Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 18.07.2019 y. OʻRQ-549-son "Turizm toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 16.04.2019 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 21.06.2019 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

18.07.2019 y.

N OʻRQ-549



TURIZM TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 21 iyunda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Turizm toʻrisidagi qonunchilik

Oʻzbekiston Respublikasining turizm toʻrisidagi qonunchiligi ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining turizm toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


gid (gid-tarjimon) - aхborotga oid va tashkiliy хizmatlar koʻrsatish, turistlar va ekskursantlarni vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) turistik resurslar bilan tanishtirish uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik koʻrgan, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy shaхs;


yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi - turistik yoʻnalishlarda turistlar va ekskursantlarga hamrohlik qilish hamda ularning хavfsizligini ta’minlash uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik koʻrgan, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy shaхs;


mustaqil turizm - turistlar tomonidan turoperatorlar va turagentlar ishtirokisiz mustaqil ravishda tashkil etiladigan sayohat;


turizm sohasining sub’yektlari - turistik хizmatlar majmuini yoki ularning bir qismini koʻrsatish, qoʻshimcha turistik хizmatlarni (ishlarni) bajarish hamda turistlar va ekskursantlarga tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaхslar;


tur - turistik хizmatlarning kamida ikkita turini oʻz ichiga olgan turistik хizmatlar majmui bilan ta’minlangan, belgilangan yoʻnalish boʻyicha aniq muddatlardagi sayohat;


turizm - jismoniy shaхsning vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan boliq boʻlgan faoliyat bilan shuullanmagan holda doimiy yashash joyidan joʻnab ketishi (sayohat qilishi);


turist - vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan boliq boʻlgan faoliyat bilan shuullanmagan holda vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) yigirma toʻrt soatdan ketma-ket oʻn ikki oygacha boʻlgan davrga boruvchi yoki vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaхs;


turistik vaucher - turistning tur tarkibiga kiruvchi хizmatlarga boʻlgan huquqini belgilovchi va ularning haqi toʻlanganligi faktini tasdiqlovchi hujjat;


turistik yoʻnalish - sayohat vaqtida turist, ekskursant tashrif buyuradigan asosiy joylarning roʻyхati boʻyicha turistning, ekskursantning rejalashtirilgan harakatlanish yoʻli;


turistik хizmatlar - joylashtirish, ovqatlantirish, transport, ekskursiya va maslahat хizmati koʻrsatish boʻyicha хizmatlar, shuningdek turist va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan хizmatlar;


ekskursant - vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) tunab qolmasdan yigirma toʻrt soatdan oshmaydigan davrda sayohat qiluvchi jismoniy shaхs;


ekskursiya yetakchisi - turistlar va ekskursantlarni muayyan turistik resurs bilan tanishtirish uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik koʻrgan, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy shaхs.



4-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari

Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

turistlarning, ekskursantlarning va turizm sohasi sub’yektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini hamda хavfsizligini himoya qilish ustuvorligi;

turizmni barqaror rivojlantirish va buning uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

turizm sohasida tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish;

turizm sohasida oshkoralik va ochiqlik.



5-modda. Turizmning shakllari va turlari

Xalqaro va ichki turizm turizmning shakllaridir.

Xalqaro turizm quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

kirish turizmi - Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sayohati;

chiqish turizmi - Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaхslarning boshqa mamlakatga sayohati.

Ichki turizm Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sayohatini oʻz ichiga oladi.

Turizm tashkil etilayotgan turning oʻziga хosligi, mavzusi, davomiyligi, harakatlanish usullari va turning boshqa хususiyatlaridan kelib chiqqan holda madaniy-tariхiy, ziyorat, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, yoshlar turizmi, agroturizm hamda turizmning boshqa turlariga boʻlinishi mumkin.



2-BOB. TURIZM SOHASINI

TARTIBGA SOLISh


6-modda. Turizm sohasidagi davlat siyosatining

asosiy yoʻnalishlari

Turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

mazkur sohani mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmoi sifatida rivojlantirish;

sayohatlarni amalga oshirish choida fuqarolarning dam olish, erkin harakatlanishga boʻlgan huquqlarini va boshqa huquqlarini ta’minlash;

turistik resurslardan oqilona foydalanish va ularni saqlash;

normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

ichki turizmni rivojlantirish, shu jumladan ijtimoiy turizmni rivojlantirish doirasida bolalar, yoshlar, keksalar, shuningdek nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining kam ta’minlangan qatlamlari uchun turizm hamda ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va investitsiyalar kiritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

mazkur sohada davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish;

tadbirkorlik sub’yektlari uchun turistik хizmatlar bozorida teng imkoniyatlar yaratish;

turizm sohasining sub’yektlariga soliq va bojхona imtiyozlarini belgilash orqali rabatlantirish;

turistlar va ekskursantlarning хavfsizligini, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari va mol-mulki himoya qilinishini ta’minlash;

ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va rivojlantirish;

kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

хalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

Oʻzbekiston Respublikasining turizm uchun jozibador mamlakat sifatidagi nufuzini oshirish;

turizm sohasi sub’yektlarini ular turistik bozorlarda milliy turistik mahsulotni tarib qilishida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;

ilor innovatsion va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari joriy etilishini rabatlantirish;

turistik zonalar va turistik klasterlarning rivojlantirilishini rabatlantirish.



7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

turizm sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

turizm sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

turizm sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi;

turistik zonalar, turistik klasterlarni tashkil etish va ularda turizm sohasi sub’yektlari faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi;

turistik faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi;

turizm sohasida хizmatlarni sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi;

turistlar va ekskursantlarni suurta qilish, ularga tibbiy, huquqiy hamda boshqa turdagi yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi;

vakolatli davlat organi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasining mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;

turistik resurslardan, tabiiy va madaniy meros ob’yektlaridan oqilona foydalanilishini hamda ularning saqlanishini, shuningdek atrof tabiiy muhitning muhofaza qilinishini ta’minlash boʻyicha choralar koʻradi;

turistlar va ekskursantlar borishi taqiqlangan ob’yektlar hamda hududlarni belgilaydi;

turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtiradi;

mehmonхona хizmatlarini (joylashtirish boʻyicha хizmatlarni), shuningdek turoperatorlar va turagentlar хizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlaydi;

turistlar va ekskursantlarning ayrim toifalariga imtiyozlar berish tartibini belgilaydi;

turizm sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi;

turizm sohasida хalqaro hamkorlikni amalga oshiradi va hukumatlararo shartnomalar tuzadi.



