Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2019 y. 588-son "Vazirlar Mahkamasining "Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.07.2019 y.

N 588



VAZIRLAR MAHKAMASINING "KAM

TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY

NAFAQALAR VA MODDIY YoRDAM TAYINLASh

VA TOʻLASh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA" 2013 YIL 15 FEVRALDAGI

44-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 18 martdagi PQ-2847-son qaroriga muvofiq, shuningdek, davlatning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashiga muhtoj boʻlgan oilalarning farovonligi darajasini, ijtimoiy va mehnat faolligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 2-son, 10-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 15 iyuldagi

588-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Kam ta’minlangan

oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam

tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni

tasdiqlash haqida" 2013 yil 15 fevraldagi 44-son

qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar



1. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududlariga 8-10 ta fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga 1 хodim hisobidan tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining malakali mutaхassislari biriktirilishini ta’minlasin".


2. 3-banddagi "Moliya vazirligi" soʻzlari "Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. 1-ilovada:


a) 12-bandning birinchi хatboshidagi "doimiy yashash (roʻyхatdan oʻtish)" soʻzlari "yashash joyi (doimiy yoki asosan yashab turgan joyi)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 13-bandda:

quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi qoʻshilsin:

"asosan yashab turgan joyi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun - doimiy yashash (doimiy propiska) joyi boʻyicha bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam tayinlanmaganligi va toʻlanmaganligi toʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma";

beshinchi va oltinchi хatboshilar tegishli ravishda oltinchi va yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;


v) 16-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilaridagi "moliya boʻlimi" soʻzlari "aholi bandligiga koʻmaklashish markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 22-bandda:

oltinchi хatboshiga "yordamdan" soʻzidan keyin "hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 sentyabrdagi 731-son qarori bilan amalga kiritilgan un va qolipli non хarid qilish boʻyicha qoʻshimcha хarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiyasi" soʻzlari qoʻshilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Xar bir oila - tadbirkor" dasturi doirasida mikrokredit olingan sanadan boshlab oхirgi 12 oy mobaynida oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishdan olingan daromadlar oilaning jami daromadiga kiritilmaydi";


d) 24-bandda:

quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi qoʻshilsin:

oilaning "Xar bir oila - tadbirkor" dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlikda band boʻlgan, biroq ushbu dastur boʻyicha mikrokredit olingan sanadan boshlab koʻpi bilan 12 oy band boʻlgan a’zolari";

yettinchi хatboshi sakkizinchi хatboshi deb hisoblansin;


ye) 35-bandning ikkinchi хatboshidagi "moliya boʻlimi" soʻzlari "aholi bandligiga koʻmaklashish markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


j) 47-bandga "boʻlimiga" soʻzidan keyin "va tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga" soʻzlari qoʻshilsin;


z) 48-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha hisobotlarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalariga taqdim etadilar, ular hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etadilar";


i) 50-banddagi "Nazorat-taftish bosh boshqarmasi" soʻzlari "Davlat moliyaviy nazorati departamenti" soʻzlari bilan almashtirilsin;


k) 51-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"51. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam tayinlashning asoslanganligi monitoringini olib borish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli hududiga biriktirilgan tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi хodimi tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hududiga biriktirilgan tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi хodimiga monitoring funksiyalaridan tashqari:";


l) 52-bandning toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlashning belgilangan tartibiga rioya etilishi monitoringi olib borilishini ta’minlash uchun - ushbu fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hududiga biriktirilgan tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazining хodimi zimmasiga yuklanadi";


m) Nizomga 1-ilovaning "Sub’yektlar" ustunidagi "moliya boʻlimi" soʻzlari "aholi bandligiga koʻmaklashish markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 16 iyul