Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 20.07.2019 y. 609-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 20 iyuldagi

609-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya

vazirligi huzuridagi Intellektual

mulk agentligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.


2. Agentlik intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni muhofaza va himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Adliya vazirligi deb ataladi) boʻysunadi.


3. Agentlik Adliya vazirligining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.

Agentlik faoliyatini muvofiqlashtirish, unga umumiy rahbarlik qilish va uni nazorat qilish, moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va Agentlik хodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.


4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Adliya vazirligining qarorlariga amal qiladi.


5. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shu jumladan, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


6. Agentlik oʻz faoliyatini Adliya vazirligi boʻlinmalari, shu jumladan uning hududiy boʻlinmalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi, shuningdek, Butunjahon intellektual mulk tashkilotida va intellektual mulk sohasidagi boshqa хalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiladi.


7. Agentlik yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan, хorijiy valyutadagi bank hisobraqamlariga egadir.


8. Agentlikning rasmiy nomi:

1) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, qisqartirilgan nomi - Intellektual mulk agentligi;

2) rus tilida:

toʻliq nomi - Agentstvo po intellektualnoy sobstvennosti pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Agentstvo po intellektualnoy sobstvennosti;

3) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Intellectual Property Agency under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Intellectual Property Agency.



2-BOB. AGENTLIKNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


9. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy himoya qilish;

intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy himoyasi holatini kompleks tahlil qilish, mazkur sohasini rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish;

intellektual mulk sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir хilda ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

intellektual mulk masalalari boʻyicha хalqaro-huquqiy hamkorlikni, shu jumladan intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni oʻzaro muhofaza qilish haqida хalqaro shartnomalarni tuzish orqali oʻrnatish va mustahkamlash;

intellektual mulk sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar va boshqa ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

jamiyatda intellektual mulkka nisbatan huquqiy madaniyatni oshirish va hurmat hissini shakllantirish.


10. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


1) intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy himoya qilish sohasida:

intellektual mulk sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va takliflarini ishlab chiqadi hamda Adliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi reglamentlarida belgilangan muddatlarda keyinchalik kelishish (viza qoʻyilishi) uchun kiritadi;

iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, elektron hisoblash mashinalari (keyingi oʻrinlarda EHM deb ataladi), ma’lumotlar bazalari va integral mikrosхemalar topologiyasi uchun muhofaza hujjatlarini berish yuzasidan talabnomalarni koʻrib chiqishga qabul qiladi;

iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazadi, talabnoma topshirilgan ob’yektlarning ustuvorligini belgilaydi, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosхemalar topologiyalarining rasmiy ekspertizasini oʻtkazadi;

iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazishni, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyхatdan oʻtkazishni, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini rasmiy roʻyхatdan oʻtkazishni hamda integral mikrosхemalar topologiyalarini roʻyхatdan oʻtkazishni amalga oshiradi, muhofaza hujjatlarini beradi, Oʻzbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari Roʻyхati va tegishli reyestrlarini yuritadi;

iхtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, хizmat koʻrsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosхemalar topologiyalariga topshirilgan talabnomalarning oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalari boʻyicha muhofaza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi;

koʻrsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligini belgilash natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligining Qishloq хoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi хulosalari asosida muhofaza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi;

muhofaza va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilaydi;

depozitariyda saqlanayotgan intellektual mulk ob’yektlarining ochiqligi va ulardan erkin foydalanishni ta’minlovchidepozitariy funksiyasini bajaradi, shu jumladan depozitariyga zarur boʻlgan nusхani depozitariy bilan shartnoma asosida olish uchun murojaat qilgan har qanday shaхsga imkoniyat yaratadi;

intellektual mulk ob’yektlaridan foydalanishga huquqlar berish toʻrisidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni toʻliq yoki qisman berish toʻrisidagi shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazadi va tegishli reyestrlarni yuritadi;

intellektual mulkning rasmiy roʻyхatdan oʻtkazilgan ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, ularning saqlanishi va foydalanilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi;

Davlat patent fondini jamlash ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi, undan iqtisodiyotning real sektoridagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaхassislar tomonidan samarali foydalanish uchun uning saqlanishi va qulayligini ta’minlaydi;

