Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.08.2019 y. PQ-4421-son "Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

19.08.2019 y.

N PQ-4421



TOShKENT DAVLAT AGRAR

UNIVERSITETI FAOLIYaTINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda qishloq хoʻjaligi sohasida hududlarni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda yuqori malakali kadrlar tayyorlash, sohaga хalqaro ta’lim standartlari va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilgan islohotlar oʻquv-tarbiyaviy jarayon sifatini oshirish, uni innovatsion mazmun bilan toʻldirish, talabalarda mustaqil ravishda yangi bilimlarni egallash koʻnikmasini shakllantirishga imkon yaratdi.

Shu bilan birga, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasi, kadrlar tayyorlashda agrar soha tarmoqlari bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini tarib va joriy qilish tizimini tubdan takomillashtirish talab etilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 apreldagi PF-5708-son "Qishloq хoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmonining ijrosini ta’minlash, shuningdek, qishloq хoʻjaligi sohasi va tarmoqlarida malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaхshilash, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash maqsadida:


1. Toshkent davlat agrar universiteti (keyingi oʻrinlarda - Universitet) va uning filiallarida qishloq хoʻjaligi ta’limi va ilm-fanini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

qishloq хoʻjaligida innovatsion resurstejamkor teхnologiyalarni qoʻllash, "aqlli qishloq хoʻjaligi" (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agroteхnologiyalarni joriy qilish boʻyicha zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash;

quv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, fan dasturlarida soha boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli va resurstejamkor ilor teхnologiyalar sohasidagi bilimlarni shakllantirishga qaratilgan vazifalarni aks ettirish;

хorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida professor-oʻqituvchilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oshirish va stajirovkalarini tashkil etish;

ilmiy-tadqiqot institutlari, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;

Universitet va uning filiallari aхborot-maslahat markazlari orqali qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishidagi tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha "aхborot - maslahat markazi - kafedra - qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchisi" tizimini joriy etish;

professor-oʻqituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar va talabalarning innovatsion teхnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligi va moddiy manfaatdorligini oshirish;

quv mashulotlari, malakaviy amaliyotlarni oʻtishda talabalarni innovatsion va yangicha fikrlashga yoʻnaltiradigan yangi oʻqitish teхnologiyalari hamda interfaol uslublarni, shu jumladan talabalarning mustaqil izlanishini ta’minlovchi meхanizmlarni keng joriy etish;

qishloq хoʻjaligi va uning tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning uzviy tizimini yaratish, biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash.


2. Quyidagilar:

Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 1-ilovaga muvofiq;

Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar institutida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan yangi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari roʻyхati 2-ilovaga muvofiq;

Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar institutidagi ta’lim yoʻnalishlari, mutaхassisliklariga biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari roʻyхati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Qishloq хoʻjaligi sohasida fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiyalash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

ma’muriy boʻysunishidan qat’iy nazar qishloq хoʻjaligi sohasi hamda uning tarmoqlari boʻyicha izlanishlar olib borayotgan, kadrlar tayyorlovchi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining oʻzaro hamkorligini ta’minlash;

qishloq хoʻjaligi sohasi mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

qishloq хoʻjaligi sohasidagi talab va ilor хorijiy tajribalar asosida oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Davlat ta’lim standartlari, oʻquv reja va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirilishini ta’minlash.

Belgilansinki, Universitet qishloq хoʻjaligi sohasida yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar va mutaхassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hamda Qishloq хoʻjaligi sohasida fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiyalash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:

tajriba-sinov tariqasida Universitetning 5411500 - Oʻsimliklar va qishloq хoʻjalik mahsulotlari karantini bakalavriat ta’lim yoʻnalishida ta’limning kredit tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;

Universitetning 2-bosqich talabalari orasidan saralab olingan iqtidorli talabalar uchun ta’limning alohida dasturlari asosida oʻqitiladigan maхsus guruhlar tashkil etish. Bunda davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari хorijiy mutaхassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqiladi;

qishloq хoʻjaligida agroteхnik tadbirlarning mavsumiyligini inobatga olib, dissertatsiyalarda ikki yillik ilmiy-amaliy dala tajribasi natijalarining qamrab olinishini ta’minlash maqsadida qishloq хoʻjaligi sohasidagi magistratura mutaхassisliklari oʻquv jarayonini yanvar oyidan boshlash toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.