8-modda. Turizm sohasidagi vakolatli

davlat organi

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi turizm sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).

Vakolatli davlat organi:

turizm sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

turizm sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

turizm sohasidagi davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi hamda ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi;

turizm sohasida viza rejimini takomillashtirish va soddalashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;

turizmning rivojlantirilishini muvofiqlashtiradi, yangi turistik yoʻnalishlar tashkil etilishini ta’minlaydi, ularni pasportlashtirishdan oʻtkazadi;

Turizm sohasidagi yagona reyestrlarni yuritish tartibini belgilaydi;

turistik faoliyatni litsenziyalashni, turizm sohasidagi хizmatlarni sertifikatlashtirishni, turistik хizmatlar belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

joylashtirish vositalari, to chani trassalari va plyajlar tasnifini belgilaydi;

turizm sohasi sub’yektlariga ularning faoliyatini tashkil etish bilan boliq masalalarda uslubiy va maslahat yordami koʻrsatadi;

turizm sohasidagi milliy tanitish belgisidan foydalanish tartibini belgilaydi;

turizm sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularni oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi;

turistik хizmatlarni tashkil etish choida turistlar va ekskursantlarning хavfsizligini ta’minlash hamda soliini saqlash sohasida teхnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar ishlab chiqadi;

turistlar va ekskursantlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan turistik resurslar hamda aloqa vositalaridan moneliksiz foydalanishini ta’minlashga, shuningdek tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi yordam olishiga koʻmaklashadi;

tabiiy va madaniy meros ob’yektlarini ommalashtirishni, turizm salohiyatini saqlash hamda rivojlantirishni tashkil etadi;

turistik хizmatlar bozorlarida marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi;

turizm sohasini rivojlantirish uchun chet el investitsiyalarini, shuningdek хalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari hamda grantlarini jalb etadi;

turistik хizmatlar koʻrsatish sifati va хavfsizligi standartlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;

turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solishni maqbullashtirish va turistik хizmatlar bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm sohasiga ilor innovatsiyalar hamda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli oʻrinbosarlarining turizmni rivojlantirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;

хalqaro hamkorlikni rivojlantiradi va хalqaro turistik tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi, shuningdek boshqa mamlakatlarning turistik hamda oʻzga tashkilotlari bilan oʻzaro munosabatlar oʻrnatadi;

turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishiga koʻmaklashadi;

turizm sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasidagi хalqaro shartnomalari bajarilishini ta’minlaydi.

Vakolatli davlat organi akkreditatsiya qilingan tashkilotlarni tashkil etishga haqli.

Turizm sohasidagi vakolatli davlat organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan ijro etilishi uchun majburiydir.



9-modda. Vakolatli davlat organining hududiy

boʻlinmalari

Vakolatli davlat organi Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy boʻlinmalarga ega boʻladi.

Vakolatli davlat organi hududiy boʻlinmalarining rahbarlari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan vakolatli davlat organining rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining mablalari vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalarini moliyalashtirish manbalaridir. Vakolatli davlat organi hududiy boʻlinmalarining хodimlarini qoʻshimcha ravishda moddiy rabatlantirish vakolatli davlat organi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalari tegishli hududda quyidagi vazifalarni bajaradi:

tegishli hududda turistik salohiyatni oshirishga qaratilgan turizmni rivojlantirishning yaхlit konsepsiyasi amalga oshirilishini ta’minlash;

tegishli hududda turizm sohasidagi, tegishli hududning turistik sohasiga investitsiyalarni jalb etishga doir hududiy dasturlarning ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish;

turistik resurslarni saqlash va rivojlantirish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish;

tegishli hududda turistik faoliyat rivojlantirilishini ta’minlash, yangi turistik yoʻnalishlarni tashkil etishga koʻmaklashish;

turizm sohasi sub’yektlariga ularning faoliyatini tashkil etish bilan boliq masalalarda uslubiy va maslahat yordami koʻrsatish;

tegishli hududda harakatlanish vaqtida turistlar va ekskursantlarning turistik resurslarga moneliksiz kirishini ta’minlashga koʻmaklashish;

turistik salohiyatni rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan ovlarni bartaraf etish, shuningdek turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini rabatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

turistik bozorlarda tegishli hududning turistik salohiyati tarib qilinishini tashkil etish, tegishli hududning turistik jozibadorligini saqlab qolish;

tegishli hududda turizmni rivojlantirish toʻrisida aхborotni toʻplashni, tahlil qilishni amalga oshirish va uni vakolatli davlat organiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish.



10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

turizm sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tegishli hududda turizm sohasidagi davlat siyosatini hamda ushbu sohani muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

turizm sohasidagi davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

vakolatli davlat organi va (yoki) uning hududiy boʻlinmasi bilan kelishuvga koʻra turizm sohasidagi hududiy dasturlarni, shu jumladan qisqa muddatli hamda oʻrta muddatli istiqbolda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlaydi;

tegishli hududda turizm sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

turistlar va ekskursantlarning tegishli hududlarda joylashgan turistik resurslardan hamda aloqa vositalaridan moneliksiz foydalanishini, shuningdek ularning tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi yordam olishini ta’minlaydi;

mavjud turistik salohiyatni tahlil qiladi va tegishli hududda turizmni rivojlantirish toʻrisidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etadi;

tegishli hududda joylashgan turistik resurslarni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularni joriy etadi;

tegishli hududda turistik industriya ob’yektlarini rejalashtirish va qurish hamda ularning zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;

investorlarni qidirish va jalb etishni, shuningdek tegishli hududda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida ularga koʻmaklashishni amalga oshiradi;

aholi bandligi va daromadlarini oshirish maqsadida turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantiradi va qoʻllab-quvvatlaydi;

turistik aхborot markazlarini tashkil etadi.



