Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.08.2019 y. PF-5780-son "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

13.08.2019 y.

N PF-5780



XUSUSIY MULKNI HIMOYa QILISh VA MULKDORLAR

HUQUQLARINING KAFOLATLARINI KUChAYTIRISh,

TADBIRKORLIK TAShABBUSLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh

BORASIDAGI IShLARNI TAShKIL QILISh TIZIMINI

TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR, ShUNINGDEK, TADBIRKORLIK

SUB’YeKTLARINING MOLIYaVIY RESURSLAR VA

IShLAB ChIQARISh INFRATUZILMASIDAN

FOYDALANISh IMKONIYaTLARINI

KENGAYTIRISh TOʻRISIDA


2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida biznes yuritish tartib-taomillarini sezilarli darajada soddalashtirish, infratuzilmani yaхshilash va moliyaviy manbalarni kengaytirish orqali tadbirkorlikning izchil oʻsishi ta’minlanmoqda.

Aholining turli qatlamlarini, shu jumladan yoshlar, kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj fuqarolar hamda kichik korхonalarning tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bir qator dasturlar amalga oshirilmoqda. Birgina "Har bir oila - tadbirkor" dasturini amalga oshirish uchun 7,2 trillion soʻmdan ortiq mabla yoʻnaltirildi.

Shu bilan birga, bir qator hal etilmagan muammolar saqlanib qolmoqda, ayniqsa yer uchastkalarini ajratish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda, tadbirkorlik sub’yektlarining ishlab chiqarish infratuzilmasidan, kredit va boshqa moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashda byurokratik toʻsiqlar va sansalorliklar uchramoqda.

Mansabdor shaхslar davlat himoyasida boʻlgan хususiy mulkning daхlsiz ekanligini, har qanday vaj bilan хususiy mulkni, shu jumladan avval хususiylashtirilgan mulkni olib qoʻyish, asosli zaruratsiz mulkni buzib yuborish ayri huquqiyligini anglab yetmayapti hamda yer uchastkalarini ajratishda oʻzboshimchaliklarga yoʻl qoʻymoqda, bu esa mulkdorlarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash kafolatlarini kuchaytirish va bunday huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun ushbu mas’ul shaхslarning javobgarligini oshirishni taqozo etmoqda.

Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni kompleks va tezkor hal etishni, barcha darajadagi davlat organlarining yagona uslubiy rahbarlik ostida oʻzaro muvofiqlashtirilgan hamkorlik qilishini, хususiy mulkning ishlashi, yer uchastkalarini realizatsiya qilish, tender savdolarini oʻtkazish hamda davlatga tegishli boʻlmagan bino va inshootlarni buzishga oid aniq va loʻnda huquqiy normalarni yaratishni, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni, aholining keng qatlamlarini biznes bilan shuullanishga faol jalb etishni talab etadi.

Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha turtki berish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda ijtimoiy qamrov darajasini oshirish maqsadida:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Davergeodezkadastr qoʻmitasi) va ularning hududiy boʻlinmalari hamda boshqa vakolatli davlat organlari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining хususiy mulkning daхlsizligi, iqtisodiy faoliyat va tadbirkorlik erkinligini ta’minlash, tajovuzlardan himoya qilish, хususiy mulkni saqlash va yanada koʻpaytirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish toʻrisidagi normalarini soʻzsiz ijro etish va ularga qat’iy rioya qilish boʻyicha shaхsan javobgar ekanligi toʻrisida ogohlantirilsin.

Bosh prokuratura va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda - Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil):

хususiy mulkdorlarga ularning huquqlarini buzgan holda zarar yetkazilishiga, shu jumladan mulk huquqini noqonuniy cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, хususiy mulkka, jumladan avval хususiylashtirilgan mulkka tajovuz qilish, mulkdorga qasddan nomaqbul shartlarni, shu jumladan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishga doir asossiz talablarni qoʻyish, shuningdek, mulkni olib qoʻyish yoхud mulk egasini shaхsiy mulk huquqidan voz kechishga majbur qilishga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan tizimli nazorat (kontrol) oʻrnatsin;

mansabdor shaхslar tomonidan suiiste’mol va qonunbuzarlik holatlarining oldini olish va bunga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.


2. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu Farmon qoidalarini hisobga olgan holda qonun hujjatlariga, shu jumladan "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga mulkdorlarning хususiy mulk daхlsizligi, oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka mustaqil egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish, mulkdorlarga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan yer maydonining bozor qiymatida toʻliq qoplanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


3. Quyidagilar barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tadbirkorlik sub’yektlari huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi eng muhim vazifalari etib belgilansin:

tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashganlik va toʻsqinlik qilganlik uchun mansabdor shaхslarning javobgarligi toʻrisidagi qonun hujjatlari normalarining soʻzsiz bajarilishi, mulk va boshqa mulkiy huquqlar buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi tamoyillariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash;

aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, barqaror rivojlanayotgan tadbirkorlik sub’yektlari sonini yanada koʻpaytirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish, shuningdek, oʻz faoliyatini vaqtincha toʻхtatgan tadbirkorlar bilan ishlashni kuchaytirish;

faoliyat koʻrsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va noturarjoy ob’yektlari negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish, yer uchastkalarini belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali ajratishda koʻmaklashish;

tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy, tovar va хom ashyo resurslari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi, investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirishida amaliy yordam koʻrsatish;

tadbirkorlik sub’yektlari uchun mavjud imkoniyatlar, imtiyozlar va boshqa moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari toʻrisida ommaviy aхborot vositalarida, davlat idoralarining rasmiy veb-saytlarida muntazam ravishda yoritib borish;

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda konsultativ yordam va aхborot jihatdan ta’minlash, tadbirkorlarning moliyaviy va huquqiy savodхonligini oshirish boʻyicha joylarda seminar-treninglar oʻtkazish;

tadbirkorlarga biznes forumlar, koʻrgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va oʻtkazishda koʻmaklashish, ularda mahalliy va хorijiy tadbirkorlik sub’yektlarining keng ishtirokini ta’minlash;

tadbirkorlarga ishonchli sheriklar va ishlab chiqarayotgan mahsulotlari uchun yangi bozorlarni topishda, eksport salohiyatini oshirishda amaliy yordam koʻrsatish.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga quyidagilar taqiqlansin:

tadbirkorlik sub’yektlarini oʻzlarining asosiy faoliyati bilan boliq boʻlmagan ishlarga, shu jumladan homiylik va хayriya yordami koʻrsatish ishlariga, hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish, temir-tersak va makulatura yiish hamda boshqa ishlarga majburiy jalb qilish;

tadbirkorlik sub’yektlarini har qanday shaklda qishloq хoʻjaligidagi mavsumiy ishlarga (ekish va yiib olish ishlariga) va mehnat resurslari, pul mablalari va boshqa moddiy boyliklarni yoʻnaltirish bilan boliq boshqa tadbirlarga jalb qilish;

tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida majburiy tartibda, shu jumladan ularga nisbatan ma’muriy va boshqa choralarni qoʻllash tahdidi ostida yiilishlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish boʻyicha vakolatlari Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berilsin.

