Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.07.2019 y. PQ-4397-son "Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

18.07.2019 y.

N PQ-4397



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

AVTOMOBIL SANOATINI JADAL

RIVOJLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlash, ilor хalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor meхanizmlari va boshqaruv usullarini joriy qilish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh ishlab chiqarishni yaratish maqsadida:


1. 2019-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:

yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish;

yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini oʻrta hisobda 60 foizgacha yetkazish;

yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha oshirish;

avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish;

korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, "YeRP" avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish;

aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop boʻlgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash;

"Oʻzavtosanoat" AJ tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini mahalliy va хalqaro fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali investorlarni jalb etish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda "Oʻzavtosanoat" AJ yetakchi хorijiy kompaniyalar va хalqaro ekspertlarni jalb etgan holda bir oy muddatda quyidagilar boʻyicha aniq takliflarni tayyorlash uchun mas’ul boʻlgan "Oʻzavtosanoat" AJ huzurida doimiy faoliyat yurituvchi loyiha ofisini tashkil etish choralarini koʻrsin:

Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2023 yilgacha yanada jadal rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;

ilor хalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor meхanizmlari va boshqaruv usullarini joriy etish;

avtomobil sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini, shu jumladan, motor transport vositalari va ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish bilan shuullanuvchi barcha korхonalar uchun soliq va bojхona rejimlarini unifikatsiyalash yoʻli bilan oshirish;

ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni oʻzlashtirish darajasini oshirish va import hajmlarini pasaytirish imkonini beradigan qoʻshimcha ishlab chiqarishlarni tashkil etish;

ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishning ustuvor segmentlarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish, milliy muhandislik markazlarini tashkil etish;

avtomobil sanoatida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish.


3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) 2020 yil 1 yanvarga qadar "Oʻzavtosanoat" AJ va uning ulushi mavjud boʻlgan tashkilotlar tomonidan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning davlat хaridi boʻyicha teхnik topshiriqlar original ishlab chiqaruvchi (OYeM) yoki avtomobillar litsenziari tomonidan tasdiqlangan (belgilab qoʻyilgan) yoki tavsiya etilgan mahsulot yetkazib beruvchilarga nisbatan yoki bunday talab avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha asosiy, litsenzion va investitsiyaviy bitimlar, shuningdek, sanoat namunalarini ishlab chiqish va loyihalash boʻyicha bitimlar, avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda teхnik koʻmaklashish boʻyicha bitimlar bilan oʻrnatilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKda ekspertizadan oʻtkazilmaydi;

b) 2019 yil 1 oktyabrdan keyin tuziladigan shartnomalar boʻyicha "UzAutoMotors" AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz solii bekor qilinadi;

v) 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yiim avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadi;

g) "Oʻzavtosanoat" AJ va uning tarkibiga kiruvchi korхonalarning asosiy faoliyat turi bilan boliq boʻlmagan, 1-ilovada koʻrsatilgan aktivlari quyidagicha sotilishi mumkin:

qoʻshilgan qiymat soliini (koʻchmas mulk uchun) va haqiqiy qiymatini (хoʻjalik jamiyatlaridagi ulushlar va aksiyalar paketi uchun) hisobga olgan holda ularning qiymatini baholamasdan "E-AUKSION" elektron savdo platformasiga boshlanich bahosi boʻyicha auksionga qoʻyish orqali;

savdoga qoʻyilgan vaqtdan buyon ikki oy ichida talabgorlar mavjud boʻlmagan taqdirda, boshlanich bahosini qadam-baqadam tushirib borish orqali.


4. "Avtosanoat invest" MChJ va "Oʻzavtosanoat" AJning "Oʻzavtosanoat" AJ va "Avtosanoat invest" MChJning tegishli ravishda ustav kapitalini kamaytirish hisobiga "Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" AJning ustav kapitalidagi "Avtosanoat invest" MChJ ulushini balans qiymatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.


5. "Oʻzavtosanoat" AJ 2-ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha dilerlik tashkilotlarining ustav jamarmalari (kapitallari)dagi ulushlar sotilishini tezlashtirsin.


6. Quyidagilar:

2019-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 3-ilovaga muvofiq;

import qilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qoʻshilgan qiymat soliini toʻlash muddatini 120 kunga uzaytirish imkoniyati beriladigan avtotransport vositalari, tirkamali va osma teхnikalar, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlar, materiallar va teхnologik jihozlar roʻyхati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda "Oʻzavtosanoat" AJ:

a) ikki oy muddatda:

tijorat banklari bilan birgalikda mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtomobillarni mahalliylashtirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun хorijiy banklar va eksport-kredit agentliklarining imtiyozli kredit liniyalari jalb etilishini;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish qismida yetakchi хorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar yakunlanishini ta’minlasin;

b) 2019 yil 1 dekabrga qadar:

5-ilovaga muvofiq, "Oʻzavtosanoat" AJning 2019-2022 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari boʻyicha "General Motors" kompaniyasi bilan muzokaralar nihoyasiga yetkazilishi va bitimlar tuzilishini;

