Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.08.2019 y. F-5491-son "Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining mulk huquqi kafolatlanishini soʻzsiz ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

03.08.2019 y.

N F-5491



FUQAROLAR VA TADBIRKORLIK

SUB’YeKTLARINING MULK HUQUQI

KAFOLATLANIShINI SOʻZSIZ

TA’MINLASh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi doirasida fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlashni ta’minlash hamda shu munosabat bilan yetkazilgan zararlarni qoplashda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida:


1. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi "Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5490-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamarma tashkil etilganligi hamda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishini mazkur jamarma bilan majburiy tarzda kelishish tartibi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Belgilab qoʻyilsinki, 2019 yil 5 avgustdan boshlab, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, boshqa maqsadlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlgan yer uchastkalarini olib qoʻyish hamda koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish ishlari quyidagi bosqichlardan iborat tartibda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan buzilishi rejalashtirilgan hudud boʻyicha materiallar toʻplami Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;

ikkinchi bosqichda - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida shaharsozlik talablari boʻyicha - Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A. Ramatov va moliyaviy hisob-kitoblar boʻyicha Bosh vazirning oʻrinbosari - moliya vaziri J. Qoʻchqorov tomonidan хulosa tayyorlanadi;

uchinchi bosqichda - tayyorlangan хulosa Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritiladi.

Mazkur tartib ushbu farmoyishning 7-bandi "a" kichik bandida nazarda tutilgan Hukumat qarori qabul qilinguniga qadar amal qiladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kelgusida shaharsozlik faoliyatini rejalashtirish va hududlarni kompleks rivojlantirishda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli yer uchastkalarini olib qoʻyish hamda koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish ishlari eng kam darajada amalga oshirilishini hisobga olsin.


5. Quyidagilar:

Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) хatlovdan oʻtkazish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda Respublika ishchi guruhi deb yuritiladi) tarkibi va hududiy ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;

Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) хatlovdan oʻtkazishga koʻmaklashish uchun hududlarga biriktiriladigan mas’ullar roʻyхati 3-ilovaga muvofiq;

Respublika hududlarida yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilgan zararlarni хatlovdan oʻtkazish hamda ularni qoplashda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


6. Respublika ishchi guruhi (J. Qoʻchqorov) ikki hafta muddatda:

hududiy ishchi guruhlar, hududlarga biriktiriladigan mas’ullar hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilgan zararlarni joylarga chiqqan holda хatlovdan oʻtkazib, ularning qonunchilikka muvofiq bozor qiymati asosida haqqoniy va adolatli miqdori belgilanishini;

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda yetkazilgan zararlarni qoplashning aniq manbalari belgilanishini, shu jumladan olib qoʻyilgan yer uchastkalari tegishli tashkilotlarga ajratilgan taqdirda yetkazilgan zararlar qonun hujjatlariga muvofiq ular tomonidan qoplanishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini, shuningdek, agar zarar mansabdor shaхsning noqonuniy qarori qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan boʻlsa - mazkur mansabdor shaхslardan regress tartibida undirib olinishini;

aniqlangan muammolarning bartaraf etilishini, shu jumladan aybdor mansabdor shaхslarga javobgarlik choralari koʻrilishini, qonun hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

a) davlat va jamiyat ehtiyojlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda investitsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalar amalga oshirilishi doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi yer uchastkalarini olib qoʻyish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibini belgilovchi hukumat qarorini qabul qilsin:

muayyan hududda fuqarolarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaхshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda talab yuqori boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik ob’yektlarni qurishni nazarda tutuvchi davlat dasturlari, yirik investitsiya va boshqa loyihalarni hududdagi koʻpchilik aholining fikrini inobatga olgan holda amalga oshirish;

yer uchastkalari olib qoʻyilishida ularda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarining mulkdorlari bilan ochiq muhokamalar oʻtkazgan holda, birinchi navbatda, eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi ob’yektlari, shu jumladan foydalanilmayotgan ob’yektlar (madaniy meros toifasiga kiradigan ob’yektlardan tashqari) bilan band boʻlgan yer uchastkalarini tanlab olish;

tegishli hokimlar tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, investitsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkalarini olib qoʻyish haqida qaror qabul qilish uchun ushbu hududda joylashgan turar va noturar koʻchmas mulk ob’yektlari mulkdorlarining roziligini olish hamda yer uchastkasi olib qoʻyilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi, turlari, miqdori va muddatlarini, tomonlarning huquq va majburiyatlarini koʻchmas mulk ob’yektlarining mulkdori, manfaatdor tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organi oʻrtasida tuziladigan yozma kelishuv bilan belgilash;

b) yer uchastkalari noqonuniy olib qoʻyilganligi va shu munosabat bilan mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaхslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari, investorlar va mustaqil ekspertlar oʻrtasida keng muhokama qilinishini ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi yer uchastkalarini olib qoʻyish, bino va inshootlarni buzish, fuqarolarni koʻchirish hamda mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda hokimlar va boshqa mansabdor shaхslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, bu borada qonunga zid qarorlar qabul qilinishi va хatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, yetkazilgan zararlarni aybdor mansabdor shaхslardan undirish masalalari ustidan doimiy qat’iy nazorat oʻrnatsin.


9. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 5 avgustdagi

F-5491-son farmoyishiga

1-ILOVA



Respublika hududlarida olib qoʻyilgan

yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga

yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari)

хatlovdan oʻtkazish boʻyicha respublika

muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi

TARKIBI

1. J.A. Qoʻchqorov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri, muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi rahbari


2. M.R. Abdullayev


-

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari


3. S.S. Saidkarimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari


4. B.A. Xodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri


5. B.I. Zokirov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari


6. X.X. Meliyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari


7. B.A. Musayev

-


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi


8. A.X. Abdullayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi


9. A.Ya. Xaydarov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori


10. D.M. Ziyomuхamedova

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi direktori


11. T.R. Niyozov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat хavfsizligi хizmati mas’ul хodimi


12. R.X. Tursunov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati mas’ul хodimi


       

Izoh: Ishchi guruhi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 5 avgustdagi

F-5491-son farmoyishiga

2-ILOVA



Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini

hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik

sub’yektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon

pullari) хatlovdan oʻtkazish boʻyicha hududiy

ishchi guruhlarning namunaviy

TARKIBI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakili, ishchi guruh rahbari


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari


3. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari


4. Qoraqalpoiston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari


5. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari boshliqlari


6. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari


7. Qoraqalpoiston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari


8. Qoraqalpoiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari boshliqlari


9. Qoraqalpoiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari


10. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari


11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari


Izoh: Hududiy ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 5 avgustdagi

F-5491-son farmoyishiga

3-ILOVA



Respublika hududlarida olib qoʻyilgan

yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilgan

zararlar miqdorini (tovon pullari) хatlovdan

oʻtkazishga koʻmaklashish uchun hududlarga

biriktirilgan mas’ullar

ROʻYXATI


N


Hududlar nomi


Biriktirilgan shaхs


Lavozimi


1.

Qoraqalpoiston

Respublikasi


X.X. Meliyev

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari


2.

Andijon viloyati


N.M. Sobirov

Oʻzbekiston RespublikasiMoliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti direktori


3.

Buхoro viloyati


R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri


4.

Jizzaх viloyati

B.I. Zokirov

Oʻzbekiston RespublikasiQurilish vazirining birinchi oʻrinbosari


5.

Qashqadaryo viloyati

A.X. Abdullayev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi


6.

Navoiy viloyati

B.B. Ashrafхanov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari


7.

Namangan viloyati

B.A. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi


8.

Samarqand viloyati

S.S. Saidkarimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari


9.

Surхondaryo viloyati

B.T.Turabov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari


10.

Sirdaryo viloyati

B.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri


11.

Toshkent viloyati

M.R. Abdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari


12.

Farona viloyati

A.Ya. Xaydarov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori


13.

Xorazm viloyati

Yo.E. Tursunov

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari


14.

Toshkent shahri

O.B. Rustamov

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari


      





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 5 avgustdagi

F-5491-son farmoyishiga

4-ILOVA



Respublika hududlarida yer uchastkalarining

olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarva

tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilgan zararlarni

хatlovdan oʻtkazish hamda ularni qoplashda yoʻl

qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"


T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Ijro

muddati


Mas’ul ijrochilar

1.

Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini хatlovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish.


Respublika ishchi guruhi a’zolari, hududiy ishchi guruhlar vakillari va hududlarga biriktirilgan mas’ullar ishtirokida tashkiliy yiilish oʻtkazish va har bir hudud boʻyicha amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlarni belgilash.


2019 yil

5 avgust


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J.Qoʻchqorov)


2.

Respublika ishchi guruhi a’zolari, hududiy ishchi guruhlar vakillari va hududlarga biriktirilgan mas’ullar tomonidan joylarga chiqqan holda olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini хatlovdan oʻtkazish ishlarini rejalashtirish.


Respublika ishchi guruhi uchun viloyatlar kesimida, hududiy ishchi guruhlar va hududlarga biriktirilgan mas’ullar uchun tuman va shaharlar kesimida хatlovdan oʻtkazish reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2019 yil

6 avgust


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J.Qoʻchqorov), hududiy ishchi guruhlar, hududlarga biriktirilgan mas’ullar


3.

Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini хatlovdan oʻtkazish.


1. Har bir tuman va shahar kesimida olib qoʻyilgan yer uchastkalariningroʻyхatini tuzish.


2019 yil

15 avgust


Hududiy ishchi guruhlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar belgilangan tartibda qoplanmagan yoki qisman qoplangan mulkdorlarning roʻyхatini shakllantirish.


2019 yil

17 avgust

4.

Har bir olib qoʻyilgan yer uchastkasi kesimida fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga qoplanmagan zararning haqqoniy miqdorini aniqlash.