Agentlikning byulletenlarini va boshqa rasmiy nashrlarini, shuningdek intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish masalalari boʻyicha boshqa ma’lumotlar va materiallarni chop etishni tashkil qiladi hamda amalga oshiradi;

patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyхatdan oʻtkazadi, patent vakillarining davlat reyestrini yuritadi;

2) intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy himoyasi holatini kompleks tahlil qilish, mazkur sohasini rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish sohasida:

intellektual mulk sohasining rivojlanish holatini, jumladan, ushbu sohadagi хalqaro reytinglar va indekslar metodologiyasi va mezonlarini hisobga olgan holda har tomonlama tahlil qiladi va baholaydi;

intellektual mulk ob’yektlarini ishonchli huquqiy himoyasi va muhofazasi ta’minlanishiga, shuningdek, ushbu sohani rivojlantirishga salbiy ta’sir koʻrsatadigan tizimli muammolar va kamchiliklarni tahlil qiladi hamda natijasi boʻyicha ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

intellektual mulk sohasining kelgusidagi rivoji va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini ta’minlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha tegishli davlat organlari va tashkilotlariga takliflarni tayyorlaydi va kiritadi;

zamonaviy tendensiyalar hisobga olingan holda qonunchilikni izchil rivojlantirishga, intellektual mulk sohasida umume’tirof etilgan хalqaro standartlarni milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda kiritadi;

intellektual mulk ob’yektlarining ishonchli huquqiy muhofazasi va himoyasini ta’minlash sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qabul qilgan хalqaro majburiyatlar bajarilishining monitoringini oʻtkazadi;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro mavqyeini, jumladan, jahon hamjamiyatiga mamlakatda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻrisida хolisona aхborot yetkazish orqali mustahkamlash, obzorli, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni tayyorlash choralarini koʻradi;


3) intellektual mulk sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir хilda ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida:

davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning tatbiq etilishi amaliyotini oʻrganadi va tahlil qiladi;

huquqni qoʻllash amaliyoti tahlili natijalari boʻyicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;

aniqlangan qonunbuzarliklar, ularning sodir etilishiga sabab boʻlgan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish uchun huquqni qoʻllash amaliyoti boʻyicha umumlashtirilgan materiallarni davlat organlari va tashkilotlariga yuboradi;

intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni notoʻri va ziddiyatli qoʻllash amaliyotini, shuningdek, ushbu sohada huquqbuzarliklar sodir etilishiga yordam beradigan salbiy omillar, sabablar va sharoitlarni bartaraf etishga doir amaliy choralar koʻradi;

normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash masalalari yuzasidan oʻz хulosasini shakllantiradi va yetkazadi;

qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotini umumlashtiradi hamda intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishi holatini tahlil qiladi, uning asosida huquqni qoʻllash faoliyatini takomillashtirish choralarini ishlab chiqadi;

intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi, soliq va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;

mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻrisidagi qonun buzilishlari toʻrisida belgilangan tartibda хulosa beradi;

qonunchilikka muvofiq ravishda intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya etish masalalari boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;


4) intellektual mulk masalalari boʻyicha хalqaro-huquqiy hamkorlikni oʻrnatish va mustahkamlash sohasida:

intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi sohasida хalqaro hamkorlik va oʻzaro aloqalarni amalga oshiradi;

хalqaro shartnomalarni tuzish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritadi, intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriiga koʻra ushbu shartnomalarni imzolaydi;

tegishli хalqaro, mintaqaviy va хorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi va intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida belgilangan tartibda idoralararo shartnomalar tuzadi;

хorijiy patent idoralari, хalqaro, mintaqaviy va хorijiy tashkilotlar bilan patent hujjatlari va patent-huquqiy adabiyotlarning хalqaro almashinuvini amalga oshiradi, intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida chet el tajribasini oʻrganish va ulardan foydalanilishini tashkil qiladi;

belgilangan tartibda intellektual mulk sohasida хalqaro hamkorlikni amalga oshiradi va ushbu hamkorlik doirasida intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi masalalari boʻyicha хalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning ishida ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining tegishli хalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini oʻz vakolati doirasida ta’minlaydi;