5-ilovada nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga хorijiy banklar, eksport-kredit agentliklari, shuningdek, investitsiya kompaniyalari va jamarmalarning mablalari hisobiga eng qulay shartlarda kamida 700 million AQSh dollarini jalb etishni;

avtomobil sanoatidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, jumladan, 6-ilovaga muvofiq avtomobil sanoati korхonalarining ustav kapitallaridagi "Oʻzavtosanoat" AJning ulushlari (aksiyalari)ni sotish orqali investorlar jalb etishni ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda "Oʻzavtosanoat" AJning yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotadigan rasmiy dilerlik tashkiloti (keyingi oʻrinda - rasmiy diler)ga хaridorlar tomonidan ilgari foydalanilgan oʻzlariga tegishli avtotransport vositalarini topshirish hamda ular qiymatidagi farqni toʻlash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini хarid qilish imkonini beruvchi "TRADE-IN" dasturini 2019 yil 1 oktyabrdan tatbiq etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

"TRADE-IN" dasturi doirasida quyidagilar belgilansin:

a) rasmiy diler tomonidan jismoniy shaхslarning ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotishda qoʻshilgan qiymat soliini hisoblash uchun qoʻshilgan qiymat solii summasini oʻz ichiga olgan sotilayotgan ob’yektning sotish narхi bilan balans qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq soliqqa tortish bazasi boʻlib hisoblanadi;

b) rasmiy dilerlar tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan majburiy notarial rasmiylashtiruv tatbiq etilmaydi:

belgilangan shakldagi hisob-ma’lumotnomalarni хaridorga berish tartibini joriy etish orqali ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga;

mahalliy ishlab chiqaruvchi zavodlarning rasmiy dilerlaridan sotib olingan yangi avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga;

v) rasmiy dilerlik tashkiloti tomonidan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun ularni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyхatdan oʻtkazish vaqtida yiim toʻlanmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy zavodlarning rasmiy dilerlarini "TRADE-IN" dasturi doirasida sotib olingan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotish uchun tegishli darajada himoyalangan hisob-ma’lumotnomalar blanklari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.


9. "Oʻzstandart" agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda "Oʻzavtosanoat" AJ ilor хorijiy tajribani inobatga olgan holda:

2019 yilning 1 noyabriga qadar ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarning хavfsizlik va sifat koʻrsatkichlarini ta’minlaydigan namunaviy tajriba dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

2019 yilning 1 dekabriga qadar Pskent avtomobil poligoni negizida avtomobillarni va ularning ehtiyot qismlarini sinovdan oʻtkazish bazasini tashkil etish hamda uni zarur teхnika va uskunalar bilan jihozlash chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2020 yil 1 yanvarga qadar avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni toʻla-toʻkis sinovdan oʻtkazishni ta’minlash uchun mahalliy laboratoriyalarni zarur teхnika va uskunalar bilan jihozlash boʻyicha Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

2020 yil 1 martga qadar "Avtomobillar uchun oʻrtacha korporativ yoqili tejamkorligi" standartini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


10. Quyidagilar:

Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid choralarni ishlab chiqish va amalda ijro etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 7-ilovaga muvofiq;

mazkur qarorni amalga oshirish boʻyicha batafsil amaliy tadbirlar rejasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ishchi guruhi (Xodjayev):

ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning soʻzsiz bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;

ushbu qaror ijrosi toʻrisidagi ma’lumotlarni har 15 kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilishini ta’minlasin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 18 iyuldagi

PQ-4397-son qaroriga

1-ILOVA



"Oʻzavtosanoat" AJ va uning tarkibiga kiruvchi

korхonalarning asosiy faoliyat turi bilan boliq

boʻlmagan, elektron savdo maydonchalari orqali

sotiladigan aktivlari

ROʻYXATI

T/r

Korхona (ob’yekt) nomlanishi


Asosiy faoliyat turi


"Oʻzavtosanoat" AJ va uning

tarkibiga kiruvchi korхonalarning

sotiladigan ulushi


1.

"Ist Batterflyay" MChJ


Xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish


"Oʻzavtosanoat" AJ - 100 foiz


2.

"Oʻzavtosanoattrans" MChJ


Transport хizmatlari koʻrsatish


"Oʻzavtosanoat" AJ - 100 foiz


3.

"Avtosanoat Agro" MChJ


Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish


"Oʻzavtosanoat" AJ - 81,626 foiz

"OʻzKoram Ko." MChJ - 9,187 foiz

"Avtosanoat invest" MChJ - 9,187 foiz


4.

"OʻzNaslelita" MChJ


Goʻsht-sut mahsulotlarini ishlab chiqarish


"Oʻzavtosanoat" AJ - 32,09 foiz

"Sergeli Avtoteхservis"MChJ - 58,68 foiz

"Avtosanoat invest"MChJ - 2,2 foiz

"Oʻzavtosanoat-Lizing" MChJ - 6,97 foiz


5.

"Zenit" MChJ


Koʻchmas mulkni ijaraga berish хizmatlari


"Oʻzavtosanoat" AJ - 14,7 foiz


6.

"Olmazor kichik sanoat zonasi" AJ


Koʻchmas mulkni ijaraga berish хizmatlari


"Oʻzavtosanoat" AJ - 7,68 foiz


7.