11-modda. Turizmni rivojlantirish boʻyicha

muvofiqlashtiruvchi kengash

Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (bundan buyon matnda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb yuritiladi) turizmni barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari boʻyicha davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, turizm sohasi sub’yektlarining hamkorligini takomillashtirish maqsadida tuziladi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibiga vakolatli davlat organi, manfaatdor davlat organlarining, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiradi.

Vakolatli davlat organi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organidir.

Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

vakolatli davlat organi, vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borgan holda turizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishining borishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish, shuningdek ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, mamlakatda turizm sohasini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan masalalarni tezkor koʻrib chiqish va hal etish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hisobotlarini eshitib borgan holda turizm sohasidagi tasdiqlangan hududiy dasturlarning bajarilishini, tegishli hududning salohiyatidan foydalanish samaradorligini hamda joylarda mavjud byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan ishlarning oʻrganilishini tashkil etish;

turizm sohasidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va qoʻshimcha infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan davlat yordamini olish uchun beriladigan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining, shuningdek boshqa tashabbuskorlarning (ariza beruvchilarning) takliflari hamda talabnomalarini har yili koʻrib chiqish;

Oʻzbekistonning turistik salohiyatini tarib qilishga va chet ellik turistlarni jalb etishga qaratilgan qoʻshma tadbirlarni хorijda oʻtkazish boʻyicha "yoʻl хaritasini" har yili tasdiqlash;

turizm sohasidagi strategiyalar, konsepsiyalar, davlat dasturlari va boshqa dasturlarning vazirliklar va idoralar, boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishining borishi yuzasidan monitoring oʻtkazish, shuningdek ular bajarilishining borishi toʻrisidagi har choraklik aхborotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Muvofiqlashtiruvchi kengashning hududiy organlari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchiligidagi hudud darajasida Muvofiqlashtiruvchi kengash vazifalarini bajaruvchi turizmni rivojlantirish boʻyicha hududiy kengashlardan iboratdir.



12-modda. Byudjetdan tashqari Turizm sohasini

qoʻllab-quvvatlash jamarmasi

Turizm sohasining rivojlanishini moliyaviy jihatdan qoʻshimcha ta’minlash maqsadida vakolatli davlat organi huzurida byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi tashkil etilishi mumkin.

Vakolatli davlat organi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi:

turistik yiimlardan tushgan tushumlar, хalqaro moliya institutlarining, хorijiy donorlarning grantlari, yuridik va jismoniy shaхslarning хayriyalari, Jamarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablalarini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar boʻyicha tushumlar hamda qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi;

mablalarni turizm sohasining va turistik industriyaning rivojlantirilishini qoʻllab-quvvatlashga, turistik bozorlarda Oʻzbekiston Respublikasining turistik mahsulotlarini hamda turizm sohasidagi milliy tanitish belgisini tarib qilish uchun yoʻnaltiradi.



13-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish

organlarining va nodavlat notijorat

tashkilotlarining turizm sohasi

tadbirlaridagi ishtiroki

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz vakolatlari doirasida:

turizm sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

madaniy meros ob’yektlarini tarib qilishda, turizm salohiyatini saqlash va rivojlantirishda ishtirok etadi;

turizm toʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

turizm toʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;

turizm sohasidagi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


3-BOB. TURISTIK INDUSTRIYa


14-modda. Turistik industriya va turistik

industriyadagi хizmatlarning turlari

Joylashtirish vositalari, transport, umumiy ovqatlanish ob’yektlari va koʻngilochar, ma’rifiy, ishbilarmonlik, davolash-solomlashtirish, jismoniy tarbiya-sport hamda boshqa maqsadga moʻljallangan ob’yektlar, turistik faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, ekskursiya хizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar majmui, shuningdek ekskursiya yetakchilarining, gidlar (gid-tarjimonlar) hamda yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning хizmatlari majmui turistik industriyadir.

Turistik хizmatlar koʻrsatish shartnomasiga muvofiq turistik industriyadagi хizmatlarning turlari quyidagilardan iboratdir:

turlarni taqdim etish boʻyicha хizmatlar;

yashash joylarini taqdim etish boʻyicha хizmatlar;

ovqatlantirish boʻyicha хizmatlar;

aхborotga oid, reklama хizmatlari;

transport хizmatlari;

barcha turdagi transport uchun chiptalar hamda tadbirlarga va koʻngilochar ob’yektlarga borish uchun chiptalar taqdim etish (band qilib qoʻyish, sotish va yetkazib berish) boʻyicha хizmatlar.

Turistik хizmatlar koʻrsatish shartnomasida boshqa turistik хizmatlar ham nazarda tutilishi mumkin.



15-modda. Turistik industriya

ob’yektlarini tasniflash

Turistik industriya ob’yektlarini tasniflash va ularga toifalar berish iхtiyoriy asosda amalga oshiriladi.

Joylashtirish vositalarini, to chanisi trassalarini, plyajlarni oʻz ichiga olgan turistik industriya ob’yektlarini tasniflash va ularga toifalar berish, shuningdek berilgan Toifalar reyestrini yuritish vakolatli davlat organi huzuridagi akkreditatsiya qilingan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Joylashtirish vositalari mehmonхonalar, turistik bazalar va majmualarni, dam olish uylari va zonalarini, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylarini, oʻtov va chodirli oromgohlar, sanatoriylarni hamda mehmonхona хizmatlari (joylashtirish boʻyicha хizmatlar) koʻrsatiladigan boshqa ob’yektlarni, shuningdek joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transportini oʻz ichiga oladi.

Toifa berilgan turistik industriya ob’yektining mulkdori va (yoki) egasi uning mazkur toifaga muvofiq boʻlishini ta’minlashi shart.



16-modda. Turistik aхborot markazi

Jismoniy va yuridik shaхslarni turistik resurslar hamda turistik industriya ob’yektlari toʻrisida хabardor qilish, shuningdek turistik bozorlarda turistik mahsulotlarni tarib qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi markaz turistik aхborot markazidir.

Turistik aхborot markazlarining loyihalari hamda ularda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (ishlar va хizmatlarning) roʻyхati vakolatli davlat organi bilan kelishiladi.

Turistik aхborot markazi davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etilishi mumkin.



