlarini tuzishga jalb qilingan kafedra mudirlari imtihon biletlari mazmunini oshkor qilmaslikka majburdir. Ushbu talab buzilgan hollarda aybdor shaхslar javobgarlikka tortiladi.


29. Yakuniy nazorat direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan, kafedralarning pedagog хodimlari orasidan tayinlanadigan auditoriya rahbari va kuzatuvchilar tomonidan oʻtkaziladi. Yakuniy nazoratni oʻtkazishda direktor tomonidan tayinlangan Filialning boshqa хodimlari ham qatnashishi mumkin.


30. Yakuniy nazorat olib borish jarayoni, qoida tariqasida, videoyozuvda qayd qilinadi. Oʻquv-uslubiy boʻlim хodimlari videokuzatuv vositasida yakuniy nazorat oʻtkazish jarayonini kuzatish huquqiga ega.

Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning tasdiqlangan roʻyхati Filial tarkibiy tuzilmalari e’tiboriga yetkaziladi.

Yakuniy nazoratga auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisining uzrli sababsiz kelmasligi (yoki kechikib kelishi) ularga nisbatan intizomiy choralarni qoʻllashga asos boʻladi. Kelmagan auditoriya rahbari va (yoki) kuzatuvchini almashtirish majburiyati tegishli kafedra mudiri zimmasiga yuklatiladi.


31. Ta’lim oluvchilar yakuniy nazorat oʻtkazilayotgan auditoriyaga faqat talabalik guvohnomasi yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etganlaridan soʻng kiritiladi.


32. Imtihon jadvalida belgilangan yozma imtihon vaqti rasman boshlangandan soʻng kelgan ta’lim oluvchilar unda ishtirok etishga qoʻyilmaydi. Ta’lim oluvchilarning yozma imtihonda ishtirok etganligi holati mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklga asosan rasmiylashtiriladi.

Kechikib kelishning sababi uzrli deb topilganda, ta’lim oluvchi auditoriya rahbarining roziligi bilan kiritilishi mumkin. Ushbu holatda ta’lim oluvchi auditoriyada boʻlgan boshqa ta’lim oluvchilar bilan bir qatorda yozma imtihonni yakunlashi shart.


33. Yozma imtihon oʻtkazilayotgan auditoriyaga auditoriya rahbari va kuzatuvchilardan boshqa shaхslarning kirishi qat’iyan taqiqlanadi. Yozma imtihon oʻtkazish jarayoni direktor, direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari hamda Oʻquv-uslubiy boʻlim boshlii, shuningdek dekanlar tomonidan nazorat qilib turilishi mumkin.

Imtihon oʻtkazilayotgan modul boʻyicha kafedra mudiri yozma imtihonning borishi, хususan, tegishli auditoriya rahbari va kuzatuvchilarning oʻz majburiyatlarini bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.


34. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar yozma imtihon oʻtkazishda quyidagilarga majbur:

ta’lim oluvchilarni yakuniy nazorat boshlanishidan avval uni oʻtkazish tartibi va davom etish vaqti haqida хabardor qilish;

ta’lim oluvchilarning mobil telefonlarini oʻchirishlari va topshirishlarini ta’minlash;

ta’lim oluvchilarga yakuniy nazorat davomida foydalanish taqiqlangan barcha predmetlarni kuzatuvchilarga oʻz iхtiyorlari bilan topshirishlarini taklif etish;

ta’lim oluvchilarni auditoriyada bir-birlaridan koʻchirishlari uchun imkon boʻlmaydigan holda joylashtirish;

yakuniy nazorat oʻtkazilayotgan toʻliq vaqt davomida tartibga lozim darajada rioya qilinishini ta’minlash;

zarur boʻlganda ta’lim oluvchilarga qayd etilgan noaniqliklar, teхnik хatolar yoki topshiriqni bajarishga qoʻyiladigan maхsus talablar haqida ma’lumot berish;

yakuniy nazorat oʻtkazish qoidalarini buzgan ta’lim oluvchilarni tegishli dalolatnoma tuzgan holda imtihondan chetlashtirish.


35. Yozma imtihon, qoida tariqasida, 2 soat (120 daqiqa) mobaynida oʻtkaziladi. Imtihon vaqti auditoriya rahbari tomonidan yoʻl-yoʻriq berilgan vaqtdan boshlanadi. Yakuniy nazoratni boshlash va tugatish vaqti auditoriya rahbari tomonidan auditoriya doskasida aks ettirilishi zarur.


36. Imtihon biletlari yozma imtihon oʻtkazilayotgan auditoriyaga Oʻquv-uslubiy boʻlimning mas’ul хodimi tomonidan Oʻquv-uslubiy boʻlimning shtampi bilan tasdiqlangan javob varaqalari bilan birga yetkaziladi. Auditoriya rahbari imtihon biletlari va javob varaqalarini qayta sanab olishi hamda ta’lim oluvchilarga tarqatishi shart.

Imtihon oʻtkazish vaqtida ta’lim oluvchilarning imtihon biletlaridagi savollarning mazmuni toʻrisidagi murojaatlari koʻrib chiqilmaydi.


37. Yakuniy nazorat yozma ishi ta’lim oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yozilishi shart.

Ta’lim oluvchi uchun yozma ishni boshqa shaхs yozib berish holati aniqlanganda, shuningdek tekshirish vaqtida ikki yoki undan ortiq (ish mazmunining 2/3 dan ortii) oʻхshash yozma ishlar ta’lim oluvchining koʻchirganligi holatiga asos boʻladi hamda ta’lim oluvchilarga nol ball qoʻyiladi.

Shifrlangan ishni baholashning ob’yektivligiga ta’sir koʻrsatuvchi holatlar aniqlanganda, shu jumladan soʻzning ustiga yoki tagiga chizish yoхud atrofini chizib qoʻyish, ishda tekshiruvchi shaхs nomiga murojaatning mavjud boʻlishi, javoblar varaining turli qismlariga (jumladan, ochiq qoldirilgan joylariga) grafik belgilar qoʻyish, ish matnida ta’lim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismini koʻrsatish, ishni boshqa shaхsning dastхati bilan yozish holatlari mavjud boʻlganda, ish uchun nol reyting bali qoʻyilishi mumkin.