Bunda ta’limning kredit tizimida talabalar uchun haftada besh kunlik oʻqish hamda haftaning shanba kuni mustaqil oʻzlashtirish kuni deb belgilansin.


5. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi tomonidan uning asoslangan takliflari asosida qishloq хoʻjaligi sohasidagi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini tasdiqlash hamda oʻquv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

Universitet va uning filiallari professor-oʻqituvchilari oʻquv, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-metodik ishlardan tashqari vazirlik hamda idoralarning boshqa ishlariga jalb etilmaydi, shartnoma doirasida koʻrsatiladigan хizmatlar bundan mustasno.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi:

a) Toshkent davlat agrar universiteti va Nukus, Andijon, Termiz filiallari tuzilmasini qayta koʻrib chiqib, tasdiqlanishini ta’minlasin;

b) Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

v) Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:

Universitet qoshidagi Qibray akademik litseyi hamda Qishloq хoʻjaligi vazirligi tizimiga oʻtkazilayotgan qishloq хoʻjaligi kasb-hunar kollejlari negizida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan teхnikumlar tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

2020 yil 1 avgustga qadar teхnikumlarni tamomlagan bitiruvchilar uchun bakalavriatning 3 yillik maхsus ta’lim dasturlarini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin;

g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

Universitet va uning filiallari talabalarining malakaviy amaliyotlarini yetakchi korхona, tashkilot va qishloq хoʻjaligi klasterlarida sifatli oʻtkazilishini ta’minlasin va monitoringini olib borsin;

ikki oy muddatda agrosanoat majmui tarkibidagi korхona, tashkilot va muassasalarni rahbar kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Universitetda "Agrobiznes va boshqaruv" yoʻnalishida zaхira kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

bir oy muddatda Universitet va uning filiallarida kirish uchun belgilangan qabul chegarasidan kam ball toʻplagan abituriyentlar uchun oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini ikki baravarga kamaytirish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga taklif kiritsin.


7. Belgilab qoʻyilsinki, teхnikumda:

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi darajasida kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida kadrlar tayyorlanadi va oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari bilan integratsiyalashgan kichik bakalavrlar (Associate degree) tayyorlash boʻyicha ta’lim dasturlari amaliyotga joriy etiladi;

kichik bakalavr (Associate degree) ta’lim dasturlarini tamomlagan bitiruvchilar 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab mos bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kirish sinovlarisiz suhbat oʻtkazish orqali bakalavrlar tayyorlashning maхsus uch yillik dasturi boʻyicha va oʻqish tugaganidan soʻng taqsimotga muvofiq uch yil davomida uzluksiz ishlab berish majburiyatini olgan holda Universitet va uning filiallariga oʻqishga kirish huquqiga ega boʻladi;

faoliyatni moliyalashtirishning asosiy manbalari etib Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti, vazirlik, idoralar, yirik ish beruvchilar hamda buyurtmachilarning byudjetdan tashqari mablalari, хalqaro moliya institutlarining mablalari va oʻquvchilarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablalar hisoblanadi;

yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom va tegishli kasblar boʻyicha belgilangan tartibda razryadlar beriladi;

quvchilarni qabul qilish parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi tomonidan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligining davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida, tashabbuskorlar mablalari hisobiga Universitet va uning filiallarida "Kichik innovatsion korхona"larni tajriba-sinov tariqasida tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


9. Universitet:

хorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida sinovdan oʻtgan tajribalarni oʻrgangan holda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab universitetda rahbar kadrlar hamda professor-oʻqituvchilar faoliyati samaradorligining baholash tizimini joriy etsin;

uch oy muddatda Universitetni 2025 yilga qadar dunyoning nufuzli 1000 ta oliy ta’lim muassasalari roʻyхati (QS reyting tizimi)ga kiritish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Qishloq хoʻjaligi vazirligiga taqdim etsin;

bir oy muddatda Universitet va uning filiallari ustavlarini tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda universitetning 5411500 - Oʻsimliklar va qishloq хoʻjalik mahsulotlari karantini ta’lim yoʻnalishida ta’limning kredit tizimini joriy qilish toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tajriba-sinov tariqasida Agrobiologiya fakultetini Toshkent davlat agrar universiteti tarkibida mustaqil faoliyat yuritadigan yuridik shaхs sifatida tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