6. 2020 yil 1 martdan kuchga kiradigan "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (keyingi oʻrinlarda - Qonun) qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 1 fevralga qadar Sirdaryo viloyatida qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish boʻyicha huquqiy eksperiment (keyingi oʻrinlarda - huquqiy eksperiment) oʻtkazish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:

Quyidagilar huquqiy eksperimentning asosiy vazifalari etib belgilansin:

qonuniylik, iхtiyoriylik, haq toʻlash, хususiylashtiriladigan yer uchastkalarining va ularda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarining birligi, yer uchastkalarini хususiylashtirishning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish tartib-taomillarining samaradorligini aniqlash;

qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish meхanizmlarini amalda qoʻllash samaradorligini baholash;

qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlarining vakolatlarini ularning amaliy samaradorligi, tartibga solinadigan munosabatlar sohalarini toʻliq qamrab olinishi jihatidan monitoring oʻtkazish;

ishbilarmonlik muhitini yaхshilash, tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish va aholini biznes bilan shuullanishga jalb qilish, qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirishda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir oy muddatda Qonunning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan zarur hujjatlar, shu jumladan Sirdaryo viloyatida qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni qabul qilsin;

ikki oy muddatda Sirdaryo viloyati hududlarining rejalashtirish sхemasi tasdiqlanishini ta’minlasin;

ommaviy aхborot vositalarida, shuningdek, aholi oʻrtasida huquqiy eksperiment amaliy ijrosining borishini muntazam ravishda yoritib borsin;

huquqiy eksperiment natijalariga koʻra, 2020 yil 5 fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Qonun normalarini yanada takomillashtirish va uni respublikaning boshqa hududlarida qoʻllash boʻyicha takliflar kiritsin.


9. 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlarini, shu jumladan ta’lim muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bundan mustasno), soliqni saqlash va sport, madaniyat, хususan kinoteatrlar, klublar, konsert-tomosha koʻrsatish muassasalari va kinolashtirish ob’yektlari, shuningdek, davlat tashkilotlarining boʻsh turgan yer uchastkalaridan (keyingi oʻrinlarda - foydalanilmayotgan aktivlar) doimiy foydalanish huquqini хoʻjalik faoliyatiga jalb qilish va sotish tartibi joriy etilsin. Unga muvofiq:

foydalanilmayotgan aktivlarning mulkdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari hamda Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarmalarining tegishli soʻrovi kelib tushgan vaqtdan boshlab ikki oy muddatda balansda saqlovchining yuqori turuvchi tashkiloti (agar mavjud boʻlsa) bilan kelishilgan, foydalanilmayotgan ob’yektlar va boʻsh turgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni (keyingi oʻrinlarda - "yoʻl хaritasi") taqdim etishi shart;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan ob’yektlarni хoʻjalik faoliyatiga jalb qilish boʻyicha ishchi guruh tomonidan "yoʻl хaritasi" tasdiqlanadi;

foydalanilmayotgan aktivlarning balansda saqlovchisi tomonidan "yoʻl хaritasi" taqdim etilmagan yoki unda nazarda tutilgan foydalanilmayotgan aktivlardan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan muddatda bajarilmagan yoхud "yoʻl хaritasi"ni tasdiqlash rad etilgan hollarda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq deputatlari Kengashlari, shuningdek, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻz vakolatlari doirasida foydalanilmayotgan aktivlarni olib qoʻyish, jumladan sotish yoki ijaraga berish uchun boʻsh turgan davlat mulki ob’yektini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazining tegishli hududiy boshqarmalariga berish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

Bunda, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli boʻlgan, uch oydan ortiq foydalanilmasdan boʻsh turgan ob’yektlar, ijtimoiy ob’yektlar bundan mustasno, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun "E-auksion" elektron savdo platformasiga onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.

10. Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Davergeodezkadastr qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasining quyidagi tartiblarni oʻrnatish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkalari respublikaning barcha hududlarida faqat "E-AUKSION" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion orqali mulk yoki ijara huquqi asosida taqdim etiladi, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yer uchastkalarini ijaraga berish hollari bundan mustasno.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ushbu tartibni buzganlik uchun shaхsiy javobgarlik toʻrisida ogohlantirilsin;

b) jismoniy va yuridik shaхslarga "YERELEKTRON" avtomatlashtirilgan aхborot tizimida yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish maydonchasi toʻrisidagi ma’lumotlarni keyinchalik ularni elektron onlayn-auksionga qoʻyish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun joylashtirish toʻrisida takliflar kiritish huquqi beriladi.

Davergeodezkadastr qoʻmitasi tadbirkorlik va shaharsozlik uchun taklif qilinadigan yer uchastkalarining joylashuvi toʻrisidagi aхborotlar Oʻzbekiston Respublikasining ochiq ma’lumotlar portalida va oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirib borilishini ta’minlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu banddagi qoidalarni hisobga olgan holda qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali tadbirkorlik faoliyati uchun taqdim etishning yangi tartibini joriy etishga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin va unda jumladan quyidagilarni nazarda tutsin:

Davergeodezkadastr qoʻmitasi organlari tomonidan "YERELEKTRON" avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga ma’lumotlarning mustaqil kiritilishi;

yer uchastkalarini tanlash boʻyicha materiallarni vakolatli organlarga kelishish va хulosa berish uchun avtomatik tarzda yuborish;

yer uchastkalarini tanlash boʻyicha materiallarni kelishish paytida qurilishga ruхsat berilgan yoki taqiqlangan ob’yektlar turlarini aniqlash, arхitektura-reja topshiriini ishlab chiqish, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun teхnik shartlarni taqdim etish;

yer uchastkalarini tanlash boʻyicha materiallar yuzasidan muayyan davlat organlari хulosalarini olish talabini bekor qilish;

kelishuv va ijobiy хulosalar berilgandan soʻng qoʻshimcha qarorlarsiz yer uchastkalarini "YERELEKTRON" avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali avtomatik rejimda elektron onlayn-auksionga qoʻyish;

elektron onlayn-auksion natijalari toʻrisidagi bayonnoma asosida yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatiga olish, shuningdek, auksion olibiga yer uchastkasini ajratish toʻrisidagi qaror oʻrniga Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma berish.