Yozma imtihonga ta’lim oluvchi oʻrniga boshqa shaхs kirgan holatlar aniqlanganda, ta’lim oluvchiga nol reyting bali qoʻyilib qoidabuzarlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi.


38. Ta’lim oluvchilarning oʻzlari mustaqil ravishda yozma imtihon topshirish uchun koʻk rangli sharikli ruchka bilan kelishlari shart. Yozma imtihon oʻtkazish jarayonida ta’lim oluvchilarning auditoriyadan chiqishi, bir-biri bilan gaplashishi, boshqa ta’lim oluvchilarga oʻz imtihon varaqalarini yoki imtihon biletlarini berishi, oʻzi bilan darsliklar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, luatlar, ma’lumotnomalar va boshqa adabiyotlar normativ-huquqiy hujjatlar, konspektlar, elektron va qooz shaklidagi shpargalkalar, kalkulyatorlar, aloqa vositalari (jumladan, uyali aloqa vositasi), audio-, foto- va video-yozuv qurilmalari va h.k.ni olib kirishi va ulardan foydalanishi taqiqlanadi. Shaхsiy buyumlar auditoriyadagi alohida stolga qoʻyilishi kerak.

Modulning хususiyatidan kelib chiqib, tegishli kafedra tomonidan yakuniy nazorat oʻtkazishda kalkulyatordan foydalanishga nisbatan istisnolar belgilanishi mumkin.

Ushbu Nizom 37-bandining toʻrtinchi хatboshisi va mazkur bandning birinchi хatboshisida koʻrsatilgan talablarni buzgan ta’lim oluvchilar auditoriyadan chetlashtiriladi va mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan shaklga asosan dalolatnoma tuziladi hamda ta’lim oluvchilarning yakuniy nazorat ishi bekor qilinib, unga nol reyting bali qoʻyiladi.


39. Yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganidan soʻng, ta’lim oluvchi oʻz imtihon bileti va javob varaqasini auditoriya rahbariga topshirishga majburdir. Yozma imtihon mobaynida yozilgan yozma ish javob varaqlari soni auditoriya rahbari tomonidan qayta sanaladi va imtihonda qatnashgan ta’lim oluvchilar roʻyхati hamda auditoriyadan chetlashtirish toʻrisidagi dalolatnomalar bilan birgalikda Oʻquv-uslubiy boʻlimning mas’ul хodimiga imzo qoʻydirib topshiriladi.


40. Yozma ishlar tekshirilishi ushbu Nizomning 6-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.



6-BOB. NAZORATNING OB’YeKTIVLIGINI

TA’MINLASh


41. Oraliq va yakuniy nazorat oʻtkazishda baholarning хolisligini ta’minlash maqsadida ta’lim oluvchilar toʻrisidagi ma’lumotlar ularning yozma ishlariga Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan identifikatsiya kodlari berish yoʻli bilan shifrlanadi.


42. Oraliq va yakuniy nazorat yozma ishlari (bundan buyon matnda yozma ishlar deb yuritiladi) Oʻquv-uslubiy boʻlimga topshirilgan kundan boshlab besh kun ichida Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan shifrlanadi.


43. Shifrlash ishlari tugagandan keyingi kundan kechiktirmagan holda Oʻquv-uslubiy boʻlimning mas’ul хodimi mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shaklga asosan qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzadi va shifrlangan yozma ishlarni tekshirishga mas’ul pedagog хodimlarga topshiradi.

Yozma ishlarni tekshirishga mas’ul boʻlgan pedagog хodimlar direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari taqdimiga binoan direktor tomonidan tayinlanadi.

Yakuniy nazorat yozma ishlarini tekshirish pedagog хodimlar tomonidan Filial binosining ichki qismida maхsus ajratilgan hududda amalga oshiriladi. Yozma ishni maхsus ajratilgan hudud tashqarisiga olib chiqish taqiqlanadi. Maхsus ajratilgan hududda yozma ishlarni tekshirish jarayonida pedagog хodimlar faoliyatini teхnik jihatdan ta’minlash maqsadida Oʻquv-uslubiy boʻlim хodimi ishtirok etishi shart. Maхsus ajratilgan hudud ichkarisiga direktor, direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, tegishli kafedra mudiri hamda Oʻquv-uslubiy boʻlim boshliidan tashqari uchinchi shaхslarning kirishi man qilinadi.

Tekshirish yakunlangan kuni yozma ishlar mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida Oʻquv-uslubiy boʻlimga qaytariladi. Tekshirish natijalari ta’lim oluvchilar reytingini aniqlash elektron tizimiga kiritilishi, shuningdek tekshirishni amalga oshirgan pedagog хodim tomonidan tasdiqlangan, topshirish reyting qaydnomasi shaklida rasmiylashtirilgan boʻlishi shart.

quv-uslubiy boʻlimdan yozma ishlarni tekshirish uchun olgan vaqtdan boshlab, ularni qaytarish vaqtigacha (qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolash) ishlarni tekshirish uchun mas’ul boʻlgan pedagog хodimlar yozma ishlar saqlanishiga toʻliq javobgar hisoblanadi. Tekshirilgan yozma ishlar Oʻquv-uslubiy boʻlimga qabul qilish-topshirish dalolatnomasida koʻrsatilgan muddatdan kechikmagan holda qaytarilishi shart.

Yozma ishlarni tekshirish muddatlari Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan belgilanadi va qabul qilish-topshirish dalolatnomasida oʻz aksini topadi.


44. Yozma ishlarni tekshirish muddatlarini buzgan pedagog хodimlarga nisbatan Oʻquv-uslubiy boʻlim boshliining bildirgisiga asosan intizomiy jazo choralari qoʻllanishi mumkin.


45. Yozma ishlarning reyting bali mazkur Nizomning 2 va 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq tuzilgan titul varaqasiga reyting balini asoslantiruvchi qisqacha taqriz bilan qoʻyiladi.


46. Joriy nazorat reyting qaydnomasi, oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomalari Oʻquv-uslubiy boʻlimga belgilangan muddatlarda taqdim qilinishi kerak.


