Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.07.2019 y. 609-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.07.2019 y.

N 609



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI HUZURIDAGI

INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh

HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 8 fevraldagi PQ-4168-son va "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 1 iyuldagi PQ-4380-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 20 iyuldagi

609-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining byudjetdan tashqari mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2013 yil 7 dekabrdagi 322-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 12-son, 87-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2016 yil 24 noyabrdagi 394-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 12-son, 87-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining byudjetdan tashqari mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida" 2013 yil 7 dekabrdagi 322-son qaroriga oʻzgartirish kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2017 yil 15 fevraldagi 81-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 yil, 2-son, 12-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 29 noyabrdagi PF-5264-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 30 noyabrdagi PQ-3416-son qarori)" 2018 yil 14 fevraldagi 109-son qaroriga ilovaning 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 yil, 2-son, 34-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq va suv хoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 17 apreldagi PF-5418-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 17 apreldagi PQ-3671-son qarori, "Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 17 apreldagi PQ-3672-son qarori)" 2018 yil 7 dekabrdagi 995-son qaroriga 1-ilovaning 115-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 yil, 12-son, 299-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 iyul