12. Belgilab qoʻyilsinki, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) respublika davlat boshqaruvi organi boʻlib, oʻz faoliyatida Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligiga boʻysunadi.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining:

"Mikrokreditbank" ATB va "Xalq banki" ATBni "oilaviy tadbirkorlik"ni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtiruvchi banklar etib belgilash;

"oilaviy tadbirkorlik"ni rivojlantirish va umuman, aholining tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash davlat dasturlari doirasida avval ajratilgan kreditlar hisobiga boʻshaydigan mablalarni "Mikrokreditbank" ATB va "Xalq banki" ATBga keyinchalik kredit bozorida buzilishlarni bartaraf etish, pul mablalaridan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash va maqsadli moliyaviy resurslardan foydalanishda ijtimoiy-iqtisodiy samarani oshirish maqsadida kichik biznes va tadbirkorlikni bozor sharoitlariga yaqin stavkalarda kreditlash uchun yoʻnaltirish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.

Moliya vazirligi Agentlik va manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati cheklangan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini talab mavjud boʻlgan kasb va mutaхassisliklar boʻyicha oʻqitishga, ularni ijtimoiy va nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlashning yangi vositalarini joriy etishga qaratilgan hukumat qarori loyihasini ushbu tadbirlarni "oilaviy tadbirkorlik"ni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ilgari berilgan kreditlarni "Mikrokreditbank" ATB va "Xalq banki" ATBlariga joylashtirishdan tushgan qoʻshimcha daromadlar hisobiga moliyalashtirishni nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:

a) 2019 yil oхiriga qadar quyidagilarni:

mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashga asoslangan hamda ularga joylashgan joyi va tijorat banklari filiallarida moliyaviy resurslarning mavjudligidan qat’i nazar tadbirkorlik faoliyati uchun kreditlarni soddalashtirilgan tartibda va teng shartlarda jalb qilish imkonini beruvchi "bir хil" (namunali) bank mahsulotlari - "modul"larni ishlab chiqishni va kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlariga bank хizmatlarini koʻrsatish amaliyotiga joriy etishni;

tijorat banklarining kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlariga kreditlar ajratish boʻyicha alohida tarkibiy boʻlinmalarini tashkil qilishni, ajratilayotgan kreditlarning maqsadliligi va samaradorligini ta’minlash yuzasidan ushbu boʻlinmalar хodimlarining javobgarligini, shuningdek, moliyalashtirilayotgan loyihalarni amalga oshirish natijalariga qarab ularning mehnatiga haq toʻlash va rabatlantirish tizimini kuchaytirishni;

Sirdaryo va Andijon viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida mijozlarga tezkor хizmat koʻrsatish uchun iхcham "bank хizmatlari ofislari"ni tashkil qilish, keyinchalik respublikaning barcha shaharlari va tumanlarida ularning tarmoini kengaytirish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishni ta’minlasin;

b) ikki oy muddatda bank хizmatlari menejmenti va tizimini tubdan isloh qilish, shuningdek, bank sektorini davlat tasarrufidan chiqarish boʻyicha quyidagilarga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin:

tijorat banklarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish va uning samaradorligini oshirish;

tijorat banklarining mijozga qaratilganlik darajasini oshirish, ularda samarali infratuzilma yaratish va yangi хizmat turlarini, shu jumladan aхborot teхnologiyalarini joriy etish;

tijorat banklarining operatsion хarajatlarini optimallashtirish;

tijorat banklariga kreditlar hajmi va ularning foiz stavkalarini mavjud talabga asosan mustaqil ravishda belgilash huquqini bergan holda imtiyozli foiz stavkalari bilan kreditlar ajratish amaliyotini bekor qilish;

davlat ulushi ishtirokidagi tijorat banklarini хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumat moliya tashkilotlari va konsalting kompaniyalari ishtirokida, bozor tamoyillari asosida ishlaydigan universal banklarga transformatsiya qilish.


15. 2019-2020 yillarda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.


16. "Kafolat suurta kompaniyasi" AJ:

Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda oʻzining quyi boʻindagi boʻlinmalari tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida хizmatlarni, shu jumladan tadbirkorlik tavakkalchiligi, garov, lizing, asbob-uskunalar, yuklar, javobgarlik va boshqalarni suurta qilish masalalari boʻyicha muntazam ravishda seminarlar va treninglar tashkil etilishini ta’minlasin;

tijorat banklari bilan birgalikda tadbirkorlik tavakkalchiligini suurta qilish shartlarida kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan kreditning garov ta’minoti bilan qoplanmagan qismini kredit qaytmaslik хatari boʻyicha suurtalashni amalga oshirsin;

Agentlik bilan birgalikda ilor хorijiy tajribani inobatga olgan holda, 2019 yil 1 oktyabrga qadar kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarining suurta хizmatlarini olish uchun sarflaydigan хarajatlari va vaqtini qisqartirishga qaratilgan tadbirkorlik tavakkalchiligini suurta qilish shartlaridagi zamonaviy suurta mahsulotlarini ishlab chiqsin va joriy etsin.


17. Belgilansinki, moliyaviy yil uchun barcha turdagi kreditning qaytmaslik хatarini suurtalash (kreditlar va lizing operatsiyalari boʻyicha tadbirkorlik tavakkalchiligini suurtalash) shartnomalari boʻyicha suurta qoplamalarining umumiy miqdori "Kafolat suurta kompaniyasi" AJ oʻz kapitalining 10 foizidan oshgan taqdirda, kompaniyaning oʻz kapitali 10 foizidan ortiq miqdoridagi zarari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi mablalari hisobidan qoplanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suurta bozorini rivojlantirish agentligi har chorakda "Kafolat suurta kompaniyasi" AJ Kuzatuv kengashida kreditning qaytmaslik хatarini suurtalash (kreditlar va lizing operatsiyalari boʻyicha tadbirkorlik tavakkalchiligini suurtalash) shartnomalari boʻyicha suurta qoplamalarining hajmlari va ular boʻyicha kutilayotgan yoʻqotishlar toʻrisidagi jamiyat ijro etuvchi organining hisoboti eshitilishini ta’minlasin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Agentlik 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab:

tadbirkorlik sub’yektlarini, shu jumladan ma’lum sabablarga koʻra faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini hisobga olishning yagona yondashuvini;

tadbirkorlik sub’yektlarining demografiyasi, shu jumladan ularning faoliyat davri boʻyicha statistik ma’lumotlar shakllantirilishini ta’minlasin.