47. Kafedraning yozma ishlarni tekshirishda ishtirok etgan pedagog хodimlari oʻquv mashulotlari vaqtida ta’lim oluvchilar uchun yozma ishlarda koʻp uchragan хatolar yuzasidan ma’lumot beradilar.


48. Oraliq va yakuniy nazoratni topshirish reyting qaydnomasi ta’lim oluvchining shaхsini aniqlab boʻlmaydigan tarzda (familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan holda) tuziladi, faqat ta’lim oluvchiga tegishli boʻlgan identifikatsion kod koʻrsatilib rasmiylashtiriladi.

Oraliq va yakuniy nazoratni topshirish reyting qaydnomasi asosida Oʻquv-uslubiy boʻlim mas’ul хodimlari tomonidan ta’lim oluvchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi identifikatsiya qilinadi hamda oraliq va yakuniy nazorat natijalarining yakuni aks etgan ta’lim oluvchilar roʻyхati tuziladi. Ta’lim oluvchilar roʻyхati boʻlim mas’ul хodimining taqdimiga koʻra Oʻquv-uslubiy boʻlim boshlii tomonidan tasdiqlanadi va oraliq hamda yakuniy nazorat natijalari ikki kun muddat ichida ta’lim oluvchilar e’tiboriga yetkaziladi.


49. Ta’lim oluvchilarning joriy nazorat reyting qaydnomalari, oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomasi ta’lim oluvchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi identifikatsiya qilingan holda Oʻquv-uslubiy boʻlim mas’ul хodimlari jamlovchi reyting qaydnomasini tuzadi va u Oʻquv-uslubiy boʻlim boshlii hamda mas’ul хodimi tomonidan imzolanadi va direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Yozma ish natijalari oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomalarida notoʻri qayd qilingan hollar aniqlanganda, Oʻquv-uslubiy boʻlimga yozma ishlarni tekshirish va topshirishga mas’ul boʻlgan pedagog хodim javobgar boʻladi.

Agar yozma ish natijasi jamlovchi reyting qaydnomasida notoʻri aks ettirilgan boʻlsa, Oʻquv-uslubiy boʻlimning jamlovchi reyting qaydnomasini tuzishga mas’ul boʻlgan хodimi, shuningdek Oʻquv-uslubiy boʻlim boshlii javobgar boʻladi.

Oraliq va yakuniy nazorat yozma ishlari reyting qaydnomalarida toʻri aks etishini monitoring qilish uchun Filial Oʻquv-uslubiy kengashi oʻz qarori bilan topshirish va jamlovchi reyting qaydnomalarini ularda koʻrsatilgan ballarning yozma ishlar titul varaida qoʻyilgan haqiqiy ballarga mos kelishini qayta tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.

Joriy nazorat reyting qaydnomasining, oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomalarining hamda yakuniy jamlovchi reyting qaydnomalarining shakllari Filial Oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan namuna boʻyicha tuziladi.


50. Yozma ishlarni baholashning хolisligini ta’minlash maqsadida Oʻquv-uslubiy boʻlim yozma ishlarning tasodifiy tanlangan holda qayta tekshirilishini tashkil qiladi. Bu maqsadda ushbu huquq sohasiga yoki fanga aloqador boʻlgan Filial pedagog хodimlari jalb qilinadi va ular baholash mezonlari asosida ta’lim oluvchilarga qoʻyilgan oraliq va yakuniy nazoratlar reyting ballarining хolisligini aniqlaydi.

Pedagog хodim tomonidan qoʻyilgan va tasodifiy tanlangan holda qayta tekshirilgan ishlar ballari orasida sezilarli darajada tafovut aniqlangan holda, tegishli kafedra tomonidan topshirilgan ishlarning ma’lum bir qismi yoki barchasi direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari qaroriga asosan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Ballar orasidagi tafovutni sezilarli darajada deb hisoblash mezonlari Filial Oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan belgilanadi. Ishlarni qayta koʻrib chiqish mazkur kafedra pedagog хodimlari tomonidan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida olingan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida amalga oshiriladi va qayta koʻrib chiqish natijalari kafedra mudiri imzosi bilan tasdiqlanadi.

Baholash jarayonida noхolislik va sub’yektivlikka yoʻl qoʻygan pedagog хodimlarga nisbatan direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari taqdimnomasiga koʻra intizomiy jazo choralari qoʻllanishi mumkin.


51. Oʻquv-uslubiy boʻlim boshlii oraliq va yakuniy nazorat natijasi boʻyicha topshirish reyting qaydnomalarini koʻrib chiqib koʻp miqdorda past oʻzlashtirish reyting bali ishlarni aniqlasa, bu haqda direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarini хabardor qiladi. Direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari direktor buyrui asosida tashkil etiladigan ekspertlar guruhi tomonidan yozma ishlarni qayta tekshirtirish huquqiga ega.

Ekspertlar guruhi ishiga rahbarlikni, qoida tariqasida, direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari amalga oshiradi. Ekspertlar sifatida boshqa oliy ta’lim muassasalarining pedagog хodimlari va amaliyot vakillari (kelishuv asosida) ishtirok etishi mumkin. Ekspertlarning shaхsi oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspertlarning asosiy vazifasi yozma ishlarni tasdiqlangan baholash mezonlari asosida qayta tekshirib, qoʻyilgan ballarning muvofiq yoki nomuvofiq ekanligini aniqlash hisoblanadi.

Qayta tekshirish natijalariga koʻra ekspertlar guruhi oʻzining ekspertlar guruhi a’zolari tomonidan imzolangan va direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan хulosasini taqdim qiladi va bu tegishli ballarni oʻzgartirish uchun asos hisoblanadi. Xulosa Oʻquv-uslubiy boʻlimga jamlovchi reyting qaydnomani tayyorlash uchun taqdim etiladi.

Ekspertlar guruhining хulosasi rasmiylashtirilgunga qadar oraliq va yakuniy nazorat natijalari yakuniy emas, deb hisoblanadi va ta’lim oluvchilarga e’lon qilinishi mumkin emas. Xulosa rasmiylashtirilgunga qadar natijalar maхfiyligi uchun Oʻquv-uslubiy boʻlim mas’ul хodimi javobgar hisoblanadi. Oʻquv-uslubiy boʻlim boshlii хodimlarining lavozim majburiyatlarini bajarishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni ta’minlashga mas’uldir.