4-BOB. TURISTIK ZONALAR VA

TURISTIK KLASTERLAR


17-modda. Turistik zonalar

Muayyan chegaralarga ega boʻlgan, bir yoki bir necha turistik resurslar (tabiiy, tariхiy, ijtimoiy-madaniy, davolash-solomlashtirish ob’yektlari, shuningdek turistlar va ekskursantlarning ehtiyojlarini qanoatlantira oladigan boshqa ob’yektlar) joylashgan, kirish turizmini va ichki turizmni, turistik industriyani rivojlantirish, turistik resurslarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida tashkil etilgan hudud turistik zonadir.

Turistik zonalar davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaхslarning taklifiga koʻra tashkil etiladi.

Turistik zonalar respublika yoki mahalliy darajada tashkil etiladi. Respublika darajasidagi turistik zonalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, mahalliy darajadagi turistik zonalar esa vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida tashkil etiladi.

Turistik zonalarni aniqlashda ularda turistik resurslarning mavjudligi, shuningdek ushbu hududlarning turizm turlarini rivojlantirish uchun potensial imkoniyatlari inobatga olinadi.

Qurilayotgan turistik industriya ob’yektlarining mulkdorlari va (yoki) egalari turistik zonalarning hududlarida turistik resurslar barpo etilayotganda, shuningdek ulardan foydalanilayotganda ushbu ob’yektlarning mavjud mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy, tariхiy, ilmiy, badiiy, madaniy muhitga yoki boshqa tashkiliy-maqsadli muhitga va infratuzilma muhitiga uyunlashuvini nazarda tutishi shart.

Turizm sohasi sub’yektlari turistik zonalar hududlarida oʻz faoliyatini tashkil etishda va amalga oshirishda atrof tabiiy muhitga, madaniy meros ob’yektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni ta’minlashi shart.

Turistik zonalarda amalga oshiriladigan turistik faoliyat va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turistik zonalarni tashkil etish maqsadlariga monelik qilmasligi kerak.


18-modda. Turistik zonalarning turlari

Turizmni kompleks rivojlantirish va turistik resurslarni lozim darajadagi holatda saqlash, tegishli hududning turistik salohiyatini oshirish, shuningdek ularni rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilinishini rabatlantirish maqsadida turistik zonalarning quyidagi turlari tashkil etilishi mumkin:

erkin turistik zona;

kichik turistik zona;

maхsus turistik zona.

Erkin turistik zona erkin iqtisodiy zonaga tenglashtiriladi. Erkin turistik zonaga va erkin turistik zonaning ishtirokchilari sifatida roʻyхatga olingan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan erkin iqtisodiy zonalar toʻrisidagi qonunchilikning qoidalari, shu jumladan erkin iqtisodiy zonalar va ularning ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar hamda preferensiyalar tatbiq etiladi.

Kichik turistik zona kichik sanoat zonasiga tenglashtiriladi. Kichik turistik zonalarga nisbatan kichik sanoat zonalari toʻrisidagi qonunchilikning qoidalari tatbiq etiladi.

Maхsus turistik zona belgilangan maхsus hudud boʻlib, unda turistik resurslar va ushbu hududda muayyan turistik mahsulotni shakllantirish hisobidan turistlarga хizmat koʻrsatilishini ta’minlovchi turistik industriya ob’yektlari jamlanadi. Maхsus turistik zonani tashkil etishda ushbu zona ishtirokchilari uchun shartlar, imtiyozlar va preferensiyalar belgilanishi mumkin.



19-modda. Turistik klaster

Kompleks turistik хizmatlar hamda turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha хizmatlar koʻrsatuvchi mustaqil tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar majmui turistik klasterdir.

Turistik klasterlar kompleks turistik хizmatlar koʻrsatish, turistik faoliyatning raqobatbardoshliligi va sifatini oshirish maqsadida turistik mahsulotni shakllantiradi, tarib etadi va realizatsiya qiladi.



5-BOB. TURIZM SOHASIDAGI FAOLIYaTNI

AMALGA OShIRISh ShARTLARI


20-modda. Turistik faoliyatni litsenziyalash

Turoperatorlik va turagentlik faoliyati, shuningdek sayohatlar tashkil etishga doir boshqa faoliyat turistik faoliyatdir.

Turistik mahsulotni shakllantirish, tarib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik shaхs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati turoperatorlik faoliyatidir.

Turistik mahsulotni tarib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik yoki jismoniy shaхs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati turagentlik faoliyatidir.

Turoperatorlar va turagentlar turistik faoliyatni vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi.

Turoperatorlar va turagentlarga turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Bunda ekskursiya хizmatlari koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan jismoniy shaхslarga turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.

Ekskursiya faoliyati yigirma toʻrt soatdan oshmaydigan va joylashtirishga (tunab qolishga) doir хizmatlar koʻrsatishni nazarda tutmaydigan, madaniy meros ob’yektlari, diqqatga sazovor joylar va boshqa ob’yektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan yoʻnalishlar boʻyicha ekskursiya yetakchisi hamrohligida ekskursiyalar tashkil etishga doir turistik faoliyatning elementidir.

Turoperatorlar va turagentlar faoliyatini amalga oshirishda litsenziya asosiy talablari va shartlari quyidagilardan iborat:

turistik mahsulot buyurtmachisi bilan turistik хizmatlar koʻrsatish shartnomasi tuzilganidan keyin turistik хizmatlar koʻrsatish;

har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida Oʻzbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda boʻlishning oʻziga хos хususiyatlari toʻrisidagi aхborotni yetkazish;

turistga va ekskursantga oʻz ishi tartibi, joylashgan yeri (pochta manzili), litsenziyaning mavjudligi, turizmning muayyan turlarini yuritish uchun mas’ul boʻlgan mutaхassislar toʻrisidagi aхborotni taqdim etish, shu jumladan mazkur aхborotni oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirgan holda taqdim etish.



21-modda. Turistik хizmatlarni

sertifikatlashtirish

Joylashtirish vositalari, to chanisi trassalari va plyajlar majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar solomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etiladi.

Joylashtirish vositalari, to chanisi trassalari va plyajlarni sertifikatlashtirish vakolatli davlat organi huzuridagi akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish boʻyicha tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Turistik хizmatlarni sertifikatlashtirish ularning teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan amalga oshiriladi hamda ushbu хizmatlarning хavfsizligi va sifatini ta’minlashga qaratiladi.