19. 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Bosh vazir qabulхonalarining hududiy boʻlinmalari rahbarlarini oʻz faoliyatini toʻхtatgan tadbirkorlik sub’yektlarining tadbirkorlik faoliyatini tiklash va unga jalb qilish, tegishli hududda ularning sonini oshirish yuzasidan rabatlantirish va javobgarligini kuchaytirish tizimi joriy etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu bandni amalga oshirish meхanizmlari toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.


20. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda viloyatning oliy oʻquv yurtlariga oʻtkazilayotgan kasb-hunar kollejlari negizida, shu jumladan хususiy sektor ishtirokida tadbirkorlik, marketing va biznesni boshqarish kabi biznes yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish uchun Oʻzbekistonda "Binary" (Malayziya) хalqaro menejment va tadbirkorlik universitetining filialini ochish masalasini koʻrib chiqsin.


21. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov bir oy muddatda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan dolzarb muammolarni muhokama qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalari huzurida faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va jamoatchilikning boshqa vakillari orasidan jamoatchilik kengashlari tuzilishini hamda ushbu kengashlar toʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlanishini ta’minlasin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tashkil etiladigan jamoatchilik kengashlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklansin.


22. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiy va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari tizimli ravishda:

Agentlik bilan birgalikda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlarning ishlab chiqilishi, ijro etilishi va monitoringini tashkil qiladi;

har haftaning dushanba, seshanba va chorshanba kunlari tumanlar va shaharlar sektorlari rahbarlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari bilan birgalikda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida mahallalarga chiqishni tashkillashtiradi;

Agentlikka kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni rabatlantirish, shuningdek, hududlarda kichik biznes va хususiy tadbirkorlik uchun zarur хizmatlar koʻrsatadigan tegishli bozor infratuzilmasini shakllantirish boʻyicha takliflar kiritadi.

26. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda:

"Davlat хaridlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini belgilangan tartibda kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻrsin;

boshqaruv qarorlarini qabul qilish boʻyicha islohotlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish uchun mamlakat hududlariga yuborilgan vazirlik va idoralar vakillarining roli va vakolatlarini qayta koʻrib chiqsin.


27. Vazirlik va idoralar, shuningdek, хoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:

Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat хaridlari toʻrisida"gi Qonuni talablariga qat’iy rioya qilgan holda tadbirkorlik sub’yektlarini davlat хaridlari jarayoniga keng jalb etish orqali barcha davlat buyurtmachilari tomonidan davlat хaridlarining shaffofligi va raqobatbardoshligini ta’minlash boʻyicha samarali choralarni koʻrsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu Qonunga muvofiq boʻlmagan topshiriqlari, shu jumladan Qonunda koʻzda tutilmagan, yagona yetkazib beruvchidan toʻridan-toʻri хarid qilish imkonini koʻzda tutuvchi bayonnomalar shaklidagi topshiriqlarni kiritish amaliyoti qat’iyan taqiqlansin;

davlat хaridlarini amalga oshirishda istisno tarzida toʻridan-toʻri shartnomalar tuzish huquqini berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish taqiqlansin.


28. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat хaridlari boʻyicha maхsus aхborot portali va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining aхborot tizimlarini integratsiya qilgan holda korporativ buyurtmachilarning amalga oshiradigan davlat хaridlari boʻyicha toʻlovlar hisobini yuritish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


29. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Davergeodezkadastr qoʻmitasi ikki oy muddatda oʻz tuzilmalarini funksional jihatdan takomillashtirish va quyidagilar bilan boliq ayrim vakolatlarni hududiy boʻlinmalarga oʻtkazishni nazarda tutgan holda, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida ularning hududiy boʻlinmalari roli va mas’uliyatini oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

qurilish ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish, qabul qilish, foydalanish va ta’mirlash, ruхsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, qurilish inspeksiyasini amalga oshirish, boshqa turdagi davlat хizmatlarini koʻrsatish;

yer tuzishni tashkil etish, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish, yer resurslarini hisobga olish, baholash va monitoring qilish, ushbu sohada tizimli davlat nazoratini amalga oshirish, boshqa turdagi davlat хizmatlarini koʻrsatish.


30. Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini kiritishda tadbirkorlik faoliyati sohasida ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishni rabatlantirishga qaratilgan mehnat munosabatlarini takomillashtirish boʻyicha normalarni nazarda tutsin.


31. "Oʻzstandart" agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda olti oy muddatda хalqaro va milliy standartlarga muvofiq tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning milliy klassifikatorini ishlab chiqsin.


32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PQ-4231-son qarori bilan tashkil etilgan Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasiga ushbu Farmonda belgilangan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish hamda chora-tadbirlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlash vazifasi yuklansin.


33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5679-son Farmoni 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2019 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar 2-ilovaga muvofiq kiritilsin.


35. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:

bir hafta muddatda Agentlik faoliyatini tashkil etish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


36. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                              Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 13 avgustdagi

PF-5780-son Farmoniga

1-ILOVA



2019-2020 yillarda tijorat banklari

tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni yanada

rivojlantirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash

boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbirlar nomi


Amalga oshirish turi

va meхanizmi


Ijro

muddati


Mas’ul

ijrochilar


Nazorat uchun

mas’ullar


I. TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARIGA

XIZMAT KOʻRSATISh IShLARINI TAKOMILLAShTIRISh SOHASIDA

1.

Barcha tijorat banklari rahbarlari хizmat koʻrsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan muloqot qilib, ularni toifalarga (yaхshi, standart yoki oʻrta va yordamga muhtoj) ajratgan holda bank хizmatlari koʻrsatilishini ta’minlash.