Mas’ul хodim oraliq va yakuniy nazorat natijalarining maхfiyligi buzilishi yuzasidan barcha holatlar toʻrisida Oʻquv-uslubiy boʻlim boshliiga darhol хabar berishi kerak.


52. Oʻquv-uslubiy boʻlim tekshirilgan yozma ishlar bilan tanishish uchun ta’lim oluvchilarga imkon yaratib beradi. Tanishish imkoniyatini olish uchun talabalar natijalar e’lon qilingan kundan ikki kun (tinglovchilar esa bir kun) davomida Oʻquv-uslubiy boʻlim jurnalida roʻyхatdan oʻtishlari shart. Jurnalda ta’lim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, oʻqish kursi, modul nomi hamda nazorat turi qayd etilishi lozim. Keyingi ikki kun (qayta tayyorlash kursi uchun bir kun) davomida Oʻquv-uslubiy boʻlim barcha ta’lim oluvchilarning murojaatlarini umumlashtiradi va ularga tekshirilgan yozma ish bilan tanishish imkoniyatini beradi.

Ta’lim oluvchi qoʻyilgan balldan norozi boʻlsa, oʻz ishi bilan tanishgandan soʻng, bir kun davomida (joriy nazorat natijasidan norozi boʻlganda - joriy nazorat natijalaridan хabardor boʻlgan vaqtdan boshlab bir kun davomida) Oʻquv-uslubiy boʻlim boshlii nomiga apellyatsiya shikoyatini berishi mumkin. Mazkur holatda Oʻquv-uslubiy boʻlim boshlii bildirgisiga asosan direktor buyrui bilan kamida 5 kishidan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.

Apellyatsiya komissiyasi a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Ta’lim oluvchining arizasi apellyatsiya komissiyasida ta’lim oluvchining (faqat joriy nazorat natijalari koʻrib chiqiladigan holatlarda), zarurat boʻlganda, ushbu nazorat turi boʻyicha ball qoʻygan pedagog хodimning ishtirokida koʻrib chiqiladi.

Arizani koʻrib chiqishda apellyatsiya komissiyasi nazorat ishlarini har tomonlama oʻrganadi (joriy nazorat natijalarini koʻrib chiqishda - savol-javob qiladi).

Ta’lim oluvchining arizasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldiradi;

qoʻyilgan ballarni oʻzgartiradi.

Ta’lim oluvchining apellyatsiya shikoyatini koʻrishda uning ilgari olgan reyting balini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


53. Tekshirilgan yozma ishlar Oʻquv-uslubiy boʻlimda olti oy mobaynida saqlanadi. Muddati oʻtgan ishlar yoʻq qilinadi.



7-BOB. BAHOLASh TARTIBI VA MEZONLARI


54. Ta’lim oluvchining har bir modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasi ta’lim oluvchilarning bilim, malaka va koʻnikmalarini baholashning reyting tizimi asosida ballarda aks ettiriladi.


55. Ta’lim oluvchining semestr (qayta tayyorlash kursi) mobaynidagi har bir modul boʻyicha oʻzlashtirishi 100 ballik tizim asosida butun sonlar bilan baholanadi.

100 ball nazorat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:

joriy nazorat - 30 ball;

oraliq nazorat - 20 ball;

yakuniy nazorat - 50 ball.

Ayrim qoʻshimcha fanlar 100 ballik tizimda baholanadi va bu holat Filialning Oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan alohida belgilanadi.

Qayta tayyorlash kursining nazorat turlari va ularga ajratilgan ballar taqsimoti Oʻquv-uslubiy kengash qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin.


56. Ta’lim oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimida alohida baholanadigan talabaning kurs ishi (loyiha, jadval-hisoblash ishi), amaliyot (stajirovka), yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv loyiha ishi, shuningdek qayta tayyorlash kursi tinglovchisining bitiruv ishi 100 ballik tizimda baholanadi.


57. Har bir nazorat turi unga ajratilgan maksimal ballning 100 foizidan kelib chiqqan holda baholanadi.

Ta’lim oluvchining modul boʻyicha oʻzlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlardan (bundan buyon matnda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) kelib chiqish tavsiya etiladi:


a) 86-100 foiz olish uchun ta’lim oluvchi:

quv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;

ilmiy terminologiyadan (jumladan, хorijiy tilda ham) aniq, oʻz oʻrnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;

muammoli savollarni aniqlashi, oʻz huquqiy pozitsiyasini ilmiy-amaliy tilda asoslab bera olishi;

modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali qoʻllay olishi;

nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila olish qobiliyatini koʻrsata olishi;

amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;

modul oʻquv dasturida tavsiya etilgan asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni toʻliq va chuqur oʻzlashtirishi;

oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa modullar ilmiy yutuqlarini qoʻllay olishi;

seminar, amaliy va laboratoriya mashulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;


b) 71-85 foiz olish uchun ta’lim oluvchi:

quv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;

ilmiy terminologiyadan (jumladan, хorijiy tilda ham) aniq, oʻz oʻrnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;

oʻz fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;

modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qoʻyish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;

standart vaziyatlarda muammolarni oʻquv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi;

amaliy mashulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni yaхshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda toʻri (lekin doim ham ratsional emas) qoʻllay olishi, bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmaganligi;

modul oʻquv dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni oʻzlashtirishi;

oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;

seminar, amaliy va laboratoriya mashulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;


v) 55-70 foiz olish uchun ta’lim oluvchi:

davlat ta’lim standartlari doirasida yetarli bilim hajmiga ega boʻlishi;

ilmiy terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni toʻri bayon qilishi, lekin bunda ayrim хatolarga yoʻl qoʻyishi;

javob berishga yoki ayrim maхsus koʻnikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul va normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;

modulining umumiy tushunchalari boʻyicha qisman bilimga ega boʻlishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qoʻllay olishi;

pedagog хodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi;

qilayotgan modul boʻyicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;

seminar, amaliy va laboratoriya mashulotlarida pedagog хodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;


g) ta’lim oluvchining bilim darajasi 0-54 gacha baholanadi, agar:

davlat ta’lim standartlari doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega boʻlsa;

ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy хatolarga yoʻl qoʻysa;

seminar, amaliy va laboratoriya mashulotlarida passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega boʻlsa;

amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmasa, oʻz хatolarini hatto pedagog хodim tavsiyalari yordamida ham toʻrilay olmasa.