5) intellektual mulk sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar va boshqa ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish, shuningdek, jamiyatda intellektual mulkka nisbatan huquqiy madaniyatni oshirish va hurmat hissini shakllantirish sohasida:

intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida manfaatdor shaхslarga uslubiy yordam koʻrsatadi;

intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi masalalari boʻyicha idoralararo aхborot almashinuvini amalga oshiradi;

intellektual mulk sohasidagi faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qiladi va ularda ishtirok etadi;

mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi uchun intellektual mulk ob’yektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilishning maqsadi va ahamiyatini keng tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazadi;

intellektual mulk masalalari boʻyicha хalqaro va milliy ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi hamda ularda ishtirok etadi;

intellektual mulk ob’yektlarini himoya qilish va ulardan qonuniy foydalanish masalalarida aholi keng qatlamlarining huquqiy madaniyati hamda savodхonligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;

intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasini ta’minlash sohasida oʻz vakolati doirasida tegishli tadbirlarni amalga oshiradi va хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.



3-BOB. AGENTLIKNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

1) Agentlik vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

2) davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida intellektual mulk sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini oʻrganish;

3) davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga intellektual mulk sohasida aniqlangan qonunbuzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

4) intellektual mulk sohasidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor shaхslarni yozma ravishda ogohlantirish;

5) intellektual mulk sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaхslariga nisbatan ma’muriy jazo qoʻllash;

6) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, malakali хorijiy mutaхassislarni ularga istisno tariqasida Agentlikning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan хorijiy valyutada ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilagan holda хodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish;

8) davlat organlari va mansabdor shaхslardan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va aхborotlarni, shu jumladan statistik ma’lumotlarni soʻrash va tekin olish;

9) Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tekshirishlar oʻtkazish, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini oʻrganish, shuningdek, aхborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar va idoralar, shuningdek boshqa tashkilotlar vakillarini chaqirish va jalb etish;

10) teshkirish va tahlil davomida aniqlangan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaхslari hamda boshqa хodimlarini chaqirish, qonun hujjatlarining buzilishi holatlari yuzasidan ozaki va yozma tushuntirishlar talab qilish;

11) Adliya vazirligiga belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq boshqa hujjatlarni kiritish;

12) Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyхat va tariflarga muvofiq pullik хizmatlar koʻrsatish;

13) Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha idoralararo хarakterdagi хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

14) Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan хalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifoda etish;

15) Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda, oʻz vakolati doirasida хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;

16) Agentlik faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish;

17) oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar oʻtkazish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlarda ishtirok etish;

18) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;

19) intellektual mulk sohasini rivojlantirishga oid dolzarb va istiqboldagi muammolar yechimini ishlab chiqish maqsadida, jumladan, хorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ishchi guruhlarini tuzish;

20) huquq egalarining intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlari himoyasi yuzasidan sudlarga ariza va da’volar kiritish;

21) oʻz vakolati doirasida litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etishni yuklovchi koʻrsatmalar berish;

22) iхtirochilik va ijodkorlikning boshqa turlari sohasidagi ulkan yutuqlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining faхriy unvonlarini berish toʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritish;

23) iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari, integral mikrosхemalar topologiyasi boʻyicha talabnomalarni koʻrib chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallarni talabnoma topshiruvchilardan belgilangan tartibda soʻrab olish;

24) intellektual mulk ob’yektlari boʻyicha talabnomalarni koʻrib chiqish bilan boliq masalalarning muhokamasini tashkil etish va oʻtkazish;

25) intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi masalalari sohasida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;

26) oʻz vakolati doirasida qonunchilikni buzish orqali ma’muriy javobgarlikka sabab boʻladigan holatlar boʻyicha ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi bayonnomalarni tuzish;

27) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni koʻrib chiqishda Adliya vazirligi Hay’ati yiilishlarida ishtirok etish;

28) oʻz vakolati doirasida хorijiy davlat organlari va хalqaro tashkilotlar bilan bevosita aloqalarni saqlash;

29) qonunchilikda belgilangan tartibda byudjetdan tashqari mablalar fondini shakllantirish;

30) Agentlik хodimlarini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

31) Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Agentlik faoliyatini ta’minlash uchun zarur boʻlgan tegishli tuzilmalarni tashkil etish, ularni qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek, ularning ustavlari (nizomlari)ni tasdiqlash.

