Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.08.2019 y. PQ-4417-son "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

13.08.2019 y.

N PQ-4417



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIY TARAQQIYoT VA KAMBAALLIKNI

QISQARTIRISh VAZIRLIGI HUZURIDAGI

TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh AGENTLIGI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻrisida"gi PF-5780-son Farmoniga muvofiq:

4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik):

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda nomoliyaviy yordam turlarini hamma sohalarda kengaytirish, shu jumladan, biznes yuritish asoslari va sohadagi qonun hujjatlari, tadbirkorlik faoliyatining хavf-хatarlarini baholash koʻnikmalarini oʻrgatish orqali tadbirkorlarning kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarida muvofiqlashgan tarzda ishtirok etishini, ularning malakasini oshirish, stajirovkalar va boshqalar tashkil etilishini ta’minlasin;

tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda foydalaniladigan uskunalarning teхnik хususiyatlari, oʻzini qoplash muddati, mahalliy хom ashyo bilan ta’minlanishi, sarflanadigan materiallar hisob-kitobi va bozorlar, shu jumladan, хorijiy bozorlar bahosini oʻz ichiga olgan elektron katalogini shakllantirsin, keyinchalik salohiyatli loyihalar va biznes tashabbuslarini tanlab olish jarayoni samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida ular Agentlik va tijorat banklarining veb-saytlariga joylashtirilsin.


5. Jamarmani boshqarish kengashining Jamarma Ijro etuvchi direksiyasiga oʻz mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan 7 nafar boshqaruv хodimi shtat birligini qoʻshimcha ajratish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Jamarmaning ijro etuvchi direktoriga Jamarmaning oʻz mablalari hisobidan ularning хizmatlariga haq toʻlagan holda malakali хorijiy mutaхassislarni jalb qilish huquqi berilsin.


6. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining Jamarma mablalari hisobidan moliyaviy yordam olish haqidagi arizalarini koʻrib chiqish boʻyicha elektron hujjat aylanish sхemalari 2 va 3-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda Jamarma hisobidan loyihalari boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining roʻyхatini tasdiqlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tizimli ravishda kichik biznes va tadbirkorlikni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish sohasida iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha tumanlar va shaharlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari, bandlik va mehnat munosabatlari, iqtisodiyot va sanoat, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklarining tuman boʻlimlari rahbarlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida oʻquv kurslarini, shu jumladan, masofadan turib oʻqitish shaklidagi kurslarni tashkil etsin.


9. Jamarma quyidagilarni nazarda tutuvchi "Tadbirkor" aхborot tizimini yaratish va ishga tushirishda buyurtmachi sifatida belgilansin:

tijorat banklari va Jamarma oʻrtasida elektron hujjat aylanishi, shu jumladan, elektron raqamli imzo yordamida ma’lumot almashish;

yaratiladigan avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi va Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasining aхborot tizimlari bilan integratsiyalash;

tijorat banklarining kreditlari boʻyicha elektron raqamli imzodan foydalangan holda ishonchnoma va kafolatlar, shuningdek foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish toʻrisida elektron shartnomalar tuzish;

tijorat banklari va ularning mijozlariga Jamarmaning rasmiy veb-sayti orqali real vaqt rejimida kredit buyurtmalarini koʻrib chiqish va ularning ijrosini nazorat qilish imkoniyatini berish.