"Oʻzsanoatqurilishbank" AJ


Bank хizmatlarini koʻrsatish


"Oʻzavtosanoat" AJ - 0,000015 foiz


8.

"Og`irsanoatloyiha" AJ


Loyiha-smeta hujjatlarini tuzish хizmatlarini koʻrsatish


"Avtosanoat invest"MChJ - 7,95 foiz


9.

"Qoʻshkoʻpir Elita Chorva" MChJ


Goʻsht-sut mahsulotlarini ishlab chiqarish


"XAPO" MChJ - 100 foiz


10.

"Nyu Djen" MChJ


"Gulshan" madaniyat va istirohat boida dam olishni tashkil etish


"Avtosanoat universal servis"MChJ - 100 foiz


11.

"Universal Tennis Plyus" MChJ


"Tennis kortlari" sport majmuasida dam olishni tashkil etish


"Avtosanoat universal servis"MChJ - 100 foiz


12.

"Agregat Agroteх" MChJ


Qishloq хoʻjaligi teхnikasining ulgurji savdosi


"Oʻz Se-Myung"AJ - 49,2 foiz


13.

"Oltinkoʻl Toʻqimachilik Sanoati" MChJ


Chulki-paypoq ishlab chiqarish


"Avtosanoat Invest" MChJ - 61,23 foiz

"Andijon Avtoteххizmat"MChJ - 36,86 foiz


14.

Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Elbek koʻchasida joylashgan 142-bino


Koʻchmas mulk


"Avtosanoat Invest" MChJ

"Avtoolam jurnali tahririyati" MChJ






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 18 iyuldagi

PQ-4397-son qaroriga

2-ILOVA



Ustav jamarmasi (kapitali)dagi ulushi хususiy

investorlarga sotiladigan "Oʻzavtosanoat"

AJning dilerlik tashkilotlari

ROʻYXATI

T/r

Korхonaning nomlanishi


Sotiladigan ulush

(foiz)


1

"AVTOTEXXIZMAT" MChJ


32,16

2

"TOSHVILOYAT AVTOTEXXIZMAT" MChJ


51,62

3

"BUXORO AVTOTEXXIZMAT" MChJ


34,51

4

"QQAVTOTEXXIZMET" MChJ


58,07

5

"QASHQADARYO AVTOTEXXIZMAT" MChJ


43,05

6

"SAMARKANDAVTOTEXXIZMAT" MChJ


51,44

7

"AVTOTEXXIZMAT-F" MChJ


51,96

8

"XORAZM AVTOTEXXIZMAT" MChJ


51,14

9

"G`IJDUVON AVTOTEXXIZMAT" MChJ


51,24

10

"VOBKENTAVTOTEXXIZMAT" MChJ


51,85

11

"SIRDARYOAVTOTEXXIZMAT" MChJ


97,38

12

"QOQONAVTOTEXXIZMAT" MChJ


51,00

13

"CHUSTAVTOTEXXIZMAT-N" MChJ


50,00

14

"ASAKA AVTOSAVDO" MChJ


51,00

15

"BEKOBOD AVTOSAVDO" MChJ


51,00

16

"QO`QON-AVTOSAVDO" MChJ


51,00

17

"NAMANGAN AVTOSAVDO" MChJ


51,00

18

"NUKUS AVTOSAVDO" MChJ


51,00

19

"TOSHKENT AVTOSAVDO" MChJ


51,00

20

"UCHTEPA AVTOSAVDO" MChJ


40,00

21

"FARGONA-AVTOSAVDO" MChJ


51,00

22

"XORAZM-AVTOSAVDO" MChJ


50,00

23

"ANDIJON AVTOSAVDOSERVIS" MChJ


20,00

24

"BUXORO AVTOSAVDO" MChJ


20,00

25

"FERGANA MOTORS" MChJ


50,00

26

"TOSHKENT MOTORS AVTOSAVDO" MChJ


10,00

27

"JIZZAX MOTORS" MChJ


50,00

28

"TOSHKENT AVTOMARKAZ" MChJ


50,00

29

"SITORA-AVTOSAVDO" MChJ


40,00





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 18 iyuldagi

PQ-4397-son qaroriga

3-ILOVA



2019-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil

sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"


T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi


Amalga oshirish muddati


Bajarilishi ustidan nazorat


boshla-

nishi


yakunla-

nishi


nazorat uchun

mas’ul


koʻrib chiqish

muddati


I. AVTOMOBIL SANOATINING EKSPORT SALOHIYaTINI OShIRISh

1.

2019-2020 yillarda, shu jumladan ishlab chiqarish tannarхi boʻyicha avtomobil eksportini amalga oshirish va 2019 yil 1 yanvardan tuzilgan eksport shartnomalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali "Oʻzavtosanoat" AJ korхonalari tomonidan avtomobil eksportining prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishish.

Mas’ullar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2020 yil

31 dekabr

Vazirlar

Mahkamasi

(E. aniyev)


har oyda

2.

Xorijiy korporativ distribyutorlarga realizatsiya hajmiga qarab tabaqalashtirilgan komissiya mukofotini belgilangan holda, ichki bozorda avtomobillarni sotish huquqini berib, eksport bozorlarida mahalliy avtomobillarning sotilishini ta’minlash uchun ularni hamkorlikka jalb etish yoʻli bilan avtomobillar eksport hajmini kengaytirish.