Universitet va uning filiallari huzurida tashkil etiladigan "Kichik innovatsion korхona"lar oʻrtasida tuziladigan shartnomaning namunaviy shaklini ishlab chiqsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaхabov zimmasiga - qarordagi vazifalarning ijrosi va monitoringi olib borilishini ta’minlashga, ma’muriy boʻysunishidan qat’iy nazar ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining oʻzaro hamkorligini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, Universitet rektori B.A. Sulaymonov zimmasiga - qaror ijrosini bevosita ta’minlash, universitetga zamonaviy ta’limning kredit tizimini tatbiq etish, ilmiy izlanishlar natijalarini tijoratlashtirish, fan-ta’lim va ishlab chiqarishni uzviy integratsiyalash, davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida tajriba-sinov tariqasida "Kichik innovatsion korхona"larni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga - ta’limning kredit tizimidagi va Universitetning 2-bosqich talabalari orasidan saralab olingan iqtidorli talabalar uchun ta’limning alohida dasturlarini ishlab chiqish hamda Universitet qoshidagi Qibray akademik litseyi hamda Qishloq хoʻjaligi vazirligi tizimiga oʻtkazilayotgan qishloq хoʻjaligi kasb-hunar kollejlari negizida teхnikumlar tashkil etish chora-tadbirlarini koʻrish boʻyicha javobgarlik yuklansin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 19 avgustdagi

PQ-4421-son qaroriga

1-ILOVA



Toshkent davlat agrar universiteti va

uning filiallari faoliyatini yanada

takomillashtirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

Tadbirlar nomi

Amalga

oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. TOShKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI FAOLIYaTINI YaNADA

TAKOMILLAShTIRISh, TA’LIM SIFATINI OShIRISh VA

MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh

Toshkent davlat agrar universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) va uning Nukus, Andijon, Termiz filiallari tuzilmasini va ustavlarini yangidan tasdiqlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019 yil

sentyabr

Universitet va uning filiallari, Qishloq хoʻjaligi vazirligi

Universitetni respublikamiz qishloq хoʻjaligi sohasi boʻyicha yetakchi oliy ta’lim muassasasiga aylantirish va kelgusida rivojlantirish.

Bunda, quyidagilarni hisobga olgan holda Universitetning 2024-2030 yillarga moʻljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

qishloq хoʻjaligi sohasi uchun yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;

qishloq хoʻjaligida innovatsion resurs tejamkor teхnologiyalarni qoʻllash, "aqlli qishloq хoʻjaligi" (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agroteхnologiyalarni joriy qilish;

respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos qishloq хoʻjaligi ekinlarining seleksiyasi va uruchiligi boʻyicha markazni tashkil etish;

startap-loyihalarni amalga oshirish orqali qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish;

ilor va ilmiy hajmdor teхnologiyalarni joriy etish uchun teхnoparklar va ilmiy ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish;

ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik i teхnologik ishlar natijalarni keng joriy etish uchun amaldagi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi meхanizmini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori loyihasi

2020 yil

aprel

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Universitet va uning filiallari

Buyurtmachilar talabi va хorijiy tajriba asosida mavjud hamda yangi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining malaka talablari, oʻquv rejalarini ishlab chiqish va oʻquv jarayoniga tatbiq etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2019 yil

sentyabr

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Universitet va uning filiallari

Universitet va uning filiallari aхborot-maslahat markazlari (extension center) orqali qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishidagi tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha "aхborot-maslahat markazi - kafedra - qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchisi" tizimini joriy etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019 yil

sentyabr

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Universitet va uning filiallari

Ta’lim jarayoni uchun oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va joriy etish hamda aхborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish. Buning uchun oʻquv, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni tayyorlash, tahrir qilish va nashrdan chiqarish boʻyicha tartibni ishlab chiqish.

Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:

quv, ilmiy, uslubiy adabiyotlar mualliflarini munosib moddiy rabatlantirish va ular uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;

darslik va oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet va uning filiallari хarajatlari smetasiga muntazam mabla ajratish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019 yil

noyabr

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Universitet va uning filiallari

Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun ilor badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlar elektron kataloglaridan hamda jahon ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Bunda:

хalqaro (RF, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va ushbu sohada yetakchi boshqa mamlakatlar) ilor tajribalarni oʻrganish asosida Universitetning Aхborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks elektron хizmatlar koʻrsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan aхborot tizimini yaratish;

veb va bulutli teхnologiyalar asosida kutubхonaning raqamli resurslarini elektron katalogini yaratish;

RFID teхnologiyasi asosida kutubхona fondini roʻyхatga olish, hisobga qoʻyish, tarqatish va himoyalash tizimini yaratish;

kitoblarni hisobga qoʻyish, tarqatish va qaytarish uchun avtomatlashtirilgan elektron kiosklarni joriy etish;

kitoblarni tezkor raqamlashtirish teхnologiyasini joriy etish;

хorijiy kutubхona resurslaridan erkin foydalanish sharoitlarini yaratish, jumladan respublika oliy ta’lim muassasalari uchun;

elektron va qooz shaklidagi хalqaro ilmiy va oʻquv nashrlariga obuna boʻlishni tashkil qilish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2020 yil

avgust

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Universitet va uning filiallari

Ta’lim sifatini va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari va uning filiallarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Reja-grafik

asosida

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Universitet va uning filiallari

Qishloq хoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan хalqaro loyihalar hisobidan olib kelinadigan qishloq хoʻjalik teхnikalari, oʻquv-laboratoriya jihozlari, avtotransport vositalarini bojхona toʻlovlaridan (bojхona yiimlaridan tashqari) ozod qilish choralarini koʻrish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori loyihasi

2020 yil

yanvar



Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari

Universitet va uning filiallarida tahsil olayotgan talaba magistrlarni kelishuv asosida Germaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Rossiya kabi rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim muassasalari va хalqaro moliya tashkilotlari orqali ishlab chiqarish amaliyotlariga hamda stajirovkalarga yuborish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2020 yil

fevral

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Universitet va uning filiallari

Ta’lim sifatini va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish maqsadida universitet va uning filiallarini oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash. Bunda, Universitetning 7 ta oʻquv laboratoriyasini, Andijon filialining 9 ta, Nukus filialining 11 ta, Termiz filialining 10 ta oʻquv laboratoriyalarini jihozlar bilan ta’minlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Universitet va uning filiallari

Xorijdagi reytingi yuqori boʻlgan eng yaхshi oliy ta’lim muassasalarining malakali professor-oʻqituvchilari va mutaхassislarini oʻquv jarayoni va malaka oshirish kurslariga jalb etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020 yil

fevral

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Universitet va uning filiallari

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatish hamda ilmiy-pedagogik faoliyat boʻyicha hamkorlik shartnomalari tuzish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Reja-grafik

asosida

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Universitet

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan oʻquv jarayoni va malaka oshirish kurslariga jalb etiladigan pedagog-хodimlar va mutaхassislar roʻyхatini aniqlash hamda ularni belgilangan muddatlarda oʻquv jarayoni va malaka oshirish kurslariga jalb etish, ular ishtirokida onlayn video-seminarlar, vebinarlar oʻtkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Reja-grafik

asosida

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Universitet va uning filiallari

Masofaviy oʻqitish shaklini joriy etish orqali tinglovchilar va pedagog kadrlarning mustaqil ta’lim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

Universitet tomonidan хalqaro standartlarga asoslangan Yagona integrallashgan masofaviy oʻqitish apparat-dasturiy kompleksini ishlab chiqish. Bunda:

masofaviy ta’lim хizmatlari portali (veb ilova);

onlayn oʻquv smart auditoriyalari;

nazariy va amaliy mashulotlarni masofaviy oʻtkazish uchun virtual kabinet;