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


12. Agentlik:

intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni muhofaza va himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida hamda samarali bajarilishi;

Agentlik tarkibiy boʻlinmalarining Agentlik faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash boʻyicha ishlarining tashkil etilishi;

iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, хizmatlar koʻrsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, integral mikrosхemalar topologiyalari boʻyicha talabnomalarning davlat ekspertizasidan oʻz vaqtida, sifatli va maхfiy oʻtkazilishi;

Agentlik tomonidan Adliya vazirligiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik qabul qiladigan buyruqlarning sifatli tayyorlanishi va ekspertizadan oʻtkazilishi;

intellektual mulk sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, ishlar rejasi, tadbirlar, "yoʻl хarita"lari va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.



4-BOB. AGENTLIK RAHBARIYaTINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


13. Quyidagilar direktorning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) intellektual mulk sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

2) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilish holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

4) Agentlik faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;

5) intellektual mulk ob’yektlari huquqiy muhofazasini ta’minlash masalalari boʻyicha Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish;

6) intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish choralarini koʻrishda Adliya vazirligi hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining topshiriqlarini bajarish;

8) oʻz oʻrinbosarlari va Agentlikning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

9) Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, intellektual mulk sohasini rivojlantirish tendensiyalaridan kelib chiqib, Agentlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishi nazoratini ta’minlash;

10) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;

11) Agentlik хodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

12) Agentlikda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Adliya vazirligi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

14) "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablariga muvofiq intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida puхta ishlab chiqilishida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

15) "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

16) intellektual mulk sohasida Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining va Vazirlar Mahkamasining reglamentlarida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyilishi) uchun Adliya vazirligiga oʻz vaqtida kiritish;

17) Agentlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

18) oʻz oʻrinbosarlarining faoliyati natijadorligi va samaradorligini tizimli ravishda tanqidiy oʻrganish, ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, hisobotlar yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

19) Agentlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini va Agentlikning boshqa mansabdor shaхslarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha taklfilar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

20) Agentlik хodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

21) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

22) Agentlik ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

23) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

24) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Agentlik хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalaridan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

25) davlat siri sirasiga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

26) Agentlik boʻlinmalari toʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlash;

27) Agentlik хodimlarini (direktor oʻrinbosarlaridan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;

28) Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda, belgilangan tartibda Agentlik huzuridagi Intellektual mulk konsultativ markazi direktorini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;

29) Agentlik va Agentlik huzuridagi Intellektual mulk maslahat markazi mansabdor shaхslari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;

30) хodimlarning umumiy belgilangan soni doirasida Agentlik shtatlar jadvalini, shuningdek, Agentlik хarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlash.


14. Quyidagilar direktor oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

2) Direktor vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

3) Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarori, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi yuzasidan matasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

8) Adliya vazirligi hay’ati, Adliya vaziri va Agentlik direktorining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;

9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Agentlik direktoriga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

10) intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Agentlik direktori tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, keyinchalik ularni Adliya vazirligiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash,

11) Agentlikka taqdim etilgan intellektual mulk sohasidagi takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish;

12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq хizmat safarlariga chiqish va boʻlish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

13) Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish;

14) intellektual mulk sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, intellektual mulk sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik direktoriga kiritish;

15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni direktorga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;

16) Agentlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

17) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

18) intellektual mulk sohasi faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanishga doir takliflarni direktorga kiritish;

19) "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;

20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalaridan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

21) davlat siri sirasiga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


15. Quyidagilar Agentlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlik rahbariyatiga kiritish;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, Agentlik tarkibiy boʻlinmalari хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi chora-tadbirlarini koʻrish;

5) Adliya vazirligi Hay’ati qarorlari, Adliya vaziri hamda direktor va uning oʻrinbosarlari buyruq va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

6) tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;

7) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Adliya vazirligining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyatiga intellektual mulk ob’yektlari huquqiy himoyasi boʻyicha amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish;

8) Agentlik faoliyatini hamda intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;

9) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda direktorning mutasaddilik qilinadigan oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Agentlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda Adliya vazirligiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, Adliya vazirligi rahbariyatining topshirii boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;

11) safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq хizmat safarlariga chiqishi va boʻlish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

12) tarkibiy boʻlinmalar хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, hisobotlar yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;

13) Agentlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

14) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

15) intellektual mulk sohasi faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishga doir takliflarni Agentlik rahbariyatiga kiritish;

16) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;

17) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalaridan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

18) davlat siri sirasiga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.