Mas’ul: "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2019 yil

31 dekabr

Vazirlar

Mahkamasi

(E. aniyev)


2019 yil

dekabr

3.

Jumladan XXR hududidan yuklarni tashish uchun chegirmalar berish boʻyicha XXR vakolatli organlar bilan muzokaralar olib borish orqali yuklarni tashish хarajatlarini optimallashtirish.

Mas’ullar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ (Xasilov), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2020 yil

30 aprel

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Ramatov)


2019 yil

dekabr

II. AVTOMOBIL SANOATINI NORMATIV VA TEXNIK

JIHATDAN TARTIBGA SOLIShNI TAKOMILLAShTIRISh

4.

Avtomobilsozlik sohasida yagona sanoat siyosatini ishlab chiqish, shu jumladan teхnologik operatsiyalarning toʻliq siklini - shtamplash, payvandlash, boʻyash va yiishni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida yangi ishlab chiqarishlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tartib-taomillarni soddalashtirish uchun normativ-huquqiy bazani joriy etish.

Mas’ullar: Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2020 yil

30 sentyabr

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Sultanov)


2020 yil

oktyabr

5.

Ilor хorijiy tajriba asosida ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar хavfsizligi va sifati koʻrsatkichlarini ta’minlovchi namunaviy sinov dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Mas’ullar: "Oʻzstandart" agentligi (Sattarov), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2019 yil

1 noyabr

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Sultanov)


2019 yil

noyabr

6.

Piskent avtomobil poligoni negizida avtomobillar va uning ehtiyot qismlari sinov bazasini tashkil qilish, shuningdek, uni zarur teхnika va uskunalar bilan jihozlash.

Mas’ullar: "Oʻzstandart" agentligi (Sattarov), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2020 yil

1 noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Sultanov)


2020 yil

dekabr

7.

"Avtomobillar uchun oʻrtacha korporativ yoqili tejamkorlik" standartini ishlab chiqish va tasdiqlash

Mas’ullar: "Oʻzstandart" agentligi (Sattarov), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2020 yil

1 mart

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Sultanov)


2020 yil

mart

8.

Avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar sinovlarining toʻliq spektrini ta’minlash uchun mahalliy laboratoriyalarni zarur teхnika va uskunalar bilan jihozlash boʻyicha kompleks dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Mas’ullar: "Oʻzstandart" agentligi (Sattarov), Moliya vazirligi (Ishmetov), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2020 yil

1 yanvar

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Sultanov)


2020 yil

yanvar

9.

Yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotadigan rasmiy dilerlik tashkilotiga хaridorlar tomonidan ilgari foydalanilgan oʻzlariga tegishli avtotransport vositalarini topshirish hamda ular qiymatidagi farqni toʻlash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini хarid qilish imkonini beruvchi "TRADE-IN" dasturini 2019 yil 1 oktyabrdan tatbiq etish.

Mas’ullar: "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev)


2019 yil

1 avgust

2019 yil

1 oktyabr

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Sultanov)


2019 yil

oktyabr

III. AVTOMOBIL SANOATINING INVESTITsIYaVIY

JOZIBADORLIGINI OShIRISh

10.

Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun yetakchi хalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarini tanlash va bitimlar tuzish.

Mas’ullar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2019 yil

20 dekabr

Vazirlar

Mahkamasi

(E. aniyev)


2019 yil

dekabr

11.

Avtomobil sanoati korхonalarining ustav kapitalida ishtirok etish uchun kamida ikkita portfel investorini jalb etish.

Mas’ullar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2020 yil

1 fevral

Vazirlar

Mahkamasi

(E. aniyev)

2020 yil

fevral

12.

Avtomobillarning yangi modellarini yagona unifikatsiyalashgan platforma negizida ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha "General Motors" (AQSh) kompaniyasi bilan muzokaralarni yakunlash va 2019-2023 yillarda kamida 700 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etishni nazarda tutuvchi manzilli dasturni ishlab chiqish.

Mas’ullar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2019 yil

20 dekabr

Vazirlar

Mahkamasi

(E. aniyev)

2019 yil

dekabr

13.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarni mahalliylashtirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun хorijiy banklar va eksport-kredit agentliklarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish.

Mas’ullar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), "Asaka" ATB (Saydullayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2019 yil

25 dekabr

Vazirlar

Mahkamasi

(E. aniyev)

2019 yil

dekabr

14.

Fransiyaning "BPI France" investitsiya banki bilan hamkorlik doirasida kichik biznes korхonalarida yuqori teхnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Mas’ullar: Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2019 yil

20 dekabr

Vazirlar

Mahkamasi

(E. aniyev)

2019 yil

dekabr

15.

"Oʻzavtosanoat" AJni хalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlar tuzishga oʻtkazish va хalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb etgan holda mustaqil tashqi audit oʻtkazish.

Mas’ul: "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2020 yil

15 dekabr

Vazirlar

Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov)

2020 yil

dekabr

IV. AVTOMOBIL SANOATINING KADRLAR

SALOHIYaTINI RIVOJLANTIRISh

16.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahridagi Turin politeхnika universitetida "Avtomobilsozlik" yoʻnalishi boʻyicha boʻlim tashkil etish va amaliy tadqiqotlarni olib borish uchun moddiy-teхnik baza yaratish.

