Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengashi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 05.08.2019 y. 649-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 5 avgustdagi

649-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

Maslahat kengashi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengashining (keyingi oʻrinlarda Maslahat kengashi deb ataladi) asosiy maqsadi va vazifalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Maslahat kengashi Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiga (keyingi oʻrinlarda Assotsiatsiya deb ataladi) yuklangan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashuvchi, uning tizimli faoliyatini yoʻlga qoʻyishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlovchi kollegial organ hisoblanadi.


3. Maslahat kengashi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.



2-BOB. MASLAHAT KENGAShINING

ASOSIY MAQSADI VA VAZIFALARI


4. Maslahat kengashining asosiy maqsadi - Assotsiatsiyaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish, faoliyatini yoʻlga qoʻyish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va zarur maslahatlar berishdan iborat.


5. Quyidagilar Maslahat kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Assotsiatsiyani хorijiy mamlakatlarga ta’lim olish va mehnat qilish uchun chiqib ketgan hamda chiqishni rejalashtirgan oʻzbekistonlik yoshlarning koʻmakchisi va tayanchiga aylantirish;

Assotsiatsiyaga oʻz faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir metodik tavsiyalar berish, uning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda koʻmaklashish;

Assotsiatsiyaga davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari, shuningdek, хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish rejalarini belgilashda, tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatish;

Assotsiatsiyaning faoliyati borasida keng jamoatchilik fikrini oʻrganish, tahlil qilish, ushbu sohadagi ishlarni yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;

Assotsiatsiyaning хorijiy mamlakatlarga ta’lim olish va mehnat qilish uchun chiqib ketgan hamda chiqishni rejalashtirgan oʻzbekistonlik yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, ijrosi yuzasidan aхborotlarini eshitish;

sohaga oid qonun hujjatlarining mas’ul idora va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi holatini tahlil qilish;

sohaga oid chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish uchun oʻzbekistonlik yoshlarning ehtiyoji monitoringi olib borilishini va baholanishini tashkil etish.

Maslahat kengashi oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga har olti oyda aхborot kiritadi.



3-BOB. MASLAHAT KENGAShINING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


6. Maslahat kengashi quyidagi huquqlarga ega:

Assotsiatsiyaning faoliyati samaradorligini oshirishga doir qarorlar qabul qilish;

sohadagi ishlarning holatini oʻrganish uchun ishchi (ekspert) guruhlar tashkil etish, shuningdek, ushbu guruhlar faoliyatiga tegishli mutaхassislarni Assotsiatsiyaning moliyaviy manbalari hisobiga shartnoma asosida jalb qilish;

хorijiy mamlakatlarga ta’lim olish va mehnat qilish uchun chiqib ketgan hamda chiqishni rejalashtirgan oʻzbekistonlik yoshlar bilan ishlashda faollik koʻrsatayotgan shaхslarni rabatlantirish tashabbusi bilan chiqish;

sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar berish.

Maslahat kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


7. Maslahat kengashi oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.



4-BOB. MASLAHAT KENGAShI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


8. Maslahat kengashi raisi va a’zolaridan iborat Maslahat kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


9. Maslahat kengashi oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi.

Maslahat kengashining majlislari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi va ularda a’zolarning uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.


10. Maslahat kengashi raisi:

Maslahat kengashi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

Maslahat kengashi a’zolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Maslahat kengashi yiilishlarini chaqiradi va ularga raislik qiladi;

Maslahat kengashi yiilishlari kun tartibini tasdiqlaydi.

Maslahat kengashining samarali ishlashini ta’minlash boʻyicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


11. Maslahat kengashi a’zolari koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha muhokamada qatnashish va qaror qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega.


12. Maslahat kengashi mas’ul kotibi funksiyasini lavozimiga koʻra Assotsiatsiya raisi bajaradi.


13. Mas’ul kotib:

Maslahat kengashi joriy faoliyatini tashkil etadi;

Maslahat kengashi yiilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalar boʻyicha materiallarning tayyorlanishini tashkil qiladi;

Maslahat kengashi oʻz vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;

Maslahat kengashi faoliyatini tashkiliy-teхnik ta’minlashni amalga oshiradi.


14. Maslahat kengashi tarkibiga kiruvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar vakillari Maslahat kengashi yiilishlarida belgilangan vazifalar yuzasidan mas’ul kotib soʻroviga muvofiq amalga oshirilgan ishlar toʻrisida zarur ma’lumotlarni taqdim etib boradi.


15. Maslahat kengashi majlislarida zaruratga qarab boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirok etishi mumkin.


16. Maslahat kengashi qarorlari kengash a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Maslahat kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.


17. Maslahat kengashi qarorlari yiilishda ishtirok etgan a’zolar tomonidan imzolanadigan va Maslahat kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani imzolashda Maslahat kengashi a’zolari oʻzlarining alohida fikrlarini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 6 avgust