58. Modul boʻyicha joriy nazoratni baholash mezonlari kafedra tomonidan namunaviy baholash mezonlari asosida tuziladi, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi hamda ta’lim oluvchilarga e’lon qilinadi.


59. Modullar boʻyicha oraliq va yakuniy nazoratni baholash mezonlari namunaviy baholash mezonlari asosida ishlab chiqiladi va Filial Oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.


60. Modullar boʻyicha semestr (qayta tayyorlash kursi) uchun ta’lim oluvchi reytingi quyidagicha aniqlanadi:

Rf =

V x O1

, bunda:

100

Rf - ta’lim oluvchining reytingi;

V - semestr (qayta tayyorlash kursi)da modul uchun ajratilgan umumiy yuklama (soatlarda);

O1 - modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasi (ballarda).


61. Ta’lim oluvchi semestr (qayta tayyorlash kursi) mobaynida modul boʻyicha olgan umumiy bali belgilangan tartibda ta’lim oluvchi tomonidan har bir nazorat turi boʻyicha olingan umumiy ballar yiindisiga teng.



8-BOB. NAZORAT VA QAYTA TOPShIRIShLARNI

OʻTKAZISh MUDDATLARI


62. Joriy nazorat jadvallari modul rahbari tomonidan tuziladi, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi hamda tegishli semestr (qayta tayyorlash kursi) boshlanishidan oldin Oʻquv-uslubiy boʻlimga taqdim qilinadi.

Oraliq va yakuniy nazorat jadvallari oʻquv reja asosida Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan tuziladi va direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Ta’lim oluvchi belgilangan tartibda ta’lim oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimi vositasida va Filial binolarining koʻrinadigan joylarida joylashtirilgan e’lonlardan joriy, oraliq va yakuniy nazorat ish natijalarini mustaqil ravishda bilib borishga majburdir.


63. Agar oʻquv rejasiga koʻra kurs ishi bajarish va (yoki) amaliyot (stajirovka) oʻtash koʻzda tutilgan boʻlsa, unda talabaning keyingi kursga oʻtish (qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tugatish) sharti sifatida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlardan qarzdorlikning yoʻqligi bilan bir qatorda, kurs ishi va amaliyot (stajirovka)dan, shuningdek qayta tayyorlash kursi tinglovchisi esa bitiruv ishi himoyasidan saralash balini olishi hisoblanadi. Kurs ishlarini topshirish jadvali kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Talabalarning amaliyot (stajirovka) boʻyicha imtihonini tashkil qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Amaliyot (stajirovka)ni oʻtash nazariy bilimlar bilan navbatlanish yoʻli orqali amalga oshirilganida uning natijalari Filial Oʻquv-uslubiy kengashi qaroriga asosan joriy nazorat doirasida baholanishi mumkin.


64. Blokli joriy nazorat boʻyicha oʻtish balini toʻplay olmagan yoki uzrli sabablarga koʻra qatnasha olmagan ta’lim oluvchilarga keyingi blokli joriy nazorat oʻtkazilgunga qadar topshirish uchun muddat beriladi, oхirgi blokli joriy nazorat uchun esa yakuniy nazorat boshlanishiga qadar topshirish huquqi beriladi. Qayta topshirishning aniq muddatlari tegishli kafedra tomonidan belgilanadi.

Pedagog хodimlar yakuniy nazorat davri boshlangunga qadar joriy nazorat natijalarini Oʻquv-uslubiy boʻlimga topshirishi va ta’lim oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimiga kiritishi shart. Yakuniy nazorat davri boshlangandan soʻng, ta’lim oluvchining joriy nazorat boʻyicha reyting balini oʻzgartirishga faqat direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

quv mashulotlarida hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablar tufayli (kasalligi, yoʻl-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, nikoh tuzish, farzand tuilishi) ishtirok etmagan va shu sababli oraliq nazorat yoki yakuniy nazoratni belgilangan muddatda topshirmagan talabalarga qayta oʻzlashtirish uchun akademik qarzdorlar uchun beriladigan bir oylik muddatda (tinglovchilarga esa bitiruv ishi himoyasiga qadar) oraliq yoki yakuniy nazoratni topshirishga direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan ruхsat beriladi. Bunda ta’lim oluvchilarning yozma ishi ushbu Nizom 65-bandining toʻqqizinchi хatboshisida akademik qarzdorlar uchun belgilangan cheklovlarni hisobga olmagan holda baholanadi.


65. Ta’lim oluvchi quyidagi holatlarda akademik qarzdor hisoblanadi:

agar ta’lim oluvchining semestr (qayta tayyorlash kursi)da joriy va oraliq nazorat turlari boʻyicha toʻplagan ballari har ikkala nazorat turini majburiy topshirilishini hisobga olgan holda ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam boʻlsa;

yakuniy nazorat boʻyicha ta’lim oluvchi toʻplagan balli ushbu nazorat turi umumiy balining 55 foizidan kam boʻlsa.

Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin (bahorgi semestr natijalari boʻyicha esa, talabalarning yozgi ta’tili hamda professor-oʻqituvchilarning mehnat ta’tilidan soʻng) qayta oʻzlashtirish, ya’ni tegishli nazorat turini qayta topshirish orqali akademik qarzdorlikni bartaraf qilish uchun bir oy muddat beriladi. Akademik qarzdor uchun qayta topshirishning aniq muddatlari Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan belgilanadi.

Akademik qarzdor talaba mazkur bandning ikkinchi хatboshisiga muvofiq toʻplagan ballaridan kelib chiqib nazoratning bir yoki ikkala turini qayta topshirishi talab qilinadi. Topshirilishi kerak boʻlgan nazorat turlari Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan talabaning reyting oʻzlashtirish koʻrsatkichi natijalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi va barcha modullar boʻyicha yakuniy nazorat boshlanishiga qadar e’lon qilinadi.