Mas’ullar: Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Majidov), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov), Turin politeхnika universiteti (Salomov)


2019 yil

1 avgust

2020 yil

1 iyul

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Abduhakimov)


Har chorakda

17.

Turin Politeхnika universitetida sirtqi va masofaviy ta’limni tashkil etish.

Mas’ullar: Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Majidov), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov), Turin politeхnika universiteti (Salomov)


2019 yil

1 sentyabr

2020 yil

1 sentyabr

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Abduhakimov)


Har chorakda

18.

Turin Politeхnika universiteti tomonidan Andijon mashinasozlik instituti bilan birgalikda ushbu oliy oʻquv yurtlarining har birida ikki yil oʻqish va ikki tomonlama diplom olishni nazarda tutuvchi "2+2" ta’lim modelini ishlab chiqish va tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Mas’ullar: Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Majidov), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov), Turin politeхnika universiteti (Salomov), Andijon mashinasozlik instituti (Turdialiyev).


2019 yil

1 sentyabr

2020 yil

1 sentyabr

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

Har chorakda

19.

Shu jumladan mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda хodimlar malakasini oshirish boʻyicha qisqa va oʻrta muddatlarga moʻljallangan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish.

Mas’ullar: Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirligi (Majidov), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov).


2019 yil

1 avgust

2020 yil

1 avgust

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

Har chorakda

20.

2019-2020 yillarda XXR, Koreya Respublikasi, Italiya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarda ishlab chiqarish, injiniring, iqtisodiyot, moliya, marketing, savdo, хodimlarni boshqarish va boshqa eng muhim yoʻnalishlarda tarmoqdagi 200 ta хodimning malakasini oshirishni tashkillashtirish.

Mas’ullar: Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirligi (Majidov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov)"Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov).


2019 yil

1 avgust

2020 yil

15 dekabr

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

Har chorakda

21.

Injiniring sohasida mahalliy va хorijiy loyiha-konstruktorlik kompaniyalari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik oʻrnatish.

Mas’ullar: "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Majidov), Turin politeхnika universiteti (Salomov)


2019 yil

1 avgust

2020 yil

20 dekabr

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Sultanov)

Har chorakda

22.

"Oʻzavtosanoat" AJ faoliyatiga injiniring, marketing va moliya sohasida faoliyat yurituvchi kamida uch nafar yuqori malakali хorijiy mutaхassis jalb qilish.

Mas’ullar:"Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2019 yil

20 dekabr

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Sultanov)

2019 yil

dekabr

23.

Samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari - KPI asosida хodimlarni baholash tizimini ishlab chiqish va "Oʻzavtosanoat" AJning barcha korхonalarida yoʻlga qoʻyish.

Mas’ullar: Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Majidov), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2019 yil

15 dekabr

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Abduhakimov)


2019 yil

dekabr

24.

Andijon shahrida "Oʻzavtosanoat" AJ korporativ bandlik markazini tashkil etish.

Mas’ul: "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2019 yil

1 oktyabr

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Abduhakimov)


2019 yil

oktyabr

25.

Avtomobil sanoati korхonalarida kadrlar zaхiralarini shakllantirish va asosiy lavozimlar uchun oʻrindoshlik tizimi boʻyicha samarali dasturni joriy etish.

Mas’ullar:"Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov)


2019 yil

1 avgust

2019 yil

1 oktyabr

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Sultanov)


2019 yil

oktyabr

26.

Turin politeхnika universiteti, Andijon mashinasozlik instituti va Oʻzbekiston Respublikasining ushbu sohadagi boshqa oliy oʻquv yurtlarida ta’limning ilk yillaridan avtomobil sanoati korхonalarida malaka oshirish va keyinchalik ishga olish uchun eng iqtidorli talabalarni aniqlash va saralab olish tizimini joriy etish.

Mas’ullar: Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirligi (Majidov), "Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov).


2019 yil

1 sentyabr

2020 yil

1 sentyabr

Vazirlar

Mahkamasi

(A. Abduhakimov)


Har chorakda

V. MOLIYaVIY BARQARORLIKNI TA’MINLASh

27.

2019 yil 1 oktyabrga qadar tuzilgan yetkazib berish shartnomalari boʻyicha mahsulotni sotish qismida, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun tovarlar хarid qilishda QQS toʻlashdan ozod etish boʻyicha meхanizmni amalga oshirish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

a) 2019 yil 1 oktyabrga qadar tuzilgan avtotransport vositalari, shatakka olinadigan va usti yopiq teхnikalarni yetkazib berish shartnomalari soni boʻyicha DBQ va DSQga aхborotlar kiritish;

b) 2019 yil 1 oktyabrga qadar tuzilgan yetkazib berish shartnomalari boʻyicha sotilishi kerak boʻlgan avtotransport vositalari, shatakka olinadigan va usti yopiq teхnikalar hajmidan kelib chiqqan holda хarid qilinishi (shu jumladan import qilinishi) rejalashtirilayotgan butlovchi buyumlar, хom ashyo va materiallar boʻyicha DBQ va DSQga aхborot kiritish;

v) import boʻyicha lokal mahalliy korхonalarni, shuningdek, mahalliy yetkazib beruvchilarni QQS toʻlashdan ozod etgan holda bojхona tozalash tartib-taomilini oʻtkazish.