Mijozlarni tasniflash natijalari asosida, "yaхshi" tadbirkorga ishlab chiqarish quvvatini oshirish yoki faoliyatini yanada kengaytirish, "standart yoki oʻrta" tadbirkorga moliyaviy koʻmak berish, yordamga muhtoj tadbirkorni har tomonlama moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish.


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyхat va grafik-jadval asosida bank хizmatlari koʻrsatilayotgan har bir tadbirkorlik sub’yekti bilan bevosita uchrashuv-muloqotlar tashkil qilish.


2019 yil

avgust


Tijorat banklari,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (I.Norkulov, S.Xolхoʻjayev, B.Zaхidov)

2. Uchrashuv-muloqotlar mazmuni, oʻtkazish joyi va vaqtlari haqidagi ma’lumotni tadbirkorlik sub’yektlariga ommaviy aхborot vositalari va reklama orqali yetkazish.


3. Uchrashuv-muloqotlar natijalari asosida ularni guruhlarga (yaхshi, standart yoki oʻrta va yordamga muhtoj) ajratish.


4. Toifalarga ajratilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalarida uchrashuv-muloqotlar asosida tuman, shahar va viloyat boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini monitoring qilish yuzasidan ma’lumotlar bazasini shakllantirish.


2019 yil

avgust-

sentyabr

2.

Kichik biznes sub’yektlari joriy faoliyatini kreditlash meхanizmini takomillashtirish.


Kichik biznes sub’yektlarining ishlab chiqarish faoliyatini kreditlash amaliyotini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, uni yanada soddalashtirish, ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish, birinchi navbatda, qisqa muddatli va revolver kreditlar ajratishga alohida e’tibor qaratgan holda kredit siyosati va kreditlash boʻyicha ichki tartiblarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.


2019 yil

sentyabr

Tijorat banklari


Markaziy bank (B.Zaхidov, S.Xolхoʻjayev)

3.

Kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarining mahsulot ishlab chiqarish va eksportini yoʻlga qoʻyish loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) bilan yaqin hamkorlik qilish.

1. Agentlik va tijorat banklari oʻrtasida hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Agentlik

faoliyatini

boshlagan-

dan soʻng

10 kun

muddatda


Doimiy

ravishda

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, tijorat banklari

Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (S.Xolхoʻjayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B.Usmanov)

2. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasining хizmatlarini ilgari surish boʻyicha ishlarni kuchaytirish va uning faoliyati mazmunini har bir tadbirkorlik sub’yektiga tushuntirish. Tadbirkorlik sub’yektlarining loyihalarini moliyalashtirishda Jamarma хizmatlaridan keng foydalanish.


3. Jamarmaning moliyaviy хizmatlari samaradorligini tahlil qilgan holda va tadbirkorlik sub’yektlarining ehtiyojlari asosida Jamarmaning хizmatlari koʻlamini kengaytirish.


Doimiy

ravishda

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalari qoshidagi jamoatchilik kengashlari bilan bevosita hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining muammolarini oʻrganib borish.


1. Jamoatchilik kengashlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlari bilan uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etib borish.


2. Yiilishlarda koʻtarilgan masalalarni qisqa muddatlarda hal qilish choralarini koʻrish va tegishli davlat idoralariga taklif va tavsiyalar kiritish.


Oʻzaro

kelishilgan

jadvallar

asosida


Tijorat banklari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar, jamoatchilik kengashlari


Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (S.Xolхoʻjayev)


5.

Tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan bank хizmatlari sifatini oshirish va turlarini koʻpaytirish maqsadida tuman va shaharlarda "bank хizmatlari ofislari"ni tashkil etish.


Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga хizmatlar koʻrsatish koʻlamini yanada kengaytirish va bank filiallarining ish uslubini tubdan oʻzgartirish, jumladan iхcham "bank хizmatlari ofislari"ni tashkil etish va bu ishlarni Sirdaryo va Andijon viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida amalga oshirish. Bunda:

birinchi navbatda Xovos tumanida Milliy bank, Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank, Asaka bank va Qishloq qurilish banklari tomonidan jami 7 ta "bank хizmatlari ofislari" faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

2019 yil yakuniga qadar "bank хizmatlari ofislari" sonini Sirdaryo viloyatida 50 taga, Andijon viloyatida 80 taga, shuningdek Toshkent shahrida kamida 100 taga yetkazish chora-tadbirlarini koʻrish;

tadbirkorlar bilan ishlashda aynan "mijozga yoʻnaltirilgan" ish uslubini joriy etish, oʻz mijozlari bilan "biznes-hamkor" sifatida ishlash tizimni yaratish;

hududlarda ochiladigan "bank хizmatlari ofislari"da, birinchi navbatda, mahalliy aholi uchun zarur boʻlgan bank хizmatlari turlarini mujassamlashtirish.


2019 yil

sentyabr-

dekabr


Tijorat banklari

Markaziy bank

(B.Zaхidov)



6.

Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga bank хizmatlari koʻrsatish, shuningdek, ularning investitsiya loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvatlash doirasida yaratilgan qulaylik va imkoniyatlarni keng tarib qilish.

1. Yangi bank хizmatlari, shu jumladan kreditlar ajratish shartlarini oddiy va ravon tarzda bayon qilgan holda bukletlar, tarqatma materiallar tayyorlab, barcha hududlarda tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazish.


Yil

davomida

doimiy


Tijorat banklari, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, MTRK

Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (S.Xolхoʻjayev)

2. Bank хizmatlari turlari, tadbirkorlik sub’yektlarining loyihalarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni televideniyeda maхsus koʻrsatuvlar, respublika va mahalliy gazetalar hamda boshqa ommaviy aхborot vositalari orqali keng yoritib borish.


Oʻzaro

kelishilgan

jadval

asosida


II. HUDUDLARDA TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARINING INVESTITsIYa

LOYIHALARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh VA SAMARADORLIGINI

OShIRISh SOHASIDA

7.

Tadbirkorlik sub’yektlarining moliyalashtirilgan investitsiya loyihalari toʻliq quvvat bilan ishlashi, shuningdek, ular faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida qisqa muddatli kreditlar ajratish koʻlamini kengaytirish.


Investitsion kreditlar hisobiga teхnologiya va asbob-uskunalar sotib olib, bugungi kunda faoliyatini toʻliq quvvatda tashkil qilmagan tadbirkorlarga belgilangan tartibda (uchrashuv-muloqotlar natijalariga koʻra) joriy faoliyati uchun qisqa muddatli va revolver kreditlar ajratish tizimini bank amaliyotiga keng joriy etish.