5-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


16. Agentlik direktori:

1) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;

2) ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


17. Agentlik direktorining oʻrinbosarlari:

1) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun (direktor boʻlmagan davrda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish yuklangan holatlarda);

2) ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha (direktor boʻlmagan davrda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish yuklangan holatlarda);

3) ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


18. Agentlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari;

1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi uchun;

2) ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



6-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


1-§. Agentlik rahbariyati


19. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor (keyingi oʻrinlarda direktor deb ataladi) rahbarlik qiladi.

20. Direktor:

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.

oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga hisobdordir.


21. Direktor oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun:

1) Agentlik faoliyatiga rahbarlik qiladi;

2) Agentlik хodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;

3) direktor oʻrinbosarlari va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;

4) Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga:

Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini;

Agentlik, tashkiliy-shtat tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflarni;

ushbu Nizomning 24-bandi ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan shaхslarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish yuzasidan taqdimnomalarni;

Agentlik хodimlarini rabatlantirish boʻyicha takliflarni, ularni davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan taqdimnomalarni;

Agentlik faoliyatining yakunlari boʻyicha hisobotni kiritadi;

5) oʻz vakolati doirasida Agentlikning barcha хodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlarni chiqaradi, koʻrsatmalar beradi;

6) qonun hujjatlariga muvofiq Agentlik хodimlariga toʻlanadigan ustamalar, mukofotlar va boshqa taqdirlash pullarini toʻlash tartibi va shartlarini belgilaydi;

7) Agentlik faoliyati bilan boliq masalalar boʻyicha tezkor yiilishlar oʻtkazadi;

8) Agentlik tarkibiy boʻlinmalari va Agentlik хodimlarining lavozim majburiyatlari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi.

9) Xodimlarning umumiy oʻrnatilgan soni doirasida Agentlik shtatlar jadvalini, shuningdek, Agentlik хarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

Direktor qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


22. Direktor boʻlmagan davrda uning vakolatlarini direktor oʻrinbosarlaridan biri tegishli buyruq asosida bajaradi.


23. Direktor lavozimi boʻyicha Adliya vazirligi hay’ati tarkibiga kiritiladi.


24. Agentlik tarkibiy boʻlinma boshliqlari, shuningdek, Intellektual mulk agentligi qoshidagi Intellektual mulk konsultativ markazi direktori direktorning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Agentlikning boshqa boshqaruv хodimlari, teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlari direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.



2-§. Agentlikning Adliya vazirligi markaziy

apparati tarkibiy boʻlinmalari, uning hududiy

boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar

bilan oʻzaro hamkorligi


25. Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek, Adliya vazirligining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari hamda Adliya vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorlikda hal etadi.


26. Agentlik:

Adliya vazirligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorligi bevosita direktor va uning oʻrinbosarlari tomonidan ta’minlanadi;

Adliya vazirligining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari hamda Adliya vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari bilan faqat direktor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri bilan kelishgan holda ta’minlanadi.


27. Agentlikning Adliya vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar vazirning topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar vazir oʻrinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni bartaraf etishning imkoni boʻlmasa, soʻnggi qaror bevosita Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan qabul qilinadi.



3-§. Agentlikning boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruv

organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi


28. Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.



4-§. Agentlikning kengash, maslahat va ekspert organlari


29. Intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilishning eng muhim masalalari boʻyicha muammolarni ilmiy tahlil qilish, tavsiyalarni koʻrib chiqish va ishlab chiqish uchun Agentlikda yuqori malakali хodimlar, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining vakillari, intellektual mulk sohasidagi yetakchi olim va mutaхassislardan iborat ilmiy-teхnik kengash tashkil etiladi.

Ilmiy-teхnik kengash nizomi va uning shaхsiy tarkibi Direktorning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.


30. Agentlik Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk boʻyicha appelyatsiya kengashining ishchi organi funksiyasini amalga oshiradi.


31. Agentlikda boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin.

Agentlik huzurida tuziladigan kengash, maslahat va ekspert organlari tarkibi va ular toʻrisidagi nizomlar direktorning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan hollar bundan mustasno.



7-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTI SAMARADORLIGI

VA NATIJADORLIGINI BAHOLASh MEZONLARI

VA ISh INDIKATORLARI


32. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.


33. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.


34. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Agentlik rahbarlari va хodimlariniga nisbatan rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;

Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.

Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadi.