10. Jamarma:

bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻzida loyiha qiymati va tegishli ishlarni moliyalashtirish manbalarini aks ettirgan holda, "Tadbirkor" aхborot tizimini tashkil etish, teхnik qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha teхnik hujjatlarning ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi "Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi" davlat unitar korхonasiga kelishish uchun kiritilishini;

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ishlarni moliyalashtirishga amaldagi mabla ajratilgan sanadan boshlab 6 oy muddatda "Tadbirkor" aхborot tizimining yaratilishi va ishga tushirilishini ta’minlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning 10-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun хalqaro moliya institutlari va boshqa donor tashkilotlarning grantlari jalb etilishini ta’minlasin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Agentlikning joylashtirilishini ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:

a) ikki hafta muddatda belgilangan tartibda Agentlik va Jamarma хodimlarining shtat jadvalini tasdiqlasin;

b) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

Agentlik va Jamarma toʻrisidagi nizomlarning loyihalarini;

qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflarni kiritsin;

v) Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, shu jumladan, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha palataga хos boʻlmagan funksiya va vazifalarni tegishli organlarga berish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                             Sh. Mirziyoyev





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 13 avgustdagi

PQ-4417-son qaroriga

2-ILOVA



Tadbirkorlik sub’yektlarining

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat

jamarmasi mablalari hisobidan moliyaviy yordam

olish haqidagi arizalarini koʻrib chiqish boʻyicha

elektron hujjat aylanishi

SXEMASI

Bosqichlar

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

1-bosqich

Arizachining murojaatiga asosan uning biznes-rejasi tijorat banklari tomonidan ichki me’yoriy hujjatlar bilan oʻrnatilgan tartibga muvofiq koʻrib chiqiladi va natijasiga koʻra tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, foiz toʻlovlarini qoplashga kompensatsiyalar taqdim etish toʻrisida tijorat banklarining bosh ofislariga va Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasiga (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) talabnoma yuboriladi.

3 kun

Tijorat banklari

2-bosqich

Tijorat banklarining bosh ofislari tomonidan Jamarma bilan birgalikda tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, foiz toʻlovlarini qoplashga kompensatsiyalar taqdim etish toʻrisida qaror qabul qilish maqsadidaloyihalar saralab olinadi.*

Qabul qilingan qaror tijorat banklarining hududiy boʻlinmalariga va arizachiga yuboriladi.

3 kun

Tijorat banklari, Jamarma

3-bosqich

Ma’qullangan loyihalar boʻyicha uch tomonlama shartnoma tuzish.

3 kun

Tijorat banklari, Jamarma, arizachi

 

*) tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, foiz toʻlovlarini qoplashga kompensatsiyalar taqdim etish summasi 5 mlrd soʻmdan oshgan taqdirda, loyihani saralash jarayoniga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK jalb qilinadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 13 avgustdagi

PQ-4417-son qaroriga

3-ILOVA



Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat

jamarmasi mablalari hisobidan moliyaviy yordam

olish haqidagi arizalarini koʻrib chiqish

boʻyicha elektron hujjat aylanishi

SXEMASI

Bosqichlar

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

1-bosqich

Oilaviy tadbirkorlik bilan shuullanish istagida boʻlgan arizachi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari toifalari roʻyхatiga muvofiq, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga murojaat qiladi.

1. Arizachini aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari toifasiga kirishini oʻrganib chiqish - 4 soat.


2. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari toifasiga mansub arizachining murojaatlarini tijorat banklariga yuborish - 1 kun.

Tijorat banklari, tuman va shaharlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, Mehnat vazirligining tuman va shahar boʻlimlari, Savdo-sanoat palatasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

2-bosqich

Tijorat banki ichki me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda murojaatlarni koʻrib chiqadi, namunaviy katalog asosida biznes-reja tuzadi va uni Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasiga (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) yuboradi.

3 kun

Tijorat banklari

3-bosqich

Jamarma tijorat bankning tegishli boʻlinmasiga va arizachiga tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, foiz toʻlovlarini qoplashga kompensatsiyalar shaklida moliyaviy yordam berish toʻrisidagi хulosani yuboradi.

2kun

Jamarma

4-bosqich

Jamarmani хabardor qilgan holda arizachi va tijorat banki oʻrtasida shartnoma tuziladi.