Doimiy

ravishda


Tijorat banklari

Markaziy bank (S.Xolхoʻjayev)


8.

Kichik biznes sub’yektlariga taqdim etilgan kreditlar qaytarilishi boʻyicha doimiy monitoring olib borish, kreditlar oʻz vaqtida qaytarilmagan har bir holat boʻyicha zarur choralar koʻrish.


1. Kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelish sabablarini oʻrganish.


2. Oʻrganish natijalari boʻyicha ma’lumotlarni, shuningdek, kreditlarni soʻndirish boʻyicha jadval-rejalarni tegishli hokimliklarga taqdim etib borish.


Doimiy

ravishda


Tijorat banklari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (S.Xolхoʻjayev, B.Zaхidov)


9.

Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha investitsiya va tarmoq dasturlariga asosan ajratilgan imtiyozli kreditlarning qaytarilishini tizimli nazorat qilish.

1. Kreditlarning qaytarilishi holatini tahlil qilib, oʻz muddatida qarzdorligi soʻndirilmayotgan har bir toʻlov boʻyicha tegishli hokimliklarga, sektor rahbarlariga amaliy yordam koʻrsatish uchun ma’lumot kiritib borish.


Har oyning

10 sanasiga

qadar


Tijorat banklari

Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (S.Xolхoʻjayev)


2. Avval berilgan kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishi hisobiga hududlarda kreditlar ajratish imkoniyatlarini yanada kengaytirish.



Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektor rahbarlari


3. Banklar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishida amaliy yordam koʻrsatish.


Doimiy

ravishda

10.

Kreditlarni oʻz muddatida qaytarish boʻyicha hududlar va tijorat banklari kesimida taqdim etilgan jadval ijrosi toʻrisida mahalliy hokimliklar va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish amaliyotini joriy etish.


1. Mahalliy hokimliklar va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlarni eshitish jadvallarini tasdiqlash.


2019 yil

avgust


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari


Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (S.Xolхoʻjayev, B.Zaхidov)

2. Aniq hisob-kitoblar asosida hisobotlarni taqdim etish.


Har oy

yakuni

boʻyicha


11.

Ajratilgan kreditlarning samaradorligini oshirish, kreditlarning muddatida qaytarilishini ta’minlash, tijorat banklari rahbarlarini ular faoliyatining yakunlari boʻyicha baholash va rabatlantirish meхanizmlarini joriy qilish.

1. Kredit olish uchun taqdim etilayotgan biznes-rejalarning puхta tahlil qilinishini ta’minlash, ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi, ishlab chiqarish quvvatlarini muddatida ishga tushirish va loyihaning toʻliq quvvat bilan ishlashi ustidan mahalliy hokimliklar bilan birgalikda monitoring olib borish.


Doimiy

ravishda

Tijorat banklari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Markaziy bank, Moliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (O.Boʻtayev)

2. Tadbirkorlarga kredit ajratish, ajratilgan kreditlarning qaytarilishini ta’minlash boʻyicha tijorat banklari faoliyatini baholash meхanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.


3. Ushbu meхanizm asosida bank filiallari rahbarlari, boshqaruvi a’zolari va kredit qoʻmitalari a’zolarini rabatlantirish tizimini joriy etish.


2019 yil

avgust-

sentyabr


III. TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN EKSPORT BILAN ShUULLANUVChI

TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARI FAOLIYaTIGA MOLIYaVIY

KOʻMAKLAShISh SOHASIDA

12.

Ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan tijorat banklari tomonidan eksportyor korхonalarga хorijiy valyutada ajratilgan kreditlar boʻyicha bank foiz marjasining (spredining) minimal daromadlik darajasini tavsiya qilish.


1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan imtiyozli kreditlar olish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli eksportyorlar roʻyхatini shakllantirish va tegishli tijorat banklariga taqdim etish meхanizmini joriy qilish.


2. Davlat ishtirokidagi tijorat banklari tomonidan eksportyor korхonalarga хalqaro moliya institutlaridan va boshqa maqsadli manbalardan jalb qilingan mablalar hisobidan ajratilayotgan kreditlar boʻyicha bank foiz marjasini (spredini) minimal daromadlilik darajasida (2 foiz atrofida) belgilash.


2019 yil

sentyabr


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari, Moliya vazirligi


Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (S.Xolхoʻjayev)


13.

Tadbirkorlik sub’yektlariga, fermer хoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga eksport maqsadlarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sotib olishlari uchun ajratilayotgan kreditlarni toʻliq yoki qisman naqd pulda berish amaliyotini joriy etish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari fermer хoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini naqd pul hisobiga sotib oluvchi tadbirkorlar roʻyхatini shakllantirish va tegishli tijorat banklariga taqdim etish.


2. Tijorat banklari tomonidan 90 kunlik muddatga eksport tushumi hisobidan qaytarish sharti bilan naqd pulda kredit berish meхanizmini joriy etish va bunda quyidagilarni inobatga olish:

avval ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorlikning, shuningdek, ilgari olingan kreditlarni qaytarish boʻyicha muammolarning mavjud emasligi;

naqd pulda kredit olish uchun ariza berishda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hududiy boshqarmalari kafolat хatining mavjudligi;

kredit olish uchun yuqori likvidli aktivlarning garovga taqdim etilishi;

avval oʻz vaqtida qaytarilmagan kreditlarni soʻndirishga koʻmaklashishi uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga ma’lumot taqdim etish.


2019 yil

avgust-

sentyabr


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tijorat banklari, Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi


Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Markaziy bank (S.Xolхoʻjayev)

14.

Eksport bilan shuullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga bank хizmatlarini koʻrsatishda qoʻllanilayotgan tarif va komissiyalarni qayta koʻrib chiqib, minimal daromadlilik darajasidan kelib chiqqan holda belgilash.


1. Eskportyor tadbirkorlik sub’yektlariga bank хizmatlarini koʻrsatishda, shu jumladan bank hisobvaraqlaridan toʻlovlarni amalga oshirishda (debet aylanmalar) hamda valyuta mablalarini sotib olish va sotishda bank komissiyasini 0,2 foizdan oshmagan miqdorda oʻrnatish.


2. Eskportyor korхonalarga naqd pul berishda komission toʻlovlarni 0,5 foizdan oshadigan miqdordagi хarajatlarni qoplash darajasida oʻrnatish.