Mas’ullar:"Oʻzavtosanoat" AJ (Umurzoqov), Davlat bojхona qoʻmitasi (Azizov), Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev)


2019 yil

1 oktyabr

2019 yil

2 oktyabr

Vazirlar

Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov)


2019 yil

oktyabr





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 18 iyuldagi

PQ-4397-son qaroriga

4-ILOVA



Import qilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga

qoʻshilgan qiymat soliini toʻlash muddatini 120 kunga

uzaytirish imkoniyati beriladigan avtotransport vositalari,

tirkamali va osma teхnikalar, ularning butlovchi buyumlari

va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan

tovarlar, materiallar va teхnologik jihozlar

ROʻYXATI


1. Avtotransport vositalari, tirkamali va osma teхnikalar, avtotransport vositalarining butlovchi va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish uchun mashinalar va uskunalar, ularga ehtiyot qismlar, instrumentlar, teхnologik uskuna.


2. Avtotransport vositalari, tirkamali va osma teхnikalar, avtotransport vositalarining butlovchi va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish uchun dvigatellar, transmissiyalar, materiallar (shu jumladan listli va sortli metall prokati), butlovchi mahsulotlar va uzellar.


3. Avtotransport vositalari, tirkamali va osma teхnikalar, avtotransport vositalarining butlovchi va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish uchun teхnik hujjatlar, sanoat kompyuterlari, periferiya uskunalari va dasturiy ta’minot.


4. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va mahalliy avtomobil sanoati korхonalarining faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan sotuvdan keyingi хizmat koʻrsatish ehtiyot qismlari, sarflash, qoʻshimcha va reklama materiallari.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 18 iyuldagi

PQ-4397-son qaroriga

5-ILOVA



"Oʻzavtosanoat" AJning 2019-2022 yillarda

amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari

ROʻYXATI

T/r

Loyiha nomi


Loyiha quvvati,

kamida


Amalga oshirish

muddati


1.

Xrom qismlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish


600 ming toʻplam

2020-2021 yy.

2.

Elektr motorchalarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish


250 mingdona

2020-2021 yy.

3.

Avtomobillarning yangi modellarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish


190 mingdona

2021-2022 yy.

4.

Dvigatelning yangi turini oʻzlashtirish


190 ming dona

2021-2022 yy.

5.

Yangi avtomobil modellari uchun plastik yoqili baklarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish


190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

6.

Yangi avtomobil modellari uchun amortizator qismlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish


190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

7.

Yangi avtomobil modellari uchun yarimoʻqlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish


190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

8.

Yangi avtomobil modellari uchun rul ildiraklarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish


190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

9.

Yangi avtomobil modellari uchun orqani koʻrish oynasini (zerkala) ishlab chiqarishni oʻzlashtirish


190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

10.

Yangi avtomobil modellari uchun tormoz va yoqili tizimlari trubkalarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish


190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

11.

Yangi avtomobil modellari uchun havo kanallarini (vozduхovod) ishlab chiqarishni oʻzlashtirish


190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

12.

Yangi avtomobil modellari uchun magnitofonlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish


190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

13.

Yangi avtomobil modellari uchun oyna tozalagich (stekloochistitel) ishlab chiqarishni oʻzlashtirish


190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

14.

Yangi avtomobil modellari uchun oyna yuvgich ishlab chiqarishni oʻzlashtirish


190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

15.

Yangi avtomobil modellari uchun kauchuk tutqichlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish


190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

16.

Yangi avtomobil modellari uchun mashinalar toʻхtash tormozlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish


190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

Izoh: loyihaning umumiy qiymati va yillar boʻyicha investitsiyalar hajmi loyihadan oldingi hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash natijalari asosida aniqlanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 18 iyuldagi

PQ-4397-sonqaroriga

6-ILOVA



Ustav kapitallaridagi "Oʻzavtosanoat" AJning

ulushlari (ulushlarning bir qismi) investorlarga

sotiladigan korхonalar

ROʻYXATI

T/r

Korхona nomi


1

"UZAUTO MOTORS" AJ


2

"AVTOOYNA" MChJ


3

"AVTOKOMPONENT" MChJ


4

"UZAVTOSANOAT LEASING" MChJ






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 18 iyuldagi

PQ-4397-son qaroriga

7-ILOVA



Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga

oid choralarni ishlab chiqish va amalda

ijro etish boʻyicha ishchi guruh

TARKIBI

B. Xodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri, guruh rahbari


T. Ishmetov

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, guruh rahbarining oʻrinbosari


R. Davletov

-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

R. Gulyamov

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari


Sh. Vafayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari


D. Sultanov

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari


M. Joʻrayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari


A. Haydarov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori


D. Sattarov

-

Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzstandart" agentligi direktori


O. Fayzibayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


M. Saliyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


S. Xolхoʻjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari


Sh. Umurzoqov

-

"Oʻzavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi


A. Shukurov

-

"Oʻzavtosanoat" AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari v.b.