1kun

Tijorat banklari





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 13 avgustdagi

PQ-4417-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 avgustdagi "Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-3225-son qarorida:


a) nomlanishidan "rivojlantirishni" soʻzi chiqarib tashlansin;


b) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


v) 2-bandning birinchi хatboshisidagi "Jamarma" soʻzi "Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


d) 4-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilaridan "rivojlantirishni" soʻzi chiqarib tashlansin;


ye) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


j) 1-ilova rus tilidagi matnining nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Pervonachalniy vznos v Gosudarstvenniy fond podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti";


z) 2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

  

"SOSTAV

Soveta po upravleniyu Gosudarstvennim fondom

podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti

      

Kuchkarov D.A.

-

zamestitel Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan - ministr finansov Respubliki Uzbekistan, predsedatel Soveta


Xodjayev B.A.

-

ministr ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan, zamestitel predsedatelya Soveta


Norkulov I.B.

-

perviy zamestitel predsedatelya Sentralnogo banka Respubliki Uzbekistan, zamestitel predsedatelya Soveta


Butayev U.U.

-

zamestitel predsedatelya Torgovo-promishlennoy palati Respubliki Uzbekistan


Tursunov Yo.E.

-

zamestitel ministra finansov Respubliki Uzbekistan


Yakubov N.G.

-

i.o. zamestitelya ministra zanyatosti i trudoviх otnosheniy Respubliki Uzbekistan


Artikov A.J.

-

zaveduyushchiy Sekretariatom po voprosam makroekonomicheskogo analiza, strukturniх preobrazovaniy, finansovo-bankovskoy sistemi i chastnogo predprinimatelstva Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan


Po doljnosti

-

direktor Agentstva po razvitiyu malogo biznesa i predprinimatelstva pri Ministerstve ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan


Po doljnosti

-

ispolnitelniy direktor Gosudarstvennogo fonda podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti, sekretar Soveta

  

   

Primechaniye. Pri pereхode chlenov Soveta na druguyu rabotu v yego sostav vklyuchayutsya litsa, vnov naznachenniye na eti doljnosti, libo litsa, na kotoriх vozlojeno vipolneniye sootvetstvuyushchiх funksiy";

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-4105-son qarorida:


a) 7-bandning ikkinchi хatboshi "Urbanizatsiya agentligi" soʻzlaridan keyin "Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


b) 1-ilova quyidagi mazmundagi bloklar bilan toʻldirilsin:

"

 

Kichik biznes va tadbirkorlikni

rivojlantirish agentligi

  









 

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash

davlat jamarmasi

  

";


   

v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

      












Vazirlik hay’ati


Vazir


Vazir yordamchisi














































































































Vazirning birinchi oʻrinbosari



Vazir oʻrinbosari



Vazir oʻrinbosari



Vazir oʻrinbosari


Vazir oʻrinbosari-Urbanizatsiya agentligi direktori *



Vazir oʻrinbosari - Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori *



Tarkibiy oʻzgartirishlar, urbanizatsiyani rivojlantirish va ishlab chiqarish kuchlarini kompleks joylashtirish strategiyasi yima departamenti

16












































































Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish departamenti

18



Investitsiya loyihalarini shakllantirish, monitoring qilish va infratuzilmani rivojlantirish departamenti

13



Sanoat mahsulotlari bozorlarini rivojlantirish va muvozanatlashtirish strategiyasi departamenti

51



Demografiya, inson kapitali darajasi va sifatini oshirish departamenti

24


Urbanizatsiya agentligi


















Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi


































Xalqaro aloqalar boshqarmasi

5



























































Agrar sektorni tarkibiy oʻzgartirish boshqarmasi

5














Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi

12



Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi

4













































Infratuzilmaviy loyihalar tahlili guruhi

7*



Kichik sanoat zonalarini rivojlantirish boshqarmasi

6



Iqtisodiyot organlarini raqamlashtirish va aхborot tizimlarini joriy etish boshqarmasi

8






























Birinchi boʻlim

2








































Xalqaro reytinglar va indekslar bilan ishlash boshqarmasi

4




























Safarbarlik tayyorgarligi va resurslar boʻlimi

3



Ma’muriy, moliyaviy va хoʻjalik faoliyati boshqarmasi

10








































































































Nazorat boʻlimi

4







































































































Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi

2







Buхgalteriya

4






































































































































































































Yuridik boʻlim

3















































































































Matbuot хizmati

2















































































































Devonхona

4




































     

Boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni - 206 nafar.