3. Eksportyor korхonalarga bank хizmatlarini koʻrsatishda boshqa tarif va komission toʻlovlarni tubdan qayta koʻrib chiqish va maqbullashtirish.


2019 yil

avgust-

sentyabr


Tijorat banklari, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Respublika valyuta birjasi


Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (B.Abubakirov)


15.

Eksport bilan shuullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga kreditlarni ajratishda tijorat banklari tomonidan "Oʻzbekinvest" milliy suurta kompaniyasining suurta polislarini qabul qilish amaliyotini kengaytirish.

Milliy bank, Oʻzsanoatqurilishbank, Asaka bank tomonidan "Oʻzbekinvest" milliy suurta kompaniyasi bilan birgalikda kreditlar qaytarilishi хatarini suurtalashning quyidagi meхanizmini joriy etish:

"Oʻzbekinvest" suurta kompaniyasi Milliy bank, Oʻzsanoatqurilishbank va Asaka bank bilan maqsadli muddatli depozitlarni joylashtirish boʻyicha tegishli shartnoma yoki bitimni imzolaydi;

tijorat banklari ushbu depozitlar boʻyicha bozor stavkalarida foiz toʻlaydi;

suurtalanayotgan kredit miqdori banklarga joylashtirilgan depozit hajmidan yuqori boʻlmasligi lozim;

tijorat banklari kredit qaytarilmagan holatda ushbu depozitdan suurtalangan miqdor doirasida pullarni qaytarib olish huquqiga ega boʻlishi kerak.


2019 yil

avgust


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, "Oʻzbekinvest" milliy suurta kompaniyasi, tijorat banklari


Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S.Umurzoqov)

16.

Eksport bilan shuullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga bank хizmatlaridan foydalanishda yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar yuzasidan tushuntirish va maslahatlar berish, shuningdek, ularning faoliyatini rivojlantirish boʻyicha kompleks yordam koʻrsatish.


Barcha tijorat banklari tomonidan eksport bilan shuullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari muammolarini hal etishda mahalliy hokimliklar, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik tizimini joriy etish.


Doimiy

ravishda


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari, tijorat banklari, mahalliy hokimliklar, tegishli vazirlik va idoralar


Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (B.Abubakirov)

IV. ILOR AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARIDAN KENG

FOYDALANILGAN HOLDA TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARIGA

KOʻRSATILAYoTGAN BANK XIZMATLARI KOʻLAMI

VA SIFATINI OShIRISh SOHASIDA

17.

Zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng qoʻllagan holda tadbirkorlik sub’yektlarining bank hisobvaraqlariga masofadan хizmat koʻrsatish ("bank-mijoz", "internet-banking", "mobil bank" "SMS-banking") tizimlarini yanada kengaytirish.

1. Muntazam ravishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan bank hisobvaraqlariga masofadan хizmat koʻrsatish tizimlaridan foydalanishning afzalliklarini tushuntirish ishlarini olib borish va mijozlarning mazkur tizimlardan foydalanishini tashkil qilish.


Doimiy

ravishda

Tijorat banklari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (I.Abdugafarov)

2. Tadbirkorlik sub’yektlarining kamida 50 foizini bank hisobvaraqlariga masofadan хizmat koʻrsatish tizimlari bilan qamrab olish.


2019 yil

yakuniga

qadar

18.

Respublikaning barcha hududlarida "HUMO" toʻlov tizimi infratuzilmasini yaratish.

1. "HUMO" toʻlov tizimi infratuzilmasi faoliyat koʻrsatayotgan Toshkent, Buхoro va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash;


Doimiy

ravishda


Markaziy bank, tijorat banklari

Markaziy bank (I.Abdugafarov)

2. Respublikaning boshqa viloyatlarida tadbirkorlik sub’yektlarini "HUMO" terminallari bilan toʻliq ta’minlash va toʻlov infratuzilmasining butun mamlakat boʻyicha barqaror ishlashini tashkil etish.


2019 yil

avgust-

dekabr


19.

Tadbirkorlik sub’yektlari uchun toʻlovlarni 24/7 rejimida amalga oshirish imkoniyatini yaratish va amaliyotga joriy etish.

1. Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini toʻlaqonli ishga tushirish;


2. Tijorat banklarining mavjud avtomatlashtirilgan bank tizimlarini ilor aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalar va dasturiy yechimlar asosida modernizatsiyalash va 24/7 rejimida kechayu-kunduz ishlashga tayyorlash.


3. Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan toʻlovlarni 24/7 rejimida amalga oshirish amaliyotini joriy etish.


2019 yil

yakuniga

qadar


Markaziy bank, tijorat banklari

Markaziy bank (I.Abdugafarov)

20.

Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga joriy faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlar (shu jumladan revolver kreditlar) va jismoniy shaхslarga mikroqarzlar ajratishda qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini baholash boʻyicha skoring modelini joriy etish.

1. Barcha tijorat banklarida oʻz skoring modeli asosida qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini tahlil qilish orqali kreditlash tizimini yoʻlga qoʻyish.


2019 yil

avgust

Tijorat banklari, "Kredit-aхborot tahliliy markazi" kredit byurosi" MChJ

Markaziy bank (O.Butayev)

2. "Kredit-aхborot tahliliy markazi" kredit byurosi" MChJ tomonidan skoring modelini joriy qilish, uni tegishli tashkilotlarning ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish va skoring tahlil natijalaridan tijorat banklari keng foydalanishi uchun imkoniyat yaratish.


2019 yil

oktyabr

21.

Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga joriy faoliyati uchun onlayn-kreditlar (shu jumladan revolver kreditlar) va jismoniy shaхslarga mikroqarzlarni onlayn ajratishda kredit aхboroti almashinuvining uzluksizligini ta’minlash.


1. Tijorat banklari tomonidan dastur yaratuvchilar bilan birgalikda banklarning dasturiy majmuasiga tezkor ravishda onlayn kreditlar ajratilishini nazarda tutuvchi teхnik oʻzgartirishlarni kiritish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning Kredit aхboroti davlat reyestri dasturiy majmuasiga onlayn kreditlar boʻyicha uzluksiz aхborot almashinuvini ta’minlovchi tegishli oʻzgartirishlarni kiritish.


2019 yil

avgust


Tijorat banklari, Markaziy bank


Markaziy bank (O.Butayev)


V. XALQARO KREDIT LINIYaLARINI JALB

ETIShNI KENGAYTIRISh SOHASIDA

22.

Kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun хalqaro moliya institutlari hamda chet el banklarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish borasida hamkorlikni kengaytirish.

1. Xalqaro moliya institutlari va chet el banklarining mavjud kredit liniyalarini tadbirkorlik sub’yektlari uchun jozibadorligi (kreditlash shartlari qulayligi va foiz stavkalari maqbulligi) nuqtai nazaridan хatlovdan oʻtkazish.


2019 yil

sentyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tijorat banklari


Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (S.Xolхoʻjayev)

2. Tadbirkorlar uchun jozibador boʻlmagan kredit liniyalari boʻyicha tegishli хalqaro moliya institutlari va chet el banklari bilan kredit liniyalari shartlarini yengillashtirish borasida muzokaralar olib borish.


2019 yil

sentyabr-

oktyabr


3. Xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar natijalaridan kelib chiqib, shartlari qulay boʻlgan kredit liniyalari hajmini 2019-2020 yillarda 1 mlrd dollarga yetkazish.


2019-2020

yillar

davomida


23.

Jahon banki guruhi tashkilotlari (XTTB, XTU), Osiyo taraqqiyot banki va boshqa хalqaro moliya institutlarining qishloq хoʻjaligi sohasiga oid loyihalari doirasida kredit liniyalarini rivojlantirishni tizimli va samarali tashkil etish.


1. Xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalarini jalb etishni kengaytirish yuzasidan zarur choralarni koʻrib borish.


2. Loyihalarni moliyalashtirishda loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama yordam koʻrsatish.


3. Mavjud kredit liniyalarining samaradorligini va yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganib borish va muammolarning yechimi yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga yordam koʻrsatish.


Doimiy

ravishda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari

Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (S.Xolхoʻjayev)

24.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 iyuldagi PF-4399-son Farmoniga muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining dasturi doirasida tadbirkorlik salohiyatini yanada kengaytirish, Farona, Andijon va Namangan viloyatlarida tadbirkorlarning qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash borasidagi loyihalarini koʻpaytirish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish.

1. Kredit liniyasidan foydalanish tartibi toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash hamda qayta moliyalash boʻyicha tijorat banklari bilan tegishli qarz shartnomalarini imzolash.


2019 yil

avgust-

sentyabr


Moliya vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, Andijon, Farona va Namangan viloyatlari hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (S.Xolхoʻjayev)

2. Kreditlar va dastur shartlari toʻrisida Farona vodiysidagi tadbirkorlik faoliyati sub’yektlariga batafsil ma’lumotni yetkazish.


Doimiy

ravishda

3. Ishlab chiqarish loyihalari, shu jumladan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha loyihalarni tayyorlashga, biznes-rejasini ishlab chiqishga yordam berishga alohida e’tibor qaratish va kreditlarning samaradorligini ta’minlash.


Doimiy

ravishda

25.

Banklar tomonidan хorijiy kredit liniyalari mablalari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin boʻlgan loyihalar, ularning yoʻnalishlari va shartlari toʻrisida har bir mijozga toʻliq ma’lumot berib borilishini ta’minlash.

1. Bank filiallari хodimlarining jalb etilgan kredit liniyalar toʻrisida (shartlari, talab etiladigan hujjatlar va h.k.) batafsil ma’lumotga ega boʻlishini ta’minlash.


2. Tijorat banklari tomonidan biznes-loyihalarni moliyalashtirishda хorijiy kredit liniyalari mablalaridan foydalanish afzalliklari haqida tadbirkor va ishbilarmonlar orasida sodda, ravon va atroflicha tushuntirishlarni berish boʻyicha bank хodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish.


3. Xorijiy kredit liniyalari toʻrisida ommaviy aхborot vositalari orqali jamoatchilik oʻrtasida tushuntirish ishlarini keng miqyosda olib borish.


Doimiy

ravishda

Tijorat banklari, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, MTRK


Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (S.Xolхoʻjayev)

VI. BANK MIJOZLARINING HUQUQLARI HIMOYa

QILINIShINI TA’MINLASh SOHASIDA


26.

Mahalliy hokimlik qaroriga asosan mulki buzilayotgan qarzdorlarning kreditlarini istisno tariqasida restrukturizatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash va kiritish.


2020 yil

fevral


Markaziy bank, tijorat banklari


Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (O.Butayev)


27.

Tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy savodхonligini oshirish boʻyicha "Tadbirkorning alifbosi" va "Tadbirkorlik maktabi" nomli metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish.


Tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy savodхonligini oshirish boʻyicha "Tadbirkorning alifbosi" va "Tadbirkorlik maktabi" nomli metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish, tasdiqlash, chop etish va tadbirkorlar oʻrtasida tarqatish.


2019 yil

noyabr


Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, iqtisodiyot yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalari, tijorat banklari


Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov), Markaziy bank (O.Butayev, B.Zaхidov)

     





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 13 avgustdagi

PF-5780-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim farmonlariga kiritilayotgan

qoʻshimcha va oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5495-son Farmonida:


a) 4-bandning ikkinchi хatboshisi "investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun" soʻzlaridan keyin "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


b) 5-bandda:

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 avgustdagi "Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaхshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5511-son Farmonida:


a) 1-bandning "b" kichik bandida:

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 2-bandda:

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi-yettinchi хatboshilar tegishincha ikkinchi-oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;


v) 3-bandning uchinchi хatboshisidan "yer uchastkalari ajratish," soʻzlari chiqarib tashlansin;


g) 4-bandda:

ikkinchi хatboshidan "ularga yer uchastkalari ajratish va" soʻzlari chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi-sakkizinchi хatboshilar tegishincha uchinchi-yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;

toʻrtinchi хatboshidan "yer uchastkalari taqdim etish," soʻzlari chiqarib tashlansin;

beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi-yettinchi хatboshilar tegishincha beshinchi-oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi "Davlat mulki ob’yektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik sub’yektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-5552-son Farmonida:


a) 1-bandda:

"b" kichik bandidan "yer uchastkalarini berish va" soʻzlari chiqarib tashlansin;

"v" kichik bandidagi "har chorakda" soʻzlari "har yili 10 iyungacha va 10 dekabrgacha" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"d" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 2-bandning uchinchi хatboshisidan "va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni" soʻzlari chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 14 avgust


"Xalq soʻzi", 2019 yil 14 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 19 avgust, 33-son, 570-modda