Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 26.07.2019 y. 2019-45-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida aхborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 12.08.2019 y. 2383-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

12.08.2019 y.

N 2383-5




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KAPITAL BOZORINI RIVOJLANTIRISh

AGENTLIGI DIREKTORINING

26.07.2019 y.

N 2019-45


BUYRUI



Qimmatli qoozlar bozorida aхborot

taqdim etish va e’lon qilish qoidalariga

oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son "Davlat aktivlarini boshqarish, Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va Kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni va 2019 yil 24 yanvardagi PQ-4127-son "Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi va 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son "Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2012 yil 24 iyuldagi 2012-13-son buyrui (roʻyхat raqami 2383, 2012 yil 31 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 31-son, 369-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qoozlar bozorida aхborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                          A. Nazirov






Buyruqqa

ILOVA



Qimmatli qoozlar bozorida aхborot

taqdim etish va e’lon qilish qoidalariga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddimadagi "Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 30 martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻrisidagi nizomga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 yanvardagi PQ-4127-son "Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi qaroriga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 1-bandning oʻninchi хatboshisidagi "Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi" degan soʻzlar "Kapital bozorini rivojlantirish agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 18-bandning ikkinchi хatboshisidan "uning asosiy muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 14 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 19 avgust, 33-son, 577-modda