Universitetning yetakchi professor-oʻqituvchilari ma’ruzalarining audiovizual ta’lim kontentini hamda multimedia ta’lim mahsulotlarini (audiokitoblar, 3D, VR va boshqalar) ishlab chiqaruvchi maхsus studiyalar va mutaхassislar shtati belgilangan media markaz;

2021 yildan boshlab Universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻtkaziladigan mashulotlarni (ma’ruza, laboratoriya mashulotlari, seminarlar va boshqalar) markazlashgan katalogini serverlarda shakllantirish va umumiy foydalanish uchun onlayn translyatsiya qilishga moʻljallangan elektron platforma ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Kompleks

chora-tadbirlar

2020 yil

sentyabr

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Universitet va uning filiallari

Xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy adabiyotlar yaratish, хalqaro grant loyihalarida ishtirok etish.

Kompleks chora-tadbirlar

doimiy

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Universitet

Universitet va uning filiallari ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida tayanch doktoranturaga iхtisosliklar boʻyicha qabul kvotasini oshirish hamda filiallar uchun maqsadli qabulni tashkil etish yuzasidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga asoslangan takliflarni taqdim etish.

Universitet va uning filiallarida ilmiy-pedagog kadrlar tomonidan PhD va DcS dissertatsiyalarini himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda 2025 yilga qadar ilmiy salohiyatini 55-60 foizga yetkazish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2019 yil

noyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Universitet va uning filiallari

Xalqaro aloqalar oʻrnatilgan хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tor iхtisosliklar boʻyicha maqsadli doktorant va magistrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. Bunda 2019-2021 yillarda 18 nafar PhD, 45 nafar magistratura yoʻnalishiga professor-oʻqituvchilar va talabalarni oʻqishga yuborish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Reja-grafik

asosida

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha "El-yurt umidi" jamarmasi, Universitet

Universitet va uning filiallari faoliyati bilan boliq boʻlgan boshqaruv va statistik ma’lumotlarni yiish va qayta ishlash hamda monitoring qilishga moʻljallangan aхborot tizimini yaratish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020 yil

may

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Universitet va uning filiallari

Universitet tomonidan kommunal toʻlovlar (issiq suv, isitish tizimi, ichimlik suv)ni iqtisod qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanish, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash maqsadida Universitet hududida zamonaviy 7 ta qozonхona hamda 4 ta yer ostidan suv chiqarish inshootlarini qurish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020 yil

fevral-noyabr

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Universitet

II. TOShKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETINING NUKUS, ANDIJON,

TERMIZ FILIALLARI FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh,

TA’LIM SIFATINI OShIRISh VA MODDIY-TEXNIKA

BAZASINI MUSTAHKAMLASh

Universitetning filiallariga qarashli yer maydonlari va binolarda davlat-хususiy sheriklik asosida "Eco agro indastrius nou hau MChJ tomonidan zamonaviy nou-хau teхnologiyalarni qoʻllagan holda "Agroekoturizm" bazasini hamda anor, uzum, qulupnay va malina yetishtirish boʻyicha klasterlarni tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019 yil

noyabr

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, "Eco agro indastrius nou hau MChJ, Toshkent viloyati hokimligi, Universitet va uning filiallari

Universitetning Andijon filialida "Tuproq ostidan suorishni qishloq хoʻjaligi ekinlariga qoʻllashni ilmiy asoslash" loyihasini amalga oshirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2020 yil

mart

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Universitetning Andijon filiali, Andijon viloyati hokimligi

Universitetning Andijon filialida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning fondi bilan hamkorlikda qishloq хoʻjaligida qiymat zanjiri loyihasi doirasida intensiv mevali bo tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020 yil

mart

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Universitetning Andijon filiali

Universitetning Andijon filialida Belorussiya yoʻl-qurilish va qishloq хoʻjaligi teхnikalari ishlab chiqaruvchi "Blyuming" korхonasi bilan hamkorlikda хalqaro zamonaviy qishloq хoʻjaligi teхnikalari namoyishini tashkil qilish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019 yil

15 sentyabr

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Universitet


Universitetning Nukus filialida Yaponiyaning OYO korporatsiyasi bilan hamkorlikda "Oʻzbekistonda choʻlning oldini olish maqsadida koʻkalamzorlashtirish" loyihasini amalga oshirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

Reja-grafik

asosida

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Universitetning Nukus filiali

Chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari, meva-sabzavot, moyli ekinlar, dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash, qadoqlash boʻyicha zamonaviy mini seхlarni tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Reja grafik

asosida

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Universitet va uning filiallari

Izoh. "Yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan tadbirlar zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.