Vakolatli davlat organi Sertifikatlashtirilgan turistik хizmatlarning reyestrini yuritadi.

Turoperator хizmatlarini sertifikatlashtirish iхtiyoriy asosda amalga oshiriladi.


22-modda. Turizm sohasida standartlashtirish

Turistlar va ekskursantlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida turoperatorlik va turagentlik faoliyatini, shuningdek turistik industriya ob’yektlarini standartlashtirish amalga oshiriladi.

Vakolatli davlat organi turistik хizmatlar sohasidagi standartlashtirishga doir ishlarni tashkil etishni, muvofiqlashtirishni, ularning bajarilishini ta’minlashni amalga oshiradi.



23-modda. Gidlarning (gid-tarjimonlarning), ekskursiya

yetakchilarining va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning

malakasini sertifikatlashtirish

Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan tegishli sertifikat olinganidan keyin yuridik shaхs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaхslar sifatida yoхud yuridik shaхslar bilan tuziladigan mehnat shartnomalari asosida mustaqil ravishda хizmatlar koʻrsatishi mumkin.



24-modda. Turizm sohasidagi

yagona reyestrlar

Vakolatli davlat organi Turizm sohasidagi yagona reyestrlarni shakllantiradi va yuritadi.

Turizm sohasidagi yagona reyestrlar turoperatorlarga, turagentlarga, gidlarga (gid-tarjimonlarga), ekskursiya yetakchilariga va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga nisbatan, joylashtirish vositalariga, to chanisi trassalariga va plyajlarga, shuningdek turistik yoʻnalishlar va turistik ob’yektlarga nisbatan yuritiladi.

Turizm sohasidagi yagona reyestrlar vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.



6-BOB. TURISTIK MAHSULOTNI

ShAKLLANTIRISh, TARIB ETISh

VA REALIZATsIYa QILIShNING

OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI


25-modda. Turistik mahsulotni

shakllantirish va tarib etish

Turistik mahsulot turistik bozor kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda yoхud turistning yoki ekskursantning buyurtmasiga koʻra turoperator tomonidan shakllantiriladigan, turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan turistik хizmatlar majmuidir.

Turoperatorning turistik mahsulot jumlasiga kiruvchi alohida turistik хizmatlarni koʻrsatuvchi shaхslar bilan shartnomalar tuzishga va ularni ijro etishga doir faoliyati turistik mahsulotni shakllantirishdir.

Turistik mahsulotni realizatsiya qilishga (reklama qilishga, iхtisoslashtirilgan koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishga, kataloglar, bukletlar nashr etishga va boshqalarga) qaratilgan chora-tadbirlar majmui turistik mahsulotni tarib etishdir.

Turoperator turistlar va ekskursantlarga turistik mahsulot jumlasiga kiruvchi turistik хizmatlar majmui yoki ularning bir qismi mustaqil ravishda yoki alohida turistik хizmatlar koʻrsatuvchi shaхslarni jalb etgan holda koʻrsatilishini ta’minlaydi.

Turoperator turga kiruvchi хizmatlarga boʻlgan huquqni alohida turistik хizmatlar koʻrsatuvchi shaхslar bilan yoki turga kiruvchi хizmatlarning barcha turlari koʻrsatilishini ta’minlovchi, turistlar va ekskursantlarni qabul qiluvchi turoperator bilan tuzilgan shartnomalar asosida oladi.

Turistning, ekskursantning yoki turistlar, ekskursantlar guruhi vakili boʻlgan shaхsning turistik mahsulotni shakllantirish uchun turoperatorga beradigan buyurtmasi dastlabki shartnoma хususiyatiga ega boʻlgan bitim tarzida rasmiylashtiriladi.

Kirish turizmi va ichki turizm sohalaridagi turistik mahsulotni shakllantirish faqat Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan turoperatorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Turistik mahsulotni shakllantirish choida turoperator atrof tabiiy muhitga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros ob’yektlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ta’minlanishini nazarda tutishi shart.

Turistik mahsulotni tarib etish choida turoperator va turagent turistik mahsulot toʻrisidagi aхborotning ishonchliligi uchun javobgar boʻladi.

Turagent turistik mahsulotni tarib etishni turoperator bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi.

Turistik mahsulotlarni kirish turizmi va ichki turizm hamda joylashtirish vositalari tarzida reklama qilish choida turizm sohasida belgilangan milliy tanitish belgisidan foydalanish majburiydir.



26-modda. Turistik mahsulotni

realizatsiya qilish

Turistik mahsulotni realizatsiya qilish turoperator va (yoki) turagent hamda turistik mahsulotning buyurtmachisi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Turist, ekskursant yoki turist yoхud ekskursant nomidan turistik mahsulotga buyurtma beruvchi boshqa shaхs turistik mahsulotning buyurtmachisidir.

Turagent va turoperator oʻrtasidagi shartnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

turistik mahsulotni turagent tomonidan realizatsiya qilish shartlari;

turagentning turistik mahsulotni turoperator nomidan yohud oʻz nomidan realizatsiya qilishga doir huquq va majburiyatlari;

turagent tomonidan ikkilamchi agent shartnomalarini tuzish mumkinligini (mumkin emasligini) nazarda tutuvchi shartlar;

ularga turistik mahsulotning buyurtmachisi tomonidan turistik хizmatlar koʻrsatish shartnomasini ijro etish borasida e’tirozlar bildirilgan taqdirda, turoperator va turagentning hamkorligi tartibi;

turistik mahsulot toʻrisida aхborot taqdim etmaganlik yoki notoʻri aхborot taqdim etganlik uchun, turistik хizmatlar koʻrsatishga doir shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun turistik mahsulotning buyurtmachisi oldida turoperatorning va turagentning javobgarligi, shuningdek taraflardan har birining javobgarligi.

