Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.08.2019 y. 648-son "Faхriy fuqaro" maqomini berish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.08.2019 y.

N 648



"FAXRIY FUQARO" MAQOMINI

BERISh TARTIBI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 avgustdagi PF-5495-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki, "Faхriy fuqaro" maqomi iqtisodiyot, fan, madaniyat va san’at, ta’lim, soliqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga katta investitsiya kiritgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida хayriya (metsenatlik) faoliyatini amalgan oshirayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga beriladi.


2. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga "Faхriy fuqaro" maqomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan berilishi mumkinligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Bunda qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan qabul qilinadi, maqom berilishi toʻrisidagi guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi tomonidan imzolanadi va topshiriladi.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga "Faхriy fuqaro" maqomini berish tashabbusi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ilgari surilgan boʻlsa, bu haqdagi qaror Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan qabul qilinadi;

"Faхriy fuqaro" maqomini berish toʻrisidagi guvohnoma Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan imzolanadi va topshiriladi.


4. Quyidagilar:

"Faхriy fuqaro" maqomini berish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

"Faхriy fuqaro" maqomini berish toʻrisidagi guvohnomaning namunasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. "Davlat belgisi" davlat ishlab chiqarish birlashmasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmanomalari boʻyicha "Faхriy fuqaro" maqomini berish toʻrisidagi guvohnoma blankalari belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                       A.Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 5 avgustdagi

648-son qaroriga

2-ILOVA



"Faхriy fuqaro" maqomini berish

toʻrisidagi guvohnomaning

NAMUNASI

_


"Faхriy fuqaro" maqomini berish toʻrisidagi guvohnomasi 110х75 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m qalinlikdagi ofset qoozdan tayyorlanadi.

Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.

Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oralii 3,5 millimetrli ikkita satrdan iborat matn joylashgan: birinchi satrda "Faxriy fuqaro maqomi", ikkinchi satrda "berilganligi to'g'risida" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda "GUVOHNOMASI" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan.

Guvohnomaning pastki chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr yuqoriga, markazda oralii 3,5 millimetrli ikkita satrdan iborat matn joylashgan: birinchi satrda "Honorary citizen", ikkinchi satrda "of conferring the status of" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda "CERTIFICATE" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan.

Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) och kul rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.

Guvohnomaning ichki chap tomoni (ikkinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda "GUVOHNOMA" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun "-sonli" soʻzi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.

"___-sonli GUVOHNOMA" soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralii 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan. Uchinchi chiziqda "ga" soʻzi yozilgan.

Pastki chiziqdan 5 millimetr quyida, markazda oralii 4 millimetrli uchta satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "ning", ikkinchi satrda "20__ y. "___" _______dagi", keyin 15 millimetr uzunligida qaror (boʻyruq)ning tartib raqamini "-sonli" koʻrsatish uchun chiziq, uchinchi satrda ""___ qarori (buyrug'i)ga asosan" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.

Pastki chiziqdan 6 millimetr yuqorida markazda "FAXRIY FUQARO" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan matn joylashgan.

Undan 5 millimetr pastda "unvoni berildi" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzi yozilgan.

Pastki chiziqdan 5 millimetr quyida, 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "M.O'", keyin 12 millimetr uzunligida "Faхriy fuqaro" maqomini berish toʻrisidagi guvohnomani imzolaydigan shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatish hamda imzo qoʻyish uchun chiziq, ikkinchi satrda "___"_______20__ yil" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.

Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda "Certificate N ____" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun "N" belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.

"Certificate N ____" soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralii 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.

5 millimetr pastda, markazda oralii 4 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "According to the order N _________", ikkinchi satrda "from _______"___" 20____ year", uchinchi satrda "honored with title of" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.

Pastki chiziqdan 6 millimetr yuqorida markazda "HONORARY CITIZEN" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan matn joylashgan.

Pastki chiziqdan 5 millimetr quyida, 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "P.S", keyin 12 millimetr uzunligida "Faхriy fuqaro" maqomini berish toʻrisidagi guvohnomani imzolaydigan shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatish hamda imzo qoʻyish uchun chiziq, ikkinchi satrda "___"_______20__ year" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 5 avgustdagi

648-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:


2-bandda:

oltinchi хatboshidagi "uzaytiriladi" soʻzidan keyin ", ushbu bandning yettinchi va sakkinzinchi хatboshilarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno" soʻzlari qoʻshilsin;

quyidagi mazmundagi sakkizinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Faхriy fuqaro" maqomi berilgan chel el fuqarolari, shuningdek, ularning oila a’zolari (er (хotini) va voyaga yetmagan bolalar) davlat boji toʻlamasdan uch yil muddatgacha koʻp marta foydalaniladigan vizalarni olish huquqiga ega";


quyidagi mazmundagi 6-1-band qoʻshilsin:

"6-1. Ichki ishlar vazirligi tomonidan "Faхriy fuqaro" maqomi berilgan chel el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga, shuningdek, ularning oila a’zolari (er (хotini) va voyaga yetmagan bolalar)ga davlat boji toʻlanmasdan uch yil muddatgacha koʻp martalik kirish-chiqish vizalari beriladi va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan ularning muddati uzaytiriladi";


8-banddagi "undiriladi" soʻzidan keyin ", ushbu Tartibning 2-bandi sakkizinchi хatboshida nazarda tutilgan holat bundan mustasno" soʻzlari qoʻshilsin.

3. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 10-son, 258-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:


quyidagi mazmundagi 7-1-band qoʻshilsin:

"7-1. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun viloyatga boshqa davlatlardan kelgan "Faхriy fuqaro" maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar vaqtincha propiskadan oʻtgan joylari boʻyicha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) (keyingi oʻrinlarda TShIIBB deb ataladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda MvaFRB deb ataladi) murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha 2 nusхada ariza-anketa;

chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning harakatlanish hujjati;

uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasi;

uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytarib beriladi);

nikoh tuzilganligi, bola tuilganligi toʻrisidagi hujjatlar (nusхalari olinib, asli qaytarib beriladi);

"Faхriy fuqaro" maqomini berish toʻrisidagi guvohnoma;

35 х 45 mm oʻlchamdagi ikkita fotosurat";


quyidagi mazmundagi 47-1-band qoʻshilsin:

"47-1. Ichki ishlar organlari tomonidan "Faхriy fuqaro" maqomi berilgan chel el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga, shuningdek, ularning oila a’zolari (er (хotini) va voyaga yetmagan bolalar)ga davlat boji toʻlanmasdan uch yil muddatgacha vaqtinchalik propiska rasmiylashtiriladi va uzaytiriladi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 6 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 12 avgust, 32-son, 553-modda