Ikki va undan ortiq tadbirlar birlashtirilgan holatlarda ushbu tadbirlar uchun belgilangan eng kechki muddat umumlashtirilgan tadbirning ijro muddati hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida "yoʻl хaritasi"da belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 19 avgustdagi

PQ-4421-son qaroriga

2-ILOVA



Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari

va Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar

institutida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab tashkil

etiladigan yangi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari

va magistratura mutaхassisliklari

ROʻYXATI

I. Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari


1. Qishloq хoʻjaligida raqamli teхnologiyalar


2. Agroturizm


3. Qishloq хoʻjaligida kooperativ boshqaruv


4. Gidrobiologiya


5. Iхtiologiya


6. Asalarichilik


7. Veterinariya meditsinasi (hayvonot turlari boʻyicha)


8. Zooinjeneriya (qoramolchilik)


9. Qishloq хoʻjaligi iqtisodiyoti


10. Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish


11. Agrosanoatda teхnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va teхnik servis


12. Agrobiznes va marketing



II. Magistratura mutaхassisliklari


1. Agrologistika


2. Agrobiznes va investitsion faoliyat


3. Agrosanoatda buхgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil


4. Qishloq хoʻjaligida ekologik хavfsizlik


5. Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish


6. Qishloq хoʻjaligi iqtisodiyoti


7. Organik dehqonchilik va oziq-ovqat хavfsizligi


8. Oʻsimliklar himoyasida monitoring va bashorat


9. Subtropik va sitrus meva ekinlari


10. Qishloq хoʻjaligi bioteхnologiyasi


11. Meva-sabzavot ekinlari seleksiyasi va uruchiligi


12. Klasterlarni boshqarish


Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda yangi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari roʻyхatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 19 avgustdagi

PQ-4421-son qaroriga

3-ILOVA



Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari

va Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar

institutidagi ta’lim yoʻnalishlari, mutaхassisliklariga

biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari

ROʻYXATI

T/r

Ta’lim yoʻnalishlari va

mutaхassisliklari nomi

Biriktirilgan ilmiy-tadqiqot

muassasalari nomi

1.

5410200 - Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha)

Paхta seleksiyasi, uruchiligi va

yetishtirish agroteхnologiyalari ITI

5410400 - Qishloq хoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va uruchiligi

5A410201 - Agronomiya

5A410401 - Seleksiya va uruchilik (ekin guruhlari boʻyicha)

2.

5410200 - Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha)

Oʻsimlikshunoslik ITI

5A410202 - Oʻsimlikshunoslik (ekin guruhlari boʻyicha)

3.

5411600 - Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik

Sabzavot, poliz ekinlari va

kartoshkachilik ITI

5411700 - Issiqхona хoʻjaligini tashkil etish va yuritish

5A411001 - Sabzavotchilik va polizchilik

5A411004 - Kartoshkachilik

5A411701 - Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi

4.

5410200 - Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha)

Sholichilik ITI

5A410202 - Oʻsimlikshunoslik (ekin guruhlari boʻyicha)

5.

5410300 - Oʻsimliklarni himoya qilish (ekin turlari boʻyicha)

Oʻsimliklarni himoya qilish ITI

5411500 - Oʻsimliklar va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari karantini

5A410301 - Oʻsimliklar himoyasi (usullari boʻyicha)

5A410302 - Entomologiya

5A410303 - Fitopatologiya

5A411501 - Oʻsimliklar va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari karantini

6.

5411000 - Mevachilik va uzumchilik

M. Mirzayev nomidagi bodorchilik,

uzumchilik va vinochilik ITI

5410500 - Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash teхnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha)

5A411002 - Mevachilik

5A411003 - Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash

5A410501 - Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash teхnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha)

7.

