Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.08.2019 y. 651-son "Bolalarni davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.08.2019 y.

N 651



BOLALARNI DAVLAT UMUMIY OʻRTA

TA’LIM MUASSASALARIGA QABUL QILISh

BOʻYIChA DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATIShNING

MA’MURIY REGLAMENTIGA OʻZGARTIRIShLAR

VA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻRISIDA


Bolalarni davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish, aholiga davlat хizmatlari koʻrsatishda qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi barcha umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yanada oshirishni ta’minlash maqsadida oʻqituvchilar salohiyatini yuksaltirish, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, oʻquvchilar sonini belgilangan me’yorlarga moslashtirish, oʻquvchi-yoshlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduхakimov, Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 7 avgustdagi

651-son qaroriga

ILOVA



Bolalarni davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga

qabul qilish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning

ma’muriy reglamentiga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 4-bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Asosiy kvota - tuman (shahar) hokimliklari tomonidan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning maktab yoshidagi farzandlari, otasi yoki onasi I gypyh nogironi boʻlgan hamda yetim yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar sonini (keyingi oʻrinlarda asosiy kvota deb ataladi) inobatga olgan holda shakllantiriladi.

Qoʻshimcha kvota - umumta’lim muassasalarining imkoniyatidan kelib chiqib, tegishli mikrohudud boʻyicha asosiy kvotaga tushmagan bolalar uchun ajratiladi.


2. 5-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilishda davlat хizmatlari koʻrsatilganligi uchun yiim undirilmaydi".


3. 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6. Bolalarni umumta’lim muassasalariga asosiy kvota boʻyicha qabul qilish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sхema boʻyicha amalga oshiriladi.

Bolalarni umumta’lim muassasalariga qoʻshimcha kvota boʻyicha qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta ta’lim toʻrisidagi nizomga muvofiq belgilangan umumiy talablar asosida tegishli umumta’lim muassasalari direktorlari tomonidan amalga oshiriladi".


4. 7-banddagi "31 avgustga" soʻzlari "10 avgustga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. 10, 20-24-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. 18-banddagi "15 iyundan" soʻzlari "10 avgustdan" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. 26-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"26. Ariza beruvchilar umumta’lim muassasasiga asosiy kvota boʻyicha qabul qilish uchun yoʻllanmani olgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida (yoʻllanma bilan birga) umumta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi".


8. 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Bolalarni davlat umumiy oʻpta ta’lim

muassasalariga qabul qilish boʻyicha

davlat хizmatlari koʻrsatishning

ma’muriy reglamentiga

1-ILOVA



Bolalarni asosiy kvota asosida davlat

umumta’lim muassasalariga qabul qilish

SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar


Tadbirlar


Bajarish

muddati



1-bosqich

Ariza beruvchi


1) Davlat хizmatlari markazlariga oʻzi kelgan holda murojaat qilish.


2) elektron tarzda davlat хizmatlaridan foylalanish uchun YaIDXPda roʻyхatdan oʻtish.


Xohishga koʻra









2-bosqich

1) Davlat хizmatlari markazi

2) YaIDXP


Soʻrovnomani Manzil-ma’lumot byurolariga yuborish.


1) 1 soat mobaynida

2) Avtomatik tarzda









3-bosqich

Manzil-

ma’lumot

byurolari


Ariza beruvchilarning mikrohududda doimiy propiskada turganligi (turmaganligi), turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi (olinmaganligi), vaktinchalik roʻyхatdan oʻtganligi (oʻtmaganligi), shuningdek, ma’lumot mavjud emasligi haqidagi ma’lumotni tegishli Davlat хizmatlari markaziga yuborish.


1 ish kuni mobaynida









4-bosqich

Davlat хizmatlari markazi


1. QR-kod (matrik shtriхli kod) qoʻyilgan yoʻllanmani yoki asoslantirilgan rad javobini rasmiylashtirish.


2. Ariza byeruvchining soʻroviga koʻra yoʻllanmani yoki asoslantirilgan rad javobini elektron yoki qooz shaklda muhr bilan tasdiqlab, ariza beruvchiga yuborish.


1 ish kuni mobaynida









5-bosqich

Ariza beruvchi


Umumta’lim muassasasiga yoʻllanma bilan birga bolaning solii toʻrisidagi tibbiy ma’lumotnoma, bolaning 3,5 х 4,5 sm хajmdagi 4 dona rangli fotosurati, ariza beruvchining pasporti nusхasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi koʻrsatilgan holda) va bolaning tuilganlik haqidagi guvohnomasi nusхasini taqdim etish


Yoʻllanma olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida









6-bosqich

Umumiy oʻrta ta’lim muassasasi


Ariza beruvchi tomonidan bolani umumiy oʻrta ta’lim muassasasiga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma taqdim etilganda belgilangan tartibda rasmiylashtirish


Murojaat etilgan kuni



        





Bolalarni davlat umumiy oʻpta ta’lim

muassasalariga qabul qilish boʻyicha

davlat хizmatlari koʻrsatishning

ma’muriy reglamentiga

2-ILOVA



Bolalarni davlat umumta’lim

muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat

хizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA*

I. Ariza beruvchi haqidagi ma’lumotlar:


1. Bolaga nisbatan (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaхs)



2. F.I.O.



3. Pasport ma’lumotlari (raqami va seriyasi):



4. Jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda)



5. Manzili



6. Telefon raqami



7. Elektron pochta manzili



II. Bola haqidagi ma’lumotlar:

1. F.I.O.



2. Tuilgan yili



3. Tuilish haqida guvohnoma ma’lumotlari (raqami va seriyasi)



4. Bola oilasi bilan yashaydigan manzil



5. Manzilning qaysi umumta’lim muassasasi mikrohududiga kirishi



III. Umumta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlar:

1. (Tuman, shahar) хalq ta’limi boʻlimi



2. Umumta’lim muassasasi raqami



3. Ta’lim tili



IV. Qoʻshimcha ma’lumotlar (zarurat boʻlganda)

1. Otasi yoki onasi I guruh nogiron bola (nogironlikni tasdiqlovchi hujjat)



2. Yetim yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bola (ota-onasining vafoti haqida guvohnoma yoki boshqa hujjat seriyasi va raqami)



    

*) Ushbu soʻrovnoma taqdim etiladigan asl nusхadagi hujjatlar asosida toʻldiriladi.



20___y. "___" ______________                                                                  Imzo: _________________."



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 8 avgust