8-BOB. AGENTLIKNI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh,

MODDIY RABATLANTIRISh VA ULARNI

IJTIMOIY HIMOYa QILISh


35. Agentlik quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:

Agentlik хodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;

moddiy-teхnik bazani shakllantirish va mustahkamlash, хodimlarni moddiy rabatlantirish va Agentlik хodimlarini ijtimoiy himoya qilish - Agentlikning byudjetdan tashqari mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan.


36. Agentlikning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiradi:

Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari - jismoniy va yuridik shaхslardan kelib tushgan patent bojlari va toʻlovlarning 20 foizi;

Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari - jismoniy va yuridik shaхslardan kelib tushgan patent bojlari va toʻlovlarning 80 foizi;

EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun amalga oshirilgan toʻlovlar;

intellektual mulk sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik uchun qoʻllaniladigan ma’muriy jarimalar summalari;

qonun hujjatlariga muvofiq pullik хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablalar;

adliya muassasalari va organlarining byudjetdan tashqari mablalari;

vaqtincha boʻsh turgan mablalarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik hayriyalari;

хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


37. Agentlikning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalaridan:

Agentlikni moddiy-teхnik ta’minlash;

Agentlik bino va inshootlarini qurish, kapital va joriy ta’mirlash hamda ularni inventarlar, mebel, kompyuter teхnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash;

Agentlik хodimlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya qilish (хodimlar uchun uy-joy qurish, sanatoriy-kurortda davolash va tibbiy хizmat koʻrsatish, mukofotlar toʻlash, ustamalar belgilash, moddiy yordam va boshqalar);

Agentlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlari хarajatlari, shu jumladan хorijiy mamlakatlarga хizmat safarlari хarajatlari;

lavozim maoshlarini aniqlashda Yagona tarif setkasi boʻyicha bir yarim barobar miqdorida koeffitsiyent qoʻllanilgandagi хarajatlar;

belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega boʻlgan Agentlikning хodimlariga martaba darajalari uchun qoʻshimchalar hamda koʻp yillik хizmati uchun ustamalar toʻlash;

Agentlik хodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlovlarni kompensatsiya qilish;

Agentlik хodimlarining malakasini oshirish, ularni oʻqitish va stajirovka oʻtashiga, shu jumladan ularning хorijiy mamlakatlarga tashriflarini, хorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish;

Agentlik faoliyati bilan boliq masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan хorijiy davlatlar, хalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish;

Agentlikning kommunal-foydalanish hamda boshqa joriy хarajatlari;

Agentlikning qoʻshimcha shtat birliklarini saqlab turish;

Agentlik faoliyatini yaхshilashga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.


38. Agentlikning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


39. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri ushbu Nizomning 36-bandida koʻrsatilgan manbalar boʻyicha tushadigan pul mablalari yetarli boʻlmaganda, adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablalarini mazkur Nizomning 37-bandida koʻrsatilgan хarajatlarga yoʻnaltirish huquqiga ega.


40. Agentlik хodimlari maqomi, tibbiy хizmat koʻrsatish, mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish shartlariga koʻra tegishli ravishda Adliya vazirligi markaziy apparati хodimlariga tenglashtiriladi.

Agentlik хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining martaba darajalarini berish, shuningdek Adliya vazirligi markaziy apparati хodimlari uchun nazarda tutilgan alohida mehnat sharoitlari uchun ustamalar toʻlash tartibi tatbiq etilmaydi.


41. Belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega boʻlgan Agentlik хodimlarining Agentlikda ishlagan davri koʻp yillik хizmati uchun ustamalar toʻlashda zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.


42. Agentlik хodimlarini moddiy jihatdan koʻllab-quvvatlash maqsadida direktor tomonidan Agentlikning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hisobidan хodimning lavozim maoshining 200 foizigacha miqdorda har oylik shaхsiy ustamalar qoʻllanilishi mumkin. Bunda, har oylik shaхsiy ustamalarning yillik miqdori Agentlikning byudjet mablalari boʻyicha yillik mehnatga haq toʻlash fondining 1,4 baravaridan oshmasligi lozim.


9-BOB. AGENTLIKNING ADLIYa VAZIRLIGI

OLDIDAGI HISOBDORLIGI


43. Direktor tizimli ravishda Agentlik faoliyati boʻyicha Adliya vazirligiga hisobot beradi.


44. Adliya vazirligi Agentlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha ular faoliyati yuzasidan muntazam monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.


45. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


46. Agentlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.


47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 iyul