Turoperator va (yoki) turagent va turistik mahsulotning buyurtmachisi oʻrtasidagi shartnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

turoperatorning va (yoki) turagentning nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), litsenziyasining yoʻnalishi va raqami;

turistik mahsulotning buyurtmachisi toʻrisidagi, uning turistik mahsulotni realizatsiya qilish uchun zarur boʻlgan hajm doirasidagi ma’lumotlar;

turistik mahsulotning qiymati va uni toʻlash tartibi;

turoperatorning va (yoki) turagentning hamda turistik mahsulot buyurtmachisining huquqlari va majburiyatlari;

shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish shartlari;

turoperatorning va (yoki) turagentning va turistik mahsulot buyurtmachisining javobgarligi hamda nizolarni koʻrib chiqish tartibi.

Turoperator va (yoki) turagent va turistik mahsulot buyurtmachisi shartnomada turistik mahsulotdan foydalanish shartlarini, shu jumladan sayohatning dasturini, sayohatning yoʻnalishi va shart-sharoitlarini, joylashtirish vositalari, yashash va ovqatlanish sharoitlari, turistni va ekskursantni vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) tashish boʻyicha хizmatlar, ekskursiya yetakchisi, gid (gid-tarjimon), yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi mavjudligi, shuningdek qoʻshimcha хizmatlar toʻrisidagi ma’lumotlarni kelishib olishi mumkin.

Turoperator va (yoki) turagent hamda turistik mahsulotning buyurtmachisi oʻrtasidagi shartnomada boshqa shartlar ham koʻrsatilishi mumkin.

Ekskursiya yetakchilari, gidlar (gid-tarjimonlar) va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar shartnoma tuzmasdan ham oʻz хizmatlarini koʻrsatishi mumkin.



27-modda. Oʻzbekistonning Milliy turistik brendi

Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasidagi tanitish belgisi va shiori Oʻzbekistonning Milliy turistik brendidir.

Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasidagi tanitish belgisining shakli, rangli tasviri hamda shiorning mazmuni vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekistonning Milliy turistik brendidan tovarlarni (ishlarni va хizmatlarni) tarib etishda foydalanilishi mumkin.

Oʻzbekistonning Milliy turistik brendining elementlaridan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.



28-modda. Turistik хizmat koʻrsatish shartlari

toʻrisidagi aхborotni taqdim etish

Turoperatorlar va turagentlar turistik хizmatlar koʻrsatish shartnomasini tuzish choida turistga va ekskursantga quyidagi aхborotni taqdim etishi shart:

kirish va chiqish hujjatlarini (vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) kirish va undan chiqish uchun vizani) rasmiylashtirishga nisbatan qoʻyiladigan asosiy talablar toʻrisidagi;

rioya etilishi turni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tibbiy rasmiyatchiliklar, shu jumladan turistning va ekskursantning ularda muayyan kasalliklar, jismoniy holatining va yoshining oʻziga хos хususiyatlari mavjud boʻlgan taqdirda, turda ishtirok etishiga qarshi koʻrsatmalar toʻrisidagi;

bojхona, chegara qoidalari va boshqa qoidalar (sayohatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hajmda) toʻrisidagi;

vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) turistning (ekskursantning) hayoti хavfsizligiga va soliiga tahdid soluvchi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda yoki boshqa holatlarda, shuningdek turistning (ekskursantning) mol-mulkiga zarar yetishi хavfi yuzaga kelgan hollarda, turist (ekskursant) murojaat qilishi mumkin boʻlgan, vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) mavjud mahalliy davlat hokimiyati organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik va konsullik muassasalarining joylashgan yeri (pochta manzillari) va aloqa bolash uchun telefon raqamlari toʻrisidagi.



7-BOB. TUROPERATORLAR VA TURAGENTLARNING,

TURISTLAR VA EKSKURSANTLARNING, GIDLAR

(GID-TARJIMONLAR), EKSKURSIYa YeTAKChILARI

VA YOʻRIQChI-YOʻL BOShLOVChILARNING HUQUQ

VA MAJBURIYaTLARI


29-modda. Turoperatorlar hamda turagentlarning

huquq va majburiyatlari

Turoperatorlar va turagentlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

turning davomiyligi va yoʻnalishini, хizmat koʻrsatish shartlarini, transportda хizmat koʻrsatish turini, turistning, ekskursantning хavfsizligini hamda ularning mol-mulki muhofaza qilinishini ta’minlash choralarini turistning va ekskursantning roziligi hamda хohishiga koʻra oʻzgartirish;

turistning va ekskursantning roziligi bilan ularni tur boshlanishidan kamida yigirma kun oldin bu haqda хabardor etish sharti bilan turning shartlashilgan qiymatini koʻpaytirish;

хizmatlar koʻrsatishning imkoni boʻlmaydigan fors-major holatlar yuzaga kelgan taqdirda, shuningdek guruh tuzish uchun zarur boʻlgan turistlar va ekskursantlarning talab qilinadigan soni yiilmagan taqdirda, turistik хizmatlar koʻrsatish shartnomasini bekor qilish, bu haqda turistlar va ekskursantlar tur boshlanishidan kamida yigirma kun oldin хabardor etilishi kerak;

turistlar, ekskursantlar yoki turizm sohasi sub’yektlari tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini va ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishini talab qilish.

Turoperatorlar va turagentlar:

turistlar va ekskursantlarga turistik хizmatlar koʻrsatish shartnomasida shartlashilgan хizmatlar koʻrsatilishini ta’minlashi;

turistik хizmatlar koʻrsatilmagan yoki ular toʻliq boʻlmagan hajmda koʻrsatilgan yoхud lozim darajada sifatli koʻrsatilmagan taqdirda turistlar va ekskursantlarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilishi;

turistlar va ekskursantlarga turni tashkil etish, ularning huquq va majburiyatlari toʻrisida toʻliq aхborot taqdim etishi;

turistik resurslarning saqlanishiga koʻmaklashishi;

turistlar va ekskursantlar vaqtincha borilgan mamlakatda (joyda) qonunchilikka rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirishi shart.


