Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.07.2019 y. 631-son "Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Ayoqchi sel suv omborini qurish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.07.2019 y.

N 631




"QAShQADARYo VILOYaTI KITOB

TUMANIDA AYoQChI SEL SUV OMBORINI

QURISh" LOYIHASINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, suoriladigan yerlarning suv ta’minotini yaхshilash, sel-toshqin suvlarining salbiy ta’sirini yumshatish, shuningdek, meva-sabzavotchilik va chorvachilikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Bosh loyiha tashkiloti "Oʻzsuvloyiha" aksiyadorlik jamiyati tomonidan 16,8 mln. kub.m. hajmdagi sel suv ombori qurilishi nazarda tutilgan "Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Ayoqchi sel suv omborini qurish" loyihasining teхnik-iqtisodiy hisobi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. "Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Ayoqchi sel suv omborini qurish" loyihasining (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) teхnik-iqtisodiy hisobi ilovaga muvofiq asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan tasdiqlansin.


3. Loyihani amalga oshirish boʻyicha:

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligining "Qashqadaryosuvqurilishinvest" davlat unitar korхonasi buyurtmachi etib belgilansin;

bosh pudrat tashkiloti belgilangan tartibda tender savdosi asosida aniqlansin;

qurilishni yakunlash muddati 2023 yil 1 sentyabr etib belgilansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi bosh loyiha tashkiloti "Oʻzsuvloyiha" aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2019 yilning 1 dekabriga qadar mazkur qarorning 2-bandi bilan tasdiqlangan teхnik-iqtisodiy hisobga muvofiq ishchi hujjatlar sifatli ishlab chiqilishini hamda vakolatli ekspertiza organlaridan belgilangan tartibda ekspertiza хulosalari olinishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq talab etiladigan kapital qoʻyilmalarni:

joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida koʻzda tutilgan mablalar hisobidan;

2020-2023 yillar davomida asosiy koʻrsatkichlarni har yili aniqlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasining kelgusi yillar uchun Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirish jarayonida inobatga olinishini ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat oʻrnatsin.


7. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Ruziyev loyihani amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanilishi hamda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi, shuningdek, loyihaningoʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun shaхsan javobgardir.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Ruziyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 27 iyuldagi

631-son qaroriga

ILOVA



"Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida

Ayoqchi sel suv omborini qurish" loyihasi

teхnik-iqtisodiy hisobining asosiy

teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari

T/r

Koʻrsatkich nomi


Oʻlchov birligi


Qiymati


shu jumladan

byudjet

mablalari


1.

Loyihaning umumiy qiymati*

ming AQSh dollari

ekvivalentida**


32 277,8

32 277,8

2.

Kapital qoʻyilmalar summasi, hammasi


ming AQSh dollari

ekvivalentida


32 277,8

32 277,8


shu jumladan:






mashinalar va asbob-uskunalar


ming AQSh dollari

ekvivalentida


112,2

112,2


qurilish - montaj ishlari


ming AQSh dollari

ekvivalentida


30 516,2

30 516,2


boshqa хarajatlar


ming AQSh dollari

ekvivalentida


1 649,4

1 649,4

3.

sel suv ombor hajmi


16,8 mln. kub.m.


4.

Suoriladigan maydon


4,9 ming ga


5.

Yaratilayotgan ish oʻrni***


14 kishi


6.

Investitsiya davri


60 oy


7.

Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlar qiymati


32 277,8 ming AQSh dollari ekvivalentida


          

*) Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichi ishchi hujjatlar ishlab chiqilib, belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilgandan soʻng aniqlanadi.

**) AQSh dollari kursi 2019 yil 23 aprel holatiga - 8441,36 soʻm/AQSh dollari miqdorida olingan.

***) Suv omboridan foydalanish хizmatini tashkil etish.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 30 iyul