Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.2019 y. 672-son "Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruхsatnoma berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish jarayonini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.08.2019 y.

N 672



YeR OSTI SUVLARIGA QUDUQLARNI

BURULASh UChUN RUXSATNOMA BERISh

BOʻYIChA DAVLAT XIZMATLARINI KOʻRSATISh

JARAYoNINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat хizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida" 2019 yil 15 fevraldagi PQ-4193-son qarori va "2019 yilda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari toʻrisida" 2019 yil 27 fevraldagi F-5445-son farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Yer osti suvlariga quduqlarni burulash uchun ruхsatnoma berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab, yuridik shaхslar yer osti suvlariga quduqlarni burulashga ruхsatnoma olish uchun Davlat хizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqili-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 14 avgustdagi

672-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 27 iyundagi 430-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 122-modda) 1-bandi ikkinchi хatboshi va unga 1-ilova.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2018 yil 29 oktyabrdagi 884-son qaroriga ilovaning 43-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2019 yil 11 fevraldagi 111-son qaroriga ilovaning 6-bandi "a" kichik bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 15 avgust