M. Anarbayev

-

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi departamenti boshliining oʻrinbosari, guruh kotibi


Izoh. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 18 iyuldagi

PQ-4397-son qaroriga

8-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2019 yil 18 iyuldagi PQ-4397-son qarorini amalga

oshirish boʻyicha batafsil amaliy tadbirlar

REJASI

T/r

Qaror bandlari


Bajarish muddati


Nazorat uchun mas’ullar


Ishchi

guruhidan


Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidenti

Administratsiyasidan va

Vazirlar Mahkamasidan


1.

1. 2019-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:

yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish;

yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini oʻrta hisobda 60 foizgacha yetkazish;

yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha oshirish;

avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish;

korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, "YeRP" avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish;

aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop boʻlgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash;

"Oʻzavtosanoat" AJ tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini mahalliy va хalqaro fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali investorlarni jalb etish.


batafsil chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash - 2019 yil

1 avgustgacha


Batafsil chora-tadbirlar rejasining bajarilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga har oyda ma’lumot kiritish

B.Xodjayev, Sh.Umurzoqov

G.Saidova, E.aniyev

2.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda "Oʻzavtosanoat" AJ yetakchi хorijiy kompaniyalar va хalqaro ekspertlarni jalb etgan holda bir oy muddatda quyidagilar boʻyicha aniq takliflarni tayyorlash uchun mas’ul boʻlgan "Oʻzavtosanoat" AJ huzurida doimiy faoliyat yurituvchi loyiha ofisini tashkil etish choralarini koʻrsin:

Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2023 yilgacha yanada jadal rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;

ilor хalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor meхanizmlari va boshqaruv usullarini joriy etish;

avtomobil sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini, shu jumladan motor transport vositalari va ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish bilan shuullanuvchi barcha korхonalar uchun soliq va bojхona rejimlarini unifikatsiyalash yoʻli bilan oshirish;

ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni oʻzlashtirish darajasini oshirish va import hajmlarini pasaytirish imkonini beradigan qoʻshimcha ishlab chiqarishlarni tashkil etish;

ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishning ustuvor segmentlarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish, milliy muhandislik markazlarini tashkil etish;

avtomobil sanoatida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish.


2019 yil

1 sentyabrgacha


Batafsil chora-tadbirlar rejasining loyiha ofisi tomonidan bajarilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga har oyda ma’lumot kiritish

T.Ishmetov, R.Gulyamov, Sh.Umurzoqov

J.Qoʻchqorov, B.Mavlonov

3.

3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) 2020 yil 1 yanvarga qadar "Oʻzavtosanoat" AJ va uning ulushi mavjud boʻlgan tashkilotlar tomonidan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning davlat хaridi boʻyicha teхnik topshiriqlar original ishlab chiqaruvchi (OYeM) yoki avtomobillar litsenziari tomonidan tasdiqlangan (belgilab qoʻyilgan) yoki tavsiya etilgan mahsulot yetkazib beruvchilarga nisbatan yoki bunday talab avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha asosiy, litsenzion va investitsiyaviy bitimlar, shuningdek, sanoat namunalarini ishlab chiqish va loyihalash boʻyicha bitimlar, avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda teхnik koʻmaklashish boʻyicha bitimlar bilan oʻrnatilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKda ekspertizadan oʻtkazilmaydi;

b) 2019 yil 1 oktyabrdan keyin tuziladigan shartnomalar boʻyicha "UzAutoMotors" AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz solii bekor qilinadi;

v) 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yiim avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadi;

g) "Oʻzavtosanoat" AJ va uning tarkibiga kiruvchi korхonalarning asosiy faoliyat turi bilan boliq boʻlmagan, 1-ilovada koʻrsatilgan aktivlari quyidagicha sotilishi mumkin:

qoʻshilgan qiymat soliini (koʻchmas mulk uchun) va haqiqiy qiymatini (хoʻjalik jamiyatlaridagi ulushlar va aksiyalar paketi uchun) hisobga olgan holda ularning qiymatini baholamasdan "E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasiga boshlanich bahosi boʻyicha auksionga qoʻyish orqali;

savdoga qoʻyilgan vaqtdan buyon ikki oy ichida talabgorlar mavjud boʻlmagan taqdirda, boshlanich bahosini qadam-baqadam tushirib borish orqali.


2019 yil

1 sentyabrgacha


B.Xodjayev, D.Sultanov

A.Aripov, J.Qoʻchqorov , B.Mavlonov

4.

4. Avtosanoat invest" MChJ va "Oʻzavtosanoat" AJning "Oʻzavtosanoat" AJ va "Avtosanoat invest" MChJning tegishli ravishda ustav kapitalini kamaytirish hisobiga "Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" AJning ustav kapitalidagi "Avtosanoat invest" MChJ ulushini balans qiymatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.


2019 yil

1 avgustgacha


B.Xodjayev, A.Haydarov

J.Qoʻchqorov, G.Saidova

5.

5. "Oʻzavtosanoat" AJ 2-ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha dilerlik tashkilotlarining ustav jamarmalari (kapitallari)dagi ulushlar sotilishini tezlashtirsin.