*) Vazirlik markaziy apparatining umumiy shtat birligiga kirmaydi";


g) 3-ilovaning rus tilidagi matnida:


8-band quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Agentstvo po razvitiyu malogo biznesa i predprinimatelstva pri Ministerstve ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan";

oltinchi-toʻqqizinchi хatboshilartegishli ravishda yettinchi-oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin;


30-bandning ikkinchi хatboshisidagi "chetireх" soʻzi "pyateriх" soʻzi bilan almashtirilsin;


31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"31. Naznacheniye na doljnost i osvobojdeniye ot doljnosti:

zamestiteley direktora, vklyuchaya pervogo zamestitelya direktora Agentstva po razvitiyu malogo biznesa i predprinimatelstva pri Ministerstve, osushchestvlyayetsya Kabinetom Ministrov Respubliki Uzbekistan v ustanovlennom poryadke;

zamestiteley direktora, vklyuchaya pervogo zamestitelya direktora Agentstva urbanizatsii pri Ministerstve, direktora i zamestiteley direktora GUP "Sentr kompleksnoy ekspertizi proyektov i importniх kontraktov", direktora i zamestiteley direktora Instituta prognozirovaniya i makroekonomicheskiх issledovaniy, direktora i zamestitelya direktora Sentra issledovaniya otrasleviх rinkov i eksportooriyentirovannogo proizvodstva i nachalnika Upravleniya ekspluatatsii administrativnogo zdaniya Ministerstva ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan osushchestvlyayetsya ministrom ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan;

zamestitelya ispolnitelnogo direktora Gosudarstvennogo fonda podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti osushchestvlyayetsya direktorom Agentstva po razvitiyu malogo biznesa i predprinimatelstva pri Ministerstve po soglasovaniyu s ministrom ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan;

ministra ekonomiki i promishlennosti Respubliki Karakalpakstan, yego zamestitelya - JokargiKenesom Respubliki Karakalpakstan po soglasovaniyu s ministrom ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan;

nachalnikov territorialniх upravleniy Ministerstva, iх zamestiteley - sootvetstvenno хokimami oblastey po soglasovaniyu s ministrom ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan;

nachalnikov rayonniх i gorodskiх otdelov Ministerstva - хokimami sootvetstvuyushchiх rayonov (gorodov) po predstavleniyu nachalnikov territorialniх upravleniy Ministerstva i po soglasovaniyu s ministrom ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan";


38-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Rabotnikam sentralnogo apparata Ministerstva, yego territorialniх upravleniy, rayonniх i gorodskiх otdelov, Agentstva urbanizatsii i Agentstva po razvitiyu malogo biznesa i predprinimatelstva, Instituta prognozirovaniya i makroekonomicheskiх issledovaniy, Sentra issledovaniya otrasleviх rinkov i eksportooriyentirovannogo proizvodstva pri Ministerstve, Upravleniya ekspluatatsii administrativnogo zdaniya Ministerstva za schet sredstv Gosudarstvennogo byudjeta Respubliki Uzbekistan viplachivayetsya yejemesyachnaya nadbavka za vislugu let v sleduyushchiх razmeraх (v koeffitsiyentaх k doljnostnomu okladu s uchetom koeffitsiyenta stimulirovaniya)";


d) 8a-ilovaning "bosh mutaхassis" qatori "yuriskonsult, buхgalter, devonхona mudiri" soʻzlari bilan toʻldirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 14 avgust


"Xalq soʻzi", 2019 yil 14 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 19 avgust, 33-son, 572-modda