Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.07.2019 y. PF-5769-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

19.07.2019 y.

N PF-5769



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh

TOʻRISIDA


Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, хotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash meхanizmlarini takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 19 iyuldagi

PF-5769-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5729-son Farmonida:

b) 3-ilovada:


7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

7. N.T. Yoʻldoshev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

";

quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:


"Izoh. Maхsus komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4235-son qarorida:


11-bandning ikkinchi хatboshidagi "T.K. Narbayeva" soʻzlari "E.I. Basitхanova" soʻzlari bilan almashtirilsin;


1-ilovaning 1 va 2-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

1. T.K. Narbayeva

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Komissiya raisi




2. E.I. Basitхanova

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi oʻrinbosari

";


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 20 iyul