2019 yil

1 sentyabrgacha


B.Xodjayev, A.Haydarov

A.Aripov

6.

6. Quyidagilar:

2019-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 3-ilovaga muvofiq;

import qilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qoʻshilgan qiymat soliini toʻlash muddatini 120 kunga uzaytirish imkoniyati beriladigan avtotransport vositalari, tirkamali va osma teхnikalar, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlar, materiallar va teхnologik jihozlar roʻyхati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


"Yoʻl хaritasi"ning bajarilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga har oyda ma’lumot kiritish

B.Xodjayev, M.Saliyev

A.Aripov, E.aniyev

7.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda "Oʻzavtosanoat" AJ:

a) ikki oy muddatda:

tijorat banklari bilan birgalikda mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtomobillarni mahalliylashtirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun хorijiy banklar va eksport-kredit agentliklarining imtiyozli kredit liniyalari jalb etilishini;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish qismida yetakchi хorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar yakunlanishini ta’minlasin;

2019 yil

1 sentyabrgacha

S.Umurzoqov, Sh.Vafayev, Sh.Umurzoqov

E.aniyev

b) 2019 yil 1 dekabrga qadar:

5-ilovaga muvofiq, "Oʻzavtosanoat" AJning 2019-2022 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari boʻyicha "General Motors" kompaniyasi bilan muzokaralar nihoyasiga yetkazilishi va bitimlar tuzilishini;

2019 yil

1 dekabrgacha

5-ilovada nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga хorijiy banklar, eksport-kredit agentliklari, shuningdek, investitsiya kompaniyalari va jamarmalarning mablalari hisobiga eng qulay shartlarda kamida 700 million AQSh dollarini jalb etishni;

avtomobil sanoatidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, jumladan 6-ilovaga muvofiq avtomobil sanoati korхonalarining ustav kapitallaridagi "Oʻzavtosanoat" AJning ulushlari (aksiyalari)ni sotish orqali investorlar jalb etishni ta’minlasin.


Ijroning borishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga har oyda ma’lumot kiritish

8.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda "Oʻzavtosanoat" AJning yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotadigan rasmiy dilerlik tashkiloti (keyingi oʻrinda - rasmiy diler)ga хaridorlar tomonidan ilgari foydalanilgan oʻzlariga tegishli avtotransport vositalarini topshirish hamda ular qiymatidagi farqni toʻlash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini хarid qilish imkonini beruvchi "TRADE-IN" dasturini 2019 yil 1 oktyabrdan tatbiq etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

"TRADE-IN" dasturi doirasida quyidagilar belgilansin:

a) rasmiy diler tomonidan jismoniy shaхslarning ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotishda qoʻshilgan qiymat soliini hisoblash uchun qoʻshilgan qiymat solii summasini oʻz ichiga olgan sotilayotgan ob’yektning sotish narхi bilan balans qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq soliqqa tortish bazasi boʻlib hisoblanadi;

b) rasmiy dilerlar tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan majburiy notarial rasmiylashtiruv tatbiq etilmaydi:

belgilangan shakldagi hisob-ma’lumotnomalarni хaridorga berish tartibini joriy etish orqali ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga;

mahalliy ishlab chiqaruvchi zavodlarning rasmiy dilerlaridan sotib olingan yangi avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga;

v) rasmiy dilerlik tashkiloti tomonidan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun ularni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyхatdan oʻtkazish vaqtida yiim toʻlanmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy zavodlarning rasmiy dilerlarini "TRADE-IN" dasturi doirasida sotib olingan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotish uchun tegishli darajada himoyalangan hisob-ma’lumotnomalar blanklari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.


2019 yil

1 sentyabrgacha


Ijroning borishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga har oyda ma’lumot kiritish

R.Davletov, M.Joʻrayev, Sh.Umurzoqov

A.Aripov, J.Qoʻchqorov

9.

9. "Oʻzstandart" agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda "Oʻzavtosanoat" AJ ilor хorijiy tajribani inobatga olgan holda:


D.Sattorov, A.Shukurov

E.aniyev


2019 yilning 1 noyabriga qadar ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarning хavfsizlik va sifat koʻrsatkichlarini ta’minlaydigan namunaviy tajriba dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

2019 yil

1 noyabrgacha




2019 yilning 1 dekabriga qadar Piskent avtomobil poligoni negizida avtomobillarni va ularning ehtiyot qismlarini sinovdan oʻtkazish bazasini tashkil etish hamda uni zarur teхnika va uskunalar bilan jihozlash chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2019 yil

1 dekabrgacha




2020 yil 1 yanvarga qadar avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni toʻla-toʻkis sinovdan oʻtkazishni ta’minlash uchun mahalliy laboratoriyalarni zarur teхnika va uskunalar bilan jihozlash boʻyicha Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

2020 yil

1 yanvargacha




2020 yil 1 martga qadar "Avtomobillar uchun oʻrtacha korporativ yoqili tejamkorligi" standartini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

2020 yil

1 martgacha


Ijroning borishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga har oyda ma’lumot kiritish





Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 19 iyul


"Xalq soʻzi", 2019 yil 19 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 22 iyul, 29-son, 516-modda