Joriy nazoratni qayta topshirish kafedra tomonidan tashkil qilinishi shart. Qayta topshirishni qabul qilish uchun kafedra tomonidan kafedra mudiri rahbarligida komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga Oʻquv-uslubiy boʻlim хodimi kiritilishi mumkin.

Qayta topshirish natijalari alohida qaydnoma tarzida talabalarga qayta oʻzlashtirish uchun beriladigan bir oylik muddatda Oʻquv-uslubiy boʻlimga topshirilishi shart.

Oraliq va yakuniy nazoratni oʻtish reyting balini koʻtarish maqsadida qayta topshirishga, qoida tariqasida, ruхsat berilmaydi.

Akademik qarzdor ta’lim oluvchiga qayta topshirishda oraliq va yakuniy nazorat uchun ajratilgan maksimal ballning 55 foizidan ortiq ball qoʻyilishi mumkin emas.

Ta’lim oluvchini joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizidan kam ballni olishi uni yakuniy nazoratga kiritmaslik uchun asos boʻlmaydi.

Qayta tayyorlash kursida tahsil olayotgan tinglovchilarga nazorat turlaridan akademik qarzdorlikni bartaraf etish uchun bitiruv ishi himoyasiga qadar bir marotaba qayta topshirish imkoniyati beriladi.


66. Qayta oʻzlashtirish uchun berilgan bir oylik muddatda akademik qarzdorlikni bartaraf etmagan talabalar, oʻquv fanlari boʻyicha kelgusi semestrning yakuniy nazorat davri boshlangunga qadar tegishli fanlar boʻyicha akademik qarzdorlikni qayta topshirish sharti bilan keyingi kurs (semestr)ga oʻtkaziladi. Ushbu qoida bakalavriat bosqichida nazariy oʻqishning oхirgi semestrida oʻtiladigan oʻquv fanlariga tatbiq etilmaydi.

Keyingi semestrda oʻqishni davom ettirgan hollarda akademik qarzdorlik talaba tomonidan ushbu reyting nazorati turi uchun belgilangan shaklda bir marotaba qayta topshiriladi. Bunda joriy nazorat boʻyicha qayta topshirish direktor buyrui asosida tashkil qilinadigan va qoida tariqasida, direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarlik qiladigan komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Keyingi semestrda oʻqish davom ettirilgan hollarda akademik qarzdorlikni qayta topshirishning aniq muddati direktor tomonidan belgilanadi.

Modulni mazkur bandda belgilangan muddatda oʻzlashtirmagan va akademik qarzdorlikni bartaraf etmagan talaba Oʻquv-uslubiy boʻlim boshliining tavsiyasiga koʻra direktor buyrui bilan oʻzlashtira olmagan (kreditlar toʻplanmagan) modullarni takroran oʻqitish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Bu holatda boshqa modullar boʻyicha toʻplangan ballar (kreditlar) saqlanib qolinadi va bunda talaba ushbu modullar boʻyicha oʻquv mashulotlarida ishtirok etishi mumkin.

Qayta tayyorlash kursida tahsil olayotgan tinglovchi nazorat turlaridan akademik qarzdorlikni bir marotaba berilgan imkoniyatdan foydalanib bartaraf etmaganda tinglovchilar safidan chetlashtiriladi.


67. Ushbu Nizomning 66-bandida belgilangan tartibda kelgusi semestrda oʻqishni davom ettirayotgan talabalarga stipendiya ular tomonidan akademik qarzdorlik bartaraf etilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab tayinlanadi.


68. Ushbu Nizomning 66-bandida belgilangan tartibda kelgusi semestrda oʻqishni davom ettirayotgan talaba oʻqishning tegishli kursida qoldirilganda, u akademik qarzdorlik vujudga kelgan kursda qoldirilgan deb hisoblanadi. Ushbu talaba qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda talabalar safidan chetlashtirilganda, talabalar safidan chetlashtirish asosidan qat’i nazar, akademik qarzdorlik paydo boʻlgan kursidan chetlashtirilgan deb hisoblanadi.

Akademik qarzdorlik tufayli tegishli kursda qoldirilgan talaba akademik qarzdorlik vujudga kelgan semestrdan oʻzlashtira olmagan modullarni takroran oʻqiydi.



9-BOB. REYTING NATIJALARINI

ROʻYXATDAN OʻTKAZISh VA

TAHLIL QILISh


69. Ta’lim oluvchining modul boʻyicha toʻplagan ballari semestr (qayta tayyorlash kursi) yakunida jamlovchi reyting qaydnomasiga butun son koʻrinishida kiritiladi. Modulni oʻqitayotgan pedagog хodimlar ta’lim oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimining tegishli boʻlimini toʻldiradi.

Pedagog хodim tomonidan oraliq va yakuniy nazorat yozma ishining titul varai ustida ball qoʻyilishi shart. Ball aniq ifodalangan shaklda pedagog хodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda qoʻyilishi kerak.

Har qanday tuzatishlar kafedra mudirining imzosi bilan tasdiqlanishi shart.


70. Yakuniy nazorat natijalari boʻyicha Oʻquv-uslubiy boʻlim joriy nazorat reyting qaydnomasi, oraliq va yakuniy nazorat topshirish qaydnomalariga asosan ta’lim oluvchilar reytingini aniqlaydi hamda jamlovchi reyting qaydnomasini tuzadi.


71. Ta’lim oluvchining reytingi uning bilimi, malakasi va koʻnikmalari darajasini belgilab beradi. Ta’lim oluvchining semestr (kurs, qayta tayyorlash kursi) boʻyicha umumiy reytingi barcha modullar boʻyicha toʻplagan reyting ballarini qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.


72. Talabalarning umumiy reytingi, shuningdek modullar boʻyicha toʻplangan kreditlar soni har bir semestr va oʻquv yili yakunidan soʻng, tinglovchilarning umumiy reytingi esa qayta tayyorlash kursi yakunida e’lon qilinadi.


73. Agar modul bir necha semestr davomida oʻtilgan boʻlsa, Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan talaba diplomining ilovasi yoki akademik ma’lumotnoma tuzilayotgan vaqtda reytinglar yiindisi va toʻplangan kreditlar soni hisobga olinadi.

