Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.07.2019 y. 610-son "Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik sub’yektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.07.2019 y.

N 610



ELEKTR ENERGIYaSI, ShU JUMLADAN,

ENERGIYaNING QAYTA TIKLANADIGAN

MANBALARIDAN ELEKTR ENERGIYaSI IShLAB

ChIQARADIGAN TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARINI

YaGONA ELEKTROENERGETIKA TIZIMIGA ULASh

REGLAMENTINI TASDIQLASh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Elektr energetikasi tarmoini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 23 oktyabrdagi PQ-3981-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik sub’yektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi tasdiqlangan Reglamentning bajarilishi nazorat qilinishini va elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik sub’yektlarining yagona elektroenergetika tizimining elektr tarmoqlariga kamsitilmasdan ulanishini ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmuni va mohiyati ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsinlar.


4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 iyul