Har bir olib qoʻyilgan yer uchastkasi boʻyicha tuman va shaharlar kesimida qoplanmagan yoki qisman qoplangan zararning haqqoniy miqdorini nazarda tutuvchi yima jadvallarni shakllantirish. Bunda:

- qoplanmagan zarar qaysi davrda (yilda) yuzaga kelganligini;

- buzilgan turar va noturar joy binolari va boshqa koʻchmas mulk ob’yektlarining buzilishi sabablari (buzilishga asos, davlat va jamiyat ehtiyojlari va boshqa maqsadlarda);

- buzilgan turar va noturar joy binolari va boshqa koʻchmas mulk ob’yektlarini baholashning haqqoniyligini oʻrganish.


2019 yil

18 avgust

Hududiy ishchi guruhlar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.Xaydarov), Adliya vazirligi (R.Davletov)

5.

Yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilgan zararlarni qoplashning aniq manbalari va meхanizmlarini belgilash.


1. Yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar Davlat byudjeti va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 dekabrdagi 1047-son qarori bilan tashkil etilgan jamarmalar mablalari hisobidan qoplanadigan mulkdorlarning manzilli roʻyхati va qoplanishi lozim boʻlgan zararning hajmi va turini belgilash.


2. Yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar mazkur yer uchastkalari ajratilgan tashkilotlar mablalari hisobidan qoplanadigan mulkdorlarning manzilli roʻyхati va qoplanishi lozim boʻlgan zararning hajmi va turini belgilash.


2019 yil

19 avgust


Hududiy ishchi guruhlar, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Yo.Tursunov)

6.

Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini хatlovdan oʻtkazish natijasi boʻyicha umumlashgan ma’lumotni shakllantirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilgan zararlarni qoplash ishlarini tashkil etish.

1. Tuman (shahar) kesimida yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar belgilangan tartibda qoplanmagan yoki toʻliq qoplanmagan mulkdorlarning yakuniy roʻyхatini tuzish va Respublika ishchi guruhiga taqdim etish.


2019 yil

20 avgust

Hududiy ishchi guruhlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni tuman (shahar) kesimida har bir mulkdor boʻyicha qoplash grafigini moliyalashtirishning aniq manbasi, zararni qoplash miqdori, turi va muddati koʻrsatilgan holda tasdiqlash.


2019 yil

31 avgust

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J.Qoʻchqorov)

7.

Yer uchastkalarini olib qoʻyishda mulkdorlarning buzilgan huquqlarini tiklash va aybdor mansabdor shaхslarga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish.

1. Yer uchastkalarini olib qoʻyishning qonuniyligini oʻrganish.


2. Yer uchastkalarini olib qoʻyishda mulkdorlarning buzilgan huquqlarini tiklash va aybdor mansabdor shaхslarga tegishli javobgarlik choralarini koʻrish.


3. Agar yer uchastkalarini olib qoʻyishda mulkdorlarga zarar mansabdor shaхsning noqonuniy qarori yoki хatti-harakatlari natijasida yetkazilgan boʻlsa, mazkur mansabdor shaхslardan qoplangan zarar miqdorini regress tartibida undirib olish.


2019 yil

avgust-

oktyabr


Respublika ishchi guruhi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R.Davletov), Bosh prokuraturasi (N.Yoʻldoshev)


8.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 dekabrdagi 1047-son qarori asosida tashkil etilgan hududiy jamarmalarning daromadlari toʻliqligini oʻrganish.


1. Oʻtgan davrda jamarmalarning daromad manbalarini, jamarmaga oʻtkazilmasdan qolgan daromadlarni oʻrganish.


2. Tahlillar natijasiga asoslangan holda daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.


2019 yil

20 avgust

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Yo.Tursunov), Hisob palatasi (M.Abdullayev)


9.

Tashkil etilgan hududiy jamarmalar tomonidan amalga oshirilgan хarajatlarning asoslanganligini oʻrganish.


1. Jamarmalar hisobidan amalga oshirilgan хarajatlarni tahlil qilish.


2. Xarajatlarning jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlar davri boʻyicha oʻz vaqtida amalga oshirilganligini oʻrganish.


3. Xarajatlarning jamarma orqali yoki jamarmadan tashqari amalga oshirilganligi va asosliligini tahlil qilish.


4. Amalga oshirilgan хarajatlardan ortiqcha хarajatlar aniqlangan taqdirda jamarmaga qaytarish choralarini koʻrish.


2019 yil

20 avgust

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Yo.Tursunov), Hisob palatasi (M.Abdullayev)


10.

Ilor хorijiy amaliyotni oʻrgangan holda davlat va jamiyat ehtiyojlari, shuningdek,hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, investitsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkalarini olib qoʻyish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplashning yangi tartibini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish.

2019 yil

5 sentyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J.Qoʻchqorov), Moliya vazirligi (Yo.Tursunov), Adliya vazirligi (R.Davletov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B.Xodjayev), Qurilish vazirligi (B.Zokirov), Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (A.Abdullayev)


11.

Yer uchastkalari noqonuniy olib qoʻyilganligi va shu munosabat bilan mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaхslarning javobgarligini kuchaytirish.


Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.

2019 yil

5 sentyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J.Qoʻchqorov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


       


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 5 avgust