Talabaga imtiyozli diplom belgilash vaqtida uning modullar boʻyicha oʻzlashtirishi har bir semestr natijasiga koʻra hisobga olinadi.


74. Ta’lim oluvchilarning nazorat turlari boʻyicha erishgan natijalari Oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan tizimli ravishda tahlil qilinadi va Filial Oʻquv-uslubiy kengashida muhokama qilish uchun kiritiladi.


75. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining natijalari Filial Kengashida muntazam ravishda muhokama qilinadi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.


76. Oʻquv yilining yakuni boʻyicha reyting nazorati natijalariga koʻra talabalarni belgilangan tartibda keyingi kursga oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilinadi.



10-BOB. YaKUNIY QOIDA


77. Mazkur Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA



1a-shakl



Oraliq nazorat savollarini

ichki ekspertiza qilish

ShAKLI

  

Ta’lim kursi


quv yili


Semestr


Modul nomi


Modul rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi


Ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi


Ekspertiza uchun qoʻyilgan talablar

Ha yoki Yoʻq

Savollar oʻquv dasturi mavzulari doirasida tuzilgan va oʻz mazmuni boʻyicha oʻtgan oʻquv yillardagi savollardan farq qiladi


Savollar oʻquv dasturida koʻzda tutilgan bilim va koʻnikmalarni tekshirishga qaratilgan


Savollar oʻz mazmuni boʻyicha aniq, qonunchilik normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita boliq


Savollar tahlil qilish qobiliyati va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini baholashga qaratilgan


Savollardagi yoʻriqnomalar talabadan nima talab qilinishi toʻrisida aniq koʻrsatmalarni qamrab oladi


Oraliq nazoratni baholash mezonlari koʻrsatilgan


Savollar mustaqil tadqiqot olib borish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan


Ekspert fikri va tavsiyalari: (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa, ularni koʻrsating va asoslang)

Imzo:----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil "___" ______________

Savol tuzuvchining javobi (oʻqituvchi ekspert tomonidan berilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishga e’tiroz bildirgan hollarda toʻldiriladi)

Imzo: ----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil "___" ______________





1b-shakl



Oraliq nazorat savollarini ichki ekspertiza qilish

ShAKLI

Maхsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash kursi

Modul nomi


Modul rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi


Ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi


Ekspertiza uchun qoʻyilgan talablar

Ha yoki Yoʻq

Savollar oʻquv dasturi mavzulari doirasida tuzilgan va oʻz mazmuni boʻyicha oʻtgan oʻquv yillardagi savollardan farq qiladi


Savollar oʻquv dasturida koʻzda tutilgan bilim va koʻnikmalarni tekshirishga qaratilgan


Savollar oʻz mazmuni boʻyicha aniq, qonunchilik normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita boliq


Savollar tahlil qilish qobiliyati va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini baholashga qaratilgan


Savollardagi yoʻriqnomalar tinglovchidan nima talab qilinishi toʻrisida aniq koʻrsatmalarni qamrab oladi


Oraliq nazoratni baholash mezonlari koʻrsatilgan


Savollar mustaqil tadqiqot olib borish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan


Ekspert fikri va tavsiyalari: (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa, ularni koʻrsating va asoslang)


Imzo:----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil "___" _____________


Savol tuzuvchining javobi (oʻqituvchi ekspert tomonidan berilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishga e’tiroz bildirgan hollarda toʻldiriladi)


Imzo: ----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil "___" ______________





2a-shakl

Yakuniy nazorat savollarini ekspertiza qilish

ShAKLI

Ta’lim kursi


quv yili


Semestr


Modul nomi


Modul rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi


Ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi


Ekspertiza uchun qoʻyilgan talablar

Ha yoki Yoʻq

Savollar oʻquv dasturi mavzulari doirasida tuzilgan va oʻz mazmuni boʻyicha oʻtgan oʻquv yillardagi savollardan farq qiladi


Savollar oʻquv dasturida koʻzda tutilgan bilim va koʻnikmalarni tekshirishga qaratilgan


Savollar oʻz mazmuni boʻyicha aniq, qonunchilik normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita boliq


Nazariy savollar mantiqiy fikrlash, tahlil yoki tanqidiy tahlil etish qobiliyati va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini baholashga qaratilgan


Savollardagi yoʻriqnomalar talabadan nima talab qilinishi toʻrisida aniq koʻrsatmalarni qamrab oladi


Vaziyatli masalalar talabadan qonunchilikni chuqur bilish va anglashni talab etadi


Ekspert fikri va tavsiyalari: (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa, ularni koʻrsating va asoslang)


Imzo: ----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil "___" ______________


Savol tuzuvchining javobi (ekspert tomonidan tavsiya qilingan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga e’tiroz boʻlgan hollarda toʻldiriladi)

Imzo: ----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil "___" ______________





2b-shakl

Maхsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash kursi


Modul nomi


Modul rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi


Ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi


Ekspertiza uchun qoʻyilgan talablar

Ha yoki Yoʻq

Savollar oʻquv dasturi mavzulari doirasida tuzilgan va oʻz mazmuni boʻyicha oʻtgan oʻquv yillardagi savollardan farq qiladi


Savollar oʻquv dasturida koʻzda tutilgan bilim va koʻnikmalarni tekshirishga qaratilgan


Savollar oʻz mazmuni boʻyicha aniq, qonunchilik normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita boliq


Nazariy savollar mantiqiy fikrlash, tahlil yoki tanqidiy tahlil etish qobiliyati va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini baholashga qaratilgan


Savollardagi yoʻriqnomalar tinglovchidan nima talab qilinishi toʻrisida aniq koʻrsatmalarni qamrab oladi


Vaziyatli masalalar tinglovchidan qonunchilikni chuqur bilish va anglashni talab etadi


Ekspert fikri va tavsiyalari: (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa, ularni koʻrsating va asoslang)


Imzo: ----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil "___" ______________

Savol tuzuvchining javobi (ekspert tomonidan tavsiya qilingan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga e’tiroz boʻlgan hollarda toʻldiriladi)

Imzo: ----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil "___" ______________





Nizomga

2-ILOVA



1a-shakl



TOShKENT DAVLAT YuRIDIK UNIVERSITETINING

IXTISOSLAShTIRILGAN FILIALI

ORALIQ NAZORAT UChUN TITUL VARAI

-kurs talabalari uchun

Modul nomi:

Ish turi:

Oʻtkazilgan sana:


Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi (oraliq nazorati bir martadan ortiq oʻtkazilganda, umumiy ball tegishli songa boʻlinadi):

1.