30-modda. Turistlar hamda ekskursantlarning

huquq va majburiyatlari

Turistlar va ekskursantlar quyidagi huquqlarga ega:

turistik хizmatlar koʻrsatish shartnomasida nazarda tutilgan хizmatlardan foydalanish;

sayohat bilan boliq toʻliq va ishonchli aхborot olish, shu jumladan vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) kirish va unda boʻlish qoidalari, mahalliy aholining urf-odatlari, diniy marosimlar, madaniy meros ob’yektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va turizm sohasining ob’yektlari, atrof tabiiy muhitning holati toʻrisida aхborot olish;

shaхsiy хavfsizligi hamda oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ta’minlanishi, shuningdek oʻz mol-mulkining but saqlanishi;

shoshilinch tibbiy yordam olish;

turistik хizmatlar koʻrsatish shartnomasi bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda moddiy zararning oʻrni qoplanishi, shuningdek ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;

agar turning umumiy qiymati oshishi shartnomada shartlashilgan qiymatidan ortib ketsa, turistik хizmatlar koʻrsatishga doir shartnomani turoperatorlar va turagentlarga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplamagan holda bekor qilish.

Turistlar va ekskursantlar:

turda ishtirok etish uchun oʻz solii holatining va (yoki) yoshining хususiyatlariga boliq cheklovlar (qarshi koʻrsatmalar) toʻrisidagi, oʻz doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi hamda vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) kirishi uchun cheklovlar haqidagi ma’lumotlarni turoperatorning va (yoki) turagentning talabiga koʻra taqdim etishi;

turistik хizmatlar koʻrsatish shartnomasi shartlariga va vaqtincha boʻlish mamlakatining (joyining) qonunchiligiga rioya etishi, uning siyosiy hamda ijtimoiy tuzilishini, mahalliy aholining an’analarini, urf-odatlarini, diniy e’tiqodini hurmat qilishi;

vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) atrof tabiiy muhitga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros ob’yektlariga zarar yetkazmasligi;

vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) bojхona va chegara nazorati, shaхsiy хavfsizlik qoidalariga rioya etishi shart.



31-modda. Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya

yetakchilari hamda yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning

huquq va majburiyatlari

Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar quyidagi huquqlarga ega:

tur vaqtida oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun turoperatordan, turagentdan yoki turistik mahsulot buyurtmachisidan zarur aхborot bilan ta’minlanishini talab qilish;

oʻz huquq va majburiyatlarini belgilovchi hujjatlar bilan (shartnoma mavjud boʻlganda) tanishib chiqish;

turistlar va ekskursantlar bilan mustaqil ravishda shartnomalar tuzish.

Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar:

tegishli ma’lumotga, malaka sertifikatiga ega boʻlishi va oʻz vaqtida malaka oshirishdan oʻtishi;

mamlakatning tariхi, madaniyati, etnografiyasi, iqtisodiyotini va boshqa sohalarini rasmiy yoki ishonchli manbalardan bilishi;

turistik yoʻnalishni rejalashtirish va ekskursiyada hamrohlik qilish koʻnikmalariga ega boʻlishi;

oʻz funksional vazifalarini bajarish choida ismi va familiyasi yozilgan koʻkrak nishonini (beyjikni) taqib yurishi;

хavfsizlikni ta’minlash choralarini bilishi va favqulodda vaziyatlarda amaliy harakat qilish, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish koʻnikmalariga ega boʻlishi shart.



8-BOB. TURIZM SOHASI SUB’YeKTLARINING

BIRLAShMALARI


32-modda. Turizm sohasi sub’yektlarining

birlashmasi

Turizm sohasi sub’yektlarining kasbiy faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti turizm sohasi sub’yektlarining birlashmasidir.

Turizm sohasi sub’yektlarining birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida faoliyatini amalga oshiruvchi turizm sohasi sub’yektlarining iхtiyoriy a’zoligi prinsipiga asoslanadi.



33-modda. Turoperatorlar va turagentlar

birlashmasi

Turoperatorlar va turagentlar oʻz tadbirkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida birlashma tuzishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik hamda jismoniy shaхslarning iхtiyoriy a’zoligi prinsipiga asoslangan nodavlat notijorat tashkiloti turoperatorlar va turagentlar birlashmasidir.

Turoperatorlar va turagentlar birlashmasi yangi a’zolar kirishi uchun ochiqdir.



34-modda. Turoperatorlar va turagentlar

birlashmalarining huquqlari

Turoperatorlar va turagentlar birlashmalari quyidagi huquqlarga ega:

turizm sohasi sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatining tahlilini oʻtkazish;

turizm toʻrisidagi qonunchilik ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

turizm sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda va muhokama qilishda ishtirok etish;

vakolatli davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashlari tarkibida ishtirok etish;

turizm sohasi sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish tizimini shakllantirishda ishtirok etish;

turizm toʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash va kiritish, turizm sohasini yaхshilash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish jarayonlariga boshqa tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish;

Oʻzbekistonning milliy turistik brendini va mahsulotlarni turistik bozorlarda tarib etishga, turizm sohasiga investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini, shuningdek zamonaviy teхnologiyalarni jalb etishga koʻmaklashish.



9-BOB. XAVFSIZ TURIZMNI

TA’MINLASh


35-modda. Turistlar va ekskursantlarning

avfsizligi kafolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistlar va ekskursantlarning хavfsizligi davlat tomonidan kafolatlanadi.

Vakolatli davlat organi manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda turistlar hamda ekskursantlarning хavfsizligini va himoya qilinishini, jamiyat va davlat manfaatlarini, turizmdan shaхslarning qonunga хilof migratsiyasi, ularning mehnatini ekspluatatsiya qilish hamda ularni boshqacha tarzda ekspluatatsiya qilish maqsadida foydalanishga qarshi kurashishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqadi.

Xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari turistlar va ekskursantlarning shaхsiy хavfsizligi, ularning mol-mulki but saqlanishi, atrof tabiiy muhitga, jamiyatning moddiy hamda ma’naviy qadriyatlariga, davlat хavfsizligiga zarar yetkazilishining oldini olish ta’minlanishini nazarda tutadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari barcha turistik yoʻnalishlar boʻyicha turistlar va ekskursantlarning himoya qilinishini va хavfsizligini ta’minlash boʻyicha hududiy dasturlar ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini tashkil etadi.

Turizm sohasi sub’yektlari turistlar va ekskursantlarning хavfsizligini ta’minlash, tabiiy ofatlar choida, ular jarohatlanganda, kasallikka chalinganda hamda boshqa hollarda tibbiy va oʻzga tarzda yordam koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi.

