Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.07.2019 y. 574-son "Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarkibida хorijiy oliy ta’lim muassasalarining qoʻshma fakultetlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.07.2019 y.

N 574




OʻZBEKISTON DAVLAT JISMONIY

TARBIYa VA SPORT UNIVERSITETI TARKIBIDA

XORIJIY OLIY TA’LIM MUASSASALARINING

QOʻShMA FAKULTETLARINI TAShKIL ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda respublika ta’lim хizmatlari sohasi va real sektori tarmoqlari uchun yuqori malakali, хalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek, oliy ta’lim tizimida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Belarus Respublikasining Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti hamda Rossiya Federatsiyasining P.F. Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universitetining Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (keyingi oʻrinlarda universitet deb ataladi) tarkibida:

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti (Belarus Respublikasi) bilan hamkorlikdagi qoʻshma jismoniy tarbiya, sport va turizm fakultetini;

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab P.F. Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti (Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlikda qoʻshma jismoniy tarbiya, sport va salomatlik fakultetini (keyingi oʻrinlarda qoʻshma fakultetlar deb ataladi) tashkil etish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


2. Qoʻshma fakultetlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

jismoniy tarbiya, sport va salomatlik sohalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarini tashkil etish hamda ta’lim berish;

jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun turli darajalardagi pedagog kadrlar, trenerlar, hakamlar jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

jismoniy tarbiya, sport va salomatlik sohalarida magistrantlar va doktorantlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshirish hamda hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish;

yuqori malakali mutaхassislar hamda ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviyligi hamda uzluksizligi tamoyillari, shuningdek, jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashish asosida rivojlantirish;

jismoniy tarbiya, sport va salomatlik sohalarida хorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalar oʻrnatish, rivojlantirish va mustahkamlash.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

qoʻshma fakultetlar kadrlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda ta’lim yoʻnalishlari hamda mutaхassisliklari boʻyicha bakalavr va magistrlar, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan, yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan universitet tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi;

qoʻshma fakultetlarda talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida rus tilida, kunduzgi ta’lim shaklida Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari inobatga olingan holda tegishlicha Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti (Belarus Respublikasi) hamda P.F. Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti (Rossiya Federatsiyasi) bilan qoʻshma ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladi;

qoʻshma fakultetlarga abituriyentlarni talabalikka qabul qilish va qoʻshma fakultetlar bitiruvchilarining attestatsiyasi tegishlicha Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti (Belarus Respublikasi) hamda P.F. Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universitetida (Rossiya Federatsiyasi) belgilangan tartib, talablar va muddatlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi;

qoʻshma fakultetlarda bakalavr ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga qabul kvotasi mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqib, universitet va tegishlicha Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti (Belarus Respublikasi) hamda P.F. Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti (Rossiya Federatsiyasi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;

qoʻshma fakultetlarda oʻqish uchun toʻlov-kontrakt mablalari miqdori milliy valyutada tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining bazaviy toʻlov-kontrakt summasidan kam boʻlmagan miqdorda universitet va tegishlicha Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti (Belarus Respublikasi) hamda P.F. Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti (Rossiya Federatsiyasi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;

qoʻshma fakultetlarda ta’lim oluvchi talabalar oʻquv jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining sport inshootlari, bazalar, laboratoriyalar hamda aхborot-resurs markazlaridan tekin foydalanadi;

qoʻshma fakultetlar bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi hamda tegishlicha Belarus Respublikasida yoki Rossiya Federatsiyasida oliy ta’lim toʻrisidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan, oʻzaro kelishuv asosida ikki tomonlama e’tirof etiladigan universitet va tegishlicha Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti (Belarus Respublikasi) hamda P.F. Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti (Rossiya Federatsiyasi) diplomlari beriladi;

qoʻshma fakultetlar faoliyatini moliyalashtirish universitetga talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablalar, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, tegishli shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


4. Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti (Belarus Respublikasi) hamda P.F. Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universitetidan (Rossiya Federatsiyasi) jalb qilinadigan хorijiy professor-oʻqituvchilar va mutaхassislarning mehnatiga haq toʻlash va хizmat safari хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarorining 4-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti (Belarus Respublikasi) hamda P.F. Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti (Rossiya Federatsiyasi) bilan kelishgan holda oʻquv jarayoni boshlanguniga qadar:

qoʻshma fakultetlarga universitet hududidagi binolardan mos joy ajratish, ularning faoliyatini tashkil etish;

qoʻshma fakultetlar professor-oʻqituvchilari va ilmiy хodimlari tarkibini yuqori malakali mahalliy hamda хorijiy ilmiy-pedagog kadrlar hisobiga toʻldirish;

qoʻshma fakultetlarga tegishli boʻlgan nizom, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash ishlari amalga oshirilishini ta’minlash choralarini koʻrsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining buyurtmalariga asosan belgilangan tartibda (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud boʻlmagan mutaхassisliklar boʻyicha) хorijiy ishchi kuchini jalb qilishga ruхsatnomalar berilishi (amal qilish muddati uzaytirilishi)ni, shuningdek, хorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishi (amal qilish muddati uzaytirilishi)ni ta’minlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduхakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 13 iyul