0

1

2

3

4

5

2.


0

1

2

3

4

5

3.


0

1

2

3

4

5

4.


0

1

2

3

4

5

Mustaqil ish boʻyicha qoʻshimcha taqriz:

Umumiy ball

Tekshiruvchi F.I.O. va imzosi:___________________

(Talabaning F.I.O.)                         (kurs)


Modul nomi

(talabaning imzosi)

Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi






1b-shakl



TOShKENT DAVLAT YuRIDIK UNIVERSITETINING

IXTISOSLAShTIRILGAN FILIALI


ORALIQ NAZORAT UChUN TITUL VARAI


Maхsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash kursi

Modul nomi:

Ish turi:

Oʻtkazilgan sana:


Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi (oraliq nazorati bir martadan ortiq oʻtkazilganda, umumiy ball tegishli songa boʻlinadi):

1.


0

1

2

3

4

5

2.


0

1

2

3

4

5

3.


0

1

2

3

4

5

4.


0

1

2

3

4

5

Mustaqil ish boʻyicha qoʻshimcha taqriz:


Umumiy ball

Tekshiruvchi F.I.O. va imzosi:___________________

(Tinglovchining F.I.O.)                            (guruh)


Modul nomi

(Tinglovchining imzosi)

Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi






Nizomga

3-ILOVA



1a-shakl



TOShKENT DAVLAT YuRIDIK UNIVERSITETINING

IXTISOSLAShTIRILGAN FILIALI


YaKUNIY NAZORAT UChUN TITUL VARAI


-kurs talabalari uchun

Modul nomi:

Ish turi:

Oʻtkazilgan sana:


A boʻlimdagi (son) mantiqiy savolga javob yozilishi shart.

N

Baholash mezonlari

1-mantiqiy savol

2-mantiqiy savol

1.




2.




3.




4.




Jami ball


B boʻlimdagi (son) kazusga javob yozilishi shart.

N

Baholash mezonlari

Kazus

1.



2.



3.



4.





Jami ball


Qoʻshimcha taqriz uchun:

Umumiy ball

Tekshiruvchi F.I.O. va imzosi:___________________

(Talabaning F.I.O.)                                        (kurs)


Modul nomi

(talabaning imzosi)

Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi






1b-shakl



TOShKENT DAVLAT YuRIDIK UNIVERSITETINING

IXTISOSLAShTIRILGAN FILIALI


YaKUNIY NAZORAT UChUN TITUL VARAI


Maхsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash kursi


Modul nomi:

Ish turi:

Oʻtkazilgan sana:


A boʻlimdagi (son) mantiqiy savolga javob yozilishi shart.

N

Baholash mezonlari

1-mantiqiy savol

2-mantiqiy savol

1.




2.




3.




4.




Jami ball


B boʻlimdagi () kazusga javob yozilishi shart.

N

Baholash mezonlari

Kazus

1.



2.



3.



4.





Jami ball


Qoʻshimcha taqriz uchun:



Umumiy ball

Tekshiruvchi F.I.O. va imzosi:___________________

(Tinglovchining F.I.O.)                         (guruh)


Modul nomi

(Tinglovchining imzosi)

Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi






Nizomga

4-ILOVA



1a-shakl



Yozma imtihonda qatnashgan talabalar

ROʻYXATI

Modul nomi:

Kurs:

Yozma imtihon oʻtkazilgan sana:

N

Talabaning F.I.O.

Talabaning imzosi

1.



2.



3.



4.



5.



6.



7.



8.



9.



10.



Jami: _______ talaba

Auditoriya rahbari:


(imzo)

(F.I.O.)

Kuzatuvchi:


(imzo)

(F.I.O.)





1b-shakl



Yozma imtihonda qatnashgan tinglovchilar

ROʻYXATI

Maхsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash kursi

qish muddati:


Modul nomi:


Yozma imtihon oʻtkazilgan sana:


N

Talabaning F.I.O.

Talabaning imzosi

1.



2.



3.



4.



5.



6.



7.



8.



9.



10.



Jami: _______ talaba

Auditoriya rahbari:


(imzo)

(F.I.O.)

Kuzatuvchi:


(imzo)

(F.I.O.)





Nizomga

5-ILOVA

Talaba (tinglovchi)ni yozma imtihondan

chetlashtirish toʻrisida

DALOLATNOMA

Toshkent sh.

20__ yil "___" __________

Biz quyida imzo chekuvchilar auditoriya rahbari va kuzatuvchi (kuzatuvchilar) ushbu dalolatnomani quyidagilar haqida tuzdikki, talaba

               

(tinglovchi)

(F.I.O. va akademik guruh)


Toshkent davlat yuridik universitetining Iхtisoslashgan filialida ta’lim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻrisidagi nizomning 38-bandiga asosan 20__ yil "__"_________ da

(modul nomi)

moduli boʻyicha yozma imtihondan

(chetlashtirish sababi)

sabablarga koʻra chetlashtirildi.

Auditoriya rahbari:


(imzo)

(F.I.O.)

Kuzatuvchilar:


(imzo)

(F.I.O.)

(imzo)

(F.I.O.)





Nizomga

6-ILOVA



YoZMA IShLARNI (NAZORAT TURI)

QABUL QILISh-TOPShIRISh

DALOLATNOMASI

Toshkent sh.

20__ yil "___" _________

Modul nomi:

Kurs:

Yozma ishni qabul qilish sanasi:

Ishni tekshirish muddati:

Ishlar soni:

Tekshirish uchun mas’ul oʻqituvchi


(imzo)

(F.I.O.)

quv-uslubiy boʻlim mas’ul хodimi


(imzo)

(F.I.O.)

Yozma ishlarni qaytarish sanasi:

Ishlar soni:

Tekshirish uchun mas’ul oʻqituvchi


(imzo)

(F.I.O.)

quv-uslubiy boʻlim mas’ul хodimi


(imzo)

(F.I.O.)


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 15 iyul