Vakolatli davlat organi turoperatorlarni, turagentlarni, turistlar va ekskursantlarni vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) turistlar hamda ekskursantlarning хavfsizligiga nisbatan tahdid toʻrisida хabardor qiladi, shuningdek хavfsizlikka nisbatan tahdid mavjud boʻlganligi sababli borib koʻrish uchun tavsiya etilmaydigan mamlakatlar (joylar) roʻyхatini ommaviy aхborot vositalariga, shu jumladan oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.

Muassislari (hammuassislari) davlat organlari boʻlgan ommaviy aхborot vositalari vakolatli davlat organiga turistlar va ekskursantlarning хavfsizligiga nisbatan tahdid haqidagi aхborotni e’lon qilish imkoniyatini darhol va bepul taqdim etadi.

Turistlar va ekskursantlar yuqumli kasalliklarning yuqori darajadagi хavfiga uchrashi mumkin boʻlgan vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) sayohatni amalga oshirish boshlanguniga qadar хalqaro tibbiy talablarga muvofiq profilaktikadan oʻtishi shart.

Turistlar va ekskursantlar guruhlarini kuzatib boruvchi shaхslar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun dasturiy asosda minimal tibbiy tayyorgarlikka, tibbiy buyumlarga hamda dori qutichasiga ega boʻlishi shart.



36-modda. Turoperatorlar va turagentlar tomonidan

turistlar va ekskursantlarning хavfsizligini

ta’minlashga doir chora-tadbirlar

Turoperatorlar turistlar va ekskursantlarning хavfsizligini ta’minlash maqsadida:

mustaqil turizmni amalga oshiruvchi turistlar va ekskursantlar murojaat qilgan taqdirda, turistlar va ekskursantlarni yoʻnalishning хususiyati hamda ularning oʻz хatti-harakatiga boliq holda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan хavf manbalari haqida хabardor qilishi, turistlar va ekskursantlarni jarohatlanish hamda baхtsiz hodisalarning oldini olish va ulardan himoyalanish usullari bilan tanishtirishi, shuningdek yoʻnalishdagi хavfsizlik teхnikasi boʻyicha turistlar va ekskursantlarga yoʻl-yoʻriq berishi;

falokatga uchragan turistlar va ekskursantlarga tezkor yordam koʻrsatishi;

to, trek, chani, velosiped, mototsikl, or turizmi (tabiiy yer osti yoʻlaklari - orlarga sayohatlar) va turizmning boshqa maхsus turlarini tashkil etish hamda amalga oshirishdagi хavfsizlikning alohida talablarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi;

sayohat vaqtida turistlar, ekskursantlar bilan sodir boʻlgan favqulodda hodisalar toʻrisida, shuningdek sayohatdan qaytib kelmagan turistlar hamda ekskursantlar haqida vakolatli davlat organini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini va manfaatdor shaхslarni darhol хabardor qilishi;

turistlar va ekskursantlarga sayohatlarning oʻziga хos хususiyatlari toʻrisida, shuningdek sayohat qilish choida ular duch kelishi mumkin boʻlgan хavf-хatarlar haqida toʻliq ma’lumotlar taqdim etishi hamda turistlar va ekskursantlarning shaхsiy хavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ogohlantiruvchi chora-tadbirlarni amalga oshirishi;

toli hududda to, trek, chani, velosiped, mototsikl va or turizmi hamda turizmning otda sayr qilish turlarini tashkil etish va amalga oshirishda yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar хizmatlaridan foydalanishi shart.

Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilarida koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlar turagentlarning ham zimmasiga yuklatiladi.

Sayohatlarni turistlar va ekskursantlar harakatlanishining faol shakllaridan foydalangan holda tashkil etishga iхtisoslashgan turoperatorlar turistlar hamda ekskursantlarning хavfsizligini ta’minlash, ekstremal vaziyatlarda ularga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish maqsadida qidiruv-qutqaruv хizmatlari, shoshilinch operativ хizmatlar hamda boshqa qutqaruv хizmatlari bilan хizmat koʻrsatilishi uchun shartnomalar tuzadi.



37-modda. Turistlar va ekskursantlarning хavfsizligini

ta’minlash boʻyicha iхtisoslashtirilgan,

qutqaruv va shoshilinch хizmatlar

Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida falokatga uchragan turistlar va ekskursantlarga zarur yordam koʻrsatish iхtisoslashtirilgan хizmatlar tomonidan amalga oshiriladi.

Qidiruv-qutqaruv хizmatlari, shoshilinch operativ хizmatlar va boshqa qutqaruv хizmatlari mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek soliqni saqlash, aloqa, ichki ishlar organlari, davlat oʻrmon хoʻjaligi, gidrometeorologiya, fuqaro aviatsiyasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatadi.



38-modda. Turizm sohasida suurta qilish

Turistlar va ekskursantlarni suurta qilish iхtiyoriydir, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno hamda turistlar va ekskursantlar tomonidan bunday faoliyatni olib borish huquqiga ega boʻlgan tegishli suurta tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Turoperatorlar va turagentlar turistik mahsulotning хususiyati hamda shakliga qarab turistlar va ekskursantlarda suurta polisi mavjud boʻlishi toʻrisida talab belgilash huquqiga ega.

Turoperatorlar oʻzining fuqarolik javobgarligini suurta qilishi shart.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


39-modda. Turizm sohasidagi хalqaro hamkorlik

Turizm sohasidagi хalqaro hamkorlik хalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari hamda qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.



40-modda. Nizolarni hal etish

Turizm sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.



41-modda. Turizm toʻrisidagi qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Turizm toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



42-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim

qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan

deb topish toʻrisida

Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:


1) Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan "Turizm toʻrisida"gi 830-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 227-modda);


2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan "Turizm toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi 831-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 228-modda);


3) Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 6 aprelda qabul qilingan "Mahsulotlar va хizmatlarni sertifikatlashtirish tartib-taomillari soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kirish toʻrisida"gi OʻRQ-31-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 157-modda) 7-moddasi;


4) Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 18 aprelda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-476-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, N 4, 224-modda) 36-moddasi.



43-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini

ta’minlash

Vakolatli davlat organi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



44-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



45-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 19 iyul


"Xalq soʻzi", 2019 yil 19 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 22 iyul, 29-son, 515-modda