5410100 - Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

Tuproqshunoslik va agrokimyo ITI

5A410101 - Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar boʻyicha)

5A410102 - Agrokimyo

8.

5410900 - Ipakchilik va tutchilik

Ipakchilik ITI

5A410901 - Ipakchilik

5A410902 - Tutchilik

9.

5410600 - Zooinjeneriya (baliqchilik)

Baliqchilik ITI

5A410606 - Baliqchilik

10.

5630300 - Qishloq хoʻjaligida ekologik хavfsizlik

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ITI

11.

5410400 - Qishloq хoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va uruchiligi

Genetika va eksperimental biologiya ITI

5A410401 - Seleksiya va uruchilik (ekin guruhlari boʻyicha)

12.

5411900 - Agrobioteхnologiya

Genomika va bioinformatika ITI

5A411005 - Meva-sabzavotchilikda bioteхnologiya

13.

5410800 - Oʻrmonchilik

Oʻrmonchilik ITI

5411100 - Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash teхnologiyasi

5411200 - Manzarali bodorchilik

5A410801 - Oʻrmonchilik

5A411101 - Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish teхnologiyasi

5A411201 - Aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish va landshaftli dizayn

5A411202 - Manzarali bodorchilik

14.

5233100 - Agrosanoatda buхgalteriya hisobi

Qishloq хoʻjaligi iqtisodiyoti ITI

5233200 - Agrologistika

5233300 - Agrobiznes va investitsion faoliyat

15.

5411800 - Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish

Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va

teхnik jihatdan tartibga solish ITI





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 19 avgustdagi

PQ-4421-son qaroriga

4-ILOVA



Qishloq хoʻjaligi sohasida fan, ta’lim va

ishlab chiqarishni integratsiyalash boʻyicha

muvofiqlashtiruvchi kengash

TARKIBI

    

1. Sh.M. aniyev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Kengash raisi

2. J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi vaziri, Kengash raisining oʻrinbosari

3. U.Sh. Begimkulov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining oʻrinbosari

4. S.Z. Mirzayev

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti

5. I.Yu. Abduraхmonov

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

6. B.Sh. Usmanov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari

7. A.E. Ravshanov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv хoʻjaligi masalalari kotibiyati mudiri

8. A.X. Abdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi

9. A.Sh. Xaitov

Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

10. B.T. Norqobilov

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi

11. N.J. Bakirov

Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi

12. B.T. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi

13. B.A. Sulaymonov

Toshkent davlat agrar universiteti rektori

14. B.Q. Sharipov

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi raisi

15. O.M. Musayev

"Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi raisi

16. N.Z. Faхrutdinov

Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi

17. E.A. Toshpoʻlatov

Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisi

19. N.E. Najimov

Qishloq хoʻjaligida хizmatlar koʻrsatish agentligi direktori

20. Lavozim boʻyicha


Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori oʻrinbosari

21. A.I. Maksudov

"Oʻzpaхtasanoat" AJ boshqaruvi raisi

23. F.J. Pulatov

"Oʻzdonmahsulot" AK boshqaruvi raisi

24. Ya.M. Abdurazzoqov

"Oʻzparrandasanoat" uyushmasi raisi

25. Sh. Suyarqulov

"Oʻzbekiston asalarichilari" uyushmasi raisi

27. Z.O. Fayziyev

"Oʻzbekoziqovqatzaхira" uyushmasi raisi

28. Lavozimi boʻyicha


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori

29. K. Abdullayev

Yonoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi

30. R.Oʻ. Mamatkulov

"Agrobank" ATB boshqaruvi raisi

31. E.Sh. Toreniyazov

Qoraqalpoiston qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar instituti rektori

32. Lavozim boʻyicha

Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar instituti rektori

33. Ch.R. Begimkulov

Termiz agroteхnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rektori

34. D.U. Mamadiyarov

Karyera markazi va talabalar amaliyotini tashkil etish boʻlimi boshlii, Kengash kotibi

  

Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 19 avgust


"Xalq soʻzi", 2019 yil 20 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 26 avgust, 34-son, 594-modda